Ana səhifə

Soliqlar va soliqqa tortish


Yüklə 1.88 Mb.
səhifə20/31
tarix26.06.2016
ölçüsü1.88 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31

4. Soliqlarni yalpi talab va yalpi taklifga ta’siri

Soliqlarning joriy qilinishi va mavjud soliq tizimiga o‘zgarishlar kiritilishi bevosita yoki bilvosita yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etadi. Tovar narxi qancha yuqori bo‘lsa, uni sotib olishga tayyor xaridorlar shuncha kam va uni ishlab chiqaruvchidar esa ko‘proq taklif qiladilar. Bozor muvozanati talab va taklif kesishgan nuqtada to‘xtaydi.

Talabning egiluvchanligi xaridorning taklif qilinayotgan tovarni sotish shartlariga bog‘liq ravishda (eng avvalo narxiga qarab) sotib olishga tayyorligi darajasini ko‘rsatadi. Xaridor­lar kelishuvga qanchalik ko‘p intilsalar, talab shunchalik kam egiluvchan bo‘ladi. Talab egiluvchan bo‘lmasa, sotuvchilar soliq yukini xaridorlar zimmasiga osongina o‘tkazib yuboradilar.

Talabning narx egiluvchanligi asosiy omillariga quyidagilar kiradi:

1. O‘rnini bosuvchi tovarlarning mavjud bo‘lishi. Agar bozor­da bir-birining o‘rnini bosuvchi tovarlar qancha ko‘p bo‘lsa, ta­lab ham shuncha egiluvchan bo‘ladi: xaridorda qimmat tovarlar­ning o‘rniga arzonrog‘ini sotib olish imkoniyati tug‘iladi. Lekin bozorda bir-birining o‘rnini bosadigan ne’matlar mavjud bo‘lmasa, xaridor belgilab qo‘yilgan narxga ko‘nishga majbur bo‘lib, bunday holatda talab egiluvchan bo‘lmaydi.

2. Tovarga ketgan xarajatlarning xaridor byudjetidagi ulushi. Ne’matlar qiymati xaridor byudjetida qanchalik katta o‘rin tutsa, unga talabning egiluvchanligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Agar qalamning narxi 10 foiz ko‘tarilsa, unga talab sezilarli darajada pasaymasligi mumkin: qalamning narxi shu qadar kichikki, xaridor bu tovar narxi oshganini payqamasligi ham mumkin Lekin avtomobilning narxi 10 foiz oshsa (boshqa teng shartlar qatorida), talab ancha-muncha kamayib ketishi aniq: narxning mutlaq o‘sishi xaridorning «hamyoni» uchun haddan ziyod katta bo‘ladi.

3. Tovarning foydalilik darajasi. Kundalik ehtiyoj tovarlariga talab odatda egiluvchan bo‘lmaydi; ziynat buyumlariga talab esa egiluvchandir. Masalan, non, gugurt, tuzga talab an’anaviy egiluvchan sanalmaydi. Aksincha, qimmatbaho, ko‘ngilochar va shu kabi boshqa buyumlarga talab bir muncha egiluvchan bo‘ladi.

4. Vaqt omili. Xarid qilish xususidagi qarorga kelish uchun muddat qancha ko‘p bo‘lsa, talab ham shu qadar egiluvchan tus oladi. Xaridorlar yangi narxga moslashishlari uchun vaqt kerak: ularning didi va iste’mol texnologiyasi asta-sekin o‘zgarib boradi. Masalan, qimmatlashgan mol go‘shti o‘rniga ma’lum muddat mobaynida emish sifatida baliq va parrandalardan foydalaniladi. Mana, boshqa misol: 1970 yillarda g‘arb davlatlarida neft narxi ko‘tarilishi sababli eski texnologiyalarni energiyani tejaydigan yangi texnologiyalarga almashtirish jarayoni bir necha yil davom etdi, oqibat-natijada neft mahsulotlariga bo‘lgan talab keskin kamayib ketdi.

Tovarga talab qanchalik kam egiluvchan bo‘lsa soliqning katta qismi iste’molchilar zimmasiga tushadi, chunki bozordagi narx keskin ko‘tariladi. Buning aksicha, xaridorlar qimmatlashgan tovarlarni olishdan osongina voz kechsalar narx deyarli ko‘tarilmaydi va zararni sotuvchilarning o‘zlari qoplashga majburdirlar.

Taklifning egiluvchanligi sotish sharoiti o‘zgarganda taklif etilayotgan tovarlarning miqdorini sotuvchilarning ko‘paytirish yoki kamaytirish imkoniyatlarini belgilab beradi. Sotuvchilar kelishuvga qanchalik ko‘p intilsalar, bozor taklifi shunchalik kam egiluvchan bo‘ladi. Taklif egiluvchan bo‘lmaganida soliq yukini ma’lum darajada ishlab chiqaruvchilar o‘z zimmalariga olishga «rozi» bo‘ladilar.

Taklif egiluvchanligining asosiy omili tovar sotish sharoiti o‘zgarishiga munosabat bildirish uchun ishlab chiqaruvchi ixtiyorida mavjud bo‘lgan vaqt miqdoridir. Iqtisodiyotning tarmoqlari o‘rtasida resurslarni (ishchi kuchi, uskunalar, xom ashyo) qayta taqsimlash ma’lum muddatni talab etadi. Binobarin, tadbirkorlar ixtiyoridagi vaqt qancha ko‘p bo‘lsa, ular ishlab chiqarishning tuzilishini o‘zgargan bozor sharoitiga moslashtirish uchun shunchalik katta imkoniyatga ega bo‘ladilar hamda taklifning egiluvchanligi ham ortadi.

Egiluvchan taklifli vaziyatda bilvosita soliq joriy etilganda ishlab chiqaruvchilar mahsulot tayyorlash hajmini osongina qisqartirib, shu hisobdan bozorda narxni ko‘tarishlari ko‘rsatilgan. Bunday holatda soliq yukining katta qismi xaridor zimmasiga o‘tkaziladi. Aksincha, taklif egiluvchan bo‘lmaganida ishlab chiqaruvchilar mahsulot tayyorlash hajmini keskin darajada qisqartira olmaydilar va bozorda narx deyarli o‘zgarmaydi. Bunday holatda soliq to‘lovlarining asosiy qismini tadbirkorlarning o‘zlari qoplaydilar. Shunday qilib, soliq narxning o‘sishi orqali iste’molchi zimmasiga o‘tishi mumkin. Soliqning iste’molchi zimmasiga o‘tkazilishi bozorning o‘ziga xos xususiyatlariga, bozor talabi va taklifiga bog‘liqdir. Agar tovarga talab barqaror bo‘lsa, ya’ni kam egiluvchan vaziyatlarda soliqlarni iste’molchilar zimmasiga mahsulot bahosini ko‘tarish yo‘li bilan o‘tkazishi mumkin. Agarda talab egiluvchan bo‘lsa, bahoni ko‘tarishga bo‘lgan intilish tovar hajmining, shunga tegishli ravishda ishlab chiqarish, foyda va soliq hajmlarining kamayib ketishiga olib keladi. Talabning egiluvchanligi soliqqa tortishni tartibga solib turuvchi va cheklaydigan omildir.


5. Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida soliqlar va investitsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi

Soliq tizimi - iqtisodiyotni rivojlantirish uchun investitsiya faoliyatini qo‘llab quvvatlashning samarali mexanizmini o‘zida mujassam etishi lozim. Mamlakatda sog‘lom investitsion muhitni shakllantirish murakkab makroiqtisodiy jarayonlardan biridir.

Soliq mexanizmidagi o‘zgarishlar yalpi talab va yalpi taklifning o‘zgarishiga ta’sir qilishi bilan birgalikda, investitsiyalar o‘zgarishiga ham ta’sir etadi. Bunday olib qaraganda soliqlar va investitsiyalar o‘rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Soliqlar vositasida yangidan yaratilgan qiymatning davlat va soliq to‘lovchilar o‘rtasida taqsimlanishi soliqlar va investitsiyalar o‘rtasidagi aloqadorlikni ta’minlaydi. Soliqlar bo‘yicha engilliklar berilishi ko‘p jihatdan soliq to‘lovchilarni ishlab chiqarishga rag‘batini kuchaytiradi, ularda ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish moyilligini kuchaytiradi. O‘z navbatida soliqlar vositasida investitsiyalarning rag‘batlantirilishi kelajakda davlat byudjetiga undiriladigan soliq bazasini kengayishiga xizmat qiladi. Masalan, bu holatni birgina misol bilan izohlashimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 2002 yil 13 noyabrdagi 390-son Qaroriga muvofiq yuqori sifatli, raqobatbardoshli iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishni va ularning assortimentini kengaytirishni rag‘batlantirish, ichki iste’mol bozorini ular bilan yuqori darajada to‘ldirish maqsadida 2003 yildan 2008 yilga qadar yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun yagona soliq, ayrim turdagi tovarlarga nisbatan belgilangan aktsiz solig‘i, er solig‘i bo‘yicha bir qator imtiyozlar belgilanganki, ushbu imtiyozlar vositasida korxonalarning investitsiya mablag‘lari kengaytirilishiga erishishi asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Ushbu qayd etilgan imtiyozlarning eng xususiyatli tomoni shundan iboratki, imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar korxonalar tomonidan faqat ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlarining assortimentini kengaytirish va raqobatbardoshliligini oshirish bilan bog‘liq tadbirlargagina sarflanishi mumkin yoki boshqacha qilib aytganda bo‘shaydigan mablag‘lar yuqoridagi tadbirlargagina investitsiya qilinishi mumkin. Aks holda, ya’ni bo‘shaydigan mablag‘lardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan hollarda ushbu mablag‘lar, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalarni hisobga olgan holda to‘liq hajmda byudjetga undiriladi.

Soliqlar bilan investitsiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni yoritar ekanmiz, shuni alohida qayd etishimiz lozimki, investitsiyalarning o‘sishi ham o‘z navbatida soliqqa tortiladigan bazaning oshishiga olib keladi. Yuqoridagi misolimizga qaytadigan bo‘lsak, malakatimiz soliq tizimida amal qilayotgan ushbu imtiyozlar investitsiyalarni o‘sishiga olib kelishi bilan birgalikda kelajakda soliq bazasini ham kengayishiga xizmat qiladi.

Soliqlar vositasida yangidan yaratilgan qiymat ko‘proq miqdorda davlat tomonidan o‘zlashtirilsa korxonalarning ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini cheklaydi. Lekin bunda shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, buning ham ayrim ijobiy jihatlari mavjud. Ma’lumki, davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri norentabel sohalarga investitsiya kiritishdan iborat. Ishlab chiqaruvchilarga qanchalik imtiyozlar berilgan bilan ularda norentabel sohalarni investitsiya qilishga moyillikni kuchaytirmaydi. Chunki, ularning bunday faoliyati ularga kelajakda foyda bermaydi. Ana shuning uchun davlat soliqlar hisobiga shakllantirilgan mablag‘lar hisobidan ana shunday sohalarga investitsiya kiritishini ham qaysidir ma’noda soliqlar va investitsiyalar o‘rtasidagi aloqadorlikning bir ko‘rinishi sifatida izohlash mumkin.

Tayanch so‘z va iboralar


  1. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar.

  2. Soliq yuki.

  3. Taklif iqtisodiyoti nazariyasi.

  4. Laffer egri chizig‘i.

  5. Laffer egri chizig‘ining elastikligi.

  6. Yalpi talab.

  7. Yalpi taklif.

  8. Soliqlarning yalpi talabga ta’siri.

  9. Soliqlarning yalpi taklifga ta’siri.

  10. Soliqlar va investitsiyalar.


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar

  1. Soliq siyosatining makroiqtisodiy samarasi deganda nimani tushunasiz?

  2. Soliq yuki deganda nimani tushunasiz?

  3. Soliq yukini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga qanday ko‘rsatkichlar kiradi?

  4. Soliq yukini qanday ko‘rinishlarda ifodalash mumkin?

  5. Laffer egri chizig‘i mohiyatini tushuntirib bering?

  6. Soliqlarning yalpi talab va yalpi taklifga ta’siri deganda nimalarni tushunasiz?

  7. Soliqlar va investitsiyalarning bog‘liqligini izohlab bering?



10-mavzu: Soliq ishini tashkil etishning nazariy asoslari (2 soat)
Reja:

  1. Soliq xizmati va bojxona organlari faoliyatining huquqiy asoslari.

  2. O‘zbekiston Respublikasi soliq xizmati organlarining tarkibiy tuzilishi.

  3. Davlat soliq qo‘mitasining vazifalari va funktsiyalari.

  4. Soliq xizmati organlarining boshqa organlar va tashkilotlar, moliya-kredit muassasalari bilan o‘zaro hamkorligi.



1. Soliq xizmati va bojxona organlari faoliyatining huquqiy asoslari

O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi iqtisodiy rivojlanishning yangicha shart-sharoitlari soliqqa tortishning mutlaqo yangi tizimini joriy qilishni talab qildi va bunday tizimning birmuncha optimal darajada amal qilishini ta’minlaydigan mexanizmning yangi tuzilmasini yaratishni taqozo etdi.

Respublikamizda hozirda amal qilayotgan soliq va bojxona ido­ralari tizimi o‘zining muayyan tarixiga ega. Soliq idoralari sobiq Ittifoqda 60-yillarda ham mavjud edi va ularning tuzilmasi, tabiiyki, O‘zbekiston hududida ham amal qilardi. Keyinchalik ular faoliyati to‘xtatib qo‘yildi va faqat 1990 yil 12 mayda qabul qilingan «Davlat soliq inspektsiyalarining huquqlari, vazifalari va mas’uliyati to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, 1990 yilning 1 iyulidan boshlab qayta tiklandi. Biroq bu tuzilmalar moliya organlari tizimida amal qilar edi.

Respublikamizda soliq idoralari faoliyati 1990 yilning oxirida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshida Dav­lat moliya-soliq bosh boshqarmasini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Qarori (1990 yil 17 dekabrdagi 383-sonli) qabul qilingan­idan so‘ng faollasha boshladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O‘zbekiston Respublikasining davlat soliq ido­ralari to‘g‘risida»gi 1991 yil 14 iyundagi Nizomi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining davlat soliq idoralari to‘g‘risida»gi 1991 yil 12 avgustdagi 217-sonli Qarori qabul qilinganidan keyin davlat nazorati va boshqaruvining mustaqil tuzilmasi sifatidagi soliq idoralarining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishiga asos solindi. Respublika davlat boshqaruvining mazkur tu­zilmasi 1994 yilgacha, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat bosh soliq boshqarmasi O‘zbekiston Res­publikasi Davlat soliq qo‘mitasiga aylantirilgunga qadar faoliyat ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining maqomi, asosiy vazifalari, funkktsiyalari vakolat doirasi va faoliyatining tashkiliy asoslari O‘zbekiston Respubli­kasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat bosh soliq boshqarmasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat so­liq qo‘mitasiga aylantirish to‘g‘risida»gi 1994 yil 18 yanvardagi Farmoniga muvo­fiq va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishi masalalari to‘g‘risida»gi 1994 yil 18 martda qabul qilgan Qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbe­kiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risida»gi Nizomga binoan belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga binoan Davlat soliq qo‘mitasi soliq va bojxona siyosatini amalga oshirish, shuningdek davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari himoyasini ta’minlash sohasida davlat nazorati organi ekanligi belgilab qo‘yildi.

1997 yil bojxona ishini tashkil etishni takomillashtirish, yagona bojxona siyosatini olib borish, respublika boj­xona organlari faoliyatining tezkorligi va ta’sirchanligini oshirish, ularning mamlakat iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashdagi rolini kuchaytirish, shuningdek, bojxona ishi sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kuchay­tirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekison Respublikasi Davlat Bojxona Qo‘mi­tasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 1997 yil 8 iyuldagi PF-1815-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tash­kil etish to‘g‘risida»gi 1997 yil 30 iyuldagi 374-son Qaroriga muvofiq Davlat Bojxona Qo‘mi­tasi tashkil etildi, ya’ni soliq va bojxona faoliyatining funktsiyalari bir biridan ajratildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi 1997 yil 29 avgustdagi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘ri­sida»gi 1998 yil 12 yanvardagi Qaroriga muvofiq soliq organla­rining asosiy funktsiya va vazifalari belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrining davlat soliq boshqarmalari, viloyat davlat soliq boshqarmalari, shuningdek, tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspektsiyalari davlat soliq xizmatining quyi organlari hisoblanadi.

Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatlarida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonun va boshqa qonun hujjatlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezident farmonlari va boshqa me’yoriy hujjatlar, shuningdek, O‘zbekis­ton Respublikasining xalqaro shartnomalariga amal qiladi.

Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatini davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlaridan mustaqil ravishda, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.


2. O‘zbeksiton Respublikasi soliq xizmati organlarining tarkibiy tuzilishi

Davlat boshqaruvi organining tashkiliy tuzilishi (ichki tuzilmasi) deganda uning huquqiy va tashkiliy jihatdan nisbatan mustaqil va alohida tusdagi bir-biriga o‘zaro bog‘langan bo‘linmalarining uyushmasi tushuniladi, ularning har biri alohida tarzda va barchasi birgalikda davlat vakolatlarining amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Organning tuzilishi unga yuklangan vakolatlarning samarali tarzda bajarilishini, har bir tarkibiy bo‘linmaning vakolatlari va mas’uliyatining aniq chegaralab qo‘yilishini, hammaning yagona bir butun mexanizmning unsurlari sifatida kelishilgan holda ish olib borishini ta’minlashi lozim. Davlat soliq qo‘mitasi tuzilmasi va faoliyatini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida»gi 1998 yil 12 yanvardagi 14-son Qarori bilan tasdiqlangan «Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risida»gi Nizomga va unga kiritilgan o‘zgarishlarga asosan belgilangan.

Respublika soliq idoralarining tuzilishi bu uch darajali ierarxiya bo‘lib, u markaziy idora, ya’ni Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar soliq boshqarmalarini hamda tumanlar va shaharlardagi so­liq inspekpiyalarini o‘z ichiga oladi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi soliq qonunlariga rioya qilinishini ta’minlash, davlatning iqtisodiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat nazoratining hududiy organi hisoblanadi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomning bajarilishini ta’minlashda mahalliy bojxona idoralari bilan bahamjihat harakat qilinishini amalga oshiradi.

Tumanlardagi, shaharlardagi va shaharlar tumanlaridagi dav­lat soliq inspektsiyalari davlat soliq boshqarmasi tasarrufida bo‘lgan va u bilan birgalikda soliq idoralarining bir yagona tizimini tashkil etadigan idoralar hisoblanadi.

Davlat soliq boshqarmasi o‘zining faoliyati to‘g‘risida faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi oldida javob beradi. Soliq inspekpiyasi esa o‘zining bevosita rahbari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari oldida javob beradi.

Soliq inspektsiyasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomga amal qilgan holda ushbu Nizomning uning vakolatlariga tegishli talablarini to‘liq amalga oshiradi. Tuman (shahar) soliq inspektsiyasi idorasining tuzilishi va xodimlar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat so­liq bosh boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan Davlat soliq qo‘mitasi belgilagan ish haqi fondi va xodimlar soni doirasida tasdiqlanadi.

Davlat soliq qo‘mitasining tuzilmaviy bo‘linmalari, odatda, funktsional asosda tashkil etiladiki, uning mohiyati rahbarlikning mustaqil funktsiyalarga taqsimlanishi va har bir ana shunday funktsiyani maxsus tuzilmaviy bo‘linmaning (boshqarma, bo‘lim, sek­tor) amalga oshirishidan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tuzilishining negizini quyidagicha uchta tamoyil tashkil etadi.

Nazorat-muvofiqlashtiruvchi - tarmoqli tamoyil (savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarini nazorat qilish, umumiy ovqatlanish korxonalarini nazorat qilish bo‘limlarini o‘z ichiga oladigan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarini nazorat qilish boshqarmasi; dehqonchilik - sanoat majmui korxonalarini taftish qilish bo‘limi) nazorat-muvofiqlashtiruvchi - funktsional tamoyili (jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarni soliqqa tortish boshqarmalari) bilan birga qo‘shib olib boriladi.

Nihoyat, tuzilmaviy bo‘linmalar funktsional bo‘linmalar (ular orasida mablag‘ bilan ta’minlash, buxgalterlik hisobi va hisoboti bo‘limi va shu kabilar bor) va markaziy idoraga xizmat ko‘rsatadigan bo‘linmalar kotibiyati, rais huzuridagi inspektsiya va shu kabilar bilan to‘ldiriladi.

Davlat soliq qo‘mitasining tuzilmaviy bo‘linmalari ushbu boshqaruv organining ishchi idorasi hisoblanadi. Ularning faoliyati rang-barang bo‘lib, mazkur organ funktsiyalarining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Bu bo‘linmalar turli materiallarni tayyorlaydi, Davlat soliq qo‘mitasining boshqaruviga taalluqli o‘zga faoliyatni bajaradi, shu jumladan muvofiqlashtirish tusidagi funktsiyalarni bajaradi, maslahatlar beradi, fikr-mulohaza va xulosalar taqdim etadi, loyihalarning ekspertizasini o‘tkazadi, hujjatlarning loyihalarini, yuqori hokimiyat va boshqaruv organlariga takliflarni tayyorlaydi.

Boshqaruv organlarining butun faoliyati, barcha tashkiliy munosabatlari va huquqiy munosabatlari organning o‘z vakolatlarini amalga oshirishining natijasi hisoblanadi. Idoraning vakolatida boshqaruvning irodaviy mazmuni hammadan ko‘prok namoyon bo‘ladi. Davlat huquqiy normalarni chiqarish yo‘li bilan boshqaruv idorasining vakolatini belgilar ekan ushbu organning har qanday sohadagi hatti-harakatlarining chegaralarini belgilab beradi.
3. Davlat soliq qo‘mitasining vazifalari va funktsiyalari

Davlat soliq qo‘mitasining huquqlari uning boshqaruv faoliyati to‘g‘risida tasavvur beradi. Davlat idorasining huquqlari – biron bir vazifani amalga oshirish mumkinligi me’yoridir, uning burchi esa - mazkur vazifani tegishlicha amalga oshirish me’yoridir. Davlat idorasining funktsiyasi tegishlicha hatti-harakat me’yori sifatida biron-bir boshqaruv harakatini ko‘rsatish chog‘ida kamroq konkretlashtirilgan burchdan farq qiladi, me’yo­riy tarzda umumiy ko‘rinishda ifodalangan bir qator tipik burchlarning umumlashgani sifatida qaraladi.

Huquqlar bilan majburiyatlar o‘rtasidagi farq ularni amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlarida namoyon bo‘ladi. Huquqlar davlat organiga u yoki boshqa masalalarni hal etishda tanlash erkinligini beradi. Majburiyatlar organning faoliyat yuritishini qat’iy tartibga solib turadi, ularni amalga oshirish shart-sharoitlari esa, qonunda aniq ifodalangan bo‘lishi lozim.

Davlat soliq xizmati organining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- soliq qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning to‘g‘ri hisoblanishi, soliqlar to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

- soliq qonun hujjatlariga rioya etishda zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‘lovchilarga yordam ko‘rsatish;

- soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita ishtirok etish;

- soliq solish sub’ektlari va ob’ektlarini to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olishni ta’minlash;

- soliqqa doir xuquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf qilish;

- nazorat qiluvchi organlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishlarni muvofiqlashtirish.

O‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq Davlat soliq qo‘mitasi quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

1. Qonun hujjatlariga rioya qilinishi, soliqlar to‘g‘ri hisoblangani, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan dav­lat nazoratini amalga oshiradi, ana shu maqsadda:

- soliq solish ob’ektlari va sub’ektlarini hisoblangan va to‘langan soliqlarni to‘liq hamda o‘z vaqtida hisobga olishni, jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishining qonun hujjatlarida belgilangan tartibga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlashga doir;

- soliq qonun hujjatlarini buzish faktlarini to‘plash, tahlil qilish va baholashga hamda soliqqa oid huquqbuzarliklarga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni bar­taraf etish bo‘yicha takliflar kiritishga doir;

- yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularni ro‘yxatga olish (identi­fikatsiya) raqamlarini bergan holda soliq to‘lovchilar sifatida ularni hisobga qo‘yish haqida hujjatlarni berishga doir;

- soliqlar tushimini ta’minlash ishida topshiriqlarni bajarish natijalarini tahlil qilishga doir;

- jismoniy shaxslar daromadlarini yalpi deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etishga doir;

- xorijiy investorlarning investitsiya faoliyatini so­liqlar yordamida tartibga solish choralarini ishlab chiqishga, hukumatlararo bitimlar va shartnomalarni tayyorlash va tuzishga, soliq siyosatini, shuningdek, ikki tomonlama soliq solishni bartaraf etish bo‘yi­cha bitimlarni muvofiqlashtirishga doir;

- muddatida to‘lanmagan soliqlarni undirishga, musodara qilingan, egasiz mol-mulk, xazinalarni, shuningdek, meros qoldirish huquqi buyicha davlatga yoki fuqarolarning o‘zini- o‘zi boshqarish organlariga o‘tgan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish ustidan nazorat qilishga doir ishlarni tashkil etadi.

2. Yagona umumdavlat soliq siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi, ana shu maqsadda:

- soliq qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha uslubiy ishlarni olib boradi;

- O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi va O‘zbekistan Respublikasining boshqa vazirlik hamda idoralari bilan hamkorlikda O‘zbekistan Respublikasi hududida ijro etish uchun majburiy bo‘lgan soliq qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha yo‘riqnoma va boshqa me’yoriy hujjatlarni belgilangan tartibda e’lon qiladi;

- byudjetga soliqlar tushishi prognozini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

- soliqlarni hisoblab yozish va to‘lash bilan bog‘liq hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va boshqa hujjatlar shakllarini ishlab chiqadi;

- soliq qonun hujjatlari bo‘yicha me’yoriy hujjatlar to‘plamlarini tayyorlaydi va nashr etadi. O‘z qo‘l ostidagi organlarni qonun va yo‘riqnomaviy materiallar, soliq to‘lovchilarni hisobga olish shakllari bi­lan ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi.

3. Yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonunlarda muhofazalanadigan manfaatlarini himoya qiladi, soliq solish masalalari va soliq qonun hujjatlarini buzishlar bo‘yicha shikoyat va arizalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi, ana shu maqsadda:

- soliq qonun hujjatlari masalalari bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni soliq to‘lovchilarga o‘z vaqtida etkazilishini ta’minlaydi;

- soliq qonun hujjatlari to‘g‘risidagi axborotni nashr etish, ko‘paytirish va qo‘l ostidagi tashkilotlarga etkazish uchun servis markazlar faoliyatini, soliq to‘lov­chilarni soliqlarni to‘g‘ri hisoblash, hisobot va deklaratsiyalarni taqdim etishga o‘rgatishni, shuningdek, maslahat xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etadi.

4. O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlaridan kelib chiqib va davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq qonun hujjatlari qo‘llanishi amaliyotini hisobga olib, davlat soliq xizmati organlari ishining ustun yo‘nalishlarini belgilaydi, ular faoliya­tini takomillashtirishga doir kompleks dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, davlat soliq xizmati organ­lari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda kiritadi.

5. Xuquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda soliqqa doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashning uzoq muddatli va joriy dasturlarini ishlab chiqadi va amal­ga oshiradi.

6. Soliq qonun hujjatlarini buzishlar to‘g‘risidagi arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni tekshiradi.

7. Xizmat vazifalarini bajarayotganida davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari faoliyatining xavfsizligini ta’minlaydi.

8. Qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar sir saqlanishiga doir ishlarni tashkil etadi.

9. Qo‘l ostidagi bo‘linmalar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.

10. Davlat soliq xizmati hududiy organlarining kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha ishini tashkil etadi, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yadi, ana shu maqsadda davlat so­liq xizmati organlari idoralarini tayyorlash, qayta tayyo­rlash va ular malakasini oshirish bo‘yicha markazlar tash­kil etadi.

11. Davlat soliq xizmati organlari xodimlari lavozimlarining tavsifnomalarini ishlab chiqadi, rahbarlar va mutaxassislarni attestatsiyalashni, ularga belgilan­gan tartibda maxsus unvonlar berilishini amalga oshiradi.

12. Davlat soliq xizmati organlari ishining samarali bo‘lishini ko‘zlab:

- soliq axborotini qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va saqlashning eng sermehnat jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida soliq, tushumlari, barcha soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ishlov berishning yagona kompyuter tizimini yaratadi va undan foydalanadi, soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslarning yagona reestrini shakllantiradi va yuritadi;

- davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika ta’minotini, materiallar va uskunalarga ajratilgan fondlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi;

- davlat soliq xizmati organlarining ijtimoiy rivojlanish va moddiy-texnika ta’minoti maxsus fondini to‘g‘ri shakllantirish, taqsimlash va ishlatish ustidan nazorat qiladi;

- soliqlar va soliq to‘lovchilarni hisobga olishning yagona kompyuter tizimini yaratish, davlat soliq xiz­mati organlarini moddiy-texnikaviy ta’minlash, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi va xorijiy soliq organlari bilan hamkorlikni rivojlantiradi.

13. Yuridik va jismoniy shaxslarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish hamda taftish qilishni belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi, nazorat qiluvchi organlar tomonidan xo‘jalik sub’ektlari moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilishi va taftish qilishini to‘xtatish to‘g‘risida takliflar kiritadi. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.


4. Soliq xizmati organlarining boshqa organlar va tashkilotlar, moliya-kredit muassasalari bilan o‘zaro hamkorligi

Davlat soliq idoralari o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarni bajarish va o‘z funktsiyalarini amalga oshirish davomida davlatning boshqa idoralari bilan doimiy hamkorlik qiladilar. Davlatning boshqa idoralari bilan o‘zaro munosabatlarda aniq soliq idoralarining mazkur vazifa va funktsiyalarni qanday darajada bajarishini ham belgilab beradi.

Davlat idoralari tizimi umumiy vakolatli, funktsional va tarmoq idoralarining bir butun holda o‘zaro hamkorlik qiluvchi tizimini ifodalaydi. Shu sababli, davlat soliq idoralari davlatning boshqa tashkilotlari bilan o‘zaro aloqalari xarakterini o‘rganish mustaqil tahlil va doimiy takomillashish ob’ekti sifatida qaralishi kerak. Soliq idoralarining respublika iqtisodiyotiga huquqiy ta’sirining ko‘lami kengligini, mazkur idoralar ish shakllari va faoliyat mazmunining o‘ziga xosligini hisobga olsak, ushbu muammoga katta e’tibor berish juda muhimligi to‘g‘risida xulosa kelib chiqadi.

Soliq qonunlari so‘zsiz ravishda o‘zgartirishlarga muhtoj bo‘lgan bir sharoitda davlatning soliq tizimi soliqlarning to‘g‘ri hisoblanishi va ularning byudjetga to‘liq miqdorda kiritilishi, soliq idoralarini tashkil etish paytida ular oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishi, soliq to‘lovchilarning munosabatlari, soliq qonunlariga rioya qilinishi ko‘p jihatdan respublikadagi coliq, huquqni muhofaza qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlarining muvofiqlashtirilgan tarzdagi amaliy, operativ ravishdagi bahamjihat harakatiga bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo‘mitasi davlat organlari bilan birgalikda soliq qonunlarining ko‘llanilish amaliyotini muntazam tarzda tahlil etadi va umumlashtiradi, ular asosida amaldagi me’yoriy hujjatlarga respublikadagi iqtisodiy vaziyatning rivojlanishini talab qiladigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni kiritish yuzasidan tegishli takliflarni beradi.

Davlat soliq qo‘mitasining ishtirokida amalga oshiriladigan ma’muriy-huquqiy munosabatlarni ko‘rib chiqarkanmiz, ular­ning ichida Davlat soliq qo‘mitasi davlat boshqaruvining mustaqil sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladigan munosabatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.

Davlat soliq qo‘mitasi bilan ijrochilik hokimiyatining rahbari O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, shuningdek hokimiyatning oliy vakillik organi - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va respublika ijrochilik xokimiya­ti organi - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlardir. Davlat soliq qo‘mitasining respublikadagi davlat va ijrochilik hokimiyati rahbari Respublika Prezidenti bilan munosabatlari O‘zbekiston Respub­likasining Konstitutsiyasi normalarida belgilab berilgan.

Konstitutsiyaning 89-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respub­likasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi, bunda u o‘ziga yuklangan vakolatlarga muvofiq ravishda ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi, respublika oliy hokimiyati va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklarini, davlat ko‘mitalarini hamda davlat boshqaruvi­ning boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni Oliy Majlis tasdig‘iga kiritadi.

Prezident, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini lavozimlarga tayinlaydi va bo‘shatadi, respublika boshqaruv organlarining qabul qilgan hujjatlarini to‘xtatadi va bekor qiladi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi. Prezidentning respublika Konstitutsiyasi va qonunlari aso­sida va ularni ijro etish yuzasidan chiqaradigan farmonlari ko‘pincha direktivalar va aniq vazifalardan iborat bo‘ladiki, bunda hukumatning va Davlat soliq qo‘mitasining harakatlarining uyg‘unligi ta’minlangan bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining o‘zaro munosabatlari masalasiga kelganda quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin.

Bunday huquqiy munosabatlar uchun quyidagilar asosiy omil hisoblanadi: birinchidan, Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq uning vakolatlariga kiritilgan har qanday masalani, shu jumladan, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilishga doir ma­salani o‘zining ko‘rib chiqishi uchun qabul qilishga haqlidir.

Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 19-bandiga va «O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Oliy Majlis Prezidentning vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tashkil etish va tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash Oliy Majlisning favqulodda vakolatlariga kiradi.

Agar respublika Prezidenti davlat boshqaruvi organlari­ning hujjatlariga nisbatan ularni bekor qilish huquqiga ega bo‘lsa, Oliy Majlis bunday yuridik vako­latlarga ega emas. Oliy Majlis o‘zining doimiy amal qiluvchi qo‘mitalari va komissiyalari orqali Davlat Soliq Qo‘mitasiining faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib turadi.

Shunday qilib, Davlat soliq qo‘mitasi bilan Oliy Majlisning bahamjihat harakati avvalo uning qonunchilik funktsiyalarini amalga oshirishi jarayonida namoyon bo‘ladi.

Davlat soliq qo‘mitasi bilan respublika hukumati, Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida juda mustahkam o‘zaro munosabatlar mavjud. Vazirlar Mahkamasi - O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi va butun davlat boshqaruv organlari tizimiga ularning kelishilgan tarzdagi faoliyatini ta’minlagan holda rahbarlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq respublikaning faoliyat doirasiga tegishli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va u to‘g‘risidagi Qonunga binoan Mahkamasining vakolatlariga kiradigan davlat va xo‘jalik boshqaruvining hamma masalalarini hal etishga haqlidir.

Aynan Vazirlar Mahkamasi vazirliklar va davlat qo‘mitalarining, idoralar va davlat boshqaruvining boshqa organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib turadi va yo‘naltiradi, shuningdek, vazirliklar, davlat qo‘mitalari to‘g‘risidagi tegishli Nizomlarni tasdiqlaydi, ya’ni davlat organining tuzilishini va uning vakolatlarini belgilaydi. Qonunning ushbu normalari boshqa barcha davlat boshqaruvi organlari singari Davlat soliq qo‘mitasini ham Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunishini va uning oldida mas’uliyatli ekanligini bildiradi.

Vazirlar Mahkamasining Davlat soliq qo‘mitasiga bevosita rahbarlik qilishi Davlat soliq qo‘mitasi amal qiladigan me’yoriy hujjatlar, umumiy direktivalar yoki aniq (yakka tartibdagi) ko‘rsatmalar chiqarish shakli orqali ham namoyon bo‘ladi

Davlat soliq qo‘mitasining hujjatlari xususida shuni aytish mumkinki, agar ular amaldagi qonunlarga zid bo‘ladigan bo‘lsa, Vazirlar Mahkamasi ularni bekor qilishi mumkin. Davlat soliq qo‘mitasi soliq qonunlarini takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish bo‘yicha to‘liq huquqga ega.

Davlat soliq qo‘mitasi o‘ziga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq ravishda, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlariga soliqlar va boshqa to‘lovlarning kelib tushishiga doir toshpiriqlarning bajarilishi natijalarini tahlil etish va keyinchalik bu borada Vazirlar Mahkamasiga axborot berish vazifasini ham bajaradi.

Davlat soliq qo‘mitasi xorijiy investorlarning investitsiya faoliyatini soliqlar orqali tartibga solish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda, soliq siyosatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan hukumatlararo bitimlar va shartnomalarni tayyorlash va imzolashda, ikkiyoqlama soliq solinishini bartaraf qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga binoan hukumatlararo bitimlarni tasdiqdash va imzolashda ishtirok etadi.

Vakillik hokimiyatining mahalliy organlari davlat boshqaruvi organlari bilan turli yo‘nalishlar bo‘yicha bahamjihat hamkorlik qiladilar.

Davlat soliq organlarining mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikdagi harakati ularning O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan yagona soliq siyosatini amalga oshirishda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar byudjetlariga soliqlar va boshqa to‘lovlarning kelib tushishini ta’minlash borasidagi topshiriqlarning bajarilishi natijalarini tahlil etishda qatnashishida namoyon bo‘ladi.

Davlat soliq inspektsiyalarining tegishli ma’muriy-hududiy birlikda markazlashtirilgan idora usuli va qonunchilik rejimida ish olib borishi ham ko‘rib chiqilayotgan organlarning munosabatlarini tavsiflash uchun muhim ahamiyatga ega.

Hamkorlikdagi harakatning ayni shunday darajasida umumdavlat va hududiy manfaatlarning qo‘shib olib borishning mahalliy hokimiyat organlari hududlarini kompleks tarzda rivojlantirishning turli xildagi muammolari vujudga keladi. Ularning muvaffaqiyatli tarzda hal etilishi, hamkorlik masalalarining birgalikda muhokama qilinishi, vakillik hokimiyati mahalliy organlari vakillarining ishtirokini taqozo etadi.

Davlat soliq qo‘mitasi kundalik faoliyat jarayonida davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan tez-tez munosabatlarga kirishadiki, bunday munosabatlar davlat nazoratining ushbu markaziy organi faoliyati tusini aniq-ravshan ajratib ko‘rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliqlar uning asosiy tartibga soluvchi omili bo‘ladi. Hokimiyat va boshqaruvning deyarli barcha organlari bu jihatni u yoki bu darajada hisobga olishi kerak bo‘ladi va aynan shu holat Davlat soliq qo‘mitasining ushbu organlar bilan ko‘p turdagi munosabatlarining ob’ektiv zarurligini belgilaydi.

Shu jihatdan olganda, davlat boshqaruvining Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi singari organlar tizimining hamkorlikdagi harakati birmuncha muhim ahamiyat kasb etadi. Avvalo mazkur organlar oldida turgan vazifa va maqsadlarning umumiyligini ta’kidlab o‘tish kerak bo‘ladi. Moliya vazirligi moliya tizimi tarkibiga kiradigan organlarni boshqarish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimi mexanizmining yaxlitligini, bozor munosabatla­rining shakllanishi va aholini ijtimoiy himoyalash sharoitida narxlarni tartibga solishning iqtisodiy usullarining ahamiyatini kuchaytirishni ta’minlay borib davlatning moliyaviy, valyuta, narx-navo, monopoliyaga qarshi siyosatiga muvofiq keladigan soliq siyosatini belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasining soliq va moliya organlari korxonalarning xorijiy valyutadagi mablag‘larini majburiy tartibda sotilishi lozim bo‘lgan summalarini, shuningdek korxonalarning to‘laydigan soliqlarining to‘g‘riligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.

Davlat soliq qo‘mitasi bilan respublikaning bank tizimi o‘rtasida g‘oyat mustahkam hamkorlik qaror topgan. Ular o‘tkaziladigan valyuta operatsiyalarining amaldagi qonunlarga muvofiqligini va buning uchun zarur ruxsatnomalarning mavjuddigini, rezidentlarning byudjetga soliqlar va boshqa to‘lovlarni to‘lashga oid majburiyatlarini, shuningdek, xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankiga sotishiga doir majburiyatlarini bajarishlarini, valyuta mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishni, xorijiy valyutadagi to‘lovlarning asosliligini, nihoyat, valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisob va hisobotning to‘liqligini va ob’ektivligini birgalikda tekshiradi.

O‘zbekiston Respublikasining barcha bank muassasalariga soliq boshqarmalari va inspektsiyalarining taqdimnomalariga binoan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisobvaraqlaridan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga oid qarzlar summasini muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,07 foiz miqdoridagi penyani hisoblagan holda undirib olish huquqi berilgan.

Bank yoki kredit muassasasining aybiga ko‘ra soliq to‘lovchining to‘lov topshiriqnomasi ijro qilinmagan hollarda esa ushbu bank yoki kredit muassasasidan soliq to‘lovchining yoki soliq idorasining topshiriqnomasi kelib tushgan kundan keyingi uchinchi kundan boshlab to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun soliqning to‘lanmagan summasidan belgilangan tartibda penya undirib olinadi. Penyaning undirilishi bank yoki kredit muassasasini soliqqa oid topshiriqlarni bajarishdan ozod qilmaydi.

Davlat soliq qo‘mitasi asosiy faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi soliqlarga oid qonunlariga rioya qilinishi, soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish jarayonida respublika huquqni muhofaza qilish organlari tizimi bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish zarurati paydo bo‘ladi.

Davlat soliq qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va va ularning joylardagi bo‘linmalari bilan amaliy hamkorligi ularda davlatning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan qator umumiy vazifalarning mavjudligi bilan bog‘liqdir. Ularning har biri o‘z vakolatlari doirasida tegishli vosita va usullar orqali iqtisodiyotdagi jinoiy vaziyat xususida zarur axborotlarni yig‘ishni amalga oshiradi, ularni tahlil qiladi va aniqlangan huquqbuzarliklarga nisbatan choralar ko‘radi.

Bunday chora-tadbirlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi bajaradigan chora-tadbirlarga katta ahamiyat beriladi, bu organ soliq va bojxona idoralaridan huquqni muhofaza qilish organlariga beriladigan materiallarni ko‘rib chiqilishi ustidan amaliy nazorat yuritilishini ta’minlashi va ushbu materiallar yuzasidan qo‘zg‘atiladigan jinoiy ishlar bo‘yicha tekshiruvlarning borishi, to‘liqligi, sifati va muddatlari ustidan kat’iy nazorat yuritishi, sudlarning bunday ishlarni ko‘rib chiqishida prokurorlarning albatga ishtirok etishlarini ta’minlashlari lozim bo‘ladi.

Soliq idoralarining rahbarlari o‘z xizmatlari va bo‘linmalarining O‘zbekiston Respublikasining soliqqa oid qonunlari buzishlarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga barham berishga, shuningdek o‘zaro manfaatli bo‘lgan boshqa masalalarni hal etishga oid harakatlarini doimiy ravishda muvofiqlashtirib turishlari shart. Shu maqsadlarda ishchi guruhlari tashkil etilishi, kelishilgan harakatlar uchun manfaatdor bo‘linmalar vakillarining muntazam tarzdagi uchrashuvlar o‘tkazilishi, eng muhim muammolar esa hay’atlarning birgalikdagi yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilishi mumkin.

Birgalikdagi ishlar bo‘yicha yagona dalolatnoma tuziladi va uni bir tomondan, ushbu tekshirishni o‘tkazgan xodimlar, ikkinchi tomondan esa, tekshirilgan korxona, muassasa, tashkilotning rahbari va bosh hisobchisi yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan fuqaro imzolaydi.



Xulosa qilib aytganda, respublikamizda soliq xizmati organlari o‘z oldiga qo‘yilgan vazifa va funktsiyalarga muvofiq bir qancha organlar va tashkilotlar, moliya-kredit muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadi. Bunday hamkorlik respublikaning barcha hokimiyat idoralari, jumladan, respublika prezidenti, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, sud organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Davlat soliq qo‘mitasining ushbu idoralar bilan hamkorligi ko‘pincha qonuniy aktlarni ishlab chiqish, ijrosini ta’minlash kabi masalalarda ifodalansa, uning moliya-kredit muassasalari bilan hamkorligi bevosita soliqlarni undirib olishga qaratilgan vazifalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi
Tayanch so‘z va iboralar

  1. Davlat soliq xizmati.

  2. Davlat Soliq Qo‘mitasi.

  3. Davlat soliq boshqarmasi.

  4. Davlat soliq inspektsiyasi.

  5. Davlat Bojxona Qo‘mitasi.

  6. Davlat soliq qo‘mitasining funktsiyalari.

  7. Davlat soliq qo‘mitasining vazifalari.


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar

  1. Davlat soliq xizmati organlarining huquqiy bazasi qanday qonun hujjatlari bilan belgilanadi?

  2. Davlat bojxona xizmati organlarining huquqiy bazasi qanday qonun hujjatlari bilan belgilanadi?

  3. Davlat soliq qo‘mitasi qanday tarkibiy tuzilishga ega?

  4. Davlat soliq boshqarmasi qanday tarkibiy tuzilishga ega?

  5. Davlat soliq inspektsiyasi qanday tarkibiy tuzilishga ega?

  6. Soliq xizmati organlarining boshqa tashkilot, muassasalar bilan hamkorligi deganda nimalarni tushunasiz?

  7. Soliq xizmati organlarining bojxona xizmati idoralari bilan hamkorligini tushuntirib bering?

  8. Soliq xizmati organlarining bank massasalari bilan hamkorligini tushuntirib bering?

  9. Soliq xizmati organlarining auditorlik tashkilotlari bilan hamkorligini tushuntirib bering?


Foydalanilgan adabiyotlar


  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - Toshkent: O’zbekiston, 2005 y.

  2. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. // O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami - Toshkent: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. 2010. 220 b.

  3. O’zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to’g’risida”gi Qonuni. //Xalq so’zi. - 1997 yil , 29 avgust.

  4. O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida”gi qonuni, 2000 yil 14 dekabr. //Soliqlar va bojxona xabarlari. 2001 y. № 2.

  5. O’zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to’g’risida”gi qonuni, 2006 yil 21 sentyabr. //Xalq so’zi, - 2006 yil, 21 sentyabr.

  6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining 2007 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi 532-sonli Qarori (2006 yil 18 dekabr).

  7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-1245-sonli Qarori (2009 yil 22 dekabr).

  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-1449-sonli Qarori (2010 yil 24 dekabr).

  9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-1675-sonli Qarori (2011 yil 30dekabr).

  10. Karimov I.A. Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2005 y.

  11. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2005. - 96 b.

  12. Karimov I.A. “Asosiy vazifamiz-vatanimiz taraqqiyoti va halqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” T. “O’zbekiston” 2010 yil. 80b.

  13. Karimov I.A. Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishimiz lozim. //Xalq so’zi. – Toshkent, 2006. - 11 fevral.

  14. Karimov I.A. Yangilanish va barqaror traqqiyot yo’lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish – asosiy vazifamizdir. // Xalq so’zi. - Toshkent, 2007 yil 13 fevral.

  15. Karimov I.A. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o’zgarishlarning bosh maqsadidir. //Xalq so’zi. - Toshkent, 2008 yil 9 fevral.

  16. Karimov I.A. 2012 yil Vatanimiz tarqqiyotini yangi bosqichiga ko’taradigan yil bo’ladi”-T.: “O’qituvchi”, 2012 yil -272b.

  17. Alimardonov M. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga soliq tizimining ta’siri. – Toshkent: TMI, 2003. - 233 b.

  18. Abduraxmonov O. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq xususida ba’zi mulohazalar. //“Soliq siyosatini yanada takomillashtirish – printsipial muhim ustuvor vazifa” – Toshkent: Davlat soliq qo’mitasi Soliq akademiyasi, 2005. - B. 167-169.

  19. Abibullaev B. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq xususida ba’zi mulohazalar. //Soliq to’lovchining jurnali. – Toshkent, 2008. - №3. - B. 42-43.

  20. Akramova N. Soliq imtiyozlaridan to’g’ri foydalanish. // Soliq solish va buxgalteriya hisobi. – Toshkent, 2008. - № 3. - B. 20-24.

  21. Anoshkina V. O’zbekistonda byudjet islohoti: hozirgi davrdagi maqsadlar va yo’nalishlar. // Soliq solish va buxgalteriya hisobi. – Toshkent, 2008. - № 3. - B. 20-24.

  22. Boymurodov S. Soliq imtiyozlari va ularning soliq to’lovchilar moliyaviy faoliyatiga ta’siri. . //Soliq solish va buxgalteriya hisobi. – Toshkent, 2007. - № 8. - B. 22-27.Vaxobov A., Jamolov X. Soglasovanie mejbyudjetnix otnosheniy. – Toshkent: TFI, 2002. - 238 s.

  23. Vahobov A., Srojiddinova Z. O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti. – Toshkent: TMI, 2002. - 115 b.

  24. Vahobov A., Jumaev N., Burxanov U. Xalqaro moliya munosabatlari. – Toshkent: Sharq, 2003. - 400 b.

  25. Vahobov A. Byudjet-soliq siyosati yaxlitligi. O’quv qo’llanma. –Toshkent: IQTISOD-MOLIYA, 2005. - 283 b.

  26. Vahobov A., Jo’raev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. –T.: Sharq, 2009. – 526 b.

  27. Vshkova E.S., Romanovskiy M.V. Nalogovoe planirovanie. - SPb.: Piter, 2004. - 634 s.

  28. Gluxov V.V., Dolde I.V., Nekrasova T.P. Nalogi: teoriya i praktika. Ucheb. 2-e izd. - SPb.: Izdatelstvo Lan, 2002. - 448 s.

  29. Jo’raev A. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo’llari. – Toshkent: Fan, 2004. - 243 b.

  30. Jo’raev A., Meyliev O., Safarov G’. Soliq tarixi va nazariyasi – Toshkent: Toshkent Moliya instituti, 2004. - 210 b.

  31. Jo’raev T. Soliq siyosatini takomillashtirish yo’lida. //Toshkent haqiqati. – Toshkent, 2003. - 24 sentyabr.

  32. Zavalishina I.A. Soliqlar: nazariya va amaliyot. –Toshkent: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi” nashriyot uyi, 2005. – 544 b.

  33. Zaynalov J.R. Soliqlar va soliqqa tortish. – Samarqand: Samarqand kooperativ instituti, 2002. - 366 b.

  34. Isroilov B.I. Soliqlar hisobi va tahlili: muammolar va ularning echimlari. – Toshkent: O’zbekiston, 2006. - 272 b.

  35. Malikov T.S. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. – Toshkent: Akademiya, 2002. - 204 b.

  36. Malikov T.S. Soliq yukining og’irligini keskin kamaytirish kerakmi? – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2006. - 31 b.

  37. Milyakov N.V. Nalogi i nalogooblojeniya: Uchebnik. - 5-e izd.5 pererab. i dop. - M.: INFRA-M, 2006. - 509 s.

  38. Nalogi i nalogovoe pravo. /Pod red. A.V. Brizgalina. –M.: Analitika-Press, 2004. – 608 s.

  39. Nalogi v usloviyax ekonomicheskoy integratsii. / V.S. Bard i dr. pod red. prof. V.S.Barda i L.P.Pavlovoy. –M.: KNORUS, 2004. – 288 s.

  40. Panskov V.G., Knyazev V.G. Nalogi i nalogooblojenie: Uchebnik dlya vuzov. – M.: MTsFER, 2003. – 336 s.

  41. Pushkareva V.M. Istoriya finansovoy misli i politiki nalogov. – M.: Finansi i statistika, 2003. - 256 s.

  42. Sobirov H.R. O’zbekistonning davlat moliyasi tarixi. – Toshkent: “Ta’lim manbai” jamiyati, 2002. - 152 b.

  43. Sokolov A.A. Teoriya nalogov. - M.: OOO “YurInfoR-Press”, 2003. – 506 s.

  44. Toshmurodov T. Soliqlar. /Izohli lug’at. – Toshkent: Mehnat, 2003. -184 b.

  45. Toshmurodova B. Soliqlar vositasida iqtisodiyotni boshqarish mexanizmi. /Monografiya. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2002. - 127 b.

  46. Toshmurodova B. Soliq munosabatlarini optimallashtirish. –Toshkent: TMI, 2004. – 265 b.

  47. Tuchkova Z.I. Nalogooblojenie. – Tashkent: Assotsiatsiya Prepodavateley Biznes Distsiplin Uzbekistana, 2007. – 308+59 s.

  48. To’raev Sh. Oqilona soliq siyosati – iqtisodiy taraqqiyot omili. //Bozor, pul va kredit. № 3 – 2008. 41-44 b.

  49. Usmonov Sh. Byudjetning o’rta muddatli istiqboldagi strategik ustuvorliklari. // Soliq solish va buxgalteriya hisobi. – Toshkent, 2008. - № 3. - B. 14-19.

  50. Finansi. /Pod red. L.A. Drobozinoy. – M.: YuNITI, 2003. - 350 s.

  51. Xvan L.B. Soliq huquqi. - Toshkent: Konsauditinform, 2001. 432 b.

  52. Yutkina T.F. Nalogi i nalogooblojenie: Uchebnik. 2-e izd., pererab. i dop. –M.: INFRA-M, 2002. – 576 s.

  53. Yusupov Yu. Mojno li opredelit optimalnuyu dolyu byudjeta v VVP? //Ekonomicheskoe obozrenie. 2005 № 7.

  54. Yahyoev Q.A. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: G’afur G’ulom, 2000. - 165 b.

  55. Yahyoev Q.A. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Fan va texnologiyalar markazi, 2003. - 247 b.

  56. Yahyoev Q. Ob’ekti bir xil, soni ko’p soliqlar. //Soliq to’lovchining jurnali. – Toshkent, 2008. - №3. - B. 41-42.

  57. Haydarov N. Moliya. – Toshkent: Akademiya, - 2001. - 72 b.

  58. Internet saytlari

http://www. tfi.uz

http://www.soliq.uz

http://www.mf.uz

http://www.gov.uz

http://www.cer.uz




MUNDARIJA


Kirish

………………………………………………………………...

3

1-mavzu:

Fanning mazmuni, predmeti va vazifalari …………………...

4

2-mavzu:

Soliq munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari …………………………………………………...

9


3-mavzu:

Soliqlar haqida ilmiy qarashlar ………………………………

31

4-mavzu:

Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari …………….

43

5-mavzu:

Soliqqa tortish tamoyillari …………………………………..

59

6-mavzu:

Soliq tarixi va nazariyasining elementlari …………………………….

66

7-mavzu:

Soliq siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari …………………

87

8-mavzu:

O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining nazariy asoslari …

97

9-mavzu:

Soliqlar va makroiqtisodiy holatning uzviy bog‘liqligi ……..

117

10-mavzu:

Soliq ishini tashkil etishning nazariy asoslari ……………….

130

Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………...

144

SOLIQ TARIXI VA NAZARIYASI

ma’ruza matnlari to‘plami

-T.: TMI, 2012. – 148 bet.




Muharrir: E. Bozorov

Bosishga ruxsat etildi:

Adadi:


Shartli bosma tabog‘i:

Buyurtma № _________

Toshkent Moliya instituti bosmaxonasida «RISO» nusxa

ko‘paytirish qurilmasida chop etildi.

700084, Toshkent shahri Kichik xalqa yo’li, 7-uy.

14. XORIJIY MANBALAR

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət