Ana səhifə

Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Yüklə 210.98 Kb.
səhifə1/3
tarix27.06.2016
ölçüsü210.98 Kb.
  1   2   3


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

PSIXOLOGIYA KAFEDRASI

Jumayeva Nargiza
O’quvchilarning individual xususiyatlari
«5140800-Pedagogika va psixologiya» yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olish uchun

MALAKAVIY BITIRUV ISHI

Ilmiy rahbar: k.o’q.X.Tursunmurodov

Malakaviy bitiruv ishi «Psixologiya» kafedrasida bajarildi.
Kafedraning 2012 yil 25-maydagi yig`ilishida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi ( bayonnoma № 10 )


Kafedra mudiri: p.f.n. dots. A. I. Saidov
Malakaviy bitiruv ishi YaDAKning 2012 yil ______dagi majlisida muhokama qilindi va _____ ballga baholandi (bayonnoma №___)
YaDAK raisi: ________________________
A’zolari: ____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

Samarqand-2012

MUNDARIJA

KIRISH:……………………………………………………………

3

I BOB. O’quvchilarning individual xususiyatlarining ta’lim tarbiyadagi roli.




1.1. Temperament va xarakter, haqida tushuncha…………………

6

1.2. Temperament tiplari va xarakter xususiyatlarining o’quvchilarda shakllanishi…………………………………………

26

II BOB. O’quvchilarda temperament, xarakterning shakllanishi va o’sishi




2.1. O’quvchilar temperamenti va xarakterini shakllanishida oila muhiti va jamoaning roli…………………………………………..

34

2.2. O’quvchilar e’tiqodlarini ifodalaydigan xarakter xislatlari va o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlar…………………………………..

50

Xulosa……………………………………………………………...

61

Adabiyotlar ro’yxati……………………………………………….

63

















































KIRISH

Jamiyatimizning kelajagi bo’lgan yoshlar chuqur bilimga ega bo’lgan, fikrlash qobilyati yetarlicha o’sgan, hayotiy muommolarni mustaqil hal qila oladigan kishilar bo’lishi kerak. Kelajak avlod haqida qayg’urishi, sog’lom barkomol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir. Prezidentimiz aytib o’tganidek, “O’zbekistonning kelajagi buyuk davlatdir”. Mustaqil O’zbekistonimizning kelajagi yoshlarning qo’lidadir. Shuning uchun ham yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, ularni zamon talabiga javob beradiga, yuqori malakali ongli mutaxassislar qilib tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Respublikada ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish yo’lida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish va bu borada qabul qilingan hujjatlar mohiyatini keng jamoatchilik tomonidan chuqur anlab yetishga har tomonlama sharoit yaratildi.

Bu yerda prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrini keltirib o’tishni joiz deb topdim. “Tarbiyachi ustoz bo’lishi uchun boshqalarning aql chirog’ini o’stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand haqiqiy vatanparvar, huquqiy fuqoro etib yetishishlari uchun, eng avvalo tarbiyachining o’zi anashunday yuksak talablarga munosib bo’lishi kerak”.

Bugungi yosh avlod tarbiyaning yetuk insonlarga amaliy jihatdan tarbiya oluvchilarga hamisha o’rnak boladigan murabbiylargagina shu ish olib borish mumkinki, zamonaviy ta’lim-tarbiya ishining asosiy tomonlaridan biri ham ana shundan iboratdir.

Bitiruv malakaviy ishi uchun tanlangan mavzuning dolzarbligi.

Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllantirishiga olib keladi. O’zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz. Zotan, barkamol avlod, komil insonni tayyorlash bu jamiyatimiz uchun eng muhim muqaddas vazifadir.

Shu nuqtai-nazardan olib qaraydigan bo’lsak, yoshlarimizni qolaversa, o’quvhchilarda har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashimiz uchun avvalo ularning psixologik xususiyatlarini mukammal bilishimiz darkor. Chunki inson psixologiyasi juda murakkabdir.

Inson bolasining shaxs sifatida shakllanishi, psixik rivojalanishi, temperament va xarakter xususiyatlarini shakllantirish muhim ro’l o’ynaydi. O’quvchilar davri o’zining serqirraligi bilan boshqa davrlardan farqlanadi. Maktab, kollej, litsey o’quvchilarini komil inson bo’lishi uchun ularning chinakam inson bo’lishi ta’lim va tarbiyaning eng muhim faoliyatidir.

Tadqiqot ishimizdan ko’zda tutilgan maqsad:

O’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini hozirgi davr psixologik qonuniyatlari asosida yoritilishini oldik. Biz bu borada istiqlol mafkurasiga asoslangan yangi manbalardan foydalandik. Yuqoridagi maqsad asosida malakaviy bitiruv ishimizning asosiy vazifasini aniqladik. Bunga ko’ra o’quvchilarning temperament va xarakterini chiniqtirishini o’ziga xos psixologik sifatlarini aniqladik.

O’quvchilarga xos psixologik sifatlarini, xarakterini bolalar psixologik sifatlaridan farqini aniqladik.

O’quvchilarga xos temperament tiplarini va xarakter sifatlariga xos bo’lgan psixologik sifatlarining manbalari haqida fikr yuritdik.

Mavjud manbalardan ijobiy foydalangan holda o’quvchilar psixologiyasining o’ziga xos xususiyatlarini mukammal bilishning ta’lim-tarbiyadagi ahamiyatiga doir xulosalarini aniqladik.

Bu xulosalarni ta’lim va tarbiya jarayonida qo’llash, albatta o’zining ilmiy va amaliy samarasini beradi.

Bitiruv malakaviy ishimizning obyekti sifatida maktab o’quvchilarining yangi va qizlarda o’ziga xos xarakter xislatlarini ularga xos sifatlarining manbalari haqida fikr yuritdik. Bunda istiqlol mafkurasi asosida yaratilgan manbalardagi asosiy mazmunga suyandik.

Bitiruv malakaviy ishimizning predmeti deb o’quvchilarning temperamenti (mazmun) xarakterini psixologik sifatlarini ta’minlovchi shart-sharoitlarini tadqiq etish tashkil etadi.

Bitiruv malakaviy ishimizning yangiligi shundaki biz o’quvchilarga xos bo’lgan xarakterlarni psixologik sifatlarga mustaqillik mafkurasi nuqtai nazardan yondoshdik. Shu asosda ularga ta’lim va tarbiya berishning zamonaviy usullarini ilgari surdik, hamda bu borada o’zimizning tavsiyalarimizni ishlab chiqdik.

Bizning tanlangan malakaviy bitiruv ishining mavzusi “O’quvchilarda temperament (mezon) va xarakterning shakllanishi”ga oid aniqlagan xulosalarimiz yoshlar tarbiyasi bilan shug’illanadigan muassasalarda qo’llaniladi va ular albatta ijobiy natijalar beradi. Xuddi ana shu g’oyalar bitiruv ishimizning amaliy ahamiyatini ta’minlaydi.

Tanlagan mavzu bo’yicha bitiruv ishimiz tuzilishi quyidagi tarkibga ega.

Kirish, II-bob, 4-§ va xulosa qismdan va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

O’quvchilar temperament tillarini, xarakterini biologik o’zgartirishlarini hisobga olsa;

O’quvchilar ijtimoiy jihatdan sog’lom iqlimni yoritib bersa;

O’quvchilar xarakter sharoitlarini, undagi o’zgarishlarni rejalashtirib borsa yana ham maqsadga muvofiq bo’ladi.


I BOB. O’QUVCHILARNING INDIVIDUAL XUSUSIYATLARINING TA’LIM TARBIYADAGI ROLI.

1.1. TEMPERAMENT VA XARAKTER HAQIDA TUSHUNCHA

Tashqi olam haqidagi taassurotlar, o’tmish esdaliklari kelajak haqidagi xayollar, istak va tilaklar, fikr hamda hissiyotlar to’xtovsiz ravishda bir-birini almashtirib turadi. Ruhiy hayot oqimining ana shunday o’tib turishi turli odamlarda turlicha bo`ladi. Bir hil odamlar tevarak atrofimizdagi hayot faktlari va hodisalariga shoshmasdan, iyinchilik bilan javob byeradilar. Ular sust va byefarq bo`ladilar temperamentning xususiyati psixikaning individual xususiyatlaridan bo`lib, inson psixik faoliyatining o`tishini, ya'ni uning dinamikasini byelgilab byeradi.

Biroq psixik faoliyat dinamikasini faqat temperamentiga bog`liq emas. Psixik faoliyat dinamikasi, shuning bilan birga, motivlarga va psixik xolatlarga ham bog`liqdir. Masalan, har qanday odam, uning tempyermyentdan kat'i nazar, o`z ishiga qiziqadigan bo`lsa, chaqqonroq, tezroq ishlaydi, o`z ishiga qiziqmasa, syekinrok, sustrok ishlaydi. Har qanday odamning yaqin kishilaridan birining ulimi uning ruhjiy va jismoniy kuchlarini bo’shatib yuboradi. Temperamentga taluqli individual dinamik xususiyatlardan farq qilish uchun kushimcha byelgilarni bilish zarurdir. Bu kushimcha belgilar quyidagilardir.

1. Temperamentning ayni bir hil xususiyatlari, motiv va psixik xolatlardan farq qila o’laroq, xuddi bir odamning o`zida faoliyatning har xil turlarida va har turli maqsadlarida, masalan, mexnatda, o’yinda sportda, turli darslarda va shu kabilarda namoyon bo`ladi.

2. Temperament xususiyatlari odam hayotining butun davomida yoki bir qismida barqaror va o`zgarmasdir.

3. Mazkur odamdagi temperamentning turli xususiyatlari bir-biri bilan tasodifiy birlashgan bo`lmay, balki bir-biri bilan qonuniy boglangan bo`lib, xususiyatlar temperament tiplarini haraktyerlovchi ma'lum strukturani xosil qiladi.

Shunday qilib, tempyeramentning xususiyatlari dyeganda, bir inson psixikasini belgilovchi psixikaning barqaror individual xususiyatlarini tushunamiz. Bu xususiyatlar turli mazmundagi faoliyatlarda, motivlarda va maqsadlarda nisbatan o`zgarmaydi hamda temperament tipini harakterlovchi strukturani hosil qiladi.

I.P.Pavlov hayvonlarning oliy nerv faoliyatlarini urganib, itlarning shartli ryeflyekslarining xosil bo`lishi va davom etishi haraktyeri jixatidan ham odamlardan farq qilishi bilan birga, temperament jixatidan ham farq qilishini ochgan: I.P.Pavlov temperment ham shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlarida bo`lgani kabi sabablar bilan bog`liqdir, degan xulosaga kelgan.

I.P.Pavlov ta'limoti bo’yicha, shartli reflekslar xosil bo`lishining indiviual xususiyatlarining sababi nerv sistemasining xususiyatlaridandir. I.P.Pavlov ana shunday asosiy xususiyatlaridan uchtasini ajratgan edi.

a) ko`zgolish jarayoni va tormozlanish jarayonining kuchi;

b) ko`zgolish kuchi bilan tormozlanish kuchi urtasidagi muozanatlik darajasi yoki, boshqacha qilib aytganda, nerv sistemasining muozanatlashganligi;

v) ko`zgalishning tormozlanish bilan almashinish tyezligi va aksincha, yoki boshqacha qilib aytganda, nerv jarayonlarining harakatchanligi.

I.P.Pavlovning aniqlab ko’rsatishicha, har bir hayvoning temperamenti ana shu xususiyatlarning qandaydir aloxida bittasiga bog`liq bo`lmay, balki ularning kushilib kyelishiga bog`liqdir. Ayni bir vaqtning o`zida ham shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari va temperament bog`liq bo`lgan nerv sistemasi xususiyatlarining ana shunday kushilib kyelishini I.P.Pavlov nerv sistemasining tipii dyeb atagan. I.P.Pavlov nerv sityemasini turtta asosiy tipga:

1)Kuchli, muozanatli, epchil;

2) Kuchli muozanatsiz, epchil;

3)Kuchli, muozanatli, sust;

4) Kuchsiz tipga ajaratadi.

Temperament tiplarining kelib chiqishida, har xolda , irsiyat asosiy rolni o’ynasa kerak. Agar irsiy fiziologik xususiyatlari bir hil bo`lgan bir hil tuxumdan paydo bo`lgan (gomozigot) egizaqlarning temperament xususiyatlarini irsiy fiziologik xususiyatlari unchalik bir hil bo`lmagan ikkita tuxumdan paydo bo`lgan (gyetyerozigoti) egizaqlarning temperament xususiyatlari bilan solishtirsak, bu narsa juda yaqqol tasdiqlanadi. Geterozigot egizaqlarga qaraganda gomozigot egizaqlar temperamentlari xususiyatlarining uxshashlik darajasi shunchalik ortiqki , temperamentning irsiyat yo`li bilan berilish imkoniyatini 85 %ga tengdir. Turli oilalar tarbiyasiga olingan gomozigot egizaqlar temperamentlari taqqoslab kurilganda ham xuddi shuning o`zi tasdiklanadi.

Temperamentning kolgan zxususiyatlarining xayot sharoit va tarbiyaga bog`liq ravishda o`zgarishi umuman temperamenttipining irsiyat yo`li bilan chiqib kyelishiga karshilik kilmaydi.

Ma'lum temperament tipining asosiy xususiyatlari birdaniga hammasi namoyon bo`lmaydi, balki yoshga karb syekin-atsa nerv sistemasining voyaga yetishi bilan bog`liq xolda namoyon bo`ladi. Bu jarayonni biz temperamentning voyaga yetishi dyeb ataymiz.

Temperament tiplarining haraktyeriskasiga baxo byeradigan bo`lsak, unda biz ularning har birida yaxshi va yomon xususiyatlar borligini ko`ramiz. Masalan sangvinik o`zining emotsionalligi va ishchanligi bilan ajralib turadi, lyekin uning mayllari, shuning bilan birga, diqqatning tuplanishi byeqarordir. Myelonxolik tyez tolikadi va o`ziga ishonmaydi, tashvishsiz, lyekin u nozik sezuvchi, extiyotkor va xushyor odamdir. Shunday qilib yaxshi va yomon temperament bo`lmaydi.

Hozirgi zamon texnikasida myelonxolik uchun kiruvchi samolyot uchuvchisi bo`lish nixoyatda kiyin yoki bunday kishilarga tusatdan paydo bo`ladigan avariya xavfi o`z vaktida ryeaktsiya qilishi lozim bo`lgan murakkab enyergosistyemalarda ishlash ogirlik qiladi. Odamning psixik xususiyatlariga nisbatan faoliyatni shunda yyo`l bilan tanlashni profyessional tanlash dyeb ataladi. Myelonxolik o`quvchini xatti-harakatlari uchun keskin koyish uning ruxini tushurib yuboradi, o`ziga ishonmasligini Yana ortirib yuboradi va o`z kuchiga shubxa bilan karay boshlaydi. Agar myelonxolik o`quvchiga nisbatan kattik talabchanlik qilish yoki keskin munosabatda bo`lish odat tusiga kirib qolsa, o`quvchi ezilib, qo’rkib o’sadi. Aksincha, ragbatlantirish va maktash unga xos bo`lgan o`ziga ishonmaslikni yengishga yordam beradi.

Sangvinik boshidan kyechirgan kungilsiz xodisalarni tyez esidan chikarib yuborishi va o`z kuchi hamda qobiliyatlariga ortiqcha baxo berishga moyildir, salbiy baxoga nisbatan kattiklik va talabchanlik unga ijobiy ta'sir kursatishi mumkin. Temperament xususiyatini e'tiborga olgan xolda xuddi shunday individual munosabatda bo`lish mexnatni tashkil qilishda, sportchilarning mashklarida va faolyatining boshka turlarida ham bo`lishi mumkin va zururdir.

Temperament xususiyatlarining faoliyat talablariga moslashuvining uchunchi yo`li ham bor bo`lib, bu temperamentning salbiy tarzda namoyon bo`lishini motivlar bilan yengishdan iboratdir. Yuqorida aytib utilgandyek, faoliyatning dinamik xususiyatlari faqat temperamentga emas, balki motivlarga ham bog`liqdir. Shuning uchun mazkur odamdagi eng faol motivlardan foydalanib,biz unda temperamentiga xos bo`lgan xususiyatlarga qarama-qarshi xatti-harakat dinamikasining xususiyatlarini yuzaga keltiramiz. Masalan o`quvchilarda yuksakaktivlikni uyg’otadigan juda qiziqarli darsda xoleriklarning vazminlik darajasi xuddi sangviniklarnikidek bo`ladi.

Tashki olamning aks ettirish barcha jonli mavjudotlarga xos xislat bulsada, xar bir individning unga munosabati doimo turlicha buladi. Shuning uchun ham psixik xodisalarni turlarga klassifikasiya kilganda asosan uch gurux aloxida dikkat markazida turadi.

– psixik xolatlar;

– psixik jarayonlar;

– psixik xususiyatlar. Psixik xususiyatlar asosan aloxida aloxida olingan subyekt xususiyatlari deb karash psixologiyada kabul kilingan bulib, bu individning tashki olamga va uz ichki dunyosiga bulgan munosabatlari, ta’sirlanish kuchi, darajasi, davomiyligi va boshkalar asos kilib olinadi.

Psixik jarayonlar namoyon bulishi, odamlarning tashki kiyofalari bir hilligi, uxshashligi xollari psixologiya tarixida juda ko’p kuzatilgan bulsada, shaxsning individual xususiyatlari aynan bir hilligi xodisasi tarixda xech uchratilgan emas. Masalan, tashki kiyofalari jixatidan xatto ota–onasi ham ajratib olishga kiynaladigan egizaklar ham ichki dunyosi, ta’sirlanishi, javob reaksiyalarining xar hilligi bilan yer bilan osmoncha fark kiladi.

Shaxsning individual xususiyatlari deganda shaxsning kuyidagi bir biridan fark kilishiga imkon beradigan kuyidagi xususiyatlari tushuniladi: temperament, xarakter, qobiliyat.

Psixikaning individual jixatdan uziga xos, tabiiy jixatdan shartlashilgan dinamik kurinishlari majmui kishining tempramenti deb ataladi.

Temperament lotincha temperamentum – narsalarning tegishli nisbati degan suzdan olingan. Temprament haqida dastlab eramizdan oldingi beshinchi asrda yashagan vrach Gippokrat, eramizdan oldingi ikkinchi asrda yashagan Galen, uninchi asrda yashagan ibn Sino va boshkalar uz karashlarini bildirganlar. Galen birinchi bulib temperamentning kengaytirilgan tasnifini berib, uning 13 turini sanab utgan. Keyinrok vatandoshimiz Ibn Sino temperamentni mizoj deb atab, uning issik va sovuk turini, bu odamning rangi, koni mikdori, kuyuk yoki suyukligiga boglikligini aytgan. Xozirgi kunda temperament oliy nerv tizimi va uning hillari bilan boglikligi asos kilib olinib, 4 tipi borligi kabul kilingan. Bu temperamentning antik davr klassifikasiyasiga nomi bilan uxshash bulishi kabul kilingan. Sangvinik – kon suzi bilan boglik bulib, serxarakat, kuchli ta’sirlanish, muvozanatsiz bulish nazarda tutiladi.

Xolerik–sarik ut organizmda ustun mikdorda bulishi asos kilib olinib, ta’surotni tez kabul kilib olish, kuchli kuzgolish, terisiga sigmaydigan shoshkalok odam xususiyati xisoblanadi.

Flegmatik – organizmda shilimshik modda flegma mikdori ko’pligi bilan ifodalanadi. Bu tipdagi odam ta’surotni bir muncha sekin kabul kiladi, ishga shoshilmay kirishadi, lekin ishni puxta, oxiriga yetkazib bajarishga layokatli tip.

Melanxolik–kora ut mikdori bilan boglik deb, xisoblanadi. Bu tipdagi odam «ogir karvon», «tepsa tebranmas», atrofida sodir bulayotgan xodisalarga va odamlarga lokayd, «dunyoni suv bossa, tupigiga chikmaydigan» tip. Antik davr psixologiyasidagi bu turlar keyin yana ko’p marta tadbik kilinib, yana shu turt tip nomi saklanib kolgan.

Rus olimi P. F. Lesgaft temperament xossalarini organizmdagi kon va limfa mikdorini nazarda tutib belgilagan. Bu fikrga asosan organizmning kuzgoluvchanligi individual xarakteristikasi va turli hil omillarga javob reaksiyalarining davomiyligi kon aylanish tezligiga va kuchiga boglik deb karaladi. Amerikalik olim U. Sheldon asrimizning 40–yillarida individual psixologik xususiyatlar gormonal sistema bilan boshkariladigan tana xususiyatlarini (organizmning xar hil tukimalari nisbati) tugridan tugri boglik deb xisoblaydi.

Xozirgi zamon fani tempramentga doir individual farklarning sabablarini aynan miyaning, uning kobigi va kobig osti funksional xususiyatlarida, oliy nerv faoliyati xususiyatlarida deb biladi.

Temperamentning 4 tipi bor:



Xolerik – «jangovar, jushkin, oson va tez ta’sirlanadigan tip». (I. P. Pavlov). Chakkon, tez xarakat kiladi, kattik va tez gapiradi, uzini tutib turishi kiyin, bazan xato javob kaytaradi.

Sangvinik – xarakatchan, muvozanatli tip. Yangi shart sharoitga tez moslashadi, tez ishga kirishib tez soviydi, uz urnini, rolini tez almashtiradi,begaraz, kek saklamaydigan tip. («Bir kop yong’oq»).

Flegmatik – xissiyotlari sekin paydo buladi, ammo barkaror va davomli buladi. U vazmin va yuvosh, uning jaxlini chikarish kiyin, lekin jaxli chiksa tuxtatish ham kiyin, kasoskor, ginachi.

Melanxolik – reaksiyalari ko’pincha kuzgovchining kuchiga tugri kelmaydi, lokayd, lanj, uzini tez yukotib kuyadi, biror ishda tashabbuskorlik kursatmaydi. Xissiyotlari juda sekin paydo buladi.

Qobiliyat va uning hillari. Qobiliyatlar kishining shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, kunikma, malakalar orttirish shu xususiyatlarga boglik buladi. Shu xususiyatlar mazkur bilim, kunikma va malakalarga taalukli buladi. Malakalar, kunikma va bilimlarga nisbatan qobiliyatlari qandaydir imkoniyat sifatida namoyon buladi.

Qobiliyatlar fakat faoliyatda, shunda ham amalga oshirilishi mumkin bulmagan faoliyatidagina namoyon buladi. (Rasm solish qobiliyati bor yukligini shu faoliyatda aniklanadi). Masalan, Albert Eynshteyn (1879–1955, nemis fizigi) urta maktabda uncha yaxshi ukimagan ukuvchi edi, uning kelajakdagi genialligidan, aftidan xech narsa dalolat bermas edi.

Qobiliyatlar bilim, malaka va kunikmalarning uzida kurinmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon buldi.

Qobiliyatlar shaxsning mazkur faoliyatini muvaffakiyatli amalga oshirish sharti xisoblangan va buning uchun zarur bilim, kunikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chikadigan farklarda namoyon buladigan individual psixologik xususiyatdir. Shunday kilib, qobiliyat odamlarni sifat jixatidan bir biridan farklaydigan individual psixologik xususiyatdir.

Qobiliyatlarni sifat xususiyati deb karab chikadigan bulsak, u odamning murakkab psixologik xossalari sifatida namoyon buladi, va maksadga yetish uchun juda zarur bir necha yullarni egallaganligini bildiradi. Kishida u yoki bu faoliyatga qobiliyat bulib, boshka biriga bulmasligi mumkin, lekin uning urnini tuldirish, (kompensasiya) imkoniyati borligidan foydalanib uni paydo kilish mumkin. (Masalan, kar-sokov, kur–olima O. I. Skoroxodova faoliyati).

Qobiliyatlarning sifat jixatidan xarakteristikasi insonga mexnat faoliyatining kaysi soxasida (konstruktorlik, pedagogik, iktisodchilik, sport va boshkalar) osonlik bilan uzini topa oladi, katta yutuklarga va muvaffkiyatlarga erishadi deyishga imkon beradi. Qobiliyatlarning sifat xarakteristikasi ularga mikdoriy xarakteristikasiga uzviy boglik.

Psixologiyada qobiliyatlarni mikdor jixatdan ulchash muammosi katta tarixga ega. XIX asr oxiri XX asr boshlarida qator burjua olimlari (Kettel, Termen, Spirmen va boshkalar) ommaviy ixtisoslar uchun kasb tanlashni amalga oshirish zarurati bilan boglik bulgan talablar ta’siri ostida ta’lim olayotganlarning qobiliyat darajasini aniklashni taklif kildilar. Lekin bunday karashlar xukmron doiralar manfaatiga, ularning «qobiliyatli ekanliklarini» ta’kidlashga xizmat kildi. Qobiliyatlarni ulchash usuli sifatida akliy iste’dod testlaridan foydalanildi. Ular yordamida qator mamlakatlarda (AKSh, Buyuk Britaniya va xokazo) qobiliyatlarni aniklash va maktablarda ukuvchilarni saralash, armiyada ofiserlik, sanoatda raxbarlik lavzoimini egallash va boshkalarda amalga oshiriladi.

Akliy iste’dod testlari mazmun jixatidan qator savollar va masalalardan tashkil topgandir. Ularni yechish muvaffakiyati (sarflangan vaktni xisobga olib) ball yoki ochkolar yigindisi bilan xisoblanadi. Masalan, 11 yoshli bolaning akliy kobilyatlarini aniklash uchun ingliz maktablarida kullanilgan test: «Petr Jeymsga karaganda balandrok, Eduard Petrdan pastrok, hammadan kura kim baland?»



A) Petr

V) Eduard

B) Jeyms

G) Aytolmayman.

Testlar bundan boshkacharok, ya’ni ortikcha suzni uchiring, uxshash bulgani kolsin va xokazo. Bundan tashkari labirint, boshkotirma – krossvord shaklida ham bulishi mumkin. Test natijasiga karab «akl yoshi» aniklanadi keyin iste’dod koeffisenti iq aniklanadi.

Misol uchun, 11 yarim yashar bola 120 ochko tupladi, bu uning akl yoshi. Uning akliy iste’dod koeffisenti

iq= akl yoshi X 100 / bolaning xakikiy yoshi = (11,5 X 100) / 10,5= 109,5

akl yoshi 11,5, asli 14 yoshli bolaning iq; iq=(11,5 X 100) / 14= 82,1

Ilmiy psixologik taxlil shuni kursatadiki, akliy iste’dodning bu koeffisent funksiya xisoblanadi. Xakikatda esa, yukorida tasvirlangan usullar yigindisi kishining intellektual qobiliyatlarini aniklaydigina emas, balki yukorida ta’kidlab utilganidek, unda u yoki bu ma’lumotlarning, kunikma va malakalarning mavjudligi bilan qobiliyatlarni aralashtirib yubormaslik kerak. Qobiliyatlarning moxiyatini tashkil etadigan bilimlar malakalarni egallash dinamikasi bunda aniklanmay kolaveradi.

Qobiliyatlar kishining konkret faoliyatidan tashkarida mavjud bulmaydi, balki ularning tarkib topishi ta’lim va tarbiya jarayonida sodir buladi. Demak, qobiliyatlarni aniklashning eng ishonchli yuli – bu ta’lim jarayonida bolalarning yutuklarini dinamikasini aniklashdan iboratdir. Bolaning qanday kilib kattalar yordami bilan bilim va kunikmalarni egallashlariga, bunday yordamni qanday kilib xar hil kabul kilishlariga karab qobiliyatlarning kattaligi, kuchi va zaifligi haqida asoslangan xulosalar chikarishi mumkin. Bunday tashkari qobiliyatlarni aniklashda shaxsni urganishning boshka istyedodlaridan ham foydalanish mumkin.

Qobiliyat strukturasi konkret faoliyat turi bilan belgilanadi. Bir faoliyatga bir necha qobiliyat kirishi mumkin. Masalan, pedagogik faoliyatga pedagog odobi, kuzatuvchanlik, bolani sevish, talabchanlik va xokazolar kiradi. Shulardan biri yetakchi, kolganlari yordamchi fazilatlar bulishi mumkin. Kishi qobiliyati uning yordamchi, kushimcha fazilatlariga boglik yoki shunday deb karalishi mumkin. Masalan, bir odam uz ishini puxta, mazmunli uddalaydi, lekin artistlik, notiklik, san’atini yaxshi egallamagani (ya’ni, yordamchi fazilatga ega emasligi) uchun uzini kursata olmaydi, ikkinchi bir odam ishni shunchaki uddalasa ham uni kuz–kuz kila oladi, uzini iste’dod egasi kilib kursata oladi. Qobiliyatlar strukturasida shu singari tomonlarini umumiy va maxsus sifatlarini farklay olish kerak.

Odamlarni qobiliyatiga karab tiplarga ajratish muammosi juda murakkab. Birida maxsus, birida umumiy sifat ustunlik kilishi mumkin. I. P. Pavlov qobiliyatga karab odamlarni 3 tipga buladi: «Fikrlovchi tip», «Badiiy tip», «Urtacha tip». Bunda odamdagi ikki signal tizimi nisbatini xisobga oladi.

Kishi psixik faoliyatida birinchi signallar tizimi signallarining nisbatan ustunligi uning badiy tipga, signallar signalining nisbatan ustunligi fikrlovchi tipga, signallar vakolatining tengligi odamlarning urta tipga mansubligini belgilaydi.

Badiiy tip uchun bevosita ta’surot, jonli tasavvur, emosiya ta’sirida paydo buladigan obrazlar yorkinligi xosdir.

Fikrlovchi tip uchun mavxumlik, mantikiy tuzilmalar, nazariy muloxazalar ustunligi xosdir.

Qobiliyatlar tarakkiyotining yuksak boskichi iste’dod deb ataladi. Iste’dod bu kishiga qandaydir murakkab mexnat faoliyatini muvaffakiyatli, mustakil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasidir. Iste’dodlarning uygonishi ijtimoiy – shart sharoitlarga boglikdir. Masalan, bozor iktisodiyoti «hammani tijoratchi kilib yubormokda».

Aloxida olingan, yakka qobiliyatni garchi u tarakkiyotning juda yuksak darajasiga erishgan va yorkin ifodalangan bulsa ham iste’dod bilan tenglashtirib bulmaydi. Xotira, aklning epchilligi, kullash kulamining kengligi iste’dodga yul ochadi. Bu singari sifatlarni mashxur odamlar faoliyati misolida kuramiz.

Iste’dod strukturasi oqibat natijada mazkur faoliyat shaxs oldiga ko’ygan talablar xarakteri bilan belgilanadi. Bu umumiy va maxsus qobiliyatlar bilan boglik. Bir qator iste’dodli bolalarni urganish natijasida ba’zi bir juda muxim qobiliyatlarni aniklashga erishildi. Bunday qobiliyatlar yigindisi akliy iste’dod tuzilmasini tashkil etadi. Shunday yul bilan ajratganda shaxsni birinchi xususiyati ziyraklik, yignoklik, doimo jiddiy tayyorlikdir. Ikkinchi xususiyat birinchi xususiyat bilan bog’lik – mehnatga tayyorligi, mexnatga moyilligi, mexnatga extiyojdir. Uchinchi xususiyati – intelektual faoliyatga bevosita boglikdir: bu tafakkur xususiyatlari, fikrlash jarayonlarining tezligi, aklining sistemaliligi, taxlil va umumlashtirish imkoniyatlarining ko’pligi, aqliy faoliyatning yuksak maxsuldorligidir.

Iste’dod qator darajalariga ega bulib, maxsus iste’dod faoliyat turlari bilan, maxorat – ruyobga chikish tezligi, chakkonligi bilan belgilanadi. Ilxomlanish – faoliyat davomida kul keladigan izchillik tizimiga ega bulish bilan xarakatlanadi va xokazo.

Xarakter deganda shaxsda muhit va tarbiya ta’siri ostida tarkib topgan va uning irodaviy faolligida, tevarak-atrofdagi olamga (boshqa kishilarga, mehnatga, buyumlarga), o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladigan individual xususiyatlarini tushunamiz.

Shaxsning xarakteriga tegishli bo’lgan xususiyatlarni xarakter xislatlari deyiladi. Xarakter – xislatlari – kishida tasodifiy uchraydigan xususiyat bo’lmay, balki kishining hulkidagi doimiy, barqaror xususiyatlar bo’lib, bu xususiyatlar shaxsning o’zigagina xos bo’ladi.

Har bir odam ayrim paytlarda mardlik, salobatlilik, rostgo’ylik, sofdillik ko’rsatishi mumkin. Lekin kishining hayoti va faoliyatida ayrim paytlardagina yuz beradigan bunday xususiyatlar hali uning barqaror xarakter xususiyatlari bo’la olmaydi. Biz kishi xarakterini ta’riflamoqchi bo’lganimizda, bu odam mardlik qildi yoki rostguylik, sofdillik ko’rsatdi demasdan, balki bu odam mard, rostgo’y, sofdil deb gapiramiz. Bu degan so’z, mardlik, to’g’rilik, sofdillik shu odamga xos fazilat, uning xarakter xislati degan so’zdirki, tegishli paytda mardlik, rostguylik, sofdillik ko’rsatishni biz muqarrar ravishda bu odamdan kuta olamiz. Agar biz bir kishining xarakter xususiyatini bilsak, bu odamning tegishli paytda qanday hatti-harakat ko’rsatishni oldindan to’g’ri tahmin qila yoki ayta olamiz.

Kishi xarakteri tarkibiga kiradigan ayrim xislatlari ijtimoiy munosabatlarning taraqqiyotiga bog’liq holda, tarixiy ravishda vujudga kelgan va o’zgargan. Sinfiy jamiyatda xarakterning ham sinfiy xislatlari tarkib topgan. Kishilar xarakteridagi ayni bir xislatning o’zi turlicha ijtimoiy muhitda turlicha baholanadi: bir ijtimoiy sinf, bir tarixiy davr uchun ijobiy hisoblangan xarakter xususiyati ikkinchi bir sinf, ikkinchi bir ijtimoiy davr uchun salbiy bo’lib qoladi.

Ijtimoiy munosabatlarning o’zgarishi bilan u ma’lum bir guruhga yohud sinflarga xos bo’lgan ko’p xarakter xislatlari qaytadan tarbiyalanadi yoki yo’qolib ketadi, shu bilan birga yangi xarakter xislatlari paydo bo’ladi.

«Bolani faqat u bilan gaplashganda nasihat qilganda yoki unga biror narsa buyurgandagina tarbiyalayman deb o’ylamang» - deydi A. S. Makarenko. «Siz bolani turmushingizning har bir momentida, hattoki o’zingiz uyda yo’qligingizda ham tarbiyalaysiz. Sizning qanday kiyinishingiz, boshqalar bilan va boshqalar haqida qanday gaplashishingiz, xursand bo’lishingiz yoki tashvishlanishingiz, do’st va dushmaningiz bilan qanday muomala qilishingiz kulishingiz gazeta o’qishinggiz bular hammasi bola uchun katta ahamiyatga ega. Gapingiz ohangi sal o’zgarsa ham, bola buni darrov payqab oladi yoki sezadi, bola fikringizdagi hamma o’zgarishlarni har hil yo’llar bilan bilib oladi, lekin o’zingiz bundan behabar bo’lasiz. Agar siz uyda qo’pollik yoki maqtanchoqlik qilsangiz yoki ichkilik ichsangiz, undan ham yomoni – onani haqorat qilsangiz – siz bolangizga nihoyat katta zarar yetkazgan bo’lasiz, ularga yomon tarbiya bergan bo’lasiz».

Bolalar xarakterining tarkib topishida taqlidning roli katta ekanligini hisobga olib, ota-onalar va katta yoshdagi kishilar faqat o’z bolalarigagina e’tibor bilan qarab qolmay, balki o’zlariga ham har doim e’tibor bilan qarashlari lozim o’zlarida ijobiy xarakter xislatlarini har doim tarbiyalab borishlari lozim.

Bolalarda, ayniqsa juda yoshlikdan boshlab, ijobiy, irodaviy va ahloqiy sifatlar tarbiyalab yetkazmoq uchun ota-onalar va tarbiyachilarning o’zlari bunday sifatlarni o’zlarida tarbiyalashlari va ko’rsatishlari lozim. Ota-onalar o’z farzandlarida qanday sifatlarni tarbiyalab yetkazmoqchi bo’lsalar, ular o’zaro bir-birlari va boshqa odamlar bilan munosabatlarida ham xuddi shunday sifatlarni aks ettirishlari lozim.

Har bir odam har qanday boshka odamdan o`zining individual psixologik xususiyati bilan ajralib turadi. Mana shu ma'noda, oddiy tilda mazkur odamga xos bo`lgan haraktyer xususiyatlari haqida gapiriladi. Haraktyer so`zi gryekchadan aynan tarjima kilinganda, bosilgan tamga dyegan ma'noni anglatadi. Lyekin psixologiyada «haraktyer» so`zi birmuncha tor bo`lib, ma'lum ma'noga egadir.

Psixologiyada haraktyer dyeganda mazkur shaxs uchun tipik xisoblangan faoliyat usullarida namoyon bo`ladigan, tipik sharoitlarida kurinadigan va bu sharoitlarga shaxsning munosabati bilan byelgilanadigan individual psixik xususiyatlar yig`indisi tushuniladi.

Shaxs munosabatlari haraktyer xislatlarining individual o`ziga xos xususiyatini ikki hil tarzda aniqlaydi. Bir tamondan , haraktyerning mazkur xususiyati namyon bo`ladigan har bir tipik vaziyat emotsional kyechinmalarning individual o`ziga xos xusisiyati shaxs munosabatiga bog`liq.

Boshka tamondan olganda, har bir tipik vaziyatdagi harakat sifatlari va individual o`ziga xos usullari shaxs munosabatlariga bog`liqdir.

Odam harakatlarining sifati va usullari faqat shaxs munosabtalrigagina bog`liq bo`lmay, balki iroda, xissiyot, diqqat, aql xususiyatlariga ham, ya'ni psixik jarayonlarning individual xususiyatlariga ham bog`liqdir. Masalan mexnatda namoyon bo`ladigan trishkoklik va puxtalik faqat mexnatga ijobiy munosabatda bo`lishga emas, balki diqqatning tuplanishiga, harakatlarning aniqligi va chakkonligiga, irodaviy zur berishga va shu kabilarga bog`liqdir.

Haraktyer xislatlari odamni ma'lum tarzda harakat qilishga , ba'zan esa sharoitga qarama-qarshi harakat qilishga undar ekanlar, ular xayotning kiyin dakikalarida hammadan ko`ra yaxshirok namoyon bo`ladilar. Haraktyer xususiyatlarining aktivligi , harakatga undovchi kuch sifatida, iroda kuchiga muxim jixatdan ta'sir qiladi. Haraktyer xususiyatlari qancha aktiv bo`lsa, bu xususiyatlar ta'siri bilan yuzaga kyeladigan iroda kuchlarini ham odam shunchalik ko’p namoyon qiladi. Aktiv haraktyer xislatlarisiz kuchli irodaning bo`lishi mumkin emas.

Haraktyer xususiyatlarining asosi ko`chish myexanizmi odada ma'lum jixatdan hayvonlardagi ko`chish myexanizmidan keskin farq qiladi. Ko`chish myexanizmining xosil bo`lishda ikkinchi signal sistemasi, ya'ni inson xatti-harakatlariga ijtimoiy baxo beri shva boshka tasurotlar tarzida nutq ko`zgovchilari sistemasi hamda bu tasurotlarga odam javob byeradigan nutq ryeaktsiyalari nixoyatda katta rol uynaydi.

Haraktyerning namoyon bo`lishi bilan nerv sistemasi umumiy tipining namoyon bo`lishini solishtiraigan bo`lsak, haraktyer xususiyatlarining paydo bo`lishida boshqacha fiziologik sharoit borligini ko`ramiz.

Psixologlarning qator tadqiqotlarida odamlarning harakat usullari nerv sityemasi umumiy tipining zid xususiyatlari bilan aynan bir tipik vaziyatda va sharoitga bir hil ijobiy munosabatda bo`lish bilan solishtirib kurilgan bu yerda shun narsa aniqlanganki, nerv sitemasi umumiy tipining zid xususiyatlariga psixologik jixatdan zid bo`lgan harakat usullari mos kyeladi. Chunonchi, sust nerv sistemasiga ega bo`lgan o`quvchilar, yuqorida kursatib utilgandyek, sinfdagi urtoklariga va sinf kollyektiviga ijobiy munosabatda bo`lish bilan birga yaxshi tanigan urtoklarining tor doirasi bilan aloqa qilishga moyil bo`ladilar ular o`z tashabbuslari bilan o`zlari haqida kamdan-kam biror narsa aytadilar, ular juda qiyinchilik bilan yangi tanish ortiradilar, ammo ular eski urtoklari bilan o`zok vaktga ajralayotgan bo`lsalar, ular bilan munosabatlarini o`zishlari kiyin bo`ladi. Aksincha harakatchan nerv jarayonlariga ega bo`lgan o`quvchilar odamlar bilan bo`ladigan munosabatlarida qarama-qarshi xususiyatlarni namoyon qiladilar. Odamlar bilan bo`ladigan munosabatlardagi bu individual xususiyatlar haraktyer xususiyatlari xisoblanadi.

Nerv sistemasining umumiy tipii ayni bir vaktning o`zida temperamentining fiziologik asosi ham xisoblanar ekan, bunday xolda temperament bilan haraktyer urtasidagi mustahkam aloqa kelib chiqadi. Temperament tipi harakterning individual o`ziga xos xususiyatlarining paydo bo`lishidagi muxim psixologik sharoitlardan biridir.

Haraktyerning ayrim xususiyatlari bir-biriga bog`liq , bir-biriga tobye yaxlit organizmni xosil qiladi. Mana shunday yaxlit organizm haraktyer strukturasi dyeb ataladi. Shuning uchun biz haraktyerning bir yoki bir necha xususiyatlarini bilar ekanmiz, haraktyerning bizga noma'lum bo`lgan boshqa xislatlarini ham aytib bera olamiz. Masalan odamning taabbur va shuxratparatsligini bilsa, uning odamlarga nisbatan ko’ra ko’ngilli ekanligi haqida taxmin qila olamiz. Agar odam kamtarin bo`lsa, uni ko’ngilchan deb taxmin qila olamiz.

Psixik xususiyatlarning o`zaro boglangan sistemasini simptomokomplyekslar yoki faktorlar deb atadilar. Bu simptomokomplyekslarni analiz qilish orkali harakter strukturasining nima bilan belgilanishini aniqlab olamiz. Masalan, shaxslararo munosabatlarda namoyon bo`ladigan haraktyer xususiyatlarining bir-biriga qarma-qarshi sistemasini ajratilishi mumkin (shartli ravishda buni «shaxs-atrofidagi odamlar» sistemasi dyeb ataymiz).

Agar nixoyatda zid qarama-qarshi simptomokomplyekslar nazarda tutilsa, unda ayrim odamlarda bu sistyema o`ziga ishonish, o`zidan magrurlanish, o`zbilarmonlik, maktonchoklik, urishkoklik, uch olishlik, kyekkayish, pismiklik, jamoatchilik tamonidan makullangan narsalarni syezmaslik, ko’pchilik tamonidan kabo`l bkilingan xatti-harakat koidalarini pisand kilmasliklarning kushilshida namoyon bo`ladi. Bunday odamlar o`zlariga ishonmaydilar, kamtarinligi, kungilchanligi, iltifotligi, sabrliligi, har narsa yuzasidan o`zini ayblashga moyilligi, yumshokligi, uyatchanligi, dilkashligi, to`g`riligi bilan ajralib turadilar. Xuddi shuningdyek, bo`larga karma-karshi xususiyatlar guruxi-dilkashlik, samimiylik, ko’pchilik tamonidan kabo`l kilingan xatti-harkat koidalariga buysunish odamlarga nisbatan qarama-qarshi munosabatni ifodalaydi.

Shaxsning turli munosabatlari bilan byelgilangan haraktyer xususiyatlarining turtta sistemasi farqlanadi.

1. Kolyektivga va ayrim odamlarga bo`lgan munosabatlarni ifodalovchi xususiyatlar, (yaxshilik, myexribonlik, talabchanlik, takabburlik vash u kabilar).

2. Mexnatga bo`lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (Mexnatsyevarlik, yalkovlik, vijdonlik, mexnatga ma'suliyat yoki ma'suliyatsizlik bilan munosabatda bo`lish vash u kabilar.

3. Narsalarga bo`lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar ( ozodalik yoki ifloslik, narsalar bilan ayab yoki ayamasdan munosabatda bo`lish vash u kabilar).

4. Odamning o`z-o`ziga bo`lgan munosabatlarini ifodalovchi xususiyatlar (izzat-nafslilik, magrurlik, shuxratparatslik, magrurlik, o`zini katta olish, dimogdorlik, kamtarinlik vash u kabilar).

Haraktyerning mana shu muxim gurux xususiyatlaridan tashkari, kamrok ahamiyatga ega bo`lgan boshka juda ko’p xususiyatlari ham bor.

Shaxsning birgina munosabatiga emas, balki bir necha turli munosabatlariga bog`liq bo`lgan haraktyer xususiyatlari ham bir-biri bilan o`zaro bog`liqdir.

Masalan, ayrim odamlarda o`ziga ishonish, o`zibilarmonlik, o`ziga bino kuyish, maktanchoklik, boshka odamlarda bo`lsa, aksincha, o`ziga ishonmaslik, har narsadan o`zini ayblashga moyilllik, qo’rqoqlik xususiyatlarini ko`ramiz.

Dyemak, shaxs va tevarak atrofdagi odamlar dyeb nom olgan xususiyatlar sistemasi odamlarga va kollyektivga hamda kishining o`z-o`ziga bo`lgan munosabatlariga bog`liq xususiyatlarni birlashtiradi. Buni shuning bilan tushuntirish mumkinki, vokyelikning turli tamonlariga bo`lgan odaning munosabatlari inson shaxsida ham har biri o`z-o`zicha, bir-biriga boglanmagan xolda mavjud emas, har turli munosabatlar ham o`zaro boglanadi va xatto o`z-o`ziga bo`lgan munosabatlar ham ko’p jixatdan odamlarga va kolyektivga bo`lgan munosabatlar bilan bog`liqdir. Kollyektiv oldida o`z mexnat burchini anglash, masalan, mexnatga xalollik, jamiyat foydalanadigan narsalarga nisbatan extiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish ham mexnat kllyetiviga bo`lgan yakinlikka bog`liqdir.

Shaxs munosabatlarining o`zaro bog`liqligi ham shaxs haraktyeri strukturasining ayrim xususiyatlariga bog`liqdir.

Birinchidan, ana shu o`zaro bog`liqlik tufayli shaxsning faqatgina qandaydir bir yolgiz munosabatiga bog`liq bo`lgan haraktyer xususiyati topilmasa kerak. To`g`rirogi, biz shaxsning ma'lum munosabatlariga bog`liq bo`lgan ayrim xususiyatlar guruxi haqida gapirishimiz lozim.

Ikkinchidan shaxs munosabatlarining o`zaro aloqasi tufayli aynan bir hil munosabtiga bog`liq bo`lmay, balki ko’p yoki oz darajada turli munosabatlarga bog`liq bo`lgan haraktyerning hamma xususiyatlari o`zaro bog`liqdirlar. Odamning haraktyeri nisbatan bir butun, yaxlitdir..

Uchunchidan , shaxs munosabatlarining o`zaro aloqasida markaziy, asosiy va ularga tobye bo`lgan xosila munosabatlar bordir.

Shaxsning markaziy asosiy munosabatlari ijtimoiy munosabatlar hamma vakt tipikdir. Masalan, shaxsning markaziy, asosiy munosabatlari odamlarga va kollyektivga bo`lgan munosabatlardan iboratdir. Madomiki, haraktyer xususiyatlarining o`zaro aloqasi shaxs munosabatlarining o`zaro aloqasi bilan aniqlanar ekan, u xolda har bir aloxida haraktyer xususiyatining individual o`ziga xosligi va qaytarilmasligiga karamay, haraktyer strukturasining asosida hamisha shaxsning tipik asosiy munosabatlari yotadi.

Haraktyerning o`zgarishidagi bu farqlar odamning janjalli vaziyatdan chiqish uchun qanday yo`l toipshiga bog`liq, u qanday ish harakat qilishga qaror qiladi.

Xarakter va uning hillari. Xarakter – zarb kilish, belgi, tamga ma’nolarini anglatadi. Shaxsning individualligi psixik jarayonning utish xususiyatlarida (yaxshi xotira, xayol, zexni utkirlik va x.k.) va temperament xususiyatlarida namoyon buladi. Xarakter – shaxsning va muomalada tarkib topadigan va namoyon buladigan barkaror individual xususiyatlar bulib, individ uchun tipik xulk–atvor usullarini yuzaga keltiradi.

Kishining xarakterini tashkil etuvchi individual xususiyatlar birinchi navbatda irodaga – (dadillik, qo’rqoqlik) va xissiyotga (xushchakchaklik, kovogi soliklik, tushkunlik va x.k.) tallukli buladi.

Xarakterning shakllanishi shaxsning rivojlanish darajasiga kura turli hildagi sharoitlar bilan kushilgan xolda (oilada, dustlar davrasida, mexnat va ukuv jamoasida, asosial uyushmada va x.k.) yuz beradi. Uning uchun referent bulgan guruxda shaxsning individuallashuvi shakllanadi. Kishining xarakterini bila turib, uning u yoki bu xolatlarda uzini qanday tutishini, kishi xulk atvorini qanday izga solishini oldindan bilish mumkin. Jumladan, ukuvchilarga jamoat topshiriklarini taksimlayotib, ularning nafakat bilimlari va malakalarini balki xarakterini ham xisobga olish lozim.

Xarakter strukturasi. Inson shaxsining xarakteri hamisha ko’p kirralidir. Unda aloxida xususiyatlar yoki tomonlari ajralib kursatilishi mumkin, lekin ular bir birlaridan ajratilgan, aloxida xolda mavjud bulmaydi, balki, ma’lum darajada xarakterning barkaror tuzilishini tashkil etgan xolda uzaro boglik buladi.

Xarakterning strukturaliligi uning ayrim xususiyatlari urtasidagi konuniy boglanishda namoyon buladi. Agar kishi kurkok bulsa, u tashabbuskorlik, kat’iylik, mustakillik, fidoiylik va oliy ximmatlik singari fazilatlarga ega bulmaydi, deb aytish uchun asoslar bor. Yoki bularning aksi bulgan fazilat soxiblari va ularning xarakterini ham shunday taxmin kilish mumkin Xarakter xususiyatlar orasida ayrimlari asosiy, yetakchi bulib, uning namoyon bulishi butun kompleksni tashkil etadi. Bundan tashkari ikkinchi darajali xususiyatlar ham bor, bular ham xarakterga ma’lum ta’sir etadi. Xarakter xususiyatlari – e’tikod, xayotga karash va shaxs yunalishi bilan bir emas. Xarakter tarkib topishida tevarak atrof muxitga, uziga, boshkalarga munosabatda bulishi katta ahamiyatga ega.

Kishining xarakteri, birinchidan, u boshka odamlarga qanday munosabat bildirayotganida namoyon buladi.

Ikkinchidan, kishining uziga munosabatida – obrutalablik va uz kadrini xis kilish yoki kamtarlik.

Uchinchidan – xarakter kishining ishga munosabatida namoyon buladi (vijdonlilik, ma’suliyat, ishchanlik, jiddiylik).

Turtinchidan – xarakter kishining narsalarga munosabatida namoyon buladi. (Narsalariga, kiyimiga va xokazo).

Xarakter xislatlari ichida eng ustun kuzga tashlanadigan xususiyatlar majmui xarakter aksentuasiyasi deyiladi. (Surbetlik, molparastlik, vijdonsizlik va saxiylik, dilkashlik va x.k.).

Xarakter aksentuasiyasiga karab odamlarni kuyidagicha farklash mumkin: introvert tip – odamovi, ichimdagini top, boshkalar bilan til topishga kiynalish, ekstrovert tip – xis xayajonga berilganlik, ko’p gapirish, maktanchoklik, ko’p narsaga bekaror qiziqish va xokazo. Boshkarib bulmaydigan tiporalik, tip, gayritabiiy, sun’iy kiliklar, e’tirozlarga murosasizlik, ba’zan urinsiz shubxalanish bilan karash. Uz salbiy kiliklarini bila turib davom ettirish – xudbinlikninng oliy shakli.

Xarakter shakllanishining psixofiziologik mexanizmi temperament, qobiliyatnikiga uxshash bulsada, uz–uzini anglash, uz–uzini tarbiyalashga intilish asosiy yul xisoblanadi.

Shunday kilib, xarakter – shaxsning ijtimoiy munosabatlar tizimiga, hamkorlikdagi faoliyatiga va boshka odamlar bilan muomalasiga jalb etiladigan hamda shu bilan uz individualligiga ega bulayotgan tiriklik paytida erishgan narsasidir. Psixologiya tarixidan xarakterni bosh suyagining shakliga, yuz tuzilishiga, kaddi–komatiga va xokazolarga boglik deb karash ko’p bulgan.

Aflotun va Arastu kishi xarakterini uning basharasiga karab aniklashni taxlil kilgan edilar. Kishi tashki kiyofasida biror xayovonnikiga uxshash belgilarni topish zarur, keyin xarakter aniklanadi, deydi. Arastu fikricha, bukaniki singari yugon burun, ishyokmaslikni bildiradi, chuchkanikiga uxshash teshiklari katta–katta keng burun axmoklikni, arslonniki kabi burun magrurlikni, echkilar, kuylar va kuyonniki singari junining mayinligi qo’rqoqlikni, sherlar va yovvoyi chuchkalarniki singari junining dagalligi botirlikni bildiradi.

Xarakterni aniklashning bunga uxshash fiziognomik tizimini urta asrda yashagan suriyalik yozuvchi Abul Faraj Bar Ebreyda kuramiz. U shunday yozadi: «Yugon va kalta bo’yinlik kishi buyvol (yovvoyi mol) singari kaxr gazabga keladigan mayilga ega. Uzun va ingichka bo’yin qo’rqoqlik alomati. Bunday kishi bugu singari xurkadigan buladiki … kaysi birining buyni juda kichik bulsa, buri singari makkor buladi». (Abul Faraj).

XVIII asrda Iogain Kaspar Lafaterning fiziognomistik karashlari mashxur bulib ketdi. Uning fikricha «Inson boshi–kalbini kursatadigan oinadir.» Bosh suyagi konfigurasiyasini, imo ishorani urganish xarakterni urganishning asosiy yuli deb xisoblaydi karashlari asossizligini uning uz kotilini bila olmagani, suxbatlashib utirgan munofik uni otib uldirishidir. Xarakterni urganadigan soxa frenologiya deb nom olgan. (Nemis vrachi Frens Gall nomi bilan boglik.) Bosh suyagi konfigurasiyasi asosida frenologik karta tuzgan. Lekin bu ham uzini oklamagan.

Charlz Darvin (1809-1882) uzining «Odamda va hayvonlarda xis-tuygularning ifodalanishi tugrisida» (1872) kitobida, fiziognomistik «xar bir individning uz shaxsiy qiziqishlariga ergashib, fakat yuzlaridagi, asosan ma’lum bir muskullarni kiskartirishi, bu muskullar kuchlirok rivojlangan bulishi mumkinligi va shuning uchun bu chiziklar va ularning odatdagi kiskarishidan paydo buladigan yuz kiskarishi ancha chukur va kuzga akurinarli bulishi mumkinligini jiddiy ravishda bilish kerak»: Darvinning bu goyalari ko’pgina psixologlarning izlanishlari uchun asos buldi.

Xarakter kishining tashki kurinishiga ta’sir kilar ekan, uning xitti xarakatlarida, xulk atvorida, faoliyatida yorkin ifodasini topadi. Xarakter tugrisida odamlarning xatti xarakatlari asosida xukm chikarish kerak. Odatdagi ish, faoliyat va xatti xarakatlar tizimi – kishi xarakterining poydevoridir. Xarakterni kishining odatlari ham yaxshi namoyon kiladi.

Xarakter sosial tabiatga ham ega, ya’ni, kishining dunyokarashiga, uning faoliyat mazmuni va shakliga, u yashayotgan va ishlayotgan jamoada, boshka odamlar bilan qanday munosabatda bulishiga boglik. Eng muximi kishi ekstremal vaziyatda uzini yakkol kursata oladi.

Kishining istalgan shu jumladan, ichki psixologik xolatlarga karshilik kila olish qobiliyati uning uzini uzgartiradigan kudratli kuchi borligini, uning shaxs sifatida rivojlantirish negizini namoyon kiladi.

Shaxs nimaga va kay darajada kodirligiga karab unda birinchi urinda konkret xarakteriologik emas balki ijtimoiy va unum insoniy kadriyatlari chikadi va bunga u kay darajada kodir bulmasa, shaxs odatdagi vaziyatlarda boshkalardan ajralib turadigan individual sifatlari bilan benishon kumilib ketishi mumkin.

Buning ustiga odamlar aynan bir hil xolatlarni xar doim ham bir hil aks ettirmaydilar: «Kimki bajarishni istasa vosita izlaydi, kimki istamasa baxona izlaydi». Artist uzi uynagan kaxramoni xarakteriga tushib kolganini bilmay kolishi mumkin. (Italiyalik sobik firibgar ijobiy kaxramon rolini uynab avvalgi xarakterini tamomila uzgartirib yuboradi

O`z-o`zidan ma'lumki, jiddiy sharoitlarda odamning qiladigan ish-harakatlari datsavval uning butun utmishdagi taraqqiyoti va tarbiyasiga bog`liq bo`ladi. Birok taraqqiyot va tarbiyaning xatto eng kulay sharoitlarida ham tashki hamda ichki sharoitlar kushilmasining chyeksiz turli tumanligi tufayli ayni bir odam mutlaqo har hil ish harakat qilishga qaror qilishi mumkin.

Odam o`zining butun xayoti davomida o`z ish-harakatlari bilan o`z haraktyerini o`zi yaratadi.

  1   2   3


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət