Ana səhifə

Ijtimoiy fanlar bloki Dolzarb mavzu Toshkent-2013 Ijtimoiy fanlar bloki


Yüklə 296.76 Kb.
səhifə1/5
tarix26.06.2016
ölçüsü296.76 Kb.
  1   2   3   4   5


Ijtimoiy fanlar bloki

Dolzarb mavzu

Toshkent-2013



Ijtimoiy fanlar bloki

Hurmatli ustozlar, e'tiboringizga havola etilayotgan ushbu blok "Ijtimoiy fanlar" deb nomlanadi. Ijtimoiy fanlar kursi bloki o’rta umumiy ta’lim maktablari o’qituvchilarining 149 soat hajimdagi  masofadan malaka oshirish kursining bir qismi hisoblanadi. Mazkur blok tarkibiga kiruvchi modullar o'quv-mavzu rejasi, dasturi va o'quv materiallari O‘zR XTVning 2003 yil 31 oktyabrdagi 12/1 sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Malaka oshirish va qayta tayyorlashning barcha toifa tinglovchilari uchun umumiy bo‘lgan o‘quv kurslari davlat talablari, taqvimiy-mavzuiy reja va o‘quv dasturlari” tarkibidagi  “Iqtisodiyot masalalari”, “Davlat va huquq asoslari” hamda “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” kursining dasturi va o'quv-mavzu rejasi asosida ishlab chiqilgan.

Ushbu blok, mutaxassisligi moliya va iqtisod yo‘nalishida bo‘lgan pedagogik kadrlardan tashqari, malaka oshirishga jalb etilgan barcha toifa tinglovchilar uchun mo‘ljallangan. Mazkur blok jami 26 soat hajimdagi quyidagi modullarni o'z ichiga oladi:

1.1. - Iqtisodiyot masalalari- 6 soat

1.2. - Huquq masalalari - 6 soat

1.3. - Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari - 14 soat

Demak, birinchi va ikkinchi modullar uchun 6 soatdan, jami 12 soat - 1 hafta, ikkinchi bo‘lim uchun 14 soat - 1 hafta belgilangan.

Shuningdek, "Institut ixtiyoridagi soatlar" bloki tarkibidagi, "Dolzarb mavzular" (8 soat hajimdagi) modulini o'rganish uchun ham  1 haftalik vaqt belgilangan. Kurs modullarida o'quv jarayoni 3 hafta davom etadi.

Shunday qilib, 1- modul umumiy iqtisodiyot, xalq ta’limi tizimidagi iqtisodiyot va moliya masalalariga bag‘ishlangan bo‘lsa, 2- modulda davlat va huquqning umumiy masalalari, xalq ta’limi tizimining huquqiy va qonunchilik asoslari qaralgan. 3 – modul milliy istiqlol g‘oyasi, ma’naviyat asoslari masalalari, 4 modul esa dolzarb mavzular, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning yangi asari, ma'ruzalari mazmuni va mohiyatini o'rganishga bag‘ishlangan.

Taqdim etilayotgan ushbu kursning nuqsonlari, bahstalab tomonlari bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Uni takomillashtirishga oid har qanday fikr-mulohaza va tanqidiy qarashlarni mamnuniyat bilan qabul qilamiz. O‘z fikr mulohazalaringizni kurs forumida qoldiring. Sizlarga omad tilaymiz!



    • Kurs forumi Форум

    • Mudl bo'yicha yangi ibora va terminlarni quyida berilgan "Terminlar" so'zi ustiga bosib, tanishishingiz mumkin.

    • Terminlar Глоссарий

1.4. Dolzarb mavzu

Ko’p ming yillik davlatchilik an’anasiga ega, dunyo tamadduniga ulkan hissa qo’shgan xalqimiz tarixi uchun yigirma yillik davr bir lahza xolos. Ammo shunday qisqa vaqt ichida yurtimiz muhtaram Islom Karimov rahnamoligida asrlarga tatigulik taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi va bu davrda amalga oshirilgan islohotlarning ahamiyati yillar o’tgan sari ortib boraveradi.

Ushbu kurs dasturi “Malaka oshirish va qayta tayyorlashning barcha toifa tinglovchilari uchun umumiy bo‘lgan o‘quv kurslari davlat talablari, taqvimiy-mavzuiy reja va o‘quv dasturlari” tarkibidagi barcha toifa tinglovchilar uchun umumiy bo‘lgan “Dolzarb mavzu” kursining dasturi va taqvimiy-mavzuiy rejasi asosida tuzilgan. Bo‘lim 2mavzuga ajratilib, qayta shakllantirilgan.

1- mavzu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobidagi konseptual g‘oyalar va xulosalar, 2- mavzu esa “Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” hamda Prezident Islom Karimovning Vazirlar Mahkamasining 2011 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2012 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisdagi ma’ruzasining mazmuni va mohiyatini ochib berishga qaratilgan

Bo‘lim yakunida Siz O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobidagi kontseptual g’oyalar va xulosalar, mamlakatimizda demokratik islohatlarni chuqurlashtirish, fuqorolik jamiyatini rivojlantirish, shuningdek mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barqarorligini ta’minlash yo’lida amalgam oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot va bilimlarga ega bo‘lasiz. Bo'lim mavzularida keltirilgan ayrim so'z va so'z brikmalari izohi quyida ilova qilingan "dolzarb mavzu kursi asosiy tushunchalar izohli lug'ati" da berilgan.


    • Dolzarb mavzu kursi asosiy tushunchalar izohli lug'ati Глоссарий

    • 1.4.1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobidagi kontseptual g’oyalar va xulosalar

Ozodlik, mustaqillik, bugungi tinch-osuda hayot o’z-o’zidan kelmagani, ularning barchasi qanday tinimsiz kurashlar, qiyinchilik va yo’qotishlar, uyqusiz tunlar, munozara va muhokamalar, izlanish va yaratishlar, ba’zan o’ta iztirobli, ba’zida quvonchli intilishlar mahsuli ekanini qalbimizdan, yuragimizdan o’tkazamiz, El-yurtimiz O’zbekiston deb atalgan bu betakror va ozod diyor, mustaqil davlatni xaqiqatdan xam o’z mehnati, o’z aql-zakovati va salohiyati, irodasi bilan barpo etganidan ko’nglimiz tog’dek ko’tariladi.

Prezident Islom Karimovning xalqimizning siyosiy tafakkur xazinasiga bebaho hissa bo’lib qo’shiladigan «O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobi istiqlol tufayli asl ildizlarimizga qaytib, o’z taqdirimizni o’zimiz belgilash huquqiga ega bo’lganimizni, avlodlarga ibrat va namuna bo’ladigan buyuk ishlarni amalga oshirganimizni yana bir bor g’urur-iftixor bidan ta’kidlashga asos bo‘lib xizmat qiladi. Mavzuni o‘rganib chiqqach o’zingiz ham bunga amin bo’lishingizga ishonamiz.



=>  Mavzuni o‘rganishni boshlashdan avval quyidagi savol javobini o‘ylab ko‘ring.

“Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o’zi yo’l qo’ymaydi” shiorini kim o’rtaga tashladi?



    • => Mavzu bo’yicha batafsilroq ma’luot olish uchun ilovadagi “Prezident Islom Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobidagi konseptual g’oyalar hamda xulosalar” mavzusidagi matnni o’qib o’rganib chiqing.

    • O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida Файл

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning

O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobini o’rganish bo’yicha materiallar



1. Prezident Islom Karimov tomonidan XX asrning 80-yillari oxirlarida O’zbekistondagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvolning tahlil etilishi.

Ko’p ming yillik davlatchilik an’anasiga ega, dunyo tamadduniga ulkan hissa qo’shgan xalqimiz tarixi uchun yigirma yillik davr bir lahza xolos. Ammo shunday qisqa vaqt ichida yurtimiz muhtaram Islom Karimov rahnamoligida asrlarga tatigulik taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi va bu davrda amalga oshirilgan islohotlarning ahamiyati yillar o’tgan sari ortib boraveradi.

Bu muvaffaqiyatlar qanday murakab kurash evaziga qo’lga kiritilganini, ular xalqimizdan, uning yetakchisidan naqadar ulkan matonat talab qilganini, jamiyatni kulfat va musibatlar domiga tortmoqchi bo’lgan qanchadan-qancha suronu to’fonlar, taraqqiyotni butunlay boshqa bir yo’lga burib yuborishga qaratilgan xavfli tahdidu xurujlar bartaraf etilganini yoddan chiqarmasligimiz kerak.

Kechagina biz kim edik? Boshimizga qanday xo’rlik va ko’rguliklar tushgan edi? Qanday yo’qotishlar bergan edik?

Bunday savollar qulog’imiz ostida mudom yangrab turmog’i lozim. Necha yuz minglab vatandoshlarimiz mana shu yorug’ kunlarni orzu qilib, ozodlik deb, armon bilan dunyodan o’tib ketgani, millatimizning ne-ne asl farzandlari qatag’onga uchragani, e’tiqodimiz, tariximiz, muqaddas qadamjolarimiz, ota-bobolarimiz xotirasi, tilimiz, dinimiz qay ahvolda ekanligini, imom al-Buxoriy, imom at-Termiziy, Xoja Bohouddin Naqshband, Amir Temur, Bobur Mirzo va boshqa ulug’ bobokalonlarimizning muqaddas xoklari va buyuk nomlari qaysi tuproqlarda qorishib yotganini, yurtimiz qanday va qancha beqiyos boyliklar xazinasi ekanidan qay birimiz qanchalik xabardor ekanimizni bu dorilomon kunlarga qachon va kim tomonidan, qanday tarixiy sharoitda asos solinganini unutishga o’zini shu Vatanning farzandi deb bilgan, shu yurt taqdiri bilan bog’liq ko’radigan hech bir insonning haqqi yo’q. Zero, tarixiy xotira xalqni mudom uyg’oqlikka undaydi, ulug’vor maqsadlar yo’lida birlashtiradi.

Mustaqilligimiz tarixi haqida o’ylaganda, beixtiyor 1991 yilning 31 avgusti yodimizga tushadi. Shu kuni O’zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Ammo O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo’li 1989 yil 23 iyundan, ya’ni Islom Karimovning respublikaga rahbar bo’lib kelishi bilan boshlanganidan tarixiy hujjatlar dalolat bermoqda. Shu nuqtai nazardan 1989 yilni hech ikkilanmasdan milliy davlatchiligimizning burilish nuqtasi-milliy va mustaqil davlatchilik sari og’ir yo’lning boshlanishi desak haqiqatni aytgan bo’lamiz.

Islom Karimov respublika rahbarligiga tayinlanganida O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy vaziyat murakkablashgan, turli ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar kuchaygan, millatlararo nizolar vujudga kelgan, mamlakatda ishlab chiqarish izdan chiqqan, sansalorlik, xo’jako’rsinlik avj olgan, aholi asosiy qismining kayfiyati buzilib, ruhiy-ma’naviy muhit chigallashgan bir payt edi. Unga yaqin o’tmishdoshlaridan asabi taranglashgan, ruhiyati siniq, parishon va parokanda mamlakat meros bo’lib qoldi.

Aytish mumkinki, respublikaning yaqin o’tmishi shalvirab qolgan aravaga o’xshardi. Uni to’xtatish ham, qamchi urishni ham iloji yo’q edi, chunki har ikki holatda ham arava to’kilib, parchalanib ketar edi.

Bunday paytda rahbardan o’ta xushyorlik hamda tadbirkorlik, ziyraklik va chechanlik, mulohazakorlik va epchillik talab etiladi. Islom Karimov xuddi shunday noyob, serqirra fazilatlari bilan buzuq aravani ta’mirladi va uni zamonaviy mashinaga aylantirishni boshladi.

Biz o’rganayotgan “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida yurtboshimizning o’sha davrdagi barcha chiqishlari to’liq berilmasdan, asosan xalqimizning asriy orzusi bo’lgan milliy istiqlol mavzusiga oid fikr va qarashlari atroflicha o’z ifodasini topgan. Boshqacha aytganda, mustaqillik g’oyasi, mustaqillik mavzusi mazkur to’plamga kiritilgan barcha nutq va ma’ruzalarda bamisoli “qizil ip” bo’lib o’tadi.

Ushbu kitobda yurtimizdagi g’oyat qaltis va nosog’lom vaziyat, ozgina uchqun chiqsa butun respublika lovullab yonib ketadigan, to’g’ri yo’lni topish o’ta murakkab va xatarli bo’lgan bir sharoitda inqirozdan chiqish, O’zbekistonning taqdiri va kelajagini hal etadigan eng muhim masalalar bo’yicha ulkan donishmandlik va jasorat bilan bayon etilgan kontseptual yondashuvlar, amaliy fikr-mulohazalar, xulosa va takliflarga alohida e’tibor qaratilgan.

O’sha davrda yurtimizda yuzaga kelgan holatni quyidagicha tahriflash mumkin:



Ijtimoiy-siyosiy sohadagi jarayonlar hammani tashvishga soldi. Qayta qurish tufayli yuzaga kelgan demokratiya va oshkoralik anarxiya va safsatabozlikdan yetarlicha himoya qilinmagan edi.

Intizom va tartib bo’sh, jinoyatchilik ko’paydi, odamlarning shaxsiy xavfsizligi, huquqlari va qadr-qimmati kafolatlari buzila bordi.



Ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarning ahvoli yomonlashib bordi. Pulning qadrsizlanishini kuchaydi. Chayqovchilik, poraxo’rlik, xufiyona iqtisodiyot keng yoyila boshladi. Bularning hammasi odamlarning, ayniqsa, kam daromadli aholi tabaqalarining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatdi.

Madaniy-ma’naviy turmushda qadrsizlanish ro’y bera boshladi: omma siyosatga ko’proq qiziqib, uning faolligi oshib borishi bilan birga, jamiyatning g’oyaviy va axloqiy negizlarini buzishga, umuminsoniy qoidalar va milliy qadriyatlarni mesimaslikka urinish hollari uchrab turdi.

Ijtimoiy va millatlararo mojarolar qaltis tus oldi. Boltiqbo’yidagi, Kavkazortidagi vaziyat buni ochiq-oydin ko’rsatdi. Bu joylardagi voqealar grajdanlar urushi holatiga xatarli ravishda yaqinlashib qoldi...

Sobiq ittifoqning barcha joylarida bo’lgani kabi O’zbekiston mehnatkashlari ham mana shu buzg’unchilik jarayonlaridan tashvishga tusha boshladilar.

Kechagina respublikamiz rahbari etib saylangan Islom Karimov ishga kirishgan kunning ertasigayoq, ya’ni 1989 yil 24 iyun kuni O’zbekiston SSR Ministrlar Sovetida katta majlis o’tkazdi va unda nutq so’zladi. Bu nutq mohiyat e’tiboriga ko’ra Islom Karimovning O’zbekiston rahbari sifatidagi birinchi nutqi edi. Ushbu chiqishda Islom Karimovning siyosiy yetakchiga xos barcha fazilatlari yaqqol namoyon bo’ladi.

O’zining keskin tanqidiy va amaliy ruhi bilan ajralib turadigan mazkur nutqda respublika rahbari O’zbekistonda vujudga kelgan o’ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va uning sabablarini chuqur tahlil qilib, achchiq va haqqoniy bir xulosaga keladi. “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o’zi yo’l qo’ymaydi”, deb yangi lavozimga qanday ulug’ maqsad va mas’uliyat bilan kirishayotgani, o’z faolitida islohotchilik, el-yurtning dardu tashvishlari eng oliy mezon bo’lib qolishini ochiq bayon qiladi. “Sen - menga tegma, men - senga tegmayman” qabilida ishlashga o’rganib qolgan ko’pchilik zalda o’tirgan rasmiy shaxslar uchun bunday o’tkir so’zlar bamisoli bulutli osmonda chaqmoq chaqnagandek ta’sir etadi. Yangi rahbarni mavjud ahvolni ijobiy tomonga o’zgartirish, respublikani chuqur inqiroz holatidan olib chiqish borasidagi azmu qarori naqadar jiddiy va qat’iy ekani ularning o’rtasida katta bezovtalik va besaranjomlikka sabab bo’ldi.

Farg’ona voqealari

80-yillarning oxiriga kelib, sobiq imperiya zaiflashib, respublikalar erkinlik talab qila boshladi. Bunday jarayonlardan tahlikaga tushib qolgan mustabid tuzum rahbarlari xalqlarni tutqunlikda saqlab qolish maqsadida turli fitna va ig’volar uyushtirib, “Siz Markazsiz mustaqil yashay olmaysiz, aks holda, shunaqa dahshatli hunrezliklar ro’y beraveradi”, degan mash’um fikrni odamlar ongiga singdirmoqchi bo’lardi. Farg’ona vodiysidagi tartibsizliklar ham ana shunday g’arazli niyatlarda tashkil etilgan edi.

Sobiq markaz Farg’ona voqealarini ro’kach qilib , o’zbek halqini butun dunyoga yomon otliq qilib, sodda va kamtarin, zahmatkash va bag’rikeng odamlarimizni “bosmachi”, “ashaddiy millatchi”, “eksteremist”, “nashavandlar to’dasi” deb nomlay boshladi.

Bunday uydirmalar oqibatida Sovet Armiyasi safida, asosan, qurilish batal’onlarida xizmat qilayotgan yigitlarimizni xo’rlash va kamsitish avj oldi. Birgina 1989 yilning o’zida 430 nafar o’zbekistonlik askar nobud bo’ldi. Islom Karimov o’sha fojeali voqealarni xotirlab, bunday degandi: “O’sha zamondagi nosog’lom muhit oqibatida harbiy hizmatdagi qancha bolalar halok bo’lib, uylariga qoraxat kelganida, ularning musibat ezib tashlagan ota-onalariga hamdard bo’lgan kunlarimni men bugun ham iztirob bilan eslayman”.

Respublikaning sobiq rahbarlari xalqning ichiga kirib borish, millat sha’nini himoya qilish, fojeaning asl sabablarini ochib tashlash o’rniga, Farg’ona voqelarini xaspo’shlab, ularni “bir hovuch qulupnaydan kelib chiqqan oddiy janjal”ga yo’ymoqchi bo’lishdi. Boshqacha aytganda, ular sobiq Markazninig yo’rig’iga o’ynab, o’z xalqi manfatlariga teskari ish tutdi.

1989 yil 25 iyun kuni Islom Karimov janjal-to’polonlar alangasi ichida qolib ketgan Farg’onaga yo’l oladi. Lovillab yonayotgan uylar, tahlika va sarosimaga tushgan shahar va qishloqlar, qahr-g’azabga to’lgan odamlarning ichiga dadil kirib boradi. Ular bilan chin dildan, hech narsani yashirmasdan ochiq gaplashadi. Bu insonlarning shu vaqtga qadar hech kim eshitmagan ohu nolalarini tinglab, o’zining yurakdan chiqqan samimiy va haqqoniy so’zlari bilan bamisoli ularning qalbidagi jarohatlariga malham qo’ygandek bo’ladi, ko’ngillarida so’ngan umid uchqunlarini uyg’otadi. Tartib-intizomni tiklash, qon to’kilishining oldini olish bo’yicha butun mas’uliyatni o’z zimmasiga olib, aniq chora-tadbirlar ko’radi. Tez orada bu gaplarning amaliy tasdig’ini hayotda ko’ra boshlagach, nafaqat Farg’ona vodiysi, balki, butun yurtimizdagi vaziyat ijobiy tomonga o’zgara boshlaydi. Bunda, ayniqsa, odamlarga qo’shimcha tomorqalar berilishi, paxta maydonlarining qisqartirilishi, milliy qadriyatlarni tiklashga katta e’tibor qaratilgani muhim ahamiyat kasb etadi.

Islom Karimov hayotning qaynoq nafasini bevosita his qilish, yaxshi-yomon kunlarda halq bilan birga bo’lish, el-yurtning dardu quvonchiga doimo sherik bo’lishni o’zining hayotiy maslagi, oliy insoniy burchi deb biladi.

Agar o’sha yillar tarixiga e’tibor beradigan bo’lsak, Farg’ona voqealari haqida shov-shuv ko’targanlar, shunday qonli fojea hisobidan obro’ topish, o’zining g’arazli maqsadlariga erishishga, xalqimizni badnom qilishga uringan kimsalar ko’p bo’lgan. Islom Karimov bu borada kuyib-yonib, asl haqiqatni katta dard va jasorat bilan bayon qiladi, fojea oqibatlarini bartaraf etishning amaliy yechimlarini ishlab chiqadi va izchil amalga oshiradi.

Jumladan, Farg’ona voqealarining ildizi - vodiy aholisining og’ir ijtimoiiy –iqtisodiy ahvoli bilan bog’liqdir deb hisoblaydi. Farg’ona voqealari O’zbekistonning boshqa joyida ham yuz berishi mumkin edi.

Odamlarning ta’minoti, daromadi,ularning yashashi uchun zarur bo’lgan kundalik mahsulotlarning eng kam miqdori, ortiqcha ish kuchini nima bilan band etish va bu masalani qanday yechish nuqtai nazaridan qaraganda Andijon oblastidagi hozirgi ahvol Farg’ona oblastidagidan ham yomonroqdir. Bu masalani hal qilishning bitta chorasi bor – yangi ish o’rinlari yaratish lozim. Odamlar o’zlari yashayotgan joydan uzoq ketmasdan, samarali mehnati hisobidan kerakli daromadga ega bo’lsin. Farg’ona oblasti aholisining hayot darajasini va ishga yaroqli aholining bandligini oshirish bo’yicha dastur ishlab chiqish zarur, deb ta’kidladi,- Islom Karimov. ( Otmishdan saboq chiqarib, kelajakka ishonch bilan, 1990 yil 5-iyun )

Yurtboshimiz Toshkentda va Moskvada bo’lib o’tgan katta anjumanlarda, shuningdek, matbuotdagi chiqishlarida bu masalada qat’iy pozitsiyada turib, quyidagi fikrlarni alohida ta’kidlaydi:

O’zbek xalqining vijdoni pok. Farg’ona voqealari o’zbek xalqining irodasi bilan sodir bo’lmadi. Bu voqealarga tuturuqsiz va g’arazli maqsadlarni ko’zlab, kim qanday bo’yoq bermasin, tarix albatta, o’zining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalmillalchilik, mehmondo’stlik, yaxshilik, qalb saxovati hamisha o’zbek xalqiga xos fazilat bo’lib keldi. Xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo’lmagan. Bu qadimiy va hozirgi tariximizdan olingan ko’pgina misollar bilan isbot qilingan”. (O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1989 yil 19 avgustdagi XVI plenumida so’zlangan nutqidan).

Bunday haqqoniy va haroratli so’zlar el-yurtimizning dardiga darmon bo’ldi, uning tuhmat va malomatlardan ruhini ko’tardi.

Ana shunday tarixiy misollar asosida aytish mumkinki, Islom Karimovning barcha muammolar haqida – ular qanchalik og’ir va noxush bo’lmasin – ochiq gapirishi, hamisha haqiqatning ko’ziga tik qarashi unga nisbatan xalqimizning e’tirofi va ehtiromini uyg’otdi.

O’zidan ilgari respublika rahbari bo’lib ishlagan, siyosiy kaltabinligi va jur’atsizligi bilan el-yurt o’rtasida obro’sini yo’qotgan I.Usmonxo’jaev va R.Nishonov kabi o’tmishdoshlaridan farqli ravishda Islom Karimov O’zbekiston yetakchisi sifatida uzoq vaqtlar davomida yechilmasdan, gazak oldirilgan kamchilik va nuqsonlar, o’tkir ijtimoiy muammolarning ildizini ochib tashlaydi, mavjud ayanchli ahvolni tuzatish bo’yicha Markaz rahbariyati oldiga qat’iy talablarni printsipial tarzda qayta-qayta qo’yishdan cho’chimaydi. Ushbu kitobdan o’rin olgan ko’plab chiqishlarda buni yaqqol ko’rish mumkin.

Mavjud siyosiy beqarorlik, boshboshdoqlik va bedodlik sharoitida, naqadar og’ir va qaltis bo’lmasin, o’sha mash’um kunlardan sobiq markazdagi kuchlar va ularning o’zimizdagi malaylari yurtimiz rahbariga har qadamda millatchilik yorlig’ini yopishtirish, uning shaxsiga nisbatan tuhmat va malomatlar yog’dirishda qanchalik urinmasin, qanday og’ir siyosiy va ma’naviy-ruhiy bosim ta’siri ostida ish olib borishga to’g’ri kelmasin, Islom Karimov Vatanimizning tom ma’noda mustaqillikni qo’lga kiritishga erishishdek oliy maqsad yo’lidan hech qachon qaytmaganini ushbu kitobdan o’rin olgan hujjatlar yana bir bor isbotlab, tasdiqlab beradi.

Tahkidlash joizki, ushbu chiqishlar xalqimiz, jamiyatimiz bosib o’tgan tarixiy taraqqiyot yo’lini aks ettirishi bilangina emas, avvalo, bu yo’ldagi og’ir qiyinchilik va sinovlar, g’ov-to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan mustaqillikka erishish jarayonlari biz uchun naqadar mashaqqatli, o’ta dramatik va hayajonli voqealarga boy bo’lganini yorqin aks ettirishi bilan ham alohida e’tiborlidir.

Yana bir o’ta muhim jihat shundaki, mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lida avval boshdanoq asosiy ustivor yo’nalishlarga aylangan masalalar – tinchlik va barqarorlikni saqlash, millatlararo hamjihatlikni asrash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, iqtisodiyotni tubdan isloh etish, milliy armiyani shakllantirish, sud-huquq tizimini yangi asosda barpo etish, inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish, aholi salomatligi, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat va sport jabhalariga e’tibor qaratish, jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallash kabi ko’pdan-ko’p dolzarb vazifalar mustaqilligimizning poydevori qo’yilayotgan shu davrda Yurtboshimizning chiqishlarida har tomonlama o’z ifodasini topa boshlagan edi.

Bir so’z bilan aytganda, bugungi kunda “taraqqiyotning o’zbek modeli” deb nom olgan rivojlanish yo’limizning asosiy printsiplari, umummilliy shiorga aylanib ketgan. “O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat”, “Mustaqillik – bu avvalo huquqdir”, “Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang”, “Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun”, “O’zbek halqi hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi”, “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin” kabi mashhur iboralar sokin kabinetlarda emas, aksincha, ana shunday shiddatli kurashlar, tinimsiz bahs va munozaralar, achchiq hayotiy tajribalarda tug’ilganini anglashda ushbu kitob g’oyat muhim manba vazifasini bajaradi.
Paxta ishi”

Sobiq Markaz 80-yillarning oxirida “paxta ishi” niqobi ostida yurtimizda navbatdagi qatag’onlarni boshlab yubordi. Buning natijasida qanchadan-qancha mas’ul xodimlar va rahbarlar, mutaxassislar, oddiy dehqonlar qamoqqa olindi. Bu jarayon katta bir fojiaga aylanib, butun respublikani qamrab oldi. Keksalardan tortib ayollargacha, bemorlardan tortib bolalargacha – hamma-hamma so’roqqa tortildi.

Paxta bilan bog’liq 24 mingta jinoiy ish qo’zg’atilganda, haqiqiy jinoyatchilar bilan birga ularning qurbonlari ham qamoqqa olindi. Bizning rahbarlarimiz esa, Moskvaga paxta plani bajarilishi qanday borayotgani to’g’risida hisob bergandek, shuncha ming kishi xibsga olindi, shuncha-shunchasi partiyadan o’chirildi, mazmunida muntazam ravishda axborot berib turishdi. (“Pravitelstvenniy vestnik” haftanomasi muxbiri savollariga javoblar. 1991 yil 2-fevral)

Gdlyan va Ivanov boshchiligidagi jinoiy to’dalar yurtimiz bo’ylab qo’rqinchli ko’lankaday izg’ib, ko’ngliga kelgan noma’qulchilikni qilishga urinardi. Birgina Qashqadaryo viloyati misolini olib ko’raylik: viloyat rahbarining 3 muovini, 8 nafar bo’lim mudiri, shahar va tuman qo’mitalarining 26 nafar kotibi, viloyat ijroqo’mlarining 12 nafar raisi, uning 4 nafar o’rinbosari, mas’ul tashkilotlarning 27 nafar rahbari, kolxoz va sovxozlarning 99 nafar rais va direktori ishdan olindi hamda ularning aksariyati jinoiy javobgarlikka tortildi. Boshqa vilotlardagi ahvol bundan kam emasdi.

Eng achinarlisi, respublikaning sobiq rahbarlari bu fojia haqida bong urish o’rniga Markazga ko’proq yoqish maqsadida yana ko’proq kadr yuborishlarini so’rab yaltoqlanardilar. Natijada mahalliy kadrlar o’rniga O’zbekistonning shart-sharoitini bilmaydigan, ming yillik muqaddas urf-odatlarimiz haqida zig’ircha ham tasavvurga ega bo’lmagan, umrida paxtani ko’rmagan, turli o’lkalardan kelgan “desantchi-mutaxassis”lar mas’ul lavozimlarni egallab oldi. Ular xalqimizning boyliklarini talab, begunoh odamlarni ishdan bo’shatib va qamab, o’zlaricha “tozalash” ishlarini olib bordi.

Islom Karimov 1986-1989-yillarda Qashqadaryo viloyatida rahbarlik qilgan o’sha qaltis damlarda ham, avvalo, adolatni tiklash, “paxta ishi” tufayli qamoqqa olingan yurtdoshlarimizning og’irini yengil qilish, ularning oila a’zolariga moddiy yordam ko’rsatish, ularni ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlashga jiddiy e’tibor bergani, ulkan jasorat namunasi edi.

Islom Karimov respublika rahbari bo’lib ish boshlagach, bu boradagi ishlarni kuchaytirdi. Ayniqsa, Yurtboshimizning 1989 yil 19 avgustdagi so’zlagan nutqida adolatsiz ravishda ishdan chetlatilgan mahalliy kadrlarni o’z ishiga qayta tiklash va yosh mahalliy mutaxassislarni lavozimlarga ko’tarish masalasini o’rtaga qo’ygani bu yo’lda qilingan katta amaliy ishlarning debochasi edi. (Qarang: I.Karimovning 1989 yil 19 avgust kuni so’zlagan nutqi).

1989 yildan boshlab O’zbekistonga tashqaridan “mutaxassis” eksport qilish tajribasiga tamoman chek qo’yildi. Sal o’tmay mas’ul lavozimlarni egallab turgan 400 dan ortiq “desantchi” xurjunini yelkalab, birin-ketin kelgan joyiga ravona bo’ldi. O’shanda ularning aksariyati tishini qayrab, “Shoshmay turinglar, hali qaytib kelib, ta’zirlaringni beramiz”, deb do’q-po’pisa qilgan bo’lsa-da, yurtimiz rahbari o’z tanlagan yo’lini izchil davom ettiraverdi. Chunki u tog’dek tayanch bo’lib turgan xalqimiz irodasiga, haqiqat va adolat tantanasiga ishonadigan, bu yo’lda hech qanday qiyinchiliklardan qo’rqmaydigan mard va sobit yo’lboshchi edi.

Ana shunday murakkab sharoitda sobiq ittifoqdosh respublikalar ichida birinchi marta bizda bosh prokuror O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasi bilan tayinlandi. Islom Karimov bosh prokuror oldiga respublikamiz manfaatlarini himoya qilish, birinchi navbatda, “paxta ishi” bo’yicha nohaq qamalgan fuqarolarning haq-huquqlarini tiklash masalasini qo’ydi.

Shundan keyin “paxta ishi” bo’yicha maxsus komissiya tuzildi. Bu komissiya yuzlab ishlarni qayta o’rgandi, tergov hujjatlarini O’zbekistonga qaytarishga muvaffaq bo’ldi. Uzoq davom etgan mashaqqatli kurash natijasida qatag’on tegirmoni to’xtatildi va noqonuniy ravishda hibsga olingan minglab vatandoshlarimiz ozodlikka chiqdi.

Islom Karimov respublikamiz rahbari sifatida ish boshlagan paytda (1989 yil 23 iyun) o’lkamizda hukm surgan kommunistik mafkura va faqat xom ashyo yetkazib berishga asoslangan bir yoqlama iqtisodiy siyosat o’zining halokatli salbiy ta’sirini ko’rsata boshlagan edi.

Bu davrning og’ir va ayanchli ijtimoiy-siyosiy manzarasiga Islom Karimov shunday baho beradi:

“Shu narsa shak-shubhasiz va ochiq-oydinki, respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlar bo’yicha Ittifoqdagi o’rtacha darajadan ham ancha orqada bo’lib, mamlakatda oxirgi o’rinlardan birida turibdi. O’zbekistan kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha mamlakatda 12-o’rinda turibdi, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo’yicha ko’rsatkich esa Ittifoqdagi o’rtacha darajadan ikki hissa past.

Sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan res­publika mamlakatdan 40 foiz, qishloq xo’jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada qolmoqda. Respublikada aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish o’rtacha Ittifoq darajasining atigi 40 foizini tashkil etadi. Biz daromad darajasi jihatidan, asosiy turdagi mahsulotlar iste’mol qilish jihatidan ittifoqdosh respublikalar orasida eng oxirgi o’rinlardan birida turibmiz.

O’zbekiston aholisi o’rta hisobda go’sht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini, tuxumni, umuman ittifoq aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste’mol qilmoqda. Oyiga o’rta hisobda 75 so’mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi mamlakatda 12 foizdan sal ko’proq bo’lsa, bizning respublikamizda 45 foizga boradi. Bir millionga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda o’ziiipg qo’lidan keladigan ishni topa olmayapti.

Ijtimoiy infrastruktura tarmoqlari - sog’liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda og’ir ahvolga tushib qolgan. Maktab va kasolxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilganining o’zi kifoya. O’tkir iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni shundan ko’rsa bo’ladiki, insonning har tomonlama va ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, ko’pincha yashash uchun kerak bo’lgan eng oddiy narsalar ham yetishmayapti.

Shu qadar katta boyliklarga, ishlab chiqarish va fan-texnika imkoniyatlariga, qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bo’lgan respublikamiz, asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlar bo’yicha mam­lakatda oxirgi o’rinlardan biriga — haqli ravishda tang holat, deb atalgan ahvolga tushib

qolganining sababi nimada?

Islom Karimov bu savolga quyidagicha javob berdi:

Nazarimda, buning javobi shunday bolmogi ke­rak: 30-yillarning boshlarida iqtisodiyotga rahbarlik qilishning mamuriyatchilik, buyruqbozlik usullari galaba qozonib, Ozbekistonni, uning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishga yaroqsiz yondashuvlar tobora qaror topib bordi. Respublikamiz asosan xom ashyo bazasi, sanoat ministrliklari va idoralarining momay xom ashyo manbai deb hisoblanar edi. Olkaning mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga bazan yetarlicha, bazan mutlaqo baho berilmadi, bag’zan esa bu xususiyatlar pisand ham qilinmadi”.

Respublikamiz umumittifoq mehnat taqsimotida qanday o’rinda turganini, qaysi ko’rsatkichlar bo’yicha oldingi marralarga siljiganini bir ko’zdan kechiraylik. Biz respublikamizda 1500 yirik ishlab chiqarish birlashmasi va korxonasi ishlab turgani, revolyutsiyadan avval bir yil davomida hosil qilingan miqdordagi elektr energiya hozir to’rt kunda ishlab chiqarilayotgani haqida hamisha faxrlanib gapirar edik.

Biz gaz qazib olish sohasida mamlakatda to’rtinchi o’rinda turibmiz. Qishloq xo’jaligimiz mamlakatdagi paxtaning uchdan ikki qismini, qorako’l terining uchdan bir qismidan ko’prog’ini, pillaning 60 foizidan ziyodini, ko’p miqdordagi kanop, meva, uzum, sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirib bermoqda.

Ming kishi hisobiga to’g’ri keladigan talabalar soni jihatidan O’zbekistan ko’pgina rivojlangan mamlakatlardan oldinda turibdi.

Bu xulosalar mo’tabar minbarlardan turib, dissertatsiyalarday raportlarda va ma’lumotnomalarda ko’p takrorlangan. Xo’sh, bu gaplarning zaminida qanday ma’no bor? Iqtisodiyotimiz bir yoqlama tarzda, faqat xom ashyo yetishtiradigan holga tushib qolganini va kompleks rivojlanish yoliga, aholi ehtiyojlarini qondirishga otkazilmaganini qayd etishga togri keladi. Sanoatda tayyor mahsulotning ulushi bor-yogi 50 foizni tashkil etadi, qishloq xojaligi mahsulotining 80 foizdan koprogi mutlaqo qayta ishlanmasdan respublika tashqarisiga chiqarilmoqda. Respublikadan olib ketilayotgan mahsulotning uchdan ikki qismi xom ashyo, materiallar va chala tayyor mahsulotlar ekanligining ozi ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishidagi chuqur nomutanosibliklardan darak beradi.


  1   2   3   4   5


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət