Ana səhifə

Soliqlar va soliqqa tortish


Yüklə 1.88 Mb.
səhifə17/31
tarix26.06.2016
ölçüsü1.88 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31

Jismoniy shaxslarni batamom ozod etish


Dastlab 5 yil muddatga

Dastlab 3 yil muddatga

Qishloq xo’jalik korxonalari uchun yagona er solig’i

Soliqni yakka tartibda yoki markazlashti-rilgan holda to’lash

Norezidentlar-ni batamom ozod etish

Soliq ob’ekti (daromad, er uchastkasi, mol-mulk qiymati) ni batamom ozod etish



Dastlab 7 yil muddatga.

Mol-mulk qiymat

doirasida


Birinchi yil foydasini olguncha



Er uchatkalari hajmida

Soliq krediti

Jaxon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida soliq tizimini takomillashtirib borishda, xorijiy mamlakatlarda soliq stavkalarining qo‘llanish mexanizmidan foydalanish, soliqlarni to‘liq va o‘z vaqtida kelib tushushini nazorat qilish tajribalarini o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda, investitsiyalar, ilmiy tekshiruv va tajriba konstruktorlik ishlarini rag‘batlantirish va tartibga solishda davlat tomonidan soliq imtiyozlaridan keng foydalaniladi. Soliq imtiyozlari rag‘batlantirish va maqsadga muvofiq yo‘llanilishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:

- ayrim korxona va tashkilotlarni butunlay soliq to‘lashdan ozod etish;

- yangi tuzilgan korxonalar uchun soliq to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish. Bu imtiyozlar ishbilarmonlik va tadbirkorlik (agar maxsulot ishlab chiqarishga asoslangan bo‘lsa) rivojlanishga ijobiy ta’sir etadi.

Soliq imtiyozlarini qo‘llash mexanizmidagi eng murakkab jarayon bu soliq imtiyozlarini belgilash mezonlarini adolatli tarzda belgilash hisoblanadi. Ammo, qayd etish joizki, soliq imtiyozlarini belgilash jahon amaliyotida har bir mamlakatning iqtisodiy siyosatining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib belgilanadi va shu jihatidan u turli davlatlarda turlicha bo‘ladi.



2 – shakl


Солиқ имтиёзларини белгилаш критерия (мезон)лари



Солиқ тўловчи ларнинг ин-вестицион мавқеига қараб



Халқаро иқтисодий алоқаларни даражасидан келиб чиқиб

Соҳани ривожлантиришни устувор -лигига қараб

Солиқ тўловчиларнинг социал-ижтимоий ҳолатига қараб

Импортбоп маҳсулотлар-ни ишлаб чиқариш даражасига қараб







Агар корхоналар импортни ўрнини босув-чи маҳсулот-лар ёки маҳсулотни экспорт қилса, муайян дара-жада солиқ имтиёзлари берилади

Корхонада иш-ловчилар тарки-бидаги ногирон-лар, уруш ва меҳнат фахрий-лари, мактаб ўқувчилари кўпчиликни (50%ни) ташкил этса имтиёз шунчалик кўпроқ берилади

Агар корхона устав фондида қанчалик хориж сармояси кўп бўлса, имтиёз кўп берилади

Республикамизда аграр секторни ва кичик бизнесни ривожлантириш устувор йўналиш сифатида бел-гиланганлиги учун уларга ихтиёрий шаклда солиқ тизими қўлланилади

Давлатлараро битимларга кўра икки томонлама солиқ солинмайди

2-shakldan ko‘rishimiz mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida soliq imtiyozlarini belgilash muayyan mezonlar asosida amalga oshirilgan. Soliq imtiyozlarini soliq to‘lovchilarning investitsion mavqeiga, ularning sotsial-ijtimoiy holatiga, respublikamizda qaysi sohani rivojlantirish ustuvorligiga, soliq to‘lovchilarning importni o‘rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish darajasiga hamda davlatlar o‘rtasidagi halqaro iqtisodiy munosabatlarga asoslanib belgilangandir. Soliq imtiyozlarini mezonlarini to‘g‘ri ob’ektiv aniqlash soliqlarning adolatlilik tamoyilini ifodasi sifatida yuzaga chiqadi.


4. Soliqni undirish (soliqqa tortish) usullari

Soliq amaliyotida soliqlarni undirishning uchta usuli mavjud:

- kadastrli;

- daromad manbaidan;

- daromad egasi daromadni olganidan so‘ng (deklaratsiya buyicha).

Birinchi usul bevosita real soliqlarni hisoblash uchun foydalaniladigan ob’ektlar (er, imoratlar va shu kabilar) ning bahosi va o‘rtacha daromadliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan kadastr yoki reestrdan foydalanilishini taqozo etadi.

Oliy belgilariga ko‘ra tasniflanadigan ob’ektning tavsifnomasi kadastrning tuzilishiga asos bo‘ladi. Masalan, er kadastrini tuzishda turli tumanlardagi ayni bir xildagi er uchastkalari sifati, joylashgan joyi, foydalanilishi va boshqa belgilariga ko‘ra guruhlanadi. Har bir guruh uchun maydon birligining qator yillar uchun o‘rtacha daromadliligi belgilanadi. Boshqa hamma er uchastkalari maydon birligidan soliq stavkasi belgilangan u yoki boshqa toifaga tenglashtiriladi.

Soliqni to‘lashning kadastrli usulining uziga xos xususiyati sifatida shuni ajratib ko‘rsatish kerakki, soliqning to‘lanish payti daromadning olinishi payti bilan aslo bog‘lik bo‘lmaydi, chunki bunday usulda mol-mulk uning taxmin qilinadigan daromadliligining tashqi belgilari asosida baholanadi. Kadastrli usulda shaharlar va shahar kurgonlarida er solig‘i stavkalarini ishlab chiqishga ular hududini shahar ayrim tumanlari erlari hamda infratuzilmasini iqtisodiy baholash qiymati bo‘yicha kompleks tarzda baholash asos qilib olingan.

Ob’ektning ana shunday belgilarga asoslanadigan o‘rtacha da­romadliligi uning haqiqiy daromadliligidan jiddiy farqlanishi mumkin, shuning uchun bunday usul ko‘p jihatdan tarixiylik tusiga ega bo‘lishi mumkinki, undan soliq apparati uncha rivojlanmagan holatda qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasida er solig‘i kadastli usulda undiriladi. Bunda erlarning unumdorligi (boniteti) hisobga olingan holdagi jadval shaklidagi er solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har yili yangidan tasdiqlanadi.

Ikkinchi usulda soliqni soliq sub’ektiga daromadni to‘laydigan yuridik shaxs hisoblaydi va ushlab qoladi. Ishchining ish xaqidan, xizmatchining maoshidan daromad solig‘i shu tariqa undiriladi. Soliq korxonada xodimning daromadni olguniga qadar ushlab qolinadi, bu soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlashni istisno qiladi, chunki buxgalteriya soliq solinadigan daromadni va soliq summasini aniq hisob-kitob kilib chiqadi. Bunday munosabatlarda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar ko‘pincha fiskal agent yoki soliq agenti sifatida qaraladi.

Soliqning daromad manbaida to‘lanishi shuni anglatadiki, soliq uni deklaratsiyalar bo‘yicha to‘lashdagi singari soliq idorasi tomonidan hisoblanib ushlab qolinmaydi, balki uni yuridik va jismoniy shaxs foydasiga to‘lovni amalga oshiradigan fiskal agentlar to‘lov manbalari (korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, boshqa ish beruvchilar) da hisoblaydilar va ushlab qoladilar.

Uchinchi usul soliq to‘lovchilarning soliq idoralariga deklaratsiyalarni, ya’ni ularning olgan daromadlari va o‘zlariga tegishli bo‘lgan soliq imtiyozlari xaqidagi rasmiy bayonotni berishni nazarda tutadi. Soliq idoralari soliq deklaratsiyasi va amaldagi soliqqa tortish stavkalari asosida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq miqdorini nazorat qiladilar. Soliq deklaratsiyasi asosida, odatda, tadbirkorlik faoliyatidan, dehqon (fermer) xo‘jaligini yuritishdan olinadigan daromadlar, shuningdek intellektual faoliyat bilan shug‘ullanadigan shaxslar (fan, adabiyot, san’at asarlarining mualliflari, kashfiyotlar, ixtirolar mualliflari, sanoat namunalarini yaratuvchilari va hokazo) daromadlari soliqqa tortiladi.

5. Soliq mexanizmi

Xo‘jalik faoliyatini tashkil qilish hamda boshqarishning ma’muriy rejalashtirish shakli va uslublari tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish, soliqlar va soliq mexanizmiga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirishni taqozo etadi. Ular bozor iqtisodiyoti sharoitida ikkinchi darajali iqtisodiy kategoriyadan davlatning jamiyat iqtisodiy hayoti, korxona, tashkilot va fuqarolarning xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiladigan quvvatli vositasiga aylanadi. Hozirgi kunga kelib mamlakatimizda yangi soliq tizimi va uning amal qilish mexanizmining umumiy asoslari ishlab chiqilganiga qaramasdan, bu sohada hal qilinishi zarur bo‘lgan muammolar ko‘p. Soliqlar hamda soliq muammolarini etarli darajada nazariy jihatdan o‘rganilmaganligi, amaliyotda ulardan samarali foydalanish jarayoniga muayyan darajada to‘sqinlik qilmoqda. Shu jihatdan olib qaraganda, iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlari, soliqlar va soliq tizimini nazariy jihatdan o‘rganish va tahlil qilish bilan birgalikda, soliqlarni amaliyotda qo‘llanilishi, soliq mexanizmining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqqan holda uning vazifalari hamda amaliyotdagi soliq mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlarini ishlab chiqishga ham qaratilgan bo‘lishi lozim.

Soliq mexanizmi, moliya mexanizmining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, soliq mexanizmi to‘g‘risidagi quyidagi mulohazalarni bildirish maqsadga muvofiqdir.

Izohli lug‘atlarda «mexanizm» atamasi quyidagicha talqin etiladi:

1. Mashina va uskunalarning ichki tuzilishi bo‘lib, ularni harakatga keltiradi.

2. Sun’iy va harakatchan qo‘shimcha bo‘g‘inlar yig‘indisi.

3. U yoki bu harakat tartibini aniqlovchi tizim, qurilma.

Yuqorida keltirilgan ta’riflarga ko‘ra, «mexanizm» atamasi iqtisod fanida u yoki bu ob’ektga ta’sir o‘tkazish uchun ishlatilishi mumkin bqlgan vositalar, usullar, dastaklar va shakllarning ichki o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorliklarining yig‘indisi deb qarash mumkin.

Soliq mexanizmini jamiyat tomonidan soliq munosabatlarini tashkil etish uchun qo‘llanadigan usullar yig‘indisi deb atash mumkin. Lekin bu ta’rif soliq mexanizmining tashkiliy-huquqiy mazmuni hamda mohiyatini o‘zida aks ettira olmaydi.

Soliq mexanizmining tub mazmuni davlat, jamiyat va alohida sub’ektlarning ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga mo‘ljallangan markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini tashkil etish bilan bog‘liq ob’ektiv pul munosabatlari jarayonini aks ettiradi.

Soliq mexanizmi, iqtisodiy kategoriya bqlgan soliqlardan farqli o‘laroq, kishilar ongli faoliyatining natijasi sifatida ustqurmaga tegishli bo‘lib, uni amalga oshirish shakli sub’ektiv xarakterga egadir. Soliq mexanizmi haqida kengroq tushuncha hosil qilish uchun, soliq va soliqqa tortish jarayonining tarkibiy elementlarini eslab etish o‘rinlidir.

Soliq ob’ekti, soliq sub’ekti, soliq bazasi, soliq stavkasi, soliqni to‘lash muddatlari, soliq buyicha imtiyozlar va jarimalar, soliqlarni hisob-kitob qilish va byudjetga o‘tkazish tartibi, soliq to‘lovchilarning mas’uliyatlari, soliq idoralari tomonidan nazorat olib borish tartibi va boshqalar soliq mexanizmining muhim tarkibiy elementlari hisoblanadi. Shunga ko‘ra, soliq mexanizmi davlat tomonidan soliq munosabatlarini tashkil etish uchun qo‘llaniladigan qonunlar, yo‘riqnomalar hamda soliqqa tortish jarayonining tashkiliy-huquqiy elementlari va uni boshqarishning yig‘indisini aks ettiradi.

Bu erda alohida olingan soliq yoki majburiy to‘lovlar mexanizmini emas, balki umumiy holda barcha soliqlar va majburiy to‘lovlar mexanizmini yoritishda keltirish uchun ishlatiladigan qonunlar, yo‘riqnomalar va yuqorida ta’kidlab o‘tilgan soliqqa tortish jarayonining tarkibiy qismlari yig‘indisini umumiy nazarda tutgan holda aks ettirilgan.

Soliq mexanizmining tarkibiy qismlari birgalikda soliq munosabatlarini tashkil etishning shakllari, turlari, usullari «soliq mexanizmi konstruktsiyasini» tashkil etadi. Ushbu «konstruktsiya» tarkibiy qismlarining har biriga miqdor jihatdan o‘lchov birliklari o‘rnatish yo‘li bilan harakatga keltiriladi. Boshqacha qilib aytganda, soliq mexanizmi konstruktsiyasi, soliq ob’ekti va sub’ekti, soliq stavkasi va undirib olish muddati, soliq bo‘yicha imtiyozlar berish hamda jarimalar solish va boshqalarni aniqlash yuli bilan harakatga keltiriladi.

Soliqlarning ichki mohiyati harakat qilish qonuniyatlari va qarama-qarshiliklarni e’tiborga olish, mustaqil davlatimiz uchun soliq mexanizmidan samarali foydalanishda katta ahamiyatga ega. Soliqlar va ularning funktsiyalarini bir tomondan, soliq siyosati va soliq mexanizmini, ikkinchi tomondan ajratib o‘rganish soliqlarni ob’ektivligini hamda soliqlar buyicha davlat faoliyatining sub’ektivligini tushunish imkoniyatini beradi.

Soliq mexanizmi o‘z mohiyatiga ko‘ra davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga mo‘ljallangan markazlashgan va markazlashmagan pul mablag‘lari fondlarini tashkil etish bilan bog‘liq ob’ektiv pul munosabatlari jarayonini aks ettiradi.

Soliq mexanizmining ichki mohiyati, uning tarkibi va tuzilishi bevosita soliqlarning mazmuni, tarkibi va tuzilishi (elementlari) dan kelib chiqadi.

Soliq mexanizmi - davlat tomonidan soliq munosabatlarini tashkil etish uchun qo‘llaniladigan (huquqiy baza asosida) soliqqa tortish jarayonining elementlari va ularni boshqarishning yig‘indisini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda soliq mexanizmi - bu soliq munosabatlarini tashkil qilish usullari yig‘indisi bo‘lib, u iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishda qulay shart-sharoitlar ta’minlash uchun davlat tomonidan qo‘llaniladi.

Davlat soliq munosabatlarini tashkil etishning usullarini o‘rnatar ekan, ularga mos qonunlar yaratadi va kuchga kiritadi. Davlat soliq qo‘mitasi amaldagi soliq qonunchiligi asosida hamda o‘zining vakolat doirasida har bir soliq turlari bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqadi. Shunday ekan davlat soliq mexanizmiga soliq qonunchiligi yordamida huquqiy shakl beradi va uni boshqarib turadi.

Soliq mexanizmining huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida» gi qonuni, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va boshqa soliqqa oid me’yoriy hujjatlardan iborat bo‘lib, u umummilliy va davlat manfaatlarini aks ettiradi.

Soliq mexanizmining tarkibiy qismlari birgalikda soliq munosabatlarini tashkil etishning shakllari, turlari, usullarini tashkil etadi. Soliq mexanizmi soliq tizimining amaliyotga tatbiq etilishini ifodalaydi. Undan foydalanish soliq elementlari yig‘indisidan foydalanish uchun ishlab chiqilgan.

Soliq mexanizmining tarkibiy qismlari uzoq yillar harakat qilsa (masalan, soliqlarning turlari), uning elementlari (masalan, stavka, imtiyoz) tez-tez o‘zgartiriladi.

Soliq mexanizmi davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda foydalaniladigan asosiy qurol sifatida byudjet taqchilligini mumkin qadar bartaraf qilishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari davlat soliq mexanizmidan bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda, tadbirkorlikni rivojlanishiga imkon yaratib berishda va ayni vaqtda aholini kam daromadli qatlamini ijtimoiy qashshoqlashishiga qarshi muhim vosita sifatida foydalanishi lozim.

Soliq mexanizmining vazifalari bevosita soliqlarning funktsiyalaridan kelib chiqadi. Shundan kelib chiqib, soliq mexanizmi o‘z mohiyatiga ko‘ra fiskal, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega.

Soliq mexanizmining fiskal ahamiyatini e’tiborga olgan holda asosiy vazifasi davlat ixtiyoriga zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirish hisoblanadi. Bu borada quyidagilar asos qilib olinishi lozim:

- davlat va jamiyatning iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;

- davlatning ijtimoiy yo‘nalishdagi xarajatlari uchun moliyaviy asos yaratish;

- davlat byudjeti taqchilligini imkon qadar kamaytirish. Ma’lumki, byudjet taqchilligini kamaytirishga nafaqat byudjet xarajatlarini qisqartirish, balki oqilona tashkil etilgan soliq mexanizmidan foydalangan holda byudjet daromadlarini oshirish hisobiga ham erishish mumkin. Ushbu maqsadlarga asosan soliq mexanizmining fiskal vazifasidan foydalangan holda erishiladi.

Soliq mexanizmi bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zining yana bir ahamiyatini, ya’ni iqtisodiy ahamiyatini hisobga olgan holda o‘ziga xos vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar davlat tomonidan iqtisodiyotni boshqarib turishda foydalanadagan dastaklardan biri sifatida quyidagilarga bo‘linishi mumkin:

- bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish. Bu vazifa respublikamizda ko‘p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirish, xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash uchun asoslanadi.

- mulkchilik va xo‘jalik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha soliq to‘lovchilar uchun bir xil imkoniyat yaratib berish. Bu borada soliq mexanizmi universallashtirilishi lozim. Bundan tashqari mavjud soliq mexanizmi soliq to‘lovchi sub’ektlarga xo‘jalik faoliyatining sohasi va iqtisodiyot tarmog‘idan qat’iy nazar normal rivojlanishni ta’minlovchi darajaga egalik qilishga imkoniyat yaratib berishi lozim.

- yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish. Soliq mexanizmining ushbu vazifasi soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish va jarimalar solish hisobiga ular xo‘jalik faoliyatiga ma’lum darajada iqtisodiy jihatdan ta’sir etishdan iborat.

- tashqi iqtisodiy faoliyatni hamda eksportni rag‘batlantirish. Soliq mexanizmining bu vazifasi tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada rivojlantirish, respublika iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni kengroq jalb qilish va jahon bozoriga chiqish maqsadida mahsulot eksportini etarli darajada rag‘batlantirishga doir imtiyozlar berish.

- soliq to‘lovchilarga ma’lum davrda ba’zi imtiyozlar berish va zarur paytda jarimalar solish orqali ular faoliyatiga ta’sir ko‘rsatish. Soliq mexanizmining ushbu vazifasi orqali ishlab chiqarishgan soliq mexanizmi vositasida ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatish orqali umumiqtisodiy o‘sishni ta’minlash mumkin.

Yuqoridagi vazifalardan tashqari soliq mexanizmining iqtisodiy ahamiyati bilan bog‘liq bo‘lgan: tabiiy resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhitni muhofaza etishni rag‘batlantirish; aholi pul daromadlarini oshirish yoki qisqartirish orqali ularning to‘lov qobiliyatiga ta’sir etish kabi muhim vazifalarni bajarishi lozim.

Soliq mexanizmining iqtisodiy ahamiyatini e’tiborga olgan holdagi vazifalari:

- aholining har xil ijtimoiy guruhlari daromadlarini tartibga solish. O‘rnatilgan soliq stavkasi miqdori shunday optimal darajada bo‘lishi kerakki, barcha aholi ijtimoiy guruhlari uchun soliq stavkasi miqdori ularni yana ham ko‘proq daromad olishdagi tashabbuslari va manfaatlariga zid bo‘lmasligi kerak;

- aholining kam daromadli qismini keskin qashshoqlashishiga to‘siq bo‘lib xizmat qilish;

- demografik siyosat talablarini hisobga olgan holda har xil imtiyozlar berish.

Soliqlar davlat byudjetini daromadlar bilan to‘liq ta’minlashning asosiy manbasi hamda iqtisodiyotni boshqarib turuvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham soliq mexanizmi keng qamrovli ayni paytda har bir soha, tarmoq, korxonaga alohida moslashuvchan bo‘lishi lozim.

Iqtisodiyotni boshqarish ikki xil shaklda amalga oshiriladi:

A) Ma’muriy boshqarish;

B) Iqtisodiy boshqarish.

Boshqarishning bozor munosabatlari sharoitiga mos keluvchi asosiy usuli, korxonalar faoliyatini uning oxirgi moliyaviy natijalariga bog‘liq qilib qo‘yishdan iborat.

Soliq mexanizmini qo‘llash, ssuda kapitali va foiz stavkalaridan foydalanish (investitsiya siyosati), byudjetdan kapital qo‘yilmalarni hamda dotatsiyalar ajratish, davlat xarid baholarini o‘rnatish, davlat buyurtmasi va boshqa davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi ta’sir etuvchi omillari hisoblanadi.

Soliq stavkalariga o‘zgartirishlar kiritish, soliqlar bo‘yicha imtiyozlar hamda jarimalardan foydalanish, ba’zi bir soliqlarni joriy qilish bilan birga ayrimlarini bekor qilish va boshqalar yordamida davlat alohida olingan tarmoq yoki ishlab chiqarish sohasini tezroq rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi.

Iqtisodiyotni soliqlar orqali boshqarishni yoqlovchi ko‘plab nazariyalar mavjud. Jumladan, A.Smit tomonidan ilgari surilgan soliqqa tortish tamoyillari soliqlarning fiskal ahamiyati bilan birgalikda iqtisodiyotni boshqarishda foydalaniladigan vosita sifatida o‘rganish lozimligini tasdiqlaydi.

«Soliqlar - iqtisodiyotni tartibga soluvchi vosita» kontseptsiyasi iqtisodiy o‘sishni barqarorlashtirishni ta’minlash va iqtisodiyotni boshqarishda soliqlardan foydalanishni anglatadi. Keyns o‘zining ilmiy izlanishlarida iqtisodiyotni soliqlar vositasida boshqarib turish zaruratini nazariy jihatdan asoslab bergan va soliqlarga avtomatik tarzda barqarorlashtiruvchi vosita sifatida qaragan. Shu bilan birgalikda soliq mexanizmini o‘zgartirib, soliq siyosatini iqtisodiyotning tsiklli rivojlanishiga muvofiqlashtirishni tavsiya etgan.

«Soliqlar - daromadlarni barqarorlashtiruvchi vosita» nazariyasining asoschisi E.Jerarden (Frantsuz iqtisodchisi) soliqlar yordamida iqtisodiyotni boshqarish mexanizmiga ta’sir etib, jumladan soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo‘llash orqali jamiyat a’zolarining mulkiy tengsizligini tugatish mumkinligini ta’kidlaydi.

Iqtisodiyotni soliqlar orqali boshqarishning asosiy maqsadi xo‘jalik yuritishda qulay sharoitlarni yaratib berish va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan iborat bo‘lib, shu maqsadlarga erishish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:

- soliq tushumlari hajmini o‘zgartirish;

- soliqqa tortishning shakl va usullarini o‘zgartirish;

- soliq stavkalarini o‘zgartirish, ularni tabaqalashtirish;

- soliq imtiyozlaridan foydalanish;

- soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan ob’ektlarni o‘zgartirish;

- jarimalar qo‘llash va boshqalar.

Davlat iqtisodiyotni soliqlar orqali tartibga solishda makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajada ta’sir etadi. Makroiqtisodiy darajada, soliq stavkasi miqdoriga o‘zgartirish kiritish orqali inflyatsiyani chegaralash, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish kuchlarining hududlararo mukammal joylashishini tartibga solish, mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash, iqtisodiy o‘sishga erishish kabi keng ko‘lamli maqsadlarga erishish mumkin. Mikroiqtisodiy darajada esa, xo‘jalik yurituvchi suyub’ektlarning moliyaviy holatiga ta’sir etishi, ularning investitsiya faoliyatini rag‘batlantirishi kabilarga erishishi mumkin.

Iqtisodiyotni soliqlar orqali boshqarishda soliq mexanizmi elementlaridan keng ko‘lamda foydalaniladi. Ulardan keng qo‘llaniladigan va samarali choralari sifatida soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini o‘zgartirish kabilarni alohida qayd etib o‘tish lozim.

Soliq imtiyozlaridan ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda, investitsiyalarni rag‘batlantirishda va boshqalarda keng foydalaniladi.

Soliq imtiyozlari rag‘batlantirish va samarali qo‘llanilishiga qarab quyidagi ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin:

- soliqlardan butunlay ozod qilish;

- yangi tashkil etilgan korxonalarga imtiyozlar berish;

- soliq to‘lashdan vaqtincha ozod etish;

- soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish;

- soliqdan qisman ozod qilish;

- xorijiy investitsiyalarga imtiyozlar berish;

- eksportga imtiyozlar berish va boshqalar.

Tayanch so‘z va iboralar


  1. Soliq elementlari.

  2. Soliq sub’ekti.

  3. Soliq ob’ekti.

  4. Soliq agenti.

  5. Soliq predmeti.

  6. Soliq bazasi.

  7. Soliqqa tortish birligi.

  8. Soliq stavkasi.

  9. Proportsional soliq stavkasi.

  10. Progressiv soliq stavkasi.

  11. Regressiv soliq stavkasi

  12. Soliq imtiyozlari.

  13. Soliq yuki.

  14. Soliqni undirish usullari.

  15. Soliq mexanizmi.



O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar

  1. Soliq elementlarining mohiyatini ochib bering?

  2. Soliq elementlari tarkibiga qanday elementlar kiradi?

  3. Soliq ob’ekti bilan soliq predmeti farqlarini tushuntirib bering?

  4. Soliq stavkalarining qanday turlari mavjud?

  5. Proportsional, progressiv va regressiv stavka deganda qanday stavkalar tushuniladi?

  6. Soliq imtiyozlarini guruhlab bering?

  7. Soliqni undirish usullari qanday guruhlanadi?

  8. Soliq mexanizmining mohiyatini tushuntirib bering?

  9. Soliq imtiyozlarini belgilash mezonlarini aniqlab bering?

  10. Soliq mexanizmi tarkibiga nimalar kiradi?



7-mavzu: Soliq siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari (2 soat)
Reja:

  1. Soliq siyosati va uning huquqiy asoslari.

  2. Iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida soliq siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda davlatning roli.

  3. O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatining xususiyatlari va yo‘nalishlari.


1. Soliq siyosati va uning huquqiy asoslari

Iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti bir tomondan uning ichki mexanizmiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan boshqaruvning xarakteriga, ijtimoiy-siyosiy holatga, muvozanatga bog‘liq bo‘ladi. Oddiy qilib aytganda ustqurmaga ham bevosita bog‘liqdir. Mazkur jarayonda ijtimoiy siyosat alohida rol o‘ynaydi. Ijtimoiy siyosat o‘z navbatida ichki va tashqi madaniy-ma’rifiy, siyosiy, iqtisodiy siyosat kabilarga bo‘linadi. Iqtisodiy siyosat ham o‘z navbatida moliya, pul-kredit, byudjet, soliq siyosati kabi turlarda amal qilib, ularni yaxlitligi makroiqtisodiy darajada qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining asosiy ajralmas qismiga aylanadi. Shu o‘rinda soliq siyosatining mazmuniga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, yuqorida qayd etilganidek, soliq siyosati - bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to‘lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig‘indisidir. Mamlakat soliq tizimi xususiyatlari, yo‘nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi, ular o‘rtasidagi nisbatni ta’minlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi.

Soliq siyosatining huquqiy asoslari sifatida mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida» gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar, tashkilotlar, birlashmalardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida» gi (1991 yil 15 fevral), «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmaganlarning daromad solig‘i to‘g‘risida» gi (1991 yil 15 fevral), «Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida» gi (1993 yil 7 may) Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari kabi me’yoriy hujjatlardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 1997 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida» gi Qonuni yuqoridagi hujjatlarning ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotishiga olib kelgan bo‘lsa, ayrimlarining huquqiy bazasini kengayishiga, kuchayishiga xizmat qilib kelmoqda. «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida» gi Qonunga muvofiq, shu kundan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi o‘zining mustaqil soliq siyosatini olib boradi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida fuqarolarning burchlariga soliqlarni to‘lash majburiyati ham kiritilgan: «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar»28. Shuningdek, respublikamiz hududida yagona soliq tizimi amal qilishi va uni belgilash vakolati haqidagi jumlalar keltirilgan: «O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat Oliy Majlis haqlidir».29

Bugungi kunda respublikamiz soliq siyosatining huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi, «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida» gi Qonuni, hukumatning boshqa soliqqa oid qonun, qarorlari, Prezident Farmonlari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan izohlanadi.

Hozirgi paytda respublikamiz soliq siyosatining asosi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda o‘z aksini topayotgan iqtisodiy rivojlanishning besh tamoyilidir. Soliq siyosati ana shu tamoyillar asosida tashkil etilgan bo‘lib, soliq sohasidagi samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Soliq kontseptsiyasi - bu soliqlarni yo‘nalishlarini aniq ilmiy asoslangan holda amalga oshirish g‘oyalarining yaxlitligidir. Mamlakatimizda soliq kontseptsiyasi Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan chuqur ilmiy asosda ishlab chiqilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish kontseptsiyasiga asoslanadi. Agar soliq kontseptsiyasi qanchalik chuqur ilmiy asosga ega bo‘lsa, soliq siyosatining barqarorligi shunchalik mustahkam ta’minlanadi. O‘z navbatida soliq kontseptsiyasi esa, soliqlar sohasidagi chuqur ilmiy tadqiqot ishlari hamda soliq amaliyotida orttirilgan boy tajribalarni o‘zaro uyg‘unligiga asoslangan g‘oyalarning samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi.

Shuningdek, soliq siyosati barqarorligini ta’minlashda uning strategiyasi va taktikasi ishlab chiqilishi lozim. Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar xususiyati va muddatini e’tiborga olib soliq siyosati: soliq siyosati strategiyasi va soliq siyosati taktikasiga bo‘linadi.

Soliq siyosati strategiyasida muayyan uzoqroq muddatga mo‘ljallangan soliqqa oid iqtisodiy munosabatlarni asosiy yo‘nalishlari va chora-tadbirlari ifodalanadi. Bu esa o‘z navbatida ilmiy asoslangan soliq kontseptsiyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Masalan, respublikamizda jamiyat taraqqiyotining asosiy strategiyasi qilib erkin, ochiq bozor iqtisodiyotiga, erkin fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy, demokratik jamiyat qurish belgilangan. Soliq borasidagi ustuvor strategik vazifa esa davlat byudjeti va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni soliqqa oid iqtisodiy munosabatlarida muayyan uyg‘unlikni ta’minlovchi soliq tizimini shakllantirish va shunga mos ravishda takomillashtirib borishdan iboratdir yoki boshqacha qilib aytganda, soliq siyosati strategiyasi - soliq siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishi bo‘lib, ijtimoiy va iqtisodiy strategiya belgilab bergan ulkan masshtabli vazifalarni kelajakda bajarilishini ta’minlash ko‘zda tutilgan moliyaviy tadbirlar yig‘indisidir.

Soliq siyosati taktikasi esa, belgilangan soliq siyosati strategiyasi ijrosini ta’minlovchi, tez-tez o‘zgarib turuvchi sayi-harakatlarni bildiradi, ya’ni qisqa muddatli va kichik masshtabli moliyaviy chora-tadbirlarni hal qilishga qaratilgan yo‘nalishlar majmuasi - soliq siyosati taktikasi sifatida qaraladi.

Soliq siyosati kontseptsiyasi soliq siyosati strategiyasiga nisbatan, soliq siyosati strategiyasi esa soliq siyosati taktikasiga nisbatan barqaror, ya’ni kam o‘zgaruvchan bo‘lib, ularning barchasi bir-biriga bog‘liq holda, bir-birini to‘ldirib turadi hamda yaxlit holda soliq siyosatinining mohiyatini tashkil qiladi.

Soliq siyosati tarkibiy jihatdan quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

- mamlakat miqyosida amal qiluvchi soliqlar va soliqsiz to‘lovlarni qonuniy joriy etish;

- amal qilayotgan soliqlarni samarali ishlashini ta’minlovchi mexanizm shakllantirish va takomillashtirish, soliqqa oid qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni takomillashtirib borish;

- soliq siyosatini amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlarni tashkil etish va ularni ushbu sohadagi vazifalarini belgilash;

- soliqqa tortish tizimini shakllantirishga qaratilgan chuqur ilmiy tadqiqotni amalga oshirish va ularni joriy etishni tashkil etish.
2. Iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida soliq siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda davlatning roli.
Yuqorida qayd qilinganidek, soliq siyosati davlat, ya’ni uning vakolatli organlari tomonidan olib boriladi. Agar ushbu vakolatli organlar hokimiyat turi nuqtai-nazaridan olib qaraladigan bo‘lsa, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linadi. Ayrim hollarda davlatning soliq siyosati Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan olib boriladi, degan fikrlar uchraydi. Amalda esa soliq siyosati davlat hokimiyatining barcha bo‘g‘inlari: Qonun chiqaruvchi, Ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining ajralmas qismi sifatida kompleks tarzda amalga oshiriladi.

Bu hokimiyatlar tomonidan soliq siyosati quyidagi tartibda ishlab chiqiladi va uning ijrosi ta’minlanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat hisoblangan Oliy Majlis tomonidan soliqqa oid va unga bevosita tegishli bo‘lgan qonunlar qabul qilinadi, o‘zgartirish va va qo‘shimchalar kiritiladi yoki ayrimlari bekor qilinadi. Demak, soliq siyosatining huquqiy negizlari mazkur hokimiyat faoliyati bilan bog‘liqdir. Ijro hokimiyati bo‘lgan Vazirlar Mahkamasi va uning bo‘linmalari, Davlat Soliq Qo‘mitasi, Moliya Vazirligi, Adliya Vazirligi, Iqtisodiyot Vazirligi, mahalliy hokimiyatlar va boshqa tegishli organlar tomonidan Oliy Majlis tomonidan qonun yo‘li bilan joriy etilgan soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to‘lovlarning ishlash mexanizmini ta’minlashga xizmat qiluvchi huquqiy me’yoriy hujjatlar orqali ularning ijrosi ta’minlanadi. Bunda albatta ijro hokimiyatining bir bo‘g‘ini hisoblangan Davlat soliq qo‘mitasining soliq siyosati ijrosini ta’minlashdagi alohida o‘ringa ega ekanligini qayd etish lozim. Bundan tashqari, har yilning oxirida kelgusi yil uchun amal qiladigan soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq stavkalarini tasdiqlash, o‘zgartirishlar kiritish vakolati Vazirlar Mahkamasiga berilgan. Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bo‘g‘inlari bilan birga sud hokimiyatining bo‘g‘inlari ham alohida ahamiyatga ega. Sud hokimiyati tomonidan qonuniy amal qilayotgan soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida byudjetga kelib tushishi ustidan nazorat o‘rnatilib, soliq qonunchiligi buzilishlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar qo‘llanadi.

Soliq siyosatini ishlab chiqishda nafaqat alohida olingan muassasalar bevosita qatnashadi, shuningdek, uni ishlab chiqishda soliq xizmati bilan shug‘ullanmaydigan sub’ektlar, aniqrog‘i soliq to‘lovchilar qatnashishi mumkin, ya’ni bunda soliq to‘lovchilarni o‘zlarida soliqlarni takomillashtirishga qaratilgan takliflar, soliqlarni hisoblashni oson va samarali ishlash kabilar taklif sifatida berilishi mumkin.

Soliq solish sohasidagi davlat boshqaruvining samaradorligi ko‘p jihatdan davlat apparatining turli bo‘g‘inlari faoliyatidagi moslashuvchanlikka bog‘liq. Vakolat har bir organning spetsifik rolini belgilaydi va bir vaqtning o‘zida uning boshqa organlar faoliyati bilan moslashuvini ta’minlaydi. Davlatning asosiy vazifalaridan birini hal etilishi - byudjetni to‘ldirish, soliq to‘lovchilarning iqtisodiy va yuridik hatti-harakatlariga ta’sir etishning u yoki bu dastagiga ega bo‘lgan barcha davlat hokimiyati organlar faoliyatining muvofiqlashtiruvisiz mumkin emas. Ko‘pgina adabiyotlarda ta’kidlanganidek, kontseptual soliq tamoyillaridan biri davlat organlarining soliq siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda birgalikdagi ishtiroki hisoblanadi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, asosiy iqtisodiy huquqlar va soliq to‘lovchilarning erkinligini ta’minlash qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatning doimiy nazorati ostida turadi. Prezident tomonidan ularning faoliyatiga nisbatan bildiriladigan asosiy talablar bevosita soliq sohasidagi ishlarning umumiy ahvoli, uni boshqarish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va boshqalar bilan belgilanadi. Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa soliqlar bo‘yicha bevosita va bilvosita vakolatga ega bo‘lgan organlar ishini muvofiqlashtirgan holda hokimiyatning ushbu sohalari soliq solish bilan bog‘liq shaxs huquqlarini ta’minlash uchun yuqori darajali javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi hamda ularning manfaatlari yo‘lida muammoli vaziyatlarni oldini olish maqsadida o‘zaro hamkorlikning barcha jihatlarini mukammal tartibga soladi.

Qonun chiqaruvchi organ (Oliy Majlis) Konstitutsiyaning 78-moddasi 8-bandi va «O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to‘g‘risida» gi qonunning 4-moddasiga muvofiq hukumatning taqdimiga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilaydi. Davlat soliq qo‘mitasining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyotini umumlashtirish asosida soliq qonunchiligini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish va ularni hukumatga kiritish huquqi uning Oliy Majlis bilan o‘zaro munosabatlari hukumatning ishtiroki bilan qurilishiga yaqqol misol bo‘la oladi. Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasi Davlat Soliq Qo‘mitasiga nisbatan vakolatlari bo‘yicha rahbar organ hisoblanadi. Soliq qonunchiligini qo‘llash amaliyotini doimiy ravishda umumlashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvining yuqori organlarini mazkur sohaning xususiyatli jarayonlari haqida muntazam xabardor qilib borishi lozim.

Davlat soliq qo‘mitasini boshqa hokimiyat organlari, tashkilotlar bilan turli yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan o‘zaro hamkorligini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Ushbu o‘zaro hamkorlik o‘zining yuridik tabiatiga ko‘ra huquqiy bo‘lgani holda, munosabatlar predmetining o‘ziga xosligi bilan tavsiflanadi. Mahalliy hokimiyat organlari va davlat soliq organlarining o‘zaro hamkorligini tartibga soluvchi me’yorlar turli yuridik kuchga ega bo‘lgan qator me’yoriy hujjatlarga tayanadi. Umumiy xususiyatlarga ko‘ra o‘zaro hamkorlik Konstitutsiya me’yorlarida, boshqa qonunchilik hujjatlarida aks ettirilgan, o‘zaro hamkorlikning yanada aniq yuzaga kelishi ko‘pincha soliq sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarda o‘z aksini topgan. Mazkur davlat tuzilmalarining o‘zaro munosabatlari xususiyatiga ta’sir etuvchi ob’ektiv omil mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlarining hududning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishi, mahalliy byudjetlarni shakllantirish va ijro etish, mahalliy soliqlarni belgilash, byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish masalalarini hal etish uchun konstitutsiyaviy belgilanishi hisoblanadi. Bu bilan davlat hokimiyatini tashkil etishning tegishli darajalarida hal etiladigan boshqaruvning barcha masalalarida, shu jumladan, moliyaviy sohada ham yuridik vakolatlilik mustahkamlanadi.

Soliq organlari va mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan o‘zaro hamkorlik respublikada olib boriladigan yagona soliq siyosatini olib borishda, soliqlar va boshqa soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to‘lovlarning hudud byudjetiga kelib tushishini ta’minlash bo‘yicha vazifalarning bajarilishi natijalarini tahlil qilishda ishtirok etish orqali namoyon bo‘ladi.

Shu o‘rinda mahalliy hokimiyat organlarining soliqlar bo‘yicha vakolatlariga qisqacha to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, mahalliy hokimiyat organlari mamlakatimiz soliq qonunchiligiga muvofiq bir qancha vakolatlarga ega bo‘lib, ular o‘zlarining hududida joylashgan soliq to‘lovchilarga mahalliy soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qo‘shimcha soliq imtiyozlarini belgilash, soliq stavkalarining miqdorini Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yilgan eng yuqori stavkalar doirasida belgilash kabi vakolatlarini sanab o‘tishimiz mumkin.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, respublikamizda soliq siyosati davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Soliqlar bo‘yicha har bir hokimiyat organi maxsus vakolatlarga ega bo‘lib, ularning har biri o‘z faoliyatlarini samarali olib borishda ushbu vakolatlardan foydalanadi. Bunda vakolatli organlar sifatida barcha hokimiyat organlari, jumladan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari birgalikda faoliyat ko‘rsatadi va unda Davlat soliq qo‘mitasi soliq siyosatini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni bajaradi.


3. O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatining xususiyatlari va yo‘nalishlari

Respublikamizning mustaqillikka erishishi, o‘zining mustaqil soliq tizimini shakllantirishni ham taqazo etardi. Shundan kelib chiqib, mustaqillikning dastlabki yillaridan e’tiboran mustaqil soliq tizimini shakllantirishga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirila boshlandi va ushbu islohotlarning samarasi o‘laroq hozirgi paytga kelib respublikamizda bir qadar o‘ziga xos bo‘lgan soliq tizimi shakllantirildi. O‘ziga xos bo‘lgan soliq tizimining shaklantirilishini soliq siyosatining samarasi sifatida e’tirof etish mumkin. Respublikamiz davlatchilik shaklidan kelib chiqib respublikamizda respublika byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan umumdavlat soliqlari va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishga qaratilgan mahalliy soliqlar va yig‘imlar amal qiladi. Soliqlarning byudjetlar o‘rtasida taqsimlanishi O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi bilan mustahkamlangan bo‘lib, unga muvofiq respublikamiz soliq tizimida amal qiladigan har bir soliq turi u yoki bu byudjetga tushishi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ayrim umumdavlat soliqlari mahalliy byudjetlarga to‘liqligicha biriktirilishi yoki ulardan tushumlar respublika va mahalliy byudjetlar o‘rtasida taqsimlanishi mumkin. Ushbu tizim bir necha yillardan buyon mahalliy byudjetlar kamomadini bartaraf etish maqsadida amaliyotda samarali qo‘llanilib kelinmoqda.

Shu o‘rinda yuridik shaxslarni soliqqa tortishning muhim tartiblariga alohida to‘xtalib o‘tish zarur. Respublikamiz soliq qonunchiligida hozirgi vaqtda soliqqa tortishning umumbelgilangan tizimi bilan bir qatorda, amaldagi barcha soliqlar o‘rniga birgina soliqni to‘lashni ko‘zda tutuvchi soliqqa tortishning alohida tartiblari ham mavjud. Bu tartib quyidagilar uchun ko‘zda tutilgan:

- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;

- soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimidan foydalanayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari;

- qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalari;

- lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni o‘tkazishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar;

- tadbirkorlik faoliyatining alohida turlari bilangina shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar (bilyardxonalar, qisqa muddatli avtomobil saqlash joylari, bolalar o‘yin avtomatlari).

Yuridik shaxslarni soliqqa tortish tartibidagi o‘ziga xoslikni mamlakatimiz soliq tizimining muhim xususiyati sifatida e’tirof etish lozim. Chunki respublikamiz soliq qonunchiligiga muvofiq bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim bo‘lgan sohalar alohida tartib bo‘yicha soliqqa tortilib kelinmoqda.

Shuningdek, mamlakatimiz soliq tizimining muhim xususiyatlari sifatida soliq to‘lovchilarga nisbatan ko‘zda tutilgan imtiyozlarni ham qayd etish mumkin. Jumladan eksport faoliyatini rag‘batlantirishga, xorijiy investitsiyalar kirib kelishini rag‘batlantirishga qaratilgan, aholining ijtimoiy shart-sharoitini hisobga olgan holdagi imtiyozlarni ularning ifodasi sifatida keltirib o‘tish mumkin.

Iqtisodiy adabiyotlarda soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida ikki yo‘nalish: korxona va tashkilotlarga nisbatan soliq siyosati va aholining turli ijtimoiy guruhlari uchun soliq siyosati kabi yo‘nalishlarga bo‘lib o‘rganiladi.30

Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida davlat soliq siyosatining asosiy yo‘nalishi bozor munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan qator ilmiy asoslangan soliqlarni joriy etish va shu orqali mavjud soliq tizimini tubdan qaytadan tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Soliq siyosatining keyingi yo‘nalishi esa joriy etilgan soliqlarni samarali amal qilishini ta’minlash maqsadida soliq munosabatlarini amalga oshiruvchi tegishli muassasalarning tashkil etishga qaratildi. Xususan, dastlab Vazirlar Mahkamasi qoshida Soliq bosh boshqarmasi tashkil etilgan bo‘lsa, 1994 yilga kelib bu boshqarma Davlat Soliq Qo‘mitasiga aylantirildi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Bundan ko‘rinadiki, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida soliq siyosatida asosan tashkiliy jihatlarga e’tibor qaratildi, ya’ni soliqlarni joriy etish va soliq siyosatini bevosita amalga oshiruvchi tegishli muassasalar shakllantirildi.

Bu davrdagi soliq siyosatining asosiy xususiyatlaridan biri soliqlarning ko‘proq fiskal ahamiyat kasb etishida, ya’ni ko‘proq e’tibor davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratildi.

Jahon soliq siyosati tajribasida soliqqa tortishning quyidagi yo‘nalishlariga katta e’tibor beriladi:

1) har xil mulk shakllariga moslangan korxona va tashkilotlarning xo‘jalik yuritishiga mumkin qadar iqtisodiy sharoit yaratish, ularni bozor munosabatlariga kirib borishiga har tomonlama yordamlashish;

2) ijtimoiy-zaruriy umumdavlat vazifalarini bajarish uchun davlatni kerak bo‘lgan moliyaviy manbalar bilan ta’minlash;

3) bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tashkil qilishda qatnashish, ishsizlarni ish bilan ta’minlash, iqtisodiy nochorlarga yordam berish;

4) aholi turmush darajasini zaruriy me’yorda saqlab turish imkonini izlash va ta’minlash, soliqqa tortilmaydigan daromad minimumini vaqti-vaqti bilan oshirib borish. Bunda «iste’mol savatchasi» ma’lumotlarini e’tiborga olish.31

Bugungi kunda respublikamiz soliq siyosatining muhim yo‘nalishlari sifatida yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishni takomillashtirish, bilvosita soliqqa tortish samaradorligini ta’minlash, resurs soliqlariga ko‘proq e’tibor qaratish, soliq tizimining soddaligiga erishish, davlat xarajatlarini optimallashtirish kabilarni qayd etish mumkin.

Respublikamizda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan soliq yukini izchil kamaytirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ko‘p bora ta’kidlanmoqda. Bunda birinchi navbatda ularning daromadlaridan undiriladigan bevosita soliqlarning salmog‘ini kamaytirish lozimligi alohida ahamiyatga ega. Buning natijasida, korxonalar ixtiyorida qoladigan mablag‘lar ulushining ko‘payishi evaziga uning aylanma mablag‘lari miqdorini ko‘paytirib borish va optimal darajasini saqlash, ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish, uning samaradorligini oshirish maqsadida ko‘proq investitsiya kiritish, xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish imkonini beradi.

Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortilishini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan soliq stavkalarini kamaytirish va aholi daromadlarini soliqqa tortishning uch bosqichli tizimidan ikki bosqichli tizimiga asta sekin o‘tish kontseptsiyasini davom ettirish vazifasi turibdi.

Bevosita soliqlar bo‘yicha soliq yukini izchil kamaytirish soliq siyosatining samaradorligini YaIM ga nisbatan ular tushumining barqaror kamayishi tendentsiyasi ham isbotlaydi. Soliq tizimini takomillashtirishda ustuvor ahamiyat bilvosita soliqqa tortishga qaratilgan. Bilvosita soliqlar tovarlarga nisbatan qo‘shimcha bo‘lgani holda, pirovard natijada ishlab chiqaruvchining moliyaviy holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmaydi hamda ishlab chiqarishni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmaydi.

Resurs soliqlari er, suv va boshqa tabiiy boyliklardan samarali foydalanishni ta’minlovchi amaliy vosita bo‘lgani holda bozor iqtisodiyotida tabiiy resurslardan foydalanish va kelajak avlodlar uchun saqlash borasida muhim rol o‘ynaydi.

Soliqqa tortish tizimini takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri soliq tizimini tartibga solish, soliq turlarini kamaytirish, hisob-kitob mexanizmini soddalashtirish va ular bo‘yicha to‘lov davriyligini kamaytirish hisoblanadi.

Soliq siyosati choralarini ishlab chiqishda eng muhim vazifalardan biri davlat xarajatlarini o‘z vaqtida va mo‘ljallangan hajmda moliyalanishi uchun soliq tushumlarining etarliligi hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, soliq yukini kamaytirish borasidagi siyosatni byudjetning xarajatlar qismini optimallashtirish choralari bilan qo‘shib olib borilishini taqozo etadi.32
Tayanch so‘z va iboralar


  1. Soliq siyosati.

  2. Soliq kontseptsiyasi.

  3. Jaxon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida soliq siyosati.

  4. Soliq siyosati strategiyasi.

  5. Soliq siyosati taktikasi.

  6. Soliq siyosati yo‘nalishlari.

  7. Jahon soliq siyosati.



O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar

  1. Soliq siyosatiga ta’rif bering?

  2. Soliq siyosatining huquqiy asoslarini ifodalab bering?

  3. Soliq kontseptsiyasi nima?

  4. Soliq siyosati strategiyasiga ta’rif bering?

  5. Soliq siyosati taktikasi nima?

  6. Soliq siyosati xususiyatlari va yo‘nalishlarini tushuntirib bering?



8-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining nazariy asoslari (4 soat)
Reja:

  1. Soliq tizimining mohiyati va ahamiyati.

  2. Soliq tizimini guruhlash tartibi.

  3. To‘g‘ri va egri soliqlar.

  4. Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlar.

  5. Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va yig‘imlar.

  6. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari.

1. Soliq tizimining mohiyati va ahamiyati

Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig‘indisi soliq tizimini tashkil etadi. Bu ta’rif soliq tizimini keng ma’noda tushunishdir. Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor ma’noda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega bo‘lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yig‘im, boj va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘indisi soliq tizimi deb ataladi. Soliq tizimiga nisbatan bunday yondashuvni ayrim adabiyotlarda ham keltirilganligini ta’kidlash o‘rinli. Qayd etilgan ta’rifda soliq va yig‘imlar yagona mohiyat, ya’ni «majburiy xarakterga ega bo‘lgan munosabat» va ularning bir-biri bilan bog‘liqligi va nihoyat byudjetga tushishligini ko‘rsatadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu erda bahsli masala ham mavjud, ya’ni davlatning byudjetdan tashqari fondlariga (pensiya, ijtimoiy sug‘urta, bandlik, yo‘l fondlari va boshqalar) to‘lovlarni ham majburiylik nuqtai nazardan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud.33

Soliqlar bo‘yicha izlanishlar olib borgan ayrim mualliflarning soliq tizimiga yondashuvi boshqacha. Soliq tizimiga xususan soliqlar yoki ularga tenglashtirilgan to‘lovlar tizimi (majmui) sifatida qarash mumkin emas. Soliq solishning muhim shart-sharoitlariga quyidagilar kiradi: soliqlarni belgilash va amalga kiritish tartibi, soliqlarning turlari, ularni byudjet darajalari o‘rtasida taqsimlash tartibi, soliq nazoratini amalga oshirish shakllari va uslublari, soliq to‘lovchilarning huquqlari, majburiyatlari, ular manfaatlarini himoya qilish usullari, soliq munosabatlari ishtirokchilarining javobgarligi34 va shu birga ushbu elementlar soliq tizimining tarkibiy unsurlari ekanligini ta’kidlaydi va soliq tizimi deganda ana shu elementlarning majmuasidan iborat bo‘lgan va ular o‘rtasidagi munosabatlar majmuasidan kelib chiqib ifodalash mumkin.

Umuman olganda soliq tizimini tarkiban soliqqa tortish tamoyillari, soliq siyosati, soliqqa tortish tizimi, soliq mexanizmi kabilarga ajratish mumkin. Ushbu elementlar bevosita mamlakatda amal qilayotgan soliqlarning tarkibini belgilab beradi.



2. Soliq tizimini guruhlash tartibi

Soliq tizimining asosi bo‘lgan soliqlar o‘ziga xos xususiyatlariga, bir qator belgilariga ko‘ra guruhlanadi. Soliqlarning guruhlanishi ularning ob’ektiga, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga, undirilish usullari, paydo bo‘lishiga (sub’ektiga), byudjetga yo‘naltirilishiga va boshqa belgilariga ko‘ra ularning tasniflanishidir.

Soliqlarni bunday tartibda guruhlarga ajratishdan maqsad ularni taqsimlash tamoyillarini belgilashda, ularning soliq funktsiya va vazifalarini qay darajada bajarayotganligini baholashda, umuman olganda davlat byudjetini doimiy ravishda va muntazam daromadlar bilan ta’minlashda, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tadbirkorlik faoliyatini cheklab qo‘ymasdan faoliyat ko‘rsatishi uchun soliqlarning har tomonlama ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish, tahlil qilishdan iborat.

Tarixan soliqlar ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga qarab yoki boshqacha qilib aytganda undirib olish manbasiga qarab ikki guruhga to‘g‘ri va egri soliqlar guruhlariga bo‘linadi. Soliqlarni belgilaydigan va ulardan tushgan mablag‘ni tasarruf etishiga, ya’ni byudjetga o‘tkazish nuqtai-nazaridan soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linadi. Shuningdek, soliqlar paydo bo‘lish manbaiga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga bo‘linadi. Soliqlarning qayd etilgan guruhlarga ajartib o‘rganishni alohida savol sifatida kengroq yoritishga harakat qilamiz.

Shu o‘rinda soliqlarni guruhlashning ayrim turlarini ko‘rib chiqamiz. Soliqlarni ob’ekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatishni o‘rganishning ilmiy va amaliy uslubidir.

Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab uch guruhga bo‘linadi:

1. Oborotdan olinadigan soliqlar. Bunda soliqlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari, yig‘imlari va boshqalar kiradi.

2. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Bunday soliqlar soliq to‘lovchi sub’ektlar tasarrufida mavjud bo‘lgan mol-mulkdan, erdan va boshqalarga nisbatan belgilanadigan soliqlardan iborat.

3. Daromaddan olinadigan soliqlar. Bunga yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i, infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i va boshqalar kiradi.

Mamlakatimizda amal qilayotgan soliqlarning ayrimlari koxonalar ho‘jalik faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasidan byudjetga to‘lanadigan aksariyat soliqlar va majburiy to‘lovlar kelgusi davr xarajatlari orqali ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo‘shiladi (er solig‘i, mol-mulk solig‘i, ekologiya solig‘i va boshqalar). Shu o‘rinda soliqlarni guruhlashning asosi hisoblangan, ularni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga qarab quyidagilarga ajratishimiz mukin:

1. Tovar (ish, xizmat) lar oborotidan to‘lanadigan soliqlar. Bunday soliqlarga asosan egri soliqlar kiradi, ya’ni qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari.

2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan soliqlar: pensiya fondiga ajratmalar, kasaba uyushmalari federatsiyasiga ajratmalar, bandlik fondiga ajratmalar va boshqalar.

3. Davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar: mol-mulk solig‘i, er solig‘i, ekologiya solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalar.

4. Korxonalar foydasidan to‘lanadigan soliqlar: daromad (foyda) solig‘i, infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq va boshqalar.


3. To‘g‘ri va egri soliqlar

Soliqlarni to‘g‘ri va egri soliqlarga guruhlanishi soliqqa tortish ob’ektiga, to‘lovchi bilan davlatning o‘zaro munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. To‘g‘ri soliqlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning bahosida to‘lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va xizmatlarning egasi ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga o‘tkazadi.

Daromadlar oladigan (mol-mulkka va shu kabilarga egalik qiladigan) xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar to‘g‘ri soliqlarning pirovard to‘lovchisi hisoblanadi, narxlarga ustamalar orqali soliq yuki yuklab qo‘yiladigan tovarning iste’molchisi esa, egri soliqlarning pirovard to‘lovchisi hisoblanadi.

Amaliyotda nafaqat egri soliqlar, shu bilan birga to‘g‘ri soliqlarni ham iste’molchilar zimmasiga o‘tkazish imkoniyati mavjuddir. Masalan, korxonalar to‘laydigan soliqlar yuki inflyatsiya davrida ko‘pincha narx-navoni oshirib yuborish orqali iste’molchilar zimmasiga yuklab boriladi.

To‘g‘ri soliqlarga tortishda mablag‘larning safarbar qilinishi yangi qiymatni taqsimlash paytida boshlanadi. Davlat daromad olingan paytdayoq uning bir qismiga o‘z huquqlarini da’vo qiladi.

Soliq to‘lovchining daromadi (ish haqi, foyda, foizlar va hokazo) va uning mol-mulkining (er, uylar, qimmatli qog‘ozlar va hokazo) qiymati to‘g‘ri soliqlar ob’ekti bo‘ladi. Soliqqa tortishning bu shakli egri soliqlarga nisbatan birmuncha progressivdir, chunki u soliq to‘lovchining daromadliligini, oilaviy ahvolini hisobga oladi, soliq daromadni olish bosqichida undiriladi. Bundan tashqari, to‘g‘ri soliqlarga tortishda soliq to‘lovchi o‘z solig‘ining summasini aniq biladi.

Tarixiy jihatdan olganda to‘g‘ri soliqlar XVIII asrda va XIX asrning birinchi yarmida shakllandi, ular faqat XX asrda keng ommalashdi.

To‘g‘ri soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo‘linadi.

Real soliqlar soliq to‘lovchi mol-mulkining ayrim turlaridan (er, uylardan) kadastr asosida undiriladi, to‘lovchining haqiqiy daromadliligini emas, balki o‘rtacha daromadliligini hisobga oladi. Soliqqa tortish ob’ektiga qarab quyidagilar real soliqlarga kiradi: erga oid, uy-joylarga doir, kasb-hunarga tegishli, qimmatli qog‘ozlardan olinadigan soliqlar. Real soliqlar tashqi belgilarga asoslanadi, soliqqa tortish mol-mulkning kadastr bo‘yicha aniqlanadigan o‘rtacha daromadliligi bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra bunday soliqlar regressiv tusga egadir.

Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, davlat faoliyatining kengayishi shaxsiy soliqlarga o‘tilishini taqozo etdi, chunki real soliqlar fiskal jihatdan ham, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ham foydali bo‘lmay qoldi. Real soliqqa tortishning ayrim unsurlari, odatda, mahalliy soliqlar tizimida asosan sanoat jihatdan taraqqiyot etgan mamlakatlarda saqlanib qolgan. Shaxsiy soliqlar ravnaq topmoqda, bular daromadlar manbaida yoki deklaratsiya bo‘yicha undiriladigan jismoniy va yuridik shaxslarning daromadlari va mol-mulkidan olinadigan soliqlardir. Real soliqdan farqli ravishda shaxsiy soliqqa tortishda ob’ekt (daromad, mol-mulk) har bir to‘lovchi uchun yakka tartibda hisoblab chiqiladi, uning moliyaviy ahvoli (oila soni, qarzdorlik va hokazo) e’tiborga olinadi. Rivojlangan mamlakatlarda soliqqa tortish ob’ektiga qarab shaxsiy soliqlarning quyidagi turlari farqlanadi: daromad solig‘i, pullik sarmoyalardan tushadigan daromadlardan olinadigan soliq, sarmoyaning o‘sishidan olinadigan soliq, korporatsiyaning foydasidan olinadigan soliq, merosdan va sovg‘a qilishdan olinadigan soliq, mol-mulkdan olinadigan soliq, jon boshiga olinadigan soliq va hokazo.

Egri soliqlar bahoga yoki tarifga ustama sifatida belgilanadigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlardir. Egri soliqlarga tortishda davlat tovar yoki xizmatlarning sotilishi paytida ushbu qiymatning bir qismiga o‘z huquqlarini da’vo qilish bilan aslida yangi qiymatning taqsimlanishining ishtirokchisi bo‘lib qoladi. Egri soliqlar to‘g‘ri soliqlardan farqli ravishda to‘lovchining daromadi yoki mol-mulki bilan bevosita bog‘liq bo‘lmaydi. Tovarlar, odatda, shaxsiy iste’mol tovarlari, shuningdek xizmat ko‘rsatish sohasining (sartaroshxonalar, hammomlar, kimyoviy tozalash xizmatlari) pullik aylanmasi, tomosha ko‘rsatadigan va transport korxonalarining pattalari va shu kabilar soliqqa tortish ob’ekti bo‘ladi. Egri soliqlarga tortiladigan tovarlar va xizmatlar soni muntazam kengayib bormoqda.

Xaridor-iste’molchi egri soliqlarning to‘lovchisi bo‘ladi. Tovarning sohibi yoki xizmatlar ko‘rsatadigan shaxs aslida soliqni yig‘uvchi hisoblanadi. Egri soliqlarning anchagina qismi mulkdor tomonidan tovarning yoki xizmatlarning narxiga qo‘shiladi. Davlat korxonalari va monopoliyalar soliqning butun summasiga narxlarni oshirish bo‘yicha juda katta imkoniyatlarga egadir. Tarmoq ichidagi raqobat yuksak bo‘lganida va talab barqaror bo‘lmagan holda soliqning muayyan hissasi tovarning ishlab chiqaruvchisi va sotuvchi tomonidan to‘lanadi. Egri soliqlarning asosiy to‘lovchisi pirovard oqibatda iste’molchilar bo‘ladilar.

Egri soliqlar daromadlilikni, oilaviy ahvolni hisobga olmaydi. Hamma fuqarolar o‘z daromadlarining miqdoridan qat’iy nazar, bunday soliqlarni to‘laydilar, chunki egri soliqlarga tortiladigan turmush uchun zarur bo‘lgan tovarlarni iste’mol qilishadi va xizmatlardan foydalanishadi.

Egri soliqlarning stavkalari qat’iy (tovar o‘lchamining birligiga) va foizli (tovarning narxiga muayyan hissada) bo‘ladi. Foizli stavkalar davlat uchun ko‘proq foydalidir, chunki narxlar oshganida soliq tushumlari ham ko‘payadi. Soliq stavkalarining oshirilishi ularning tovarlarning narxidagi hissasining ortishiga olib keladi.

Egri soliqlar aktsizlarni, davlatning fiskal monopoliyalarini va bojxona bojlarini o‘z ichiga oladi. Aktsizlar undirilish usuliga qarab yakka tartibdagi (pivoga, shakarga, benzinga va hokazo) va universal (qo‘shilgan qiymat solig‘i va boshqalar) turlarga bo‘linadi.

Ular asosan xo‘jalik aktlaridan va aylanmalardan, moliyaviy operatsiyalardan kelib chiqadi.

Soliqlarning ayrim turlarining nisbati jamiyatning rivojlanishiga qarab o‘zgardi. XIX asrda va XX asr boshida undirilishining soddaligi bilan ajralib turadigan egri soliqlar asosiy ahamiyat kasb etgan edi. 20-yillardan boshlab ko‘pgina mamlakatlarda to‘g‘ri soliqlar ko‘proq ahamiyat kasb eta boshladi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng rivojlangan mamlakatlarning soliq tizimida to‘g‘ri soliqlar alohida ahamiyatga ega bo‘lib qoldi, daromad solig‘i va korporatsiyalarning foydasidan olinadigan soliq ular ichida asosiy o‘rin tutardi.

Yuqoridagilardan kelib chikib, xulosa kilganimizda, to‘g‘ri soliqlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqning huquqiy va haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs hisoblanadi.

Egri soliqlarning huquqiy to‘lovchisi mahsulotni ortuvchilar, ish, xizmatni bajaruvchilar hamda xizmat ko‘rsatuvchilar, haqiqiy to‘lovchisi esa iste’molchilar hisoblanadi.

Respublikamizda amal kilayotgan soliqlar hozirgi kunda yalpi ichki maxsulotning qariyb uchdan bir qismini taqsimlab, byudjetga jalb etadi va u orqali davlatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari moliyalashtirishga yunaltiriladi. So‘nggi yillarda to‘g‘ri soliqlarning salmog‘i yalpi ichki mahsulot qiymatida bir oz kamayib, egri soliqlar salmog‘i oshgan. Bu erda hozirgi sharoitda to‘g‘ri tendendiya mavjuddir, chunki egri soliqlar to‘g‘ridan- to‘g‘ri korxonaning investitsion faoliyatining susayishiga olib kelmaydi. To‘g‘ri soliqlar salmog‘i YaIM qiymatida pasayishi korxonalarning moddiy-texnikaviy bazasini kengayishiga, qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishiga imkon yaratadi.

Keyingi yillarda resurs soliqlarining salmog‘i ham ancha oshmoqda. Ular er, suv, va boshqa resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Soliqlarning roli yuqoridagi jadvalda o‘z ifodasini topgan.

Hozirgi kunda mamlakatimizda amal qilayotgan to‘g‘ri va egri soliqlar tarkibiga quyidagi soliqlar kiradi:



1- jadval

To‘g‘ri soliqlar

Egri soliqlar

1. Yuridik shaxslar foydasidan (daromadidan) olinadigan soliq

2. Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq

3. Er solig‘i

4. Mol-mulk solig‘i

5. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

6. Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig‘i va boshqalar.



1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i

2. Aktsiz solig‘i

3. Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq

4. Bojxona to‘lovlari va boshqalar.



1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət