Ana səhifə

Soliqlar va soliqqa tortish


Yüklə 1.88 Mb.
səhifə1/31
tarix26.06.2016
ölçüsü1.88 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOShKENT MOLIYA INSTITUTI

SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH”



KAFEDRASI

SOLIQ NAZARIYASI” FANIDAN





O’QUV - USLUBIY

MAJMUA


Bilim sohasi:

300000 - “Ijtimoiy fanlar, iqtisod va huquq”.







Ta‘lim yo‘nalishlari:

5340800 - “Soliqlar va soliqqa tortish”.



Tuzuvchilar:


prof. A.Jo’raev




dots.v.b. G’.Safarov




dots.v.b. M.Usmanova




k. o’q. N.Yakubova

TOSHKENT-2012

“Soliq nazariyasi”fanidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua kafedra yig‘ilishida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan (2012 yil 1 iyundagi 19-sonli bayonnoma).



Kafedra mudiri: prof. Jo‘raev A.S.
“Soliq nazariyasi” fanidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua fakultet Ilmiy kengashida muhokama etilgan va nashrga tavsiya qilingan (2012 yil 2­ iyundagi 10-sonli bayonnoma).


Kengash raisi: dots. Radjabov U.A.

“Soliq nazariyasi” fanidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua Institut ilmiy-uslubiy Kengashida muhokama etilgan hamda nashrga tavsiya qilingan (2012 yil 20 iyundagi 5-sonli bayonnoma)



Kengash raisi: prof. Karimov A.A.

Soliq nazariyasi” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy



majmuadagi materiallar

RO‘YXATI


  1. Namunaviy o’quv dasturi

  2. Ishchi o’quv dasturi

  3. Ta’lim texnologiyasi

  4. Masalalar va mashqlar to’plami

  5. Testlar

  6. Nazorat uchun savollar (JN,ON,YaN)

  7. Umumiy savollar

  8. Tarqatma materiallar

  9. Glossariy

  10. Referat mavzulari

  11. Adabiyotlar ro’yxati

  12. Tayanch konspekt

  13. O’quv materiallari(ma’ruza matni, o’quv qo’llanma)

  14. Xorijiy manbalar

  15. Kurs ishlari mavzulari

  16. Annotatsiyalar

  17. Mualliflar haqida ma’lumot

  18. Foydali maslahatlar

  19. Normativ hujjatlar

  20. Baholash mezonlari


1. NAMUNAVIY O’QUV DASTURI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI


Ro’yxatga olindi

№ ______________

«__» _______ 2006 y.





Tasdiqlandi

O’z.R.OO’MTV


_________________

«__»_________ 2006 y.






SOLIQ NAZARIYASI

FANIDAN DASTUR


Oliy ta’limning 340000 -“Biznes va boshqaruv”

ta’lim sohasidagi 5340800 - “Soliqlar va soliqqa tortish”

bakalavriat yo’nalishi uchun




T
oshkent-2006




Tuzuvchilar:

Jo’raev A.S. – TMI, i.f.d., prof. v.b.




G’apporov A. – DSQ bo’lim boshlig’i




Meyliev O.R. – TMI, k.o’q.




Safarov G’.A. – TMI, k.o’q.













Taqrizchilar:

Jamolov H. – TMI, i.f.n., dots.




Komilov M. – DSQ boshqarma boshlig’i

Dastur Toshkent moliya instituti qoshidagi oliy o’quv yurtlararo ilmiy- uslubiy Kengashida ko’rib chiqilgan va Muvofiqlashtiruvchi kengash muhokamasiga tavsiya qilingan (28 aprel 2006 yil 5-sonli yig’ilish bayoni).

Muvofiqlashtiruvchi kengashning ____ qaydnomasi bilan tasdiqqa tavsiya etilgan.

Kirish

Mamlakatimizda iqtisodiyotni yuksaltirish davrida soliqlar va ularga tenglashtirilgan to’lovlar davlat byudjetining asosiy daromad manbasi hisoblanadi. Shuning uchun ham soliqlar va soliqqa tortish ixtisosligi talabalari soliqlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi, soliqlar va soliqqa tortishga doir bo’lgan turli xil qarashlar, nazariyalar, soliqlarning iqtisodiy mohiyati, xususiyatlari, ularning ob’ektiv zarurligi, soliq siyosatining nazariy masalalari, soliq elementlari, soliq tizimi, soliqlarning makroiqtisodiy holatga ta’siri, soliq ma’murchiligini tashkil etishning nazariy asoslari, soliqqa oid nazariy ko’nikmalar orttirish va shu asosda mukammal bilimga ega bo’lish, etuk mutaxassis bo’lib etishish bugungi davr talabidir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining tadrijiy rivojlanishi va Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan soliq siyosatidagi ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish ushbu soha mutaxassislaridan chuqur iqtisodiy bilimga ega bo’lishni talab etadi. Bu esa, soliq qonunchiligi asoslari, soliqlar va soliqqa tortish, soliqni prognoz qilish va boshqa iqtisodiy fanlarni ham mukammal o’rganishni taqozo qiladi.

Fan bo’yicha baholash me’zonlari oldindan berilib, ma’ruza va seminar mashg’ulotlari davomida soliq imtiyozlarini belgilash usullari, soliq tizimini tavsiflovchi jadvallar, slaydlar, tarqatma materiallar hamda ko’rgazmali qurollar qo’llanishi hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o’tkazish talab etiladi.Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, tamoyillari va soliq elementlari

Soliqlar va soliqqa tortishning vujudga kelish davrlari. Soliqlarning rivojlanish bosqichlari. Markaziy Osiyoda soliqlarning paydo bo’lishi. Amir Temur va temuriylar davlatchiligida soliqlar. Mustaqil O’zbekiston davlati soliq tizimini shakllantirish shart-sharoitlari va xususiyatlari. Iqtisodiy ta’limotlarda soliqlar va soliqqa tortishga oid g’oyalar va nazariyalar. Soliqqa tortish to’g’risidagi qarashlarning shakllanishi. Klassik iqtisodiy nazariyalarda soliqlar. O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida soliq nazariyalarining ifodalanishi. Soliq tushunchasi va iqtisodchi-olimlar qarashlari. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati. Soliqlarning tavsifi va umumiy belgilari. Soliqlarning funktsiyalari. Soliqlar oldiga qo’yilgan vazifalar. Soliqlarning funktsiyalariga doir iqtisodchilar qarashlari. Soliqlar, yig’imlar, boshqa soliqsiz to’lov tushunchalarining o’zaro bir-biridan farqlanishi. Soliqlar va soliqqa tenglashtirilgan boshqa majburiy to’lovlarga soliq to’lovchilar va davlat nuqtai-nazaridan yondashish. Soliqqa tortish tamoyillari. Soliqqa tortishning iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy tamoyillari. O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatida soliqqa tortish tamoyillari. Soliq elementlari mohiyati va ularning tarkibi. Soliq munosabatlari va ularning ishtirokchilari. Soliq imtiyozlari. Soliqni to’lash muddatlari. Soliqni undirish usullari. Soliq bazasini hisoblash usullari. Soliq yuki. Soliq mexanizmi.Soliq siyosati va uning asosiy yo’nalishlari

Soliq siyosati tushunchasi va uning mohiyati. Soliq siyosatining shakllari: yuqori soliqlar; iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan soliqlar; oqilona soliqlar. Soliq kontseptsiyasi. Soliq siyosati strategiyasi va taktikasi. Soliq siyosatini tartibga solish vositalari: soliq stavkasi; soliq imtiyozlari; soliqlar bo’yicha jarimalar; soliq bazasini shakllantirish tartibi. O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatining huquqiy asoslari, xususiyatlari. Respublika soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari. Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat hokimiyati organlarining roli va ularning vakolatlari. Soliq siyosatini amalga oshirishda soliq xizmati organlarining o’rni va ularning boshqa moliya institutlari bilan hamkorligi. O’zbekiston va xalqaro soliq siyosati: umumiylik va o’ziga xoslik. Soliq siyosati va uning makroiqtisodiy samarasi. Soliq siyosatining yalpi talab va yalpi taklifga, investitsion muhitga, iste’molga, iqtisodiy barqarorlikka ta’siri. Soliq yuki muammosi. Soliq yukini aniqlash: jahon tajribasi va O’zbekiston amaliyoti.

O’zbekiston Respublikasi soliq tizimining shakllanishi

Soliq tizimining mohiyati. Soliq tizimining tarkibi va uning unsurlari. Soliq tizimini guruhlanish tartibi. Soliqlar va soliqqa tenglashtirilgan majburiy to’lovlarning guruhlanishi: iqtisodiy mohiyatiga ko’ra; byudjetga tushishiga ko’ra; soliq to’lovchilari nuqtai-nazaridan. To’g’ri va egri soliqlarning bir-biridan farqi. O’zbekiston Respublikasida soliq tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlari. O’zbekiston soliq tizimining rivojlangan davlatlar soliq tizimi bilan o’xshashlik va farqli jihatlari. Soliq xizmati organlari ishini ilmiy asosda tashkil qilish. Soliq organlari faoliyatining huquqiy asoslari. O’zbekiston Respublikasi soliq organlarining tarkibiy tuzilishi. Davlat soliq qo’mitasining funktsiya va vazifalari. Davlat soliq xizmati organlarining huquq va majburiyatlari. Soliq xizmati organlarining boshqa muassasalar bilan munosabatlari. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Seminar mashg’ulotlari


Soliqlar va soliqqa tortishning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi, iqtisodiy ta’limotlarda soliqlar va soliqqa tortishga oid g’oyalar va nazariyalar, soliqqa tortish to’g’risidagi qarashlarning shakllanishi., soliqlarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari, soliqlarning tavsifi va umumiy belgilari, soliqqa tortish tamoyillari, soliqlar va soliqqa tortish nazariyasining elementlari, soliq siyosati va uning asosiy yo’nalishlari, soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda davlatning roli, O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi va uning shakllanishi, soliq tizimini guruhlash tartibi, soliqlar va makroiqtisodiy holatning uzviy bog’liqligi, soliq siyosatining yalpi talab va yalpi taklifga, investitsion muhitga, iste’molga, iqtisodiy barqarorlikka ta’siri, soliq ishini tashkil etish asoslari, davlat soliq xizmati organlari funktsiya va vazifalari.

Mustaqil ish
Soliqlarni joriy etishning asosiy tamoyillari va ularning ahamiyati, soliqlar va soliqsiz to’lovlar, ularning o’xshash va farqli jihatlari, soliq siyosati va uning asosiy yo’nalishlari, soliqlarni undirish usullari va ularning amaliyotda qo’llanilishi, soliq imtiyozlari va ularning turlari, I.A.Karimov asarlarida soliqqa oid muammolarni aks ettirilishi, soliqlarning guruhlanish asoslari, to’g’ri soliqlar va ularning xususiyatlari, egri soliqlar va ularning xususiyatlari, iqtisodiy erkinlashtirish va soliq siyosati, ularning o’zaro muvofiqlashtirish masalalari, soliq imtiyozlarini belgilashning asosiy mezonlari, soliq stavkalari, uning iqtisodiyotni boshqarishdagi roli, Amir Temur va temuriylar davrida soliq siyosati va uning avvalgi davrlar soliq siyosatidan farqi, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekiston Respublikasi soliq tizimining o’ziga xos xususiyatlari, O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni rivojlantirishda soliq imtiyozlarining ahamiyati, O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatiniing asosiy yo’nalishlari, soliq yuki tushunchasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq munosabatlarini takomillashtirish, soliqlarning umumiy belgilari va funktsiyalari, umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig’imlar, ularning bog’liqlik va farqli jihatlari, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar hamda yig’imlar, ularning mohiyati, soliq elementlari, mohiyati va tarkibi, soliqlarning fiskal funktsiyasi va uning ahamiyati, soliq mexanizmi va uning tarkibiy tuzilishi, investitsiyalarni rag’batlantirishda soliqlarni tutgan o’rni, soliq xizmati organlarining tarkibi va asosiy funktsiyalari.


Darsliklar va o’quv qo’llanmalar

Asosiy

1. Vahobov A., Jumaev N., Burxanov U. Xalqaro moliya munosabatlari: Darslik. –T.: Sharq, 2003. – 400 b.

2. Jo’raev A.S, Meyliev O.R, Safarov G’.A. Soliq nazariyasi: O’quv qo’llanma. –T.: TMI, 2004. - 210 b.

3. Mamanazarov A. Soliq siyosati: O’quv qo’llanma. –T.: Moliya, 2003. – 148 b.

4. Sobirov H.R. O’zbekistonning davlat moliyasi tarixi: O’quv qo’llanma. –T.: Ta’lim manbai jamiyati, 2002. – 152 b.

5. Finansi: Uchebnik. Pod red. L.A.Drobozinoy. –M.:YuNITI, 2003.–350 s.

6. Xvan L.B. Soliq huquqi: O’quv qo’llanma. –T.:Konsauditinform, 2001. –432 b.

7. Yutkina T.F. Nalogi i nalogooblojenie: Uchebnik. 2-e izd., pererab. i dop. –M.: INFRA–M, 2002. – 576 s.

8. Yahyoev Q.A. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti: Darslik. –T.: Fan va texnologiyalar markazi, 2003. – 247 b.

9. Haydarov N. Moliya: O’quv qo’llanma. –T.: Akademiya, 2001. –72 b.


Qo’shimcha

11. Jo’raev A.S. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo’llari: Monografiya. –T.: Fan nashriyoti, 2004. –243 b.

12. Malikov T.S. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari: Monografiya. –T.: Akademiya, 2002. – 204 b.

13. Toshmurodova B. Soliqlar vositasida iqtisodiyotni boshqarish mexanizmi: Monografiya. –T.: Yangi asr avlodi, 2002.–127 b.

14.Internet saytlari:

http://www.nalog.uz//

http://www.mf.uz//

http://www.cer.uz//

http://www. bearingpoint.uz//

http://www.gov.uz//




2. ISHCHI O’QUV DASTURI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA‘LIM VAZIRLIGI



“Kelishildi”

O‘zR. DSQ Soliq akademiyasi o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori

__________ B.K.Tuxliev

«___» _________ 2012 y.



O‘quv-uslubiy boshqarma

tomonidan ro‘yxatga olindi


№________________
«___»_________ 2012 y.

Toshkent moliya instituti

rektorining 2012 yil

20 iyundagi 149-sonli buyrug‘i bi­­lan

tasdiqlangan







SOLIQ NAZARIYASI



ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 300000 - “Ijtimoiy fanlar, iqtisod va huquq”.
Ta‘lim sohasi: 340000 - “Iqtisod va biznes”.
Ta‘lim yo‘nalishi: 5230800 - “Soliqlar va soliqqa tortish”.


TOSHKENT-2012

Annotatsiya
Mazkur ishchi dastur soliq nazariyasining fan sifatida shakllanishi va rivojlanish tarixi, fanning asosiy usullari va tamoyillari, soliqlarning mohiyatini chuqurroq bilish maqsadida soliq tizimining amaldagi holatini o’rganish va soliqqa tortishni takomillashtirish, soliqlarning nazariy masalalari, soliqlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi, soliqqa tortishga doir turli qarashlar, soliqlarning ob’ektiv zarurligi, soliq siyosati va uning yo’nalishlari, soliqlarning makroiqtisodiy holatga ta’siri, soliq ishini tashkil etishning nazariy asoslari kabi masalalarni qamraydi.


Tuzuvchilar:

Jo‘raev A.S.

-

TMI, “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor




Safarov G‘.A.

-

TMI, “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi dotsenti, i.f.n.




Usmanova M.S.

-

TMI, “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi dotsenti, i.f.n.




Yakubova N.X.

-

TMI, “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi katta o‘qituvchisi













Taqrizchilar:

Haydarov N.H.

-

TMI, Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, i.f.d., professor




Kuzieva N.R.

-

O‘zR. Davlat soliq qo‘mitasi Soliq akademiyasi “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət