Ana səhifə

Soliqlar va soliqqa tortish


Yüklə 1.88 Mb.
səhifə25/31
tarix26.06.2016
ölçüsü1.88 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31

4-bob. Soliq munosabatlari sub’ektlarining huquq va majburiyatlari




31-modda. Soliq to’lovchilarning huquqlari

Soliq to’lovchilar quyidagi huquqlarga ega:

davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlardan amaldagi soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlaridagi o’zgarishlar haqida axborot olish;

o’z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan davlat soliq xizmati organlari hamda boshqa vakolatli organlardagi mavjud ma’lumotlarni olish;

soliq munosabatlari masalalari yuzasidan o’z manfaatlarini shaxsan yoki o’z vakili orqali ifoda etish;

ushbu Kodeksda, boshqa qonunlar va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilab qo’yilgan asoslar mavjud bo’lgan taqdirda hamda tartibda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlardan foydalanish;

soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar, penya va jarimalarning ortiqcha to’langan yoki undirilgan summalarini hisobga olish yoki qaytarib olish;

ushbu Kodeksda hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan shartlarda va tartibda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashni kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lash;

soliq solish ob’ektini hisobga olishda, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish hamda to’lashda o’zlari yo’l qo’ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish;

soliq tekshiruvlari materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomalarini olish;

soliq tekshiruvlarini amalga oshirayotgan davlat soliq xizmati organlariga soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini bajarishga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;

davlat soliq xizmati organlarining, boshqa vakolatli organlar va ular mansabdor shaxslarining ushbu Kodeksga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo’lmagan hujjatlari hamda talablarini bajarmaslik;

davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;

davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari tufayli etkazilgan zararning o’rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish.

Soliq to’lovchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

Soliq to’lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo’lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq to’lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi.

Soliq to’lovchi vakillarining mazkur soliq to’lovchining soliq munosabatlaridagi ishtiroki munosabati bilan sodir etilgan harakati (harakatsizligi) soliq to’lovchining harakati (harakatsizligi) deb e’tirof etiladi.

32-modda. Soliq to’lovchilarning majburiyatlari

Soliq to’lovchilar:

o’z soliq majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq hajmda bajarishi;

qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi;

davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;

soliq tekshiruvlari o’tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati organlariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish, to’lash bilan bog’liq hujjatlar hamda ma’lumotlarni taqdim etishi;

davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to’sqinlik qilmasligi shart.

Soliq agentlari ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:

soliq to’lovchilarga to’lanadigan mablag’lardan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’g’ri va o’z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga o’tkazishi;

soliq to’lovchilarga to’langan daromadlarning, ushlab qolingan hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga o’tkazilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning hisobini yuritishi, shu jumladan har bir soliq to’lovchi bo’yicha alohida-alohida hisob yuritishi shart.

Qonun hujjatlariga muvofiq soliq to’lovchilar zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.

33-modda. Vakolatli organlarning huquq va majburiyatlari

Vakolatli organlarning huquq va majburiyatlari ushbu Kodeks hamda boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.



II Bo’lim.

Soliq majburiyatini bajarish




5-bob. Soliq majburiyatini bajarishning umumiy qoidalari

34-modda. Soliq majburiyati

Soliq to’lovchining soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga keladigan majburiyati soliq majburiyati deb e’tirof etiladi.

Soliq majburiyatini bajarish uchun soliq to’lovchi:

ushbu Kodeksda belgilangan hollarda davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishi;

soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarni aniqlashi hamda ularning hisobini yuritishi;

moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi hamda uni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishi;

soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida hamda to’liq miqdorda to’lashi shart.

35-modda. Soliq majburiyatini bajarish tartibi

Soliq majburiyatini bajarish bevosita soliq to’lovchi tomonidan amalga oshiriladi, ushbu Kodeksga va boshqa qonunlarga muvofiq soliq majburiyatini bajarish boshqa shaxsga yuklatiladigan hollar bundan mustasno.

Yuridik shaxsning alohida bo’linmalari bo’yicha soliq majburiyati mazkur alohida bo’linmalar tomonidan, agar ularga alohida mol-mulk ajratilgan bo’lsa va ular mustaqil balansga ega bo’lsa, mustaqil ravishda bajariladi.

Soliq solinadigan mol-mulk ishonchli boshqaruvga topshirilganda boshqaruv muassisi bo’lgan soliq to’lovchining soliq majburiyati, agar bu majburiyat unga boshqaruv muassisi tomonidan yuklatilgan bo’lsa, ishonchli boshqaruvchi tomonidan bajarilishi mumkin.

Soliq majburiyati bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, soliq to’lovchiga nisbatan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda uning bajarilishini ta’minlash choralari qo’llaniladi.

36-modda. Soliq majburiyatini bajarish muddatlari

Soliq majburiyati ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda soliq to’lovchi tomonidan bajarilishi kerak.

Soliq to’lovchi soliq majburiyatini muddatidan ilgari bajarishga haqli.

Soliq majburiyatini bajarish muddatlari kalendar sana yoki vaqt davri (yil, yil choragi, oy, o’n kunlik va kun) o’tishi bilan belgilanadi.

Muddatning o’tishi kalendar sanadan yoki muddatning boshlanishi belgilab qo’yilgan voqea yuz berganidan keyingi kundan boshlanadi. Soliq majburiyati bu majburiyatni bajarish muddatining so’nggi kuni soat yigirma to’rtga qadar bajarilishi kerak.

Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so’nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to’g’ri kelib qolsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.



37-modda. Soliq majburiyatining tugatilishi

Jismoniy shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:

uning vafot etishi bilan;

uni vafot etgan deb e’lon qilish to’g’risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirishi bilan.

Yuridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:

u tugatilganidan keyin;

u qo’shib olish (qo’shib olingan yuridik shaxsga nisbatan), qo’shib yuborish, bo’lish va o’zgartirish orqali qayta tashkil etilganidan keyin.

38-modda. Soliq majburiyati bo’yicha da’vo qilish muddati

Davlat soliq xizmati organi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblashi yoki ularning hisoblangan summasini qayta ko’rib chiqishi mumkin.

Soliq to’lovchi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning ortiqcha to’langan summalarini hisobga olishni yoki qaytarishni talab qilishga haqli.

Soliq majburiyati bo’yicha da’vo qilish muddatining o’tishi fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq to’xtatib turiladi, uziladi va tiklanadi.


1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət