Ana səhifə

Soliqlar va soliqqa tortish


Yüklə 1.88 Mb.
səhifə26/31
tarix26.06.2016
ölçüsü1.88 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31

6-bob. Soliq solish ob’ektlarini va soliq solish bilan bog’liq

ob’ektlarni aniqlash hamda ularning hisobini yuritish




39-modda. Soliq solish ob’ektlarini va soliq solish bilan bog’liq

ob’ektlarni aniqlash hamda ularning hisobi

Soliq va boshqa majburiy to’lovning har bir turi bo’yicha soliq solish ob’ekti hamda soliq solish bilan bog’liq ob’ektlar ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq belgilanadi.

Soliq to’lovchilarning daromadlari hamda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish uchun ular bo’yicha tegishli chegirmalar to’lov to’langan vaqt va pul kelib tushgan sanadan qat’i nazar, ular taalluqli bo’lgan hisobot davrida aks ettiriladi (hisoblab yozish usuli).

Mol-mulkni hisobga olish buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


40-modda. Ayrim hollarda soliq solish ob’ektlarini va soliq

solish bilan bog’liq ob’ektlarni aniqlash

Soliq to’lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo’qotilgan yoki yo’q qilingan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lanishi kerak bo’lgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summasini soliq to’lovchi to’g’risida, shuningdek shunga o’xshash boshqa soliq to’lovchilar to’g’risida o’zlarida mavjud bo’lgan ma’lumotlar asosida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda hisob-kitob qilish orqali aniqlashi mumkin.



41-modda. Hisob hujjatlari. Hisob hujjatlarini tuzish va saqlash


Hisob hujjatlari soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarni aniqlash, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish uchun asos bo’lgan birlamchi hujjatlar, buxgalteriya hisobi registrlari hamda boshqa hujjatlardan iboratdir.

Hisob hujjatlari qog’ozda va (yoki) elektron shaklda tuziladi hamda ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan soliq majburiyati bo’yicha da’vo qilish muddati tugaguniga qadar saqlanadi.

Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning hisob hujjatlarini saqlash majburiyatlari uning huquqiy vorisi zimmasiga yuklatiladi.

Yuridik shaxs tugatilganda hisob hujjatlari tegishli davlat arxiviga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda topshiriladi.


42-modda. Alohida-alohida hisob va uni yuritish qoidalari


Ushbu Kodeksda soliq solishning turli tartibi nazarda tutilgan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan soliq to’lovchilar soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarning alohida-alohida hisobini yuritishlari shart.

Soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarning alohida-alohida hisobi soliq to’lovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida yuritiladi.

Faoliyatning muayyan turiga taalluqli barcha daromadlar va xarajatlar tegishli hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.

Soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarning alohida-alohida hisobi mutanosib usul yoki to’g’ridan-to’g’ri hisobga olish usuli orqali yuritilishi mumkin.

Soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarning alohida-alohida hisobini yuritish usuli yuridik shaxsning butun kalendar yilga mo’ljallangan hisob siyosati bilan belgilanadi hamda yil mobaynida o’zgartirilishi mumkin emas.

Hisobga olishning mutanosib usulida daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa ob’ektlari yoki soliq solish bilan bog’liq ob’ektlar realizatsiya qilishdan olingan sof tushumning umumiy summasidagi faoliyatning muayyan turlari bo’yicha realizatsiya qilishdan olingan sof tushum ulushiga mutanosib tarzda shu muayyan faoliyat turiga kiritiladi.

To’g’ridan-to’g’ri hisobga olish usuli qo’llanilganda daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa ob’ektlari yoki soliq solish bilan bog’liq ob’ektlar faoliyatning qaysi turi amalga oshirilishi bilan bog’liq bo’lsa, shu turga kiritiladi. Bunda faoliyatning biron turiga kiritish mumkin bo’lmagan daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa ob’ektlari yoki soliq solish bilan bog’liq ob’ektlar hisobga olishning mutanosib usuli orqali faoliyatning muayyan turiga kiritiladi.
7-bob. Soliq hisoboti
43-modda. Soliq hisoboti tushunchasi
Soliq hisoboti soliq to’lovchining soliq va boshqa majburiy to’lovning har bir turi bo’yicha yoki to’langan daromadlar bo’yicha hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisob-kitoblarga va soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni o’z ichiga oladigan hujjati bo’lib, u O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda tuziladi.

44-modda. Soliq hisobotini tuzish

Soliq hisoboti qog’ozda va (yoki) elektron hujjatga doir talablarga rioya etilgan holda elektron hujjat tarzida tuziladi.

Soliq hisoboti soliq to’lovchi tomonidan imzolanishi kerak, shuningdek agar u yuridik shaxs bo’lsa, uning muhri bilan tasdiqlanadi. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan soliq hisoboti soliq to’lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Yuridik shaxs – soliq to’lovchi qayta tashkil etilayotganda yoki tugatilayotganda har bir qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan soliq to’lovchiga soliq davri boshlanganidan e’tiboran qayta tashkil etish yoki tugatish tugallangan kunga qadar bo’lgan davr yuzasidan tegishincha topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoxud oraliq tugatish balansi asosida alohida-alohida soliq hisoboti tuziladi. Mazkur hisobot topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoki oraliq tugatish balansi tasdiqlangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida taqdim etiladi. Tugatilayotgan yuridik shaxslar soliq hisoboti bilan bir vaqtda rejadan tashqari soliq tekshiruvi o’tkazilishi haqida ariza taqdim etadi. Ushbu qismning qoidalari o’zgartirish, shuningdek boshqa yuridik shaxsni qo’shib olish orqali qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Soliq hisobotida ko’rsatilgan ma’lumotlarning to’g’riligi uchun javobgarlik soliq to’lovchining zimmasiga yuklatiladi.

45-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi

Soliq hisoboti soliq to’lovchi tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.

Soliq hisoboti soliq to’lovchi hisobga qo’yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Ayrim turdagi soliqlar bo’yicha soliq hisoboti ham ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda ob’ektlar bo’yicha hisobga qo’yilgan joy bo’yicha soliq to’lovchi tomonidan taqdim etiladi.

Jismoniy shaxslar soliq deklaratsiyasini yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etadilar.

Soliq to’lovchilar soliq hisobotini o’z xohishlariga ko’ra quyidagicha taqdim etishga haqli:

shaxsan olib borib berish tartibida;

pochta orqali buyurtma xat bilan;

telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida.

Soliq hisobotini davlat soliq xizmati organiga taqdim etish sanasi quyidagilardir:

soliq hisoboti shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etilganda – soliq hisoboti davlat soliq xizmati organi tomonidan qabul qilib olingan sana;

soliq hisoboti pochta orqali buyurtma xat bilan taqdim etilganda – aloqa tashkilotining tamg’asida ko’rsatilgan, pochta jo’natmasi jo’natilgan sana;

soliq hisoboti elektron hujjat tarzida taqdim etilganda – elektron hujjat davlat soliq xizmati organi tomonidan olingan sana.

Davlat soliq xizmati organi shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etiladigan soliq hisobotini qabul qilib olishni rad etishga haqli emas hamda soliq to’lovchining talabiga binoan soliq hisobotining nusxasiga hisobot qabul qilib olingan sana to’g’risida belgi qo’yishi shart.

Soliq hisoboti telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali elektron hujjat tarzida qabul qilib olinganda davlat soliq xizmati organi soliq to’lovchiga elektron tarzidagi hisobot qabul qilib olinganligi to’g’risida tasdiqnoma yuborishi shart.

Soliq hisoboti dastlabki tarzda kameral nazorat qilinmasdan va uning mazmuni muhokama etilmasdan qabul qilinadi.

Soliq hisoboti quyidagi hollarda davlat soliq xizmati organiga taqdim etilmagan deb hisoblanadi, agar unda:

soliq to’lovchining identifikatsiya raqami ko’rsatilmagan yoki noto’g’ri ko’rsatilgan bo’lsa;

soliq davri va (yoki) soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi ko’rsatilmagan bo’lsa;

ushbu Kodeksning 43 va 44-moddalarida soliq hisobotini tuzishga doir belgilangan talablar buzilgan bo’lsa.

Belgilanmagan shakldagi soliq hisoboti taqdim etilganda davlat soliq xizmati organi hisobot olingan kundan e’tiboran uch kun ichida bu haqda soliq to’lovchiga yozma bildirish yuboradi va aniq fikr-mulohazalarni ko’rsatgan holda uni maromiga etkazish uchun qaytaradi.

Kamchiliklari tuzatilgan soliq hisoboti uni taqdim etishning belgilangan muddati tugaguniga qadar taqdim etilgan taqdirda, soliq to’lovchiga nisbatan javobgarlik choralari qo’llanilmaydi.

46-modda. Aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish

Davlat soliq xizmati organlariga soliq hisoboti taqdim etilgan davrga taalluqli xatolarni o’zi mustaqil ravishda aniqlagan soliq to’lovchi ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan soliq majburiyati bo’yicha da’vo qilish muddati ichida o’sha davr yuzasidan aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish huquqiga ega.

Aniqlashtirilgan soliq hisobotida ilgari taqdim etilgan soliq hisobotidagi ma’lumotlar, aniqlashtirilgan ma’lumotlar va ulardagi tafovutlar ko’rsatilishi kerak.

Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo’yicha hisoblab chiqarilgan soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi ilgari taqdim etilgan soliq hisoboti bo’yicha hisoblab chiqarilgan va to’langan soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasidan ortiq bo’lsa, tegishli soliq yoki boshqa majburiy to’lovni to’lash bo’yicha soliq majburiyatlariga penya hisoblangan holda mazkur tafovut qo’shiladi.

Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo’yicha hisoblab chiqarilgan soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi ilgari taqdim etilgan soliq hisoboti bo’yicha hisoblab chiqarilgan va to’langan soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasidan kam bo’lsa, soliq hisoboti taqdim etilgan kundan e’tiboran shaxsiy varaqada soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi tafovut miqdoriga kamaytirilganligi aks ettiriladi. Soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar, penyalarning ortiqcha to’langan summasi ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hisobga olinadi yoki qaytariladi.

47-modda. Soliq hisobotini saqlash muddati

Soliq hisoboti davlat soliq xizmati organlarida ushbu Kodeksning


38-moddasida belgilangan soliq majburiyati bo’yicha da’vo qilish muddati mobaynida saqlanadi.

Soliq hisobotini soliq to’lovchida saqlash qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.



1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət