Ana səhifə

Soliqlar va soliqqa tortish


Yüklə 1.88 Mb.
səhifə29/31
tarix26.06.2016
ölçüsü1.88 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31

11-bob. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash

majburiyatlarini bajarish




59-modda. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash

majburiyatlari bajarilishini ta’minlash

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash bo’yicha bajarilmagan majburiyatlari bo’lgan soliq to’lovchi o’zining bank hisobvarag’ida pul mablag’lari mavjud bo’lishidan qat’i nazar, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ushbu Kodeksda belgilangan to’lash muddatidan kechiktirmay ularni xizmat ko’rsatayotgan bankka to’lash uchun to’lov topshiriqnomasini taqdim etishi shart.

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyatlari bajarilishini ta’minlash choralari jumlasiga soliq to’lovchiga davlat soliq xizmati organi tomonidan uning majburiyatini bajarish zarurligi hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan ko’riladigan choralar to’g’risida yuborilgan talabnomasi kiradi.

60-modda. Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnoma

Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnoma yozma shaklda rasmiylashtiriladi va unda quyidagilar ko’rsatilishi kerak:

1) soliq to’lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki to’liq nomi;

2) soliq to’lovchining identifikatsiya raqami;

3) talabnoma tuzilgan sana;

4) talabnomani yuborish vaqtida hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, penya, jarimalar bo’yicha qarz summasi;

5) talabnoma olinganidan so’ng soliq majburiyati bajarilmagan taqdirda qo’llaniladigan majburiy undirish choralari va muddatlari;

6) debitorlar bilan o’zaro hisob-kitoblar solishtirma dalolatnomasini taqdim etish to’g’risidagi ko’rsatma.

Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnoma soliq to’lovchiga yoki uning vakiliga bu talabnomani soliq to’lovchi olganligini va talabnoma olingan sanani tasdiqlovchi usulda topshirilishi lozim.

Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan taqdirda, u buyurtma xat topshirilganligi to’g’risidagi kvitantsiyada ko’rsatilgan sanada olingan deb hisoblanadi.

Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnomaning shakli O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

61-modda. Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnomani bajarish

muddatlari

Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnoma soliq to’lovchi tomonidan olingan kundan e’tiboran besh kun ichida soliq qarzi uzilmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari uni ushbu Kodeksning 63-moddasida belgilangan tartibda soliq to’lovchining bank hisobvaraqlaridan so’zsiz undirish choralarini qo’llaydi.

Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnoma yuridik shaxs tomonidan olingan kundan e’tiboran o’n kun ichida yuridik shaxs soliq qarzini uzmagan taqdirda va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan choralarni qo’llash natijasida soliq qarzi uzilmay qolaversa, davlat soliq xizmati organlari undiruvni ushbu Kodeksning 64-moddasida belgilangan tartibda soliq to’lovchiga uning debitorlari o’tkazishi lozim bo’lgan summalarga qaratadi.

Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnoma yuridik shaxs tomonidan olingan kundan e’tiboran o’ttiz kun ichida yuridik shaxs soliq qarzini uzmagan taqdirda va, agar ushbu moddaning birinchi hamda ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan choralarni qo’llash natijasida soliq qarzi uzilmay qolaversa, davlat soliq xizmati organlari undiruvni ushbu Kodeksning


65-moddasida belgilangan tartibda soliq to’lovchining mol-mulkiga qaratadi.

Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnoma olingan kundan boshlab o’n kun ichida jismoniy shaxs tomonidan bajarilmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari soliq qarzini jismoniy shaxsdan undirish to’g’risidagi ariza bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qiladi.



62-modda. Soliq qarzini majburiy undirish choralari

Soliq qarzini majburiy undirish choralariga quyidagilar kiradi:

soliq qarzini soliq to’lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan so’zsiz undirish;

undiruvni soliq to’lovchiga uning debitorlari o’tkazishi lozim bo’lgan summalarga qaratish;

undiruvni soliq to’lovchining mol-mulkiga qaratish.

Soliq to’lovchi soliq qarzini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan barcha choralar ko’rilganidan keyin uzmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi uni bankrot deb topish to’g’risidagi ariza bilan sudga murojaat etadi.

Soliq qarzini majburiy undirish choralari jismoniy shaxslarga nisbatan faqat sud tartibida qo’llaniladi va ularga ushbu Kodeks
63–65-moddalarining qoidalari tatbiq etilmaydi.

Soliq tekshiruvi natijalari bo’yicha qo’shimcha hisoblangan soliq qarzi summalarini majburiy undirish choralari soliq to’lovchi tomonidan uning natijalari bo’yicha berilgan shikoyat davriga ushbu Kodeksning 18-bobiga muvofiq to’xtatib turiladi.


63-modda. Soliq to’lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan soliq

qarzini so’zsiz undirish

Soliq to’lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan soliq qarzini so’zsiz undirish, agar ushbu Kodeks 62-moddasining uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq to’lovchining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag’iga xizmat ko’rsatayotgan bankka davlat soliq xizmati organining soliq qarzi summasini tegishli byudjetga yoki davlat maqsadli jamg’armasiga o’tkazish to’g’risidagi inkasso topshiriqnomasini taqdim etish orqali amalga oshiriladi.

Xizmat ko’rsatuvchi bank belgisi qo’yilgan to’lov topshiriqnomasining nusxasi soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, soliq qarzi summasini o’tkazish to’g’risidagi inkasso topshiriqnomalari soliq qarzi summasini uzish to’g’risidagi talabnomani bajarishning belgilangan muddati o’tgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim etiladi.

Soliq to’lovchining hisobvarag’ida pul mablag’lari bo’lmaganligi yoki etarli bo’lmaganligi tufayli davlat soliq xizmati organining inkasso topshiriqnomasi to’liq yoki qisman bajarilmagan taqdirda, inkasso topshiriqnomasi olingan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda uning nusxasi bankning belgisi qo’yilib, davlat soliq xizmati organiga va soliq to’lovchiga yuboriladi. Agar inkasso topshiriqnomasini taqdim etish paytida soliq to’lovchi soliq qarzining summasini o’tkazish uchun to’lov topshiriqnomasini bankka topshirgan bo’lsa, bank taqdim etilgan inkasso topshiriqnomasini soliq to’lovchining to’lov topshiriqnomasi nusxasini ilova qilgan holda davlat soliq xizmati organiga qaytaradi.

Soliq qarzi summasini undirish soliq to’lovchining barcha bank hisobvaraqlarida turgan pul mablag’laridan amalga oshiriladi, qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratish mumkin bo’lmagan hisobvaraqlar bundan mustasno.

1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət