Ana səhifə

Fan: Tarix Sana: 19. 02. 2013 Sinf


Yüklə 16.16 Kb.
tarix26.06.2016
ölçüsü16.16 Kb.
Fan:Tarix

Sana: 19.02.2013

Sinf:6-“G”

Mavzu:Salavkiylar davlati va Yunon-Baqtriya podsholigi

Maqsad:

-o’quvchilarga Salavkiylar davlati va Yunon-Baqtriya podsholigi haqida ma’lumot berish;

-o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

-o’quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini oshirish;



Dars turi:yangi tushuncha,bilimlarni shakllantirish.

Dars metodi:Tarmoqlar (klaster) uslubi.

Dars jihozi:darslik, dunyoning siyosiy xaritasi, texnik vosita
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism:

O’quvchilarni darsga jalb etish,tezkor o’rganilgan raqamlar bilan 1,2,3 raqamlar bilan sinf o’quvchilarni guruhlarga ajratish. 5 daqiqa

  1. O’tilgan mavzuni takrorlash.

Bu o’rinda tarmoqlar uslubidan foydalaniladi. 10 daqiqa

Mavzu: O’rta Osiyo aholisining yunon- makedon istailochilarga qarshi kurashi.

Har bir o’quvchiga o’tilgan mavzuning asosiy jihatlarini yoritish uchun klaster tuzish topshiriladi.

Ushbu usul o’quvchilarni harakatlar ketma-ketligini tashkil etishga , mantiqiy fikrlashga o’rganayotgan predmeti asosida xilma-xil fikrlar, ma’lumotlar ichidan kerakligini tanlab oladi.

Quyidagilar tuzib chiqiladi:


O’rta Osiyo aholisining yunon- makedon istailochilarga qarshi kurashi.



Makedoniyalik Aleksandr

O’rta Osiyo xalqlari qurol- yarog’I va harbiy san’ati

Maroqandaning bosib olinishi








-mil. avv. 336-yilda Makedoniya podshosi bo’lgan

- mil.avv. 334-yilda Sharqqa yurish boshlagan, u 11 yil davom etgan

- Yurish davomida u Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Eron, va Hindistonda katta-katta hududlarni bosib oladi


-jangchilar jangga sovut kiyib kirganlar, boshlarida dubulg’a bo’lgan;

-Xanjar va qilich bilan qurollanganlar;

-oybolta va nayza ishlatganlar, kamon o’qi va chopqilar temir va jezdan yasalgan.


-mil. avv 329-yilda Makedoniyalik Aleksandr Maroqandni egallaydi va Srdaryo sari yurdi.

-Sog’diyona xalqi qo’zg’olon ko’tardi unga Spitamen boshchilik qildi.





III. Yangi mavzuni tushuntirish 7 daqiqa

Reja:a


  1. O’rta Osiyo salavkiylar davlati tarkibida.

  2. Yunon-Baqtriya davlati

  3. Madaniyatning rivojlanishi.

Miloddan avvalgi 323- yil 13-iyunda Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi. U yaratgan davlat 3 qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga bo’linib ketdi. Uzoq davom etgan o’zaro urushlardan keyin mil. avv.312-yildaMakedoniyalik Aleksandrning lashkarboshilaridan biri Salavka Bobil davlati hukmroni bo’ldi. Salavka davlati tarkibiga Mesopotamiya, eron, Baqtriya, So’g’diyona, Marg’iyona kirar edi.Yunon-makedon istilolari tufayli izdan chiqqan turmush tarzi So’g’diyona, Baqtriya va Marg’iyonada asta-sekin tiklana boshladi.Bu yerlarda yangi manzilgohlar, shaharlar bunyod etildi, savdo-sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik rivojlana boshladi.

Mil. avv III asr o’rtalarida Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi. Diodot- mingta Baqtriya shahri hukmdori o’zini podsho deb e’lon qiladi. Shu voqeadan yunon-Baqtriya davlati tarixi boshlandi.

Yunon-Baqtriya davlati 120 yil hukmronlik qildi. Shu davr mobaynida uning iqtisodiyoti va madaniyati yuksaldi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi.

Yunon-Baqtriya davlatida tangalar hukmdor tasviri bilan zarb etilgan.Mil. avv. 140-130 yillarda ko’chmanchi yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladi.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.15 daqiqa.

Darsning bu bosqichi o’quvchilarning matn ustida ishlab,ulardagi eng muhim fikr va ma’lumotlarni ajratib olish ko’nikmasini rivojlantirish maqsadini ko’zda tutadi. Bu bosqichda test usulidan foydalaniladi.

1.Quyidagilardan qaysi biri Salavka davlati tarkibiga kirmaydi?

A) Eron

B) Baqtriya



C) Iroq

D) Parfiya

2. Maroqanda, Marg’iyona Antioxiysi, Termiz ……. Ga aylandi.

A) madaniyat markazi

B) sog’lomlashtirish markazi

C) savdo markazi

D) donishmandlar markazi

3. Diodotning merosxo’rlari kim?

A) Yevtidem, Dimetriy

B) Yevtidem, Salavka

C) Antiox, Salavka

D) Yevtidem

4.Mil. avv 250-yilda Baqtriyaga qaysi davlat raqib bo’lgan?

A) Marg’iyona

B) So’g’diyona

C) Parfiya

D) Baqtriya

5. Karvon yo’li qayergacha cho’zilgan?

A) Salavkiyadan Baqtriyagacha

B) Maroqanddan Farg’onagacha

C) Xitoydan Hindistongacha

D) Diodotdan Yevtidemgacha


V.O’quvchilarni baholash:Hisobchi yordami orqali umumiy ballar e’lon qilinadi.3 daqiqa
VI. Uyga vazifa. Salavkiylar davlati va Yunon-Baqtriya podsholigi

mavzusining diniy e’tiqod , me’morchilik va san’at rejalari asosida tayyorgarlik ko’rish, internet axborotlarini olib kelish. 5 daqiqa


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət