Ana səhifə

Soliqlar va soliqqa tortish


Yüklə 1.88 Mb.
səhifə24/31
tarix26.06.2016
ölçüsü1.88 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31

3-bob. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tizimi




23-modda. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning turlari

O’zbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar amal qiladi.

Soliqlarga quyidagilar kiradi:

1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;

2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;

3) qo’shilgan qiymat solig’i;

4) aktsiz solig’i;

5) er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar;

6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

7) mol-mulk solig’i;

8) er solig’i;

9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i;

10) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.

Boshqa majburiy to’lovlarga quyidagilar kiradi:

1) ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar:

yagona ijtimoiy to’lov;

fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari;

byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar;

2) Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar:

Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar;

Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar;

3) davlat boji;

4) bojxona to’lovlari;

5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im.

Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko’rsatilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar umumbelgilangan soliqlardir.

Ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to’lanadigan quyidagi soliqlar qo’llanilishi mumkin:

yagona soliq to’lovi;

yagona er solig’i;

tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq.

Ushbu modda ikkinchi qismining 1–6-bandlarida, uchinchi qismining 1–4-bandlarida, beshinchi qismining ikkinchi va to’rtinchi xatboshlarida nazarda tutilgan soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to’lovlardir. Ushbu modda ikkinchi qismining 7–10-bandlarida, uchinchi qismining 5-bandida, beshinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar jumlasiga kiradi.

Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamg’armalar tashkil etilishi mumkin bo’lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to’lovlar belgilanadi.

24-modda. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari


Soliq yoki boshqa majburiy to’lov soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida soliq to’lovchilar, shuningdek ushbu soliq yoki boshqa majburiy to’lovni hisoblab chiqarish va to’lash uchun zarur elementlar belgilab qo’yilgan taqdirdagina belgilangan deb hisoblanadi.

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari quyidagilardir:

soliq solish ob’ekti;

soliq solinadigan baza;

stavka;

hisoblab chiqarish tartibi;



soliq davri;

soliq hisobotini taqdim etish tartibi;

to’lash tartibi.

Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq yoki boshqa majburiy to’lov belgilanayotganda soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida soliq imtiyozlari, shuningdek ularning soliq to’lovchi tomonidan qo’llanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin.

Soliq to’lovchilar, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari har bir soliq yoki boshqa majburiy to’lovga tatbiqan belgilanadi.

25-modda. Soliq solish ob’ekti

Soliq solish ob’ekti soliq to’lovchida soliq yoki boshqa majburiy to’lov hisoblab chiqarilishi va (yoki) to’lanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol-mulk, harakat, harakat natijasidir.


26-modda. Soliq solinadigan baza

Soliq solinadigan baza soliq solish ob’ektining soliq yoki boshqa majburiy to’lovning stavkasi tatbiqan belgilangan ko’rsatkichlardagi qiymat, miqdor, fizik va boshqa tavsiflarini ifodalaydi.



27-modda. Stavka

Stavka soliq solinadigan bazaning o’lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorni ifodalaydi.

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.

28-modda. Hisoblab chiqarish tartibi

Soliq va boshqa majburiy to’lovni hisoblab chiqarish tartibi soliq davri uchun soliq solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek imtiyozlar mavjud bo’lsa, shu imtiyozlardan kelib chiqib, soliq va boshqa majburiy to’lov summasini hisoblash qoidalarini belgilaydi.

Soliq va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish soliq to’lovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq va boshqa majburiy to’lovni hisoblab chiqarish majburiyati davlat soliq xizmati organi yoki soliq agenti zimmasiga yuklatilishi mumkin.



29-modda. Soliq davri

Soliq davri u tugaganidan keyin soliq solinadigan baza aniqlanadigan hamda soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi hisoblab chiqariladigan davrdir.

Soliq davri bir necha hisobot davriga bo’linishi mumkin bo’lib, ularning yakunlari bo’yicha hisob-kitoblarni taqdim etish hamda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’lanishi lozim bo’lgan summalarini to’lash majburiyati yuzaga keladi.

Joriy to’lovlarni to’lash bo’yicha majburiyat yuzaga kelgan davr hisobot davri bo’lmaydi.



30-modda. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar


Ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan, boshqa soliq to’lovchilarga nisbatan ayrim toifadagi soliq to’lovchilarga beriladigan afzalliklar, shu jumladan soliq va (yoki) boshqa majburiy to’lov to’lamaslik yoxud ularni kamroq miqdorda to’lash imkoniyati soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar deb e’tirof etiladi.

Mol-mulk solig’i, er solig’i, yagona er solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha imtiyozlarni berish belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Soliq to’lovchi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar vujudga kelgan paytdan e’tiboran ular amal qiladigan butun davr mobaynida foydalanishga haqli.

Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar bo’shagan mablag’larni muayyan maqsadlarga yo’naltirish sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablag’lardan belgilanmagan maqsadda foydalanilgan taqdirda, belgilanmagan maqsadda foydalanilgan summa o’rnatilgan tartibda penya hisoblangan holda byudjetga undirib olinadi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, uning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan ozod qilinadi, yagona ijtimoiy to’lov bundan mustasno.

1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət