Ana səhifə

Soliqlar va soliqqa tortish


Yüklə 1.88 Mb.
səhifə22/31
tarix26.06.2016
ölçüsü1.88 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


“Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi


Soliq nazariyasi” fanidan


FOYDALI MASLAHATLAR


Kafedraning 2012yil 1 iyundagi 19-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan.

Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri



_________ prof. A.Jo’rayev

Tuzuvchilar: dots. v.b. G’.Safarov

k.o’q. N.Yakubova

k.o’q. M.Usmanova



Toshkent – 2012



Foydali maslahatlar
Talabalar fanni o’zlashtirishlari va uning samarali bo’lishi uchun ular quyidagi maslahatlarga amal qilishi kerak:
1.Talabalar har bir mavzuni o’rganishlarida shu mavzuga oid tayanch iboralardan esse yozishlari kerak.


  1. Har bir mavzudan berilgan testlar va amaliy ish o’yinlarini muntazam echib borishlari kerak va ularni ustozi ko’rigidan o’tkazishlari zarur.




  1. Mavzu savollaridan qisqa ilmiy ma’ruza tayyorlash va uni nazariy qismiga e’tibor berish bilan birga statistik ma’lumotlar bilan boyitish va tahlil qilish kerak. Bu kelajakda turli vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. Jumladan, kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlarini sifatli tayyorlashga katta yordam beradi.



  1. Har bir darsga tayyorgarlik ko’rishda internet materiallariga murojaat qilish foydadan holi bo’lmaydi.




  1. Darsga tayyorgarlik guruh talabalari bilan birgalikda savol-javob muloqot tarzida dars tayyorlash, bilimni xotirada uzoq saqlanib qolishiga yordam beradi.



  1. Adabiyotlar bilan ishlaganda muhim tushunchalarni qaysi adabiyotdan, qaysi betidan olingani, muallifi, nashr qilingan yili va nashriyotini aniq snoska(iqtibos) sifatida yozish juda muhim.

7. Har bir mavzuga tayyorgarlik ko’rganda umumiy metodologik asos sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.



19. NORMATIV HUJJATLAR

O’zbekiston Respublikasining

Soliq kodeksi

UMUMIY QISM

I BO’LIM.

Umumiy qoidalar




1-bob. Asosiy qoidalar




1-modda. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan

tartibga solinadigan munosabatlar

Ushbu Kodeks soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga (bundan buyon matnda byudjet deb yuritiladi) va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lash bilan bog’liq munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladi.



2-modda. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari

Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar ushbu Kodeks bilan belgilanadi, o’zgartiriladi yoki bekor qilinadi.

Soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeks qoidalariga muvofiq bo’lishi kerak. Normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq bo’lmagan taqdirda, ushbu Kodeks qoidalari qo’llaniladi.

Soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjat quyidagi hollarda ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi, agar hujjat:

1) ushbu Kodeksga muvofiq bunday hujjatni qabul qilish huquqiga ega bo’lmagan organ tomonidan qabul qilingan bo’lsa yoki normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan bo’lsa;

2) soliq munosabatlari sub’ektlarining huquqlarini bekor qilsa yoki cheklasa, soliq munosabatlari sub’ektlarining ushbu Kodeksda belgilangan majburiyatlarining mazmunini, ular harakatlarining asoslari, shartlari, ketma-ketligi yoki tartibini o’zgartirsa;

3) ushbu Kodeks bilan taqiqlangan harakatlarga ruxsat bersa yoki yo’l qo’ysa;

4) ushbu Kodeksda belgilangan tushunchalar mazmunini o’zgartirgan yoki bu tushunchalar ushbu Kodeksda qo’llanilganidan boshqacha ma’noda qo’llanilgan bo’lsa.

Ushbu moddaning to’rtinchi qismida nazarda tutilgan holatlardan loaqal bittasi mavjud bo’lgan taqdirda, soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi.

Ushbu Kodeksga muvofiq bo’lmagan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki uning yuqori turuvchi organlari mazkur hujjatni bekor qilishga yoki unga zarur o’zgartishlar kiritishga haqli. Bu organlar ushbu Kodeksga muvofiq bo’lmagan normativ-huquqiy hujjatni bekor qilishni yoki unga zarur o’zgartishlar kiritishni rad etgan taqdirda, bu hujjat sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
3-modda. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining vaqt bo’yicha

amal qilishi
Soliq solish soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda bo’lgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qo’llaniladi.

Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki engillashtiradigan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega.

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni bekor qilish, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar stavkalarini kamaytirish, soliq to’lovchilarning majburiyatlarini bekor qilishni yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda engillashtirishni nazarda tutuvchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega bo’lishi mumkin, agar bu soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida to’g’ridan-to’g’ri nazarda tutilgan bo’lsa, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Yangi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar belgilanishini, imtiyozlar to’liq yoki qisman bekor qilinishini, soliq solinadigan baza oshirilishini nazarda tutuvchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari ular rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran kamida uch oy o’tgach, amalga kiritiladi.

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari o’zgartirilishini nazarda tutuvchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari hisobot davri boshlanishidan kamida bir oy oldin e’lon qilinishi kerak va ular rasmiy e’lon qilingan oydan keyingi hisobot davrining birinchi kunidan e’tiboran amalga kiritiladi.

Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida ko’rsatilmagan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari, agar ularda kechroq muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, ular rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran o’n kun o’tgach, kuchga kiradi.

4-modda. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari va xalqaro

shartnomalar

Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.



5-modda. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining printsiplari

Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari soliq solishning majburiyligi, aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi va soliq to’lovchining haqligi prezumptsiyasi printsiplariga asoslanadi.

Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining qoidalari ushbu Kodeksda belgilangan printsiplarga zid bo’lishi mumkin emas.

6-modda. Soliq solishning majburiyligi printsipi

Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashi shart.

Hech kimning zimmasiga ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan yoki uning normalari buzilgan holda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyati yuklatilishi mumkin emas.

7-modda. Soliq solishning aniqligi printsipi

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar aniq bo’lishi kerak. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari har bir soliq to’lovchi qaysi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni, qachon, qancha miqdorda hamda qay tartibda to’lashi kerakligini aniq biladigan tarzda ifodalangan bo’lishi kerak.

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni belgilashda, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq to’lovchilar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari aniqlangan bo’lishi kerak.

8-modda. Soliq solishning adolatliligi printsipi


Soliq solish umumiydir.

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlarni belgilash ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo’lishi kerak. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha yakka tartibdagi xususiyatga ega bo’lgan imtiyozlar berilishiga yo’l qo’yilmaydi.

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar kamsitish xususiyatiga ega bo’lishi mumkin emas hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo’llanilishi mumkin emas.

9-modda. Soliq tizimining yagonaligi printsipi

Soliq tizimi O’zbekiston Respublikasining butun hududida barcha soliq to’lovchilarga nisbatan yagonadir.

O’zbekiston Respublikasining bojxona hududi doirasida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yoki moliyaviy mablag’larning erkin muomalada bo’lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo’yadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar belgilanishiga yo’l qo’yilmaydi.

10-modda. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi

printsipi

Soliq solish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi shart. Barchaning e’tibori uchun rasmiy e’lon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi va soliq sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga, ulardagi ko’rsatmalar bajarilmaganligi uchun biron bir sanktsiyani qo’llashga asos bo’lib xizmat qilishi mumkin emas.



11-modda. Soliq to’lovchining haqligi prezumptsiyasi printsipi

Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo’lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to’lovchining foydasiga talqin qilinadi.


1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət