Ana səhifə

Soliqlar va soliqqa tortish


Yüklə 1.88 Mb.
səhifə21/31
tarix26.06.2016
ölçüsü1.88 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


“Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi


Soliq nazariyasi” fanidan


XORIJIY MANBALAR
Kafedraning 2012yil 1 iyundagi 19-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan.

Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri



_________ prof. A.Jo’rayev

Tuzuvchilar: dots. v.b. G’.Safarov

k.o’q. N.Yakubova

k.o’q. M.Usmanova




Toshkent – 2012



Xorijiy manbalar:


  1. Perov A.V. Nalogi i nalogooblojenie. Uchebnoe posobie. –M.: “Yurayt”, 2012.

  2. Tarasova V., Vladika M. Nalogi i nalogooblojenie. Uchebnik. –M.: “Knorus”. 2012.

  3. Panskov V.G. Nalogi i nalogooblojenie. Teoriya i pratika. Uchebnik dlya bakalavrov. –M.: “Yurayt”, 2012.

  4. Mandroshchenko O., Pinskaya M. Nalogi i nalogooblojenie. Uchebnoe posobie. –M.: “Dashkov i K”, 2011.

  5. Chernik D. Nalogi i nalogooblojenie. Uchebnoe posobie. – M.: “YuNITI-DANA”, 2010.

  6. Jidkova E. Nalogi i nalogooblojenie. Uchebnoe posobie. –M.: “Eksmo”, 2011.

  7. Filina F.N., Tolmachev I.A. Nalog na dobavlennuyu stoimost: otveti na vse spornie voprosi. – M.: “Gross Media”, 2011

  8. Tyutyuryukov N.N. Nalogovie sistemi zarubejnix stran. – M.: “Dashkov i K”, 2011.

  9. Polyak G.B., Suglobov A.E. Nalogi i nalogooblojenie. Uchebnoe posobie – M.: “YuNITI”, 2010

  10. Aleksandrov I.M. Nalogi i nalogooblojenie. – M.: “Dashkov i K”, 2010

  11. Mayburov I.A. Nalogi i nalogooblojenie. Uchebnik. – M.: “YuNITI”, 2010

  12. Xudoleev V. Nalogi i nalogooblojenie. Uchebnik. – M.: “Forum”. 2010.

  13. Skvortsov O.V. Nalogi i nalogooblojenie: praktikum. Uchebnoe posobie. – M.: “Akademiya”, 2010.

  14. Mironova O.A., Xanafeev F.F. Nalogovoe administrirovanie. Uchebnik. – M.: “Omega-L” 2010

  15. Aleksandrov I. Nalogi i nalogooblojenie. Uchebnik. – M.: “Dashkov i K”, 2010.


Internet saytlari:
http://www. taxanalysts.com

http://www. nalog.ru

http://www. sta.gov.ua

http://www. allbusiness.com

http://www. economywatch.com

http://www. tax.com

http://www. salyk.kz

http://www. sti.gov.kg

http://www. andoz.tj

http://www. winfin.ru

http://www. taxhelp.ru

http://www. tax.gov.tm.



15. KURS ISHLARI MAVZULARI
(Soliq nazariyasi fani bo’yicha kurs ishi yozish

rejada nazarda tutilmagan.)



16. ANNOTATSIYALAR
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


“Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi


Soliq nazariyasi” fanidan


ANNOTATSIYALAR

Kafedraning 2012yil 1 iyundagi 19-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan.

Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri



_________ prof. A.Jo’rayev

Tuzuvchilar: dots. v.b. G’.Safarov

k.o’q. N.Yakubova

k.o’q. M.Usmanova



Toshkent – 2012

1-mavzu: Fanning mazmuni, predmeti va vazifalari


“Soliq nazariyasi” fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi va vazifalari. Fanning amaldagi soliqlar va soliqqa tortish tizimining nazariy jihatlarini ochib berishga qaratilganligi. Fanni o‘rganish usullari: umumiy va alohida usullar.

Fanni o‘rganish jarayonida turli pedagogik texnologiyalardan, jumladan, faol usul, prezentatsiya, ishbilarmon o‘yinlar, aqliy hujum va boshqa usullardan foydalanish. Fanni o‘rganish usullari va boshqa fanlar bilan aloqasi.



2-mavzu: Soliq munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari


Soliqlar va soliqqa tortishning vujudga kelish davrlari. Qadimgi Rim davlatidagi soliqlar - soliqlar vujudga kelishining dastlabki ko‘rinishi sifatida. Soliqlarning rivojlanish bosqichlari. Markaziy Osiyoda soliqlarning paydo bo‘lishi, o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi. Arab istilochilari davridagi soliqlar. Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar davridagi soliqlar va soliq siyosatining xususiyatlari. Mo‘g‘ul istilochilari davridagi soliqlar.

Amir Temur va temuriylar davlatchiligida soliqlar, soliq tizimining xususiyatlari, uning boshqa davrlardagi soliq tizimidan farqi. Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklari davrida soliqqa tortishning o‘ziga xosligi. Chor Rossiyasi hukmronligi davridagi soliqlar. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikkacha bo‘lgan davrda soliq tizimi. Mustaqil O‘zbekiston davlati soliq tizimini shakllantirish shart-sharoitlari va xususiyatlari. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini rivojlanishi.



3-mavzu: Soliqlar haqida ilmiy qarashlar


Ilmiy qarashlar, g‘oyalar nazariyasining asosiy manbai ekanligi. Iqtisodiy ta’limotlarda soliqlar va soliqqa tortishga oid g‘oyalar va nazariyalar. Soliqqa tortish to‘g‘risidagi qarashlarning shakllanishi. Qadimgi Sharq mutafakkirlari g‘oyalarida soliqlarga oid qarashlarning o‘rni. Qadimgi G‘arb mutafakkirlarining soliqlarga doir qarashlari: almashinuv nazariyasi, atomistik nazariya, rohatlanish nazariyasi, sug‘urta mukofoti nazariyasi.

Merkantelistlar va fiziokratlar maktabi vakillari g‘oyalarida soliqlarning o‘rni va ahamiyati. Klassik iqtisodiy nazariyalarda soliqlar: A.Smit va D.Rikardoning qarashlari. Keyns nazariyasi, monetaristik nazariya, taklif iqtisodiyoti nazariyasi. A.Laffer nazariyasi. Soliq nazariyalariga doir alohida qarashlar: to‘g‘ri va egri soliqlar nisbati nazariyasi, yagona Soliq tarixi va nazariyasi, proportsional va progressiv soliqqa tortish nazariyasi, soliqlarni yuklash nazariyasi. Soliqqa tortishga doir klassik va zamonaviy qarashlar, uzviylik va aloqadorlik.



Soliq nazariyalariga bo‘lgan zamonaviy yondashuv. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida soliq nazariyalarining ifodalanishi. Respublika soliq tizimini takomillashtirishda soliqqa tortishning ilg‘or nazariyalaridan foydalanish.

4-mavzu: Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari


Soliq tushunchasi va iqtisodchi-olimlar qarashlari. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati. Soliqlarning tavsifi va umumiy belgilari. Soliqlarning funktsiyalari. Soliqlar oldiga qo‘yilgan vazifalar. Soliqlarning funktsiyalariga doir iqtisodchilar qarashlari. Soliqlarning funktsiyalari: fiskal, tartibga solish, rag‘batlantirish va nazorat. Soliqlarning funktsiyalari va vazifalari o‘rtasidagi aloqadorlik va farqli jihatlar. Soliqqa tortish va byudjet jarayoni. Soliqlarni ta’riflash va ularning boshqa to‘lovlardan farqli jihatlari. Soliqlar, yig‘imlar, boshqa soliqsiz to‘lov tushunchalarining o‘zaro bir-biridan farqlanishi (ajratilishi). Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida soliqlar va soliqqa tenglashtirilgan boshqa majburiy to‘lovlarga soliq to‘lovchilar va davlat nuqtai-nazaridan yondashish. Soliq, yig‘im, boj va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarning iqtisodiy mohiyati.

5-mavzu: Soliqqa tortish tamoyillari


Soliqqa tortish tamoyillari. Soliqlarning paydo bo‘lishi va rivojlanish davrlarida soliqlarning tamoyillari, ularning xususiyatlari. Soliqqa tortish tamoyillariga doir iqtisodchi-olimlar qarashlari, ularning o‘xshashligi va farqli jihatlari. Soliqqa tortishning iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy tamoyillari, ularning bog‘liqligi va samarasi. Rivojlangan mamlakatlar soliqqa tortish tizimi tamoyillari. O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatida soliqqa tortish tamoyillari.

6-mavzu: Soliq nazariyasining elementlari


Soliq elementlari mohiyati va ularning tarkibi. Soliq munosabatlari va ularning ishtirokchilari: soliq undiruvchi (soliq va bojxona xizmati organlari); soliq to‘lovchi (yuridik va jismoniy shaxslar). Soliq agenti (fiskal agent). Soliqqa tortish predmeti va ob’ekti. Soliq manbai. Soliqqa tortiladigan baza. Soliq normalari. Soliq birligi va ko‘lami (masshtabi). Soliq stavkasi va uning mazmuni. Soliq stavkasi turlari: proportsional; progressiv; regressiv; qat’iy; ulushli (foizli); tabaqalashtirilgan; tabaqalashtirilmagan; o‘zgaruvchan; o‘zgarmas. Soliq stavkalarini tabaqalashtirish mezonlari. Soliq imtiyozlari. Soliq imtiyozlarining turlari: to‘liq ozod etish; qisman (vaqtinchalik) ozod etish; soliq bazasini kamaytirish. Soliq preferentsiyasi. Soliqni to‘lash muddatlari. Soliqni undirish usullari: kadastr asosida soliqqa tortish; manba oldida soliqqa tortish; daromad egasi manbani olgandan keyin soliqqa tortish (deklaratsiya asosida). Soliq bazasini hisoblash usullari: kassa usuli; hisobga olish usuli. Soliq yuki. Soliq mexanizmi.

7-mavzu: Soliq siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari


Soliq siyosati tushunchasi va uning mohiyati. Soliq siyosatining shakllari: yuqori soliqlar; iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan soliqlar; oqilona soliqlar. Soliq kontseptsiyasi. Soliq siyosati strategiyasi va taktikasi. Soliq siyosatining maqsadlari: iqtisodiy; fiskal; ijtimoiy; xalqaro. Soliq siyosatini tartibga solish vositalari: soliq stavkasi; soliq imtiyozlari; soliqlar bo‘yicha jarimalar; soliq bazasini shakllantirish tartibi. O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatining huquqiy asoslari, xususiyatlari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki yillarida soliq siyosati. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida respublika soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari. Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat hokimiyati organlarining roli va ularning vakolatlari. Soliq siyosatini amalga oshirishda soliq xizmati organlarining o‘rni va ularning boshqa moliya institutlari bilan hamkorligi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O‘zbekiston va xalqaro soliq siyosati: umumiylik va o‘ziga xoslik.

8-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining nazariy asoslari


Soliq tizimining mohiyati. Soliq tizimining tarkibi va uning unsurlari. Soliq tizimi moliya-kredit tizimining tarkibiy qismi ekanligi. Soliq tizimi unsurlarining yaxlitligi va o‘zaro bog‘liqligi. Soliqlar soliq tizimining asosiy unsuri ekanligi. Soliq tizimini guruhlanish tartibi. Soliqlar va soliqqa tenglashtirilgan majburiy to‘lovlarning guruhlanishi: iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra (to‘g‘ri va egri soliqlar); byudjetga tushishiga ko‘ra (umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlar); soliq to‘lovchilari nuqtai-nazaridan (yuridik shaxslardan va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar). To‘g‘ri va egri soliqlarning bir-biridan farqi. Oborotdan olinadigan soliqlar. Daromaddan olinadigan soliqlar. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar. Umumdavlat va mahalliy soliqlar o‘rtasidagi bog‘liqlik. Umumdavlat soliqlaridan mahalliy byudjetga ajratma qilinish mezoni va tartibi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy natijalari shakllanishiga ta’sir etishiga ko‘ra soliqlarning tasniflanishi: ishlab chiqarish tannarxida hisobga olinadigan to‘lovlar; davr xarajatlarida hisobga olinadigan soliqlar; tovar qiymatida hisobga olinadigan soliqlar; foydadan to‘lanadigan soliqlar. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari. O‘zbekiston soliq tizimining rivojlangan davlatlar soliq tizimi bilan o‘xshashlik va farqli jihatlari.

9-mavzu: Soliqlar va makroiqtisodiy holatning uzviy bog‘liqligi


Soliq siyosati va uning makroiqtisodiy samarasi. Soliq siyosatining yalpi talab va yalpi taklifga, investitsion muhitga, iste’molga, iqtisodiy barqarorlikka ta’siri. Iqtisodiy o‘sish va soliqlar. Yalpi ichki mahsulotda soliqlarning ulushi. Soliq yuki muammosi. Soliq yukining nisbiy va miqdor darajasi. Soliq yukini aniqlash: jahon tajribasi va O‘zbekiston amaliyoti. Soliq yukini taqsimlash tamoyillari. Laffer egri chizig‘i va uning elastikligi. Soliqlarning yalpi talab va yalpi taklifga ta’siri. Jahon moliyaviy –iqtisodiy inqirozi sharoitida soliqlar va investitsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi.

10-mavzu: Soliq ishini tashkil etishning nazariy asoslari


Soliq xizmati organlari ishini ilmiy asosda tashkil qilish. Soliq organlari faoliyatining huquqiy asoslari. O‘zbekiston Respublikasi soliq organlarining tarkibiy tuzilishi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari, tuman va shahar soliq inspektsiyalari. Davlat soliq qo‘mitasining funktsiya va vazifalari. Davlat soliq xizmati organlarining huquq va majburiyatlari. Soliq xizmati organlarining boshqa muassasalar bilan munosabatlari. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

17. MUALLIFLAR HAQIDA

MA’LUMOT
Mualliflar haqida ma’lumot

Jo’raev Abdug’affor Safarovich-1968 yilda Surxondaryo viloyati, Denov tumanida tavallud topgan. Xalq ho’jaligi universitetida tahsil olgan.

1997 yilda iqtisod fanlari nomzodi, 2003 yilda dotsent, 2005 yilda iqtisod fanlari doktori, 2006 yilda professor; hozirda Toshkent moliya instituti, “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Safarov Giyosiddin Abdullaevich-1978 yil Navoiy shaxrida tavallud topgan. 1995-1999 yillar mobaynida Toshkent moliya instituti talabasi.1999-2001 yillar mobaynida Toshkent moliya instituti magistranti. 2001-2004 yillarda “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi aspirant.2004-2006 yillarda Toshkent moliya instituti “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi katta o’qituvchisi.2008 yildan buyon “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi dotsenti v.b. bo’lib ishlab kelmoqda.


Yakubova Nargiza Xolidovna-1977 yil Toshkent shaxrida tavallud topgan. 1994-1999 yillar mobaynida Toshkent Moliya institutida taxsil olgan. Institutning imtiyozli diplom bilan tugatgan. Xozirda Toshkent Moliya institutining “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi katta o’qituvchisi.


Usmanova Muxlisa Sagdullaevna-1969 yil Toshkent shaxrida tavallud topgan. 1986-1991 yillar mobaynida Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti talabasi.1991-1999 yillarda Toshkent shaxar Chilonzor tuman 131-sonli maktab o’qituvchisi. 1999-2001 yillarda Toshkent Moliya instituti magistranti 1999-2002 yillar mobaynida Toshkent shaxar Uchtepa tuman 312-sonli maktab o’qituvchisi. 2003-2004 yillarda Toshkent Moliya instituti, “Soliqqa tortish va sug’urta ishi” kafedrasi assistenti

2005 yildan buyon “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi katta o’qituvchisi. 2011 yilda iqtisod fanlari nomzodi.



18. FOYDALI MASLAHATLAR
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət