Ana səhifə

O’zbekistonrespublikasi oliyvao’rtamaxsusta’limvazirligi toshkentmoliyainstituti «xalqaro menejment»


Yüklə 53.5 Kb.
tarix27.06.2016
ölçüsü53.5 Kb.
O’ZBEKISTONRESPUBLIKASI

OLIYVAO’RTAMAXSUSTA’LIMVAZIRLIGI
TOSHKENTMOLIYAINSTITUTI

«XALQARO MENEJMENT»

FANIDAN

MA’RUZA MAVZULARIGA BERILGAN

ANNOTATSIYALAR

TOSHKENT-2013


  1. Xalqaro menejment fanining nazariy asoslari

Iqtisodiyotimizda erishilgan natijalar negizida avvalo bozor islohatlari va mamlakatni modernizatsiya qilishning puxta o’ylangan modeli va uzoq muddatga mo’ljallangan dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirish bo’yicha olib borilayotgan tizimli, izchil va qat’iy harakatlar turganini kuzatish qiyin emas

Xalqaro menejment — bu boshqarishning alohida turi bo’lib, uning asosiy maqsadlari turli mamlakatlarda biznes yuritish imkoniyatlaridan va ularga mos ravishda mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, madaniy va boshqa xususiyatlaridan hamda davlatlararo munosabatlardan foydalanish evaziga firmaning raqobat afzalliklarini shakllantirish, rivojlantirish va foydalanish hisoblanadi.

Ushbu darsda Prezident I.A.Karimovning “Bosh maqsadimiz - keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat'iyat bilan davom ettirish” nomli ma'ruzasidan kelib chiqib fanning maqsadi va vazifalari keng yoritilib berilgan. “Xalqaro (global) menejment” kursining nazariy asoslari tushunarli qilib bayon etilgan. “Xalqaro menejment” kategoriyasi. Xorijiy tadbirkorlik sharoitlarida yuqori qaltislik. Jahon bozorida raqobatbardoshlikka erishishda xalqaro menejmentning o’rni va ahamiyati haqida fikrlar bayon etilgan.
2. Qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy firmalarning faoliyat yuritish sharoitlariga moslashuvi

Xorijiy tadbirkorlik yuqori qaltislik bilan xarakterlanadi, ular milliy bozordagi faoliyatga nisbatan yuqori foyda, nisbatan qudratli firmaning ta’siri, hukumatlar va xalqaro tashkilotlarning tashabbusi; ichki bozordagi noqulay vaziyat, chet elda past ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, eksport uchun protekstionistik to’siqlar, qabul qiluvchi mamlakatda qimmatli axborotning mavjudligi, qabul qiluvchi mamlakat moliyaviy imkoniyatlaridan foydalanish, xorijda imtiyozli soliqqa tortish kabi qiziqtiruvchi sabablar bilan qoplanadi.

Xorijiy sharoitlarga moslashishning ob’ektiv omillariga (ularga chet el firmasi ta’sir ko’rsata olmaydi) huquqiy me’yorlar, xodimlarning milliy mansubligi, mahalliy urf-odatlar, ishlab chiqarish munosabatlari, raqobat, iste’molchilar, texnologiya, qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyoti kiradi.

Qabul qiluvchi mamlakatda ilk faoliyat odatda past darajada moliyaviy natijalarga olib keladi. Tovar aylanishining kichik hajmi, baholarning past darajasi, xalqaro kompaniya xorijiy filiali mahsulotini ishlab chiqarish va sotish yangi bozorda barqarorlashtirilmaguncha kapitalni uzluksiz kiritish zaruriyati buning asosiy sabablaridir.

Hozirgi davrda texnologiya va uskunalarni import qilmaydigan mamlakat topilmaydi, negaki hech bir mamlakat o’z sanoati uchun barcha turdagi mashinalar. uskunalar va elektron hisoblash texnikasini ishlab chiqarish quvvatiga ega emas.

Kursning ushbu darsida xo’jalik faoliyatini baynalminallashtirishni motivatsiyalash, xorijda atrof-muhitga moslashish omillari, xorijiy texnologiyalar va uskunalarni qabul qiluvchi mamlakatning sharoitlariga moslashtirish bo’yicha fikrlar qamrab olingan.

Shuningdek, inson kapitali, qabul qiluvchi mamlakatning moliyaviy imkoniyatlari, moslashishning sub’ektiv va ob’ektiv omillari, litsenziar, litsenziat kabi tushunchalar keng yoritilgan.

3. Xalqaro va TMK hamda ularni boshqarish tizimi

Zamonaviy xalqaro kompaniyalarning aksariyat qismi transmilliy korporatsiyalarni namoyon etadi. Tashkiliy shakli bo’yicha ular umumiy mulkchilik bilan bog’langan aktivlarga egalik qiluvchi kontsernlardir. Ular oldingi o’tmishdoshlari-kartel, sindikat, trestlardan jiddiy farq qiladi, chunki ularning a’zolari o’z kapitallarining egasi bo’lib qolar edilar.

Milliy kompaniyani xalqaro kompaniya maqomini olishga undovchi asosiy sabablar: tovar aylanmasi o’sishi bilan sotish bozorini va demak foydani ko’paytirish, ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini qabul qiluvchi mamlakatdagi arzon xomashyo va ishchi kuchi hisobiga qisqartirish, qabul qiluvchi mamlakat sanoatidan, kredit-moliya tizimi, sotish kanallari va infrastrukturasidan foydalanish hisoblanadi.

Kursning ushbu paragrafi milliy kompaniyaning xalqaro kompaniya darajasiga o’tish evolyutsiyasi, TMK - xalqaro tadbirkorlikning eng samarali shakli, TMK millatini aniqlash, Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida TMK lar faoliyatini samarali tashkil etish masalalarini qamrab olgan.


Shuningdek, xalqaro kompaniya, ko’pmillatli kompaniya, konsortsium, transmilliy korporatsiya, transmilliylashtirish indeksi, integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarish, gorizontal integratsiya, vertikal integratsiya, litsenziyalash, xalqaro ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi, transmilliy moliyaviy-sanoat guruhlari (TMSG) kabi tushunchalarga ta’rif berilgan.



4. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga chiqish sharoitlarini tanlash uslubiyati

Bosh kompaniya xorijiy tadbirkorlik uchun mamlakat tanlashga eng katta e’tibor beradi. Biror mamlakatda xorijiy filialni tashkil qilish haqida qaror qabul qilishdan avval potensial qabul qiluvchi mamlakatlar sharoitlarini to’rtta asosiy aspektda, ya’ni bozor, iqtisodiy, mahalliy sharoitlar xususiyatlari va raqobatbardoshlik aspektlarida o’rganib chiqiladi.

Qardosh tarmoqlar va yetkazib beruvchilar. Bu holatda xalqaro kompaniyani qabul qiluvchi mamlakatda uning mahsulotini yirik iste’molchilari mavjudligi haqidagi axborot qiziqtiradi. Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun u yerda loyihalashtirilayotgan firmani xomashyo va materiallar bilan ta’minlovchi tarmoqlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. TMK xorijiy filiali faoliyat sohasini tanlashda keyingi muhim omil bo’lib mahalliy firmalar – potensial yetkazib beruvchilarning texnik darajasi (sifatli yig’ma detallarni yetkazib berish imkoniyatiga egaligi) hisoblanadi.

Ushbu mavzuda esa tashqi bozorda faoliyat sohasini tanlash, qabul qiluvchi mamlakatni tanlash, xorijiy sherikni tanlash bilan bog’liq muammolarga alohida to’xtalib o’tilgan shuningdek, ko’p millatli tarmoqlar, global tarmoqlar, raqobatbardoshlik darajasi, mahalliy sharoitlar kabi tushunchalar kengroq yoritilgan.


5. Xalqaro kompaniyalarning davlat bilan munosabatlari

Davlat xorijiy xalqaro kompaniyalar bilan o’z munosabatlari vakolatga ega davlat muassasalari va jamoat tashkilotlarining xalqaro kompaniyalar faoliyatini barqarorlashtirishga qaratilgan qonunchilik, ijroiya va nazorat xarakteridagi tadbirlar tizimi yordamida tashkil qiladi.

Xalqaro kompaniyalar investitsion faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning eng keng tarqalgan vositalariga milliy firmalar hissadorlik kapitalida xorijiy investor ulushini cheklash; ishlab chiqarishni boshqarishdagi cheklashlar foydani taqsimlashda maksimal ulushni aniqlash; litsenziyalar patentlar berish shartlari; buxgalterlik hisobotini tekshirish kiradi.

Ushbu bobda mohiyatiga ko’ra tashqi iqtisodiy faoliyatga jalb etilgan har qanday tashkilotda boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoniga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan valyuta risklari tahlil qilingan.

Shuningdek,2011-2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risidagi Qarori va “Obod turmush yili” Davlat dasturidan o’rin olgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, Davlatning o’z hududida xalqaro kompaniyalar faoliyatiga yondashish prinsiplari, Halqaro kompaniyalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishi, Milliy kapital eksportini rag’batlantirish, O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga TMK larni jalb qilish siyosati kabi masalallar xususida fikrlar bayon etilgan hamda amortizatsiya fondi, erkin tadbirkorlik hududi, kontsessiya, milliy-huquqiy tartibga solish, Xalqaro huquqiy tartibga solish, TRIMS, GATS kabi tushunchalarga keng ta’rif berib o’tilgan.
6. Xorijiy tadbirkorlik rivojlanishiga xalqaro iqtisodiy integratsiya ta'siri

Davlatlar xalqaro iqtisodiy integratsiyasini amalga oshirishda keyinchalik davlatlararo kelishuvlar bilan rasmiylashtiriluvchi turli davlatlarning kompaniyalari darajasidagi aloqalarni mustahkamlashga intilish muhim turtki bo’ladi. XX asr nihoyasida 100 dan ortiq davlatlarni qamrab oluvchi 30 ga yaqin integratsion guruhlar faoliyat ko’rsatmoqda.

Xalqaro iqtisodiy integratsiya milliy va xalqaro tadbirkorlik tuzilmalari manfaatlariga javob beradi, chunki:

- korxonalar faoliyatining geografik doiralarini kengaytirishga;

- tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchini xalqaro ayirboshlashda chegaraviy to’siqlarni bartaraf qilishga;

- masshtab effekti afzalliklarini realizatsiya qilishga;

- davlatlar o’rtasida texnologiyalar almashish bo’yicha bitimlar va yangiliklar kiritish oqimining o’sishiga;

- integratsion guruh a’zo davlatlar kompaniyalarining ITTKIga xarajatlarini ko’paytirish hisobiga raqobatbardoshligini mustahkamlashga yordam beradi.

Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda ushu darsda xalqaro iqtisodiy integratsiya yordamida TMK imkoniyatlarini kengaytirish, Yevropa Ittifoqi sharoitlarida xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari. NAFTAda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari, ASEAN da xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari. MERKOSURda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari, O’zbekistonning mintaqaviy integratsiya jarayonlaridagi ishtiroki va TMK larning imkoniyatlari bilan bog’liq masalalar borasida fikrlar bayon etolgan va xalqaro iqtisodiy integratsiya, integratsiya jarayoni dinamikasi ko’rsatkichlari, preferentsiyalarning umumiy tizimi, eksportni “ixtiyoriy” cheklash, NAFTA, ASEAN, MERKOSUR kabi tushunchalarga keng ta’rif berilgan
7. Kompaniya faoliyat yuritayotgan mamlakatlarda menejment uslubining xususiyatlari

Milliy xususiyatlar, ya’ni madaniyat, psixologiya, temperament, an’analar ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tushunish va hal qilish hamda korxonalarning samarali faoliyati uchun zarur tashkiliy sharoitlarni yaratish usuli sifatidagi menejment uslubiga ta’sir ko’rsatadi.

Global menejment bo’yicha mutaxassislar tashqi iqtisodiy bitimning qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro menejer faoliyatining dastlabki davrida qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin bo’lgan yettita asosiy elementini ajratadilar: 1) yangi xorijiy sheriklar bilan muzokaralar muhiti; 2) qabul qiluvchi mamlakatning madaniy va tarixiy xususiyatlari; 3) qabul qiluvchi mamlakat mafkurasi; 4) byurokratik an’analar; 5) qabul qiluvchi mamlakat qonunchiligi; 6) pul tizimlaridagi farqlar; 7) qabul qiluvchi mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorsizlik.

Osiyo boshqaruv uslubiga quyidagilar xarakterli: “yumshoq” tuzilmalarga urg’u berish, menejerlarning yuqori ta’lim darajasiga, kompaniya strategik rejalari muvaffaqiyatiga ishonish va sheriklarning bir-biriga ishonchi, firma umumiy maqsadiga hissa qo’shish xissiyoti.

Kursning ushbu darsida menejment uslubi, g’arbiy menejment uslubi, Osiyo menejment uslubi, menejment uslubidan qat'iy nazar ishga doir etiket kabi masalalar hamda menejment uslubi, g’arbiy menejment uslubi, sharqiy menejment uslubi “Sifat to’garaklari”, “Sogo Shosha”, “aniq muddatda” (Just in time) shartlarida yetkazib berish kabi tushunchalar keng yoritilgan.
8. Xalqaro biznesda kadrlar siyosati

Har bir xalqaro kompaniya qabul qiluvchi mamlakatda mahalliy personalni TMK filiallarida ishlash uchun o’z o’qitish dasturlari va usullariga ega.

Ko’pgina xalqaro kompaniyalar chet elda ishlash uchun xodimlarni tanlashga katta e’tibor beradilar. Buning uchun nomzodlar va ularning oila a’zolari stresslar, muloqot qilish bo’yicha psixologik testlardan o’tadi, kasbiy bilimlarni baholash o’tkaziladi.

Xalqaro kompaniyalar xorijiy filiallar rahbariyatini qabul qiluvchi mamlakat fuqarolaridan shakllantirish quyidagi afzalliklarga ega:

-mahalliy xodimlarning xizmati xalqaro kompaniyaga arzonroq tushadi;

-ayrim qabul qiluvchi mamlakatlarda xizmat qilayotgan mamlakat chegarasidan tashqarida kasbiy ma’lumot olgan buxgalterlar va huquqshunoslar xizmatidan foydalanish imkonini bermaydigan talablar mavjud.

-mahalliy kadrlar ishlab chiqarish munosabatlari, milliy iste’molchilar talabi xususiyatlarini yaxshiroq biladi va ba’zan hukumat doiralari bilan bevosita aloqalarga ega bo’ladi.

Shundan kelib chiqib ushbu dars xalqaro jamoani boshqarish xususiyatlari, qabul qiluvchi mamlakatda mahalliy xodimlarni xalqaro kompaniya menejment uslubiga o’qitish usullari, xalqaro kompaniyalarning xorijiy filiallarida rahbarlarni tayinlash strategiyasi va xodimlarni chet elda ishlashga tayyorlash, xorijiy filial shtatida mahalliy fuqarolar va muxojirlar kabi masalalarni qamrab olgan.

Shuningdek, etnotsentrik yo’nalish, politsentrik yo’nalish, geotsentrik yo’nalish, reintegratsiya, ekspatriantlar, raqobat kartasi kabi tushunchalar ilmiy tilde keng yoritilgan.
9. Xalqaro menejment tizimida inson resurslarini boshqarish

Xalqaro firmada inson resurslarini boshqarish xususiyatlari xorijiy filiallarning kadrlar siyosati bilan bog’liq. Xalqaro korporatsiyalarda inson resurslarini boshqarish bo’yicha turli xil yondashuvlarning mavjud bo’lishiga qaramay, ularning aksariyat qismi belgilangan maqsadlarga erishish hamda chet elda korxonaning iqtisodiy rivojlanishi uchun yuqori malakali xodimlar muhim ahamiyatga egaligini e’tirof etadi.

Kompaniya shtatini to’ldirish jarayonida malakali mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojni hisobga olmaslik aslo mumkin emas. Har bir firma o’z ishini yuqori darajada bajarish hamda malakasini oshirish layoqatiga ega bo’lgan kadrlar va yollanma xodimlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashdan boshlashi zarur.

Ushbu darsda xalqaro firmada inson resurslarini boshqarish xususiyatlari, xorijiy korxonalarni boshqarish shakllari, xorijga ishga yuboriladigan xodimlarning ba'zi shaxsiy tavsiflari, mehnat bozoridagi farqlar, repatriatsiya muammolari, optimal texnologiyalar, xalqaro kompaniyada mehnatga haq to’lash, ekspatriantlar mehnati kabi masalalarni qamrab olgan.


10. Xalqaro biznes etikasi va xalqaro aloqalar menejeriga qo’yiladigan talablar

Global menejerga etika ichki milliy va xalqaro ziddiyatlarning oldini olish imkoniyatini beradi. Global menejer malakasi iqtisodiy va texnik bilimlardan tashqari ijtimoiy soha haqidagi bilimlarni va muloqotga kirishuvchanlikni ham o’z ichiga olishi kerak. U o’z faoliyatining ijtimoiy oqibatlarini hisobga olishi shart.



Xalqaro menejer o’z faoliyatini faqat xo’jalik muvaffaqiyatiga erishishga yo’naltirganda va qabul qiluvchi mamlakatda jamoatchilik fikrini inkor etganda yoki qabul qiluvchi mamlakatda kishilarning asosiy guruhlari - xalqaro kompaniyalarning xorijiy filial ishchi va xizmatchilari, mahalliy aktsionerlar, hukumat mansabdorlari, kasaba uyushma rahbarlarini o’z faoliyatining foydaliligi, to’g’riligi va bezararligiga ishontira olmaganda ziddiyatlar tug’iladi.

Ushbu darsda global menejer uchun etikaning ahamiyati, xalqaro biznesni ahloqiy yuritishning asosiy belgilari, menejerning uch toifadagi shaxs talablarini hisobga olish zaruriyati kabi masalalar bayon etilgan hamda xalqaro biznes etikasi, biznes samaradorligi me’yorlari, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT), Xalqaro savdo palatasi (XSP) kabi tushunchalar keng yoritib berilgan.


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət