Ana səhifə

Xalqaro menejment


Yüklə 3.39 Mb.
səhifə1/16
tarix25.06.2016
ölçüsü3.39 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

XALQARO MENEJMENT”


FANIDAN O’QUV MARERIALLARI

TOSHKENT – 2013

MUNDARIJA


KIRISH. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

12

1 - MAVZU. XALQARO MENEJMENT FANINING NAZARIY ASOSLARI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

16

1.1. “Xalqaro (global) menejment” fanining nazariy asoslari . . . .

16

1.2. “Xalqaro menejment” kategoriyasi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

19

1.3. Xorijiy tadbirkorlik sharoitlarida yuqori tavakkalchilik. . . . . .

20

1.4. Jahon bozorida raqobatbardoshlikka erishishda xalqaro menejmentning o’rni. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

22

2-MAVZU. QABUL QILUVCHI MAMLAKATDA XORIJIY FIRMALARNING FAOLIYAT YURITISH SHAROITIGA MOSLASHUVI. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

29

2.1. Xo’jalik faoliyatini baynalmilallashtirishni motivatsiyalash. . .

29

2.2. Xorijda atrof-muhitga moslashish omillari. . . . . . . . . . . . . . . .

31

2.3.Xorijiy texnologiyalar va uskunalarni qabul qiluvchi mamlakatning sharoitlariga moslashtirish bo’yicha chora-tadbirlar.

36

3-MAVZU. XALQARO VA TRANSMILLIY KOMPANIYALAR. ULARNI BOSHQARISH TIZIMI. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

45

3.1. Milliy kompaniyaning xalqaro kompaniya darajasiga o’tish evolyutsiyasi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

45

3.2. TMK – xalqaro tadbirkorlikning eng samarali shakli . . . . . . . .

50

3.3. TMK millatini aniqlash. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

63

3.4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida TMKlar faoliyati .

69

4-MAVZU. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT SOHASIGA CHIQISH SHAROITLARINI TANLASH USLUBIYATI. . . . . . .

74

4.1. Tashqi bozorda faoliyat sohasini tanlash. . . . . . . . . . . . . . . . . .

74

4.2. Qabul qiluvchi mamlakatni tanlash. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

76

4.3. Xorijiy sherikni tanlash. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

83

5-MAVZU. XALQARO KOMPANIYALARNING DAVLAT BILAN MUNOSABATLARI. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

89

5.1. Davlatning o’z hududida xalqaro kompaniyalar faoliyatiga yondashish prinsiplari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

89

5.2. Xalqaro kompaniyalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

92

5.3. Milliy kapital eksportini rag’batlantirish. . . . . . . . . . . . . . . . . .

95

5.4. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga TMKlarni jalb qilish siyosati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

100

6-MAVZU. XORIJIY TADBIRKORLIK RIVOJLANISHIGA XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYANING TA’SIRI. . . . .

110

6.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya yordamida TMK imkoniyatlarini kengaytirish. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

110

6.2.Yevropa Ittifoqi sharoitlarida xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

112

6.3. NAFTAda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari. . . . . . . . .

115

6.4. ASEAN da xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari . . . . . . . .

117

6.5. MERKOSURda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari . . . .

118

6.6. O’zbekistonning mintaqaviy integratsiya jarayonlaridagi ishtiroki va TMKlarning imkoniyatlari. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

120

7-MAVZU. KOMPANIYA FAOLIYAT YURITAYOTGAN MAMLAKATLARDA MENEJMENT USLUBINING XUSUSIYATLARI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

125

7.1. Menejment uslubi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

125

7.2. G’arbiy menejment uslubi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

126

7.3. Osiyo menejment uslubi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

128

7.4. Menejment uslubidan qat’iy nazar ishga doir etiket. . . . . . . . .

136

8 - MAVZU. XALQARO BIZNESDA KADRLAR SIYOSATI . . . . .

139

8.1. Xalqaro jamoani boshqarish xususiyatlari. . . . . . . . . . . . . . . . .

139

8.2. Qabul qiluvchi mamlakatda mahalliy xodimlarni xalqaro kompaniya menejment uslubiga o’qitish usullari. . . . . . . . . . . . . . .

141

8.3. Xalqaro kompaniyalarning xorijiy filiallarida rahbarlarni tayinlash strategiyasi va xodimlarni chet elda ishlashga tayyorlash.

143

8.4. Xorijiy filial shtatida mahalliy fuqarolar va muxojirlar (ekspatriantlar) . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

148

9 - MAVZU. XALQARO MENEJMENT TIZIMIDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

152

9.1. Xalqaro firmada inson resurslarini boshqarish xususiyatlari. . .

152

9.2. Xorijiy korxonalarni boshqarish shakllari . . . . . . . . . . . . . . . . .

153

9.3. Xorijga ishga yuboriladigan xodimlarning ba’zi shaxsiy tavsiflari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

157

9.4. Mehnat bozoridagi farqlar. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

164

10 - MAVZU. XALQARO BIZNES ETIKASI VA XALQARO ALOQALAR MENEJERIGA QO’YILADIGAN TALABLAR . . .

169

10.1. Global menejer uchun etikaning ahamiyati. . . . . . . . . . . . . . .

169

10.2. Xalqaro biznesni ahloqiy yuritishning asosiy belgilari. . . . . .

171

10.3. Menejerning uch toifadagi shaxs talablarini hisobga olish zaruriyati. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

175

IZOHLI LUG’AT. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

179

ADABIYOTLAR RO’YXATI. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

188



KIRISH
Xalqaro (global) menejmentni o’rganish, ishlab chiqarishni va xorijiy firmalarning malakali tashkilotchisi bo’lish maqsadini o’z oldiga qo’ygan ta’lim oluvchi talabalar, shuningdek o’zbek firmalari rahbarlari uchun ham zarur hisoblanadi, chunki, “O’zbekiston bugun  xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi”.1

«Xalqaro (global) menejment» fani milliy firmalarni boshqarish usuli sifatidagi menejmentning umumiy tamoyillari majmuasidan jiddiy farq qiluvchi masalalarga bag’ishlangan. Xususan, milliy sharoitlarga yo’naltirilgan strategik menejment firmalarning baynalmilallashuvi va globallashuvi sharoitlarida qarorlar qabul qilish strategiyasini aniqlashga imkon bermaydi. Kompaniya xorijiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan joyda xalqaro boshqaruv vujudga keladi. Professional global menejerlar firmalarni xalqaro boshqarish sohasida faoliyat ko’rsatadilar. Bu firmalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyati davlat chegaralari orqali amalga oshiriladi. O’zbekistonda bunday firmalarning soni tobora ko’payib bormoqda. Chunki XXI asr boshida tabiiy resurslarga egalik qilishning o’zi davlatning iqtisodiy o’sishi uchun yetarli emas. Vaholanki, tayyor mahsulotlar, texnologiyalar, xizmatlar va kapitallarning xalqaro almashuvida faol ishtiroki orqali mamlakatning yuksalishiga erishiladi.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “... bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish – iste’mol talabini kengaytirish maqsadida sotsial sohani rivojlantirish, mehnatga haq to’lashni yanada oshirish, xizmat ko’rsatish sektorini, infratuzilma ob’yektlarini rivojlantrishga, transport va kommunikatsiya loyihalari amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdir”2.

Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asoslangan va chuqur o’ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to’siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi. Integratsiyalashgan global iqtisodiy makonning uzviy bir qismi sifatida O’zbekiston jahon iqtisodiy inqirozining tobora kuchayib borayotgan salbiy oqibatlarini his etayotgani va bundan keyin ham his etishini yaxshi tasavvur qilish mumkin. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «Bugun dunyo iqtisodiyotidagi ahvolni tahlil qilar ekanmiz, jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi hali-beri nihoyasiga etgani yo’q, deb aytishga barcha asoslarimiz bor»3.

Mamlakat Prezidenti tashqi munosabatlar borasida shunday degandi "O'zbekistorming milliy manfaatlariga mos keladigan ko'p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirish - davlatimizning

mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq turmushini

yaxshilashning zarur sharti va g'oyat muhim vositasidir".

O’zbеkiston iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish holatida, hamda kichik va xususiy biznеs salohiyatining kundan-kunga oshib borayotganligini inobatga olib, tovar mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish, aholi bandligini ta`minlash va mulkdorlar sinfini shakllantirishni tеzlashtirish uchun mahalliy xom-ashyo nеgizida buyumlar va matеriallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish yirik va kichik korxonalar o’rtasidagi koopеratsiya aloqalarini kеngaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xorijiy davlatlarning yirik va kichik korxonalar hamkorligini rivojlantirishga oid tajribalarini o’rganish bugungi kunda kichik biznеsni ishlab chiqarish maydonlari bilan ta`minlash, mahsulotni sotish jarayoni va markеting xizmatini tashkil etishdagi muammolarni xal etishda muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda dunyoda 10 mingga yaqin moliya-sanoat va transmilliy korporatsiyalar mavjud bo’lib, ular tarmoq korxonalari bilan birga moliya, sug’urta va boshqa infratuzilma sub`еktlaridan iborat zamonaviy ishlab chiqarish sohalaridan tashkil topgan.

Ular dunyoning 150 ta mamlakatida 180 mingtaga yaqin filiallarga ega bo’lib, jahon sanoat ishlab chiqarishning va tashqi iqtisodiy opеratsiyalarning yarmiga yaqinini hamda yangi zamonaviy tеxnika, tеxnologiya va "nou-xau"larga patеntlar va litsеnziyalarning 80 foizga yaqinini tashkil etadi. Boshqa tomondan esa, rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko’rsatish sohasida kichik biznеsning ulushi o’smoqda, Buning asosiy sababi kichik korxonalarning yirik

korxonalarga nisbatan tеz egiluvchanlik xususiyatlariga ega ekanligidir. Lеkin, kichik firmalar yuqori tеxnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishga ega bo’lmaydi, balki yirik korxonalarning korporativ xizmatiga kiradi va ularning faoliyati doirasida xizmat ko’rsatadi. Eng muhimi, yirik va kichik korxonalar o’rtasidagi munosabatlar nafaqat bozor raqobatlari asosida balki barqaror hamkorlikka asoslanadi. Bu esa, ularning o’zaro jipslashuvini yanada kuchaytiradi. Ya’ni, kichik biznеs zamonaviy hamkorlik jarayoniga to’siq bo’lmay, balki "buyurtmaviy ishlab chiqarish" tizimini shakllantirishning muhim omili hisoblanadi.

Bugungi kunda dunyo tajribasida yirik va kichik biznеs hamkorligida shartnomaviy tizim munosabatlari o’zining har tomonlama samaradorligini namoyish etmoqda. Buning yaqqol misoli bo’lib, univеrsal ko’rinishdagi franchayzing hisoblanadi. Bunda ko’proq yirik biznеsning qiziqishi yuqori bo’ladi, chunki franchayzing, birinchidan, mahsulotlarni sotish ustidan nazorat o’rnatib, ularni sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni qisqartirishga olib kеlsa, ikkinchidan, raqobatchilarga

qarshi kurashning samarali quroli hisoblanadi. Uchinchidan esa, qo’shimcha xarajatlarsiz mahsulot sifati va markasini nazorat qiladi. To’rtinchidan, kichik tadbirkorlarning istе`molchiga yaqinligi, turli toifa va masofadagi bozorlarga kirib borish hamda bozorda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni tеz va o’z vaqtida ilg’ab olish xususiyatlaridan kеlib chiqqan holda - yirik biznеs tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish doirasini kеngaytirishga shart-sharoit yaratib bеradi. Lеkin, shuni alohida ta`kidlash joizki, aksariyat kichik va xususiy korxonalar yirik biznеsga

qaram bo’ladi yoki ularning nazoratida bo’ladi. Birinchidan, kichik biznеsning yirik biznеs bilan hamkorligini amalga oshirishi, unga kuchli tayanch, himoyachisi mavjud bo’lishini ta`kidlasa, ikkinchidan, kichik biznеs faoliyati uchun doimiy moliyaviy ko’mak bazasi, kafolatlangan daromad olish imkoniyati tug`iladi.

Yirik, samarali faoliyat yuritayotgan va nafaqat o’z mamlakatida, balki xalqaro miqyosda yuqori mavqеga ega bo’lgan korporatsiyalarning faoliyati shundan dalolat bеrmoqdaki, ularning kichik biznеs bilan hamkorligida har tomonlama mustahkam munosabatlar o’rnatilgan. Buning uchun esa, yirik biznеs tomonidan markazlashtirilgan moliyaviy va tartibga solishning bozor tamoyillariga mos mеxanizm ishlab chiqilgan. Masalan, Yaponiyada yirik va kichik biznеs

o’rtasidagi hamkorlik vеrtikal intеgratsiyaga asoslangan. Bunda barcha tеxnologik bosqichlar – xomashyoga dastlabki ishlov bеrishdan to tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo’lgan jarayon bitta monopolistik guruh doirasida mujassamlashgan. Ushbu jarayon shunday tashkil etilganki, korxonaga kiruvchi barcha sub`еktlar bir-birlari bilan ishlab chiqarish jarayonida o’zaro mustahkam aloqada bo’lib, mahsulot ishlab chiqarishning ma’lum bosqichida bеvosita ishtirok etadi va uning

uchun javobgardir. Bu esa, nafaqat ishtirokchilar faoliyatining davomiyligini ta`minlaydi, balki ularning bir-biriga bog’liqligini yanada kuchaytiradi.

O’zbеkistonda yirik va kichik biznеsning koopеratsiya aloqalari asosan, yirik korxonalarning xom-ashyo, matеrial, butlovchi jihozlar va turli xizmatlarni amalga oshirishga qaratilgan, Lеkin, O’zbеkistonda ushbu usulga kichik biznеs sub`еktlari kam jalb etilgan. Buning o’ziga xos ob`yektiv va sub`еktiv sabablari mavjud. Jumladan, yirik korxonalar tеxnologik xususiyatlari nuqtai-nazaridan

kichik biznеsni jalb qilish imkoniyatiga ega bo’lmasa, o’zlarining yuqori malakali xodimlarini ish bilan band qilish uchun kichik korxonalar boshqarishi lozim bo’lgan ishlarni ham ular zimmasiga yuklashga majbur bo’lmoqda.

Rеspublika savdo va sanoat palatasi tomonidan ushbu muammoning muhimligini hisobga olingan holda, hududiy palatalar yordamida lokalizatsiya dasturini amalga oshirishda kichik biznеs sub`еktlarining imkoniyatlari o’rganib chiqildi. Monitoring natijasida, hozirgi kunda mamlakatimizda minglab raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’lgan kichik biznеs korxonalari mavjudligi aniqlandi.

Kursning prеdmеti xalqaro mеnеjmеnt munosabatlari, tashqi faoliyatda moliyaviy va

miqdoriy bilishlar asosidir.

Rеspublikada tayyorlangan adabiyotlarda xalqaro iqtisodiyotda tegishlilari mavjud.

Jumladan, «Xalqaro mеnеjmеnt» fanidan ma’ruzalar matni Nazarova G.G., Solihova N.M.tomonidan tayyorlangan, unda xalqaro tadbirkorlikni rivojlantirish, xalqaro biznеsda kadrlar siyosati, etikasi va inson rеsurslarini boshqarish masalalari qarab chiqilgan.

Hozirgi vujudga kelgan vaziyatda butun dunyoda firmalarni xalqaro boshqarish bo’yicha menejerlarga talab oshib bormoqda. Shuningdek, agar bir necha yil ilgari tashqi iqtisodiy faoliyat bilan faqat yirik kompaniyalargina shug’ullanadi degan fikr mavjud bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda hatto kichikroq firmaning zamonaviy rahbar-menejeri uchun ham uning milliy ko’lamdagi faoliyatining predmetlarini bilish endi yetarli emas. Jahon iqtisodiyoti jadal rivojlanib borayotgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning globallashuvi (jahon iqtisodiyotining bir butun yagona o’zaro bog’liq tizim sifatida amal qilish jarayoni) va erkinlashtirilishi ta’siriga bog’liq bo’lgan zamonaviy sharoitda xo’jalik faoliyatining baynalmillashuvi butun jahonda har bir menejerning kasbiy tayyorgarligiga yangi talablar qo’ymoqda. Ishlab chiqarish, sotish va ta’minlash bozorlari davlat chegaralaridan hatlab o’tmoqda. Iste’molchi uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi aniq firma, u joylashgan mamlakatga qaraganda ko’proq ahamiyatga ega bo’lmoqda. Firmaning samarali faoliyat ko’rsatishi uchun rahbar o’z firmasining bevosita iqtisodiy muhitini bilish bilan bir qatorda jahon bozoridagi ahvoldan ham xabardor bo’lishi zarur. Informatika, axborot texnologiyalari va transport vositalari sohasidagi yutuqlar davlatlar o’rtasidagi masofalarni qisqartirmoqda. Shuning uchun menejer firmaning ichki va tashqi iqtisodiy aloqalarining zamonaviy shakllari, ularning birlashuvi haqidagi bilimlarga ega bo’lishi va o’z firmasi faoliyatining samaradorligini oshirish uchun ulardan to’g’ri foydalana olishi kerak.

Global ko’lamli mutaxassislar tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi bilan shug’ullanayotgan firmalar uchun ham zarur hisoblanadi. O’zbekistonda xo’jalik sub’yektlari tashqi iqtisodiy faoliyatining kengayishi va MDH mamlakatlari kompaniyalari bilan qo’shma korxonalar tashkil qilishga qiziqishning kuchayishi natijasida global menejer mentalitetiga ega rahbarlarga ko’proq ehtiyoj vujudga kelmoqda. Bunday rahbar firmaning faoliyati qiyinlashganda xalqaro aloqalarni kengaytirish orqali muammolarni hal qilish yo’llarini izlaydi va quyidagilarni maqsadga muvofiq deb topishi mumkin:

- raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish maqsadida (marketing konsepsiyasidan kelib chiqib) texnologik va uskunalarni zamonaviylashtirishni jadallashtirish uchun xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilish;

- iste’molchilar doirasini kengaytirish va jahon bozoriga o’z mahsuloti bilan chiqish uchun xususiy va davlat kompaniyalari bilan firmalararo kooperatsiyani amalga oshirish;

- mintaqaviy ma’muriyat yordamida sarmoyadorlar uchun jozibali sharoitlar yaratish;

- korxona ishiga milliy va xorijiy sheriklar bilan to’g’ri kontraktlar tuza oluvchi huquqshunoslarni jalb qilish;

- korxona ixtisoslashuvi sohasida ilmiy-texnik taraqqiyot haqidagi axborotni muntazam olish va o’zining ilmiy-texnik va konstruktorlik bazasini rivojlantirish uchun milliy va xorijiy tadqiqot markazlari va universitetlarini jalb qilish;

- qiziqish bildirgan xalqaro iqtisodiy va ilmiy-texnik tashkilotlar bilan ishbilarmonlik munosabatlarini o’rnatish.

«Xalqaro (global) menejment» fanining vazifasi — jahon bozorida milliy va xalqaro kompaniyalar strategiyasini, integral (birikma) xalqaro texnologiyalarni qo’llash orqali ishlab chiqarishni baynalmilallashtirish imkoniyatlarini, xorijiy an’analar, madaniy xususiyatlar va qabul qilingan standartlarga moslashish usullarini o’rganishdan iboratdir. Natija sifatida esa global ko’lamdagi tafakkur, falsafa va psixologiyani hamda chet elda tadbirkorlik faoliyati sharoitlariga tez moslashish ko’nikmalarini egallash qabul qilinadi.




1 - MAVZU. XALQARO MENEJMENT FANINING NAZARIY ASOSLARI



    1. Xalqaro (global) menejment” fanining nazariy asoslari

Xalqaro menejment asosiy maqsadlari turli mamlakatlarda biznes yuritish imkoniyatlari hisobiga firmalarning raqobatli afzalliklarini shakllantirish, rivojlantirish va foydalanish hamda bu mamlakatlardan iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, madaniy va boshqa xususiyatlardan mos ravishda foydalanish hisoblangan o’ziga xos bir menejment turi sanaladi.

“Xalqaro (global) menejment” kategoriyasiga ta’rif berish uchun tovarlar va xizmatlarning turli mamlakatlarda ishlab chiqarilishi va sotilishiga imkoniyat yaratuvchi tadbirkorlik shakli sifatida xalqaro biznes tushunchasini aniqlab olish zarur. Global menejment nazariyasining asosiy prinsiplari bo’lib mutlaq ustunliklar, nisbiy afzalliklar, mahsulotning xalqaro hayotiylik sikli va bevosita xorijiy investitsiyalar tamoyillari hisoblanadi.

Mutlaq ustunliklar tamoyili boshqa davlatlarga nisbatan mehnat unumdorligi yuqori va ishlab chiqarish harajatlari past bo’lgan mamlakatda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil qilishni nazarda tutadi. Bunday sharoitlar mutlaq ustunliklarga ega mamlakatdan boshqa davlatlarga tovarlar va xizmatlar eksportini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Mutlaq ustunliklar, shuningdek nisbiy ustunliklar ham xalqaro biznesni rivojlantirishni rag’batlantiradi.

Nisbiy afzalliklar tamoyili mamlakatda bir necha xil tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniyatlarini asoslab beradi. Bu holda menejer mutlaq ustunliklarga ega bo’lgan mahsulotni tanlashi va uni ishlab chiqarish va eksport qilishga kuch-quvvatlarni jamlashi zarur bo’ladi. Qolgan tovarlar va xizmatlar esa faqat ichki bozor uchun mo’ljallanishi va unga bo’lgan ehtiyojlarning bir qismi import hisobiga qondirilishi mumkin. Mutlaq va nisbiy ustunliklarning kombinatsiyasi har bir mamlakatga tegishli bo’lgan ishlab chiqarishni tashkil qilish va davlat siyosati bilan birga turli mamlakatlarning firmalariga raqobat sharoitlarida yuqori obro’ni ta’minlaydi. Tajribaning ko’rsatishicha, AQSh korporatsiyalarining yo’lovchi samolyotlarini (“Boing” kompaniyasi), qudratli kompyuterlarni (“IBM” kompaniyasi), kompyuter dasturlari (“Microsoft” kompaniyasi), atrof-muhit muhofazasi uchun uskunalarni, o’g’itlarni ishlab chiqarishdagi raqobatbardoshligi shubhasiz. Jahon bozorlarida Germaniya firmalari avtomobillar, kimyoviy mahsulotlar, qishloq xo’jalik mashinalari, optik asMAVZUlar, poligrafiya uskunalari kabi tovarlar bo’yicha yuqori raqobatbardoshligi bilan mashhur. Jahon bozorlarida uglerodli tolalar, telekommunikatsiya uskunalari, dengiz kemalari, avtomobillar, maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi yapon kompaniyalari ham mashhurdir. Italiya firmalari esa keramik va to’qimachilik mahsulotlarini, sport poyafzali, qadoqlash uskunalarini yirik ishlab chiqaruvchilari hisoblanadi.

Mahsulotning xalqaro hayotiylik sikli tamoyili amerikalik iqtisodchi R.Vernan tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotning hayotiylik sikli nazariyasiga asoslanadi. U ichki va tashqi bozorlarga yangi mahsulotlar bilan chiqishda tez o’zgaruvchan kon’yunktura va o’tkir raqobat kurashi sharoitlarida tadbirkorlarning e’tiborini tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligi muammolariga qaratish maqsadida har qanday tovarni sotish jarayonini 4 bosqichga ajratadi:

1-bosqich – yangilik kiritish bosqichi. Ushbu bosqich mahsulotning konstruktiv xususiyatlari va texnik xarakteristikalari xaridorlar tomonidan xali to’la o’rganilmagan vaqtda talabning qat’iy emasligi, bozorning egallanmaganligi, yangi tovarga talab o’sishining sekin kechishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda xaridorlar bozorda yangi mahsulotga e’tibor berib, uning afzalliklarini baholab boradilar, natijada xaridlar hajmi sekin o’sa boshlaydi.

2-bosqich – xarid hajmining ko’payish bosqichi. Ushbu bosqichda tovarning yuqori iste’mol xususiyatlarining xaridorlar tomonidan tan olinishi evaziga talabning o’sishi bilan bog’liq holda ishlab chiqarish va xarid hajmi ko’payadi. Bu birinchi bo’lib ommaviy mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan firmalar uchun maksimal foyda olish vaqti hisoblanadi.

3-bosqich – bozorni to’ldirish bosqichi. Ushbu bosqich xaridorlarning asosiy qismining ushbu tovarga bo’lgan o’z ehtiyojlarini qondirib bo’lganligi, uning ishlab chiqarilishi raqobatchilar tomonidan o’zlashtirila boshlanganligi va raqobat belgilari paydo bo’lganligi bilan xarakterlanadi.

4-bosqich – kamayish bosqichi. Ushbu bosqichda mahsulotning hayotiylik siklini uzaytirish uchun uni ishlab chiqarish nisbatan past ishlab chiqarish harajatlariga ega bo’lgan, ko’pincha rivojlanayotgan mamlakatlarga bevosita investitsiyalar yo’li bilan ko’chiriladi. Bu mamlakatlarga ushbu mahsulotni eksport qilish, odatda, bu yerda ularni ishlab chiqarishdan ilgari boshlangan bo’ladi. Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirilishi natijasida mahsulotni xorijiy mamlakatlardan import qilish qisqaradi.

Bevosita xorijiy investitsiyalar – bu bevosita sarmoyador firma va qabul qiluvchi firma o’rtasida uzoq muddatli faoliyatga oid munosabatlarga mo’ljallangan kapital qo’yilmalardir. Bu munosabatlarda bevosita investorning maqsadi bo’lib qabul qiluvchi mamlakatda korxonani boshqarishni tashkil qilishga jiddiy ta’sir ko’rsatish va uning faoliyatini nazorat qilish hisoblanadi. Bevosita xorijiy investitsiyalar turli mamlakatlarning firmalari o’rtasida dastlabki bitimning boshlang’ich bosqichi sifatida xizmat qilib, shuningdek o’z ichiga ular o’rtasidagi barcha keyingi kelishuvlarni oladi. Bu bitimlar va kelishuvlarning sub’yektlari sifatida asosiy ishtirokchilardan tashqari ular bilan bog’liq firmalar ham faoliyat ko’rsatishi mumkin. Investorning bevosita xorijiy investitsiyalarni kiritish mamlakatini tanlashda iqtisodiy o’sish sur’atlari, bank foizi va kredit shartlari, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish harajatlari, tashqi qarzdorlik, siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik asosiy ustunliklar hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari to’g’risida»ga Qonunining (30.04.1998 y.) 3-moddasiga binoan chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’yektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi.


  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət