Ana səhifə

Tadbirining ishlanmasi


Yüklə 90.5 Kb.
tarix26.06.2016
ölçüsü90.5 Kb.
SAMARQAND SHAHAR

64 – UMUMIY O’RTA TA’LIM

MAKTAB GEOGRAFIYA FANI

O’QITUVCHISI XAQBERDIYEVA

SHOXISTA SHOMURODOVNANING

9 – “A” SINFIDA O’TKAZGAN
O’YLA, IZLA, TOP”
TADBIRINING ISHLANMASI

Oyla, izla, top!”


(9-sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkaziladigan tadbir )
Tadbirning maqsadi: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, ularni bo`sh vaqtlaridan unumli foydalanishga o`rgatish va dunyoqarashlarini kengaytirish.

-ta`limiy maqsad: oldingi sinflarda va 9-sinfda o’tilgan mavzular bo’yicha o’quvchilar bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish;

-tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda geografik madaniyatni shakllantirishda davom etish, ularda Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash, darsda qo’shimcha manbalardan foydalanishga o’rgatish;

-rivojlantiruvchi: o’quvchilarda topqirlik, ziyraklik, amaliy ishlarni mustaqil bajarish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

Dars turi: bilimlarni mustahkamlovchi

Dars uslubi: noan`anaviy

Dars jihozi: Mavzuga oid xaritalar, tarqatma materiallar, qo’shimcha qo’llanmalar, boshqotirmalar, globus.

Darsning borishi:

-tashkiliy qism: davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga jalb etish;

-asosiy qism: sinf o’quvchilarini guruhlarga ajratish va guruhlarni nomlash.
Tadbirning shartlari:

1.”Aql charxi”.

2.”Maqollarni davom ettiring”.

3.”Ortiqchasini top!” o’yini.

4.Boshqotirma.

5.”Kim chaqqon” o’yini.


1.”Aql charxi” shartlariga ko`ra, har bir guruhga o`tilgan mavzular yuzasidan o`ntadan savol beriladi.

1-guruhga savollar:
1. ”Podsholik qiladi, lekin idora qilmaydi” iborasi qaysi davlatlar uchun xos? (Buyuk Britaniya, Norvegiya, Svetsiya, Daniya va boshqalar).

2. Biologik resurslar deb nimaga aytiladi? (O’simlik va hayvonlar).

3. Yevropadagi ikkiga ajralgan mamlakatni ayting. (Chexoslovakiya).

4.O`zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilmalarini ayting.(Shahar, shaharcha, qishloq,ovul).

5. AQSH qaysi materikda joylashgan? (Shimoliy Amerika).

6. Eng katta orol – (Grenlandiya).

7. Dunyodagi eng chuqur ko`l – (Baykal).

8. Yer sharidagi eng yirik dengiz – (Sargasso).

9. Yer sharidagi eng uzun g`or – (Flint-Mamont).

10. Eng katta suv hayvoni – (Kit).



2-guruhga savollar:
1.”Katta sakkizlik” mamlakatlarini sanab bering. (AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya).

2.Quyidagi davlatlar qanday toifadagi davlatlarga misol bo`la oladi: Niger, Chad, Burundi, Laos, Albaniya. (Iqtisodiy jihatdan eng past rivojlangan davlatlar).

3.NATO mamlakatlari tomonidan qanday dastur qabul qilingan? (Tinchlik yo`lida hamkorlik).

4.O`zbekistondagi ekologik muammolarni hal qilish uchun qanday tashkilot ish olib boradi? (Ekosan).

5. Jahon siyosiy xaritasida nechta respublika davlatlar bor? (148 ta).

6. Yer yuzidagi eng sovuq materik – (Antarktida).

7. Dunyodagi eng baland tog` tizmasi – (Himolay, Jomolungma cho`qqisi).

8. Dunyo okeanidagi eng chuqur botiqni ayting – (Marianna botig`i).

9. Eng katta ko’l? – (Kaspiy).

10. Quruqlikdagi eng katta hayvon – (Fil).



3-guruhga savollar
1.Jahon siyosiy xaritasida qanday sabablarga ko’ra o’zgarish bo’ishi mumkin?

2.Tayanch mamlakatlar guruhini aytib bering.

3.O’zbekiston birlashgan millatlar tashkilotiga qachon a`zo bo’ldi?

4.Jahon siyosiy xaritasida monarxiya davlatlar soni nechta?

5.Aholi jon boshiga yalpi milliy daromad eng ko’p to’g’ri keladigan mamlakat?

6.Yer yuzidagi eng katta cho’l?

7.Eng quruq materik?

8.Eng sersuv daryo qaysi materikda joylashgan?

9.O’zbekistonning eng baland cho’qqisi?

10.Yer yuzidagi eng yirik qush?


II. “Maqollarni davom ettiring”. Bu shartda guruhlarga maqollarning boshi aytiladi, qolganini o`quvchilar davom ettiradilar.
1-guruh uchun:
1.Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang … (yuz hayda).

2.Ona bilan bola, gul bilan … (lola).

3.Bir yil tut ekkan, yuz yil … (gavhar terar).

4.Bilgan topib gapirar, bilmagan … (qopib gapirar).

5.Avval o`zingga boq, keyin … (nog`ora qoq).

6.To`rtovlon tugal bo`lsa, unmaganin undirar,

Oltovlon ola bo`lsa, … (og`zidagin oldirar).

7.Ish ishtaha ochar, dangasa … (ishdan qochar).


2-guruh uchun:
1. Dangasaga ish buyursang, otang bermagan … (nasihatni beradi).

2. Qozonda bori … (cho`michga chiqadi).

3. Qarisi bor uyning … (parisi bor).

4. Oz-oz o`rganib dono bo`lur, Qatra-qatra yig`ilib …(daryo bo`lur).

5. Toma-toma ko`l bo`lur, hech tommasa … (cho`l bo`lur).

6. Hurmat tilasang, kam de, sihat tilasang … (kam ye).

7. Do`sting mingta bo`lsa ham kam, dushmaning …(bitta bo`lsa ham ko`p).

3-guruh uchun:
1.Yomonni tanirlar gul kiysa ham, yaxshini tanirlar … (juldur kiysa ham).

2.Bulbul chamanni sevar, … (odam Vatanni).

3.Kamtarga kamol, … (manmanga zavol).

4.Yoshlikda olingan bilim, toshga yozilgan …(bitikdir).

5.Bo`ladigan bola bolaligidan bosh bo`lar,

Bo`lmaydigan bola 70 yoshda ham … (yosh bo`lar).

6.Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga,

Yomon bilan yursang …(qolarsan uyatga).

7.Aprel kelsa, muz turmas, sovchi kelsa,… (qiz turmas ).
III. “Ortiqchasini top”. Bu shartda guruhlarga topshiriqlar yozilgan tarqatmalar beriladi. O’quvchilar berilgan vaqt ishida topshiriqni bajarishlari kerak.


1.Shimoliy Amerika

2.Osiyo


3.Afrika

4.Avstraliya

5.Antarktida


1.Missisipi

2.Murrey


3.Nil

4.Amazonka

5.Titikaka


1.Daniya

2.Yaponiya

3.Quvayt

4.Tojikiston

5.Niderlandiya


1.Himolay

2.Turon


3.Tyanshan

4.Pomir


5.Oloy

1.Sahroi Kabir

2.Qizilqum

3.Taklamakon

4.Atakama

5.Sharqiy Yevropa




IV. “Boshqotirma” o’yini. Bu shartda guruhlarga “Geografiya” boshqotirmasi beriladi.

Boshqotirma 5 daqiqa ichida to’ldirilishi kerak.




G

o

r

i

z

o

n

t




E

k

v

a

t

o

r




O

k

e

a

n




G

l

o

b

u

s




R

e

l

ye

f




A

z

i

m

u

t




F

l

yu

g

e

r




I

q

l

i

m




YA

a

r

i

m

o

r

o

l


Boshqotirma savollari:

1.Ufq tekisligi.

2.Yer sharini qoq ikkiga bo’luvchi chiziq.

3.Dunyo okeanining materiklar oralig’idagi qismlari.

4.Yer sharining modeli.

5.Yer yuzasidagi barcha notekisliklar.

6.Xaritada shimol yo’nalishi bilan tanlangan obyekt yo’nalishi orasidagi burchak.

7.Shamolning yo’nalishini aniqlaydigan asbob.

8.Ob-havoning ko’p yillik rejimi.

9.Uch tomoni suv bilan o’ralgan quruqlik.


V.”Kim chaqqon” o’yini. Geografik o’lchov asboblari qanday vazifani bajaradi? Javob raqamlarini to’g’ri joylashtiring.


O’lchov asbobi nomi

Javob raqamlarda

O’lchov asbobi nomi

Javob raqamlarda

Ruletka

2

Anemometr

7

Exolot

4

Termometr

9

Flyuger

10

Barometr

5

Gigrometr

6

Kompas

3

Nivelir

8

Batiskaf

1

1.Okean tubini o’rganadi. 2.Bir-biriga yaqin turgan ikki predmet orasidagi masofani aniqlaydi. 3.Ufq tomonlarini aniqlaydi. 4.Okean yoki dengiz chuqurligini aniqlaydi.

5.Havo bosimini aniqlaydi. 6.Yog’in miqdorini aniqlaydi. 7.Shamol tezligini aniqlaydi.

8.Tepalikning balandligini aniqlaydi. 9.Haroratni aniqlaydi. 10.Shamol yo’nalishini aniqlaydi.


Darsni yakunlash: O’qituvchi o’quvchilar to’plagan ballarni hisoblab chiqadi va g’olib guruhni aniqlaydi. O’quvchilar tomonidan yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar tuzatiladi.

O’quvchilar bilimini baholash: Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa: Takrorlash.


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət