Ana səhifə

1947-yilning 12-fevral kuni boshqa bir osmon toshi Sixote-Alinsk meteoritining tushi


Yüklə 13.17 Kb.
tarix27.06.2016
ölçüsü13.17 Kb.
Meteoritlar

Ba`zan samoning “daydi” toshlari ancha katta bo`lib, Yer atmosferasi qatlamidan o`tayotganda yonib ulgurmaydi va bolid ko`rinishida yer sirtiga tushadi. Ular meteoritlar degan nom bilan yuritiladi. Meteoritlar asosan toshdan, temirdan, tosh-temirdan va ba`zan muzdan iborat bo`ladi.

Tarixda kishilar bir necha bor osmon jinslarining Yerga “tashrif” buyurgan “vakili” muzdan iborat bo`lganini ko`rishgan. Xuddi shunday hodisadan biri Kiyev viloyatida kuzatilgan: 1970-yilning 8 mayida Yagotina shahrida bulutsiz ochiq havodan kattagina muz parchasi yerga urilib, bir necha bo`lakchalarga parchalanib ketgan. Bo`laklarning umumiy og`irligi, tortilganda, 15 kilogrammga yetgan.

Buyuk Karl zamonasining qo`lyozmalaridan birida esa osmondan kattaligi sal kam uydek keladigan muz parchasi tushganligi haqida yoziladi. 1908- yili Sibir taygasiga “mexmon” bo`lgan boshqa bir osmon jismining nimadan iborat bo`lganligini aniqlash olimlar orasida o`n yillab cho`zilgan tortishuvga sabab bo`lib, hozirgacha ham sirliligini saqlamoqda.

Sibir “mexmoni” Podkamennaya Tunguska daryosining o`ng qirg`og`ida joylashgan Vanovare qisglog`idan yuz kilometrcha shimoli-g`arbda ertalab, Quyosh biroz ko`tarilganda “tashrif” buyurgan. Yerni kuchli larzaga solib, planetamizga “qadam ranjida” qilgan bu osmon jismi keyinchalik Tungus meteoriti nomi bilan fanda keng tanildi.

Hisoblashlarning ko`rsatishicha, planetamizga yiliga 500 dan ortiq bunday toshlar “tashrif” buyuradi. Biroq Yer yuzining qariyb 70 protsenti suv bilan qoplanganligini e`tiborga ol-

sak, bu toshlardan 350 ga yaqin dengiz va okean tublaridan joy olib, izsiz yo`qolishlari ma`lum bo`ladi. Qolganlari quruqlikka tushadigan 150 toshining hammasi ham aholi yashaydigan joylar atrofiga tushavermaydi albatta, shuning ushun osmon “mehmonlari”ni ko`rish har kimga ham nasib bo`lavermaydi.

1947-yilning 12-fevral kuni boshqa bir osmon toshi – Sixote-Alinsk meteoritining tushi-

shiga Uzoq Sharqdagi Iman shaharchasida istiqomat qiluvchi rassom Medvedev guvoh bo`ldi.Uning ma`lum qilishicha, olov shar orqasidan burqsigan tutundan iz qoldirib va turli tomonga uchdi. Olov shar gorizontdan yo`qolgandan so`ng u tomondan juda kuchli portlash tovushi eshitildi. Keyingi yillarda bu temir meteoritni o`rganish yuzasidan uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiyalar bu “osmon mehmoni” yer sirtiga tushishdan oldinroq havoda parchalanganini va uning parchalaridan hosil bo`lgan voronkalar bir necha kvadrat kilometrli maydonni egallagani aniqlashdi. Hosil bo`lgan voronkalarning (o`ralarning) diametri 60 santimetrdan 28 metrgacha bo`lib, ulardan topilgan meteorit bo`laklarining og`irligi 1 kilogrammdan 70 kilogrammgachani tashkil qildi. Hisoblashlar meteorit bo`laklarining umumiy og`irligi 100 tonnadan kam emasligi ko`rsatdi.

Birinchi bo`lib osmondan tosh tushshi mumkinligi Peterburg Fanlar akademiyasining muxbir a`zosi E. F. Xladniy o`zining 1794-yilda bosilib chiqqan “Pallas tomonidan topilgan temir bo`lagining kelib chiqishi va u bilan bog`liq tabiat hodisalari haqida” asarida ilmiy asosladi. E. F. Xladniy Krasnoyarsk o`lkasiga tushgan temir meteoritni uzoq vaqt o`rganib, u osmondan tushganligiga to`la ishonch hosil qildi va yuqorida tilga olingan ilmiy asqrni yozish bilan meteoritikaga birinchi bo`lib asos soldi.

Osmon toshlariningyerga tushishi juda qadimdan kuzatilgan bo`lib, bu toshlar xudoning yerlilarga in`omi deb qaralar va muqaddas hisoblanardi. Shunday samo “mehmon”laridan biri 1514-yili Germaniyaga tushgan tosh meteorit bo`lib, u tushgan maydon yaqinida joylashgan cherkovga o`rnatilgan va qayta “osmonga uchib ketmasligi” uchun temir zanjirlar bilan bog`lab qo`yilgan. Bu cherkov ham xudojo`ylar uchun muqaddas qadamjoga aylangan.

Yerga tushib turadigan bu toshlar qayerdan keladi, degan savol tug`iladi. Gap shundaki, osmonda turli kattalikka ega bo`lgan har xil toshlar ming-minglab topilgan bo`lib, ular ham planetalar kabi Quyoshning atrofida aylanadi. Ularning ishida turli orbitalilari bilan birga, orbitalari yagona bo`lganlari ham ko`plab uchraydi. Xususan, parchalangan kometa (“dumli yulduz”) orbitasida minglab turli kattaliklardagi osmon jismlari ham uchraydi. Orbitasi bo`ylab harakatlanayotgan bunday mayda jismlar Yer yaqinidan o`tayotib, uning kuchli ta`siriga beriladilar va o`z “yo`llari”ni planetamiz tomon burishga majbur bo`ladilar.

Meteoritlar yerga urilganda uning tezligiga bog`liq ravishda turli kattalikdagi o`ralar hosil qiladi. O`raning chuqurligi urilish joyining yumshoqligiga ham bog`liq, albatta. 1871-yil 10-dekabrda Bandunga (Yava) yaqinidagi sholi maydoniga tushgan meteoritning og`irligi 8 kilogramm bo`lib, yerga 1 metrgacha kirib ketgan. 1910-yilning 12-iyulida Sant-Mixel (Finlyan-

diya) yaqiniga tushgan osmon toshining og`irligi esa 10 kilogramm bo`lib, yarim metr chuqurlik-

dagi o`rani hosil qilgan. 1948-yili Norton (Kanzas shtati) shahri yaqinidagi makkajo`xori maydo-

niga tushgan osmon jismlari “vakili”ning og`irligi bir tonnaga yaqin bo`lib, hosil qilgan o`rasining chuqurligi uch metrga yetdi.

Garchi meteoritlar yer atmosferasiga sekundiga o`nlab kilometr tezlikka ega holda kirsa-

lar-da, havoning katta qarshiligi ularni tezda “hovuridan tushiradi”. Hisoblashlarning ko`rsatishicha, yerga urilish paytida ularning o`rtacha tezligi sekundiga 200 – 300 metrni tashkil qiladi. K. P. Stanyukovich tezligi sekundiga 4 kilometrgacha bo`lgan toshlarning yerga urilishi portlash bilan tugashini ilmiy asosladi. Portlagan meteorit urilish joyida krater (havza) hosil qilib

uning parchalari bir necha kilometrgacha otilib ketadi. Tezligi sekundiga 4 kilometrdan ortiq bo`lgan osmon toshining Yerga urilishidan ajralgan energiya har qanday shunday massali portlovchi moddadan (portlash paytida) ajralgan energiyasidan bir necha marta ortiq bo`ladi. Bunday katta tezlik bilan uriluvchi meteorit energiyasining bir qismi uni to`la bug`latib yuborishga sarf bo`lsa, qolgan qismi krater hosil qilish va tuproqni isitishga ketadi. Bunday kat-

ta tezlikka erishuvchi meteoritning massasi juda katta (taxminan 100 tonna) bo`lishi hisoblashlardan ma`lum. Shuning uchun ham massasi 100 tonnadan ortiq osmon “mehmon”larini Yerda topib bo`lmaydi, ular “avtograf “ sifatida Yerda ulkan kraterlargina qoldiradilar. Meteorit hosil qilgan bunday yirik kraterlardan biri Arizona shtatida (AQSH) topilgan bo`lib, uning diametri 1300 metrga , chuqurligi esa 175 metrga yetadi.

1891-yili bir guruh amerika olimlari Arizona shtati bo`ylab safarga chiqishdi va sahro o`rtasida juda katta voronkaga (o`raga) duch kelishdi. Voronka atrofida 10 kilometrgacha masofaga uloqtirilgan qoya toshlarining topilishi, voronka tuprog`i bir qismini ezib kukunga aylantirilgani va boshqa bir qismi eritib qotishmaga aylantirilgani, olimlar tomonidan krater, portlash tufayli vujudga kelgan degan xulosaga kelishlariga asos bo`ldi. Olimlar halokat ro`y bergan bu joydan ko`p uzoqda bo`lmagan yerda istiqomat qilgan, qadimda mashhur hind qabilalari avlodlaridan surishtirib, krater atrofi zonasini Alvasti darasi deyilishini va, afsonalarga ko`ra, “u yerga bir vaqtlar xudo o`z olov aravasida tushganini” aniqladilar. Shundan so`ng olimlar krater – osmon toshining “ishi” degan gumon bilan uning atrofini qidirdilar. Natijada krater yaqinidan va hatto undan o`nlab kilometrgacha masofadan meteorit bo`laklarini topdilar. Minglab topilgan meteorit parchalarining umumiy og`irligi 20 tonnadan ortiq chiqdi.

Bunday yirik meteorit hosil qilgan kraterlardan yana biri Texas shtatida topildi; uning diametri 162 metr bo`lib, chuqurligi 5 metrni tashkil qiladi. Krater va uning atrofidagi maydondan qariyb bir yarim ming temir meteorit parchalari topilgan.

1931-yili Avstraliyaning Xenberi cho`lida esa meteoritlar “yomg`iri”dan hosil bo`lgan 13 krater topildi. Ulardan eng kattasining diametri 165 metr bo`lib, chuqurligi 15 metrga yetadi. Kraterlar guruhi yastangan maydondan qariyb bir yarim ming meteorit bo`laklarining topilishi va mahalliy aholi orasida tarqalgan “qoya ortida yonib tushgan Quyosh” afsonasi bu kraterlar, osmon toshlari “bombardirovka”sining oqibati ekanligidan darak beradi. Topilgan toshlarining og`irligi bir necha kilogrammdan yarim tonnagacha keladi.

Tabiatning bunday ajoyib hodisalarida bosh ijrochi sifatida ishtirok etgan o`nlab yirik meteoritlar planetamizning turli burchaklarida muzey eksponatlari qatoridan o`rin olgan. Chixua-

xuada (Meksika) topilgan Morita deb nomlangan to`g`ri konus shaklidagi meteoritning og`irligi 11 tonna bo`lib, hozir Mexikoda saqlanadi. Argentinaning Kampo-det-S`eto (“Yulduzli maydon”) maydonida topilgan osmon “vakili”ning og`irligi 13 tonnani, Amerikaning tabiat tarixi muzeyida saqlanayotgan 1902-yili Oregon o`rmonlaridan topilgan Villamette temir meteoritining og`irligi 14 tonnani tashkil qiladi. Sinszyan (Xitoy) viloyatining Armanti shaharchasi yaqiniga tushgan meteoritning og`irligi 20 tonna, Tanganikaga tushgan Mbozi ismli boshqa meteoritning bo`yi 4 metr chamasi bo`lib, eni va qalinligi 120 santimetr, og`irligi esa 25 tonna. Meksikaning Sinapoa shtatiga tushgan osmon toshi ham boshqalaridan qolishmaydi. Uning bo`yi 4 metrni, eni qariyb 2 metrni, qalinligi esa 1 metr 60santimetrni tashkil qilib, og`irligi 27 tonnadir. G`arbiy Grenlandiyaga tushgan meteorit Yerga urilgan parchalanib ketdi. 1897-yili Nyu-Yorkka keltirilgan va Keyi-York deb yuritiladigan bu meteorit uchta katta bo`lagining og`irligi 30 tonna (“Palatka”), 3 tonna (“Ayol”) va 408 kilogramm (“It”)ni tashkil qiladi.

Planetamizda topilgan yaxlit meteoritlar ichida eng yirigi janubi-g`arbiy Afrikaga “qadam ranjida “ qilgan bo`lib, bu temir meteoritning bo`yi va eni qariyb 3 metrdan, eni esa 1 metrdan ortiq. Bu gigant temir “mehmon”ning og`irligi 60 tonna! Olim S. Gordonning aniqlashicha meteorit Yer atmosferasiga kirishdan oldin 100 tonnani tashkil qilgan.



Yuqorida eslatilganidek, meteoritlarning aholi yashaydigan manzillarga tushish ehtimoli juda kam. Butun insoniyat tarixida meteoritlardan 15 tasigina kishilar yashaydigan tomlarga tushganligi aniq qayd qilingan. Shundan to`rt holidagina kishilar yengil jarohatlangan va kontuziya olganlar, xolos.


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət