Ana səhifə

O`zbek davlatchiligi x-x1i asrlarda


Yüklə 40.78 Kb.
tarix25.06.2016
ölçüsü40.78 Kb.
O`ZBEK DAVLATChILIGI X-X1I ASRLARDA

VII asrning o`rtalarida arablarning mamlakatimizga tahdidi jiddiy tus oldi. Sosoniylardan bo`lmish Yazdigar III ni quvib kelgan arablar 651 yili Marvni egallaydilar. Shundan keyingi 60 yildan ortiq vaqt mobaynida ular mintaqaning boshqa yirik markazlarini ham bosib olishga harakat qildilar.

Faqat VIII asrning boshlariga kelibgina arablar birin-ketin Xorazm, Buxoro, Samarqand, Shosh va Farg`ona kabi yerlarni bo`ysundira oldilar. Albatta, arablarning mazkur muvaffaqiyati yurtimiz shahar-qishloqlarini talash, vatan himoyasiga otlanganlarni qirish, asrlar davomida yaratib kelingan turli va ko`plab madaniy-ma'naviy obidalarni (yozma manbalar, ibodatxonalar va hokazo) yakson qilish orqali amalga oshirilgan edi. Chunonchi, arablarning Xorazmga bosqinini ta'riflab Abu Rayhon Beruniy shunday yozgandi: "(arab lashkarboshisi) Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini (ya'ni tarixini - A. 3.) o`rgangan va bilimini boshqalarga o`rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo`q qilib yuborgan edi". Shu tariqa o`lkamiz milodiy 1-mingyillikda ilk bor tashqi tajovuzkor domiga tushib, endi Arab xalifaligiga haram bo`lib qoldi. Demak, siyosiy mustaqillik, o`z yurtida davlatni boshharish erki yo`qoldi.

Islom ta'limoti asosida mafkuraviy jihatdan jamiyatda bir butunlikka rishilganini hisobga olmaganda bu galgi erkni yo`qotish ham ajdodlarimiz uchun qimmatga tushdi. Madaniy taraqqiyot nuqtai nazaridan ancha orqada bo`lgan arablarning uzoq asrlardan beri har taraflama obod va farovon o`lkaga munosabati bundan kam yo ortiq bo`lishi mumkin ham emasdi. Shu munosabat bilan ilmiy va boshqa doiralarda uchrab turadigan "o`rta asr arab madaniyati (sivilizatsiyasi)" qabi-lidagi tushunchalardan (aslida esa tushunmovchiliklardan) voz kechish payti keldi, deb o`ylaymiz. Zero, yagona mafkura va ma'lum davrgacha arab tili hukmronligini hisobga olmasa, bu davr fan va madaniyati mohiyat e'tibori bilan turonliklaru eronliklar sa'y-harakati ila jonlanib kelgan.



SOMONIYLAR.
Bir-ikki oqiz so`z mazkur sulola haqida. Oldinlari ham ta'kidlab o`tganimizdek, odatda sulolalar biron-bir o`zlariga mansub yirik namoyanda faoliyati orqali mashqurlikka erishadilar (masalan, eftaliylar, anushteginiylar, temuriylar va hokazo). Somoniylar ham shunday. Ular aslida Somon qishloqi oqsoqoli Somonxudotning avlodlaridir. Bu maskanning qaerdaligini aniq ko`rsatish qiyin.

Chunki ba'zi manbalarda Samarqand atrofi ko`rsatilsa, ba'zilarvda esa Termiz yo Balx tomonlarga ishora beriladi. Xuddi shuningdek, somoniylarning qaysi etnosga taalluqli ekani ham ma'lum emas. Somonxudotning avlodlari IX asr bi-rinchi yarmida Farg`ona, Shosh, Samarqand, Hirot kabi yirik viloyatlarga hokimlik qilganlar. Lekin xalifalikka qaramlik saqlanib kelgandi. 874 yildan boshlab Buxoroni, 892 yildan boshlab esa butun Movarounnahrni boshqara boshlagan Ismoil Somoniy davriga kelibgina bu qaramliqdan qutulish imkoni tug`ildi. Shu yerda ikki oqiz so`z "Movarounnahr" atamasi haqida. Arabchada "daryoning (ya'ni Amudaryoning - A. 3.) narigi tomonidagi yer" ma'nosini anglatuvchi ushbu atama geografik tus olib avvaliga haqiqatan ham Amudaryoning o`ng qirg`og`ida joylashgan yerlarga, keyinchalik esa asosan ikki daryo (Amudaryo va Sirdaryo) oralig`idagi makonga nisbatan ishlatila boshlangan.

Ismoil 849 yili Farg`onada tuqilgan. 14 yoshida otasi Ahmad vafot etib, akasi Nasr qo`lida qoladi.

Manba tili bilan aytganda "aqlli, adolatli, fikr va tadbir egasi" bo`lmish Ismoil, aytilganidek, 892 yili butun Movarounnahr hukmini o`z qo`liga olishga erishib, "haqiqatan ham podshohlikka loyiq va haqli" ekanini isbotlaydi. Movarunnahr siyosiy hayotvdagi o`zgarish Arab xalifasi Mu'tazidga (892-902) ham, uning Xurosondagi noibi Amr ibn Laysga ham xush kelmagani aniq. Buning isbotini xalifaning Ismoilni Movarounnaqr taxtidan mahrum etib. Amr ibn Laysni Xuroson bilan birga Movarounnahr ustvdan ham hukm yuritish huquqi bilan ta'minlagani haqidagi farmonidan bilib olish mumkin. Mazkur farmon tezda Amr ibn Laysga jo`natiladi. Boshqacha aytganda, xalifa Amr ibn Laysni Ismoilga harbiy yurishga gij-gijlagan. Bu bilan u nafaqat Ismoilni yo`qotish payida bo`lgan, balki Amr ibn Laysning ushbu harbiy yurish oqibatvda zaiflashib qolishiga ham umidvor bo`lgan. Ammo xalifa va uning yo`rig`idan hamda o`z nafsi ketidan borgan Amr ibn Laysning rejalari amalga oshmaydi. 900 yilning bahorida Balx atrofvda yuz bergan jangda Amr ibn Lays Ismoil tomonvdan mag`lubiyatga uchratiladi. Ismoilni Xorazm, Farg`ona, Buxorodan, ya'ni butun Turkistondan yordamga kelgan katta harbiy kuch qo`llab-quvvatlagani haqida manbalarda aniq yozilgan. Shu tariqa Xuroson va Shimoliy Eron ham Ismoil tasarrufiga o`tadi. Arab xalifaligiga qaramlikka barham beriladi.

Ismoil davlatchiligimiz tarixvdagi 1600 yildan ortiq tajriba va an'analarni uddaburonlik ila davom ettira bilgan davlat arbobi hisoblanadi. U, eng avvalo, mamlakatimiz siyosiy birligini ta'minlash ishiga bel bog`lab, Farg`ona, Isfijob (Sayram), Shosh, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Chag`oniyon, Xuttalon, Kesh, Xuroson, Seyiston, G`azna kabi qator viloyatlarni o`z hukmi ostvda birlashtirdi. Garchi ularning hammasi ham mutlaq ravishda tobelik yo`liga kirmagan bo`lsalar-da, ammo qudratli markaziy hokimiyat obi havosini tan olishga majbur bo`lgan edilar. Demak, Ismoil markazlashgan davlatchilik asoslarini qaytadan tiklashga muvaffaq bo`lgan. Shundan so`ng u ana shu markazlashgan davlat boshharuv tizimini joriy etishga kirishadi. Chunki endigina mustaqillikni qayta tiklagan davlat uchun qat'iy tartib doirasida faoliyat ko`rsatuvchi idorachilik zarur edi. Ismoil bu vazifani ham hal eta bildi. Ammo ilgarilari boshqa sulolalar tajribasida ko`rilganvdek, Ismoil vafotvdan so`ng (907 yil 25 noyabr') taxtga chiqqan somoniylar namoyandalari (Ahmad, Nasr II, Nux I, Abdumalik, Mansur I, Nux II, Mansur II) buyuk ajdodlari qoldirgan merosni saqlab qolishga ojizlik qildilar. Masalan, Ismoildan keyin taxtni egallagan Ahmad subutsizlik qilib, arab tilini yana davlat tili darajasiga ko`taradi. Vaholanki, Ismoil davrida bu narsa yo`q qilingan edi.

Ahmadning bu kabi boshqa ishlari ham bir bo`lib, oxir-oqibatda unga suiqasd uyushtirilishiga sabab bo`lgan. Xullas, X asr davomida siyosiy boshboshdoqlik avjga chiqib markaziy hokimiyat mavqeiga putur yetadi. "Daraxtning bo`shini qurt yeydi" deganlaridek, somoniylar zarbining pasayishi mintaqaning Yettisuv va Koshg`ar qismida boshqa bir siyosiy sulola - qoraxoniylarning kuchayib borishi bilan bir vaqtga to`qri kelgandi. Natijada X asr oxirida hokimiyat ularnit qo`liga o`gadi. Qoraxoniylar mintaqaning Yettisuv, Koshg`ar, Movarounnahr kabi qismlari ustidan hukmronlik qila boshlaydilar. Xuroson, G`azna kabi viloyatlar esa xuddi shu davrdan boshlab mintaqada yetishib chiqqan yana bir siyosiy sulola – G`aznaviylar tobeligita o`tgan edi.

Ta'kidlaganimizdek, Ismoil o`z davri uchun ilg`or hisoblanmish markazlashgan boshqaruv tizimini joriy etishga muvaffaq bo`lgan. Bu tizim asosini oliy hukmdor dargohi (saroyi) va devonlar (vazirliklar) majmui tashkil etgan. Oliy hukmdor amir unvoniga ega edi. Shuning uchun manbalarda Amir Ismoil, Amir Ahmad kabi ta'kidlarni uchratish mumkin. Oliy hukmdor hukmlarining ijrosi horis amiriga yuklatilgan. Dargoh hamda boshqa qator muhim davlat idoralarining xavfsizligini amalga oshirish xizmatini bosh hojib va uning xodimlari olib borganlar. Dargohning xo`jalik yumushlari bilan bog`liq faoliyat vakil tomonidan boshharilgan. Bundan tashhari dargohda dasturxonchi, eshikog`asi, sharbatdor kabi xizmatlar ham bo`lgan'.

Devonlar (vazirliklar) boshqaruviga kelsak, ularning umumiy soni 10 ta bo`lib, poytaxt Buxoroda har biri uchun alohida binolar qurib berilgandi Quyida devonlar haqida batafsil ma'lumotlar keltiriladi.

1. Bosh vazir devoni. Butun ijroiya hokimiyati hamda qolgan to`qqiz devon ustidan rahbarlik va nazorat xuddi shu vazirlik tomonidan amalga oshirilgan. Somoniylar davrida ushbu lavozimga zamonaning atoqli xonadonlari namoyandalari tayinlangan. Chunonchi, bosh vazirlik jayhoniylar, bal'amiylar, utbiylar sulolalari orasidan chiqqan shaxslarga nasib etgani ma'lum.

2. Moliya (kirim-chiqim) ishlari devoni. Davlatning moliyaviy ishlari, sarf-xarajatlariga oid hisob-kitob ishlari bilan shug`ullangan.

3. Davlat rasmiy hujjatlarini ishlab chiqish devoni. Bu maxsus devon sanalib, uning xizmatchilari davlat ahamiyatiga molik barcha hujjatlarni tayyorlab ber-ganlar. Bundan tashqari mazkur devonga diplomatik tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish kabi vazifa ham yuklatib kelingan.

4. Soqchilar boshligi devoni. Ushbu muassasa maxsus saralangan harbiy qismlarga boshchilik qilib, ularning tayyorgarligi, tartib-intizomi, oziq-ovqati, umuman, xo`jalik ta'minoti, maoshi masalalari bilan shug`ullanib kelgan. Masalan, maosh bir yilda to`rt marta - har uch oyda to`lab turilar ekan.

5. Xat-xabarlar mutasaddisi devoni dargoh, hukumat, mahalliy hokimiyat bilan bog`liq xabardorlik ishlari bilan mashg`ul bo`lib, poytaxtda qabul qilingan muhim qarorlar, hujjatlar va boshqa rasmiy ko`rsatmalarni viloyatlar, shaharlarga yetkazish hamda joylardagi shu qabildagi ma'lumotlarni markazga yetkazib berish kabi tadbirlar bilan band bo`lgan. Shu bilan birga mazkur devonning joylardagi bo`limlari mahatliy davlat idoralari, hokimlar faoliyati haqida haqqoniy ma'lumotlarni to`plab, to`qridan-to`qri dargohga yuborish imkoniga ham ega bo`lganlar. Shu tariqa oily hukmdor joylardagi bor ahvoldan voqif bo`lib turgan va tegishli choralar ko`rgan.

6. Saroy ish boshqaruvchisi devoni. Dargoh ta'minoti bilan bog`liq sarf-xarajatlar ustidan nazorat olib borish shu devonga yuklatilgan.

7. Davlat mulklari devoni hukmdor sulolaga tegishli mol-mulk boshqaruvi, nazorati, hisob-kitobi bilan shug`ullangan.

8. Muxtasib devoni jamiyat va davlat hayotida muhim o`rin egallab kelgan xizmatlar sirasiga kirgan. Uning xizmatchilari qiladigan asosiy ish shahar va qishloqlarda, ko`cha va bozorlarda tartibni nazorat qilish, diniy marosimlarni amalga oshirishda chegaradan chiqmaslikni ta'minlash, savdo-sotiq ishlarida xaridorlarga xiyonat qilmaslik, mahsulotlar sifatini qat'iy ko`rsatilgan darajada tutishni tekshirish, narx-navoni belgilangan miqdordan (ayniqsa go`sht, non kabi birlamchi ozuqalarga) oshirmaslikni nazorat qilishdan iborat bo`lgan. Bunday mas'uliyatli vazifaga ko`pchilikning e'tiborini qozongan, hammaga birday turadigan kishilar tayinlangan.

9. Vaqflar devoni, ya'ni turli yo`llar bilan diniy muassasalar ixtiyoriga o`tkazilgan molmulk, yer-suv ishlari bilan shug`ullanuvchi vazirlik.

10. Qozilik ishlari devoniga qozilarning faoliyatini nazorat qilish yuklatilgan. Ba'zi hollarda, ya'ni ishi qoziga oshirilganlar orasida yuqori lavozimda ishlaydiganlar bo`lsa, qozilik qilishni oliy hukmdorning shaxsan o`zi, yo uning tarafidan tayinlangan hukmdor sulola vakili amalga oshirgan. Bundan maqsad martabadorlarning qozilarga tazyiq qilishlariga Yo`l qo`ymaslik bo`lgan, albatta.

Zikr etilgan devonlarning joylarda ham bo`limlari bo`lgan. Ular markazdagi o`z devonlaridan tashqari mahalliy hokimlarga ham bo`ysunib, mahalliy boshqaruv idoralari bilan hamkorlikda faoliyat ko`rsatganlar. Bundan xat-xabarlar xizmati devoni mustasno hisoblanib, ularning mahalliy bo`limlari faqat markazgagina hisobot berganlar, xolos. Zero, yuqorida aytilganidek, ular mahalliy hokimlar, mansabdorlar ustidan ham pinhona nazorat olib borganlar.

Viloyat boshliqi hokim, shahar boshliqi esa rais deb atalgan. Hokimni oliy hukmdor, raisni hokim tayinlagan. Albatta, bunda u yoki bu nomzodning shu yerdagi obro`-e'tibori, mavqei hisobga olingan.

Davlat ishlariga qabul qilishda ma'lum bir talablar silsilasi mavjud edi. Masalan, davlat tilini mukammal bilish, zamona huquq me'yorlaridan to`liq xabardorlik, tarix, adabiyot kabi ilmlardan boxabarlik, hisob-kitob ishlaridagi bilimdonlik va hokazo.

Lashkar ikki toifaga bo`lingan: doimiy ravishda faoliyat ko`rsatuvchi saralangan qismlar (gvardiya) va zarur hollarda viloyatlardan yig`iladigan qismlar. Saralangan qismlardagi xizmat kamida sakkiz bosqichdan iborat bo`lib, oddiy piyoda askarlikdan visoqboshi, ya'ni to`rt kishidan iborat guruhga boshliq da-rajasigacha bo`lgan yo`lni bosib o`tishga to`qri kelgan. Keyin u haylboshi (kichik qo`shin boshlig`i) maqomini egallashi mumkin bo`lgan. Bu darajaga tegishli tar-tib-intizom, talablar doirasida xizmat qilingandagina erishish mumkin edi.

Ko`rdikki, somoniylar davrida davlat boshqaruvi va harbiy xizmatning o`z davri uchun murakkab va salohiyatli tizimi tashkil etilgan. Mazkur masalaga katta e'tibor bilan qarab kelinganini shundan ham bilsa bo`ladiki, xazinadagi umumiy yillik daromad 45 mln. dirhamni tashkil etgan holda shundan 20 mln. dirham davlat boshharuvi va lashkarga sarf etilgan. Albatta, o`shanda ham poraxo`rlik, mansabni suiste'mol qilish kabi illatlar uchrab turgan. Ammo davlat tizimi va lashkarga ketgan sarf-xarajatlar o`zini oqlagan. Masalan, lashkar mamlakatning ichki va tashqi xavfsizligini ta'minlab kelgan. Davlat idoralari esa, manba tili bilan aytganda, kanallar, yer osti ariqlari (korizlar) qazish, ko`priklar qurish, shahar, qishloqlar obodonchiligi, dehqonchilik borasida g`amxo`rlik qilish, karvon yo`llari xavfsizligini ta'minlash, karvonsaroylar, turli maqsadlar uchun mo`ljallangan binolar, bozorlar, yangi shaharlar bunyod etish kabi katta va serxarajat, ko`pchilik bilan bitadigan tadbirlarga bosh-qosh bo`lib ketgan. Shuning uchun ham bu davrda dehqonchilik, hunarmandchilikning ko`plab sohalari gurkirab rivojlanib, farovonlik hukm surgan.

Ilgarigi asrlarda bo`lgani kabi Farg`ona, Kashqadaryo, Zarafshon vodiylari, Shosh, Xorazm, Xuroson viloyatlarida dehqonchilik ishlari yuksak saviyada amalga oshirib borilib, bug`doy, arpa, sholi, paxta, tariq, zig`ir, kunjut, kanop, no`xot, mosh, yosmiq, beda kabi qator ekinlar yetishtirilgan. Hosildorlik shu darajada bo`lganki, bir sikim don ekib, yuz siqim, hatto undan ham ko`p hosil olingan. Bog`dorchilik, xususan, uzumchilik va polizchilik sohalarida ham yutuklar shu kabi edi. Uzumning o`nlab navlari, mevalardan olma, shaftoli, o`rik, nok, anjir, behi, olcha, olxo`ri, anor, bodom, yong`oq, poliz ekinlaridan qovoq, qovun (ayniqsa Buxoro qovunlari mashqur bo`lgan), sabzavotdan bodring, baqlajon, sabzi, piyoz kabilar yetishti-rilgan. Xullas, bu boradagi mirishkorlik shu darajada bo`lganki, chet ellardan kelganlar yerning unumdorligi, hosilning yuqoriligi, hamma yerning ko`m-ko`k, ya'ni obod bo`lib turishini ko`rib qayratga tushganlar.

Hunarmandchilikning ahvoliga nazar tashlansa, shu narsa ma'lum bo`ladiki, paxta, ipak, jundan turli xil matolar, tayyor kiyimlar tayyorlanib, o`lka va yon-atrof ahlining talabi qondirilib kelingan. Qog`oz ishlab chiharishda mamlakatimiz O`rta va Yaqin Sharqda, Yevropa mamlakatlari orasida birinchilikda turib, ularni bu noyob mahsulot bilan ta'minlab kelganini aloxdda ta'kidlash lozim. "Samarqand qog`ozi kabi qog`ozni, - deb yozgandi X asr tarixchisi Istaxriy, - (dunyoning) hech bir yerida uchratmaysiz". Shuningdek shishasozlik (rang-barang shisha idishlar, bezaklar, deraza uchun oyna ishlab chiharish), kulolchilik (ayniqsa, sopol idish, buyumlarni sirlash borasida katta tajribaga ega bo`lingan), ko`nchilik, gilam to`qish, misgarlik, qurolsozlik, temirchilik, kunjut, chigit, zig`ir, kanopdan moy olish kabi o`nlab sohalar faoliyat ko`rsatib, jamiyat hayotini yaxshilashda muhim o`rin tutgan.

Somoniylar davrida konchilikka ham katta e'tibor berilgani ma'lum, Ayniqsa, Farg`ona vodiysida bu borada katta ko`lamdagi ishlar amalga oshirilib, Axsikat, Navqotda oltin, kumush, yuqori Nisoda toshpaxta (astbest), qatron, kumush, oltin, feruza, temir, mis, qo`rg`oshin, Isfara toqlarida toshko`mir, qora, qizil, sariq ranglardagi talq (slyuda), So`x yaqinida simob, O`zgandda novshadil konlari ishlab turgan. Shuningdek Farg`onada bu vaqtda tuz, neft' kabi qimmatli xom ashyolar ham qazib olingan. Tuz konlari Ilokda (Ohangaron vodiysi) ham bo`lgan. Ammo bu yerda, asosan, kumush, qo`rg`oshin qazib olishga zo`r berilgan. Bundan tashqari mazkur vodiy toqlarida gilvata, o`tga chidamli oq loy (kaolin), achchiqtosh, feruza, ofit (serpantin), ametist kabi qazilma boyliklari ham bo`lgan. Temir, oltin, mis, kumush, navshadil, kuporos, aqiqning yo`l-yo`l turi, tuz konlari Usrushonada (Shosh, Farg`ona, Chag`oniyon, Samarqdnd viloyatlari bilan o`ralgan makon) ham ishlab turgan. Mintaqaning boshqa yerlarida (Xuroson, Badaxshon va hokazo) ham yoqut, zaharmuhra, oltin, kumush, la'l, tuz, toshpaxta, feruza, marmar, oltingugurt, margimush, agat konlari mavjud edi. Arxeologik qazishlar shuni ko`rsatadiki, konchilik texnologiyasi o`z davri uchun yuqori darajada bo`lgan.

Yuqorida tilga olingan sohalarni yuzaga chiqaradigan muhim faoliyat savdo-sotiq xususida to`xtalsak. Somoniylar davridagi pul muomalasining o`ziga xos to-monlari bor. Muomalada oltin tangalar, ismoiliy, muhammadiy, hitrifiy, musayyabiy, xorazmiy dirhamlari bo`lgan. Shu o`rinda Istaxriyning quyidagi guvohligi e'tiborga molik: "Samarqandda muomalada oltin (tanga) va ismoiliy dirhami yuradi. Yana bir pul birligi borki, uni muhammadiy deydilar. Va Samarqanddan boshqa hech yerda muomalada yurmaydi"'. Boshqacha aytganda, ismoiliy dirhami saltanat va xalharo miqyosdagi qattiq valyuta rolini o`ynagan. Muhammadiy, hitrifiy va boshqalar esa mahalliy ahamiyat kasb etgan. Masalan, hitrifiy kumush tangalari, asosan, Buxoro doirasida muomalada bo`lgan. Avvalo, o`lka savdogarlari shu yerda ishlab chiharilayotgan mahsulotlar bilan mintaqa ahli ehtiyojlarini qondirishga harakat qilganlar. Shuning uchun ham savdo-sotiq gurkirab o`sgan, ko`plab bozorlar bunyod etilgan, borib-borib rastalar, bozorlarni ma'lum bir yo`nalishda ixtisoslashtirish yo`liga o`tilgan, ayniqsa, markaziy shaharlarda ko`tarasiga savdo keng yo`lga qo`yilgan. Masalan, manbada shunday yoziladi: "Movarounnahrning (eng asosiy) bozori, (har qayoqdan) savdogarlar oqib keladigan joyi bu Samarqanddir. Movarounnahrda (ishlab chihariladigan) aksar mahsulotlar avval Samarqandga olib kelinadi, keyin esa bu yerdan boshqa viloyatlarga olib ketiladi". Xuddi shu kabi ta'rifni Buxoro, Poykent, Binkat, Xo`jand, Termiz, Urganch, Kot kabi shaharlarga nisbatan ham qo`llasa bo`ladi. Savdo-sotiqning bunday rivojlanishiga nafaqat ishlab chiharishdagi, balki ichki va tashqi savdoni tashkil etishdagi harakatlarning ta'siri ham katta edi. Chunki karvonsaroylar tizimi, yo`l xavfsizligi va orastaligisiz, adolatli soliq tizimini ta'minlamay turib savdo-sotiq rivoji to`g`risida so`z bo`lishi mumkin emas. Eng avvalo, bundan davlat manfaatdor bo`lgan.

O`sha vaqglarda mamlakatimizdan olib chiqib ketilgan yo bo`lmasa yurtimizga olib kelingan mahsulotlar xdqida manbalarda ko`plab ma'lumotlar keltirilgan. Ularning barchasini sanab o`tirmay eng asosiylariga to`xtalib o`tamiz. Masalan, Xitoyga shishasozlik buyumlari, oyna, arg`umoq otlar, ba'zi bir oziq-ovqat mahsu-lotlari jo`natilgan. U yerdan esa ipak va ipak matolar keltirilgan. Yevropaga ip, jun, ipak matolar, quritilgan mevalar, sholi, kumush buyumlar, tangalar ko`plab olib ketilgan, u yerlardan esa asosan mo`yna, charm kabilar olib kelib sotilgan. Yevropaliklar ayniqsa bizda ishlab chiqariladigan kumush buyumlari, tangalarga ishqivoz bo`lganlar. Sababi bu vaqtda Yevropada kumush konlari to`g`risida xayol ham qilmaganlar. Shu jiqatdan kumush borasida mintahamizga bog`lanib qolgandilar. Bu bog`liqlik shu darajada bo`lganki, arxeologlar Skandinaviya o`lkalarida tekshirish ishlari olib borganlarida Toshkent viloyatida o`sha davrlarda qazib olingan kumushdan ishlangan tangalarni ko`plab topganlar. O`rta va Yaqin Sharq mamlakatlari ko`proq bizning ota-bobolarimiz ishlab chihargan qurol-asla-halarga, temirchilik mahsulotlariga o`ch bo`lganlar. Xullas, bu davrda ham savdo-sotiqdagi an'anaviy yuksak saviya saqlanib qolgan, o`ziga xos yangiliklar kiritilgan. Masalan, hozirda hammaning og`zida bo`lgan chek tizimi dastlab o`sha uzoq zamonlardayoq joriy qilingan edi. Chek (chak) tushunchasi aslida yevropaliklarga biz orqali kirib borgan bo`lib, savdogarlar yirik savdo tadbirlarini amalga oshirayotganlarida yonlarida katta mablag`ni olib yurmasdan har bir shaharda mavjud ishonchli sarroflarga (pul maydalab beruvchilar, almashtiruvchilar) naqd pul topshirib, shu haqda hujjat, ya'ni chek olganlar. Mo`ljaldagi shaharlarga borib xuddi shunday sarroflarga yoki yirik savdogarlarga chekni ko`rsatib o`z rejalarini amalga oshirganlar. Shunisi diqqatni tortadiki, Mahmud Koshg`ariy lug`atida, chek aslida ip-gazlama turlaridan biridir, deb yozilgan. Mahmud Koshg`ariy keltirgan chek gazlama turi bilan savdo muomalasida ishlatilgan chek o`rtasidagi bog`liqlikka shubha qilmasa ham bo`ladi. Zero, bundan ming yil burun yozuv ob'ekti o`rnida qog`oz bilan bir qatorda gazlama parchalaridan foydalanilgan.

Savdo-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanib borishi yana bir muhim faoliyat - quruvchilik, me'morchilikda ham katta o`zgarishlarga sabab bo`ldi. Shaharlar kengaydi, muhtasham binolar, orasta bozorlar, masjid-madrasalar, hammomlar, ustaxonalar, do`konlar va boshqa qator imoratlar bunyod etildi. Bunda quruv-chilikka aloqador turli kasbdagi ustalar ishtirok etib, o`z mahoratlarini oshirganlar. Buni biz Buxoro, Samarqand, Termiz kabi qator qadimiy shaharlar misolida ko`rishimiz mumkin. Yuqoridagilarning bari bir bo`lib har qanday jamiyat ko`rki va qudratini belgilab beruvchi yana bir g`oyat muhim, shu bilan birga nozik ta'b soha-ilmu madaniyatning ham izchil taraqqiy etishiga katta imkonlar yaratib berdi. Bu asrlarda (IX-X) mamlakatimiz obro`sini Yer yuziga yoygan olimu fuzalolar haqida ko`plab so`z aytish mumkin. Ularning soni o`nlab, hatto yuzlabdir, desak mubolag`a bo`lmaydi. Birgina Muhammad ibn Muso Xorazmiyning o`zi butun olamga tatiydi. Masalan, u Arab xalifaligi hamda Yevropani hind hisobiga o`rgatdi, ya'ni ularga noma'lum 1 dan 9 gacha bo`lgan raham shakllari orqali qo`shish, ayirish, ko`paytirish, bo`lishning eng maqbul va ilg`or yo`llarini ko`rsatib sharhlab berdi. Bungacha yevropaliklar rim raqamlari bilan tanish edilar, xolos (qiyoslang: XXXV va 35). Yo bo`lmasa olimning "Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida kitob" asari matematik algebra (al-jabrning lotincha jaranglashi) sohasiga asos bo`lgan. XIV asrdan boshlab algebra Yevropada yoyila boshlaydi. Har qanday regulyar hisoblash jarayonini anglatadigan matematik tushuncha - algoritm ham bizning ajdodimiz nomi bilan bog`liq, ham to`qri, ham ko`chma ma'noda (Al-Xorazmiy - Algorizm, Algoritm).

Buyuk astronom, matematik va geograf Ahmad Farg`oniyni olaylik. Hosib, ya'ni hisobdon, matematik laqabi bilan mashhur bu ajdodimiz yevropaliklar nazdi-da Alfraganus nomi-la e'tiborli edi. U haqda ham ko`p gapirish mumkin. Ammo uning o`z vaqtida Yerning dumaloqligini isbotlashda keltirgan dalillari hozir ham o`z qadrini yo`qotmaganining o`ziyoq o`zbek ilmining kishilik madaniy taraqqiyotida tutgan salmoqli o`rnini belgilab beradi.

Yana bir mashhur va kishilikni oyoqqa turg`azishda ko`p mehnati singgan ajdodimiz Forobiy haqida ham uzoq so`zlash mumkin. Uning "Ikkinchi muallim" laqdbi bo`lib, "Birinchi muallim" o`rnida Sharqda Arastu (Aristotel) tushuniladi. Ba'zan birinchi, ikkinchi aniqliklarini mavqe darajasiga ishora deb ham qarashadi. Aslida, bu yerda vaqt mezoni nazarda tutilib, Arastuning Forobiyga nisbatan ancha qadimda yashab o`tganligidan ham birinchi, ya'ni ana shunday iste'dod egasi bo`lganlardan avvalroq yashab o`tgani ma'nosi chiqadi. Forobiy diqqatini tortgan fan va madaniyat sohalariga bir nazar tashlasak: falsafa, mantiq, matematika, geometriya, astronomiya, fizika, optika, kimyo, tibbiyot, biologiya, musiqa, tilshunoslik, she'riyat, notiqlik san'ati, xattotlik, siyosatshunoslik, huquqshunoslik, axloq. Bu sohalarda u zot amalga oshirgan ishlar sanog`ining o`zi bir kenglikni talab qiladi. Shuning uchun ikki narsaga e'tiborni jalb etamiz.

Biz o`z o`rnida zardushtiylikning qadimgi yunon falsafiy qarashlari shakllanishida asosiy turtki bo`lganligi haqida yuqorida aytib o`tgan edik. Qaranga, Platon, Aristotel, Evklid, Ptolomey kabi yirik faylasuflar asarlarini anglash o`rta asrda yevropaliklar uchun mushkulotga aylanadi. Yordamga yana Turkiston namoyandasi keladi. Aniqroqi yevropaliklar Forobiyning mazkur mualliflar asarlariga yozgan sharhlari orqali qadimgi yunon falsafasi mag`zini chaqa boshlaydilar. Ikkinchi misolimiz to`tg`ridan-to`qri asosiy tadqiqot mavzuimiz bo`lgan davlatchilik bilan bog`liq.



Siyosatshunoslik bobida ham qalam tebratgan mutafakkir ming yil burunoq davlatchilikning mag`zini anglab, "Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga eltishdir", deb yozgan edi. Shu ikki og`iz ta'kidda ko`p narsani anglash mumkin. Oddiygina qilib insonni deyilyapti, uning na mazhabi, na millati, yo boshqa tomoni ajratilayotgani yo`q. Eltish deyilyapti, ya'ni davlatning jamiyat hayotidagi mas'uliyati va shunga yarasha boshharish huquqi haqida ishora bo`lyapti.

X asr ikkinchi yarmida mamlakatimizda yana ikki buyuk zot o`tgan: Ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy. Ularning hayoti va ilmiy ijodi keyingi asr va sulolalar davrida davom etganini hisobga olib, ular haqda keyinroq fikr yuritishga qaror qildik. Hozir esa quyidagi masala ustida to`xtalib o`tmoqchimiz. Ma'lum bir davr ichida tushkunlikda bo`lib so`ng bosh ko`tarib yuksaklikka erishilgan holat bizda uyg`onish, g`arb tillarida odatda renessans davri deyiladi. Qiziqi sundaki, renessans deyilganda, aksariyat XV-XVI asrlarda Yevropadagi yuksalishni anglaydi. Vaholanki, arablarning dastlabki vaqtdagi siyosatlari natijasida anchayin xarobalikka yuz tutgan mamlakatimiz va umuman Sharq mamlakatlari IX-X asrlarga kelib fan va madaniyatda yuksaklikka erishganlar, ya'ni jamiyat yana bir bor uyg`ongan. Bu uyg`onishning nafaqat bizning, balki batamom kishilik taraqqiyotidagi o`rni to`g`risida fikr qilinsa (buning uchun Ahmad Farg`oniy, Muhammad Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniylarni eslashning o`zi kifoya), u holda insoniyat tarixida birinchi uyg`onish davri mohiyat e'tibori bilan bizning mamlakatimiz va mintaqamizda ro`y berdi. Va bu yuksalish biz orqali butun bashariyatga tegishlidir. Xullas, yurtimizda somoniylar sulolasi hukmronlik qilgan asrlar jo`shqin, voqealarga boy, namunali va saboqli davrdir. Eng muhimi, bu davrda mamlakatimizning, xalqimizning, tarixiy-madaniy taraqqiyotdagi an'ana va tajribalarimizning naqadar mustahkam poydevorga ega ekanligi namoyon bo`ldi. Zero, yuqorida aytilganidek, tushkunlik, qaramlik davrini boshdan kechirgan jamiyat yana yuksaklikka ko`tarila oldi.


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət