Ana səhifə

O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi Buxoro Davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti Iqtisodiy ta`lim va turizm kafedrasi


Yüklə 0.83 Mb.
səhifə1/5
tarix27.06.2016
ölçüsü0.83 Mb.
  1   2   3   4   5
O`zbekiston Respublikasi

Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi

Buxoro Davlat Universiteti

Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti

Iqtisodiy ta`lim va turizm kafedrasi

Himoyaga ruxsat beriladi

Fakultet dekani _______________ i.f.n. A.T.JO’RAEV

«_____»___________________________2014 yil

Himoyaga ruxsat etildi

Kafedra mudiri _______________ i.f.n. dos. H.R.HAMROEV

«_____»___________________________2014 yil

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Mavzu: “Ijtimoiy soha iqtisodiyotida oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va uni tartibga solish yo’llari”

Bajardi: 5140900 – “Kasbiy ta`lim” (ijtimoiy – iqtisodiy soha) yo`nalishi

3-1IQK-10”-guruhi talabasi Shamsiyeva Nigora Rafiq qizi



Ilmiy rahbar Ashurova M.X.

Himoya sanasi D.A.K.ning bahosi

«____»___________2014 yil ___________________

D.A.K.ning xulosasi

Buxoro – 2014

O`zbekiston Respublikasi

Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi

Buxoro Davlat Universiteti

Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti

Iqtisodiy ta`lim va turizm kafedrasi

Mutaxassislik: 5140900 – “Kasbiy ta`lim” (ijtimoiy – iqtisodiy soha) yo`nalishi

3-1IQK-10”-guruhi talabasi Shamsiyeva Nigora Rafiq qizi

Tasdiqlayman”

Kafedra mudiri _____________

«____»____________2013 y.

Shamsiyeva Nigoraning bitiruv malakaviy ishiga

T O P SH I R I Q

bitiruv malakaviy ishi mavzusi: “Ijtimoiy soha iqtisodiyotida oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va uni tartibga solish yo’llari”

1.Universitet bo`yicha buyruq bilan tasdiqlangan______________________

2.Tugatilgan ishning talaba tomonidan topshirish muddati______________

3.Tushuntirish xatinig tarkibi__________________________

Bitiruv malakaviy ishiga tegishli savollar ro`yxati:

4.Grafik materialning miqdori (muhim chizmalarning ko`rsatkichi bilan)

5.Ilmiy maslahatchilar:

6.Ilmiy rahbar Ashurova M.X.

7.Vazifani topshirish sanasi_________________________________________

8. Vazifa ijroga qabul qilindi______________________________________

Talaba imzosi________________________

Kafedra mudiri imzosi________________

Eslatma: Bu vazifa tugallangan ishga ilova

MUNDARIJA:

Kirish…………………………………………………………………………..........4



I Bob. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlantirish

1.1.Iqtisodiyotda ijtimoiy sohaning roli, mohiyati va xususiyatlari………...............8

1.2. Ijtimoiy sohani rivojlantirishda davlatning roli…………………………..........17

II Bob. Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish- mamlakatimiz taraqqiyotining muhim omili

2.1. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda oliy ta’limni tartibga solish yo’llari …….............22

2.2. O’zbekistonda Oliy ta’limni rivojlantirish tahlili………………………............34

III BOB. Ijtimoiy soha iqtisodiyotida O’zbekiston OTMlarini takomillashtirish yo’nalishlari (Buxoro Davlat Universiteti misolida)

3.1. Oliy ta’lim tizimida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari,amaliyot, muammolar va istiqbollari……………………………………………………..........49

3.2. Buxoro Davlat Universiteti faoliyati ko’rsatkichlari tahlili……………...........55

Xulosa va takliflar……………………………………………………………….......59

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…..……................................................................61

Ilova.............................................................................................................................64



Бухоро Давлат Университети Ижтимоий-иқтисодий факультет касбий таълим (ижтимоий-иқтисодий соҳа) 4”Д”-гуруҳ талабаси Шамсиева Нигоранинг « Ижтимоий соҳа иқтисодиётида олий таълим тизимини ривожлантириш ва уни тартибга солиш йўллари» мавзусидаги битирув малакавий ишига

ТАҚРИЗ

Кучли ижтимоий сиёсат республика иқтисодиётини ислоҳ қилишнинг энг муҳим тамойилларидан биридир. Ижтимоий сиёсат орқалигина шахснинг ижтимоий-иқтисодий манфаатлари рўёбга чиқишини таъминлашга, оилаларнинг, ҳар бир алохида инсоннинг фаравонлигини яхшилашга доир чора-тадбирларнинг кенг мажмуаси амалга оширилади. Барқарор жамият учун бозор иқтисодиётининг ижтимоий йўналиши зарурий ҳолатдир. Бу инсон манфаати, ҳимояси, унинг турмуш даражаси, муаммосидан келиб чиқиб, жамият бозор муносабатлари коммуникацияларига, улар юзага келтирадиган салбий оқибатларга бефарқ бўла олмайди. Бозор иқтисодиётидаги салбий оқибатлар фақат унинг «қўли етмаслиги» билан боғлиқ бўлмай, умуман унинг тараққиётидаги нормал ҳолатлар билан ҳам боғланган. Бозор оқибатига оддий халқни истеъмолчи сифатида яккама-якка, рўпарама-рўпара қўйиш инсон тақдирига бефарқ қараш бўлади. Шунинг учун ҳам бозор иқтисодиёти оқибати натижасида пайдо бўладиган оғир ва ноинсоний шароитга тушиб қолишнинг олдини олиш учун имкони борича ёрдам қўлини чўзиш давлатнинг муҳим вазифасидир.Ўзбекистонда аҳолини ижтимоий ҳимоялаш иқтисодий ислоҳотлар дастуридаги узлуксиз устивор йўналишлардан бирига, яъни ислоҳотларнинг ҳамма босқичларида устивор ҳисобланадиган вазифалар қаторига киради. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўлининг етакчи тамойилларидан бири кучли ижтимоий сиёсатдир.

Мазкур битирув малакавий иш юқоридагиларни инобатга олиб қаралса ҳақиқатдан ҳам долзарб мавзуда бўлиб, Кириш , 3 та боб, хулоса, фойдаланилган адабиётлар рўйхати. Илова қисмларидан иборат.

  1. боб «Бозор иқтисодиётига ўтиш даврида Ўзбекистонда ижтимоий соҳани ривожлантириш» деб номланиб, унда иқтисодиётда ижтимоий соҳанинг роли, моҳияти,ўзига хос хусусиятлари, ижтимоий соҳани ривожлантиришда давлатнинг роли ўрганилган.

2-боб «Олий таълим тизимини ривожлантириш-мамлакатимиз тараккиётининг муҳим омили», деб номланган. Бу бобда бозор иқтисодиётига ўтишда олий таълимни тартибга солиш йўллари, Ўзбекистонда Олий Таълимни ривожлантириш таҳлили келтирилган.

Ижтимоий соҳа иқтисодиётида Ўзбекистон ОТМларини такомиллаштириш йўналишлари” деб номланган 3-бобда Бухоро Давлат Университети мисолида Олий таълим тизимида таълим самарадорлигини ошириш йўллари, муаммолар ва истиқболлар, БухДУ фаолияти кўрсаткичлари таҳлил қилинган.



Умуман талаба томонидан бажарилган мазкур битирув малакавий иши барча талабларига жавоб беради ва ижобий баҳога лойиқ деб ҳисоблайман.

Бухоро Банк коллежи директори Муродов Р. А.



K I R I SH

Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi. Kuchli ijtimoiy siyosat respublika iqtisodiyotini isloh qilishning eng muhim tamoyillaridan biridir.Ijtimoiy siyosat orqaligina shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari ro'yobga chiqishini ta'minlashga, oilalarning, har bir alohida insonning faravonligini yaxshilashga doir chora-tadbirlarning keng majmuasi amalga oshiriladi.

Barqaror jamiyat uchun bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo'nalishi zaruriy holatdir.Bu inson manfaati, himoyasi, uning turmush darajasi, muammosidan kelib chiqib, jamiyat bozor munosabatlari kommunikatsiyalariga, ular yuzaga keltiradigan salbiy oqibatlarga befarq bo'la olmaydi.O'zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash iqtisodiy islohotlar dasturidagi uzluksiz ustivor yo'nalishlardan biriga, ya'ni islohotlarning hamma bosqichlarida ustivor hisoblanadigan vazifalar qatoriga kiradi. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'lining yetakchi tamoyillaridan biri kuchli ijtimoiy siyosatdir.

Bugungi kunda oldimizga qo'ygan buyuk maqsadlarimizga ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri- bularning barchasi, avvalambor, zamon talabiga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz.

1997 yilda O'zbekistonda kadrlarni tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi, mazkur dasturning maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma'naviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir. Ushbu maqsadni ro'yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi: - «Ta'lim to'g'risida» O'zbekiston Respubliksi qonuniga muvofiq ta'lim tizimini isloh qilish davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini rivojlantirishni ta'minlash.



Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi- Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining asosiy vazifalaridan biri hisoblangan yetuk iqtisodiy madaniyatga, iqtisodiy ong va tafakkurga ega bo`lgan kadrlarni tayyorlashda ijtimoiy soha tarkibida kiruvchi oliy ta’lim rivojlantirish hamda uning omillari ta’siri to`g’risida ma’lumotlarni o’rganish va bu borada o’z takliflarimiz tizimini ishlab chiqish.

Bitiruv malakaviy ishining asosiy vazifalari. Yuqorida ta’kidlangan maqsadlarga erishish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Iqtisodiyotda ijtimoiy sohaning roli, mohiyati va xususiyatlari o’rganish;

  • Ijtimoiy sohani rivojlantirishda davlatning rolini nazariy o`rganish;

  • Bozor iqtisodiyotiga o’tishda oliy ta’limni tartibga solish yo’llarini o’rganish;

  • O’zbekistonda Oliy ta’limini rivojlantirish tahlilini o’rganish .

  • Tashkilotlarda menejment omillarining qo’llanish xususiyatlarini tahlil etish;

  • Bitiruv malakaviy ishi yuzasidan xulosa va takliflar tizimini ishlab chiqish.

Bitiruv malakaviy ishi predmeti –Ijtimoiy soha iqtisodiyoti, oliy ta’lim muassasalari faoliyati tahlili hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ish ob’yekti-O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari, Buxoro Davlat Universiteti faoliyati, ijtimoiy-iqtisodiy sa’y harakatlar tahlili.

Bitiruv malakaviy ishining nazariy-uslubiy asosi:O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning asarlari va ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlarini shakllantirish bo`yicha ma’ruzalarida ilgari surilgan g’oyalar, jahonning yirik va mamlakatimizning ko’zga tashlangan iqtisodchi va pedagog olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy -amaliy konsepsiyalari. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlardan ham keng foydalanildi.

Bitiruv malakaviy ishni tayyorlashda kirish, 3 bobdan iborat asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat reja asosida ishlandi.



Birinchi bob. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan bo`lib, unda, iqtisodiyodagi ijtimoiy sohaningroli, mohiyati, xususiyatlari, ijtimoiy soha boshqarishda davlatningroli nazariy asoslab berilgan.

Ikkinchi bobOliy ta’lim tizimini rivojlantirish- mamlakatimiz taraqqiyotining muhim omili” deb nomlangan bo`lib, undaBozor iqtisodiyotiga o’tishda oliy ta’limni tartibga solish yo’llari, O’zbekistonda Oliy ta’limini rivojlantirish tahlilini izohlashga bag’ishlangan.

Uchinchi bob “Ijtimoiy soha iqtisodiyotida O’zbekiston OTMlarini takomillashtirish yo’nalishlari (Buxoro Davlat Universiteti misolida)” deb nomlangan bo’lib, unda oliy ta’lim tizimida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari,amaliyot, muammolar va istiqbollari hamda Buxoro Davlat Universiteti faoliyati ko’rsatkichlari tahlilini o’rganishga bag’ishlangan.

Xulosa va takliflar qismida ijtimoiy soha iqtisodiyotida oliy ta’limni rivojlantirish va takomillashtirishga bog`liq asosiy xulosa va tavsiyalar shakllantirilgan.

I Bob. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlantirish

1.1.Iqtisodiyotda ijtimoiy sohaning roli, mohiyati va xususiyatlari

1.2. Ijtimoiy sohani rivojlantirishda davlatning roli




I Bob. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlantirish.

1.1.Iqtisodiyotda ijtimoiy sohaning roli, mohiyati va xususiyatlari.

Bizning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'limiz respublikaning o'ziga xos turmush shart-sharoitlari va xususiyatlarini, xalq an'analalari va urf-odatlarini har tomonlama hisobga olishga asoslangan. Ayni paytda, bizning yo'l - jahon amaliyotida to'plangan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar orttirgan ijobiy tajribalarni ham hisobga oladi.

O'zbekiston tanlab olgan yo'l - respublika va uning xalqi manfaatlariga mos keladigan, ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisodiyotdir. Bozor munosabatlariga o'tish insonning ijodiy va mehnat salohiyatini namoyon qilishdagi, boqimandalikni bartaraf etishga, yo'qolib ketgan egallik tuyg'usini qayta tiklashga imkon beradi. Faqat bozorgina mahsulot ishlab chiqaruvchining hukmini bartaraf etib, respublikaning g'oyat katta boyliklaridan samarali foydalanishni ta'minlay oladi.

Bu borada Yurtboshimizning shunday fikrlari mavjud: “Bozor iqtisodiyotiga o'tish birinchi navbatda hayotimizda, iqtisodiyotimizda barqarorlikka erishishga chambarchas bog'langan. Shuning uchun ham iqtisodiyotimizning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish iqtisodiy islohotlarimizni amalga oshirishning muhim shartidir.Iqtisodiyot barqaror ishlagandagina bozor munosabatlariga muvoffaqiyatli o'tish mumkin. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish - bozorni shakllantirish yo'lidagi qonuniy va muqarrar bosqichdir. Biz iqtisodiyotni barqarorlashtira borib, bozor munosabatlarini normal rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltiramiz. Islohotlar barqarorlikning g'oyat muhim sharti bo'lmish - aholini ijtimoiy himoya qilish, haqiqatdan ham asosiy, uzluksiz, ustuvor yo'nalish hisoblanadi. Bozor islohotlarining hamma bosqichlarida oldindan o'tkaziladigan kuchli ijtimoiy siyosat O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'lining yetakchi prinsiplaridan biridir.Bozor iqtisodiyotini barpo etish shunchaki bir maqsad emas. Barcha iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning pirovard maqsadlari bu eng avvalo inson uchun munosib turmush va faoliyat sharoitlarini yaratishdir. Shunday qilib biz komil ishonch bilan ayta olamizki mustaqillik yillari mobaynida biz yangi jamiyat asoslarini yaratishga o'zgarishlar muqararligining negizini ta'minlashga muvaffaq bo'ldik.”1

Ijtimoiy sohani asosiy maqsadi bo'lib, aholining turmush darajasini oshirish hisoblanadi.

Ijtimoiy siyosat deganda muayyan davlat hokimiyatining ushbu soha bo'yicha o'z oldiga qo'ygan vazifalarini va maqsadlarini amalga oshirish bilan bogliq siyosat turi tushuniladi. Bu siyosat bevosita aholining turmush darajasini oshirish bilan bog'liq siyosat bo'lib unga:

-daromad siyosati;

-ijtimoiy ta'minot va mehnat bozorini shakllantirish;

-aholiga ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish sifatini yaxshilash kabi ijtimoiy yo'naltirilgan siyosat turlari kiradi.

Ijtimoiy siyosatning ob'ekti bo'lib ijtimoiy soha hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan keyingi dastlabki kundayoq ijtimoiy masalalarni qamrab oluvchi bozor iqtisodiyotini qurishni maqsad qilib oldi.O'zbekistonda kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazilishi davr taqazosi edi, desak xato bo'lmaydi. Chunki:

-Sobiq ittifoqning qator respublikalaridan farqli o'laroq, O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni ijtimoiy sharoiti og’ir, turmush darajasi ko'rsatkichlari past bo'lgan bir vaqtda boshlashiga to'gri keldi:

-Respublikada aholi jon boshiga to'g'ri keladigan real pul daromadlari, o'rtacha ish haqi eng muhim oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish va nooziq ovqat tovarlari hamda xizmatlar bilan ta'minlanganlik darajasi jihatdan oxirgi o'rinlarda edi;

-1990 yilda aholi jon boshiga to'gri keladigan pul daromadlari, aholiga tovarlarni realizatsiya qilish va xizmatlar ko'rsatish hajmi bo'yicha respublika ko'rsatkichlari Sobiq ittifoq ko'rsatkichlarining 55-60 foizidan oshmas edi;

-aholining katta qismi, ayniqsa qishloq aholisi jamiyatda rasman e'lon qilingan qashshoqlikda yashardi. Rasmiy statistika ma'lumotlariga ko'ra, 1989 yilda jon boshiga hisoblanganda respublikalardagi oilalarning (respublikamizdagi) 44 foizining pul daromadi rasmiy belgilangan eng kam ish haqidan ham oz bo'lgan;

Yuqorida aytib o'tganimizdek, O'zbekistonda kuchli ijtimoiy siyosat olib borilishi lozim, lekin qanday qilib? Bu yerda eng muhim va zamonaviy muammolardan biri masalaning javobini tashkil qiladi. Ya'ni, eng avvalo kam ta'minlangan tabaqaga yordam berish haqida davlat samarali siyosatni ishlab chiqishi lozim va bunga bog'liq holda kam ta'minlanganlik va kambag'allik tushunchalarini ta'riflab berish shart deb o'ylaymiz.

Aholiga xizmat ko'rsatadigan ijtimoiy soha-bu milliy iqtisodiyotning har xil tarmoqlarining yig'indisidir.Buning asosiy funksiyasi, aholi uchun kerak bo'lgan xizmatlarni yaratishdir. Ijtimoiy soha tarmoqlariga quydagilar kiradi: chakana savdo, maorif, tibbiyot, uy-joy komunal xo'jaligi, aholiga maishiy xizmat ko'rsatish tarmog'i, jismoniy tarbiya va sport, madaniyat va san'at, atrof muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy taminot va boshqalar.

Yuqorida ko'rsatilgan sohalar aholining qandaydir ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq bo'lgan tarmoqlardir. Xizmatlarning hammasini ikkita yirik guruhga bo'lish mumkin:

1). Moddiy xizmatlar;

2). Ijtimoiy va ma’naviy xizmatlar.

Moddiy xizmatlar ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan mahsulotlarni iste'molchilarga yetkazib berish bilan, ularni saqlash bilan bog'liq bo'lgan xizmatlar.Masalan, savdo xizmatlari, aholiga maishiy xizmat ko'rsatishning ayrim turlari.Ijtimoiy va ma'naviy xizmatlarga sog'liqni saqlash, ta'lim, fan, madaniyat muassasalarining xizmatlari, jismoniy tarbiya va sport, adabiyot, teatr, kino, muzeylar va boshqa tarmoqlarning xizmatlari va boshqalar kiradi.(1 -chizma)



1-chizma.

Aholining turmush darajasini belgilash uchun birinchi navbatda aholining jon boshiga to'g'ri keladigan pul daromadlarini aniqlab chiqishimiz kerak. Statistika ma'lumotlari bo'yicha aholining haqiqiy daromadlari o'sdi, tadbirkorlik, shaxsiy yordamchi xo'jalik va xususiy mulkdan keladigan daromadlar ulushi o'sishi davom etmoqda. Aholining pul daromadlari va iste'mol xarajatlari to'g'risidagi ma'lumotlar quyidagilar: 2013-yil yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 8 foizni, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmlari — 8,8 foizni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi — 6,8 foizni tashkil etdi, qurilish ishlari hajmi — 16,6 foizga, xizmatlar xajmi — 13,5 foizga, chakana tovar aylanmasi — 14,8 foizga o‘sdi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Inflyatsiya darajasi prognoz parametrlaridan oshmadi va 6,8 foizni tashkil etdi.

Keltirilgan raqamlar respublika hududlarini rivojlanishi, aholini zich yashashi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va qaysi ijtimoiy muammolar dolzarbligini ko'rsatadi.
Ijtimoiy tarmoqlar O'zbekistonda oxirgi davrda ancha yuqori sur'atlar bilan rivojlangandir. Ijtimoiy tarmoqlarning asosiy roli va vazifasi (2-chizma).



2-chizma.

O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoya tizimi quyidagi masalalarni yechish bilan bog’liqdir: sanoatda rivojlantirishni barqarorlashtirish va yuksaltirish; turli manbalardan pul mablag’larini (kichik biznesni rivojlantirish uchun) jalb etish (sanoat sektoriga); daromadlar va turmush saviyasidagi farqliklarni kamaytirish; kambag'allikka qarshi kurash. Bu borada yana bir xususiyat borki bu bozor infratuzilmasini shakillantirish, bank, moliya va sug'urta tizimlarini qayta shakllantirish (tashkil etish), bilimdon va zamonaviy fikrlaydigan mutaxassislarni tarbiyalash bo'yicha hali juda ko'p ishlar qilinishi kerak.

Respublikamizda islohotlarning dastlabki bosqichidan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog'ida aholiga ijtimoiy kafolotlar yaratib qo'yildi.Fuqarolarning mulkdan ulush olishida tenglik tamoyillariga, shuningdek xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasi a'zolarining ijtimoiy himoya qilinishiga qat'iy rioya etildi.

Imtiyozlarning bugun bir tizimli ishlab ularga yordam berish xususiylashtirgandan keyin ularga yordam berish maqsadida soliq sohasida ham imtiyozlarning ayrim turlari belgilandi.Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy kafolotlar tizimi xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish uchun ham imkoni boricha ko'proq qulay sharoit yaratish lozim. Mamlakat iqtisodiyotining barqaror va dinamik rivojlanishi tufayli aholi hayot darajasi va sifatining izchil o‘sishi ta’minlanmoqda. 2013-yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdori 20,8 foizga, aholining real daromadlari esa — 16 foizga o‘sdi.Narx-navoga erk berilishi va inflyatsiya darajasi munosabati bilan ijtimoiy muhofaza chora-tartiblari tizimlarida daromadlarni muntazam oshib borishi eng muhim yo'nalishlaridan biridir. O'zbekistonda daromadlarni indeksiyalash jarayoni ish haqining eng oz miqdorini, pensiyalar, stependiyalarni, aholining jamg'arma banklaridagi omonatlari bo'yicha stavkalarni bir yo'la markazlashtirilgan tarzda qayta ko'rib chiqish yo'li bilan amalga oshirilmoqda. Aholining nochor tabaqalarini- pensionerlar, ishsizlar, o'quvchi yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish va qo'llab-quvvatlash sohasida kuchli chora-tadbirlar o'tkazilishi faol ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning g'oyat muhim yo'nalishidir.

O'zbekistonning siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka erishish, milliy davlatchiligimizni barpo etish, buning uchun mustahkam moddiy negiz yaratish manfaatlarini ko'zlab quyidagilar milliy iqtisodiyotni isloh ustuvorlari qilib belgilandi:

- Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan milliy boylikning ortishini, kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart sharoitlarni ta'minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;

- Korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo'jalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma'muriy buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar va rag'batlantirish vositalaridan keng foydalanish;

- Iqtisodiyotda moddiy, tibbiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ta'minlaydigan chuqur tarkibiy o'zgarishlar qilish, jahon iqtisodiy tizimiga qo'shilib borish;

- Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o'zgartirish, har bir kishiga o'z mehnatini sarflash va shakllarini mustaqil belgilish imkonini beradi va boshqalar.

Hisobot davrida aholining pul daromadlari o'sdi. Oilalar umumiy daromadlari tarkibida shaxsiy yordamchi xo'jaliklar va tadbirkorlikdan olingan daromadlar xissasi ortdi. 2013-yil aholi pul daromadlari ortishi iste'mol mollari xarid qobiliyati ortganligidan dalolatdir. Ijtimoiy sohada milliy iqtisodiyotda band bo'lgan xodimlarning 11 foizdan ko'prog'i savdo-sotiq va umumiy ovqatlanish sohasida mehnat qiladi. 45 mingga yaqin davlat va nodavlat chakana savdo korxonalari aholiga xizmat ko'rsatadi. Ijtimoiy-madaniy kompleks tarmoqlariga jalb etilgan mehnat resurslari quyidagi xususiyatlarga ega:

-xizmat tarmoqlarga jalb etilganlar;

-ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarakteriga ega bo'lgan.

Ushbu yangi qiymat yaratadigan xizmatlar ishlab chiqarish xarakteriga ega bo'ladi. Bularga misol, maishiy xizmat tarmog'i kiyim kechaklarni tikish, uylarni qurish, iste'molchini buyurtmasi bo'yicha tovar va mahsulotlarini iste'molchiga yetkazib berish va boshqa xizmatlar kiradi. Noishlab chiqarish xarakteriga ega bo'lgan xizmatlarga yangi yoki qo'shimcha qiymat yaratadigan xizmatlar kiradi. Masalan, sartaroshlik xizmatlari, madaniyat va san'at muassasalari xizmatlari va hokazolar.

Ikkinchidan, ijtimoiy soha tarmoqlari muassasalarining asosiy qismida ko'pincha ishlab chiqarishning jonli mehnat usuli qo'llaniladi.Shuning uchun noishlab chiqarish sohalarida muassasalarni kengayishi asosan ishlaydiganlar sonini ko'payishi bo'yicha olib boriladi. Shu bilan bir qatorda ijtimoiy soha tarmoqlarida ham ishlaydiganlarning sonini uncha-muncha qisqartirish uchun, boshqaruv organlarini va boshqaruv sistemasini avtomatlashtirish bilan ishlaydiganlarning sonini qisqartirish mumkin.

Uchinchidan, ijtimoiy soha tarmoqlarida ishlaydigan mutaxassislar malakali mutaxasislar bo'lib, oliy yoki o'rta maxsus ta'limga egadirlar. Masalan: tibbiyot sohalarida, maorif sohasida, madaniyat va sa'nat sohasida. Shuning uchun ta'lim darajasi bo'yicha ijtimoiy soha tarmoqlarida band bo'lgan mutahasislar umuman milliy iqtisodiyotda band bo'lgan mutahasislarga nisbatan yuqoriroq.

Ijtimoiy soha tarmoqlarida mehnatni rejalashtirishda bir necha ko'rsatkichlardan foydalanamiz:

1. Tarmoqda ishlaydiganlar soni;

2. Ijtimoiy sohada bitta ishlaydiganga to'g'ri keladigan Milliy daromad hajmi;

3. Ijtimoiy sohaning ayrim tarmoqlarida mehnat unumdorligi; Masalan, savdoda bitta sotuvchiga to'g'ri keladigan tovar oborotini hajmi, madaniy xizmatda bitta ishlaydiganlarga to'g'ri keladigan, pullik xizmatlarni hajmi.

Bundan tashqari ijtimoiy soha tarmoqlarida sonli ko'rsatkichlar bilan bir qatorda sifat ko'rsatkichlari ham qo'llaniladi.Masalan, tibbiyotda bemorni davolash sifati. Ta'limda ishlaydigan o'quvchilar malakasi va ta'lim sifati va hokazo.

Umuman, Ijtimoiy soha tarmoqlaridagi mehnatning samararadorligiga quyidagilar o'z ta'sirini ko'rsatadi(3-chizma):



3-chizma

Bozor munosabatlarini rivojlantirish bilan xususiy mulkning roli tobora oshib bormoqda.Asosiy fondlar qiymat shakli asosan asosiy fondlarning strukturasi hisob-kitoblarda qo'llaniladi. Masalan, hozirgi davrda noishlab chiqarish sohaning asosiy fondlarda uy-joy kommunal xo'jaligini asosiy fondlari 30 foizni tashkil etadi, aholiga maishiy xizmat ko'rsatish tarmoqlarining asosiy fondlari 11 foizni, maorif va tibbiyotni 16 foiz fan, madaniyat va boshqa tarmoqlarning asosiy fondlari 11 foizni tashkil etadi. Asosiy fondlarni ishlatish jarayonida ularni jismoniy tomondan eskirishi va fan-texnika tarraqiyotini rivojlantirish natijasida ma'naviy eskirishni beradi. Noishlab chiqarish sohasidagi asosiy fondlar uchun jismoniy tomonidan eskirishi ko'proq darajada bo'ladi. Asosiy fondlarning tiklanishi asosan ikkita yo'nalish bo'yicha olib boriladi.

Kapital va joriy remont orqali. Joriy remont ko'pincha korxona va muassasalarning hisobiga o'tkaziladi, kapital remont esa qisman byudjet mablag'lari hisobiga o'tkaziladi. Asosiy fondlarni qurish uchun kerak bo'lgan kapital mablag'larning manbaalari quyidagilar: davlat byudjeti; davlat krediti; ijtimoiy sohalarning foydasi; aholi daromadlari va xorijiy investitsiyalardir.

1.2. Ijtimoiy sohani rivojlantirishda davlatning roli.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotda bir necha kamchiliklar paydo bo'ladi. Mana shu kamchiliklar va iqtisodiyotdagi salbiy jarayonlarni yo'qotish uchun davlat iqtisodiyotga aralashadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy iqtisodiyotni boshqarishda davlatning roli quyidagilardan iborat:

- Davlat milliy iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini, sohalarni iqtisodiy jarayonlarni rejali tartibga soladi. Masalan: ishsizlik bilan kurashish dasturlari, qishloq xo'jaligini rivojlantirish dasturlari va hokazolar;

- Davlat iqtisodiyotini rivojlantirishning huquqiy norma va qonunlarini ishlab chiqadi. Masalan: O'zbekistonda antimonopol qonun, bankrotlik to'g'risidagi qonun va hokazolar;

- Davlat milliy iqtisodiyotni boshqarishda har xil ma'muriy chora tadbirlardan foydalandi;

- ijtimoiy sohani boshqarishda ham davlatning roli juda ham katta, u bir qator ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarni bajaradi;

- bozor tizimi samarali rivojlanishi uchun, ijtimoiy adolatni rivojlantirish uchun davlat qonuniy asosni ta'minlaydi;

- mamlakatda yashaydigan fuqorolarning iqtisodiy erkin kurashi va erkin raqobatini himoya qiladi;

- milliy daromad va milliy boylikni ijtimoiy adolatlilik asosida yaratilgan milliy daromadni qayta taqsimlaydi;

- inflyatsiya, ishsizlik jarayonlari ustidan nazorat qilish asosida iqtisodiyotni barqarorlashtirish va iqtisodiy o'sishni rag'batlantiradi;

- aholini bozor iqtisodiyotining salbiy natijalaridan himoya qilish uchun ijtimoiy mexanizmni takomillashtirish.

Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida ijtimoiy sohalarda davlatning roli har xil.Davlatning ko'p sonli funksiyalari ichidan eng asosiylaridan biri-davlatning ijtimoiy siyosat fuksiyasidir. Davlatning ijtimoiy siyosati deganda, biz aholining ijtimoiy himoya qilish tizimini bajarish uchun aholini barqaror va yuqori turmush darajasini yaratish uchun davlat tomonidan olib boriladigan chora-tadbirlarning yig'indisini tushunamiz. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, davlatning ijtimoiy siyosati har xil davrlarda o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan va shu siyosatning natijalari ham xar xil bo'lgan. Lekin ijtimoiy siyosatning xususiyatlariga qaramasdan biz eng asosiy belgilovchi yo'nalishlarni ajratishimiz mumkin. Bu quyidagilar bilan bog'liq:

1. Moddiy va ma'naviy boyliklarning taqsimlanishi shu maqsadda olib borilishi kerak, u jamiyatda ijtimoiy adolatni ta'minlasin.

2. Demografik siyosatni shunday olib borish kerakki, natijada mehnat resurslaridan ratsional foydalanish mumkin bo'lsin.

3. Jamiyatning ratsional (unumli) ijtimoiy tarkibini tuzish uchun davlatning ijtimoiy yo'nalishining asosiy vazifasi bo'lib har xil manbalar orqali aholi daromadlarini tashkil etish hisoblanadi.

Ular quyidagi yo'nalishlar orqali tashkil etiladi:

-mehnatga to'lovlar orqali:

-ijtimoiy iste'mol fondlar orqali:

-shaxsiy mulkchilik orqali:

-korxonalarning daromadlari orqali:

Aholi daromadlarining bir qismi mehnat sifati bilan bog'liq bo'lsa, yana bir qismi mehnat sifatiga bog'liq bo'lmaydi.

Respublikada aholini ijtimoiy himoyalash asosan uch yo'nalishda amalga oshiriladi.

Birinchisi, narxlarning erkinlashtirilishi va ularning qadrsizlanishi darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o'rtacha darajasi muntazam oshib borildi. Bu soha 1993 yil yanvarda joriy etilgan yangi yagona tarif stavkasi barcha xodimlarning mehnat haqi miqdorini tarif koeffitsientlari orqali eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o'zaro bog'lash imkonini berdi.Ya'ni eng kam ish haqini oshirish yo'li bilan aholining o'rtacha ish haqini oshirish yo'li bilan aholining o'rtacha ish haqi, pul daromadlari ham o'z-o'zidan ko'tarila boradi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-dekabrdan amal qilib boshlagan qaroriga muvofiq, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish 0,05 barobar ko'paytirildi. Albatta bu aholi barcha tabaqalarini pul daromadlarining ko'payishini taminlaydi va har yil oshiriladi. Joriy 2014 yilda eng kam ish haqi - 96105so'm (qariyb 34 AQSH dollar)ni tashkil qiladi2.

Ikkinchisi, respublikani ichki iste'mol bozorini himoya qilish va aholining oziq-ovqat mahsulotlari iste'molining muayyan darajasini saqlab turish.

Uchinchidan, aholining kam ta'minlangan tabaqalarini ijtimoiy jihatdan qo'llab quvvatlash chora-tadbirlari ko'rildi. 1994 yilda aholini ijtimoiy himoya qilishning tenglashtirish tizimidan aniq maqsadli va aholining muxtoj tabaqalarini qamrab oladigan tizimga o'tildi, ya'ni «mahalla» jamiyati orqali bolalar va kam daromadli oilalarga moddiy yordam ko'rsatiladigan bo'ldi. Bunday aholini ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi islohotlar birinchi bosqichning ijtimoiy himoyalash sohasidagi muhim yakuni bo'ldi. Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida yalpi ijtimoiy kafolatlar va aholining nochor va muhtoj qatlamlarini kuchliroq qo'llab-quvvatlash tizimi zarur bo'lib qoldi va yangidan ijtimoiy siyosat qurilishiga asos qilib olindi. (1994-1997 yillar). Uchunchi bosqichning (1997 yildan hozirgacha) asosiy maqsadi - bu iqtisodiy o'sish, aholini yashash darajasini oshirish va manzilli ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishdir.

Ijtimoiy sohani tartibga solishda bozor mexanizmining roli va ahamiyati.

O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoya masalasi davlat siyosatining markazida turadigan masalalar qatoridan joy olgan.Prezidentimiz I. A. Karimov «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida «xalq faravonligini barqaror muttasil oshirishni, aholi ijtimoiy himoyalanishi ustuvor yo'nalish qilib belgilab, shu yo'l bilan islohotlar faqat inson manfaatlarini ko'zlab, uning qoidamizni yana bir tasdiqlagan bo'lamiz»3 deb ta'kidlab o'tdilar.Aholini ijtimoiy himoya qilish asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat bo'ldi:

-narxlarni erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasini ortib borishi hisobga olingan holda daromadlarning eng kam va o'rtacha darajasi muntazam oshirilib borildi;

-respublikaning ichki iste'mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollarining asosiy turlari iste'molini muayyan darajada saqlab turishga harakat qilindi;

-aholining kam ta'minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo'llab quvvatlashga qaratilgan faol ijtimoiy siyosat o'tkazildi.

Ijtimoiy sohani tartibga solishda bozor mexanizmini va markazlashtirilgan boshqaruvning biriktirilishi va takomillashtirishdir.Aholining o'sishi yuqori sur'atlar bilan borayotgan O'zbekistonda aholining ish bilan bandligi masalasi doimo eng muhim va o'tkir masalalardan biri bo'lib kelgan va hozir ham shunday bo'lib kelmoqda.

Mulkchilik shakllari bo'yicha ish bilan ta'minlanish tarkibida muhim o'zgarishlar ro'y bermoqda. Hozirgi vaqtda iqtisodiyotning nodavlat sektorida iqtisodiyotda band bo'lgan barcha kishilarning 76,0 foizi mehnat qilmoqda.

Ishsizlik haddan tashqari o'sib ketishiga yo'l qo'ymaslik O'zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirishning asosiy vazifalaridan biridir. Buning uchun respublikada mehnat bozorini faol tarzda muvofiqlashtirib borishning turli shakillari va usullari qo'llanilmoqda 250 dan ziyod punktlarni o'z ichiga olgan keng tarmoqli bandlik xizmati tizimi vujudga keltirilgan. Respublikaning har bir shahar va tumanlarida mehnat bo'linmalari faoliyat ko'rsatmoqda.

Mutaxasislar hisob-kitoblariga ko'ra tabiiy va jismoniy resurslar iqtisodiy o'sishning 40 foizigina ta'minlashga qodir ekan, iqtisodiy o'sishning qolgan 60 foizini insoniy omillar-ishchi kuchi, malakani oshirish, sog'liqni saqlash, ta'lim-tadqiqot ishlari uchun sarf xarajatlar iqtisodiy o'sishning asosiy manbalariga aylanmoqda.



II Bob. Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish- mamlakatimiz taraqqiyotining muhim omili

2.1. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda oliy ta’limni tartibga solish yo’llari

2.2. O’zbekistonda Oliy ta’limni rivojlantirish tahlili



II. Bob. Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish- mamlakatimiz

taraqqiyotining muhim omili.

2.1. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda oliy ta’limni tartibga solish yo’llari.

  1   2   3   4   5


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət