Ana səhifə

O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Yüklə 2.35 Mb.
səhifə1/15
tarix24.06.2016
ölçüsü2.35 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


BEKMUROD YO’LDOSHEV,

DILBAR O’RINBOYEVA

O’ZBEK XALQ DOSTONLARINING

CHASTOTALI IZOHLI FRAZEOLOGIK LUG’ATI
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand

Davlat universiteti filologiya fakulteti

Ilmiy kengashi tomonidan nashrga

tavsiya etilgan.

SAMARQAND – 2013

81.2 O’zb

Y75
Taqrizchilar: filologiya fanlari doktori, dotsent

S.Boymirzayeva

filologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Turobov


Y’oldoshev Bekmurod

O’zbek xalq dostonlarining chastotali izohli frazeologik lug’ati /B.Yo’ldoshev, D.O’rinboyeva; Mas’ul muharrir B.O’rinboyev; O’zbekiston Respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti. – Samarqand, 2013. – 102 b.

1.O’rinboyeva D.


Mazkur chastotali izohli frazeologik lug’at o’zbek xalq dostonlari («Alpomish», «Ravshan», «Rustamxon») matni asosida yaratilgan bo’lib, undan mingga yaqin frazeologizmlar, ularning variantlari va ma’nodoshlari bilan birga xalq dostonlari matnida qo’llanish darajasi (chastotasi) va izohi keltirilgan. Lug’atda frazeologik birlik (FB)larning statistik va grammatik tabiatini tasvirlash maqsad qilib qo’yilgan.

Chastotali izohli frazeologik lug’at o’zbek xalq og’zaki ijodi namunalari tili bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.

BBK 81.2O’zb-3

452-2008/2043




© Alisher Navoiy nomidagi Samarqand

Davlat universiteti, 2013.

KIRISH
O’zbek tilining lug’at tarkibida so’z singari tanlab olib ishlatish mumkin bo’lgan va xotirada bir butun holda saqlanadigan til birliklari ham mavjuddir. Bunday birliklar frazeologizmlar, frazeologik birlik (FB)lar yoki iboralar deb yuritiladi hamda ular, birinchidan, tilda ko’p vaqt bir qolipda qo’llanaverib bo’linmaydigan yaxlit, bir butun holga kelib qolgan bo’ladi, ikkinchidan, FB yoki ibora tarkibida eng kamida ikkita mustaqil so’z ishtirok etadi, uchinchidan, ibora yaxlit holda yoki uning bir qismi ko’chma ma’noda qo’llanilgani uchun obrazlilikka, ta’sirchanlikka boy bo’ladi.

FBlar til egasi bo’lgan xalqning ma’naviy madaniyati, urf-odati, kasbi, yashash sharoiti, intilishi, voqelikka munosabati bilan uzviy bog’liqdir. FBlar obrazlilik va ekspressivlikni vujudga keltiruvchi muhim vositalar bo’lib1, ular nutqning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.

Keyingi yillarda o’zbek frazeologiyasi tilimizdagi frazeologizmlarning lisoniy tabiatini o’rganish sohasida salmoqli yutuqlarga erishdi. Sh.Rahmatullayevning “O’zbek tilida fe’l frazemalarining bog’lashuvi” nomli monografiyasi (1992), “O’zbek frazemalarining lug’ati” (1992)ning nashr etilganligi, “Hozirgi adabiy o’zbek tili” nomli darslikda o’zbek frazeologiyasi masalalarini yoritishda keng o’rin berilganligi2, B.Yo’ldoshev, H.Shamsiddinov, A.Mamatov, A,Abdusaidov kabi olimlarning doktorlik dissertatsiyalari, Q.Hakimov, Sh.Usmonova, M.Holiqova, K.Bozorboyev, Sh.Abdullayevlarning nomzodlik ishlari xuddi ana shu dolzarb muammo tadqiqiga bag’ishlanganligi ham buning yorqin dalili bo’la oladi3.

O’zbek tilshunoslari folklor frazeologiyasini o’rganish sohasida ham muayyan ishlarni amalgam oshirganlar. Jumladan, “Alpomish” dostoni va boshqa bir qancha o’zbek xalq og’zaki ijodi namunalarida frazeologizmlarning qo’llanish xususiyatlari H.Zaripov, T.Mirzayev, M.Saidov, Sh.Shoabdurahmonov, X.Doniyorov, B.O’rinboyev, S.Tursunov, I.Yormatov, M.Yoqubbekova, S.Mirzayeva, B.To’ychiboyev, K.Bozorboyev, A.Rahimov, Sh.Mahmadiyev, Z.Xolmonova, G.Jumanazarova, A.Xoliqov singari olimlarning ishlarida ma’lum darajada o’rganilgan. B.O’rinboyev, K.Bozorboyevlarning “Alpomish” dostoni frazeologizmlarining ta’biri” (Samarqand, 1998), B.To’ychiboyevning “Alpomish va xalq tili” (Toshkent, 2001), T.Mirzayev, J.Eshonqul, S.Fidokorning “Alpomish” dostonining izohli lug’ati (Toshkent, 2007) nomli asarlarida o’zbek xalq dostonchiligining gultoji bo’lgan “Alpomish”dagi ko’plab frazeologizmlar keltirilgan hamda ularga izohlar berilgan. B.O’rinboyev va K.Bozorboyevlar tomonidan nashr etilgan ishni esa o’zbek tilshunosligida yaratilgan folklor asarlari frazeologik lug’atining ilk namunasi deyish mumkin4. Lekin shu kunga qadar o’zbek xalq dostonlarida qo’llangan frazeologizmlar lingvostatistik jihatdan tadqiq etilmagan.

O’zbek xalq dostonlari matnida qo’llangan FBlarning lingvostatistik aspektda tadqiq etilishi folklor tili bilan bog’liq bo’lgan nazariy va amaliy masalalrni hal etishda yordam beradi. Ana shu maqsadda mazkur chastotali izohli frazeologik lug’at o’zbek lingvofolkloristikasi va frazeografiyasida dastlabki urinish sifatida tuzildi.

Mazkur chastotali izohli frazeologik lug’atni tuzish jarayonida dastlab «Alpomish5», «Ravshan6», «Rustam7» dostonlarining matnlari kompyuter xotirasiga kiritildi. Kompyuter xotirasida to’plangan ana shu matnlar asosida kompyuter yordamida 28499 so’z shaklidan iborat, uchta chastotali va uchta alfavit-chastotali lug’atlar olindi: «Alpomish» dostoni umumiy matn hajmi – 14029, ya’ni –49,2 %ni; «Ravshan» dostoni – 7059, ya’ni 24,7 %ni, «Rustam» dostoni 7411 so’z shakli 26,2% ini tashkil qiladi. Matnlarni qayta tekshirish jarayonida mazkur matnlarda jami 1041 FB qo’llanganligi ma’lum bo’ldi, ular xalq dostonlari matnida 1641 marta qaytarilgani aniqlandi. «Alpomish» dostonida qaytalanish chastotasi 2007 so’z shaklida bo’lib, umumiy tanlanma hajmning 14,0 %ini, «Ravshan» dostonida 534 so’z shakli umumiy tanlanma hajmning 7,5 %ini, «Rustam» dostonida 647 so’z shakli umumiy tanlanma hajmning 8,7 % ni tashkil etadi8.

Bunday statistik kuzatishlar natijasida Sh.Rahmatullaevning lug’ati9da uchramagan, faqat dostonlar matnida qo’llanilgan 189 ta ibora aniqlandi.

Shundan «bosh» leksemasi bilan shakllangan 31 ta frazeologizm bo’lib, ularning umumiy matndagi qo’llanish chastotasi – 105 ga teng.



«Bosh» leksemasi bilan shakllangan frazeologizmlar va ularning “Alpomish” va “Ravshan” dostonlaridagi qo’llanish chastotasi quyidagi jadvalda berilgan:

Frazeologizmlar

Frazeologizmlarning qo’llanish chastotasi

“Alpomish”

“Ravshan”

Boshi birikmoq

Boshi bo’lmoq

Boshi bo’sh

Boshi gangimoq

Boshi ketmoq

Boshi xor bo’lmoq

Boshiga qiyomat bo’lmoq

Boshidan qorong’u (qayg’uli) tuman ketmoq

Boshidan kulfat o’tmoq

Boshidan o’tmoq

Boshiga balo bo’lmoq

Boshiga kun tug’moq (tuvmoq)

Boshiga savdo solmoq

Boshiga savdo tushmoq

Boshiga urmoq

Boshiga etmoq

Boshiga zulm solmoq

Boshini balandga olmoq

Boshini bermoq

Boshini ko’tarmoq

Boshini olib ketmoq

Boshini olmoq

Boshini qutqarmoq

Boshini yulmoq

G’amsiz boshi

Ishning boshi

O’z boshiga bo’lmoq

O’z boshiga yurmoq

Xatabga bosh urmoq


1

1

8



12

1

1



-

5

1



1

4

-



6

1

1



2

1

1



1

3

7



15

1

5



3

2

2



2

2


-

-

-



-

-

-



2

-

-



2

-

1



-

6

1



1

-

-



-

3

2



-

-

2



-

-

-



-

-


Jadvalda keltirilgan «bosh» komponenti yordamida shakllangan frazeologizmlarning qo’llanish chastotasiga muvofiq ularning statistik strukturasi haqida aniq tasavvurga ega bo’lish mumkin. Buning uchun tahlil asosi – matnda frazeologizmlarning turlicha qo’llanishi orqali matnda yangi so’zning mavjudligi va uning qo’llanish chastotasining ehtimoli aniqlanadi: P – so’zning chastotasi; K – bir xil chastotada qo’llangan so’zlar soni; V – matnda shu chastota bilan berilgan so’zlarning mavjudlik ehtimoli; D – matn hajmi. Yangi so’zning matnda mavjudlik ehtimoli quyidagi ifoda bilan topiladi:





1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

K

12

5

4

2

1

3

1

1

1

1

1

B

Alp.


0,0008

0,0007




0,0004

0,0002

0,0010

0,0004

0,0004

0,0005

0,0008

0,0010

B

Rav.








0,0011




0,0004

0,0004

0,0008












  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət