Ana səhifə

Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги андижон Кишлок Хўжалик Институти “Ўсимликлар химояси ва карантини” кафедраси


Yüklə 29.78 Kb.
tarix25.06.2016
ölçüsü29.78 Kb.
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ҚИШЛОҚ ВА СУВ ХЎЖАЛИГИ ВАЗИРЛИГИ
Андижон Кишлок Хўжалик Институти
Ўсимликлар химояси ва карантини” кафедраси

Микробиология ва биотехнология асослари” фанидан




Мавзу: Микробиология ва қишлоқ хўжалиги биотехнологияси фанининг предмети вазифаси ва ривожланиш тарихи.
­

Топширди: Агр факултети КПТ 3/2 гурух талабаси Зияева Нодира
Қабул қилди: қ.х.ф.н. Мирзаева. С

Андижон - 2014 йил
MAVZU: MIKROBIOLOGIYA VA QISHLOQ XO’JALIGI BIOTEXNOLOGIYASI FANINING PREDMETI VAZIFASI VA RIVOJLANISH TARIXI.

R E J A:

1. Mikrobiologiya fani haqida

2. Mikrobiologiya tarmoqlari

3. Qishloq xujalik mikrobiologiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi

4. Qishloq xujalik mikrobiologiyasining rivojlanish boskichlari

5. Xulosalar.

6. Foydalanilgan adabiyotlar

Mikrobiologiya ko`z bilan ko`rib bulmaydigan mayda tirik mavjudodlarning shaklini, katta- kichikligini, usishini. Hayot kechirish jarayonlarini turli hil usullar yordamida o`rganadigan fandir.

Mikrobiologiya-grekcha suz bulib, mikros-mayda, bios-xayot va logos-fan demakdir.

Organizmlarning bu gruppasiga oddiy bo’linish yo’li bilan ko’payadigan bakteriyalar, eng mayda viruslar va bakteriofaglar, shuningdek bakteriyalarga yakin turuvchi mikroorganizmlarning ayrim vakillari aktinomitsetlar va ba’zi zamburuglar kiradi. Mikrobiologiya mikroorganizmlarning morfologiyasini, sistematsiyasi va fiziologiyasini urganadi. Ularning xayot faoliyati kechadigan umumiy sharoitini tekshiradi xamda bizni urab turgan tabiatda turli xil moddalarning o’zgarishida mikroorganizmlarning rolini tushuntirib beradi. Tuproqda va tabiatda ro’y beradigan bioximiyaviy o’zgarishlarning ko’p qismi umuman mana shu mayda organizmlar ishtirokida buladi.

Mikrobiologiya fanining tarmoo`lariga kelsak, bu mikroorganizmlar tarkal ishi, hayot kechirish tarzi kanday jarayonlardan iboratligidan kelib chikadi. Chunki mikroorganizmlar xavoda, suvda, tuprokda, o`simliklarda, hayvonlarda, odamlarda mavjud. Ana shu mikroorganizmlar yashash tarzi davomida juda keng kulamdagi foydali ishlarni ham xunuk oqibatlarga olib keladigan zararli ishlarni ham amalga oshira oladilar. Shuning uchun hamma mikroorganizmlarni bir hilda yondoshmasdan alohida tarmoklari bo`yicha o`rganish samaralidir. Shu sababdan ham texnik (sanoat) mikrobiologiyasi, suv mikrobiologiyasi geologik mikrobiologiya, tibbiyot mikrobiologiyasi sanitariya mikrobiologiyasi, chorvachilik mikrobiologiyasi, tuprok yoki qishloq xujaligi mikrobiologiyasi kabi tarmoklarga ajratilgan.

Texnik (sanoat) mikrobiologiyada ? pivo, vinochilik, nonvoychilik qishloq va bosho`a sut maxsulotlarini ishlab chiqarish. Shuningdek sut kislota, moy moy kislota, sirka kislotasi, spirt, oziqabop oksil vitaminlar, fermentlar, antibiotik dori darmonlar va Xz larni olishda ham mikroorganizmlardan foydalanish usullari o`rganiladi.

Suv mikrobiologiyasi - okean, dengiz, daryo, kul, suv xavzalari, ariqlar suvi, botkok yerlardagi mikroorganizmlar tarqalishi va suv xavzalarni o`rganadi. Sanoatda ishlatiladigan suv (oqova suv) tarkibidagi zaharli chiqindilarni tozalash yo`llarini, suv hayvonla riga ozuqa zahirasini tayyorlashda mirkoorganizmlardan foydalanish usullarini va boshqa kqp muammolarni qrganadi ichimlik suvlarini toazalash ham shu soha bilan uzviy bogliqdir.

Geologik mikrobiologiyada - tog` jinslari yemirilishida mikroorganizmlar faoliyati. Turli xil ma'danlarning hosil bo`lishida ma'danlardan metallarni ajratib olishda, foydali qazilmalar hosil bo`lishidagi mikroorganizmlarning faoliyatlarini o`rganiladi.

Tibbiyot mikrobiologiyasi - turli xildagi yuo`umli kasalliklar keltirib chiqazuvchi mikroorganizmlar hayot faoliyati va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqarish muammolari o`rganiladi.

Chorvachilik mikrobiologiyasi - bunda qishloq xujaligi hayvonlarida kasallik tug`diruvchi mikroorganizmlar bilan kurashish chora-tadbirlarini ustida, teri, mo`yna mikroorganizmlari hayvonlarning ovkat hazm qilish va turli organizmlardagi mikroorganizmlar faoliyati ni o`rganish maqsad qilib qo`yilgandir.

Sanitariya va epidemiologiya mikrobiologiyasi ? bu soha atrof muxitda insonlarga, hayvonlarga foydali hashorotlarga zarar keltiruvchi turli xildagi mikroorganizmlar tarqalishining oldini olish choralari bilan shug`ullanadi. Har xil usullar bilan shu kasallik tarqa tuvchilarga va ularni keltirib chiqaruvchi manbaalarga qarshi kurashadi.

Qishloq xo`jalik mikrobiologiyasi - qamrovi juda katta bo`lgan fan soxalaridan biridir. Bunda faqatgina tuproqda mavjud bo`lgan mikroorganizmlar xillari va biologiyasi bilan shug`ullanib qolmasdan, shu mikroorganizmlar bilan o`simlik o`rtasidagi, tabiatda atmosfer a va tuproq o`rtasidagi bog`lanishda mikroorganizmlar roli haqidagi ma'lumotlar bilan ham tanishib chiqiladi. Tuproq mikroorganizmlarning turli-tumanligi, tuproq unumdorligini oshirishdagi roli , o`simliklarning suvda erimaydigan moddalarni o`zlashtirishdagi mikr oorganizmlar ahamiyati ham shu soxaga taaluqlidir. Tuproqdagi mikroorganizmlarning azot almashinuvidagi fosfor va oltingugurt birikmalarining, aylanishi va o`simliklarga o`zlashtiriladigan holatga o`tishligini ham bilib olamiz. Qishloq xo`jaligi mikrobiologiyasida senaj, silos tayyorlashda biologik faol moddalarni xosil bo`lishida, mikrobiologiya ya'ni bakterial o`gitlar tayyorlashda ham ishtirok etuvchi mikroorganizmlar turlari va faoliyati bilan tanishiladi. Shunga asosan tuproqni unumdorligini oshirish va yukori hosil olish maqs adida sanoatda bakterialogik o`gitlar ishlab chiqarilishi masalalari ham o`rganiladi.

Qishloq xo`jalik mikrobiologiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi. Qishloq xo`jalik mikrobiologiyasining rivojlanish bosqichlari. Qishloq xo`jalik mikrobiologiyasi faniga kelsak botanikadagi tuban o`simliklar bo`limi, agroximiyada bakterial o`gitlar va kompost tayyorla sh ishlari dexkonchilikda almashlab ekish masallari, tuproq agrotexnikasi va x.z. O`simliklarning fiziologiyasida o`simliklarning mineral oziklanishi, anaerob nafas olish va bijgish jarayonlari o`rtasidagi genetik bog`lanishni o`rganish masalalarida mavjudligini ko`ramiz. Bu mikrobiologiyaning sohasi, ya'ni qishloq xo`jalik mikrobiologiyasi baliqchilik, chorvachilik soxalari bilan ham mikrobiologiyaning yuqorida keltirib o`tilgan barcha tarmoqlari bilan ham uzviy bog`langandir.

Endi qishloq xo`jalik mikrobiologiyaning rivojlanish bosqichlariga kelsak, kuyidagilarni sizlarni e'tiboringizga havola qilishimiz mumkin. Mikrobiologiyaning birinchi rivojlanish bosqichi anikq ma'lumotlar to`plami davriBBi mo Endi qishloq xo`jalik mikrobiologiya larni ko`rsata oladigan optik uskunalar vujudga kelgach boshlanadi. Mikroskop orqali birinchi bo`lib mikroorganizmlarni 1676 yili Anton Van Levinguk kuzatgan. Shungacha mikroorganizmlar vujudligini bilganlar, ammo ularga e'tibor berilmagan.

M. M.Terexovskiy mikroorganizmlarni urganish ishiga prinsipial yangilik kiritdi.

Mikroskopda tekshirilayotgan tanachalar tirik ekanligini isbotlash uchun Terexovskiy tajribalar kilib, ularga turli kuchlanishli elektr toki, xarorat va kimyoviy zaxarlar (sulfat kislota, sulema, nitrat kislota, afyun, ishkorlar) ta’sir ettirib turadi. U mikrobli eritmani xavo nasosi jomi (kolokol) ostiga kuyib, mikroblar nafas olishi uchun xavoga extiyoj sezganligini aniklaydi.

Nixoyat ushbu organizmlar ma’lum chegaragacha kattalashib, usib sungra bulinishini aniklaydi. Bu kuzatishlarning xammasi «eritmada uchraydigan tirik mavjudotlar xakikiy mayda xayvonlardir» degan xulosa chikarishga asos buladi.

XU111 asrning yarimida rus tadqiqotchisi M. M. Terexovskiy infuzoriyalarni o`rganish jarayonida tajriba usulini birinchi qo`lladi. Ch. Darvinning ?Turlarning kelib chiqishi? chop etilgandan keyin. Shunga asosan solishtirma usullaridan foydalani9B38 y XUSh asrning yar nfuzoriya takomillashgan organizmdir? degan kitobini chiqaradi va infuzoriyalar sinfini 22 ta oilaga bo`lib shundan 3 tasini mikroorganizmlar guruxiga kiritdi. Mikroorganizmlarni o`rganishda tajriba usulidan keyin fransuz mikrobiologiya Lui Paster (1822-1895) u chinchi bosqini, ya'ni mikroorganizmlar fiziologiyasin o`rganish davriga asos soldi. Buningn sababi shu davrga kelib sanoatda, ayniqsa qishloq xo`jalik maxsulotlarini qayta ishlash rivojlangan edi.

Vino ishlab chiqkarish, pivo pishirish, ipakchilik, sut maxsulotlarini tayyorlashdan keng foydalana boshlagan edi. Bunda texnika rivoji bilan birga sanoat ham rivojlangan edi. Lui Paster sanoat mikrobiologiyasi bilan shugullandi, maxsulotlarni termik ishlash ?Paster izasiya? usuli ishlab chiqildi. U odam va hayvonlardagi kasalliklarni ham o`rganishga kirishdi. Ipak qurti kasalliklarini tug`diruvchi mikroorganizmlarni topdi.

Ko`plab tajribalar hayvonlarga kuydurgi, tovuqlarda vabo (o`lat) kasalliklarini o`rganish jarayonida tasodifan (termostatda qolib ketgan) aktivligi pasaygan mikrob suyuqligini tovuq tanasiga yuborib, uning ozgina kasallanganligini aniqladi. Keyin shu tovuqqa ak tiv mikrob yuborsa ham kasallanmaganligini kuzatadi va kasallikning oldini olish uchun emlash usulini yaratdi.Keyinchalik u hayvonlardagi quturish kasalligini ham o`rgandi va uning emlash bilan oldini olish mumkinligini ko`rsatdi. Shundan keyin xilma xil kasallikla r oldini olish imkoniyati tug`ildi. Shu ishlar natijasida tibbiyot mikrobiologiyasi juda ko`p mamlakatlarda rivoj topib ketdi. Keyin ozik-ovkat va qishloq xo`jalik mikrobiologiyasida ham rivojlanish davri boshlandi. S. N. Vinogradskiy oltingugurt, temir bakteriyalari ni nitrifikasiyalovchi bakteriyalar faoliyatini chuqur o`rgandilar.Xemosintezni kashf qilindi.

Karbonat kislota va suvdan organik modda sintezlarining bu uziga xos jarayonni xemosintez deb ataladi. Bu jarayon uchun ular ammiakning oksidlanib nitrat kislotaga yoki nitrat kislotaning oksidlanib natriy kislotaga aylanishida xosil buladigan energiyadan foydalaniladi. Bu mikroorganizmlar fiziologiyasi soxasida kilingan yirik kashfiyotlardan biri xisoblanadi.

S. N. Vinogradskiy shogirdi V. L. Melyanskiy (1867-1928) nitrifikasiya, azotfikasiya kletchatka parchalanishi, tuproq mikroorganizmlar ekologiyasi ustida katta ishlar qilindi. D. I. Ivanovskiy (1864-1920) viruslari kashf qilindi. V. I. Palladin (1859-1922) va S. P. Qostichev (1877-1931) larning nafas olish, bijgish jarayonlarini chuqur o`rganishlari bilan mikrobiologiyada bioximiyaviy bosqich boshlandi. O`tgan asrning 9-chi yillarida Peterburgda qishloq xo`jaligi mikrobiologiyasi, laboratoriyasi S. A. Severin boshchiligida Moskvada bakteriologik stansiya tashkil topdi. 1894 yildan boshlab qishloq xo`jalik mikrobiologiyasi fan sifatida Oliy o`kuv yurtlarida o`kitila boshlandi. Birinchi bo`lib ma'ruzani Petrov akademiyasidagi ( Xozir K. A. Temiryazev nomidagi Moskva qishloq xo`jaligi akademiyasida) N. N. Xudyakov o`kigan. U 1926 yilda chop etilgan qishloq xo`jaligi mikrobiologiyasi darsligining birinchi muallifi bo`ldi.

Sobik ittifoq davrida fanlar akademiyalari qamrovida mikrobiologiya ilmiy tekshirish institutlari tashkil etila boshlandi. 1965 yilda mikroorganizmlar fiziologiyas╘B bio Sobik ittifoq davrida fanlar akademiyalari qamrovida mikrobiologiya ilmiy tekshirish inst i instituti tashkil etdi. O`zbekistonda mikrobiologiya rivojlanishiga kelsak S. A. Askarova, M. Muzaffarov, A. M. Murodov, A. G. Xolmurodov, M. YE. Mavlyaniy, S. S. Ramazanova, J. S. Safiyazov, A. V. Vaxobovlar va boshqalarning qushgan xissalari kattadir.

Hozirgi kunda respublikamizda mikrobiologiya ilmiy tekshirish instituti, biologik ilmiy tekshirish institutlari tarkibida mikrobiologiya laboratoriyalari faoliyat ko`rsatmoqdalar. Ana shu institutlar va laboratoriyalar tuproq mikrobiologiyalarining tarqalishi turi, miqdori, oziqlanishi va boshqa xususiyatlarini o`rganish bilan bir qatorda qishloq xo`jaligiga zarur bulgan turli moddalar, preparatlarni ishlab chiqarish ham amalga oshirilmoqda.

Mikroorganizmlar olami haqidagi tushunchalar tuban o`zgarib tibbiyot va qishloq xo`jaligid a ishlatiladigan turli xil antibiotiklar, vitaminlar, fiziologik aktiv moddalar, aminokislotalar, stimulyatorlar , ozuqa oksillari olish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Endilikdagi vazifa tuproq biotexnologiyasini rivojlantirish. Tuproq mikroblari yashashi, rivo jlanishi, kupayishi uchun zarur sharoitlarni yoritadigan agrotexnik tadbirlarni samarali amalga oshirishdir. Ana shub iz atrof muxit ifloslanishini ham o`simliklardan yuqori va sifatli hosil olishni ham ruyobga chiqara olamiz.




X u l o s a l a r.

Xulosa qilib aytganda tuproq mikrobiologiyasini o`rganish va undagi mikroorganizmlarni faoliyatidan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishda ham, o`simliklardan yuqori hosil olishda ham, boshqa zarur mikrobiologik preparatlarni ishlab chiqarish uchun ham asosiy omil hisoblanadi.



FOYDALANILGAN A D A B I YO T L A R

1. G.D.Mustakimov "O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari" T.1995 yil

2.G.D.Mustakimov 2O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari amaliy mashgulotlar". T.1990 yil

3. M.F.Fyodrov "Mikrobiologiya". T.1966 yil

4. A.Ya.Pankratov "Mikrobiologiya". M.1962 yil.

5. YE.N.Mishustin, V.T.Emsev "mikrobiologiya" M.1988 yil



6. K.Nasriddinov, A.Mamadaliev "Biotexnologiya" 2003 yil





Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət