Ana səhifə

SaSa Savol –javob va takrorlash uchun muqaddima


Yüklə 72 Kb.
tarix24.06.2016
ölçüsü72 Kb.

www.uzref.tk


Javoblar to`plami

saSa


Savol –javob va takrorlash uchun
MUQADDIMA
1.Botanika nimani o`rganadi?---O`simliklarning paydo bo`lishi (filogeniyasi) hayoti,tashqi va ichki tuzilishi,rivojlanishi,yer yuzida tarqalishi,tabiat bn bog’liqligi,ulardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish usullarini

2.Dorivor o’simliklar?----isiriq, chakanda, zubturum.

3.Iste’mol qilinadigan o’simliklar?----rovoch, do’lana.

4.O’rta Osiyoda tabiiy holda o’sadigan yuksak o’simliklarning qancha turi mavjud?----8000.

5.O’zb qizil kitobiga kiritilgan o’simliklar?----xolmon, shirach, sallagul.

6.O’zb-da tabiiy holda o’sadigan yuksak o’simliklarning qancha turi mavjud?----4500.

7.Har qanday o`simlik …..harakat qiladi?---nasl qoldirishga ya’ni o`sadi va rivojlanadi

8.Yer yuzida tabiiy holda o’sadigan yuksak o’simliklarning qancha turi mavjud?----500000

9.Yovvoyi yem-xashak o’simliklar?----shuvoq, sebarga, burchoq.

10.Geobotanika nimani o`rnadi?—yer yuzida o`simliklarni tarqalishini

11.Sistematika nimani o`rganadi?—o`simliklarni ma’lum tartib, tizim (sistemaga )ga soladi

12.Ekolgiya esa?---O`simliklarni yashash va qanday muhitda o`sishini o`rganadi?

13.Paleobotanika Bu?---O`sim-klarni qadimgi qazilma holatdagilarini o`rganadi

14.Introduksiya-iqlimlashtirish esa--?—boshqa joylarda o`sadigan o`simliklarni olib kelish va moslashtirish va hokozo…

15.Morfologiya fani esa..?---O`simliklarni tashqi tuzilishi, shakllarini o`rganadi

16.Anatomiya esa?---O`sim-klarni ichki tuzilishini o`rganadi

17.Sitoembriologiya fani esa?---changlanish va urug’lanishdan so`ng bo`ladigan jarayonlarni o`rganadi

18.So`ngi yillarda qaysi o`simliklarga bo`lgan talab oshib bormoqda?—dorivor o`simliklarga

19.Chorva mollari uchun to`yimli oziqa o`simliklari?-(8ta yozing)—shuvoq,yantoq,beda,sebarga,,izen,keyreuk,saksovul,javdar

20.”Oltin kosada toshib turar,dala xusnini ochib turar “ topishmoq javobini topini?—go’za


GULLI O’SIMLIKLAR
1. 6000 yilgacha umr ko’radigan daraxt?----ajdar daraxti.

2.Ajdar daraxti qaysi orolda uchraydi?----Kanar oroli.

3.Guli suv yuzasida ochiladigan o’simlik?----nilufar.

4.Gulli o’simliklar qachon, qaysi o’simliklardan kelib chiqqan?----130 mln yil oldin, qadimgi ochiq urug’lilardan.

5.Hasharotxo’r o’simliklar?----nepentes, drosera, suv qaroqchisi.

6.Jumagulning ikkinchi nomi?----xolmon.

7.Kuvacha qaysi o’simlikning ikkinchi nomi?---nepentes.

8.Meksika kaktuslari tanasida qancha suv saqlaydi?----200 litr.

9.Noyob mevali o’simliklar?----yong’oq, pista, bodom, safsan.

10.Seyshel palmasi yong’oqlari og’irligi qancha?---25 kg.

11.Sumatrada o’suvchi eng yirik gul?----rafleziya.

12.Tabiat ko’rki bo’lgan o’simliklar?----qizil lola, ko’zagul, sallagul, chinnigul, jumagul.

13.Tabobatimiz gavhari bo’lgan o’simliklar?----chakanda, isiriq, na’matak, suvqalampir.

14.Yer yuzida gulli o’simliklar qancha oila, turkum, turni o’z ichiga oladi?----533 oila, 13000 turkum, 250000 tur.

O’SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLARI
1. 5-20 sm ko’tarilib o’sadigan o’simliklar?----momaqaldirmoq, qo’ytikan.

2. 70-100 yil umr ko’radigan daraxt?----o’rik, yong’oq.

3. 800 yil umr ko’radigan daraxt?----chinor.

4.Archa, sarv qancha umr ko’radi?----1000 yil.

5.Baland tog’lardagi archa bo’yi?----0,5-1 metr.

6.Baobab daraxti qancha umr ko’radi?---4000-5000 yil.

7.Bargi qor tagida qishlab qoladiga o’simliklar?----bug’doy, gulxayri, qoqio’t, achambiti, qurttana.

8.Barglari ancha barvaqt to’kiladigan o’simliklar?---jiyda, zarang, bodom, terak, akatsiya, tikan daraxt, aylant.

9.Bir yillik yovvoyi o’simliklar qaysilar?----oq sho’ra, jag’-jag’, machin, qora ituzum, baliqko’z.

10.Bo’yi bir metrga yetadiga bir yillik o’simliklar?---kanakunjut, makkajo’xori, kanop.

11.Butalar nima?----poyasi yog’ochlashgan, bo’yi 2-3 metrdan oshmaydigan bir yoki bir necha poya hosil qiladigan ko’p yillik o’simlik.

12.Ikki yillik o’simliklarni ko’rsating?----lavlagi, sabzi, sholg’om, karam.

13.Iliq kuz oylarida ham gullashda davom etadigan yovvoyi o’simliklar?----zubturum, qoqio’t, sachratqi, qo’ypechak.

14.Jag’-jag’ hayotiy shakliga ko’ra qanday o’simlik?----bir yillik o’t.

15.Ko’p yillik o’tlar (16 ta)qaysilar?----beda, ajriq, g’umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko’t, sallagul, qoqio’t, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, shashir.

16.Ko’p yillik o’tlar nima?----yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari yer ostida qishlaydigan o’simliklar.

17.Madaniy butalar qaysilar?----anor, limon, qoraqat, ligustrum, nastarin.

18.Momaqaldirmoq hayotiy shakliga ko’ra qanday o’simlik?----bir yillik o’t.

19.Qaysi ma’daniy o’simliklar ilq kuz oylarida ham gullashda davom etadi?----atirgul, xrizantema, kartoshkagul.

20.Qo’ytikan hayotiy shakliga ko’ra qanday o’simlik?----bir yillik o’t.

21.Sigirquyruq hayotiy shakliga ko’ra qanday o’simlik?----ikki yillik o’t.

22.Soxta kashtan qancha umr ko’radi?----2000 yil.

23.Yarim butalar nima?----poyasining yuqori qismi qishda sovuqdan qurib ketadigan ko’p yillik o’simliklar.

24.Yarim butalarni ko’rsating.----izen, keyreuk, teresken, sarsazan, shuvoq.

25.Yovvoyi butalar qaysilar?----irg’ay, singirtak, na’matak, zirk, bodomcha, uchqat.

HUJAYRA

1.Chigit hujatrasining uzunligi qancha?---3-4 sm

2.Elodeya barglari necha qavat hujayradan iborat---bir qavat hujayralardan iborat

3.Elodiya hujayrasida sitoplazmaning harakati nimaga bog’liq—kislorodning harakat yo’nalishiga.

4.Hujayra qachon, kim tomonidan kashf etilgan?----1665-yil, Robert Guk.

5.Hujayra qobig’iga mustahkamlik beruvchi modda?----kletchatka.

6.Hujayra qobig’ining qalinligi nimaga bpg’liq?---yoshiga.

7.Hujayra shakillaridan oltita sanang?----- ovalsimon, yumaloq, ko’p burchakli, naysimon, to’g’ri to’rt burchakli, tuksimon.

8.Hujayra shirasi tarkibida nimalar bor? ----suv, oqsil, moy, shaker.

9.Hujayralar nimasi bilan bir-biriga juda o’hshash bo’ladi?---ichki tuzilishi bilan.

10.Hujayraning rangsiz, tiniq, suyuq yoki shilimshiq qismi?----sitoplazma.

11.Hyjayra shirasini necha foizini suv tashkil qiladi?----70-95%ni.

12.Labaratoriyada mikroskop stol chekkasidan qancha uzoqlikka qo’yiladi?----3-4 sm.

13.Lupa buyumni qancha kattalshtirib beradi?----3-5 marta.

14.Mag’iz qanday ahamiyatga ega?----irsiy belgilarning yangi bo’g’inga o’tishida.

15.Mag’izning shakli va hajmi nimaga bog’liq?----hujayraning yirik-maydaligiga, yoshiga hamda yashash sharoitiga.

16.Mevalarning tami shirin, nordon, achchiq bo’lishi nimaga bog’liq?---hujayra shirasiga.

17.O’simlik gullari va barglari rangi qaysi plastidalarga bog’liq?---- xromoplastlarga.

18.O’simlikning qaysi qismidagi hujayralar bo’linish xususiyatiga ega?----o’sish nuqtasidagi.

19.Obyektiv preparatdan qancha uzoqlikda bo’lishi kerak?---- 4-6 mm.

20.Piyoz hujayralari boshqa o’simlik hujayralaridan nimasi bilan farq qiladi?----hujayra shaklining cho’ziqligi, zijligi varangsizligi bilan.

21.Plastidalar qanday xillarga bo’linadi?----leykoplastlar, xromoplastlar, xloroplastlar.

22.Rangsiz plastida?---leykoplast.

23.Shtativli lupa buyumni qancha kattalashtirib beradi?----10-25 marta.

24.Sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to’lgan bo’shliq nima deb ataladi?----vakuol.

25.Tirik hujayra ichidagi harakatni qaysi o’simlik bargining butumligicha yaqqol ko’rish mumkin?---- elodeya.

26.To’qimani qaysi fan o’rganadi?---- gistalogiya.

27.Tuzilishi o’xshash bo’lgan, lekin bir hil vazifani bajaradigan hujayralar yig’indisi nima deb ataladi?----- to’qima.

28.Yadro qachon va kim tomonidan kashf etilgan?----1831-yil, Robert 29.Broun.

30.Yadro tarkibiga ko’ra qaysi organoidga yaqin turadi?----sitoplazma.

31.Yashil rangli plastida?---xloroplast.

32.Zarg’aldoq, qizg’ish rangli plastida?----xromoplast.
TO’QIMA
1.Asosan tirik parenxima hujayralaridan tashkil topgan to’qima qaysi?----jamg’aruvchi to’qima.

2.Asosiy to’qima yana qanday nom bilan yuritiladi?----assimilyatsiya.

3.Havo ildizlarda epidermaning ostidagi etli qavatda joylashgan to’qima qaysi?----asosiy to’qima.

4.Hosil qiluvchi to’qima yana qaysi to’qimalarga ajraladi?----uchki va yon hosil qiluvchi.

5.Kollenxima nima?----tirik hujayralar.

6.Nima uchun po’kak o’zidan suv va gazlarni o’tkazmaydi?—unga suberin moddasi shimilgan.

7.Oqsil, kraxmal, yog’ to’planuvchi to’qima qaysi?----jamg’aruvchi.

8.Po’kakning vazifasi nima?----sovuq, issiqdan, kasallik tug’diruvchi mikroorganizmlardan himoya qilish.

9.Qalin qobiqli, cho’ziq, tirik va o’lik hujayralardan tashkil topgan to’qima qaysi?-----mehanik.

10.Qaysi to’qimaning asosiy vazifasi fotosintezni boshqarish?----asosiy to’qima.

11.Qoplovchi to’qima chiqib kelishiga qarab necha turga bo’linadi?----epiderma, po’kak, po’stloq.

12.Sklerenxima nima?----o’lik hujayralar.

13.To’qima tushunchasini birinchi bo’lib kim fanga kiritgan?----N.Gryu.

14.Yupqa bo’lib, elastik xususiyatga ega bo’lgan to’qima qaysi?----hosil qiluvchi.

MA’RUPOV AKMALJON AKBAROVICH

ILDIZ
1.Archa necha yil yashaydi?---700-800 (1000) yil.

2.Asosiy, yon, qo’shimcha ildizlar birlashib nimani hosil qiladi?---ildiz tizimini.

3.Azotli o’g’itlar o’simliklarning qaysi jarayonni tezlashtiradi?--- o’sishni.

4.Bir tup o’simlikning ildiz tukchalari ulab chiqilsa necha metrni tashkil qiladi?--- 20 000 metr.

5.Bosh piyozni ildizi poyadan atrofga qanchagacha tarqaladi?----60-70 sm.

6.Chinor necha yil yashaydi?----600-800 yil.

7.Eman necha yil yashaydi?---2000 yil,

8.Go’za niholinig ildizi bir kecha kundizda qancha o’sadi?----2-3 sm.

9.Ildiz ko’dalang kesimining qisimlarini sanang?---ildiz tukchalari, po’sti, naylari.

10.Ildiz tizimi tuzilishiga ko’ra?--- o’q va popuk ildizga bo’linadi.

11.Ildiz tukchalarining faoliyati necha kun? 10-20 kun.

12.Ildiz uchini chilpish orqali qaysi o’simliklardan yuqori hosil olish mumkin?--- pomidor, karam, bulg’or qalampiri.

13.Ildiz uchini qoplab turadi? ---- ildiz qinchasi.

14.Ildizining uzunligi 30 metrga boradigan o’simlik?---- yantoq.

15.Ildizning po’st hujayralari qanday yuzilgan?--- tirik, yumaloq va yupqa qobiqli.

16.Ildizning zonalarini yozing?----bo’linuvchi, o’suvchi, so’ruvchi, o’tkazuvchi.

17. Ildizga hos muhum xususiyatlardan biri?----barg hosil qilmaydi.

18.Makkajo’xorining 1 mm2 so’rish qismida nechta ildiz tukchasi bo’ladi?---700 ta.

19.Makkajo’xorining ildizi poyadan atrofga qanchagacha tarqaladi?---2 metrgacha.

20.Mineral o’g’itlarga qaysi o’g’itlar kiradi?---- azotli(selitra), fosforli, kaliyli.

21.Mineral o’g’itlarni ko’p qo’llash natijasida qaysi o’simliklar iste’molga yaroqsiz bo’lib qoladi?---qovun, tarvuz, kartoshka.

22.Murtakdagi boshlang’ich ildiz o’sishdan to’htasa nima sjdir bo’ladi?---- boshlang’ich poyada qo’shimcha ildiz xosil bo’ladi.

23.Murtakdagi boshlang’ich ildizning bevosita o’sishidan nima hosil bo’ladi?----- asosiy ildiz.

24.O’g’itlar necha guruhga bo’linadi, ular qaysilar? --- ikki guruhga, organik va mineral.

25.O’q ildiz qaysi o’simliklar uchun xos?--- faqat ikki pallalilar uchun.

26.O’simliklardan mo’l hosil olish uchun qaysi o’g’itlardan foydalaniladi?--- kaliyli va fosforli.

27.O’zbekistonda ikki turi uchraydigan, ildizsiz o’simlik?--- suv qaroqchisi.

28.Organik o’g’itlarga qaysi o’g’itlar kiradi?---go’ng va chirindilar.

29.Popuk ildiz qaysi o’simliklar uchun xos?--- faqat bir pallalilar uchun.

30.Qarag’ay necha yil yashaydi?---350 (500) yil.

31.Qo’shimcha ildiz xosil qiladigan o’simliklarga 4-ta misol?---makkajo’hori, kartoshka, ajriq, qulupnoy.

32.Sekvoyadendron necha yil yashaydi?---4000-6000 yil.

33.Suv qaroqchisining bo’yi qancha? 20-30 sm.

34.Tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalarning so’rilish ketma ketligini toping?---ildiz tukchalari→po’stloq hujayralari →o’tkazuvchi qisim.

35.Yon ildizlari atrofga 20-30 m gacha boradigan o’simlik?---yong’oq.

36.Yong’oq necha yil yashaydi?---70-100 yil.

Tayyorlovchi: Ma’rupov Akmaljon Akbarovich
POYA “
1.Avstraliyadagi evkaliptlarning bo’yi?----150 (155) metr.

2.Bahorda barg kurtaklaridan barg, gul kurtaklaridan gul chiqadigan o’simliklar?----terak, chinor, tut, jiyda, atirgul, na’matak.

3.Bahorda dastlab gul kurtaklaridan gul yozilib, so’ngra barg kurtaklaridan barg chiqadigan o’simliklar?----o’rik, bodom, olxo’ri, olcha, shaftoli.

4.Bargli poya?----jiyda, do’lana.

5.Besh yoshli archaning bo’yi?----10-15 sm.

6.Bir yoz davomida 10 metrgacha o’sadigan poya?----tok.

7.Daraxt poyasi nima deb ataladi?----tana.

8.Elaksimon naychalar qayerda joylashgan?----lub tolalari orasida.

9.Faza nima?----kurtaklarning bo’rtib, yangi barg yoki gul chiqarishi ma’lum bir vaqt ichida o’tishi.

10.G’umayning bargi qanday shaklda bo’ladi?----qalami nashtarsimon.

11.Gumay poyasining balandligi?----50-150 sm.

12.Ildizpoyali o’simliklar?----g’umay, qamish, ajriq, yalpiz, gulsafsar, shirinmiya.

13.Ipsimon poya?----pechak.

14.Kaliforniyadagi sekvayadendronning bo’yi?----130-135 (142) metr.

15.Kalta poya?----piyoz.

16.Kartoshka tuganagida shakar qaysi moddaga aylanadi?----kraxmalga.

17.Ko’tarilib o’suvchi poya?----sebarga.

18.Ksilema qavatidan oldin qaysi qavat joylashgan?----kambiy.

19.Kurtagi nisbatan mayday bo’lgan o’simliklar?----tut, tol, qayrag’och, o’rik, olma.

20.Kurtagi nisbatan yirik bo’lgan o’simliklar?----terak, chinor, soxta kashtan, nastarin.

21.Kurtak bu?----boshlang’ich novda.

22.Kurtaklar qanday xillarga bo’linadi?----mayda, yirik, turli.

23.Lub qavatidan keyin qaysi qavat joylashgan?----kambiy.

24.Mirzaterakning balandligi?----20-25 metr.

25.Novda qaysi qismlardan tuzilgan?----kurtaklar, bo’g’im oralig’i, bo’g’im, poya.

26.O’raluvchi poya?----qo’ypechak, karnaygul.

27.O’rmalovchi poya?----qulupnay, g’ozpanja.

28.O’simlik ustuni nima?--- poya.

29.O’t o’simliklarning tanasi nima deb ataladi?--- poya.

30.O’zb-da nisbatan sekin o’sadigan daraxtlar?----nok, do’lana, qatrong’i, pista.

31.O’zb-da tez o’sadigan daraxtlar?----tol, terak, chinor, yong’oq, gilos.

32.Oraganik moddalarning o’simlik bo’ylab harakatlanishida qaysi qavat muhim rol o’ynaydi?----lub qavati.

33.Po’st ostidagi qavat?----lub yoki floema.

34.Po’stning po’kaklashishidan nima hosil bo’ladi?----po’stloq.

35.Poya deb nimaga aytiladi?—o’simlikning er usti organlarini o’zaro bog’lab ularni ildiz bilan bog’lovchi tayanch organ.

36.Poyaning ko’ndalang kesimini tartib bilan ko’rsating.-----lub(floema)→kambiy→yog’ochlik(ksilema)→o’zak.

37.Poyaning qaysi hujayralari doimo bo’linib turadi?----o’sish konusidagi hujayralar.

38.Poyaning qaysi qavati floema deb ataladi?----lub.

39.Qanotli poya?----burchoq.

40.Qattiq poyalar?----qayrag’och, zarang, saksovul, yulg’un, yong’oq, eman, o’rik.

41.Qaysi o’simlik poyasida bir yilda bir nechta halqa hosil bo’ladi?----saksovul.

42.Qaysi o’simliklarda lub tolalari kuchli rivojlangan?----kanop, zig’ir.

43.Qipiqsimon bargli poya?----saksovul, qandim.

44.Rotang palmasi qayerda o’sadi?----Janubiy Osiyoning tropic o’rmonlarida.

45.Rotang palmasining balandligi?----400 metr.

46.Sekvayadendronning pastki qismi yo’g’onligi qancha?----46 metr.

47.Shakli o’zgargan yer osti poyalarga qaysilar kiradi?---piyozbosh, tugunak, ildizpoyalar.

48.Shoxlanmagan poya?----palma.

49.Tanasi sekin o’sadigan daraxtlar?----nok, shamshod, archa.

50.Tanasi tez yo’g’onlashadigan daraxtlar?----tol, terak, chinor, yong’oq, shotut.

51.To’rt qirrali poya?----rayxon.

52.Tuganaklarni ko’rsating.----kartoshka, batat, shoyigul.

53.Tugunak kurtaklari qayerda joylashgan?----tugunakdagi chuqurchalarda.

54.Uch qirrali poya?----xilol.

55.Yo’g’onligi 10-11 m gacha boradigan poya?----chinor, yong’oq.

56.Yog’ochlar qanday turlarga bo’linadi?----qattiq, yumshoq, og’ir, yengil.

57.Yog’ochligi yumshoq daraxtlar?----tol, terak, jiyda.

58.Yoyilib yoki palak otib o’suvchi poya?----qovoq, qovun, tarvuz, bodring, temirtikan.

Tayyorlovchi: Ma’rupov Akmaljon Akbarovich

BARG
1.“Quyosh, hayot va xlorofil” asari muallifi?----A.Timiryazev.

2. 30-40 yillik shirinmiya yoz davomida qancha suv bug’latadi?----500-600 litr.

3.Bandli barglarga 9-ta misol keltiring?—olma, o’rik, nok, terak, yong’oq, anjir, tok, bodring, qovun.

4.Bandsiz barglar poyaga qanday birikadi?----yaproqning ostki qismi bilan.

5.Bandsiz barglarga 9-ta misol keltiring?---lola, bosh piyoz, shirach, gulsafsar, bug’doy, makkajo’hori, arpa, sholi.

6.Barg bandi yo’q bo’lgan daraxt?--- saksovul.

7.Barg bandida bir necha barg joylashsa nima deb ataladi?--- murakkab barg.

8.Barg bandida bitta barg joylashish nima deb ataladi?----oddiy barg.

9.Barg bandining uchi bitta barg bilan tugasa?---toq patsimon barg d-di.

10.Barg qanday qilib to’kiladi?----barg bandining novdaga birikkan joyida po’kak hosil bo’ladi.

11.Barg qanday qisimlardan iborat?---barg yaprog’I va barg bandidan.

12.Barg shakillariga 6-ta misol?---yumaloq, panjasimon, tuhumsimon, 13.ovalsimon, yuraksimon, nashtarsimon.

14.Barg to’kish yo’li bilan o’simliklarni qishga tayorlanishi nima d-di?---xazonrezgilik.

15.Barg tomirlaridagi naylar qanday hujayralardan tashkil topgan?----o’lik hujayralardan.

16.Bargchalar barg bandining ohirigacha qarama qarshi joylashsa?---juft patsimon barg d-di.

17.Bargi novdada navbat bilan joylashadigan (10 ta) o’simliklar?----g’o’za, tok, pomidor, olma, o’rik, terak, tut, atirgul, oqquray, do’lana.

18.Bargi qipiqsimon bo’lgan o’simlik?---saksovul?--- saksovul.

19.Bargining uzunligi 2-mm keladigan o’simlik?--- saksovul.

20.Bargining uzunligi 50-70 sm dan bir metrgacha etadigan o’simliklar?---rovoch, ojud, kavrak.

21.Bargka mustahkamlik berib turuvchi qisim?--- barg tomirlari.

22.Barglari o’yilgan o’simliklarga 4-ta misol?---tok, g’o’za, tut, anjir.

23.Barglari qishda ham saqlanib qoladigan o’simliklar (4-ta)?---qulupnoy, archa, qarag’ay, qoraqarag’ay.

24.Barglari yahlit bo’lgan o’simliklarga 3-ta misol?---olma, o’rik, gilos.

25.Barglarning ichki qismi qaysi to’qimalardan tashkil topgan?----qoplovchi, asosiy, o’tkazuvchi, mexanik.

26.Bargning plastidalar joylashgan hujayralari qanday shaklda bo’ladi?----loviyasimon.

27.Bargning qaysi hujayralari shaffof bo’ladi?----po’st.

28.Bargning ustunchalarga o’xshash cho’ziq hujayralari qayerda joylashgan?----ustki po’st tagida.

29.Bargning ustunchalarga o’xshash cho’ziq hujayralari tagida qanday hujayralar joylashgan?-----ovalsimon va yumaloq.

30.Bir juft makkajo’xori yoz davomida qancha suv bug’latadi?---200 litr.

31.Fotosintez so’zining ma’nosi?----yorug’likni qo’shish va birlashtirish.

32.G’o’za bir yoz davomida qancha suv bug’latadi?----o’z vaznidan 500-600 hissa ko’p.

33.Ikki karra patsimon bo’lingan barg qaysi o’simliklarda bo’ladi?—shoyi akatsiya, totem.

34.Ikki urug’pallali o’simliklarning qanday ko’einishda bo’ladi?--- panjasimon yoki patsimon(to’rsimon) tomirlangan.

35.Juft patsimon bargga misol (1-ta)?---yeryong’oq.

36.Murakkab barglar qanday hildagi barglarga bo’linadi?---uch bargchali panjasimon, toq va juft patsimon barglarga.

37.Murakkab barglarga 7-ta misol?---shirinmiya, beda, yong’oq, na’matak, loviya, no’hat, yeryong’oq.

38.Nafas olishda barglarda organik moddalar qanday o’zgarishlarga uchraydi.

39.Novdada barglar qanday joylashadi?----navbat bilan, qarama-qarshi, halqa hosil qilib.

40.Novdada halqasimon joylashgan (3 ta) o’simliklar?----sambitgul, qirqbo’g’im, qumrio’t.

41.Novdada qarama-qarshi joylashgan (10 ta) barglar?----rayhon, yalpiz, chinnigul, ligustrum, nastarin, dalachoy, kiyiko’t, mavrak, gazanda, kampirchopon.

42.O’simlik barglari tuzilishiga ko’ra?---- oddiy va murakkab barglarga bo’linadi.

43.O’simlik turiga qarab barglarinng qanday hillari bor?--- tukli va tuksiz.

44.O’simliklarga yorug’lik va harorat etishmasa qanday jarayon kuzatiladi?--- xlorofil emiriladi.

45.O’simlikning organic moddalar hosil qiluvchi, suvni bug’latuvchi va nafas oluvchi asosiy vegetative organi bu?--- barg.

46.Oddiy abrglar yaprog’ining tuzilisiga ko’ra?----patsimon, panjasimon va uch bo’lakli.

47.Oddiy barglarga 6-ta misol?---olma, nok, o’rik, shaftoli, tut, tok.

48.Panjasimon bargga misol?---- sohta kashtan.

49.Qaysi o’simlik bargi tikanga aylangan?----kaktus.

50.Qaysi oila vakillarining barglari ildiz bo’g’zida joylashgan?---- qoqidoshlar va ziradoshlar.

51.Qoqidoshlar va ziradoshlar oilalari vakillarining barglarining uzunligi?---50-60 sm.

52.Soyasevar (3 ta) o’simliklar?----xina, binafsha, yovvoyi qulupnay.

53.Suvni kam bug’latish uchun barglarini to’kib yuboradigan o’simliklar?----shuvoq, qoraboyalich.

54.To’pbarglar qaysi oila vakillarida uchraydi?----qoqidoshlar va ziradoshlar.

55.Toq bargchalar o’rnida gajak hosil qiladigan o’simliklar?---no’haot va burchoq.

56.Toq patsimon bargga misol (1-ta)?---shirinmiya.

57.Uchta bargchali murakkab bargga 4-ta misol?---- sebarga, beda, loviya, mosh.

58.Yorug’sevar (5 ta) o’simliklar?----kungaboqar, yantoq, kartoshka, pomidor, g’o’za.

59.Yoysimon yoki parallel tomirlanish qaysi o’simliklar uchun hos?--- faqat bir urug’pallalilar uchun.
VEGETATIV KO’PAYISH
1.Vegetativ ko’payish bu?---navlarni va naslni saqlashdir.

2.Gulli o’simliklarning vegetative ko’payish organlariga qaysilar kiradi?---ildiz, poya,barg.

3.Vegetativ ko’payish nima?----o’simliklarning ildiz, ildizpoya, tugunak, piyozbosh, novda va bargdan ko’payishi.

4.Ildiz bachkisi orqali ko’payadigan o’simliklar?----qoraqat, terak, na’matak, olvoli, shirinmiya, yantoq.

5.Tok qalamchalari qaysi faslda tayyorlanadi?----kuz.

6.Tok qalamchalari qancha uzunlikda bo’ladi?----45-50 sm.

7.Payvandlashning qanday usullari bor?----kurtak, iskana, naycha.

8.Iskana payvand qaysi oylarda amalgam oshiriladi?-----fevral oyining oxirigacha aprel oyigacha.

9.Payvand uchun maqsadga muvofiq nav qanday ataladi?----payvandust.

10.Payvand qilingan kurtaklarning tutgan-tutmaganligi necha kunda bilinadi?----6-10 kunda.

11.Kurtak payvand qaysi oyda o’tkaziladi?----avgust.

12.Parxesh yo’li bilan ko’paytiriladigan o’simliklar?----tok, atirgul, qoraqat.
Tayyorlovchi: Ma’rupov Akmaljon Akbarovich





Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət