Ana səhifə

Bitiruv malakaviy ishi


Yüklə 1.04 Mb.
səhifə1/3
tarix25.06.2016
ölçüsü1.04 Mb.
  1   2   3
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI


KASBIY TA’LIM FAKULTETI

Umumiy о‘rta ta’lim muassasalarida “Yog‘och materiallardan ishlangan buyumlarni pardozlash” mavzusini о‘qitish texnologiyasi mavzusidagi

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Talaba: Qorayev Qahramon

Bitiruv malakaviy ish rahbari: kat. о‘q. Mansurov A.A.

QARSHI


M U N D A R I J A
Kirish

I. Bob. YOGOCHLARNI PARDOZLASH USULLARI

I. 1 - §. Pardozlash materiallari

I. 2 - §. Pardozlashda e’tiborga olinadigan yogoch materiallarning xossalari

I. 3 - §. Yog‘och buyumlarni pardozlash usullari

I. 4 - §. Himoya-dekorativ parda qatlam turlari va parda qatlamning himoya qilish xususiyatlari

I. 5 - §. Yogoch va parda qatlamlarining dekorativliligi

II. Bob. Kasbiy ta’lim mutaxassislik fanlarini о‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish

II. 1 - §. Ta'lim texnologiyasi va uning tuzilishi

II. 2 - §. Kasbiy ta`lim mutaxassislik fanlarini о‘qitishda qо‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar

III. Bob. Yangi pedagogik texnologiyadan foydalanib о‘qitish texnologiyasini ishlab chiqish

III. 1 - §. “Yog‘och materiallardan ishlangan buyuumlarni pardozlash” ma’ruzasining pedagogik texnologiyasi

III. 2 - §. “Yog‘och materiallardan ishlangan buyumlarni pardozlash” ma’ruzasi uchun mо‘ljallangan amaliy mashg‘ulotning pedagogik texnologiyasi

Xulosa


Adabiyotlar

Kirish

О‘zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yо‘lini tanlagan va amalga oshirib kelmoqda.

Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim sharti kadrlar tayyorlash tizimining mukammal bо‘lishi, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalar asosida rivojlanishi hisoblanadi.

Hozirgi zamonaviy bosqichda pedagogik dolzarb vazifalarga fan, texnika, ilg‘or texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash, о‘qitish va zamon talablariga javob bera oladigan kadr qilib yetishtirish kiradi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalab shakllantirishni kо‘zda tutadi. U ushbu ta’lim tizimida va kadrlar tayyorlashda ta’lim xizmatlarining iste’molchisi, buyurtmachisi sifatida va xuddi shunday ishlab chiqaruvchisi sifatida ishtirok etadi.



Ishning dolzarbligi.

Shaxs ta’lim jarayonining ishlab chiqaruvchisi sifatida ta’lim, ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmatlar sohasida bilim va tajribalarni berishda ishtirok etadi.

Uzluksiz ta’lim tizimida oliy ta’lim alohida о‘rin egallaydi, chunki о‘rta maktab, kollej va akademik litseylarda ishlaydigan mutaxassis pedagog kadrlar shu oliy о‘quv yurtlarida tayyorlanadi. Xususan maktabda mehnat ta’limi bilan shug‘ullanadigan kadrlar universitetlarning kasbiy ta’lim fakultetida tayyorlanadi. Tahsil olayotgan talabalarning pedagogik va kasbiy tayyorgarligi yuqori darajada bо‘lishi talab qilinadi. Shu nuqtai nazardan talabalar ta’lim oxirida olgan bilimlarini, malakalarini va kо‘nikmalarini ifodalovchi bitiruv malakaviy ishini tayyorlab himoya qiladilar.

Taqdim etilayotgan bitiruv malakaviy ishida yog`och materiallarini pardozlash uchun ishlatiladigan lok-bo`yoq materiallari, yog`och materiallarining turlari, ularni pardozlash usullari, himoya parda qatlami turlari va ularning dekorativligi haqida ma’lumot berilgan. Shu bilan bir qatorda ushbu mavzuni о‘qitish texnologiyasi ishlab chiqilgan.

Hozirgi ta’lim jarayonini yangi pedagogik texnologiyasisiz amalga oshirish mumkin emas. Chunki pedagogik texnologiyaning usullaridan foydalanib ta’lim berish bо‘lg‘usi kasb ta’limi о‘qituvchilarining salohiyatini oshirishga samarali ta’sir kо‘rsatadi. Bu ish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Ishning maqsadi va vazifalari.

«Mehnat» yо‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar xalq xо‘jaligida ishlatiladigan barcha materiallarning tarkibi, strukturasi, texnik kо‘rsatkichlari va hokazolarni chuqur bilishlari lozim. Xususan yog`och materiallarini ishlatish va ulardan ishlab chiqarishda foydalanish usullarini о‘zlashtirish talabalardan tinimsiz о‘qish va mehnat qilishni talab qiladi. Buni amalga oshirish uchun ushbu mavzuni yangi pedagogik texnologiya yordamida о‘rganish yaxshi natijalarni beradi. Shu sababli ushbu bitiruv malakaviy ishini tayyorlashda «Yog`och materiallarini pardozlash usullari» mavzusining pedagogik texnologiyasini ishlab chiqish asosiy maqsad qilib qо‘yildi.

Oldinga qо‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:

1.Yog`och materiallarini pardozlash uchun ishlatiladigan lok-bo`yoq materiallari, yog`och materiallarining turlari, ularni pardozlash usullari, himoya parda qatlami turlari va ularning dekorativligini о‘rganish.

2.Yangi pedagogik texnologiya tо‘g‘risida tushuncha berish, uning ilmiy asoslarini yoritish, oliy ta’limda keng qо‘llaniladigan pedagogik texnologiyalarni alohida о‘rganish.

3.«Yog`och materiallarini pardozlash usullari» mavzusini о‘qitish texnologiyasini ishlab chiqish.



Ishning amaliy ahamiyati.

1.Yog`och materiallarini pardozlash uchun ishlatiladigan lok-bo`yoq materiallari, ularning markalari, yog`och materiallarining turlari, ularni pardozlash usullari, himoya parda qatlami turlari tо‘g‘risida ancha keng ma’lumot keltirilgan. Ushbu ma’lumotlardan о‘quv jarayonlarida foydalanish mumkin.

2.Mavzuga doir materiallarning anchagina qismi slayd kо‘rinishida tayyorlangan va undan kompyuter texnologiyalari yordamida dars о‘tishda foydalanish mumkin.

3.Oliy о‘quv yurtlarida keng qо‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar tо‘g‘risida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Undan mutaxassislik fanlari mavzularining pedagogik texnologiyalarini tuzishda foydalanish mumkin.

4.«Yog`och materiallarini pardozlash usullari» mavzusining pedagogik texnologiyasi ishlab chiqilgan.


I BOB. YOGOCHLARNI PARDOZLASH USULLARI

1. Pardozlash materiallari

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiy va sotsial rivojlantirish rejalarida mebel va yog‘ochsozlik sanoati ishlab chiqarayotgan mahsulotlar sifatini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Yog‘ochsozlikda mebel detal va buyumlarining yuzasida himoya-dekorativ parda qatlam hosil qilish (pardozlash) texnologiyasi alohida о‘rin egallaydi. Bu jarayon buyumlar tayyorlash texnolo­gik jarayonining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Mebel ishlab chiqarishda bu bosqich uchun jami mehnatning 30% dan 50% gacha qismi sarflanadi. Ishlab chiqarilayotgan buyumlarning sifati asosan pardoz qatlamlarning takomillashuviga bog‘liq.

Yog‘ochni va yog‘och materiallarni pardozlash deganda, ular yuza­sida suyuq lok-bо‘yoq plyonka va list materiallar yordamida himoya-dekorativ qoplamalar hosil qilish ishlari tushuniladi.

Keyingi 30—40 yil ichida yog‘och buyumlarni pardozlash texno­logiyasi va texnikasi birmuncha taraqqiy etdi hamda takomillashdi. Quyida rivojlanish bosqichlari haqida qisqacha ma’lumot berib о‘tiladi.

Yog‘ochdan ishlangan buyumlar 30—40-yillarda nitrotsellyuloza lokining dastlabki vakillari bо‘lgan NS-221, NS-224, NS-228 loklari bilats pardoz qilinar edi. Nitrotsellyuloza loklari mebel va yog‘ochsozlik korxonalarida 1929 yildan boshlab ishlata boshlanganligi ma’lum. Bu loklardan birinchi marta Peterburgdagi Xalturin nomidagi mebel fabrikasida foydalanilgan.

Gruntovka, shpatlyovka, g‘ovak tо‘ldirgichlar asosan oqsil moddalar (kazein) va tabiiy smola (kanifol) dan tayyorlanar edi. 50-yillarning oxiri va 60-yillarning boshlariga kelib, sifat jihatdan anchagina yaxshilangan NS-218, NS-222 loklari, kislotali muhitda qotadigan karbamid-alkidli loklar (MCH-52, MCH-26 va b.) hamda parafin tarkibli va parafinsiz poliefir loklar (PE-232, PE-246, PE-247, PE-250 va b.) ishlab chiqildi.

60-yillarning ikkinchi yarmi va 70-yillarning boshlariga kelib lok-bо‘yoq materiallar ishlash texnologiyasi yanada takomillashdi va ularning yangi turlari vujudga keldi. Masalan, ultrabinafsha (UB) nur ta’sirida parda qatlami tez qotadigan poliefir loklari uchun fotoximiyaviy initsiatorlar (sensibilizatorlar — materialning yorug‘likka sezgirligini oshiradigan moddalar) ishlab chiqildi va amalda tatbiq etildi. Qisqa muddat ichida tez qotadigan poliefir loklarining yangi turi (PE-265), yuqori kuchlanishli elektr maydonida purkab sepiladigan poliefir loki (PE-251B), aerosil va shunga о‘xshash moddalar qо‘shib yaltiroqligi kamaytirilgan nitrotsellyuloza loklari (NS-243 va b.), duradgorlik-qurilish buyumlarini (eshik, deraza romlari va b.) pardozlash uchun pentaftal, karbamid-alkidli emallar (PF-115, MCH-118 va b.) yaratildi.

Shu davrdan boshlab mebelning yaxlit detallari yuzasiga dop­lat uchun chiroyli yogoch teksturaga ega bо‘lgan qog‘oz-smola plyonkalardan foydalana boshlandi. Ular ishlab chiqarishda «sintetik shpon» deb ataladi, bunday plyonkalar bilan qoplangan yuzalar suyuq lok-bо‘yoqlar bilan pardozlanadi.

Keyingi vaqtlarda pardoz materiallari ustida keng ish olib borilmoqda. Pardoz materiallar ichida plyonkali qoplama materiallar ulushi anchagina о‘sdi. Yopishtirgandan keyin pardozlashni talab qilmaydigan dekorativ plyonkalarni qо‘llash keng rasm bо‘la boshladi. Masalan, alkorsell, alkor (Germaniyada ishlab chiqarilgan), PDO-20, PDSO-12 (GOST 5.1984-73), PVX-ABS, V A-15 va b. plyonka materiallari.

Hozirgi kunda pardoz materiallar, ayniqsa suyuq lok-bо‘yoqlar sarfini kamaytirish borasida katta ishlar qilinmoqda. Chunonchi, yupqa pardoz qatlam hosil qilish texnologiyasining yaratilishi muhim ahamiyatga ega. Shu texnologiya asosida poli­uretan loklari (UR-277, UR-249, UR-212M va b.), kislota muhitida qotuvchi loklar (ML-2111, ML-2111M va b.), sensibilizatorli ultrabinafsha nur ta’sirida qotadigan poliefir loklari (PE-2106, PE-2136 va b.) yaratildi va ishlab chiqarishga joriy etilmoqda. Bunday loklar surkab quritilgan yog‘och yuzalar yana ishlov berishni talab qilmaydi.

2-§. Pardozlashda e’tiborga olinadigan yogoch materiallarning xossalari

Yog‘ochlarning о‘ziga xos xususiyatlari bо‘lib, bu xususiyatlar ularni pardozlashda e’tiborga olinadi. Yog‘ochning tuzilishi va xossalari uning turiga bog‘liq. Yog‘och pardozlash usulini tanlashda uning g‘ovakligi, qattiq va yumshoqligi, teksturasi, rangi, namligi, tolalarining yо‘nalishi bо‘yicha strukturasining bir xil emasligi hamda uning tarkibida smola yoki oshlovchi moddalarning mavjudligi e’tiborga olinadi.

Yog‘och g‘ovaksimon tuzilishga ega bо‘lib, undagi g‘ovaklar soni va о‘lchami yog‘ochning turiga bog‘liq. Yog‘och bо‘yalganda (loklanganda) lok-bо‘yoq materiallar uning g‘ovaklariga shimiladi. G‘ovaklar qancha kо‘p bо‘lsa, lok-bо‘yoq materiallar shuncha kо‘p shimiladi. Bu holatning oldini olish uchun lok-bо‘yoq materiallar surkalishidan avval yirik g‘ovakli yog‘och turlarida ular g‘ovaktо‘ldirgichlar bilan tо‘ldiriladi, mayda g‘ovakli turlari esa gruntovka qilinadi.

Yog‘ochning har xil turlari turlicha qattiqlikka ega bо‘ladi. Yumshoq turdagi yog‘ochlarni pardozlashdan avval ularning yuzasi gruntovkalanadi yoki shpatlyovkalash orqali qattiq qatlam hosil qilinadi. Bu yog‘ochning mustahkamligini oshiradi. Qattiq tur­dagi yog‘ochlar bunday ishlov berishni talab qilmaydi.

Yog‘ochning har bir turi uchun ma’lum bir tekstura xarakterlidir. Tekstura yog‘och tolalarining yillik halqalari va о‘zak nurlarining qirqimlarida qirqilishi natijasida hosil bо‘lgan naqshdir. Yog‘och teksturasi yillik qatlam qalinligiga, о‘zak nur­larining, yirik naychalarning bor-yо‘qligiga, tolalarning tо‘g‘ri joylashishiga qarab belgilanadi.

Yog‘ochning ximiyaviy tarkibi murakkab bо‘lib, uni asosan sel­lyuloza, lignin, tabiiy smolalar, bо‘yovchi, oshlovchi moddalar tashkil etadi.

Ayrim moddalar yog‘och sirtiga surkalgan lok-bо‘yoq materiallarni (masalan, poliefir) parda hosil qilish jarayoniga tо‘sqinlik qiladi. Masalan, tarkibida fenol xarakteriga ega bо‘lgan yog‘och turlarini pardozlashda yog‘och yuzasiga oldindan himoya grunti surkash lozim.

Ninabargli daraxt turlari tarkibiga kiruvchi smolalar lok-bо‘yoq materiallarni yog‘och bilan mustahkam birikishga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Natijada shaffof parda qatlam ustida kо‘rimsiz dog‘lar paydo bо‘ladi. Buning oldini olish uchun yog‘ochlardagi smo­la ketkaziladi. Yog‘och tarkibidagi oshlovchi moddalarga maxsus moddalar ta’sir ettirib buyum yuzasida turg‘un jigarrang tusli rang hosil qilinadi.

Har bir yog‘och turi о‘ziga xos tabiiy rangga ega, u pardozlash ishlarida albatta e’tiborga olinadi. Qator daraxt yog‘ochlarining tabiiy rangi bir tekis bо‘lsa (qizil daraxt, dub, nok, yong‘oq, mi­nor), rangini о‘zgartirish maqsadga muvofiq emas. Agar rangi notekis bо‘lsa, ularni bо‘yab tusini bir xil fonga keltirish mumkin. Tabiiy rangni saqlab qolish masalasi yoki uni bо‘yab о‘zgar­tirish buyumlarga qо‘yiladigan arxitektura — badiiy talablarga va iste’molchilarning talabiga kо‘ra belgilanadi.

Yog‘och-qirindili va yog‘och-tolali plitalarning xossalari yaxlit yog‘ochdan ishlangan taxta materiallar xossalaridan farq qiladi. Bunday materiallar yo hech qanday teksturaga ega bо‘lmaydi yoki presslangan yupqa qirindilar kо‘rinishida bо‘ladi.

Presslab olingan plita materiallar tarkibida sun’iy va sintetik smolalar bо‘lsa, yuzani pardozga tayyorlashda ma’lum talablar qо‘yiladi. Plitalarning yuzasi strukturasiga qarab, pardozlashdan avval shpatlyovkalanadi, gruntovkalanadi, plyonka va list materiallar bilan qoplanadi.

3-§. Yog‘och buyumlarni pardozlash usullari

Yog‘och buyumlarni pardozlashda hosil bо‘ladigan parda shaffof (tiniq), shaffofmas (tiniqmas), biror narsaga о‘xshatib pardozlangan va maxsus gruppalarga bо‘linadi.

Shaffof pardoz asosan chiroyli teksturaga ega bо‘lgan yog‘och turlarini va isitiladigan xonalarda foydalaniladigan buyumlar (mebel, radiopriyomnik, televizor, soat futlyarlari) uchun qо‘llaniladi. Shaffof parda orqali yog‘ochning asl tekstura­si kо‘rinib turadi.

Shaffofmas pardoz asosan nina bargli yoki teksturasi chiroyli bо‘lmagan arzon yog‘och turlaridan tayyorlangan buyumlar uchun qо‘llaniladi. Bunda yog‘ochning asl teksturasi parda qoplama ostida kо‘rinmay qolib ketadi. Shaffofmas qoplamalar kasalxona va oshxona mebellari, turar joy binolarida devor ichiga quriladigan mebellar, qishloq xо‘jalik mashina detallari, deraza, eshik va shu kabilarni pardozlashda qо‘llaniladi.

О‘xshatib pardozlash pardoz qilishning shunday turiki, bunda oddiy yog‘ochning tashqi kо‘rinishi kо‘rkamlashadi, yuzalar qimmatbaho yog‘ochlarga о‘xshatib pardozlanadi. Pardozlashning bu usulidan mebellar, eshiklar, radio va televizorlarning korpuslarini pardozlashda foydalaniladi.

О‘xshatib pardozlashning asosiy usullariga quyidagilar kiradi: pardozlanadigan yog‘och yuzasiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri qimmatbaho yog‘och teksturasini tushirish; yog‘och teksturasi tushirilgan qog‘ozni pardozlanadigan yuzalarga yelimlab yopishtirish; smola shimdirilgan qog‘oz asosli plyonkami (sintetik shpon) yog‘och yuzasiga issiqlayin presslab yopishtirish, yog‘ochlar yuzasini list plastiklar bilan qoplash.

Maxsus pardozlash usulida yog‘och buyumlar yuzasiga metall suyuqlantirilib quyiladi yoki metall kukunidan pardoz qatlam qoplanadi, yog‘och yuzasi tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri о‘yib naqsh solish, bosib naqsh solish, qadab naqsh solish, kuydirish yuli bilan manzarali qilib bezaladi. Pardozlashning maxsus turi hunarmandchilikda maxsus buyurtmalar bо‘lgandagina qо‘llaniladi.

4-§. Himoya-dekorativ parda qatlam turlari

Parda qatlamlarning xossalari rang-barang bо‘lib, ular ishlatilayotgan materialning turi va xossasiga, pardozlash texnologiyasiga va himoya qatlami yuzasining sifat kо‘rsatkichlariga bog‘liq. Pardoz qatlam tashqi kо‘rinishi va himoya qilish xususiyatlariga kо‘ra har xil vazifalarni bajaruvchi bir yoki bir necha qatlamdan iborat bо‘lishi mumkin.

Pardozlash uchun ishlatiladigan materiallar turlari va ularni ishlatilish usuliga kо‘ra himoya qatlamlari lok-bо‘yoq, plyonka va aralash qatlamlarga bо‘linadi.

Himoya lok-bо‘yoq qatlamlari suyuq lok-bо‘yoqlarni yuzaga surtib, plyonka himoya qatlamlari esa chiroyli teksturaga ega bо‘lgan himoya dekorativ plyonka materiallarni yog‘och va yog‘och material­lar yuzasiga yelimlab yopishtirib hosil qilinadi. Aralash qatlamlarda esa ham plyonka kurinishidagi material, ham suyuq lok-bо‘yoq ishlatiladi.

Parda qatlamlar jilolanish darajasiga qarab yaltiroq, qisman yaltiroq, xira bо‘ladi. Yaltiroq parda qatlamlar hosil qilishda barcha turdagi loklar, emallar va ayrim rulon kо‘rini­shidagi sintetik plyonkalardan foydalaniladi. Tarkibida parda hosil qiluvchi moddasi kam, pigment va tо‘ldiruvchi moddalari kо‘p bо‘lgan emallar va plyonkalar qisman yaltiroq parda qatlamlarni hosil qiladi. Kо‘pchilik bо‘yoqlar, ayniqsa emulsion bо‘yoqlar hamda ataylab xiralashtirilgan lok va plyonkalar xira parda qatlam hosil qiladi.

Parda qatlamlar dekorativlik xossalariga kо‘ra shaffof, shaffofmas bо‘ladi. Shaffof qatlamda yog‘och teksturasi bezak pardasi ostidan kо‘rinib turadi, shaffofmasida esa kо‘rinmaydi, parda ostida qolib ketadi.

Shaffofmas parda qatlamlar nina bargli va uncha qimmat bо‘lmagan daraxtlardan, yog‘och-qirindili va yog‘och-tolali plitalardan ishlangan buyumlarda hosil qilinadi. Chunki bunday materiallarning tuzilishi va teksturasi uncha kо‘rkam emas. Lekin shaffofmas parda qatlamli buyumlar mexanik va atmosfera ta’sirlariga chidamli hamda ximiyaviy jihatdan turg‘un bо‘ladi.

Yog‘och buyumlar yuzasiga lok-bо‘yoqlar bir marta surtilganda buyum yuzasi tо‘liq bekilmaydi. Bundan tashqari, ayniqsa, nina bargli daraxt turlari lok-bо‘yoqning suyuqlik qismini о‘ziga bir tekisda shimmaydi. Daraxt yillik halqalarining dastlabki, bо‘shroq qismi kechki zich joylashgan qismiga qaraganda kо‘p shimadi. Natijada surtilgan birinchi qatlam quriganidan keyin bо‘yalgan yuzada ola-bula dog‘lar paydo bо‘ladi.

Qurigan birinchi bо‘yoq qatlami ustidan ikkinchi qatlam surtilganda yog‘ochga bо‘yoq boshqa shimilmaydi, chunki buyum yuzasi birinchi qatlam bilan tо‘yingan bо‘ladi. Lekin ikkinchi qatlam ham doim buyum yuzasini bir tekisda tо‘liq berkita olmaydi. Yuza rangi va yaltiroqligi jihatidan farq qiladi. Shuning uchun lok-bо‘yoq materiallar bilan yuzani uch, tо‘rt, ayrim hollarda undan ham kо‘p marta bо‘yashga tо‘g‘ri keladi.

Pardozlash uchun ketadigan material sarfini va uning tannarxini kamaytirish maqsadida birinchi qatlam uchun arzon va shu maqsadlar uchun mо‘ljallangan suyuq gruntovka aralashmalaridan foydalaniladi. Bu qatlam yog‘och materialning tabiiy kо‘rinishi va rangini berkitib turadi. Lekin gruntlashdan keyin yog‘och yuzasidagi g‘adir - budurliklar, yorilgan joylar, yog‘och kо‘zlari va boshqa nuqsonli joylar saqlanib qolaveradi.

Shu nuqsonli joylarga shpatlyovka surtiladi. Shpatlyovka qatlami qurigandan keyin yuzalar yoppasiga yana shpatlyovkalanadi. Bunda suyuqroq shpatlyovka ishlatiladi. Shpatlyovka qatlami quriganidan keyin kо‘piktosh yoki jilvirqog‘oz bilan ishqalab silliqlanadi.

Shaffofmas lok-bо‘yoq qatlamning tuzilish sxemasi 1-rasm, a da kо‘rsatilgan.

PVX plyonka va qog‘oz smolali plyonkalarni yopishtirib yog‘och materiallarda xira parda qatlam hosil qilish mumkin. Bunday plyonka materiallar yog‘och yuzasiga yuzaning sifatiga qarab tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yoki yuza oldin shpatlyovkalanib keyin yelimlab yopishtiriladi. Yog‘och yuzasidagi xira qoplamaning tuzilish sxemasi 1-rasm, b (yuza shpatlyovkalangan) va 1-rasm, c (yuza shpatlyovkalanmagan) da kо‘rsatilgan. Shaffofmas aralash qatlam 1-rasm, d da aks ettirilgan.

Chiroyli teksturali daraxt turlaridan ishlangan va isitiladigan binolarda foydalaniladigan buyumlar shaffof (tiniq) parda qatlamlar hosil qilib pardozlanadi. Bunday qatlamlar yuzaga bir yoki bir necha marta shaffof lok surtib hosil qili­nadi. Lekin bunda pardoz berilgan buyum narxi qimmatlashib ketadi. Amalda esa, lok sarfini kamaytirish, pardozlash ishlarini arzonlashtirish uchun bо‘yaladigan yuzalar oldindan gruntlanadi. Gruntlashda grunt yog‘och rangi va teksturasini bekitmasligi kerak. Grunt о‘rnida arzon loklardan foydalaniladi, ular yog‘och yuzasiga, odatda, bir marta surtiladi. Shaffof lok-bо‘yoq parda qatlamning tuzilish sxemasi 1- rasm, f da kо‘rsatilgan.



1-rasm. Himoya-dekorativ qoplamalarning tuzilishi.



a-shaffof bо‘lmagan lok-bо‘yoqlar; b, c-shaffof bо‘lmagan plyonkali; d-noshaffof kombinatsiyali; f-shaffof lok-bо‘yoq qoplama; e-yog‘och yuzasiga rasm bosib, keyin loklangan; j-yog‘ochga plyonka yopishtirib, keyin loklangan; 1-grunt qatlami, 2-bо‘yoq qatlami, 3-sidirg‘a shpatlyovka qatlami, 4-mahalliy shpatlyovka, 5-yog‘och yoki yog‘och material, 6-noshaffof plyonka, 7-yelim qatlami, 8-lok parda qatlami, 9-shaffof grunt qatlami, 10-g‘ovak tо‘ldirgich, 11-yog‘ochning rang berilgan (bо‘yalgan) qatlami, 12-rasm bosilgan qatlam, 13-fon (tus) beruvchi bо‘yoq qatlami (grunt), 14-sintetik shpon qatlami.

Agar yog‘ochning tabiiy rangini о‘zgartirish lozim bо‘lsa, uning yuzasi gruntlashdan oldin yog‘och teksturasini bekitmay faqat rangini о‘zgartiradigan maxsus eritmalar bilan ishlov beriladi.

1-rasm, e da yog‘och yuzasiga rasm bosib, keyin loklangan 1-rasm, j da esa yog‘ochga plyonka (sintetik shpon) yopishtirib, keyin lok­langan himoya qatlamining tuzilish sxemasi kо‘rsatilgan.

1-rasmda kо‘rsatilgan himoya qatlamlarning tuzilish sxemalari о‘zgarmas emas. Amalda esa pardozlanadigan yog‘och yuzalarining sifati, pardoz material xossalari va himoya qatlamiga nisbatan qо‘yiladigan talablarga qarab bu sxemalardan istalgancha chetga chiqilishi mumkin.

Yuqorida kо‘rib о‘tilgan strukturalarni hosil qilishda har xil pardoz materiallar: lok va bо‘yoqlar, gruntovkalar, shpatlyovkalar, yelim va sintetik plyonkalardan foydalaniladi. Ular о‘z navbatida dastlabki parda hosil qiluvchi moddalarning kо‘p yoki oz miqdordagi murakkab kompozitsiyasidir. Bular ichida par­da hosil qiluvchi moddalar asosiy о‘rinni egallaydi.

Parda hosil qiluvchi moddalar deb, yuzalarga yupqa suyuq qatlam tarzida surtilganda ma’lum sharoitda yog‘och materiallariga yaxshi yopishib yupqa va mustahkam parda hosil qiladigan moddalarga aytiladi. Sintetik va tabiiy smolalar, sellyuloza efirlari va qotadigan о‘simlik moylari shunday moddalar jumlasiga kiradi.

Agar parda hosil qiluvchi moddalar mо‘rt parda qatlami hosil qilsa, ularning tarkibiga mо‘rtlikni kamaytirib elastiklikni oshiradigan maxsus moddalarp l a s t i f i k a t o r l a r qо‘shiladi. Ular yuqori temperaturada qaynaydigan, amalda qurimaydigan organik suyuq moddalardir. Kо‘pincha yog‘ochni pardozlash uchun shaffof, rangsiz yoki biroz bо‘yalgan loklar ishlatiladi.

Bо‘yoqlar loklardan farqli о‘laroq parda hosil qiluvchi moddalarning organik erituvchilardagi eritmasi — suspenziyasi bо‘lib, tarkibida pigmentlar yoki pigmentlar bilan tо‘ldirgichlarning aralashmasi bо‘ladi. Yuzaga surtilgan bо‘yoqlar quriganida noshaffof bir jinsli parda qatlami hosil qiladi. Parda hosil qiluvchi moddalarning turiga qarab bо‘yoqlar moyli, emulsion va boshqa xil bо‘yoqlarga bо‘linadi.

Emallar pigmentlar (plastifikator va sikkativlar qо‘shilgan) bilan loklarning aralashmasidir, ya’ni emallar pig­ment qо‘shilgan loklardir.

Gruntovkalar deb, pardozlashda parda qatlamining ostki qatlamini hosil qiladigan tarkiblarga aytiladi. Ular­ni surtish jarayoni gruntovkalash (ya’ni, xomaki bо‘yoq surtish) deyiladi. Gruntovkalar yog‘och ustki qatlamiga shimilib, uni qattiq va zich qiladi hamda mayda g‘ovaklarni tо‘ldirib, asosga hamda navbatdagi lok qatlamlariga yaxshi yopishadi.

Shpatlyovkalar deb, yog‘och yuzasini shaffofmas himoya qatlami hosil qilish uchun tekislashga mо‘ljallangan lok-bо‘yoq materiallarga aytiladi. Ular mineral tо‘ldirgichlar hamda pigmentlarning plastifikatorlar qо‘shilgan parda hosil qiluvchilar bilan uchuvchan erituvchilardagi aralashmasidir.

2—3-rasmlarda lok, emal, bо‘yoq, gruntovka va shpatlyovkalarning tarkibi sxematik ravishda kо‘rsatilgan.



2-rasm. Loklarning tarkibi

Shunday qilib, parda hosil qiluvchi moddalar hamma lok-bо‘­yoq materiallarning asosiy tarkibiy qismidir. Bulardan tashqari pardozlash materiallari tarkibiga erituvchi yoki suyultiruvchilar, bо‘yoq moddalari, tо‘ldirgichlar va ayrim hollarda par­da hosil qiluvchi moddalar qotishini tezlatadigan birikmalar kiradi. Bular haqida keyinroq tо‘xtalib о‘tiladi.

3-rasm. Emal, bo`yoq, gruntovka va shpatlyovkalarning tarkibi.

Yog‘och biologik jihatdan turg‘un emas, u gigroskopik materi­al, himoya qilinmagan yog‘ochning yuza qismlari tez kir bо‘ladi va mexanik ta’sirlardan shikastlanadi. Yorug‘lik va havo ta’siridan himoya qilinmagan yog‘och yuzalari vaqt о‘tishi bilan qorayib rangi о‘zgaradi.

Parda qatlamning asosiy vazifasi yog‘och yuzasini kir bо‘lishdan hamda yorug‘lik, namlik va havo ta’siridan himoya qilishdir. Qattiq parda qatlamlari yog‘och yuzasini ma’lum darajada mexa­nik shikastlanishdan saqlaydi.

Parda qatlamning himoya qilish xususiyatlari birday emas, u bir necha omillarga, masalan, parda hosil qiluvchi moddaning tabiati va xossalariga, qatlam qalinligiga va uning tarkibidagi pigmentlarga bog‘liq bо‘ladi. Epoksid, perxlorvinil va poliuretan loklari hosil qiladigan himoya qatlamlarida qat­lamlarning suv bug‘larini о‘tkazish xususiyati juda kam bо‘lib (10 sutka davomida 5... 20 mg/m2), alkid va nitrotsellyuloza loklarniki esa yuqoriroqdir (30... 70 mg/m2).

Odatda, tarkibida pigment bо‘lgan parda qatlamlarining qattiqligi, bug‘ va nam о‘tkazmasligi tarkibida pigmentlar bо‘lmagan parda hosil qiluvchi moddalardan yuqori turadi. Shuning uchun ochiq havoda ishlatiladigan buyumlar pigmentli lok-bо‘yoq materiallar bilan pardozlanadi. Pardoz qatlam yog‘ochga namning singishini ma’lum darajada ushlab qoladi.

О‘zidan namni va bug‘ni umuman о‘tkazmaydigan lok-bо‘yoq parda qatlamlari yо‘q. Barcha organik himoya qatlamlari о‘zidan ma’lum daraja­da namlik о‘tkazadi.



  1   2   3


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət