Ana səhifə

Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Yüklə 469 Kb.
səhifə1/5
tarix26.06.2016
ölçüsü469 Kb.
  1   2   3   4   5
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Qo’lyozma huquqida

UDK: 378.1

SHODIYEV BEKTOSH FAXRIDDINOVICH

TALABALARNI MA’NAVIY SHAKLLANTIRISHDA IJTIMOIY INSTITUTLAR INTEGRASIYASI
5A 140804 – Ijtimoiy pedagogika

Magistr

akademik darajasini olish uchun yozilgan

DISSERTATSIYA


Ish ko‘rib chiqildi va himoyaga

ruxsat berildi.

«Pedagogika» kafedrasi mudiri

prof. Hasanova K.____________

«_____»_____________2012 y


Ilmiy rahbar:

Prof. Shodiyev N._________




M.O‘.

Samarqand – 2012
K i r i sh

Tadqiqotning dolzarbligi – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi Qarorida “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish yoshlarimizni turli mafkuraviy hujumlardan himoya qilish, hayotga ongli munosabatini shakillantirishni” alohida ta’kidlab o’tilgan.

Ma’naviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Chunki, ma’naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik vujudga keladi hamda mamlakat va millat taraqqiy etadi. Bu o’z navbatida shaxsning barkamol rivojlanishi uchun zarur bo’lgan zamin bo’lib xizmat qiladi.

Prezidentimizning sog’lom avlod konsepsiyasida shaxsning jismonan, ruxan baquvvat bo’lishi, yuksak bilim, ma’naviyat, tafakkur va fidoyi Vatanparvar bo’lishi kabi talablarga javob beradigan avlodni tarbiyalash nazarda tutiladi. Shuning uchun ham yoshlarimizni ma’naviy shakillantirishda xalqimizning boy milliy urf-odatlari, qadriyatlarimizga va an’analarimizga amal qilish ehtiyoji tobora ko’chaymoqda. Shu o’rinda yurtboshimizning quyidagi fikrlari o’rinlidir. Yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan turli taxdidlar, ma’naviy xurujlar avj olgan bugungi murakkab sharoitda, hushyorlik va ehtiyotkorlik zarurligini barchamiz angladik va his etmokdamiz. Chunki “ommaviy madaniyat” ostida yoshlarni zaharlashga urnayotgan kuchlar har birimizni tashvishga solmoqda. Shuning uchun yoshlar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot tadbirlari tashkil etilib, ularning yot g’oyalar ta’siriga tushib qolishini oldini olish choralarini ko’rish bugunning dolzarb vazifalaridandir. Yurtboshimiz “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida “Agarki biz bunday xatarlarga qarshi o’z vaqtida qat’iyat va izchillik bilan kurash olib bormasak, turli zararli oqimlar bizning yurtimizga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarimizni o’z girdobiga tortib ketishini, oqibatda ularni ota-ona, oila, el-yurt oldidagi burchi va ma’suliyatini o’ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan xudpisand kimsalarga aylanib qolishi mumkinligini tassavvur qilish qiyin emas. Mana shu achchiq haqiqatni yurtimizdagi har bir, inson har qaysi ota-ona, eng muhimi, har qaysi yigit-qiz chuqur anglab olishini istardim. Takror aytishga to’g’ri keladi ota-onalar, ustoz-murabbiylar bu masalada xushyorlikni yuqotmasligimiz, yoshlar tarbiyasida aslo beparvo bo’lmasligimiz zarur”- deb ta’kidlaydi [3,5]. Darhaqiqat, yoshlar ma’naviyati qanchalik yuksak bo’lsa u shunchalik yengilmas kuchga aylanadi.

Yoshlarni yangicha tafakkur, sog’lom fikr yuritishi va ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk bo’lib kamol topishida oila, mahalla, ta’lim muassasalari, televideniye, matbuot va keng jamoatchilikning o’rni beqiyosdir.

Barkamol avlod xalqimiz orzu qilayotgan, intilayotgan buyuk kelajakning kafolatidir. Bunga erishish juda murakkab jarayon. Shuning uchun ma’naviy tarbiya masalasiga e’tibor berish va uni to’g’ri anglash barchamizning vazifamizdir.

Mamlakatimizni dunyodagi rivojlangan davlatlar darajasiga ko’tarilishi ko’p jihatdan yosh avlodni kamol tortirishga, ularni ma’naviy jihatdan yetuk qilib tarbiyalashga bog’liq.



Tadqiqotning maqsadi - talabalarda ijtimoiy institutlarning o’zaro hamkorligida ma’naviy shakllantirishning pedagogik asoslarini ishlab chiqish.

Tadqiqot obyekti – talabalarni ijtimoiy institutlar hamkorligida ma’naviy shakllantirishi jarayoni.

Tadqiqot predmeti – talbalarda ma’naviy shakllantirishning mazmuni, shakllari, metodlari.

Tadqiqotning metodologik asosilari – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’limga oid qarorlari, dasturlari. Prezident I.A.Karimov asarlarida olg’a surilgan g’oyalar, Respublikamizning yetakchi olimlarining ishlari.

Tadqiqot metodlari – tadqiqot muammosiga doir pedagogik, psixologik, metodik, falsafiy adabiyotlarni mazmunini nazariy jihatdan tahlil qilish.

Tadqiqot maqsadga muvofiq ravishda dissertasiya oldiga qo’yilgan vazifalar:

  1. Talabalarda ijtimoiy institutlar hamkorligida ma’naviy shakllantirishining mavjud holatini o’rganish.

  2. Talabalarni ma’naviy shakllantirishiga xizmat qiluvchi obyektiv va subyektiv omillarni aniqlash.

  3. Talabalarni ma’naviy shakllantirishga xizmat qiluvchi maqbul shakl, metod va vositalarni belgilash.

  4. Talabalarni ijtimoiy institutlar hamkorligi asosida ma’naviy shakllantirish samaradorligini tajriba-sinovdan o’tkazish va uni taxlil qilish.

  5. Talabalarni ijtimoiy institutlar integrasiyasi asosida ma’naviy shakllantirishga yo’naltirilgan faoliyat samaradorligini ta’minlashga oid uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish.

Tadqiqotning ilmiy farazi - talabalarni ijtimoiy instutlar hamkorligi asosida samarali ma’naviy shakllanishiga muvaffaqiyatga erishish mumkin, agarda:

  • ma’naviy shakllantirishning ilmiy asoslari ishlab chiqilsa;

  • talabalar ijtimoiy institutlar hamkorligida ma’naviy shakillantirishga yo’naltirilgan faoliyat mazmun, shakl, metod va vositalar tizimi asoslansa;

  • ijtimoiy institutlar hamkorligida ma’naviy shakillantirishga yo’naltirilgan foliyat samaradorligini ta’minlashga oid uslubiy tafsiyalar ishlab chiqilsa;

  • talabalarda ijtimoiy institutlar hamkorligida ma’naviy shakllanishga nisbatan yangicha yondashuv qaror topsa;

Tadqiqotning ilmiy yangiligi - disertasiyada talabalarda ijtimoiy institutlar hamkorligida ma’naviy shakillantirish muammosi pedagogik yo’nalishda mustaqil tadqiqot sifatida tadqiqot etiladi.

  • tadqiqot natijasida talabalarni ijtimoiy institutlar hamkorligida ma’naviy shakllashiga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat mazmuni asoslandi:

  • mazkur faoliyat samaradorligini ta’minlovchi shakl, metod va vositalar ta’sis etildi:

  • talabalarni ma’naviy shakllanishiga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar berildi.


I BOB. Ta’limni ommaviy axborot vositalari bilan integrasiyasi talabalar ma’naviyatini shakllantirish vositasi sifatida

1.1. Ta’limni integrasiyalash muammo sifatida

O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da «O’zluksiz ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyalashtirishning puxta mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish» zururligi alohida ta’kidlangan. Ta’lim jarayonida integrasiyalashgan fan dasturlaridan foydalanish jamiyatimizda sodir bulayotgan ilmiy texnika va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning shiddatli sur’atlariga bog’liq. U ta’lim oluvchi shaxsni barkamol bo’lib shakllanishiga, yosh avlodni yuksak ma’naviyatli, ona Vatanga va xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalashga kumaklashadi.

O’zluksiz ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishning tamomila yangi rezirvlarini yaratishga va joriy etishga imkoniyatlar yaratadi. Shu nuqtai nazardan ilmiy-pedagogik tadqiqot va o’qtuvchilarning amaliy faoliyat tizimida o’quv fan (predmet)larining integrasiyalash muammosi muhim ahamiyat kasb etadi.

OUYu o’quv-tarbiya tizimi talabalarini «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlanganidek, “… rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar…” [2,39] etib tayyorlashni kafolatlashi zarur.

Mazkur muammoni hal qilish yullaridan biri ijtimoiy institutlar integrasiyasini to’g’ri yo’lga quyishdir.

Interagtiv yondashuv Abduqunddusov O.A, Belyayeva A.P, Bezrukova V.S, Qurbonov Sh, Jurayev R.X, Rashidov X.F va b.k ishlari muhokama qilingan [6,7,25,8,19].

Qomusiy lug’atda integrasiya (lotincha integratio- tiklash, tuldirish ma’nosini anglatib, integer- bir butun, aloxida qismlarni bir butun holatga keltirish so’zidan olingan) tushunchasi alohida tabaqalashtirilgan tizim, organizmning qismlari va funksiyalari holatini hamda shunday holatga olib keluvchi jarayon tushunchasini anglatadi. [17,494].

N.I Kondakov o’zining “Ma’tiqiy lugat-ma’lumotnomasi” [10] kitobida integrasiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif bergan: “Integrasiya qanday bo’lmasin elementlarni yagona bir butunga birlashtirish va qandaydir yaxlitlikni tiklashdir”.

Yu.S Tyunikov integrasiya tushunchasiga quyidagi belgilarni kiritadi [2,198]:

1. Integrasiya o’zaro aloqada bo’lgan turli elementlar asosida quriladi.

2. Integrasiya o’zaro aloqadagi elementlarning sifat va son o’zgarishi bilan bog’liq.

3. Integrativ jarayon mantiqiy mazmun asosiga ega.

4. Integrativ jarayon o’zining tuzilmasiga ega.

5. Pedagogik yo’naltirilganlik va uning nisbatan mustaqilligi.

Yuqorida bayon qilinganlardan ko’rinadiki, integrasiya pedagogik jarayonda qo’yilgan maqsadga bog’liq holda yaxlit tizimni ifoda etuvchi bilimlarni, usullarni va ular bilan o’zaro bog’liq bo’lgan bilish jarayonlarini o’quv-bilish muammolarini, o’qishtish vositalari hamda metodlarini qamrab oladi.

A.P. Belyayevaning ta’kidlashicha, “Ta’lim mazmunini integrasiyalash deganda bilimlar, faoliyat usullari va turlarining yaxlit tizim sifatida o’zaro aloqa, o’zaro bir-biriga singishi, o’zaro ta’sir jarayoni va natijasi tushuniladi” [7,35].

V.S. Bezrukovaning ta’rifi bo’yicha pedagogik interasiya – bu ilmiy integrasining bir ko’rinishi bo’lib, uning ilmiy integrasiyadan farqli xususiyatlarini e’tiborga olgan holda pedagogik nazariya va amaliyot doirasida amalga oshiriladi [8, 5-25].

R.X. Jurayevning ta’rifi bo’yicha integrasiya - bu ayrim bo’lak, qismlarning birlashishi, bir butun bo’lishidir [9,80]. Ilmiy tadqiqotda integrasiya o’zaro bog’liq bo’lmagan har xil elementlarni bir butun yaxlit holda qarash deb to’shuniladi. Integrasiya obyektiv sabablarga ko’ra har xil elementlarni birlashtirish va ularni bir butun holda qarash natijasida sodir etilayotgan tizim sifatida etirof etiladi.

Yuqorida bayon qilinganlaridan ko’rinadiki, integrasiya pedagogik jarayonda quyilgan maqsadga bog’liq holda yaxlit tizimni ifoda etuvchi bilimlar, usullar va ular bilan o’zaro bog’liq bo’lgan bilish jarayonlari, o’qish-bilish muammolari, o’qitish vositalari hamda metodlarni qamrab oladi.

Ijtimoiy institutlar integrasiyasi talabalar ma’naviyatini yuksaltirishni ta’minlaydigan tizimning komponentlarini o’zaro bog’liqligi va o’zviyligi kabi xususiyatlarni yuzaga keltiradi.

Ilmiy pedagogik adabiyotlarda integrasiyani tizim tashkil etuvchi omillari sifatida g’oya, hodisa, tushuncha, predmet va x.klar muhokama qilingan [6,7,8,9].

R.M. Medetova fanlararo o’zviy masalasiga to’xtalib, shunday yozadi: “Fanlararo o’zviylik – bu o’quv tarbiya jarayonining mazmunida, shakllarida va usullarida o’z ifodasini topgan real hayotning obyektlari, hodisalari va jarayonlari o’rtasida sintezlash, integrasiyalashni ifodalash uchun ishlatiladigan pedagogik kategoriyadir” [18,93-96].

R.K Choriyev nazariy va amaliy o’quv faoliyatining integrasyasi masalalarini muhokama qilib, uni 3 bosqichda amalga oshirish, ya’ni integrasiya maqsadlarini va ko’tiladigan natijalarni aniqlash; integrasiyalash obyektlarini aniqlash va ularni tahlil qilish; yangidan yuzaga kelgan integrativni sifat va qo’llash samaradorligini tekshirish lozimligini ta’kidlagan [27, 24].

1.2. Ommaviy axborot vositalari orqali talabalarni ma’naviy shakillantirishni ilmiy adabiyotlarda o’rganishning hozirgi holati

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uning maqsadi «...ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir»[2,39], deb alohida ta’kidlangan.

Prezident I.A.Karimov yosh avlodda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarkib toptirish uchun ular orasida ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot-tashviqotining samarasini oshirish zarurligini ta’kidlab, «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch» nomli asarida shunday yozadi: «Ma’naviyat haqida har qancha da’vatlar, muhim nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, bu boradagi faoliyatlarimizni har tomonlama puxta o’ylangan, tizimli ravishda tashkil etmasak tabiiyki, biz ko’zlagan maqsadga erisholmaymiz, ya’ni inson qalbiga yo’l topaolmaymiz.

Shuning uchun ham biz bugungi kunda ta’lim-tarbiya sohasidan boshlab matbuot, televideniye, internet va boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, adabiyot, musiqa, rassomlik va haykaltaroshlik san’atiga, bir so’z bilan aytganda insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta’sir yetkazadigan barcha sohalardagi faoliyatimizni xalqning ma’naviy extiyojlari, zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko’tarishimiz zarur»[4,129].

«Milliy istiqlol goyasi: asosiy tushuncha va tamoillar» risolasida milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz qalbi va ongiga singdirishning «ta’lim va tarbiya, fan va ilmiy muassasalar; madaniyat va ma’naviyat muassasalari; adabiyot va san’at; din; jismoniy tarbiya va sport; urf-odat, marosim va bayramlar; oila, mahalla va mehnat jamoalari; siyosiy partiyalar; nodavlat tashkilotlar; ommaviy axborot vositalari» kabi 13 vositasi ko’rsatilgan[5, 33].

Shu munosabat bilan ushbu tizimning har bir komponentni hamda ularning o’zaro aloqadorlik (integrasiyasi) dagi faoliyatini talabalarning ma’naviy shakllantirishdagi samarasini o’rganish muhim vazifa hisoblanadi.

Ma’naviyat, milliy g’oya, mafkura va milliy qadriyatlarga bag’ishlangan anjumanlar va adabiyotlarda bo’lajak o’qituvchilarni milliy istiqlol g’oyasi asosida ma’naviy shakllantirish buyicha yuqorida ko’rsatilgan vositalar orasidan eng asosiy, qudratli va ta’sirchan, ijtimoiy fikrni o’zgartiradigan vosita sifatida ommaviy axborot vositalari (OAV) nisbatan ko’proq o’rganilgan. Jumladan, keyingi yillarda talaba-yoshlarni ma’naviy, mafkuraviy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalarining rolini yoritishga bagishlangan izlanishlarga e’tiborni kuchayganini ta’kidlash joizdir. Ular jumlasiga M.Abdiraxmonovning «Matbuot va targ’ibot: an’ana, yangilik va muammolar»[5.36-38], K.Zokirovaning «Oilada farzandlarning komil shaxs bo’lib yetishtirishda televideniyening roli» [11.71-73], E.Iskandarovning «Ochiq axborot tizimi sharoitida talaba-yoshlarda mafkuraviy imunitetini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik asoslari» [13.71-73], X,.Maxmudovaning «Yoshlar tarbiyasida ommaviy axborot vositalarining roli»[15.175-176], A. Sohibovning «Ommaviy axborot vositalari ma’naviy-axloqiy tarbiya manbalari»[22.142-145], R.Rejepovning «Milliy g’oyani yoshlar ongiga singdirishda ommaviy axborot vositalarining o’rni» [21.170-171], K.Farfiyevning «Yoshlarning xulq-atvorlari o’zgaruvchanligida telekursatuvlar» va boshqalarni kiritish mumkin.

Mazkur tadqiqotlarda milliy istiqlol g’oyasini targ’ibot-tashviqot qilish orqali xalqimiz ongiga va qalbiga ma’naviyatni singdirish buyicha asosan markaziy OAVlarining imkoniyatlari yoritilgan, xolos. Ularni ruyobga chikarishning shakl, metod va vositalari esa e’tibordan chetda qolgan desak xato bo’lmaydi.

Jo’mladan M.Abduraxmonov “Matbuot va targ’ibot: an’ana, yangilik va muammolar” mavzusidagi maqolasida xalqimiz asrlar davomida pok e’tiqod deb bilgan islom ma’naviyati va uning matbuot nashrlari sahifalari aks ettirilishini muhokama qilgan. Zero I.Karimov to’g’ri ta’kidlaganidek: “Islom ota-bobolarimiz dini, musulmonlarning ongi turish-turmushini mohiyat, hayotning o’zidir.”

Shu munosabat bilan muallif “Sharq yulduzi” jurnali sahifalarida Qur’oni Karimning o’zbekcha matni (Aloddin Mansur tarjimasida), Jaloliddin Rumiyning islomiy qadriyatlar talqinida “Fixi” mofiq (Ichingdagi ichingdadur yoki Mohiyat) asarini,Imom al-Buxoriy saboqlari (Ulug’bek Abdul Vahob tarjimalarida) nashr etilishi hamda “Hidoyat” jurnalidagi go’zal islomiy qadriyatlarni ro’yobga chiqarilayotganligini ta’kidlaydi. shuningdek, u “Muloqot” jurnalida “Muqaddas kitoblar”, “Muqaddas shoirlar” turkumida berilib borilgan materiallarni ma’lum ma’noda keng mohiyatini o’quvchilarga oqdan qorani haqiqiy sof islomdan aqidaparastlikni farqlashda katta yordam berilayotganligini ko’rsatadi.

G’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashda “Tafakkur” jurnali samarali faoliyat ko’rsatayotgan jamiyatimizda milliy dunyoqarash shakillanishida, ijobiy ta’sir etmoqda. Uning sahifalarida “Millat va ma’naviyat”, “Tarix va taraqqiyot”, “Buyuklik timsollari”, “Sizni suygan sultonlar” ruknida berilgan maqolalar o’quvchilarni doim mulohaza mushohadaga chorlab kelgan.

“Muloqot” jurnalining rang-barang ruknlarida nashr etilgan maqolalar ham asrlar davomida taziyqlarga duchor bo’lgan milliy ma’naviyatni asl egasiga qaytarish, xalq ma’naviyatini yanada rivojlantirish, boyitish va jamiyatda erkin fikr muhitini yuzaga keltirish masalalariga bag’ishlangan.

M.Abdurahmonov ommaviy axborot vositalarida milliy o’zlikni anglash, ma’naviyat masalalarini yoritilishi ustida so’z yuritib, birinchi galda xalqimiz asrlar davomida pok e’tiqod deb hisoblagan islom ma’naviyati va uning matbuot nashrlari sahiflarida aks ettirilishi holatiga alohida to’xtaydi. Dinning hayotimizdagi turli xatolardan poklanishga , yuksak axloqiy fazilatlarni qaytadan xalq qalbida uyg’otib, jonlantirish rolini alohida ta’riflab “Sharq yulduzi” jurnalida muallif Qur’oni Karimning o’zbekcha matni bosilganini, Jololiddin Rumiyning islomiy qadriyatlarimizga bag’ishlangan “Fixi mofiq”(Ichingdagi ichingdadur yoki Mohiyat asarini) Hidoyat jurnalida “Imom al-Buxoriy saboqlari”ni nashr etilganini ijobiy bir hol sifatida ta’kidlaydi.

Shuning birlan bir qatorda matbuot sahifalarida, televideniye orqali namoysh etiladigan ko’rsatuvlarda hamda o’tkaziladigan turli tuman ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar diqqat markazida taraqqiyot, madaniy merosimizni o’rganish bo’lib, hozirgi kunimizni, biz bilan hamnafas bo’lib yashayotgan zamonamiz kishilarining hayot, mehnat faoliyatini o’rganish, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, istiqbolimizning iqtisodiy, ma’naviy poydevorini mustahkamlashda ulardan foydalanishga cheksiz ravishda e’tibor berilmayotganligi ta’kidlaydi.

O’zbekiston milliy universiteti o’qituvchisi X.R.Maxmudova “Yoshlar tarbiyasida ommaviy axborot vositalarning roli” mavzusidagi maqolasida Respublikamizdagi ommaviy axborot vosita (OAV)lari jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida hamda yetakchi o’rin tutib borayotganligini, gazeta va jurnallar, radio va televideniye bugungi kunda yoshlar uchun o’ziga xos aloqa vositasi hamkorlik ko’zgusi, haqiqat jarchisi bo’lib xizmat qilayotganligi yoshlar fikrini shakllantirishda, milliy mafkuramizni yoshlar ongiga singdirishda katta ahamiyatga ega. Bu shubhasiz OAV xodimlari zimmasiga qator talablarni yuklaydi. Chunki, ochiq mafkuraviy kurashlar davri hisoblangan XX1 asrda OAV xodimlari yoshlar uchun zararli har bir narsani kuchli tahdid ostiga oluvchi, kuzi ziyrak, qulog’i sergak, so’zi o’tkir muayyan kuchga aylanishi zarur. Endilikda har bir OAV xodimi o’z oldiga men tayyorlagan ko’rsatuv qanday natija berayaptimi kabi savollarni o’z-o’ziga qayta-qayta berishi lozim.

Bugungi kunda televideniye OAV orasida yetakchi o’rinni egallab borayotganligini, u yomonlikning nima uchun yaxshi ekanligi va u boshqalar uchun qanday foyda va ziyon keltirishini aniq misollar orqali ko’rsatish imkoniyatini hisobga olib, maqola muallifi OAV xodimlaridan talaba yoshlarda tahliliy qobiliyatni rivojlantirish, milliy istiqlol g’oyasini mustahkamlash, xalqaro va Respublikamiz hayotiga qiziqishini ortirishda, ularni ba’zan fikrlar dunyosida chalg’itmasliklarining yo’l-yo’riqlarini ko’rsatish vazifasini qo’yadi. Shuningdek, muallif yoshlar bilan tez-tez matbuot konferensiyalari, taniqli adabiyot va san’at, fan, texnika va ishlab chiqarish xodimlari bilan uchrashuvlar o’tkazish orqali o’zaro fikr almashish, ijodiy fantaziya, bilimdonlik, voqealarga tarixiy va ijodiy yondashuv ko’nikmalarini shakllantirish imkoniyatlarini ko’rsatadi.

OAV hayotda yuz berayotgan yangilanish va o’zgarishlarga yoshlarni ongli munosabatini uyg’otuvchi, xolislik va haqqoniyat prinsiplariga tayanib faoliyat ko’rsatadi.

Haqqoniyat prinsiplariga tayanib faoliyat ko’rsatishda to’rtinchi hokimyat hisoblangan OAV turli xil fikrlar rang-barang qarashlar va yondashuvlarga keng yo’l ochib beradi.

A.Sohibov “Ommaviy axborot vositalari-ma’naviy-axloqiy tarbiya minbari” mavzusidagi maqolasida O’zbekiston televideniyesi orqali ulug’ allomalar, mutaffakirlarning ijodiy faoliyati, jahon sivilizasiyasiga qo’shgan buyuk hissalari, mashhur ma’rifatparvarlarimizning odob-axloqqa oid qarashlari ularning asarlaridan parchalarni muntazam ravishda berib borilayotganligi, shuningdek o’zbek adiblari hamda chet el taraqqiyparvar yozuvchilarining asarlari asosida tayyorlangan spektakllarni namoyish qilayotganligi xalqimiz, ayniqsa yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi [22,142-149].

O’zbekiston radiosi ham ijtimoiy-siyosiy eshittirishlari orqali xalqimiz, yoshlar oldida milliy istiqlol g’oyasi, urf-odat, an’analarimizni mazmun mohiyatini yoritib berishga qaratilgan hamda “Kelajak tongi”, “Alanga” kabi eshittirishlar orqali esa yangi tafakkur g’oyalari tarbiya va ta’limdagi ilg’or tajribalarni yoritishga kirishilganligini ijobiy baholash zarur.

Ayni paytda muallif axborot olamida yangiliklar bilan jihozlangan xurujlar avj olayotganligini, ular yoshlar ongi va qalbini vayronkor, axloqsiz g’oyalari bilan zaharlashga kirishayotganligini ta’kidlash zarur.

Ayni paytda muallif axborot olamidagi yangiliklar bilan niqoblangan xurujlar avj olganligini, ular yoshlar ongi va qalbini vayronkor, axloqsizlik g’oyalari bilan zaharlashga qaratilganligini tobora kuchayib borayotgan jangari filmlarning yoshlarni turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizliklarni o’rganayotganliklari, bular esa ularni qalbida tamag’arlik, zo’ravonlik, axloqsizlik kabi salbiy illatlar joy olayotganligini ta’kidlab, ota-onalar, ta’lim-muassasalari, tarbiyachilar oldiga aniq vazifalarni qo’ygan.

A.Sulaymonov, Z.Sulaymonova “Ma’naviyat masalalarining tarbiyaviy imkoniyatlari” mavzusidagi maqolasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1998 yil 12 yanvardagi “Muzeylar faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoni, ularda olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarni yangi sifat bosqichga ko’tarishni talab etishini ma’lumotlar va ayrim muzeylarning tarkibiy qismi-devoriy suratlar xususida fikr yuritganlar. Shu munosabat bilan mualliflar ma’naviyat, madaniyat va ma’rifat koshonasi bo’lgan muzeylar, qasrlarning devorlariga ishlangan devoriy suratlarning tasviriy san’at tarixida tutgan o’rni, san’atning bu turi Afrosiyob xarobalaridan topilganini, Amir Temur va temuriylar davrida juda taraqqiy etganligini, zamonaviy O’zbekiston muzeylari misolida ham devoriy suratlar an’analari yangi uslublar bilan boyigan holda davom etayotganligi haqida fikr yuritganlar. Sharq minatura san’at an’analarining zamonaviy talqinda davom ettirib, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, o’zbekiston badiiy akademiyasi san’atshunoslik instituti, o’zbekiston tarixi muzeyi, temuriylar tarixi davlat muzeyi va boshqalarni vorisiylik an’analari asosida barpo etilib millat tarixi, qadriyatlarimizni saqlanishi, boyitilishi, avloddan-avlodga o’tishini ta’minlash barobarida, unga tashrif buyurganlar hamda vertual tashrif buyurganlarni milliy tariximiz, badiiy qadriyatlarimiz, milliy g’oya prinsiplariga sadoqatli qilib tarbiyalashda muayyan darajada ta’sir ko’rsatishi shubhasiz ekanligini ta’kidlaydi.

B.K.Xurramova, D.Namozov “Muzeylarda zamonaviy informasion texnologiyalarni qo’llash masalalari” mavzusidagi maqolada insoniyat tarixida vorisiylik tushunchasi muhim ahamiyat kasb etishi shu an’analar, qadriyatlarning saqlanishi, boyitilishi, avloddan avlodga o’tishda muzeylar eng muhim funksiyani bajarishini ko’rsatadi. Ma’lumki muzeylarga axborot texnologiyalarni qo’llash xalqimizni ming yillar tarixga ega moziydan aks sado beruvchi muzeylarimizni dunyo e’tiboriga havola etish, ularda o’tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan ommani voqif etish, axborotlarni qayta ishlash barobarida muzeylar o’zlarining an’anaviy faoliyatini to’ldirib, ular ham real tashrif buyuruvchilar ham vertual tashrif buyuruvchilarga xizmat qilishlari uchun imkon beradi. Shunigdek, informasion texnologiyalar bir tomondan dunyo muzeylarini yagona tarmoqqa ulanishiga xizmat qiluvchi global tarmoqga ulanishiga xizmat qiluvchi global tarmoqni vujudga keltirsa, ikkinchi tomondan muzeylar o’zlarini sahifa va web saytlariga ega bo’lishlariga imkon beradi.

Shu munosabat bilan SamDUning “Arxeologiya”, “Zoologiya”, “Alisher Navoiy”, “Minerologiya” kabi muzeylari faoliyatini kengaytirish muzeyga tashrif buyuruvchilarning ko’paytirish maqsadida ularni web saytlarini yoritish orqali dunyoning ko’zga ko’ringan muzeylari bilan axborot almashib turish huquqiga ega bo’ligini ta’minlash vazifasi turibdi.

R.Rejenov va A.Karimov “Milliy g’oyani yoshlar ongiga singdirishda ommaviy axborot vositalarini o’rni” mavzusidagi maqolasida OAV milliy g’oyani halqimiz, ayniqsa yoshlar ongiga singdirish borasida katta ishlar amalga oshirilayotganligi haqida to’xtalib, O’zbekiston televideniyasi birinchi kanalida “Turmush chorrahalarida” mavzusida berilgan videofilmlar ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi munosabatlarni, turli millatlar o’rtasidagi totuvlikni targ’ib qilib yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatganligini ta’kidlaganlar.

Shuningdek, mualliflar Respublikamiz OAV odamlarni adashtiradigan, ularni o’z manfaatlariga zid harakat qilishga undaydigan insonni boshqarishga, uning ustidan hukumronlik qilishga o’zligini anglashga qaratilgan xorijiy davlatlar axborot xurujiga, ma’naviy tahdidlarga qarshi kurash olib borilayotganligini alohida ta’kidlaganlar.

Ammo, ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli keyingi yillarda fuqarolarimiz xonadonida kabel televideniyelar, parobalik antenalarni, kechayu-kunduz ular orqali jangarilik, milliy urf-odatlarimizga mos kelmaydigan fohishabozlik, hayosizlikni targ’ib tashviqot qiladigan filmlarni tomosha qilishi tufayli yoshlar o’rtasida toshbag’irlik, zo’ravonlk, hayosizlik kuchayganiga sabab bo’lmoqda. Buni oldini olish ko’p jihatdan ota-onalar saviyasiga bog’liqligini ko’rsatib beradi. Mana shunday salbiy targ’ibotlarga qarshi kurashda, ularga munosib zarba berishda “g’oyaga qarshi g’oya bilan kurash” tamoyiliga mos ravishda ish olib borishni ta’kidlaydi.

E.Xoliqov “Oyna ortidagi yolg’on dunyo” maqolasida axborotni tezkor uzatish, aholini barcha qatlamlarini qamrab olish, videotasvir va tovush uyg’unlashuvini yuqori ta’sirchanligi bilan televideniya qudratli ommaviy axborot vosita ekanligini isbotladi. Aynan texnik va texnologik imkoniyatlar televideniyeni omma ongiga kuchli ta’sir qiluvchi, uni muayyan g’oyalarga safarbar etuvchi kuchga aylantirdi. Biroq, televideniyening bugungi rivojlanish tamoyillari bilan jamiyatning haqqoniy obyektiv va batafsil axborotga bo’lgan ehtiyoji o’rtasida tafovutlar yuzaga kelganligini ta’kidlash joiz. Buning asosiy sabablari xorijiy teleko’rsatuvlarning mamlakatimiz bo’ylab jilovlab bo’lmas darajada tarqalishi, uni kuchli mafkuraviy qurolga aylanishi, axborotni tovarga aylanishi tufayli xorijiy telekanallar moddiy boylik ortirish maqsadida ma’naviy jihatdan sayoz ko’rsatuvlarni efirga uzatishlari: vaqt “qadri” ga yetish maqsadida hozirgi zamonamiz televideniyedagi tok-shouni ko’rsatib yoki radiodagi musiqiy dasturni tinglab ularga biror ma’no yo’qligini anglab turadi, bekorchilikdan qochish uchun e’tiborni uzmasligi: vizual axborot vositalari mohiyatidan ko’ngil yozish hislarini qo’zg’atishga xizmat qilish tufayli ularni axborot mazmuniga salbiy ta’sir ko’rsatishni ta’kidlaydi.

AQShdagi Karnegi jamg’armasi televideniye bo’yicha 1986 yildan boshlab o’n yil mobaynida 10 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan o’smirlar o’rtasida o’tkazilgan tadqiqotlar natijalariga asoslanib, “televideniye o’z imkoniyatlarini tarbiya uchun safarbar etgani yo’q, aksincha, u ijtimoiy fe’l atvorni eng salbiy andozalarini targ’ib etayotir... Reklamaga mahliyo bo’lib o’tirish o’smirlarda tanqidiy fikrlash qobiliyatini cheklaydi va tajovuzkor fe’l atvorini rag’batlantiradi” degan xulosaga keldi.

Telekanallardagi zo’ravonlik sahifalarida zo’ravon hatti-harakatlar bir tomondan insonda ularga tahlid qilishga undasa, ikkinchi tomondan ularning inson mayillarini qo’zg’alishiga turtki beruvchi omil sifatida agresiv tasavvur va g’oyalarning vujudga keltiradi, bu o’z navbatida tajavuzkor fe’l atvorga doyalik qiladi.

Buning isboti sifatida AQSh Solig’liqni saqlash vazirligining televideniye va ijtimoiy fe’l atvorni o’rganish qo’mitasi (1972y), Ruhiy salomatlik milliy instituti (1982y), AQSh Psixologiya assosiasiyasining (1993y) xulosalarida ekranlardagi zo’ravonlik hayotda ham shunday hatti-harakatlarga sabab bo’lishi e’tirof etilganini ko’rsatish mumkin. Mazkur masalaning yana bir jihati G’arb mamlakatlarida ma’lum kuchlar manfaatiga xizmat qiladigan muayan g’oyalarni omma ongiga aniq maqsadga yo’g’irilgan axborot vositalari orqali singdirish maqsadida puxta o’ylangan siyosat yuritilayotganligidadir.

Bu esa boshqa millat va xalqlar ongi-shuuriga, axloqiy qadriyatlari va dunyoqarashiga ma’naviy tahdidni vujudga keltiradi. Katta moliyaviy imkoniyatlarga bo’lgan ayrim kuchlar yot turmush tarzi, tafakkur va ma’naviyati, dunyoqarashi, qadriyatlari, ma’naviyati o’ziga xos bo’lgan xalqlarga tiqishtirib ular tafakkurini “standart” holga keltirish oqibatida esa muayyan g’oyaviy rejani amalga oshirishga urinmoqda.

Prezident I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida ushbu masalaga to’xtalib shunday yozadi “Insonniyatning ko’p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo’ravon va tajavuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o’ziga tobe qilib bo’ysindirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo’lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirish, ya’ni eng buyuk boyligi bo’lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. Buni tasdig’ini uzoq va yaqin tarixdagi ko’p misollarda yaqqol ko’rish mumkin. Chunki, har qaysi millat yoki xalqning ma’naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, o’sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi [3,11-12]. Binobarin kelajagimiz ajdodlardan qolgan meros boy ma’naviyatimizni, xalqimizning bunyodkor azmi shijoati, jamiyatimizdagi ahil-inoqlik va hamjihatlikni ko’z qorachig’idek asrab-avaylash kabi hayotiy muhim masalalar bilan chambarchas bog’liq.

Milliy ma’naviyatimizga zid bo’gan teleko’rsatuv va reklamalarga murosasiz bo’lish burchimizdir. Ayniqsa, ayrim kabelli televideniyelar manfaat ortidan quvib namoyish etayotgan film va reklamalarda millat ma’naviyatini yemiruvchi “Media verus” yotibdi. Bunday sharoitda ma’naviy tarbiyadan iborat “emlash” ishlarini olib borish “Virus o’chog’ini lokalizasiya qilish ishlarini olib borish, kerak. Ekranda zo’r berib targ’ib va tashviq etilayotgan yangi yengil yelpi turmush tarzi ko’pchilikni maqsad mudaosiga aylanishi hech gap emas. Huzur halovatga moyil odam esa qiyinchiliklarga bardoshsiz bo’ladi. Siseron (Mark Tulet) ta’kidlashicha, “huzur va lazzatni oliy saodat deb biluvchi kishi sira ham nafsni tiyib, sabr-bardoshli bo’la olmaydi” [28,99].

Tadqiqotchilarning xulosalariga ko’ra, televideniye ko’rsatuvlarini uzoq vaqt kurish huzur-halovatga moyillikni kuchaytiradi, ijod qilish, yaratish hissini susaytiradi.

Televideniye omma o’rtasida radio va boshqa nashrlarga nisbatan ko’proq ishonch to’g’dirishini sababi shundaki, u yolg’onni haqiqatga aylantirish bobida boshqa axborot vositalarida bo’lmagan alohida “salohiyat”ga ega. Ekran orqali havola etilayotgan yolg’on yoshiqni ham tomoshabin aynan haqqoniyat deb qabul qiladi.

Axborot kommunikasion texnologiyalari keng rivojlangan hozirgi davrda xorijiy televideniye ko’rsatuvlari siyosiy, ma’naviy, axloqiy va ruhiy xafsizlikka xatar soluvchi manba to’lib qolmoqda, televideniye esa obyektiv va subyektiv omillarga ko’ra, tahdid jihatdan boshqa ommaviy axborot vositalari-matbuot, radio va hatto internetga nisbatan birinchilikni qo’ldan bermay kelayotir.

Xorijiy telekanallar ko’rsatuvlarining salbiy ta’siri oqibatida aholi, ayniqsa yoshlar ma’naviyatida ba’zi muammolar yuzaga kelayotganligi sir emas. Xususan, fitishizim – lash-lushparastlik va “moda” zeb bo’lmag’ur atolar ortidan quvish urf-odatga aylanib borayotir.

Ma’lumki, ota-ona farzandiga qalb qo’rini bag’ishlaydi, uning kamoli yo’lida bor-yo’g’ini ayamay sarflaydi, bu o’zbek xalqiga xos azaliy an’ana. Biroq, televideniye jodusiga asir bo’lganidan farzand istiqbolini esdan chiqarib qo’yayotgan “teletomoshabin” ota-onalar ham borligi tashvishlantiradi.

Xorijiy teleko’rsatuvlarning milliy ma’naviyatimizga, ayniqsa yosh avlod tarbiyasiga salbiy ta’sirini har tomonlama tadqid etish, axborot mexanimizga suqilib kirib, ommani ongini chalg’itishga, buzg’unchi g’oyalarni targ’ib qilishga intilayotgan ko’rsatuvlarga qarshi qat’iy choralar ko’rish bo’yicha aniq dastur ishlab chiqilishi joiz.

Muallif yosh avlodni salbiy axborot vositalaridan muhofaza etishda matbuot, mahalla va oila hamkorligi muhim o’rin tutishini ta’kidlash barobarida ota-ona uyda ibrat bo’lib buzg’unchi xorijiy ko’rsatuvlarni ko’rib o’tirsa, farzandida ham bunga rag’bat uyg’onishini takidlaydi.

Mahalla bolani yomon yo’ldan qaytarmasa, unda o’zidan-o’zi tafakkuri yuksalib qolmaydi-ku? Bunda kattalarning yoshlarga nisbatan jonkuyarligi, talabchanligi suv va havodek zarurligini ta’kidlaydi.

Shuningdek, markaziy gazeta va jurnallar hamda maxalliy matbuotda bosilgan islom dinining ma’rifiy mohiyatini, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy merosni, mustakillik yillarida keng quloch yoygan tadbirkorlik harakatini, mamlakatimizni jahon hamjamiyatida tobora musthxkam o’rin egallab borayotganligini targ’ibot-tashviqot qilishning birgina o’zi talabalarda mamlakatimiz kelajagi buyuk ekanligiga yetarli darajada iymon keltira olmaydi, desak xato bo’lmaydi.

Har qanday g’olib mafkuralar sahnaga chiqqanida o’zining goyaviy ta’sirini mustahkamlash va o’z mavqieni mustahkam tutib turish uchun emosional - axborotli vosita (bayram, dabdabali marosim va h-k.)lardan foydalanganliklari bizga uzok utmishdan ma’lum. Jumladan, bundan uch ming yil avval yaratilgan «Avesto» muqaddas kitobining guvohlik berishicha, ajdodlarimiz badiiy bezatilgan ommaviy mafkuraviy tadbirlarni, fuqorolik bag’ishlovlarning keng targ’ib qilishib, mafkuraviy tarbiyaviy tajribalarini keyingi avlodlarga meros qilib qoldirganlar. Prof. T.Maxmudov «Avesto» nomli kitobida «inson ruhini, dilini, tasavvurini ulug’lash va ko’tarish, insonning ma’naviy tomonga parvoz etishida madadkor bo’lish «Avesto» qo’shiqlarining romantik tantanavorligida o’z ifodasini topgan», deb yozadi [10,42].

Badiiy bezatilgan emosional obrazli ommaviy bayramlar namunasini mustaqillik yillarida qayta tiklangan va vujudga kelgan «Navruz» va «1-sentyabr — Mustakillik kuni» bayramlari tantanalarida ko’rishimiz mumkin.

OTM o’quv-tarbiya jarayonida talabalarni OAVlari yordamida ma’naviy shakllantirish masalasi qaralganda OO’Yu matbuotining bu sohadagi imkoniyatlarini ham o’rganish maqsadga muvofiq. Chunki, bugungi kunda OO’Yu matbuoti nafaqat akademik guruhlar devoriy gazetalari, ko’p tirajli gazetalari, radio-televideniye tarmoqlarini, balki tobora kengayib borayotgan kompyuter, internetni ham o’z ichiga oladi.

Yuqorida kursatilgan imkoniyatlarning barchasini hisobga olgan taqdirdagina ma’naviyat bilan bogliq, ishlarimiz mazmuniga o’zimiz yashab turgan vaqt (davr)ning ruhi, nafasini muntazam ravishda singdirib borish mumkin.

Bu yerda bajargan tahlillarimiz OAVlaridan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish bo’yicha bajarilgan tadqiqotlar magistrlik dissertasiyamiz mavzusi doirasini qamrab olmaganligidan dalolat beradi.

Shu munosabat bilan tadqiqotimizning ikkinchi bobida talabalarning ma’naviy shakllantirish bo’yicha ijtimoiy institutlarning hamkorligini qarashga o’tamiz.



  1   2   3   4   5


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət