Ana səhifə

Soliqlar va soliqqa tortish


Yüklə 1.88 Mb.
səhifə30/31
tarix26.06.2016
ölçüsü1.88 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31

64-modda. Undiruvni soliq to’lovchiga uning debitorlaridan

o’tkazilishi lozim bo’lgan summalarga qaratish

Soliq to’lovchi debitor bilan o’zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini taqdim etgan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari undiruvni soliq to’lovchiga uning debitorlaridan o’tkazilishi lozim bo’lgan summaga qaratadi.

Debitorlar o’zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalariga imzo qo’yishni asossiz rad etgan taqdirda, soliq to’lovchi bir tomonlama imzolangan solishtirma dalolatnomalarni debitorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish huquqiga ega.

Soliq to’lovchi bir tomonlama imzolangan o’zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini taqdim etgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi soliq to’lovchining debitoriga uning kreditorlik qarzi borligi haqida imzolash uchun soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilgan solishtirma dalolatnomani va kreditorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning ko’chirma nusxalarini ilova qilgan holda yozma bildirish yuboradi.

Soliq to’lovchining debitori yozma bildirish olingan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda o’zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolash yoki solishtirma dalolatnomada ko’rsatilgan qarzning mavjud emasligini asoslagan holda rad javobini taqdim etishi shart. Agar soliq to’lovchining debitori tomonidan tan olingan qarz summasi solishtirma dalolatnomada ko’rsatilganidan farq qilsa, debitor xuddi shu muddatda davlat soliq xizmati organiga o’zi tan olgan summani ko’rsatgan holda solishtirma dalolatnomani taqdim etishi shart.

Soliq to’lovchining debitori tomonidan imzolangan o’zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi kreditorning imzosi mavjud bo’lishidan qat’i nazar, uning kreditori soliq qarzini undiruvni unga qaratishi uchun asos bo’ladi.

Soliq to’lovchi bilan uning debitori o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasida quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak:

soliq to’lovchi va uning debitorining nomi, ularning identifikatsiya raqami;

soliq to’lovchi va uning debitori soliq hisobida turgan joydagi davlat soliq xizmati organining nomi;

soliq to’lovchi va uning debitorining bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari;

debitorning soliq to’lovchi oldidagi qarz summasi;

soliq to’lovchi va uning debitorining taraflar muhri bilan tasdiqlangan imzolari, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

soliq to’lovchi va uning debitori o’rtasida o’zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi tuzilgan sana.

Soliq to’lovchi va uning debitori o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnoma davlat soliq xizmati organi tomonidan yuborilgan sanadan keyin keladigan sanada tuzilgan bo’lishi lozim.

Davlat soliq xizmati organi o’zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi asosida debitorlarning bank hisobvaraqlariga soliq to’lovchining soliq qarzi summasini soliq to’lovchi oldidagi qarzidan oshmaydigan miqdorda undirish to’g’risidagi inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi.

Davlat soliq xizmati organining ushbu moddaga muvofiq taqdim etilgan inkasso topshiriqnomasini bajarish ushbu Kodeksning 63-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


65-modda. Undiruvni soliq to’lovchining mol-mulkiga qaratish

Undiruvni soliq to’lovchining mol-mulkiga qaratish davlat soliq xizmati organining da’vo arizasi asosida sud tartibida amalga oshiriladi.

Undiruvni soliq to’lovchining mol-mulkiga qaratish to’g’risidagi da’vo arizasi soliq to’lovchi soliq hisobiga qo’yilgan joydagi davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o’rinbosari tomonidan imzolanadi. Da’vo arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

soliq qarzi borligi to’g’risida soliq to’lovchining mavjud shaxsiy kartochkalaridan ko’chirma;

soliq to’lovchining bank hisobvaraqlarida pul mablag’lari yo’qligi to’g’risidagi bank ma’lumotnomasi;

soliq tekshiruvi natijalari bo’yicha (bunday tekshiruv o’tkazilgan taqdirda) soliq qarzi to’g’risidagi ma’lumotnoma;

soliq to’lovchining oxirgi hisobot davriga doir buxgalteriya balansining ko’chirma nusxasi, bundan moliyaviy hisobotni taqdim etish muddati hali kelmagan, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar mustasno.

Undiruvni sud qarori asosida soliq to’lovchining mol-mulkiga qaratish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi.



66-modda. Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish

Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Pr ezidentining

QARORI

O’zbekiston Respublikasining

2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi

va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida

(ko’chirma)


O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining "O’zbekiston Respublikasining 2012 yilgi Davlat byudjeti to’g’risida" 2011 yil 18 noyabrdagi 407-II-son qarori va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining "O’zbekiston Respublika-

sining 2012 yilgi Davlat byudjeti to’g’risida" 2011 yil 5 dekabr-dagi 255-II-son qaroriga muvofiq:

1. Kuyidagilar:2012 yilda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi 1-ilovaga* muvofiq; O’zbekiston Respublikasining 2012 yilgi Davlat byudjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining, Respublika yo’l jamg’armasining, byudjetdan tashqari Ta’lim va sog’liqni saqlash

muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasining, Sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasining 2012 yilgi asosiy parametrlari 3-6-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin. 2. 2012 yilgi Davlat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.

Belgilab qo’yilsinki, Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish, qonun hujjatlariga muvofiq respublika byudjeti mablag’larining 2012 yil boshidagi bo’sh qoldiqlari va boshqa

qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 3. 2012 yil uchun: qo’shilgan qiymat solig’i stavkalari 20 foiz miqdorida; yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i stavkalari 7-ilovaga* muvofiq;jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalari 8-ilovaga* muvofiq; yagona soliq to’lovi stavkalari 9-1,9-2 va 9-3-ilovalarga*muvofiq;



tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo’yicha yuridik va jismoniy shaxslarga belgilab qo’yilgan soliq stavkalari 10-ilovaga* muvofiq; yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)

ga belgilab qo’yilgan soliq stavkalari 11-ilovaga* muvofiq; O’zbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to’lanadigan daromad solig’i stavkalari 10 foiz miqdorida; O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va ro’yxat bo’yicha chetdan keltiriladigan aktsiz solig’iga tortiladigan tovarlarga aktsiz solig’i stavkalari 12-1 va 12-2-ilovalarga* muvofiq; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 13-ilovaga* muvofiq; er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga* muvofiq; imzolanadigan bonus va tijorat topilmasi bonusi 15-1 va 15-2-ilovalarga* muvofiq; ayrim turdagi mahsulotlar bo’yicha ortiqcha foydadan soliq stavkalari 16-ilovaga* muvofiq; yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mulk solig’i stavkalari 17 va 18-ilovalarga* muvofiq; yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan er solig’i stavkalari 19-ilovaga* muvofiq; yagona er solig’i s tavkalari 20-ilovaga* muvofiq; mahalliy soliqlar va yig’imlar stavkalari 21-ilovaga* muvofiq; 22-ilovaga* muvofiq belgilangan soliqqa tortish ob’ektlarining O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va sog’liqni saqlash muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdorida; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar va ajratmalar stavkalari 23-ilovaga* muvofiq; mablag’larni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi va O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi o’rtasida 24-ilovada* keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlagan holda yagona ijtimoiy to’lov stavkasi 25 foiz miqdorida; fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga ularning mehnat haqi daromadlaridan majburiy sug’urta badallari stavkasi 5,5 foiz miqdorida tasdiqlansin. 4. 2012 yilning 1 yanvarid an boshlab: mehnatga haq to’lash Yagona tarif setkasining boshlang’ich razryadi etib birinchi razryad belgilansin, nulinchi razryad bekor qilinsin; respublikaning barcha tashkilotlarida mehnat haqi miqdori mehnatga haq to’lashning Yagona tarif setkasi bo’yicha birinchi razryaddan kam bo’lmagan holda belgilansin.5. 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab: yuk tashish bilan shug’ullanuvchi yagona soliq to’lovini to’lovchilar uchun yagona soliq to’lovining eng kam miqdori, xuddi shunday faoliyatni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqib, har bir transport vositasini hisobga olgan holda belgilanadi; ixtisoslashgan savdo tarmog’idan Rossiya Federatsiyasi va Ukrainada ishlab chiqarilgan yangi avtomobil xarid qiluvchi fuqarolar avtotransport vositalarini sotib olganligi va (yoki) vaqtinchalik O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirganligi uchun Respublika yo’l jamg’armasiga to’lanadigan yig’imlardan ozod etiladi; respublikaning ichki iste’molchilari uchun paxta tolasini sotish 20 foizlik stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’iga tortiladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo’mitasi bilan hamkorlikda bir hafta muddatda respublikaning ichki iste’molchilari uchun paxta tolasini sotishga qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash va to’lash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 6. 2012 yilning 1 yanvarid an boshlab: chakana savdo tarmog’ida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik mahsulotlariga 1 gramm zargarlik buyumi uchun 10 AQSh dollari ekvivalentida aktsiz solig’i joriy etilsin, bunda chakana savdo tarmog’i korxonalariga, tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo’lganida, sotib olingan zargarlik buyumlariga to’langan aktsiz solig’ini hisobdan chiqarish huquqi berilsin; mobil aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun oyiga 400 so’m miqdorida to’lov joriy etilsin, mablag’lar 25-ilovaga* muvofiq taqsimlansin. O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda bir oy muddatda mobil aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lovlarni hisoblash va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlasin. 7. 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab ko’chmas mulkni, shu jumladan uy-joylarni ijaraga topshirishdan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish shartnomada belgilangan ijara haqi miqdoridan kelib chiqqan holda, biroq quyidagilardan: yuridik shaxslarga – davlatning ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining eng kam s tavkalaridan; uy-joylarini ijaraga topshiruvchi jismoniy shaxslar uchun –26-ilovaga* muvofiq belgilangan ijara haqi stavkalaridan kelib chiqib hisoblangan miqdorlardan kam bo’lmagan holda belgilansin. 8. Tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishni kengaytirishni yanada rag’batlantirish va xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlari bilan 27-ilovaga muvofiq avval berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2014 yilning 1 yanvarigacha uzaytirilsin. 9. Belgilab qo’yilsinki yagona soliq to’lovi tushumlari O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Respublika yo’l jamg’armasi hamda byudjetdan tashqari Ta’lim va sog’liqni saqlash muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi o’rtasida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda taqsimlanadi.13. Davlat hokimiyati va mahalliy davlat boshqaruvi organlarining barcha darajalardagi mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy byudjetlarning O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidagi ulushini ko’paytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari: suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq; yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)dan olinadigan qat’iy belgilangan soliq; respublikada ishlab chiqariladigan pivo va o’simlik yog’iga aktsiz solig’i bo’yicha tushumlar to’liq hajmda mahalliy byudjetlar daromadlariga o’tkazilsin. 14. 2012 yil uchun: Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlar va xarajatlar hajmlari, respublika byudjetidan subventsiyalarning cheklangan miqdorlari 28-ilovaga* muvofiq; Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 29-ilovaga* muvofiq; respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yo’l qo’yiladigan eng kam miqdorlari 30-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

15. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli mahalliy byudjetlarga byudjetdan subventsiyalar va ssudalar (daromadlar va xarajatlar o’rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar bo’yicha barcha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’liq tushishidan, shuningdek yagona ijtimoiy to’lov bilan birga ish haqi, nafaqalar va ularga tenglashtirilgan to’lovlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining xarajatlarini birinchi navbatda so’zsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.

16. 2012 yil uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg’armasi hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining zaxira jamg’armalari miqdorlari 31-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

17. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari orqali ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to’lashda manzil aniqligini oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Respublika "Mahalla" jamg’armasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat statistika qo’mitasi bir oy muddatda oilalarning umumiy daromadlari yanada to’liq hisobga olinishini nazarda tutgan holda nafaqalar tayinlashning amaldagi tartibini yanada takomillashtirish bo’yicha takliflarni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 20. 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab bolalar musiqa va san’at maktablari o’qituvchilari, kontsertmeysterlari va rahbar xodimlarining mehnatiga haq to’lash bazaviy tarif stavkalari, ularning pedagogik vazifalarini ayni bir vaqtda 10 foizga ko’paytirgan holda o’rtacha 20 foizga oshirilsin. 21. Ta’lim jarayoniga o’qitishning zamonaviy uslublarini joriy etish, o’quvchilarda mustaqil bilim olish ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi amaldagi asosiy o’quv rejalarini qaytadan ko’rib chiqsin, bunda 2012/2013 o’quv yilidan boshlab sinf (auditoriya) mashg’ulotlari o’rtacha 5 foizga kamaytirilishi nazarda tutilsin, bo’shaydigan mablag’lar o’quv jarayoniga axborot va boshqa zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishni kengaytirish, kompyuter sinflari, o’quv-laboratoriya sinflarini, o’quv ustaxonalarini sarflanadigan materiallar va butlovchi buyumlar bilan ta’minlash bo’yicha dasturlarni, shuningdek umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining binolarini joriy ta’mirlashni moliyalashtirishga o’naltirsin.

22. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Fanlar Akademiyasining 2012 yil 1 yanvardan boshlab ilmiy loyihalarga grantlarni byudjetdan moliyalashtirish tartibini joriy etish to’g’risidagi taklifi qabul qilinsin, unda quyidagilar: ilmiy grant mablag’i miqdorining 95 foizini – tadqiqot davri mobaynida, ilmiy loyihani amalga oshirishda mehnat sarfi va moddiy xarajatlarni qoplash uchun ajratish; 5 foizini – keyinchalik ishlab chiqarishga yoki ilmiy-pedagogik jarayonga tatbiq etish uchun ilmiy loyihani amalga oshirish natijalari ekspertizadan o’tkazilib buyurtmachi tomonidan qabul qilganidan so’ng ajratish nazarda tutilsin. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi, Fanlar akademiyasi ikki hafta muddatda fundamental va amaliy tadqiqotlarning ilmiy-texnik dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to’g’risidagi nizomga belgilangan tartibda o’zgartish va qo’shimchalar kiritsin. 23. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o’rta muddatli davlat g’aznachilik majburiyatlarini yangidan joylashtirmasdan, 2012 yil mobaynida ular bo’yicha qarzlarni respublika byudjeti mablag’lari hisobidan to’liq uzishga erishsin. 24. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida" 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-son qarori 24-bandining amal qilishi 2013 yilning 1 yanvarigacha uzaytirilsin. 25. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2011 yilgi O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining asosiy parametrlarini va O’zbekiston Respublikasi davlat maqsadli jamg’armalarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish to’g’risidagi taklifi qabul qilinsin: byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,1foiz bo’lgani holda, Davlat byudjeti daromadlari 16 746,8 mlrd so’m, xarajatlari 16 802,6 mlrd so’m miqdorida; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining daromadlari 6 145,0 mlrd so’m va xarajatlari 6 030,1 mlrd so’m miqdorida; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasining daromadlari 941,2 mlrd so’m va xarajatlari 816,5 mlrd so’m miqdorida.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligining G’aznachiligi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2012 yilning yanvar oyida, o’tkazilgan operatsiyalarni 2011 yilgi Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2011 yilgi Davlat byudjeti ijrosi bo’yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalar o’tkazsin. 26. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi har chorakda ajarilishini va O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2012 yilgi ijrosini tahlil etish natijalari bo’yicha, zarur hollarda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjetining asosiy parametrlarini belgilangan taqchillik doirasida aniqlashtirishga doir takliflar kiritsin. 27. 2012 yilning 1 yanvaridan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 32-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin. 2012 yilning 1 yanvaridan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 33-ilovaga* muvofiq o’zgartish va qo’shimchalar kiritilsin. 28. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o’zgartirish va qo’shimchalar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

29. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O’zbekiston Respublikasi

Prezidenti I. Karimov

Toshkent sh.,

2011 yil 30 dekabr,

PQ-1675- son



1-31-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

(7-24, 26, 27-ilovalarning norasmiy tarjimasi beriladi )__

20.  BAHOLASH MEZONLARI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi

Soliq nazariyasi” fanidan talabalarning

reytingini aniqlash

MEZONI
Kafedraning 2012yil 1 iyundagi 19-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan.

Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri



____________ prof. A.Jo’rayev

Tuzuvchilar: dots. v.b. G’.Safarov

k.o’q. N.Yakubova

k.o’q. M.Usmanova



Toshkent-2012

Fan bo’yicha baholash mezonlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-son buyrug‘i bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom”da ko‘rsatilganidek, talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholash quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:

  • Joriy nazorat (JN);

  • Oraliq nazorat (ON);

  • Yakuniy nazorat (YaN).

“Soliq nazariyasi” fani bo‘yicha talabaning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

  • Joriy nazorat - 35 ball;

  • Oraliq nazorat – 35 ball;

  • Yakuniy nazorat – 30 ball.

Joriy nazorat bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratilgan har bir mavzu bo‘yicha talabaning adabiyotlardan olgan konspekti, bilimi, mustaqil ijodiy fikr-mulohazalari, soliqlarga oid amaliy jadval va statistik ko’rsatkichlariga tahlily yondosha olishi, mustaqil ishi natijalari va amaliy ko‘nikmalarini aniqlab borish nazarda tutiladi va u amaliy mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi.

Oraliq nazoratda fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo‘limi yoki qismi bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar o‘tib bo‘lingandan so‘ng talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savolga javob berish yoki muammoni yechish mahorati va qobiliyati aniqlanadi. Oraliq nazorat semestr davomida 2 marotaba o‘tkaziladi. Talabalarning bilimi birinchi davrada fanning 1-5 mavzularini qamrab olgan qismi bo‘yicha 0-17 ball doirasida, ikkinchi davrada fanning 6-10 mavzularini qamrab olgan qismi 0-18 ball doirasida baholanadi. Oraliq nazoratda talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ma’ruzalar o‘tilgan mavzular bo‘yicha og‘zaki, yozma ish, test o‘tkazish usullari va talabaning mustaqil ishi nazarda tutilgan holda baholanadi.

Joriy va oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball to‘plangan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy(JN) va oraliq nazorat(ON)lar uchun yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.

Yakuniy nazorat semestr yakunida o‘tkazilib, yakuniy nazoratda talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari ishchi o‘quv dasturidan kelib chiqqan holda fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. Yakuniy nazorat og‘zaki so‘rash, amaliy topshiriqlarni mustaqil echish, suhbat, yozma ish yoki test o‘tkazish usulida amalga oshiriladi.

Fan bo‘yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy balning 55 foizi, ya’ni 39 ball saralash balli hisoblanib, ushbu balldan kam ball to‘plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

Joriy(JN) va oraliq nazorat(ON) turlari bo‘yicha 55 va undan yuqori balni to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‘l qo‘yiladi.

Talabaning semestrda joriy (JN) va oraliq(ON) nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari yig‘indisi 55 baldan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.

Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o‘zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o‘zlashtirna olmagan talaba, fakultet dekani tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.

Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimall ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Soliq nazariyasi” fani bo’yicha talabalarning bilimlarini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar inobatga olinadi


Ball

Baho

Talabalarning bilim darajasi

1

2

3

86-100

“A’lo”

Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtira olish

Amaldagi soliq tizimi tavsiflay va tahlil qila olish

Soliqlarni rivojlanish bosqichlarini davrlaga ajratish va har bir davrning o’ziga xos xususiyatlarini farqlash

Soliq nazariyalarining vujudga kelishi va nazariyachilarning soliqlarga oid qarashlarini talqin etish

Soliq elemenlarini ta’riflash va ularni tahlil jarayonida ajrata bilish

Soliqlarni guruhlash

Soliq siyosati va uning yo’nalishlari xaqida tasavvurga ega bo’lish

Soliq tamoyillari: Amir Temur tamoyillari, kllassik iqtisodchilar tomonidan yaratilgan tamoyillar, zamonaviy tamoyillar-o’xshashlik va farqlar

Soliqlarning makroiqtisodiy holatga uzviy bog’liqligini asoslash

Soliq ishini yuritishning nazariy asoslarini bilish

Iqtisodiyotda soliqlarning xo’jalik yurutuvchi sub’yektlar faoliyatidagi o’rnini ko’rsata bila olish

Mavzuga oid amaliy jadval, grafik-diagrmmalarni qo’llay olish



71-85

“Yaxshi”

O’rganilayotgan mavzular yuzasidan mustaqil mushohada yuritish

Amaldagi soliq tizimi tavsiflay va tahlil qila olish

Soliqlarni rivojlanish bosqichlarini davrlaga ajratish va har bir davrning o’ziga xos xususiyatlarini farqlash

Soliq nazariyalarining vujudga kelishi va nazariyachilarning soliqlarga oid qarashlarini talqin etish

Soliq elemenlarini ta’riflash va ularni tahlil jarayonida ajrata bilish

Soliqlarni guruhlash

Soliq siyosati va uning yo’nalishlari xaqida tasavvurga ega bo’lish

Soliq tamoyillari: Amir Temur tamoyillari, kllassik iqtisodchilar tomonidan yaratilgan tamoyillar, zamonaviy tamoyillar

Soliqlarning makroiqtisodiy holatga uzviy bog’liqligini asoslash

Soliq ishini yuritishning nazariy asoslarini bilish

Mavzuga oid amaliy jadval, grafik-diagrmmalarni qo’llay olish


56-70

“Qoniqarli”

O’rganilayotgan mavzular yuzasidan umumiy xulosaga ega bo’lish

Amaldagi soliq tizimi tavsiflay olish

Soliqlarni rivojlanish bosqichlarini davrlaga ajratish

Soliq nazariyalarining vujudga kelishi va nazariyachilarning soliqlarga oid qarashlar haqida tasavvurga ega bo’lish

Soliq elemenlarini ta’riflash

Soliqlarni guruhlash

Soliq siyosati va uning yo’nalishlari xaqida tasavvurga ega bo’lish

Soliq tamoyillarini bilish

Soliqlarning makroiqtisodiy holatga uzviy bog’liqligini asoslash

Soliq ishini yuritishning nazariy asoslarini bilish



0-55

“Qoniqarsiz”

O’rganilayotgan mavzular yuzasidan umumiy xulosaga ega bo’lmaslik

Amaldagi soliq tizimini tavsiflay olmaslik

Soliq elemenlari, soliq tamoyillari, soliqlarni guruhlashni bilmaslik

1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət