Ana səhifə

Soliqlar va soliqqa tortish


Yüklə 1.88 Mb.
səhifə28/31
tarix26.06.2016
ölçüsü1.88 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31

9-bob. Soliq qarzini to’lashni kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib

to’lash

54-modda. Soliq qarzini to’lashni kechiktirishning va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lashning umumiy shartlari


Soliq qarzini to’lashni kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lash vaqtinchalik moliyaviy qiyinchilikka ega bo’lgan korxonalarga davlat tomonidan yordam ko’rsatish maqsadida to’lash muddatini soliq to’lovchi qarz summasini bir yo’la yoki bosqichma-bosqich to’lagan holda keyinroq muddatga ko’chirishdan iboratdir.

Soliq qarzini to’lashni kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan bir oydan yigirma to’rt oygacha muddatga beriladi.

Oxirgi hisobot sanasidagi holatga ko’ra joriy aktivlar summasining jami 20 foizidan ortiq miqdordagi qo’shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hamda moliyaviy sanktsiyalarni undirish to’g’risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy ichida soliq qarzi oyma-oy bo’lib to’langan holda amalga oshiriladi.

To’lashni kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lash soliq qarzining hammasiga yoki uning bir qismiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin.

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha penya hisoblash tegishli soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha qarzni to’lashni kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lashning amal qilish davri boshlanishidan e’tiboran to’xtatib turiladi.

Soliq qarzini to’lashni kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini berish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ushbu moddaning qoidalari bojxona to’lovlarini va davlat bojini to’lashga tatbiq etilmaydi. Bojxona to’lovlarini va davlat bojini to’lashni kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lash bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va asoslarda amalga oshiriladi.

55-modda. Soliq qarzini to’lashni kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lashning amal qilishini tugatish

Soliq qarzini to’lashni kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lashning amal qilishi u (ular)berilgan muddat o’tganidan keyin tugaydi.

Soliq qarzini to’lashni kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lashning amal qilishi soliq to’lovchi kechiktirilgan va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lanadigan soliq qarzining jami summasini kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lash muddati o’tguniga qadar to’lagan yoki soliq to’lovchi kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lash shartlarini buzgan hollarda muddatidan ilgari tugatiladi.

10-bob. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning ortiqcha to’langan summalarini hisobga olish hamda qaytarib berish




56-modda. Soliqning ortiqcha to’langan summalarini hisobga olish


Soliqning byudjetga to’langan hamda to’lash uchun hisoblangan summasi o’rtasidagi, taqdim etilgan soliq hisoboti asosida aniqlanadigan ijobiy farq soliqning ortiqcha to’langan summasi deb e’tirof etiladi.

Ortiqcha to’langan summa soliq qarzini quyidagi ketma-ketlikda uzish hisobiga hisobga olinishi kerak:

1) soliqning mazkur turi bo’yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga;

2) boshqa turdagi soliqlar bo’yicha qarzni uzish hisobiga;

3) boshqa turdagi soliqlar bo’yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga;

4) mazkur soliq bo’yicha kelgusi to’lovlar hisobiga;

5) boshqa turdagi soliqlar bo’yicha kelgusi to’lovlar hisobiga.

Ortiqcha to’langan soliq summasini mazkur soliq turi bo’yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga hisobga olish davlat soliq xizmati organi tomonidan mustaqil ravishda soliq to’lovchining arizasisiz amalga oshiriladi, soliq to’lovchi bu haqda hisobga olish amalga oshirilgan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda yozma ravishda xabardor etiladi.

Ushbu modda ikkinchi qismining 2, 3 va 5-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ortiqcha to’langan soliqni hisobga olish hisobga olishni amalga oshirish to’g’risida davlat soliq xizmati organi tomonidan xulosa taqdim etilgan taqdirda, soliq to’lovchining yozma arizasi asosida tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat soliq xizmati organi soliq to’lovchi yozma ariza bergan sanadan e’tiboran uch kunlik muddatda hisobga olishni amalga oshirish to’g’risidagi xulosani moliya organlariga taqdim etishi shart.

Soliq to’lovchi soliq hisoboti taqdim etilgan sanadan e’tiboran o’n kun ichida yozma ariza bermagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi tegishli moliya organlariga ushbu modda ikkinchi qismining 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hisobga olishni amalga oshirish to’g’risida mustaqil ravishda xulosa taqdim etishi mumkin.

Ortiqcha to’langan soliq summasini hisobga olish bu xususda xulosa berilgan sanadan e’tiboran o’n ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Ortiqcha to’langan soliq summasi boshqa soliq to’lovchining soliq qarzini uzish hisobiga hisobga olinishi mumkin emas.



57-modda. Ortiqcha to’langan soliqlar summalarini qaytarish

Ushbu Kodeksning 56-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olish amalga oshirilganidan keyin ortiqcha to’langan soliqlarning qolgan summasi soliq to’lovchining bankdagi hisobvarag’iga pul mablag’larini o’tkazish orqali qaytarilishi kerak.

Ortiqcha to’langan soliq summalarini qaytarish davlat soliq xizmati organi qaytarish uchun soliq to’lovchining yozma arizasi asosida xulosa taqdim etgan taqdirda, qaytarish to’g’risidagi ariza topshirilgan sanadan e’tiboran o’ttiz ish kuni ichida tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.

58-modda. Boshqa majburiy to’lovlarning ortiqcha to’langan

summalarini hisobga olish va qaytarish

Boshqa majburiy to’lovlarning to’langan va to’lash uchun hisoblangan summasi o’rtasidagi ijobiy farq boshqa majburiy to’lovlarning ortiqcha to’langan summasi deb e’tirof etiladi.

Boshqa majburiy to’lovlarni hisobga olish hamda qaytarish ushbu Kodeksda va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.

Bojxona to’lovlarining ortiqcha to’langan summalarini hisobga olish va qaytarish bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Ortiqcha to’langan boshqa majburiy to’lovlar summalarini qaytarish ortiqcha to’langan summa qaysi byudjet yoki davlat maqsadli jamg’armasiga o’tkazilgan bo’lsa, o’sha byudjet yoki davlat maqsadli jamg’armasi mablag’laridan ularni undirib olish majburiyati zimmasiga yuklatilgan organlar tomonidan amalga oshiriladi.

1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət