Ana səhifə

Mavzu: Atom yadrosining tuzilishi. Protonlar, neytronlar. Yadro kuchlari. Darsning maqsadi: Ta’limiy


Yüklə 28.75 Kb.
tarix24.06.2016
ölçüsü28.75 Kb.
Mavzu: Atom yadrosining tuzilishi. Protonlar, neytronlar.Yadro kuchlari.
Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy: Dars jarayonida o`quvchilarga:

  1. Atom yadrosining tuzilishi haqida tushuncha berish;

  2. Protonlar va neytrolarning fizik xossalari haqida tishuncha berish;

  3. Izotoplar,yadro kuchlari,yadro reaksiyalari to`g`risida ma’lumotlar berish.

2. Tarbiyaviy: Dars jarayonida o’quvchilarga axloqiy hamda vatanparvarlik tarbiyasini berish.

3. Rivojlantiruvchi: Dars jarayonida o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini o’stirish.

Dars materiallari va jihozlari:

1.9-sinf “Fizika” darsligi

2.Kimyoviy elementlar davriy sistemasi

3.Atom va yadro tuzilishiga doir plakatlar

4.Kompyuter,videoproyektor

Darsning asosiy tushunchalari:

-yadro


-proton va neytron

-izotoplar

-yadro kuchlari

-yadro reaksiyalari



Darsning blok sxemasi





Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

O`tilgan mavzuni takrorlash

9 minut

3

Yangi mavzu ustida ishlash

23 minut

4

O`rganilgan mavzuni mustahkamlash

9 minut

5

Darsni xulosalash va yakunlash,uyga topshiriqlar berish

2 minut


Darsning borishi

I. Tashkiliy qism: Sinf va o1quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish , o`quvchilarni guruhlarga bo’lish
II. O’tilgan mavzuni takrorlash.
a) Klaster uslubida elektron,atom va yadro to`g`risida ma’lumotlar berish

Guruhlarga “Elektron”,”Atom” va “Yadro” deb yozilgan qog`ozlar beriladi,ular bu qog`ozlarga elektron,atom va yadro to`grisidagi ma’lumotlarni yozadilar.Har bir to`g`ri yozilgan ma’lumot uchun 1 ball beriladi.

b) Blitz savollariga javob berish (Har bir to`g`ri javob uchun 1 ball beriladi)

1-guruhga savolar

a) Yorug’likning bir shaffof muhitdan boshqasiga o’tayotganida o’z yo’nalishini va tezligini o’zgartishi qanday hodisa deb yuritiladi ?

b) Fotonning energiyasi qanday formula bilan ifodalanadi ?

v) Atom tuzilishining Rezerford taklif qilgan modeli nima uchun planetar model deb ataladi ?



2-guruhga savollar

a) Qanday linzalar yorug’lik nurini to’playdi, qanday linzalar esa uni sochadi ?

b) Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasini yozib bering ?

v) Rezerford tajribalariga ko’ra atomning o’lchami va yadroning o’lchami qanday ?



3-guruhga savollar

a) Yorug’likning bo’shliqda tarqalish tezligining qiymati nimaga teng ?

b) Fotoeffekt deb nimaga aytiladi ?

v) N. Borning ikkinchi postulatiga ko’ra atom yutgan yoki chiqargan kvantining energiyasi qaysi formula bilan topiladi ?


III Yangi mavzuni guruhlarda ishlash

Mavzular yozilgan kartotekalar guruhlarga quyidagi tartibda tarqatiladi.

1.guruh: Proton va neytronining kashf etilishi. Yadro tuzilishi

2.guruh: Izotoplar

3.guruh: Yadro kuchlari

Guruhlar har bir mavzu bo`yicha 4 minutda aniq va lo`nda ma’lumot to`plashlari lozim.

Belgilangan vaqt tugagach kartotekalar almashtiriladi.

1-guruh o’rganishi lozim bo’lgan ma’lumotlar:

-Proton 1919 yilda ingliz fizigi Ernest Referfordtomonidan azotni α zarralar bilan bombardimon qilish qilish vaqtida kashf etildi

- Protonning zaryadi: qp=1,6 * 10 -19 C

- Protonning massasi mp=1,00728 m.a.b

- 1920 yilda neytronning mavjudligi to’g’risidagi q’oya Rezerford tomonidan aytildi.

-1932 yilda Rezerfordning shogirdi D.Chedvik neytronni tajribada aniqladi

-Neytronning zaryadi q n = 0

-Neytronning massasi m n = 1,0866 m.a.b

-Neytron kashf qilingandan so’ng darhol rus olimi D. Ivanenko va nemis olimi V.Geyzenberg tomonidan yadroning proton- neytron modeli taklif qilindi. Bu modelga ko’ra yadro proton- neytronlardan tashkil topgan.

- Protonlar va neytronlar umumiy nomi nuklonlar deb yuritiladi.

-Yadrodagi barcha nuklonlar soni Massa soni deb ataladi

-Protonlar sonini Z bilan, Neytronlar sonini N bilan, massa sonini A bilan belgilaymiz: A=Z+N

-Kimyoviy element AZ X yoki ZXA ko’rinishda belgilanadi. Masalan:

8O16, 29Cu65, 92U238 va hokazo

-elktronlarning massasi juda kichik (protonning massasidan 1836 matra, neytronning masasida 1840 marta) bo’lganligi uchun kimyoviy elementlarning nisbiy atom massasi taxminan A soniga teng bo’ladi


2-guruh o’zgarish kerak bo’lgan ma’lumotlar:

-Mendeleyev jadvalida birta katakni egallashi lozim bo’lgan elementlar izotoplar deb yuritiladi (lotincha “izos”-teng, “topos”-joy)

-izotoplarda protonlar soni har xil bo’ladi. Masalan;

11Na23; 11N24 yoki 92 U235; 92U238

-Bir element izotoplarining xossalri bir-biridan ma’lum darajada farq qildi. Masalan

a) Oddiy suv H2O b) Og’ir suv D2O

normal atmosfera bosimida oddiy suv 100 º C da qaynaydi, 0 ºC da muzlaydi. Og’ir suv esa 101,2 º C da qaynaydi, 3,8 º C da muzlaydi


3-guruh o’ganishi kerak bo’lgan ma’lumotlar.

-Yadro kuchlari faqatgina nuklonlar orasida ta’sir qiladi

-Yadro kuchlarining ta’sir doirasi 10-12 -10-13 sm, shu sababli bu kuchlarni “qisqa qo’lli pahlavon” deb yuritishadi. Nuklonlar orasidagi masofa 10-13sm dan kattalasha boshlasa yadro kuchlari keskin kamayadi

-Yadro kuchlari tabiatda uchraydigan kuchlar ichida eng kuchlisi hisoblanadi, ular elektromagnit kuchlaridan 100 barobar katta.

-Qadimda alximiklar mishi oltinga, temirni kumushga aylantirishga harakat qilganlar, ammo bu samara bermagan. Bir elementni boshqasiga aylantirsh uchun ularning yadrolarni o’zgartirish kerak ekanligini ular bilmaganlar.

-Agar yadrolar bir-biri bilan yoki elementar zarracha bilan to’qnashsalar bir yadro boshqasiga aylanishi mumkin. Bu hodisa fanda “Yadro reaksiyalarideb yuritiladi

-Birinchi yadro reaksiyasini E.Rezerford amalga oshirgan. U azot yadrolarining α-zarra (Geliy yadrolari) bilan bonbardimon qilib kislorod yadrosini hosil qilgan, bu reaksiyada proton ham ajralib chiqqan. Shu yadro reaksiyasi tufayli Rezerford protonni kashf qilgan.

7N14 + 2He2 8O17 +1P1

-Yadro reaksiyalarida zaryadning va massaning saqlanish qonuni o’rinli bo’ladi.

Guruhlar mavzularni o`rganib bo`lishgach,har guruhdan birtadan o`quvchi chiqib mavzular bo`yicha to`plangan ma’lumotlarni aytib beradilar.Boshqa guruh o`quvchilari bu ma’lumotlardagi xatoliklarni tuzatishlari va qo`shimcha ma’lumotlarni kiritishlari mumkin.Har bir to`g`ri ma’lumot 1 ball bilan baholanadi.O`quvchlar ma’lumotlarni yaxshiroq o`zlashtirib olishlari uchun quyidagi didaktik o`yinlar o`tkaziladi:

1.”Kim chaqqon va bilimdon” o`yini

Bu o`yinda barcha o`quvchilar ishtirok etadilar.Har bir o`quvchi o`zining guruhdoshlari emblemalarida tasvirlangan kimyoviy element yadrosining tuzilishini yozishi kerak.Ishni birinchi bo`lib yakunlagan o`quvchilar(har bir guruhdan bir o`quvchi) yadrolarning tuzilishini doskaga yozadilar.

2. “Topqirlar bahsi “o`yini

O`qituvchi har bir guruhdan birtadan o`quvchini doska oldiga taklif qiladi. O`quvchilarga videoproyektor(yoki kartoteka) orqali quyidagi kimyoviy elementlar yozilgan qatorlar tavsiya qilinadi.O`quvchilar bu qatorlardagi izotoplarni topishlari kerak.

1) Vodorod: 1H1; 2H1; 1H3; 3H1; 2H2

2) Xlor : 20Cl35;17Cl35;18Cl36;17Cl37;17Cl36;18Cl35

3) Mis : 29Cu64;29Cu65;30Cu64;30Cu65;29Cu63

Izotoplarni to`g`ri topgan o`quvchiga 1ball beriladi.

IV. O’rganilgan o’quv materealini mustahkamlash.
A)“Iqtidor” intellektual o`yini savollari

1.Protonning kashfiyotchisi kim ?

-Ernest Rezerford.

2. Neytronni tajribada kim aniqlagan ?

-Devid Chevik.

3. Yadroni qanday zarrachalr tashkil qiladi?

-Protonlar va neytronlar, ular umumiy nomi bilan nuklonlar deyiladi.

4. Atomdagi elektronlar soni yadrodagi protonlar soniga teng bo’ladimi yoki

neytronlar soniga ?

-Protonlar soniga

5. Yadro atrofida 51 ta elektron aylanadi, yadrodagi neytronlar soni esa 73 ta. Bu qaysi element

-Surma elementining izotopi

6. Yadro kuchlari nima uchun “Qisqa qo’lli pahlavon” deb yuritiladi

-Chunki ular yadro o’lchamidagi juda qisqa masofalarda (10-12-10-13 sm ) ta’sir

qiladi .

Testlar


Test savollariga javoblarini o`quvchilar A,B,C yoki D harflari yozilgan kartotekalardan birini ko`tarish orqali bildiradilar.
1.Radon 86Rn222 yadrosining tuzilishi qanday ?

(Z-protonlar soni, N-neytronlar soni, Ze- elektronlar soni)



  1. Z=86 ; N=222 ; Ze=86

B) Z=86 ; N=136 ; Ze=0

C) Z=136 ; N=186 ; Ze=86

D) Z=136 ; N=86 ; Ze=0

2.Berilgan elementlar orasidan geliyning izotoplarini topib bering ?

1.3X2 2. 2X3 3. 2X4 4. 4X2 5. 3X5 6. 4X5

A) 2 va 3 B) 1 va 5 C) 5 va 6 D) 1 va 2

3. Quyidagilarning qaysi biri 11 N 23 ning izotopi emas ?

1. 11X22 2. 11X24 3.12X23 4. 12X24

4.Quyidagi yadro reaksiyada ? belgisining o’rnida qanday zarracha bo’lishi kerak ?

3Li7 + 1H2 4Be8+ ?

A) 1P1 B) 0n1 C) -1e 0 D) 2He 4

5. 13 Al 27 yadrosi neytronlar bilan bombardimon qilinganda 2 He 4 va ya’ni bir yadro hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan no’malum yadroni toping ?

A)12Mg 24 B) 10 Ne23 C) 11Na 24 D) 10Ne 22

V. Darsni xulosalash va yakunlash, o’quvchilar baholanadi

Uyga topshiriqlar: Darslikdagi 106-109 betlar, o’rganilgan mazu yuzasidan testlar tuzib kelish.


Jondor tuman 2-ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabi Fizika fani o’qituvchisi Bozorov Yusuf Behbudovich


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət