Ana səhifə

Mavzu: Vitaminlar. Darsning maqsadi


Yüklə 4.05 Mb.
tarix24.06.2016
ölçüsü4.05 Mb.
Mavzu:Vitaminlar.

Darsning maqsadi:



1. Darsning ta’limiy maqsadi: Oquvchilarga vitaminlar, ularning turlari, vazifalari, meva va sabzavotlarda uchraydigan vitaminlar,ularning yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar haqida tushuncha berish,

2. Darsning tarbiyaviy maqsadi: Darsdan olgan bilimlarini kundalik hayotga qo’llay bilish malakasiga erishish,ekologik va gigiyenik ta’lim-tarbiya berish.

3. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Ovqat tarkibidagi vitaminlarning miqdori, odam organizmining vitaminlarga bo’lgan ehtiyojini o’rganish orqali salomatlik haqidagi bilim va malakalarini yanada rivojlantirish.

Dars turi: Yangi bilimlarini o’zlashtirish darsi.

Darsning uslubi: Guruhlarda ishlash, KVN darsi, BBB texnologiyasi, reklama, topgan topaloq.

Darsning jihozi: Turli xil meva va sabzavotlarning asli, rasmlari, garuhlar uchun topshiriqlar,darslik, vitamin dori preparatlari : pikovit, duovit va h.o.

Dars jarayonini tashkil etish


  • I. Tashkiliy qism ( 2 daqiqa )

  • II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash (5 daqiqa )

  • III. Yangi mavzuni tushuntirish ( 20 daqiqa )

  • IV. Yangi mavzuni mustahkamlash ( 13 daqiqa )

  • V. O’quvchilarni baholash ( 3 daqiqa )

  • VI. Uyga vazifa berish ( 2 daqiqa )

Darsning shiori: Sog’ tanda sog’lom aql. Sog’liging – boyliging

Tashkiliy qism :

a)Salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilar tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish;

b) Sinf o’quvchilarini guruhlarga bo’lish, oquvchilar A,B,C,D vitaminlari yozilgan varaqchalarni olib 4 guruhga bo’linadilar

1-guruh - Anatomiya

2-guruh - Fiziologiya

3-guruh – Gigiyena

4-guruh - Shifokorlar

Oqituvchining kirish so’zi : Vitaminlar biologik aktiv moddalar bo’lib, organizmda moddalar almashinuvida muhim ro’l o’ynaydi. Rus olimi N.I. Lunin 1880-yil himoya qilgan do’ktorlik disertatsiyasida vitaminlar organizm uchun muhim modda ekanligini birinchi bo’lib isbotladi. U ovqat tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, tuzlar va suvdan tashqari, alohida moddalar ham bo’ladi, bularsiz organism yashashi mumkin emas, degan xulosaga keldi. Bu noma’lum muhim moddalar 1912-yilda K. Funk tomonidan Vitaminlar deb nomlandi. Vita – hayot degan ma’noni bildiradi.




Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo’lib, har biri odam organizmida muhim fiziologik vazifani bajaradi. Shunday ekan bugungi darsimiz vitaminlarda bag’ishlangan KVN darsi

Oqutuvchi guruhlar uchun topshiriqlarni e’lon qiladi.

1- topshiriq guruhga nom tanlash va uni asoslab berish

1-guruh - Olma- ra’noguldoshlar oilasiga mansub mevali daraxt. Xushbo‘y, shirin va nordon olmalar, yurakni quvvatli qiladi. Xalq tabobatida surinkali bod, tovush bo‘g ‘ilishi, kamqonlik, oshqozon – ichak yo‘lining yallig ‘lanishi kabi kasalliklar davolangan .

Sanoatda olmadan murabbo, djem, kompot, sharbatlar tayyorlanadi. Uy sharoitida olmadan, yoki dejimidan tayyorlan piroqlar juda mazali va to‘yimli bo‘lib ishtahani ochadi. Olmani o‘zidan tayyorlangan pirok gijjalarda va dizenteriyada foyda qiladi. Uning tarkibida inson salomatligi uchun zarur maddalar, temir moddasi bor.



2-guruh - O‘rik – Mevasi yangiligida iste’mol qilinadi. Sanoatda ham oilada ham undan djem, sharbat, murabbo, kampot tayyorlanadi.O‘riklar asosan quritiladi Xalq tabobatida yurak og‘riganda, xafaqon kasalligida o‘rik mag‘zidan choy ichish tavsiya qilinadi. Ivitilgan turshak isitmalarga foyda qiladi va qabiziyat oldi olinadi.O‘rik mevasi tarkibida qandlar, pektin moddalar, organik kislotalar, karotin, C, PP vitaminlari bor.
3-guruh – Shaftoli - pishgan shaftoli me’da uchun yaxshi bo‘lib, ovqatga ishtaha tugdirish xusisiyati bor. Shaftolini ovqatning ustiga eyish yaramaydi, ovqatni ham buzadi o‘zi ham buziladi. Shuning uchun ovqatdan ilgari eyish zarur. Uning yog‘i bosh yarmining og‘rishida, issiqdan va sovuqdan paydo bo‘lgan quloq og‘riqlarida foyda qiladi. Shaftoli mevasi tajribada 15 % gacha qand, эfir moyi, pektin, karatinoidlar, organik kislotalar (olma, uzum, hin va limon) C,B vitaminlari, kaliy magniy va organizm uchun zarur bo‘lgan foydali moddalari bor.
4-guruh - Uzum - tokdoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik chirmashib o‘sadigan o‘simlik. Uzilgandan keyin ikki yoki uch kun saqlangan uzum o‘sha kuni uzulganidan yaxshidir.Yangi uzulgan uzum (ichni) dam qiladi. Asrab osib qo‘yilgan yaxshi oziqli bo‘lib badanni quvvatli qiladi. Mayiz jigar va me’daning do‘stidir. Uzum va mayiz birgalikda ichak og‘riqlariga, yaxshi mayiz эsa buyrak va qovuqqa foyda qiladi.

Mevasi tarkibida 30% gacha, oqsil, pektin, B1, B2, B6, B, C, P, PP vitaminlari, karotin va mineral tuzlar bor. Tok barglarida ham organik kislotalar, C, P vitaminlari va 2% gacha qand bor.Xalq tabobatida tok mevasi buyrak, qovuq, me’da, yurak, ichak-jigar kasalliklarini davolashda keng foydalaniladi. Ilmiy

medisinada uzumdan kamqonlik, surunkali bronxit kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
2- topshiriq Uy vazifasi deb nomladik ”Moddalar va energiya almashinuvi” mavzusi yuzasidan topshiriqlar berish.
1-guruh - Olma - Organizmda oqsillar almashinuvi haqida ma’lumot berish.

2-guruh - O‘rik -Organizmda uglevodlar almashinuvi haqida ma’lumot berish

3-guruh – Shaftoli Organizmda suv va mineral tuzlar almashinuvi haqida ma’lumot berish
4-guruh - Uzum- Assimiliyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari va organizmda yog’lar almashinuvi haqida ma’lumot berish
Dam olish daqiqasi

Reklama:oquvchilar pikovit va duovit vitamin dori preparatlarini reklama qilishadi

3- topshiriq BBB jadvalini toldirish. Oquvshilarga yangi mavzuni organishdan oldin savollar beriladi. O`quvchilar guruhda maslahatlashib bilgan savollarini yoniga bilaman ustuniga belgi qo`yib chiqadilar.Bilmaydiganlarini to`g’risiga bilmoqchiman ustuniga belgi qo`yadilar.



Savollar

Bilaman

Bimoq

chiman


Bilib oldim

1.Vitamin so’zining ma’nosi

2.Vitaminlarning qancha turi bor.

3. Avitaminoz –

4. Gipovitaminoz-

5. Gipervitaminoz-

6. Yog’da eruvchi vitaminlar

7. Suvda eruvchi vitaminlar

8. Organizmning vitaminlarga bo’lgan sutkalik ehtiyoji.

9. A vitamini ahamiyati

10 A vitamini qaysi mahsulotlarda ushraydi

11. D vitamini ahamiyati

12. D vitamini qaysi mahsulotlarda ushraydi

13. C vitamin ahamiyati

14. C vitamini qaysi mahsulotlarda ushraydi

15. B guruh vitaminlari ahamiyati

16. B guruh vitaminlari qaysi mahsulotlarda ushraydi

17. PP vitamin ahamiyati

18.PP vitamini qaysi mahsulotlarda ushraydi











O’qituvchi jadvalni yig’ib olib jadvaldagi ba’zi savollarga javob beradi


Avitaminoz – odam organizmida biron vitaminning mutloqa yo’qolishi.

Gipovitaminoz- odam organizmida biron vitaminning miqdorini kamayib ketishi.

Gipervitaminoz - odam organizmida biron vitaminning me’yoridan ortib ketishi.

Vitaminlar yog’da va suvda eruvchilarda bo’ladi.

Yog’da eruvchi vitaminlar - A va B vitaminlari.

Suvda eruvchi vitaminlar – B gruppa, K, C, PP vitaminlari. Organizmning vitaminlarga bo’lgan sutkalik ehtiyoji haqidagi jadval bilan tanishtiradi.


Organizmning vitaminlarga bo’lgan sutkalik ehtiyoji


Katta yoshdagi kishilar



Vitaminlar, mg

A

B1


B2


C

PP

D


A

Kar

otin


O’rtacha og’ir mehnat

bilan shug’ullanganda,

kamida

1

2

2

2

50

15





Og’ir mehnat

bilan shug’ullanganda,

kamida

1

2

2.5

2

75

20

0.025


Eng og’ir mehnat

bilan shug’ullanganda,

kamida

1

2

3

2

100

25





Homilador ayollar (5-8-oylik) kamida

2

4

2.5

2

75

20





Emizikli onalar kamida (chaqalog’I 7 oylik bo’lguncha),kamida

2.5

5

3

2

100

25






Bolalar:

7 yoshgacha kamida

1

2

1

2

25-30

15

0.012


7 dan 14 yoshgacha

1

2

1.5

2

50

15

0.025


14 yoshdan oshganlar, kamida

1

2

2

2

50

15




Yangi mavzuni mustaqil o’rganish uchun topshiriq beradi.



4- topshiriq Vitaminlar bilan tanishish

1-guruh - B guruh vitaminlarini organish



B1vitamin(tiamin). Organizmda bu vitamin kamayib ketsa yoki butunlay bo’lmasa, asablar sistemasi va yurakning faoliyati buzuladi; bu xastalik beri-beri yoki polinevrit deb ataladi.

B1 vitaminga tetiklik, bardamlik vitamini deyiladi. Organizmda bu vitamin salgina kamayganda ham aqliy charchoqlik seziladi, mushaklarda kuch-quvvat qolmaydi. Ishtaha yo’qolishi, asabiylanish, fikr tarqoqligi, uyqusizlik, holdan toyganlik hissi, mushaklarda og’riq paydo bo’lishi, yurak beruvchi belgilardir. Bunday kishi jismoniy mehnatdan keyin anchagina hordiqdan chiqolmaydi.

B1 vitaminning asosiy manbai boshoqli g’alla o’simliklaridir. Bu vitamini donning murtagida va sirtqi po’stida joylashgan bo’ladi. Ho’l meva va sabzavotlarning ko’pchiligida B1 vitamini bor. Grechixa yormasi, suli yormasi, no’xat, loviya va


burchoqlarda ham bu vitamin ko’p miqdorda bo’ladi. Non B1 vitaminga ayniqsa boy; shunga har kuni yeyiladigan nonning yarmini undan yoki javdar unidan yopilgan non tashkil etishi lozim.

B2 vitamin (riboflavin). Organizmda B2 vitamin yetishmasa, modda almashuv jarayoni buzuladi, bunda dermatit (terining yalig’lanishi) kasalligi, til va lablarning yallig’lanishi, ko’z muguz pardasi tomirlarining kengayishi, ko’zining achishib og’rishi, yorug’likka qaray olmaslik , ko’zning zaiflashishi lablarning qizarishi va yaralar hosil bo’lishi, sochning to’kilishi kabi va boshqa kasalliklar kelib chiqadi. Organizm B2 vitamini bilan yetarlicha ta’minlangan hollarda bu kasalliklarning hammasi o’tib ketadi. B2 vitamin ligar, tuxum sarig’I, sut va sut mahsulotlarida, no’xat,loviyatarkibida, meva va sabzavotlarda yetarli miqdorda, sabzi, karam, piyoz, ismaloq va pamidorda ancha ko’pdir.

B6 vitamin organizmning qon yaratish qobiliyatini tiklaydi va og’riq asab kasalliklaridan halos qiladi, sevuvchanlikni harakatlarning uyg’unligini tiklaydi, me’da-ichaklar faoliyatilarini tartibga soladi, ishtahani ochadi, xavfli kamqonlik kasalligini davolaydi. Is’temol qilinadigan ovqatda B12 vitamin juda kam bo’lgan hollarda qonda gemoglabin ketadi. O’txo’r ayvonlarning jigari va buyraklari, shuningdek, sanzi sharbati B12 vitaminga juda boy.

B2 vitamin (riboflavin). Organizmda B2 vitamin yetishmasa, modda almashuv jarayoni buzuladi, bunda dermatit (terining yalig’lanishi) kasalligi, til va lablarning yallig’lanishi, ko’z muguz pardasi tomirlarining kengayishi, ko’zining achishib og’rishi, yorug’likka qaray olmaslik , ko’zning zaiflashishi lablarning qizarishi va yaralar hosil bo’lishi, sochning to’kilishi kabi va boshqa kasalliklar kelib chiqadi. Organizm B2 vitamini bilan yetarlicha ta’minlangan hollarda bu kasalliklarning hammasi o’tib ketadi. B2 vitamin ligar, tuxum sarig’I, sut va sut mahsulotlarida, no’xat,loviyatarkibida, meva va sabzavotlarda yetarli miqdorda, sabzi, karam, piyoz, ismaloq va pamidorda ancha ko’pdir.

2-guruh - C vitaminini o’rganish

C vitamin (askorbin kislota) moddalar almashinuvida ayniqsa oqsillar, va uglevodlar almashinuvida muhim rol o’ynaydi. Bu vitamin etishmasa kishi tez charchaydigan bo’ladi, mehnat qilish qobiliyati pasayadi, organism angina, gripp kabi kasalliklarga tez chalinadi va singa kasalligi yuzaga keladi. Bu kasallik odamda umumiy holsizlik, milklarning tez shishib, qizarib, yuvganda qonashi, bo’shashib qolishi, tishlar qimirlab tushib ketishi bilan xarakterlanadi. Bu vitamin xo’l mevalarda, ko’katlarda, sabzavotlarda, ayniqsa limon, apelsin, mandarin, karam, pomidor, piyoz, ismaloq, shovul, krijovnik qulupnay, qizil bulg’or garmdori tarkibida ko’p bo’ladi. Tuzlangan vasirkalangan mahsulotlarda C vitamin yaxshisaqlanadi. Sabzavot, rezavor va mevalardan vitaminlarga boy har xil konservalar tayyorlanadi; pomidor va meva sharbatlari, kompotlar, ziravorli sirkaga bosilgan mevalar shular jumlasidandir.


3-guruh – A vitaminini o’rganish


A vitamin hayvon va odam organizmlarni o’sishi va rivojlanishida hujayralarning bo’linib ko’payishida, teri usti qavati, nafas yo’llari, ovqat hazm qilish organlarining ichki shilliq qavatining finksional holatini normal saqlashda, ko’z o’tkirligining yaxshi bo’lishini ta’minlashda ahamiyati katta. Bu vitamin yetishmaganda teri quruqlashib yoriladi nafas yo’llari va oshqozon-ichak ichki qavatining yallig’lanish kasalliklari yuzaga keladi. Ko’rish o’tkirligi pasayadi odam qorong’uda yaxshi ko’ra olmaydi. Bolalar va o’smirlar organizmining o’sishi va rivojlanishi susayadi. A vitamin baliq yog’ida, saryog’da, tuhim sarig’ida, jigarda, sabzi, qizil qalanpir, o’rik, olma, nok, bodiring, pamidor, piyoz, karam tarkibida bo’ladi. Eng qimmatli manbalaridan biri – qoramol jigari.
4-guruh - D vitaminini o’rganish



D vitamin bolalar organizmida bu vitamin yetishmasa roxit kasalligiga chalinadi. Bu kasallik bolaning 3-4 oyligidan boshlanadi. Dastlab bola ko’p terlaydi, uyqusi buzuladi, so’ngra bolaning suyaklari yumshab qolinishi natijasida egrilanib shakli buzuladi, ya’ni boshning ensa qismi pachoqlanadi, ko’krak qafasi ichiga botiq bo’lib qolishi yoki oldinga bo’rtib chiqishi mumkin. Bola yura boshlaganda oyoqlari egrilanib qoladi. Katta yoshdagi kishilarda D vitamini yetishmasa osteomolyasiya kasalligi boshlanadi bu suyaklarning yumshashi – mo’rtlashishidan iborat kasallikdir. Meva sabzavotta sterollar bo’ladi, ulardan quyosh nuri ta’sirida organizmida D vitamini hosil bo’ladi. Baliq moyi, tuhim sarig’I, saryog’ qoramol jigarida sut va sut mahsulotlarida D vitamini ko’p bo’ladi.
Darsni mustahkamlash BBB jadvalini toldirishni davom ettirish . Endi oquvchilar dars davomida bilib olgan savollarining to’g’risiga belgi qo’yib chiqishadi

Darsni yakunlash, baholash guruhlarning toplagan ballarini hisoblash, sardorlarga so’z beriladi . guruhida qatnashgan o’quvshilarning bilimini baholab berishadi


topgan topaloq: Sariq semiz moyi yo’q

Terisi qalin, juni yo’q ( oshqovoq )

Qat-qat quloq, o’zi dum – dumaloq ( Karam )

Yer ostida qizil qalpoq ( lavlagi )

Iyagi yerga qaragan

Soqoli osmonga qaragan ( sabzi )

Urmasdan yig’latadi ( Piyoz )
Uyga vazifa : Mavzuni o’qib kelish, har bir o’quvchi biron bir meva va sabzavotlarning ahamiyati, hosiyatlari haqida ma’lumotlar toplab kelish.

Olmaliq shahar XTMFMT va TEB tasarrufidagi 7-umumiy o’rta ta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi Abdullayeva Kimyoxonning

Vitaminlar ” mavzusida bir soatlik Dars ishlanmasi





Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət