Ana səhifə

Toshkent davlat arhitektura qurlish instituti arhitektura fakulteti arhitekturaviy muhitlar dizayni kafedrasi


Yüklə 17.28 Kb.
tarix24.06.2016
ölçüsü17.28 Kb.
O’ZBEKISTON RESPUBIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT ARHITEKTURA QURLISH INSTITUTI

ARHITEKTURA FAKULTETI

ARHITEKTURAVIY MUHITLAR DIZAYNI KAFEDRASI



Maurits Kornelis

Esher

Bajardi: 2-11 Du guruh talabasi Munasipov Anvar.



Maurits Kornelis Esher

Niderlanlar davlatining mashxur grafik – rassomi. Birinchi navbatda u o’zining litografiyalari, metall va yog’ochda ishlangan gravyuralari bilan dovrug’ qozongan. Maurits o’zinig ishlarida cheksizlik va simmetriyani o’rgangan. Shuningdek inson ruhiyatining murakkab uch o’lchamli rasmlarni qabul qilishini o’rgangan.


Esher Imp-Art ning yorqin namoyandalaridan biri.
Maurits Kornelis Esher 1898 yilda Niderlandlar davlatining Frislandiya provinsiyasi markazi Leuvarden shahrida tug’ilgan. Uning otasi Djordj Arnold Esher muxandis bo’lgan. Uning onasi Sara Adriana Gleyxman-Esher (Djorjning ikkinchi xotini) ministrning qizi bo’lgan. Maurits ularning kenja farzandi bo’lgan, uning 4 ta akasi bo’lgan.

Esherlar oilasi Prinsxof saroyida yashaganlar. Hozir u yerda keramika muzeyi ochilgan.

1912-1918 yillarda Maurits Arnem shahrida o’rta maktabda o’qigan. Sog’lig’ining yomonligi tufayli yaxshi o’qiy olmaydi. Rasm chizishni yaxshi ko’rgan bo’lsa ham imtixonni topshira olmagan. U 4 ta fandan yakuniy imtixonni topshira olmagani uchun maktab attestatini olmagan. Hamma geniylar kabi Esher ham chapaqay bo’lgan. u chap qo’lda chizib o’ng qo’lda yozgan.

1916 yilda Maurits o’zining birinchi linogravyurasini ishlagan. Bu uning otasining porteti. 1918yilda Delft shahridagi texnika bilim yutiga o’qishga arhitektura sohasi bo’yicha o’qishga kiradi. Yana yomon sog’lig’i tufayli o’qishdan chetlashtirilgan. 1919 yilda Harlemdagi arhitektura va nafis bezaklar maktabiga o’qishga kirgan. Bu yerda unga ustozlik qilgan rassom Samuel De Meskita katta ta’sir ko’rsatgan. Maurits o’zining ustozi bilan aloqalarini 1944 yilgacha saqlab kelgan. (Keyin uni, yevrey bo’lganligi uchun, fashistlar «Osvensim» konslageriga yuborib gaz kamerasida o’ldirishgan).




1922-1935 yillarda Esherlar oilasi Italiyada yashaydi. Maurits o’zining do’stlari bilan San-Jermino, Assizi, Ravenna, Venesiya, Paduya, Milan shahrlarida bo’ladi. Bu davrda u peyzajlar, o’simliklarni chizishga qiziqadi. So’ngra u Ispaniyaning Barselona va Madrid shaharlarida bo’ladi.


1923 yilda Italiyaning Siyena shahrida uning birinchi shaxsiy ko’rgazmasi ochiladi. Bu ko’rgazmada uning 1 ta ishi sotiladi. Shu yili Rovello shahrida Esher o’zining bo’lajak rafiqasi Jetta Umiker bilan tanishadi. Jetta shveytsariyalik sanoatchining qizi bo’lgan. 1924-yil 12 Mayda ular Viaredjo shahrida to’y qiladilar.


1925 yilda Esherning Arnold ismli akasi vafot etadi. Shundan so’g u o’zining “Yaratilish kunlari” nomli asarlar ketmaketligining 1-sini chizadi.


1926 yilda Esherning Djorj ismli o’g’li tug’iladi. 1928 yilda esa uning ikkinchi o’g’li Artur dunyoga keladi.

Umuman 1920-yillarning oxirlarida Esher tanila boshlaydi. Uning ishlari birinchi marta “mehanik” va “mantiqiy” deb ta’riflanadi.1933 yilda Amsterdamdagi Reyksmusium museyi uning 26 ta ishini sotib oladi.

Italiyada fashizm kuchayishi sababli 1935-1941 yillarda Esherlar Shveysariya va Belgiyada yashaydilar. Bu davrda Esher ko’p mehnat qilishga majbur bo’ladi.

1936 yilda Esher Bo’lishi mumkin bo’lmagan haqiqat mavzusidagi birinchi ishini chizgan. Bu “Ko’chali natyurmort” bo’lgan.

1939 yilda Esherning otasi vafot etadi. Uning o’limidan so’ng Esher o’zining taniqli “Metamorfozlar” deb nomlangan ishini yaratadi. Bu rasm ishlari ichida eng uzuni. Uning bo’yi 19 sm uzunligi esa 4 metrga yaqin. Unda 10 ta transformatsiya ko’rsatilgan.









1940 yilda esa uning onasi vafot etadi. 1941-1972 yillarda Esherlar oilasi Nierlandlarga qaytadi. 1949 yilda Rotterdamda uning grafik ishlarining ko’rgazmasi o’tkazilgan, bir qancha ishlari sotilgan.

Esher haqida “The Studio”, “Time”, “Life” jurnallarida maqolalar chop etilgach u nafaqat Yevropada, balki AQSHda ham taniqli rassomga aylangan.

1950 yilllarda Esher simmetriya haqida leksiyalar o’qishi bilan tanilgan. Vashingtonda shaxsiy ko’rgazmasi bo’lib o’tgan.

1950 yilda Vashingtonda u 150 ta rasmini ishini sotishga muvaffaq bo’ladi. Bu davrda Esher leksiyalari bilan Yevropa bo’ylab ko’p sayohat qiladi.

1955 yilda Vilgelmin qirolichasi unga ritserlik unvonini beradi. Esher haqida 1958 yilda “Tekisliklarni to’g’ri ajratish”, 1959 yilda “Grafik ishlar” maqolalari chop etiladi.

1961 yilda Esher ijodiga bag’ishlangan Ernst Gombrihning katta maqolasi chop etiladi.

Hayotining so’nggi yillari

1962 yilda u operatsiyani boshda kechiradi. 1965 yilda Karolina Makgilavri Esher haqida kitob yozadi.

1969 yilda Esher o’zinig oxirgi yog’ochdagi gravyurasini yaratadi. Buning nomi “Ilonlar”.



Keyinchalik uning sog’lig’i yanada yomonlashib u yana bir operatsiyani boshdan kechirgan. 1970 yili Osaka shahrida bo’lib o’tgan butunjahon ko’rgazmasida Esher haqida film namoyish qilinadi. 1971 yilda “Esher dunyolari” nomli kitob chop etiladi.



1972 yilning 27 martida Niderlandlarning Hilversyum shahrining kasalxonasida Esher vafot etgan. U Barn shahrida ko’milgan.


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət