Ana səhifə

Vilyam Shekspir


Yüklə 67.5 Kb.
tarix25.06.2016
ölçüsü67.5 Kb.

Vilyam Shekspir

(1564-1616)

Ingliz shoiri, dramaturgi, aktyori Vilyam Shekspir 1564-yilning 23-aprelida Yorkshir grafligidagi Stratford shahrida tug`ildi. Otasi – Jon Shekspir shahrning ancha mashhur kishilaridan bo`lib, shahar boshqaruvining turli lavozimlarnida ishlagan edi. Onasi – Meri shu yerlik qadimiy, ammo kambag`allashgan dvoryanlardan Robert Ardenning qizi edi. O`smir Vilyam Shekspir Stratforddagi shaharliklarning o`g`illari bepul tahsil ko`radigan hamda asosan til va adabiyot o`rgatiladign grammatik maktabda ta’lim olgan bo`lishi kerak. Bo`lajak adib cho`qintirilgani haqida cherkov daftaridagi qayddan so`nggi uning hayoti haqida deyarli hech qanday ma’lumot uchramaydi. Cherkov daftarida uning 1582-yil 27-noyabrida stratfordlik Enn Xetuey ismli qizga uylanganligi hamda to`ng`ich farzandlari Syuzen 1583-yilning 26-mayida, Hamlet va Judit ismli egizaklar 1585-yilning 2-fevralida cho`qintirilgani bitilgan.

Taxminlarga ko`ra, Shekspir 1592-yilda Londonga boradi va teatrda aktyorlik qiladi. U 1583-yilga, ya’ni 29 yoshga kirgunga qadar biror asar e’lon qilinga emasdi. Shekspir 1593-yilda “Venera va Adonis” deb nomlangan dostonni chop ettirdi. Adabiyotning homiysi bo`lmish yosh gersog Sautgemptonga bag`ishlangan bu asar o`sha vaqtda urf bo`lgan erotik yo`nalishda bo`lib, kutilmaganda katta muvaffaqiyat qozondi va ketma-ket sakkiz marta nashr qilindi. 1594-yilda birinchi asariga izma-iz “Lukresiya” nomli katta dostonni e’lon qildi. Shu yilning 28-dekabrida “Greyz Inn” teatrida Shekspirning “Xatolar komediyasi” asari o`ynaldi. 1595-yilning martida Shekspir yozgan va sahnalashtirgan pyesalari uchun kattagina mablag` oldi. Teatrda Sautgempton homiyligidagi faoliyat Shekspirga ham shuhrat, ham boylik keltirdi. Bunga otasi Jon Shekspirning bir necha yillik urunishlardan keyin 1596-yilda Geraldik palatadan “jentelmen”lik martabasini beradigan gerbni sotib olganligi birinchi dalil bo`lsa, Shekspirning 1597-yilda Stratforddan bog`i bor katta uy olganligi ikkinchi dalildir. Adib London sahnalarini tark etgach, bu uyga ayoli va qizlari bilan (og`li 1596-yil vafot etgandi) ko`chib keladi.

1957-1598-yillarda Shekspir ijodi ancha katta shuhrat qozondi. Bu davrgacha uning “Tit Andranik” nomli birgina pyesasi muqovasida muallifning nomi ko`rsatilmagan holda nashr etilgan edi. Aytilgan davr esa, adibning asarlariga bo`lgan talabni qondirish uchun uning besh pyesasi chop etildi. Tadbirkor noshir U. Jaggard Shekspir asarlarini nashr etish hisobiga boylik orttirmoqchi bo`ldi. U 1599-yilda turli shoirlarning bitiklaridan iborat to`plamga Shekspirning ham to`rt sonetini kiritib, “Otashin ziyoratchi” nomli kitob chiqardi va undagi asarlarni Shekspir qalamiga mansub deb e’lon qildi. Bu Shekspir ijodini qalbakilashtirib foyda topish yo`lidagi birinchi urunish edi.

1603 - yilda qirol Shekspir truppasini o`z himoyasiga oldi. Guruh a’zolari “Qirol hazratlarining xizmatkorlari” deb atalib, kamerdinerlar1 singari saroy hodimlari hisoblanishardi. Truppa saroyda tez-tez tomoshlar ko`rsatib turar, saroy ayonlari va aslzodalar aktyorlarni yaxshigina siylardilar. Shekspirning moddiy ahvoli yaxshilanib, Londondan ham, Stratforrddan ham bir qancha mulk sotib oldi. Shu tariqa mashhur aktyor asta-sekin adabiy ijoddan chetlashdi, teatrdan uzoqlashdi va 1612-yilda ota shahriga butunlay ko`chib keldi.

1616-yilning 23-aprelida buyuk daramaturg, iste’dodli shoir, tengsiz aktyor Shekspir olamdan o`tdi. Uning jasadini o`z qavmi cherkoviga ko`mishdi. O`shandan buyon uning qabrini har yili minglab odamlar ziyorat qilishadi.

Ijodiy umri mobaynida Vilyam Shekspir o`ttiz olti darmatik asar, 154 sonet va bir necha doston yozgan. Lekin bulardan birortasiham muallif hayotiylik chog`ida ochiqchasiga, risoladagiday chop etilmagan.

“Qirol Lir”, “Romeo va Juletta” (1594-1595), “Hamlet” (1601), “Otello” (1604), “Makber” (16060 singari tragediyalar, “Yoz kechasidagi tush”, “Venetsiya savdogari”, “O`n ikki kecha” kabi komediyalar deyarli to`rt yuz yildan buyon dunyodagi eng dovruqli teatrlar shuhratiga shuhrat qo`shib kelmoqda. Jahon daramaturgiyasining bu yetuk namunalari badiiy mahorat cho`qqilaridir. Shekspir asarlari inson tuyg`ularining murakkab, chigal va qarama-qarshi qirralarini ta’sirchan aks ettirishi bilan ajralib turadi.

G`arb mamlakatlari mutaxassislari orasida Vilyam Shekspir deganyozuvchi haqiqatda bo`lmagan, degan taxminlar yuradi. Negaki, V. Shekspirning tug`ilgan joyi, otasi, onasi, oilasi haqida anchagina ma’lumotlar bo`lgani holda uning biror o`quv muassasasida muntazam tahsil olgani, aktyorlik qilgani, badiiy ijod bilan shug`ullangani haqida kishining qoniqtirishi mumkin bo`lgandalillar qolmagan. Buning ustiga, Vilyam Shekpir o`z qo`li bilan yozgan vasiyatnoma uslubiga ko`ra muallifning u qadar bo`lmagani tijoratchi ekanligini anglatar ekan.

Ayrim adabiyotshunoshlar orasida o`z asarlarini Shekspir nomida e’lon qilgan kishi 1550-yilda Eyfon Stratfordi shahrida tug`ilib (Buyuk Britaniyada kattaroq Stratford va chog`roq Eyfon Stratfordi singari ikki “Adash” shahar bor), 1604-yilda vafot etga lord Eduard de Verb bo`ladi, degan fikr ham bor. U qirol saroyiga yaqin aslzoda oilalardan birining farzandi bo`lib, atroflicha bilim olgan, ammo o`sha vaqtlarda aslzodalarning badiiy ijod bilan shug`ullanishi ayb sanalgani uchun ham o`z bitiklarini Vilyam Shekspir nomidan e’lon qilgan degan qarashlar yuradi.

Bunday qarashlardan qat’I nazar, Shekspir nomidane’lon qilingan mislsiz asarlar bor va ularni o`qish, o`rganish har qanday inson ma’naviyati shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishi aniq. Inson aqli va hislarining eng nozik, chigal jihatlari yuksak san’atkorlik bilan tasvirlangan “Otello” (1604) foziasi haqida alohida to`xtalish joiz.


“Otello” fojiyasi to`g`risida

Yovuzlik ham yomonlik kabi hech qachon yolg`iz yurmaydi. Bir yovuzlik boshqasini keltirib chiqaradi, bir qabohar ikkinchisini boshlab keladi. Yomonlikning kasri faqat u qaratilgan odam yoki uni qilganning o`ziga emas, balki atrofdagi begunohlarga ham uradi. Dezdemona va Emilya qismatlari misolida aks etgani e’tiborni tortadi.

Otello jahldor ham, rashkchi ham, gumonsirovchi ham emas. Bu arab aslida juda ishonuvchan edi, xolos. Aslida fazilat bo`lgan bun sifatlar yomon odamlar tasirida illarga aylanadi. Ya’ni Otello Yagoning xiyonat qilishi, aldashi mumkinligi hayoliga ham keltirmaydi. Uning nazarida, Yagoniong yolg`on aytishiga asos yo`q. Halol odam boshqalarni ham o`ziday deb biladi. Otello Yagoning kichik bir amalgam erishish uchun shu qadar tubanlikka borishini, nurday pokiza ayolga tuhmat qilishi mumkinligini ko`nglining ko`chasidan ham o`tkazmaydi. Shu boisdan Yagoning gapi to`tri-noto`g`riligini tekshirib ham o`tirmay, unga ishonib qo`ya qoladi.

Otello o`zi hech kimga hech qachon xiyonat qilmagai uchun o`zgalardan ham xiyonat kutmaydi. Odamlarga ishonadi. Lekin u oru nomus kishisi sifatida xiyonatkor deb bilgan odamni kechirmaydi ham. Shu sababli jonidan ortiq yaxshi ko`rishiga qaramay, Dezdemonani bo`g`ib o`ldiradi. U o`ta adolatli odam bo`lgani uchun o`zgaga ravo ko`rganini o`ziga ham munosib biladi. Ya’ni Dezdemonaga nisbatan nohaqligini bilgach, o`ziga xanjar urib halok bo`ladi. Otelloning Emilyanaga aytgan: “Sadoqatli do`stim, erring va sodiq Yago”, - degan gapida uning toza ko`ngli nomoyon bo`lganini anglab yetishadi. Yoki ishongan kishisi tomnonidan nomardlarcha aldanganini, shuncha qon Yagoning arzimas mafaati to`kilganini bilgach, qilgan: “Ko`kning shuncha gulduosi, ayt-chi, ey iflos, Bitta momaqaldiroqning o`zi uchunmi?” – tarzida nidosiga uning shaxsiyati to`liq bo`y ko`rsatganini tushunib olishadi.

Shekspir tasvir haqiqatiga qat’iy amal qiladi. Asardagi har bir personajga o`ziga munosib ish yoki gapni o`z vaqtidagina ayttirish yoki qidirishi muallifning mahoratidan dalolatdir. Fojia Otelloning Dezdemonani o`ldirganini bilmagan Emilyaning unga “janobi oliylari” deb murojaat qilgani tasvirlangan. Bekasining o`ldirilgnini bilgach, Emilya nutqida generalga hurmat belgilari tomomila yo`qoladi. Ayol unga: “Ahmoq! So`tak!, Irganch, padit! Nima ish qilding?.. Bir bor emas, yigirma bor o`ldirsang, mayli”, - deya nafratini qo`rqmay oshkor aytadi. Eri Yagodan farq qilaroq, Emilya turlanmaydi, o`z fikrini Hamish ochiq aytishga urunadi. Uning eriga qarata: “Erkak bo`lsang, sharmanda qil bu vijdonsizni”, - degan talabida Emilyaning jangari fe’li, tozaligi nomoyon bo`lgan. U – nohaqlikni kechirolmaydigan ayol. Shuning uchun ham uni jim qilmoqchi bo`lgan Yagoga: “Jim bo`lmayman. Bari sirtga tepib ketmoqda”, - deya isyon ko`taradi.

Dezdemona timsoli ham mahorat bilan ishlangani ham ko`zga tashlanadi. U – foziadagi boshqa personajlardan farqli ravishta vaziyatni yaratmaydigan, balki qurboni bo`lgan shaxs. U Otelloday jazavali isyonkor ham, Emilya singari shaddod kurashchi ham emas. U yosh, go`zal va bir qadar erka ayol, xolos. Dezdemona hamisha kimningdir yetovida, hommiyligida yuradigan taqdirning erkasi bo`lgan odam. Shuning uchun Otello uni o`ldirmoqchi bo`lganida ham eriga qarshilik ko`rsatmaydi, uning nohaq, o`zining haq ekanini isbotlashga astoydil urinmaydi ham. Negaki, Hamish ardoqda yurgan erka, pokiza va rostgo`y bu ayol umr bo`yi birovga biror narsani isbotlash zaruriyatini tuymagan. U erining hurmatini joyiga qo`yish, uning gapidan chiqmastlik kerakligini biladi va bunga amal qiladi. Dezdemonaning eriga muhabbati shunchalikki, hatto o`lim oldidan so`ngginafasini olayotib ham uni ayaydi. O`zining qotili kimligiuni Emilyaga aytmaydi.



1 Komerdinerlar – uy xizmatchisi


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət