Ana səhifə

Respublika bolalar kutubxonasi Ilmiy-uslubiyot va maktab armlari mutaxassislarini malakasini oshirish bo‘limi ta’zim sizga, ustoz murabbiylar!


Yüklə 90 Kb.
tarix27.06.2016
ölçüsü90 Kb.
Respublika bolalar kutubxonasi

Ilmiy-uslubiyot va maktab ARMlari mutaxassislarini

malakasini oshirish bo‘limi

TA’ZIM SIZGA, USTOZ - MURABBIYLAR!

1oktabr-“O‘qituvchi va murabbiylar kuni”

umumxalq bayramiga bag‘ishlangan

uslubiy tavsiyanoma

Toshkent - 2015
Ushbu tavsiyanoma Respublika bolalar kutubxonasi ilmiy-uslubiyot va maktab ARMlari mutaxassislarini malakasini oshirish bo‘limi tomonidan tayyorlandi.

Uslubiy kengash yig‘ilishida muhokama qilindi va 2015 yil «___» ___________ ____-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlandi.

Nashr uchun mas’ul:
M. Mamatxonova- yetakchi kutubxonachi

1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan uslubiy tavsiyanomada ushbu bayramning tarbiyaviy ahamiyati, ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor’ ustozlar haqida rivoyat va she’rlardan namunalar keltirilgan. Ushbu tavsiyanomada 5-6 sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan bayram ssenariysi berilgan.

“ ….o‘zining iste’dodi va mahoratini, ko‘z nuri va qalb qo‘rini baxsh etib, yosh avlodimizga bilim, ilmu –fan sirlari va odamiylik saboqlarini o‘rgatadigan sizdek mo‘tabar zotlarga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi, albatta”.

Islom Karimov.

Kasblarning eng ulug‘ va sharaflisi murabbiylikdir. Darhaqiqat, Mustaqillikni qo‘lga kiritgan ilk yillarimizda Prezidentimiz tashabbusi va rahnamoligida milliy qadriyatlarimiz va milliy manfaatlarimizga asoslangan zamonaviy ta’lim tizimini yaratish, ilg‘or bilimlarga ega bo‘lish, jismonan baquvvat yosh avlodni tarbiyalash masalasi kun tartibiga qo‘yildi. 1996 yil 27 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 1 oktyabr -“O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ni nishonlash to‘g‘risida farmoni qabul qilindi. 1997 yildan 1oktabr sanasi “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”- umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi ustozlarga bo‘lgan yuksak e’tirofdir.

Ta’lim – tarbiya tizimini tubdan isloh qilish , uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish , milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalashda,tabiiyki bunday ulug‘ va sharafli vazifalarni hayotga tatbiq etish ustozlar, o‘qituvchi – muallimlar , ta’lim xodimlari zimmasiga tushadi.

Mamlakatimizda yosh avlodni intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazishga qo‘shgan salmoqli hissasi, yoshlarga ilm-fan asoslarini, zamonaviy kasb-hunarlarni o‘zlashtirishdagi jonkuyarligi, ta’lim –tarbiya tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnatlari uchun aziz ustozlarga “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi’, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi’’ faxriy unvonlar bilan taqdirlanib kelinmoqdalar. Bu o‘z navbatida pedagog va murabbiylarimizni o‘z qo‘biliyat va mahoratlarini kengroq namoyon etish uchun zamin yaratadi.


RIVOYATLARDAN NAMUNALAR
USTOZ OTADAN ULUG‘

Sa’diy zaminida bir boyvachcha mantiq ilmidan saboq olish uchun bir olimga shogirt tushibdi. Bir necha yil o‘qish-o‘rganishdan so‘ng mustaqil ish yuritish fotihasini olish niyatida dasturxon tuzab, ustozi bilan bir necha kishini chorlabdi. Mehmonlar orasida Shayx Sa’diy ham hozir ekan. Boyvachcha hech kimga so‘z bermay o‘z otasi va ustozini bir mavqega qo‘yib:

- Mening ikki otam bor , mana shu ikki otam meni shu darajaga etkazishdi, biri o‘z otam, ikkinghisi ustozim falonchi,- deb mahmadonalik qilavergan ekan, Shayx Sa’diy o‘ziga xos hazilkashlik bilan debdi:

- Ustozni “otam, otam” degan bilan ish bitmaydi. Aslida ustoz otadan ulug‘. Zero, otang seni osmondan yerga olib tushgan bo‘lsa , ustoz seni qaro tuproqdan osmon avjiga ko‘taradi.



ARASTUNING ENG KATTA SHOGIRDI

Bir gal Farobiydan:

Falsafa sohasida kim o‘tkir – sizmi yoki Arastu? – deb so‘rashibdi.

Shunda Abu Nasr savol berganga javoban:

- Agar men u kishining qo‘lida ta’lim olishga muyassar bo‘lganimda, uning eng katta shogirdlaridan biri bo‘lar edim,-debdi.

MUALLIMLAR MANZUMASI

Bilim bog‘ida bog‘bonsiz , muallimlar,

Sharaf tog‘iga narvonsiz, muallimlar.
Hayot porloqdir ilmu ma’rifat birlan,

Charog‘siz ham charog‘bonsiz, muallimlar.


Sinovlar kashf etib ketgan sinoatlar,

Bashar dardiga darmon- Siz, muallimlar.


Zakovat kemasiga Beruniyning ham

O‘zingiz ilk ummonsiz, muallimlar.


Jahon osmoniga Sulton Ulug‘bekni

Uzatgan ilk osmonsiz , muallimlar.


Bilim – mangu xazon bo‘lmas ziroatdir,

O‘zingiz mangu dehqonsiz, muallimlar.


Jaholatdin qutulg‘ay bir kuni olam,

Metin qo‘rg‘onu posbonsiz, muallimlar.


Gulu chechaklaringizdir o‘g‘il-qizlar,

Tunu kun siz nigohbonsiz, muallimlar.


Ulug‘siz, xoksoru kamtarindirsiz,

Dilu jonsiz’ qadrdonsiz, muallimlar.


Buyuk ustoz-Vatandir, ota yurt asli,

Ona yurt, O‘zbekistonsiz,muallimlar.


Sirojiddin Sayyid,

O‘zbekiston xalq shoiri



USTOZNI ESLAB
Ustozim

Ho‘rsinadi ko‘ngillar mahzun,

Butun borliq motamsaro, jim.

Hamon, sizdan ayrilgan ochun,

Ko‘z yoshlarin tiyolmas sim-sim.
Alam ezgan qaddi dol, egik,

O‘tib ketdi yana bitta qish.

Bugun boshin ko‘tarolmay tik,

Bahor keldi ma’yus va xomush.


Bog‘laringiz yana gul yozib,

Yaproqchalar shivirlab mayin.

G‘amga to‘la dillarni ezib,

Sizni qo‘msab so‘rashi tayin.


Qo‘llaringiz tekkan har daraxt,

Izlaringiz tushgan har tuproq.

Yodimizdan chiqarmas sizni,

Yuraklardan o‘chmassiz mutloq.


Faqat ezar ba’zida armon,

- Qani edi hayot yursalar.

Umr ko‘rib uzoq, sog‘, omon,

Zahmatlar rohatin ko‘rsalar.


Aslo o‘chmas yaxshilar yodi,

O‘tsa hamki ne-ne zamonlar.

Ezgu ishi mangu haykaldir,

Xotirasi porloq insonlar.

Siz ham shunday inson edingiz,

Ezgulik-la qoldirdingiz nom.

Ortingizda qolgan shogirdlar,

Yodlarida tiriksiz mudom.



Munojotxon Karimjon qizi.

USTOZ

Bilim — katta daryo, ustoz, siz — mirob,

Millat ravnaqida murabbiy — oftob.

Zamonlar o‘zgarar, asrlar o‘tar,

Quyoshdek o‘zgarmas Alifbe kitob.
Kundaligim varag‘ida baholar,

Goho a'lo, goho ikki jazolar.

Yo‘l topdik. Ranj chekkaningiz ganj bo‘ldi —

Bolalikda to‘g‘rilandi xatolar.


Esdalik daftarimni qo‘lga oldim,

O‘quvchilik davrimga nazar soldim.

Kechirgansiz qancha sho‘xligimizni,

Sabru-toqatingizga qoyil qoldim.


Keksa ustozimning sochlari oppoq,

Ko‘zlari mehribon chaqnaydi biroq.

Bilim va ma'rifat o‘rgatar hamon,

Hayot maktabida chalib qo‘ng‘iroq.


O‘qimasak, takror o‘qitgan, tolgan,

Manglayida qator ajinlar qolgan.

O‘sha ajinlari tufayli xalqni

Kelajakka eltar to‘g‘ri yo‘l solgan.



Sarvinoz Musatdinova

MAQOLLAR
Ustozingga tik qarasang, to‘zasan ,

Hurmat qilsang, asta- asta o‘zasan


Ustoz ko‘rgan xat tanir.
Ustozsiz shogird-jonsiz kesak.

TA’ZIM SIZGA, USTOZ - MURABBIYLAR!


1 oktabr - “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”- umumxalq

bayramiga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi
Maktab zali va sahnasi bayram ruhiga monand bezatilgan va jihozlangan. Zal bo‘ylab ohanrabo kuy taraladi. Sahnaga tadbimi olib boruvchi qiz va yigit chiqishadi.

1-boshlovchi:

— Ey, aziz muallim, aziz muallim,

Sen ulug‘ zotlarga bergansan ta’lim.

2-boshlovchi:



  • Ey, aziz muallim, aziz muallim,

Senga biz abadiy etgaymiz ta’zim.

(Abdulla Oripov)



1-boshlovchi:— Assalomu alaykum, mo‘tabar ustozu murabbiylar!

2-boshlovchi:— Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar va maktabdoshlar! “Ta’zim sizga, ustoz-u murabbiylar!” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz!

1-boshlovchi:—Jonajon O‘zbekistonimizda hormay-tolmay fidokorona mehnat qilayotgan, davlat va millat manfaatlarini yurakdan his etayotgan aziz ustozlar bilan faxrlanamiz.

2-boshlovchi: Iste’dodli, salohiyatli, har tomonlama sog`lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda o‘z zimmasiga katta mas’uliyatni olgan qadrli muallim va murabbiylar! Barchangizni ulug‘ ayyom bilan muborakbod etamiz!

Maktab rahbari barchani bayram bilan tabriklab, kechani ochiq deb e’lon qiladi. O‘quvchilar xor jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini tantanali ravishda, musiqa jo‘rligida ijro etadi.

Sahnaga xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limi vakili yoki maktab rahbari taklif etiladi. U ustoz-u murabbiylarni qutlaydi.

Mehmonlarga guldasta in’om qilinadi.

O‘quvchilar doirada «Katta o‘yin xalq kuyini chalishadi.

1-boshlovchi:— «Ustoz» deganda har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat-ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab, ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo`ladi.

2-boshlovchi:— Dono xalqimizning bir naqlida: «Sen odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, bug‘doy ek; o‘n yil yaxshilik qilmoqchi boisang, tok ekib, bog‘ qil; umr bo‘yi yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, muallimlik qil», deyilgan. Demak, o‘qituvchilik eng olijanob kasbdir.

1-boshlovchi: — Sohibqiron bobomiz Amir Temur uch holatda zudlik bilan otdan tushar ekan: ustozini uchratib qolganida, non bo‘laklarini yerda ko‘rganida va qabriston yonidan o‘tayotganida. Demak, Sohibqiron muallimlarga nisbatan juda hurmatda bo‘lgan. Bu ulug‘ zotdagi ezgulik va insoniylik xislatlarini ota-onasi va ustozlari tarbiyalagani barchamizga tarixiy manbalardan ma’lum.

2-boshlovchi: — O‘qituvchi va murabbiylarni qadrlab, haqli ravishda «Ustoz otangdek ulug‘», deya buyuk zotga ehtirom ko‘rsatamiz. Nafaqat o‘tmishda, balki bugungi kunda ham qalbi quyosh ustozlarni ardoqlash, ularga hurmat bajo keltirish qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Yurtboshimiz va davlatimiz tomonidan ustozlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib kelinmoqda. 1997-yildan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasining «O‘qituvchi va murabbiylar kuni»ni belgilash to‘g‘risida»gi qonuniga binoan, har yili 1oktabr - “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”- umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Bu sananing dam olish kuni deb e’lon qilinishi barcha o`qituvchi va murabbiylar bilan bir qatorda keng jamoatchilikni ham mamnun etdi. Haqiqatan ham, hech bir davlatda bizdagidek o‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanmaydi.

Mustaqillik yillarida Respublikamiz ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning amaldagi ifodasini aks ettiruvchi videolavha proyektor orqali namoyish etiladi.

O‘qituvchi: — Har yili bayram munosabati bilan Prezidentimizning biz o‘qituvchi-murabbiylarga yo‘llaydigan tabrik so‘zlari, bayram arafasida bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarning yuksak unvonlar bilan mukofotlanishi, ustozlarga davlatimiz rahbari tomonidan ko‘rsatilayotgan hurmat, e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaldagi yorqin ifodasidir. Ta’lim tizimida qo‘lga kiritayotgan yutuqlarimiz xalqaro hamjamiyat tomonidan alohida e’tirof etilayotgani barchamizga katta g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

Davlatimiz tomonidan bizga mehnat qilishimiz uchun zarur qulaylik va sharoit yaratilib berilgan ekan, bunga javoban o‘qituvchi o‘zining samarali mehnati bilan javob qaytarishi kerak. Buning uchun fidoyi bo‘lishimiz, o‘z ustimizda tinimsiz ishlashimiz, malakamizni doimo oshirib borishimiz, keng fikrlaydigan, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan amalda unumli foydalanadigan, ijodkor, yoshlar yuragiga chuqur kirib boradigan yuksak fazilat egasi bo‘lishimiz shart.


O‘quvchilar ustozlariga guldasta taqdim etadilar.

Istiqlol yillarida mamlakatimizda sport sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni aks ettiruvchi slayd namoyish etiladi.

1-boshlovchi: — Maktab va mahallani bir-biridan ayricha tasavvur qila olmaymiz. Ular o‘rtasidagi mustahkam aloqa aslida uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bugungi kunda maktab va mahalla o‘rtasidagi mustahkam aloqa aslida uzoq o`tmishga borib taqaladi. Bugungi kunda maktab va mahalla o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish davlat miqiyosidagi masalalardan biriga aylandi. Bayram tadbirimizda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirok etyapti.

Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi sahnaga taklif etiladi.

  • Kavsar Turdiyeva so‘zi, Anor Nazarov musiqasi bilan yaratilgan «Ustozlarim» qo‘shig‘ini musiqa jo‘rligida bir o‘quvchi ijro etadi. 0‘g‘il- qizlar esa raqsga tushadilar.

O‘quvchi:

  • Tinglang, ta’riflarimiz siz uchun!

Sahnaga bir necha o‘quvchi chiqib, hikmat-maqollardan namunalar aytadi:

  • Muallim — jamiyat ko‘zgusi.

  • Tarbiyachi ongni ongga ulaydi.

  • Ustozning so‘zi — mangu mash’ala.

  • Ustozning marhamati — quyoshdek hammaga teng.

  • O‘qituvchining ta’limi — insoniyatga yorug‘lik.

  • O‘qituvchi ma’no dengizining duridir.

  • Yaxshi ustoz nomardni mardga aylantiradi.

  • Odobni hamma yaxshi ko`radi, o`qituvchi esa odobsizni ham mehri bilan yaxshilar qatoriga qo‘shadi.

  • Ta’rifiga g‘azal bitsang, she’r yozsang,

Yer-u ko‘kda berur sado muallim.

Qalb me’mori,dil chinori — ustozdir,

Farzand mehri ko‘ngilda jo muallim.

Normurod Narzullayev
Bormi murabbiydan baxtliroq inson,

Shogirdlari qilsa yuksakka parvoz.

Boshimizga tojsiz,bor bo ‘ling omon,

Tabarruklar ichra tabarruk ustoz!

Erkin Vohidov
2-boshlovchi: — Qadrli ustozlar! Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonhgi yo‘lida xizmat qilib aslo hormang! Bolajonlik va insoniylik sizlarni hech qachon tark etmasin! Fan bog‘ining bog‘boni bo‘lib, ziyo bog‘ida yetishtirayotgan nihollaringiz kamolini ko‘rishdek saodat barchangizga nasib etsin! Bayram hali davom etadi. Marhamat, barchangizni davraga taklif qilamiz.

To‘lqin so‘zi, Sobir Boboyev musiqasi asosida yaratilgan «Aziz ustozlar!» qo‘shig‘ini musiqa jo‘rligida maktab xor jamoasi ijro etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.Ma’rifat gazetasi .- 2014 yil - № 78

2.Ma’rifat gazetasi . - 2014 yil - № 79-80

3.I.Karimov asari 21-tom-Toshkent: “O‘zbekiston” , 2013

4.Sultonmurod Olim Bayramlarimiz . -Toshkent, 2008



5.Sharq hikoyat va rivoyatlari. -Toshkent , 2013




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət