Ana səhifə

Arigts savdo


Yüklə 3.24 Mb.
tarix18.07.2016
ölçüsü3.24 Mb.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QO’MITASI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

«Himoyaga ruxsat»

kafedra mudiri

prof. A.X. Nishanov

___________________

“__” __________ 2013 y.
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Mavzu: “ARIGTS SAVDO” MCHJ web saytini yaratish

Bitiruvchi _____________ Rizayev D.M.


Rahbar _____________ Jo’rayev X.Z.

Taqrizchi _____________ Begimov O’.I.

HFX maslahatchi _____________ Qodirov F.

Toshkent 2013



MUNDARIJA

KIRISH………………………………………………………………………..

6

I BOB.

TAHLILIY QISM........................................................

9




1.1.

Axborot tizimlari va web saytlarni yaratish....................................

9




1.2.

Web saytlarni yaratish texnologiyalari............................................

14




1.3.

Masalaning qo’yilishi......................................................................

30

II BOB.

ASOSIY QISM................................................................................

32




2.1.

JOOMLA kontentlarni boshqarish tizimi........................................

32




2.2.

“ARIGTS SAVDO” MCHJ web saytining ma’lumotlar bazasi......

36




2.3.

“ARIGTS SAVDO” MCHJ web sayti foydalanuvchilari va administratoriga yo’riqnoma............................................................

39


III BOB.

HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI...........................................

47




3.1.

Gipodinamiya (мonotoniya) va ularning inson salomatligiga ta’siri.........................................................................................

47





3.2.

Ishlab chiqarish muhitida mikroiqlimni inson salomatligiga ta'siri.................................................................................................

50


XULOSA………………………………………………………..…........

56

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………...............

57

ILOVA……………………………………………………....................

58



Mazmunnoma

Bitiruv malakaviy ishi “ARIGTS SAVDO” MCHJ web saytini yaratishga bag’ishlangan. Web saytda “ARIGTS SAVDO” firmasi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu sayt PHP dasturlash tili va HTML tili va CSS, JavaScript texnologiyalari asosida yaratildi.



Аннотация

Это выпускной квалификационной работы бакалавра направлены на создание веб-сайта ООО «ARIGTS SAVDO», на этом сайте мы можем получить важные и полную информацию о компании ООО «ARIGTS SAVDO». Этот сайт был создан на язык программирования PHP, JavaScript, HTML и CSS технологий.



Summary

This final qualifying work of bachelor devoted to create web site of OOO “ARIGTS SAVDO”, in this site we can get important and full information about OOO “ARIGTS SAVDO”. This site was created by PHP, JavaScript programming language, HTML and CSS technology.



KIRISH

Rеspublikamizdagi barcha sоhalarda ilg’оr tехnоlоgiyalardan fоydalangan hоlda ularni rivоjlantirish maqsadida juda ko’p salmоqli ishlar qilinmоqda va o’z navbatida bu sohadagi amlga oshiriladigan barcha ishlarning me’yoriy – huquqiy bazasi yaratilgan. O’zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеnti tоmоnidan 2012 yil 21 – mart kuni “Zamоnaviy aхbоrоt – kоmmunikatsiya tехnоlоgiyalarini yanada kеngrоq jоriy qilish va rivоjlantirish chоra tadbirlar to’g’risida” gi qarоri imzоlangan. Bunga asоsan aхbоrоt – kоmmunikatsiya tехnоlоgiyalarini jоriy qilish va rivоjlantirishning asоsiy bоsqichi hisоblanayotgan aхbоrоt tizimlarini jоriy etish bilan birgalikda, ulardan fоydalanish samaradоrligini оshirishga оid vazifalarning ijrоsi bo’yicha aniq chоra – tadbirlar bеlgilab оlindi.

O’z navbatida shuni hisobga olish lozimki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo’yicha birinchi qadam bu O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “Kompyuterlahtirishni va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) joriy qilish va rivojlantirish” haqidagi farmoni hisoblanadi. Ushbu farmonda axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini respublikamizdagi barcha sohalarga joriy qilish va uni rivojlantirish asoslari belgilab qo’yildi. O’z navbatida ushbu farmonni bajarilishi yuzasidan bir nechta me’yoriy hujjatlar, jumladan 2004 yil 29 aprelda “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yilda №117 – sonli “Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va yanada rivojlantirish” to’g’risidagi qarori qabul qilingan.

Hozirgi kunda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari barcha sohalarda o’z o’rnini egallamoqda va barcha sohalarda rivojlanib kelmoqda. Jumladan, axborot – kommunikatsiya texnologiyalari davlat organlarida, turli fuqorolik institutlarida, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda, fan va ta’limda, madaniyat va insonlar hayotida muhim ahamiyatga ega va ushbu sohalarning rivojlanishida muhim omil bo’lib hisoblanadi.

Sоhalarning barcha yo’nalishlariga aхbоrоt tехnоlоgiyalarini tadbiq qilish ham hоzirgi kunning talabi va muammоsidir. Prеzidеntimiz takidlaganlaridеk, “ХХI –asr aхbоrоt asri” dir. Bu bоrada, Prеzidеntimiz I.A.Karimоv 2011 yil 11 yanvarda tarmоqlararо muvоfiqlashtirish kеngashining majlisida so’zlagan nutqida, “milliy aхbоrоt tizimini shakllantirish, intеrnеt tizimiga va bоshqa glоbal aхbоrоt tizimlariga va tехnоlоgiyalariga, mamlakat salоhiyatini XXI asrda o’sishini ta’minlоvchi оmil sifatida qarash lоzimligini aytib o’tdilar. Bundan shuni takidlash lоzimki, davlatimizdagi barcha sоhalarda aхbоrоt tехnоlоgiyalarini qo’llash, samarali va qulay bo’lgan kеng qamrоvli aхbоrоt tizimlarini ishlab chiqish va ularni tatbiq qilish sеzilarli darajada mamlakat ijtimоiy hayoti va iqtisоdi uchun muhim оmil bo’lib hisоblanadi.

O’z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Namangan va Navoiy viloyatlari hokimliklari rahbariyatining tizimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish hamda faoliyatini yo‘lga qo‘yishda interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish yuzasidan hisobotlari tinglandi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati qarorlarining viloyat, shahar va tuman hokimliklari, mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida bajarilishi holati muhokama qilindi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Yana shuni aytish joizki, majlisda yuqorida takidlab o’tilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21 martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish hamda tijorat faoliyati va tadbirkorlikda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, internet tarmog‘ida milliy segmentni boyitish va undan foydalanish samaradorligini oshirish, axborot resurslari va interaktiv xizmatlarni ko‘paytirish va rivojlantirish maqsadida internet tarmog‘idan foydalanish samaradorligini baholash va rivojlantirish bo‘yicha Respublika uslubiy komissiyasi tarkibi hamda uning nizomi tasdiqlandi.

Bundan ko’rinib turibdiki, jamiyat hayotida axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining o’rni katta bo’lib, turli axborot resurslari, interaktiv xizmatlardan foydalanish barcha talabalar, o’quvchilar, xodimlar, qolaversa barcha jamiyatimiz aholisining bilim saviyasini va soha bo’yicha ish samaradorligini oshiradi. O’z navbatida AKT ning ta’lim sohasidagi tatbiqini e’tiborga oladigan bo’lsak, masofaviy o’qitish va shunga mos interaktiv xizmatlarni yaratish foydalanuvchilarga qulaylik yaratadi. Ayniqsa turli muassasalar uchun yaratiladigan web saytlar ushbu tashkilotlar haqida hohlagan vaqtda internet orqali ma’lumot olishni va o’z navbatida ma’lumotlarni boshqarish imkoniyatini yaratadi.

Mening bitiruv malakaviy ishim 3 ta qismdan iborat bo’lib, birinchi qism asosan web texnologiyalar va modulli web saytlarni yaratish asoslarini yoritishga bag’ishlangan. Ikkinchi qismda esa “ARIGTS SAVDO” MCHJ web sayti va undan foydalanish bo’yicha yo’riqnoma keltirilgan. Uchinchi qismda hayot faoliyati havfsizligi bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan.



1 – BOB. TAHLILIY QISM

1.1. Axborot tizimlari va web saytlarni yaratish

Tizim tushunchasi juda ham keng tarqalgan termin bo`lib, juda ham ko`p ma'noni anglatadi. Ko`p xollarda texnika vositalari va dasturlari yigindisiga "TIZIM" deb ataladi. Tizim tushunchasiga "axborot" so`zini ko`shsak u xolda "tizimning" yaratilish maqsadi va ishlash prinsipi tushuniladi. Axborot tizimi foydalanuvchilarga istalgan muhitdagi axborotlarni saqlash, qayta ishlash, qidirish imkonini yaratadi. Axborot tizimi deb oldinga qo`yilgan maqsadga erishish uchun axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish metodlari va vositalari yigindisiga aytiladi.

Har qanday axborot tizimining ishlash jarayonini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin. Axborot tizimlari quyidagi xossalar bilan xarakterlanadi: har qanday axborot tizimi, tizimni tashkil etishning umumiy prinsipi asosida taxlil qilinadi va boshqariladi. Axborot tizimi dinamik ko`rinishga ega bo`lib, rivojlanuvchi tizim hisoblanadi. Axborot tizimining mahsuloti ham axborot hisoblanadi. Axborot tizimini odam-komp'yuter tizimi ko`rinishida tasavvur qilish lozim. Axborot tizimlarini hayotda qo`llab qanday natijalar olish mumkin.

Axborot tizimi jamiyat va qar bir tashkilot uchun quyidagilarni bajarishi lozim: Axborot tizimining tuzilmasi va uning qo`llanilish maqsadi, jamiyat va korxona oldida turgan vazifa bilan to`gri kelishi kerak.

Masalan: tijorat firmasida - foydali biznes, davlat korxonasida ijtimoiy va siyosiy vazifalarni bajarishi kerak. Axborot tizimi inson tomonidan boshqarilishi va ijtimoiy etika prinsiplari asosida foyda keltirishi kerak. To`gri, kafolatli va o`z vaqtida axborotlarni mijoz yoki tizimlarga yetkazishi lozim.

Axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni;

axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma'lumotlar banki, ma'lumotlar bazasi;

axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori - axborot resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi - qonun bilan yoki axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga yoxud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

axborot texnologiyasi - axborotni to`plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;

axborot tizimi - axborotni to`plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.

Axborot tizimini yaratish

Axborot tizimini yaratish, tashkilotning boshqaruv tuzilmasini taxlil qilishdan boshlanadi. Boshqarish deganda quyidagi vazifalarni amalga oshirish funksiyasi bilan, qo`yilgan maqsadga erishish tushuniladi:



  • Tashkillashtirish - normativ hujjatlar kompleksi va tashkiliy tuzilmani ishlab chiqish; shtat jadvali, bo`limlar, laboratoriyalar va x.k.

  • Hisobga olish olish - bu funksiya firma yoki tashkilot ko`rsatkichlarining metod va formalarini ishlab chiqadi. Masalan: buxgalteriya hisoboti, moliyaviy hisob-kitob, boshqaruv hisoboti va boshqalar.

  • Taxlil (analiz) - rejalashtirilgan vazifalarni qay darajada bajarilganligini aniqlaydi.

Axborot resurslari va axborot tizimlarining huquqiy rejimi quyidagilarni belgilovchi normalar bilan aniqlanadi:

  • axborotni hujjatlashtirish, axborot resurslarini shakllantirish va axborot tizimlarini yaratish tartibini;

  • axborot resurslariga va axborot tizimlariga bo`lgan mulk huquqini;

  • axborot resurslarining ulardan erkin foydalanish darajasi bo`yicha toifasini;

  • axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish tartibini;

  • axborot tizimlarining tarmoqlararo ulanishi tartibini.

Sistema - bu o`zaro boglangan va o`zaro munosabatda bo`lgan elementlarni shunday yigindisiki, unda ular o`rtasidagi ichki aloqalar quvvati tashqi aloqalar quvvatidan katta va xususiyatidan farqli yangi mujassamlangan xususiyatga ega bo`lgan, ma'lum maqsadga yunaltirilgan majmuadir. Element - sistemaning uzviy qismi bo`lib, u tashqi xususiyatlari nuqtai nazaridan bo’linmaydigan mustaqil ob'ekt deb tushuniladi.

"Sistemotexnika" - boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlarni o`z ichiga oladigan katta texnik sistemalar yaratilish, rivojlantirish va amalda qo`llashning umumiy qonuniyatlari haqidagi texnik fani. Sistemotexnika fani - avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini loyixalash, rivojlantirish va amalda qo`llash tartibi. Sistemotexnika usuli - sistemali yondashuv bo`lib ob'ektni barcha ichki va tashqi aloqalarini hisobga olgan holda uning mohiyatini o`rganib chiqish, o`tmishi, xozirgi davri kelajagini hisobga olgan holda uni rivojlanishini o`rganib chiqishni o`z ichiga oladi. Sistemotexnika vazifalari - turli tipdagi ABT uchun samaradorlikni baxolash kriteriyalarini ishlab chiqarish, ularni yaratish rivojlantirish va ekspluatatsiya qilish usullarini ishlab chiqaradi.

ABT tizimidagi ijtimoiy-iqtisodiy asoslarning nazariy negizi bo`lib, "operatsiyalar nazariyasi" yoki "opratsiyalarni tekshirish" deb nomlanuvchi ilmiy fan hisoblanadi. "Operatsiyalarni tekshirish" - milliy yo’nalish bo’lib mavjud bo’lgan sistema - odamlar mashinalar materiallar moliya tizimlarini boshqarish bilan bogliqdir. Operatsiyalar nazariyasi fani - masalalarni yechimini topishga qaratilgan maqsadga muvofiq chora va tadbirlarni o`rganib chiqishidir. ABT nazariyalarini ijtimoiy-iqtisodiy asoslari muammolari qatoriga tashkiliy sistemalar bilan boshqarishda qaror qabul qilish prinsiplari va uslublari ishlab chiqarish masalalarini, shaxslararo munosabatlar va ularni boshqaruv jarayoni samaradorligi bilan bog’ikligini o`rganish, hamda ABTni qonuniy ta'minotini ishlab chiqish savollarini ham kiritish zarur. Shunday qilib, muhandis-sistemotexnik fan va texnikada keng doiradagi bilim va dunyoqarashga ega bo`lishi, ABSni ishlab chiqishdagi muammolar va qiyinchiliklarni o`ziga xosligini tushunib yetishi, ASUni loyixalashda vujudga keladigan turli xil masalalarni yechishni bilishi kerak. Sistemaning qo`shimcha xususiyatlari: Butunlik - biron narsa alohida bir butun bo’lmogi uchun birinchidan uning uzviy qismlari orasidagi aloqalari shu qismlar ko`rilayotgan butunlikka tegishli bo`lmagan boshqa bo`limlar bilan aloqalaridan kuchlirok bo`lmogi lozim. Ikkinchidan esa ko`rilayotgan butunlikni har bir bo`limdagi elementlar o`rtasidagi aloqalar bo`limlararo aloqalardan kuchliroq bo`lishi lozim. Butunlikning bu xususiyati uni bo`limlarga bo`lish, ajratish imkonini beradi. Tashqi muxit bilan bog’lanishlik.

Agar sanoat korxonasini sistema deb olsak, u uchun tashqi muxit sifatida xom ashyo, extiyot qismlar, energiya ta'minlovchilar, korxonaning maxsulotlarini iste'molchilari bo`ladi. Agar korxona ishlariga ob – havo ta'sir etadigan bo`lsa, unda korxona uchun tashqi muxit ob – havo bo`ladi. Yoki teskari hol, ya'ni korxona o`z faoliyati bilan tabiatga ta'sir ko`rsatsa, ( masalan, anhor, ko`l, havoni ifloslantirsa) unda tabiat sistemasi uchun korxona tashqi muxit sifatida ko`riladi. Sistemani taxlil qilish jarayonida uni bir necha tarkibiy qismlarga, ya'ni quyi sistemalarga bo`lish mumkin. quyi sistema - bu sistemadan ma'lum qoidaga binoan ajratilgan, tabiati ixtiyoriy, o`zaro boglangan elementlarni bir qism to`plamidir.

Demak, har qanday sistema quyi sistemadan iborat bo`lib, ularni har birini mustaqil sistema deb qarash mumkin. Agar sistema kirish va chiqish yo`llariga ega bo`lsa, ya'ni sistemalarni ma'lum vaktda modda, energiya, axborot kirgizish va chiqarish imkoniyatlari mavjud bo`lsa, bu tizimga tarkibiy ob'ekt sifatida qaraladi va bu sistemaga dinamik sistema deb qaraladi. Sistemalarni murakkab va sodda sistemalarga bo`lish mumkin: sistemani ko`p o`lchovligi ( o`zgaruvchilar soni ko`pligi); sistema elementlarini o`zaro bog’lanishi ko`pligi (bir xil yoki bir xil satxdagi elementlarda o`zaro bog’lanish); elementlarning tabiati xilma - xilligi; sistema tarkibi va xosiyatlari o`zgarishining ko`pligi(sistemaning tuzilishi, tarkibi va aloqalarning o`zgaruvchanligi); ko`p mezonlik( quyi sistemalar uchun maxalliy mezonlar va butun sistema uchun umumiy mezon, ularning o`zaro ziddiyatlari); ilmiy nuqtai nazaridan ko`p bog’lanishligi(sistemni turli darajada tasvirlash zarurligi); sistema tuzilishini, uni tashkil qilish usullarini, elementlar o`rtasidagi o`zaro aloqalarni shakllarining xilma- xilligi. sistema tarkibi va xususiyatlari o`zgarishining ko`pligi(sistemaning tuzilishi, tarkibi va aloqalarning o`zgaruvchanligi); ko`p mezonlik( quyi sistemalar uchun maxalliy mezonlar va butun sistema uchun umumiy mezon, ularning o`zaro ziddiyatlari); ilmiy nuqtai nazaridan ko`p bog’lanishligi(sistemni turli darajada tasvirlash zarurligi); sistema tuzilishini, uni tashkil qilish usullarini, elementlar o`rtasidagi o`zaro aloqalarni shakllarining xilma - xilligi.

1.2. Web saytlarni yaratish texnologiyalari

Web saytlar hozirgi kunda eng foydalaniladigan axborot kichik axborot tizimlari hisoblanida. Ushbu tizimlardan foydalanish ancha qulay bo’lganligi va o’z navbatida bu tizimlarni boshqarish oson bo’lganligi sababligi bunday turdagi tizimlarga ya’ni web saytlarga talab kuchayib bormoqda. Yana shuni aytish joizki, har bir muassasa o’zining rasmiy web saytiga ega bo’lishi lozim. Bu holat davlatimiz hukumati tomonidan qonuniy hujjatlar bilan belgilab qo’yilgan.

Hozirgi kunda web saytlarni yaratishning turli xil texnologiyalari mavjud bo’lib, asosan quyidagilar yordamida turli tipdagi web saytlar yaratish mumkin.


  • HTML (HyperText Transfer Protocol) tili

  • CSS (Cascading Style Sheet)

  • Dasturlash tillari (PHP, JAVA, ASP.NET va h.k.lar)

    • PHP (Personal Home Page)

    • ASP.NET (Active Server Pages [Net Framework])

  • Kontentlarni boshqarish tizimlari (CMS-Content Management System)

    • JOOMLA

    • Drupal

    • WorPress

    • Code Igniter

    • YII Framework

  • Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari

    • MySql mbbt

    • SQL Server, SQLite

    • Oracle mbbt

  • Java Script tili va Jquery texnologiyasi va h.k.lar

Yuqorida keltirilgan web dasturlash tillari va texnolgiyalari sifatli va qulay web sytlarni yaratish uchun imkoniyat yaratadi. Asosan saytlar ikki ko’rinishda bo’lishi mumkin

  • Statik ko’rinishdagi web saytlar

  • Dinamik ko’rinishdagi web saytlar

Statik ko’rinishdagi web saytlar – bu web sahifa ma’lumotlarini qo’lda o’zgartirish va qo’shish orqali (html kodni o’zgartirish) ishlaydigan saytlar bo’lib, bunday turdagi saytlar ma’lumotlarini administrator paneli orqali boshqarish imkoniyati yo’q

Dinamik ko’rinishdagi web saytlar – bu web sahifa ma’lumotlarini ma’lumotlar bazasiga avtomatik yozish va ushbu ma’lumotlarni web dasturlash tillari (PHP, JAVA) yordamida dinamik boshqarish imkoniyatini beradigan saytlar bo’lib, bunday turdagi saytlar ma’lumotlarini administrator paneli orqali boshqarish imkoniyati mavjud.



HTML (HyperText Transfer Protocol) tili

HTML1

HTMl (inglizcha HyperText Markup Language) gipermatnlarni belgilash tili. Butun dunyo to’ridagi dokumentlarni uchun standartlashtirilgan til.



HTML tarixi

HTML tili 1991-1992 – yillarda Berners-Lee tomonidan ishlab chiqarilgan. HTML tili texnik va fan ma’lumotlarni odamlarga yetkazish maqsadida o’ylab chiqilgandir. HTML hozirgi kungacha bir qancha versiyalari chiqarilgan bo’lib, ulardan oxirgisi HTML 4.01 dir.2

1.6 – jadval. HTML versiyalari

RFC 1866 - HTML 2.0

22 – sentabr 1995 – yil

HTML 3.2

14 – yanvar 1997 – yil

HTML 4.0

18 – dekabr 1997 - yil

HTML 4.01

24 – dekabr 1999 – yil

HTML 5

ishlanmoqda

HTML tili tuzilishi

HTML tili bu sahifaning ko’rinishini belgilaydigan til bo’lib, bu belgilashni amalgam oshirish uchun elementlar – teglardan foydalaniladi.

HTML da teglar katta (<) va kichik (>) belgilari ichiga yoziladi.

O’z navbatida teglar ikki turga ajratiladi.



  • Ochib yopiladigan teglar

  • Yakka holda qo’llaniladigan teglar

Ochib yopiladigan teglarga quyidagilarni misol qilish mumkin:



, , , …

Yakka holda qo’llaniladigan teglar:



, ,

Teglarda nomidan tashqari yana atributlari ham mavjud. Yani shu tegga tegishli bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlarni o’zida saqlaydigan huddi o’zgaruvchilarga o’xshagan qiymatlardir. Musol uchun:

Bu yerda yana bitta muammo chiqishi aniq. Agar sahifaning ichida >, < kabi belgilarni qo’llash zarurati paydo bo’lsachi? Buni ham oldi olingandir. Quyidagi jadvalda HTML dagi belgilashlarni ayrimlarini ko’rishingiz mumkin yoki &#NNNN ko’rinishida UNICODE belgilar jadvalidan foydalangan holda hohlagan belgini chiqarishingiz mumkin, bunda NNNN unicode belgilar jadvalidagi belgi kodi.

1.7 – jadval. HTML dagi ayrim belgilar qo’llanishi nomlari.



quot



copy

©

pi

π

amp

&

reg

®

trade



apos



para



larr



Lt

<

alpha

α

sum



Gt

>

beta

β

ne



nbsp

_ (bo’shliq)

gamma

γ

asymp


Qo’llash: "


HTML (HyperText Transfer Protocol) tili bu gipermatnlarni belgilash tili hisoblanib, ushbu tilning eng asosiy tashkil etuvchilari bu tag lardir. "tag" so'zining lug'aviy man'nosi yorliq deganidir. HTML tag bu HTML kodlardir ular bizning web sahifamizni web browserlarda ochilishiga sabab bo'luvchi eng muhim elementlardir. HTML tag birinchi darsda ta'kidlab o’tganimdek kichik “<”va katta “>” belgilar orasiga yoziladi. Unda hamisha boshlovchi va tugovchi taglar mavjud. Tugovchi tag boshlovchi tagga o’xshagan bo’ladi faqat oldida “/” oldinga og’gan tayoqcha belgisi bo’ladi, ya'ni ....

Taglarning vazifasi:



  • har qanday buyruq taglar orqali beriladi, boshlovchi va tugovchi taglar orasidagi ma'lumot tagning turiga qarab funksiya bajaradi.

  • har bir tagning o'z vazifasi va ishlatilish qoidalari bordir.

  • taglarning bir o'zi yordamchi attributlarsiz uncha ko'p ishni bajara olishmaydi.

  • taglar ikki hil bo'ladi: ikkitalik va bittalik taglar

  • bir nechta taglar bir birining orasida kelishi mumkindir.

  • Muhim qolida: birinchi kiritilgan tag, taglar orasida so’nggi bo’lib yopiladi. Masalan:


Bu Yerda Web Sahifa Nomi Bo’ladi

Qoidaga binoan tagi o’zidan keyingi taglardan birinchi bo’lib kiritildi, va so’ngisi bo’lib yopildi, tagi esa tagidan oldin ochildi va dan keyin yopiladi. Chunki ochish-yopish taglari "faqat uning orasidagi jumlanigina ol" deb buyruq bergandek gap. Yanayam tushunarliroq bo’lishi uchun matematika darsidagi qavslarni eslang, ularga o’xshab ketadi.





2 - Dars


Kodlarimizning asosiy qismi.






Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət