Ana səhifə

Barkamol avlod


Yüklə 44.5 Kb.
tarix27.06.2016
ölçüsü44.5 Kb.


O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi

Barkamol avlod” respublika bolalar o’lkashunoslik va ekologiya markazi



8 mart - Xotin-qizlar kuniga tavsiyanoma

Toshkent-2014

Ushbu tavsiyanoma “Barkamol avlod” respublika bolalar o’lkashunoslik va ekologiya markazi rahbari L.Yeshmurzayeva rahbarligi ostida tayyorlandi.
Muallif: N.Islamova - “Barkamol avlod” respublika bolalar o’lkashunoslik va ekologiya markazi o’quvchilarni ijodiy kamol toptirish guruhi rahbari

Taqrizchi: F.Ergashova - “Barkamol avlod” respublika bolalar o’lkashunoslik va ekologiya markazi o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari

Ushbu tavsiya 2014 yil 3 martda o’tkazilgan Uslubiy kengashda ko’rib chiqildi va tasdiqlandi.

1 - sonli bayonnoma



8 mart - Xotin-qizlar kuniga tavsiyanoma
Bahor elchisi bo’lgan go’zal ayyom - 8-mart bizni dunyoga keltirgan, bag’rida ardoqlab ulg’aytirgan mehridaryo onajonlarimiz, mehribon opa-singillarimiz, jajji kichkintoylarimiz bayramidir. Uni “Go’zallik va nafosat bayrami” deb ham yuritadilar. Ayol deganda, bizning ko’z oldimizga, avvalo, ulug’ va tabarruk ona siymosi namoyon bo’ladi. Inson zoti borki, onaning oq suti va betakror allasi bilan ulg’ayadi, olamdagi barcha yaxshliklar va ezguliklarni, hayot sirlari va saboqlarini ona mehri, ona saxovati tufayli o’rganadi.

Shu bois ham har qaysi inson uchun ona qiyofasi, ona siymosi, onaning muborak xotirasi muqaddasdir.

Ona – naqadar jozibali va ulug’vor so’z.

Umrimizning eng shirin damlari, so’nmas hayotiy taassurotlarimiz ham bolalik davri bilan, ona bag’rida kechgan bearmon yillarimiz bilan bog’liq.

Ayol – nazokat sohibasi, cheksiz mehr egasi, muhabbat timsolidir.

Ushbu go’zal bayram munosabati bilan joylarda, “Barkamol avlod” bolalar markazlarida turli-tuman tadbirlar, qiziqarli uchrashuvlar, tematik kechalar, ma’rifiy-tarbiyaviy soatlar uyushtirish mumkun. Jumladan:

- “Ayol – muqaddas zot”;

- “Ayol bilan olam munavvar”;

- “Istiqlol va xotin-qizlar”;

- “Sen baribir muqaddassan ayol!”;

- “Ayol - jamiyat tayanchi”

va boshqa tadbirlarni tashkil qilish va o’tkazish tavsiya etiladi.

Mazkur uyushtirilgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritib berish maqsadga muvofiqdir.

8 mart – Xotin-qizlar kuniga bag’ishlab o’tkaziladigan

tadbir ssenariysi
Tadbir o’tkaziladigan joy aniq bo’lishi kerak. Xona, tadbirlar o’tish joyi bayramona bezatiladi.

Bayram bahorda, hammayoq gullaganda o’tkazilgani bois sun’iy gullar, shiorlar, ayollarga, opalarga bag’ishlangan bayramona shiorlar bilan bezatiladi. Ishtirokchilar bayramga mos liboslar kiyishadi. Bayramga mehmonlar taklif etiladi. Shu jumladan, mo’tabar onaxonlar, mahalla fuqarolar yig’ini ayollar maslaxatchisi, muallima, rahbarlar va hokazolar.

Tadbir O’zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlanadi.

Boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, mehridaryo onajonlar, mehribon opa-singillar va jajji kichkintoylar!

Ayol tabiatning mo’jizasidir. Shuning uchun ham ushbu go’zal bayramga ayollarimiz ko’ngillarini shod etish uchun yig’ilganmiz va bayramimizni ochiq deb e’lon qilamiz.

Navbatni Onalarimiz haqidagi qo’shiqqa beramiz.

1-ishtirokchi: ashula

Boshlovchi: Ayol - oilaning asosi, oila hayotini charog’on etib turuvchi yorug’lik!

So’z mehmonlarimizdan _______________________________ ga beriladi. So’z yakunida ishtirokchilardan gullar taqdim etiladi.



Boshlovchi: Navbatni kichkintoy qizlar guruhi ishtirokidagi raqsga beriladi.

Ishtirokchilar ijrosida raqs, fonogrammada “Munojot” musiqasi yangrab turadi.

Boshlovchi: Ayol deganda, bizning ko’z oldimizga avvalo ulug’ va tabarruk ona siymosi namoyon bo’ladi. Inson zoti borki, onaning oq suti va betakror allasi bilan ulg’ayadi, olamdagi barcha yaxshlik va ezguliklarni hayot sirlari va saboqlarini ona mehri, ona saxovati tufayli o’rganadi. Shu boisdan ham har qaysi inson uchun ona qiyofasi, ona siymosi, onaning muborak xotirasi muqaddasdir. Aziz onaxonlar so’zni Mo’tabar onaxonlarmizga beramiz.

1. Onaxon ____________________________________________

2. Onaxon ____________________________________________

So’z yakunida ishtirokchilar ijrosidagi “Onaxonlar” haqidagi ashulaga beriladi.



Boshlovchi: “Ona” - naqadar jozibali va ulug’vor so’z. Umrimizning eng shirin damlari so’nmas hayotiy taassurotlarimiz ham bolalik davri bilan, ona bag’rida kechgan bearmon ishlarimiz bilan bog’liq. Navbatni shu ulug’ zotlarni ulug’lovchi she’rga - “Onajonim” she’riga beramiz.

1-ishtirokchi: Qo’limda dasta gul, sizga onajon,

Sizga oshiqaman, sizga onajon.

Sizga olqishlamoq, sizga onajon,

Ta’zim-la, gul tutay sizga onajon.



2-ishtirokchi: Mudom maqsad sari intildim tinmay,

Yuksak parvozimga berdingiz qanot.

Ona Mo’tabarsiz, aziz mehribon,

Issiq bag’ringiz keng misli qanot.



3-ishtrokchi: Mulzam deyolmas, endi ayollar,

Zulfiya, Nodira, Gulchehralar bor.

Ona muqaddasdir, ona mehribon,

Ona bu barq urib yashagan diyor.



4-ishtirokchi: Farzandlar qarori men ham bayramda

Sizga deb she’r bitdim daryodek jo’shib.

Onajon, muqaddas ayyom muborak,

Dil sizga tutay mehribon qo’shib.



Boshlovchi: Har qanday jamoatni, har qaysi jamiyatni, har qanday muhitni, avvalambor ayollarimiz obod etadi. Navbatni bunyodkor ayollarni madh etuvchi qo’shiqqa beraylik. Marhamat!

Boshlovchi: Bu dam ko’kragimda bir qushcha sayrar,

Oh seni ko’rganda oy ham to’lg’ondi.

Shirin uyqusini buzib ham sahar,

Seni kuylash uchun quyosh uyg’ondi.



Ishtirokchilar: Ashula.

Ishtirokchilar: Raqs.

Boshlovchi: Muhtaram onaxonlar, aziz opa-singillar!

“Iqbolingizni hamisha ziyoda etsin, yangi porloq kelajagimiz yutuqlarini qurish, qadamlari qutlug’ kelinlar tushurish, shirin–shakar nabiralarning beshigini tebratish sizlarga nasib etsin”, - O’zbekiston Respuvlikasi Prezidenti Islom Karimov.



Ishtirokchilar: Ashula.

Ishtirokchilar: Raqs.

Boshlovchi: Qalbi daryo, ko’ksi qalqon, har ishda chaqqon aziz ayollar, opa-singillar, sizlarni go’zallik va latofat, bahor va muhabbat ayyomi 8-mart bayrami bilan chin qalbimizdan qizg’in va samimiy muborakbod etamiz! Sizlarga sixat-salomatlik, oilaviy baxt tilaymiz. Siz kirgan xonadon nurga to’lsin, siz o’stirgan farzand Alpomishdek pahlavon, Barchinoyday go’zal va vafodor bo’lsin.

Ishtirokchilarga, hamma onaxon mehmonlarga va murabbiylarga gul taqdim etiladi. Bayram tantanasi sho’x qo’shiqlar sadosi ostida yakulanadi.






Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət