Ana səhifə

Inson resurslarini boshqarish


Yüklə 3.33 Mb.
səhifə12/29
tarix26.06.2016
ölçüsü3.33 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29

5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shugullanish huquqi
Tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shugullanish huquqiga ega.
      Pedagog xodimlarni oliy o'quv yurtlariga ishga qabul qilish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi.

Pedagogik faoliyat bilan shugullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta'lim muassasalarida bu faoliyat bilan shugullanishiga yo'l qo'yilmaydi.




6-modda. Ta'lim muassasasining huquqiy maqomi
Ta'lim muassasasini akkreditasiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestasiyaga asosan amalga oshiriladi.

Ta'lim muassasasi yuridik shaxs bo'lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi.

Nodavlat ta'lim muassasasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditasiyasidan o'tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta'lim faoliyati bilan shugullanish huquqiga ega bo'ladi.

Ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko'rsatadi.

Ta'lim muassasasi attestasiya natijalariga binoan davlat akkreditasiyasidan mahrum etilishi mumkin.

Ta'lim muassasalari o'quv-tarbiya majmuilariga hamda o'quv-ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli.

Ta'lim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta'lim xizmatlari ko'rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug'ullanishga haqli.


7-modda. Davlat ta'lim standartlari
Davlat ta'lim standartlari umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilaydi.

Davlat ta'lim standartlarini bajarish O'zbekiston Respublikasining barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir.




8-modda. Ta'lim berish tili
Ta'lim muassasalarida ta'lim berish tilidan foydalanish tartibi Davlat tili haqidagi O'zbekiston Respublikasi qonuni bilan tartibga solinadi.

II. TA'LIM TIZIMI VA TURLARI

 

9-modda. Ta'lim tizimi


O'zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi quyidagilarni o'z ichiga oladi:

davlat standartlariga muvofiq ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim muassasalari;

ta'lim tizimining faoliyat ko'rsatishi va rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar;

ta'lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar.

O'zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi yagona va uzluksizdir.

 
10-modda. Ta'lim turlari


      O'zbekiston Respublikasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
      maktabgacha ta'lim; umumiy o'rta ta'lim;

      o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi;

      oliy ta'lim; oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim;

      kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

      maktabdan tashqari ta'lim.

 
11-modda. Maktabgacha ta'lim


Maktabgacha ta'lim bola shaxsini soglom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Bu ta'lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bogchasida va mulk shaklidan qat'i nazar boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladi.

 
12-modda. Umumiy o'rta ta'lim


Umumiy o'rta ta'lim bosqichlari quyidagicha:

boshlangich ta'lim (I-IV sinflar);

umumiy o'rta ta'lim (I-IX sinflar).

Boshlangich ta'lim umumiy o'rta ta'lim olish uchun zarur bo'lgan savodxonlik, bilim va ko'nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-etti yoshidan qabul qilinadi.

Umumiy o'rta ta'lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko'nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo'naltirishga va ta'limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.

Bolalarning qobiliyati, iste'dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin.


13-modda. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim olish maqsadida har kim umumiy o'rta ta'lim asosida akademik liseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishning yo'nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.

Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo'yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta'limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo'ladigan o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi.

Akademik litsey o'quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o'stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo'naltirilgan bilim olishlarini ta'minlaydigan uch yillik o'rta maxsus o'quv yurtidir.

Kasb-hunar kolleji o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta'minlaydigan uch yillik o'rta kasb-hunar o'quv yurtidir.




14-modda. Oliy ta'lim
Oliy ta'lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta'minladi.

Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o'quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta'lim muassasalarida) o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi asosida amalga oshiriladi.

Oliy ta'lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma'lumot to'grisidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega.

Bakalavriat oliy ta'lim yo'nalishlaridan biri bo'yicha puxta bilim beradigan, o'qish muddati kamida to'rt yil bo'lgan tayanch oliy ta'limdir.

Magistratura aniq mutaxassislik bo'yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir.

Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar.




15-modda. Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim
Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini ta'minlashga qaratilgandir. Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, ad'yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy darajalar va unvonlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.




16-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko'nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta'minlaydi.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



17-modda. Maktabdan tashqari ta'lim
Bolalar va o'smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo'sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo'nalishlarda maktabdan tashqari ta'lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin.

Maktabdan tashqari ta'lim muassasalariga bolalar, o'smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o'smirlar sport maktablari, san'at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, soglomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.

Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining faoliyat ko'rsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo'yiladi.


18-modda. Oiladagi ta'lim va mustaqil ravishda ta'lim olish
Davlat oilada ta'lim olishga va mustaqil ravishda ta'lim olishga ko'maklashadi. Bolalarni oilada o'qitish va mustaqil ravishda ta'lim olish tegishli ta'lim muassasala­rining dasturlari bo'yicha amalga oshiriladi. Ta'lim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yo'sinda yordam ko'rsatiladi.


19-modda. Ta'lim to'grisidagi hujjatlar 
Akkreditatsiya qilingan ta'lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to'grisidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi.

Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to'grisidagi hujjat oilada ta'lim olgan yoki mustaqil ravishda bilim olgan va akkreditasiya qilingan ta'lim muassasalarining tegishli ta'lim dasturlari bo'yicha ekstern tartibida imtihonlar topshirgan shaxslarga ham beriladi, davlat ta'lim muassasalarida o'qitilishi shart bo'lgan va ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo'yiladigan mutaxassisliklar bundan mustasno.

Oliy ma'lumot to'grisidagi diplomga o'zlashtirilgan fanlar ro'yxati, ularning hajmlari va fanlarga qo'yilgan baholar yozilgan varaqa ilova qilinadi.

Dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga belgilangan tartibda fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.

Davlat ta'lim standartlariga mos kelgan taqdirda O'zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlarning hukumatlari o'rtasidagi ikki tomonlama bitimlar asosida har ikki tomonning ma'lumot to'grisidagi hujjatlari belgilangan tartibda o'zaro tan olinishi mumkin.

Tegishli bosqichdagi ta'limni tugallamagan shaxslarga belgilangan namunadagi ma'lumotnoma beriladi.

Davlat tasdiqlagan namunadagi ma'lumot to'grisidagi hujjat navbatdagi bosqich ta'lim muassasalarida ta'lim olishni davom ettirish yoki tegishli ixtisoslik bo'yicha ishlash huquqini beradi.

III. TA'LIM JARAYONI QATNASHCHILARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH

 

20-modda. Ta'lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish 


     Ta'lim muassasasida ta'lim oluvchilar qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq imtiyozlar, stipendiya va yotoqxonada joy bilan ta'minlanadi.


21-modda. Ta'lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish 
Ta'lim muassasalari xodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi, haqi to'lanadigan yillik uzaytirilgan ta'tillar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.

Ta'lim muassasalari ish haqiga mo'ljallangan mavjud mablaglar doirasida mustaqil ravishda stavkalar, mansab okladlariga tabaqalashtirilgan ustama belgilashga hamda mehnatga haq to'lash va uni rag'batlantirishning turli shakllarini qo'llashga haqli.




22-modda. Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o'qitish
Etim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o'qitish va ularni boqish davlatning to'la ta'minoti asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


23-modda. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar va o'smirlarni o'qitish
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo'lgan bolalar va o'smirlarni o'qitish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tashkil etiladi. Bolalar va o'smirlarni ushbu ta'lim muassasalariga yuborish va ulardan chiqarish ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining o'quvchilari qisman yoki to'la davlat ta'minotida bo'ladi.




24-modda. Ijtimoiy yordamga va tiklanishga muhtoj bo'lgan shaxslar uchun o'quv-tarbiya muassasalari 
    Alohida sharoitlarda tarbiyalanish va o'qishga muhtoj bo'lgan bolalar va o'spirinlar uchun ularning bilim olishi, kasb tayyorgarligi va ijtimoiy tiklanishini ta'minlaydigan ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalari tashkil etiladi.

Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o'tash muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning ta'lim olishi va mustaqil bilim olishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sharoitlar yaratiladi.



IV. TA'LIM TIZIMINI BOSHQARISH

 

25-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta'lim sohasidagi vakolatlari 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta'lim sohasidagi vako­latlariga quyidagilar kiradi:

ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish;

ta'limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

ta'lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilash;

ta'lim muassasalarini akkreditasiyadan, pedagog, ilmiy kadrlarni attestasiya­dan o'tkazish tartibini belgilash;

boshqa davlatlarning ta'lim muassasalariga O'zbekiston Respublikasining hududida ta'lim faoliyati bilan shugullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;

qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta'lim to'grisidagi hujjatlarini tan olish va hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash;

davlat ta'lim standartlari tasdiqlash;

davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to'grisidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;

davlat grantlari miqdori va ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibini bel­gilash;

davlat oliy ta'lim muassasasining rektorlarini tayinlash;

ta'lim oluvchilarni akkreditasiya qilingan bir ta'lim muassasasidan boshqasiga o'tkazish tartibini belgilash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.




26-modda. Ta'limni boshqarish bo'yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining huquq doirasi

 Ta'limni boshqarish bo'yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining huquq doirasiga quyidagilar kiradi:

ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ro'yobga chiqarish;

ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga rahbarlik qilish;

davlat ta'lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyor­garligiga bo'lgan talablar bajarilishini ta'minlash;

o'qitishning ilgor shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta'limning texnik va axborot vositalarini o'quv jarayoniga joriy etish;

o'quv va o'quv-uslibiyat adabiyotlarini nashr etishni tashkil qilish;

ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestasiyasi va davlat ta'lim muas­sasalarida eksternat to'grisidagi nizomlarni tasdiqlash;

davlat oliy ta'lim muassasasining rektorini tayinlash to'grisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;

pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.


27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta'lim sohasidagi vakolatlari

 Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

ta'lim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta'minlaydilar;

ta'lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar, (respublika tasarrufida bo'lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini ro'yxatga oladilar;

o'z hududlaridagi ta'lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorlarini va imtiyozlarni belgilaydilar;

ta'lim sifati va darajasiga, shuningdek pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo'lgan davlat talablariga rioya etilishini ta'minlaydilar;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.


28-modda. Ta'lim muassasasini boshqarish

 Ta'lim muassasasini uning rahbari boshqaradi.

Ta'lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko'rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.


29-modda. Ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari bilan nodavlat ta'lim muassasalari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar

 Ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari nodavlat ta'lim muassasalarida a'lim to'grisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi.

Nodavlat ta'lim muassasalari ta'lim to'grisidagi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, akkreditasiya qilgan organlar ularning faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq to'xtatib qo'yishga haqli.

Nodavlat ta'lim muassasalariga qabul davlat o'quv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.



V. YAKUNLOVCHI XULOSALAR


30-modda. Ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari

Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olishlari uchun javobgardirlar.




31-modda. Ta'limni moliyalash

Davlat ta'lim muassasalarini moliyalash respublika va mahalliy byudjetlar mablaglari, shuningdek byudjetdan tashqari mablag'lar hisobidan amalga oshiriladi.




32-modda. Ta'limni rivojlantirish fondlari

Ta'limni rivojlantirish fondlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkin.




33-modda. Xalqaro hamkorlik

 Ta'lim muassasalari ta'lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etadilar, chet davlatlarning tegishli o'quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o'rnatish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qo'shma o'quv yurtlari tashkil etish huquqiga ega.




34-modda. Ta'lim to'grisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

 

Ta'lim to'grisidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo'lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.




O'zbekiston Respublikasining Prezidenti   I.Karimov


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi







O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI


UMUMIY QOIDALAR

O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma'naviy yangilanishini, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo’shilishni ta'minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda. Inson, uning har tomonlama uyg'un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi "Ta'lim to’g'risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g'ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
1. MUAMMOLAR VA KADRLAR TAYYORLASh TIZIMINI TUBDAN ISLOX QILISH OMILLARI

1.1. Rivojlanishning erishilgan darajasi

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi va qator chora-tadbirlar ko’rishni: "Ta'lim to’g'risida"gi qonunni joriy etishni (1992 yil); yangi o’quv rejalari, dasturlari, darsliklarini joriy etishni, zamonaviy didaktik ta'minotni ishlab chiqishni; o’quv yurtlarini attestatsiyadan o’tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta'lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi. Maktabgacha ta'lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog'chalari hamda "bolalar bog'chasi-maktab" majmui tarmog'i rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san'ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o’rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etilgan. Yangi tipdagi maktablar va umumta'lim o’quv yurtlari tarmog'i rivojlanib bormoqda. hozirgi kunda 238 litsey va 136 gimnaziya ishlab turibdi. "Sog'lom avlod uchun", "Ma'naviyat va ma'rifat", "Iqtisodiy ta'lim", "Qishloq maktabi", "Rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tiklash" va boshqa tarmoq dasturlari ro’yobga chiqarilmoqda. 

Respublika umumta'lim maktablarida 435 mingdan ortiq o’qituvchi ishlamoqda, ularning 73 foizi oliy ma'lumotlidir. Mehnat bozorini, eng avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta'limini qayta tashkil etishga kirishildi. hozirgi kunda bu tizimda jami 221 ming kishini ta'lim bilan qamrab olgan 442 o’quv yurti, shu jumladan, 209 kasb-hunar maktabi, 180 kasb-hunar litseyi va 53 biznes-maktab ishlab turibdi. Bugungi kunda boshlang'ich kasb-hunar ta'limi o’quv yurtlarida qariyb 20 ming o’qituvchi va malakali mutaxassislar ishlamoqda. Respublikada jami 197 ming kishi ta'lim olayotgan 258 o’rta kasb-hunar ta'limi o’quv yurti ishlab turibdi. Ularda qariyb 16 ming o’qituvchi va muhandis-pedagog xodimlar mehnat qilmoqda. O’ZBEKISTON oliy maktabi tizimi 58 oliy o’quv yurtini, shu jumladan 16 universitet va 42 institutni o’z ichiga oladi, ularda 164 ming talaba ta'lim olmoqda; 16 universitetning o’n ikkitasi O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki yilda tashkil topdi. 

Oliy o’quv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming o’qituvchining 52 foizi fan doktori va fan nomzodlaridir. Oliy ta'limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan huquqiy yo’nalishga o’tkazish ishi olib borilmoqda, o’quv yurtlarining tarmog'i kengaymoqda, universitet ta'limi rivojlanmoqda. Bilimlarning yangi tarmoqlari bo’yicha kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy maktabni ko’p bosqichli tizimga o’tkazish amalga oshirilmoqda. Abiturientlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg'or usullari joriy etilmoqda. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga oshgan talablarga muvofiq aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaymoqda. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etildi. 

Respublikada qariyb 4 ming aspirant bo’lib, ulardan 69 foizi oliy ta'lim tizimida va 31 foizi ilmiy-tadqiqot institutlarida ta'lim olmoqda. Jami ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning 8 foizini fan doktorlari va 37 foizini fan nomzodlari tashkil etadi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida 23 institut, 16 fakultet, 4 markaz va 14 malaka oshirish kurslari ishlab turibdi. Iqtidorli bolalar va o’quvchi yoshlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Iste'dodli o’smir va qizlarni izlab topish, ularga ko’maklashish, ularning qobiliyati va iste'dodini o’stirish bo’yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi o’quv yurtlari va ilmiy markazlarda o’qitish va stajirovkadan o’tkazish yo’lga qo’yildi. Fan va ta'lim sohasida xalqaro aloqalar kengayib bormoqda. Shunga qaramay, sodir etilgan o’zgaririshlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq bo’lishini ta'minlay olmadi. 

  

1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət