Ana səhifə

Inson resurslarini boshqarish


Yüklə 3.33 Mb.
səhifə29/29
tarix26.06.2016
ölçüsü3.33 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29

Qaysi chet tillarini biladi:


rus tili
Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):

yo’q
Xalq deputatlari, respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a’zosimi (to’liq ko’rsatilishi lozim)

yo’q

MEHNAT FAOLIYaTI

1987-1992 yy.-Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi

1987-1990 yy.-Toshkent shaxri “Orzu” charm gallenteriya buyumlari fabrikasi ishchisi

2004-2008 yy.-Toshkent moliya instituti “Moliya” kafedrasi assistenti

2008 y.-x.v. -Toshkent moliya instituti “Menejment va marketing” kafedrasi katta o’qituvchisi

__________________________________________________________________




FOYDALI MASLAXATLAR
__________________________________________________________________

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

MOLIYAVIY MENEJMENT FAKULTETI
MENEJMNET VA MARKETING” KAFEDRASI
INSON RESURSLARINI BOSHQARISH”

FANIDAN 3- KURS TALABALARI UCHUN MUSTAQIL ISHI MAVZULARI VA UNI TAYYORLASH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMALAR
Oliy ta’limning

Ta’lim yo’nalishlari: 5340200-“Menejment” bakalavriat

yo’nalishlari uchun

Toshkent – 2012

KIRISH
2011 yil mamlakatimizda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qilindi. Bu sohaga davlat tomonidan katta e’tibor berilishining sababi, bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va xususiiy tadbirkorlik sarf qilingan moliyalarni tez qoplay oladigan, iste’molchilarning o’sib borayotgan talablariga mos ravishda tovar va xizmatlar turini ishlab chiqarishga yo’naltirilgan sohadir. Shu sababli bu soha menejerlari boshqaruv nazariyasi va amaliyotini chuqur biladigan, boshqaruv tamoyillarini amalda qo’llay oladigan, boshqaruv jarayonini boshqaruv funksiyalaridan kelib chiqqan holda tashabbuskorona boshqarishlari zarur.

O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2010 yil 28 sentyabrdagi F-3501 sonli farmoyishiga binoan ishlab chiqilgan “2011-2016 yillarda oliya ta’lim muassasalarining moddiy texnik bazasini modernizatsiyalash va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash” Dasturi qabul qilindi. Dastur vazifalarini bajarish va kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash va talabalar bilim darajasini ko’tarish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

“Kichik biznes va xususiiy tadbirkorlik sohasining mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni ishonchli tayanchi bo’lgan mulkdorlar sinfini, ya’ni o’rta sinfni shakllantirishdagi ulkan ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi”-deb prezident I.A.Karimov bejiz ta’kidlamadilar. Tadbirkor - bu ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish borasida bilim va malakaga ega bo’lgan, foyda olish maqsadida tavakkalchilik bilan ish ko’ra oluvchi tashabbuskor shaxs. Jahon tajribalaridan ma’lumki, ko’pgina taraqqiy etgan davlatlarda AQSH, Yaponiya, Yevropa ittifoqi bu sohaning mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 38-67 % ni tashkil qiladi. Aholi bandligining 65-70 % ham aynan shu sohaga to’g’ri keladi. Respublikamizda ham joriy yilda iqtisodiyotda band bo’lgan jami faol aholining 74,3 % shu sohada faoliyat ko’rsatmoqda.3

Bo’lajak menejerlar iqtisodiyotning qaysi tarmog’ini boshqarmasinlar ular chuqur nazariy bilim, amaliy tajriba va ko’nikmalarni shakllantirishlari zarur. Shu sababli Davlat ta’lim standartlarida mutaxassislik fanlari bo’yicha kurs ishlarini bajarish rejalashtirilgan. Kurs ishi ta’lim yo’nalishi bo’yicha o’quv rejaning majburiy qismi bo’lib hisoblanadi.


I. UMUMIY QOIDALAR
Mustaqil ishi talabaning Davlat ta’lim standarti va institut o’quv rejasiga asosan fanni o’zlashtirganlik hamda amaliyotga bog’liqlikda ilmiy tadqiq qilib bajariladigan mustaqil ish turidir.

Mustaqil ishini bajarishda talaba bu mustaqil ish turini bajarish bo’yicha ko’rsatmalarga rioya qilishi kerak.

Mustaqil ishi yozish oliy o’quv yurti talabasida mustaqil vazifalarni ilmiy ijodiy yondoshgan holda bajarilishi bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Mustaqil ishini joriy yoki oraliq nazoratlari yakunigacha bajarish va topshirish, har bir talaba uchun zarur hisoblanadi.

2. MUSTAQIL ISHIGA MAVZU TANLASH
Inson resurslarini boshqarish fanidan mustaqil ishi mavzulari va ularning tahminiy rejalari ishlab chiqilgan. Shunga asoslanib, talaba oldingi ishlarni bajarishdagi tajribalarini, o’z ilmiy tadqiqot olib borish qobiliyatini rivojlantirish bo’yicha malakasini shakllantiradi.

Tanlangan mavzu inson resurslarini boshqarish faoliyatini tashkil etish muammolarini nazariy va amaliy jihatlarini ochishga qaratilgan bo’lishi lozim .


3. MUSTAQIL ISHINING MAZMUNI
Inson resurslarini boshqarish fani bo’yicha mustaqil ishi mazmuni inson resurslarini boshqarish nazariyasi va amaliyotining dolzarb mavzulariga bag’ishlanib,mustaqil ishi 3 qismdan, ya’ni kirish, asosiy qism hamda xulosa va takliflardan iborat bo’ladi.

Kirish qismida tanlanagan mustaqil ishi mavzusining dolzarbligi va iqtisodiyotdagi ahamiyati, aniq sharoitlarda bu masalalarning qo’yilishi va echimining o’ziga xos jihatlari asoslab beriladi.

Mustaqil ishining asosiy qismida o’rganilayotgan mavzuning nazariy asoslari ochib beriladi, bozor munosabatlariga o’tishda, iqtisodiy islohotlar sharoitidai nson resurslarini boshqarishni rivojlantirish va takomillashtirishga oid vazifalar, tanlangan mavzuning umumnazariy masalalari ko’rib chiqiladi.

Asosiy qismda mustaqil ishi mavzusidan kelib chiqqan holda nazariy masalalar yoritiladi menejment asoschilarining qarashlari tahlil qilinadi. Nazariy masalalarning amaliyotdagi ko’rinishi, xulosa va takliflar o’tkazilgan tadqiqotga qisqacha yakun yasalib, tanlangan mustaqil ishi mavzusi yo’nalishlariga muvofiq holda inson resurslarini boshqarishni tashkil etish va operativ jarayonlarini takomillashtirish. hamda samaradorligini oshirish bo’yicha aniq takliflar bayon etiladi.


5. MUSTAQIL ISHINI RASMIYLASHTIRISH
Mustaqil ishini bajarish jarayonida to’plangan nazariy va amaliy ma’lumotlar, qayta ishlangan ma’lumotlar aniq, tartibli va rejaga asosan yoritilishi kerak. Materiallar bayoni mantiqiy izchil, jumla tuzilishlari qisqa va aniq, mavhumlik va qaytariqlar bo’lmasligi, xulosalar isbotlangan va tavsiyanomalar asoslangan bo’lishi kerak.

Moliyaviy menejment” fakulteti 3 kurs bakalavr yo’nalishidagi talabalar uchun «INSON RESURSLARINI BOSHQARISH » fanidan mustaqil ishi MAVZULARI




  1. Korxonada kadrlarni boshqarishning zamonaviy usullari.

  2. Xalkaro biznesda inson resurslarini boshkarish masalalari.

  3. Xalkaro jamoani boshkarish xususiyatlari.

  4. Zamonaviy rahbar qanday bo‘lishi kerak.

  5. Xalqaro kompaniyalarda kadrlar siyosati.

  6. Zamonaviy rekrutmen bozori.

  7. AKShda inson resurslarini boshkarish strategiyasi.

  8. Yaponiyada inson resurslarini boshkarishning asosiy xususiyatlari.

  9. O‘zbekiston korxonalarida inson resurslarini boshqarishda xorijiy tajribalardan foydalanish.

  10. Kadrlar tizimi innovatikasi.

  11. Kadrlarni baholash metodlari va uning korxona samaradorligiga ta’siri.

  12. Kadrlarni yollashda xangti usuli.

  13. Personalni malaka oshirishi ish unumdorligiga ta’siri.

  14. O‘zbekiston Respublikasida bandlikning hozirgi holati va bandlik darajasini oshirish imkoniyatlari.

  15. Zamonaviy sharoitlarda inson resurslari menejmenti va uning iqtisodiyotdagi ahamiyati.

  16. Korxona va tashkilotlarda samarali attestatsiya o‘tkazish usullari.

  17. Xodim faoliyatini rag‘batlantirish.

  18. Xodimlar motivatsiyasi borasidagi hozirgi zamon muammolari.

  19. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida IRBning tutgan o’rni va strategiyasi.

  20. Kadrlar to‘plash va tanlash

  21. Mehnat resurslari bozori nazariyasi va tendentsiyalari

  22. Modernizatsiyalash sharoitida inson resurslarini boshqarish ahamiyatining o‘sishi

  23. Inson resurslarini boshqarish xususiyatlari

  24. Motivatsiyaning boshlang‘ich va klassik nazariyalari

  25. Boshqaruv taktika, strategiyasi va uning vositalari

  26. Qaror qabul qilish jarayoni va muammolarni hal qilish usullari

  27. Kadrlar yangilashlarining mohiyati va tasniflanishi

  28. Motivatsiya borasidagi zamonaviy muammolar

  29. Boshqaruv va uning uslublari

  30. Sifatni nazorat qilish tizimi

  31. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi

  32. Xorij tajribalarida xodimlarni boshqarishning asosiy tamoyillari

  33. Korporatsiya misolida kadrlar xizmati faoliyatini tashkil etish

  34. Motivatorlar va gigienik faktorlar nazariyasi

  35. AQSh va Yaponiyada xodimlarni boshqarish markazlarining rivojlanish tendentsiyalari


__________________________________________________________________
BAXOLASH MEZONLARI

__________________________________________________________________

O‘ZLASHTIRISHNING NAZORATI

Inson resurslarini boshqarish” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash



MEZONI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respubli­kasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-son buyrug‘i bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom”da ko‘rsatilganidek, talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholash quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:



  • Joriy nazorat (JN);

  • Oraliq nazorat (ON);

  • Yakuniy nazorat (YaN).

“Inson resurslarini boshqarish” fani bo‘yicha talabaning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

  • Joriy nazorat - 35 ball;

  • Oraliq nazorat – 35 ball;

  • Yakuniy nazorat – 30 ball.

Joriy nazorat bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratilgan har bir mavzu bo‘yicha talabaning adabiyotlardan olgan konspekti, bilimi, mustaqil ijodiy fikr-mulohazalari, amaliy jadval va topshiriqlarni echishi, mustaqil ishi natijalari va amaliy ko‘nikmalarini aniqlab borish nazarda tutiladi va u amaliy mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi.

Oraliq nazoratda fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo‘limi yoki qismi bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar o‘tib bo‘lingandan so‘ng talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savolga javob berish yoki muammoni yechish mahorati va qobiliyati aniqlanadi. Oraliq nazorat semestr davomida 2 davrada o‘tkaziladi. Talabalarning bilimi birinchi davrada fanning 1-4 mavzularini qamrab olgan qismi bo‘yicha 0-17 ball doirasida, ikkinchi davrada fanning 5-8 mavzularini qamrab olgan qismi 0-18 ball doirasida baholanadi. Oraliq nazoratda talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ma’ruzalar o‘tilgan mavzular bo‘yicha og‘zaki, yozma ish, test o‘tkazish usullari va talabaning mustaqil ishi nazarda tutilgan holda baholanadi.

Joriy va oraliq nazoratlarda saralash ballidan kam ball to‘plangan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy(JN) va oraliq nazorat(ON)lar uchun yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.

Yakuniy nazorat semestr yakunida o‘tkazilib, yakuniy nazoratda talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari ishchi o‘quv dasturidan kelib chiqqan holda fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. Yakuniy nazorat og‘zaki so‘rash, amaliy topshiriqlarni mustaqil echish, suhbat, yozma ish yoki test o‘tkazish usulida amalga oshiriladi.

Fan bo‘yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy balning 55 foizi, ya’ni 39 ball saralash balli hisoblanib, ushbu balldan kam ball to‘plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

Joriy(JN) va oraliq nazorat(ON) turlari bo‘yicha 55 va undan yuqori balni to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‘l qo‘yiladi.

Talabaning semestrda joriy (JN) va oraliq(ON) nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari yig‘indisi 55 baldan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.

Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o‘zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o‘zlashtirna olmagan talaba, fakultet dekani tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.

Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimall ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Inson resurslarini boshqarish” fani bo‘yicha talabalarning bilimlarini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar inobatga olinadi


Ball

Baho

Talabaning bilim darajasi

1

2

3

86-100

“A’lo”

Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtira olish

Firma va kompaniyalar faoliyatda inson resurslarini boshqarishda ijodiy fikrlay olish

Mamlakatimizdagi firma va kompaniyalar faoliyatini tahlil etishda xorijiy kompaniyalar faoliyati bilan solishtirib tahlil qilish

Inson resurslarini boshqarish jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish

Tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish

O‘rganilayotgan jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularga to‘la baho berish

Firma va kompaniyalar faoliyatini tahlil etishda Inson resurslarini boshqarishning barcha usullarini birdek qo‘llay olish

Inson resurslarini boshqarishda jarayonga to‘g‘ri va xolisona baho berish

Inson resurslarini boshqarishning iqtisodiy hodisa va jarayon to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish

O‘rganilayotgan jarayonlarni analitik jadvallar orqali tahlil etish va tegishli xulosalar berish



71-85

“Yaxshi”

Inson resurslarini boshqarish jarayonlari haqida mustaqil mushohada yuritish

Tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish

O‘rganilayotgan jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularga to‘la baho berish

Firma va kompaniyalar faoliyatini tahlil etishda inson resurslarini boshqarishning barcha usullarini birdek qo‘llay olish

Inson resurslarini boshqarishning jarayonga to‘g‘ri va xolisona baho berish

Tahlil etilgan iqtisodiy hodisa va jarayon to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish

O‘rganilayotgan jarayonlarni analitik jadvallar orqali tahlil etish va tegishli xulosalar berish


55-70

“Qoniqarli”

Inson resurslarini boshqarishning natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish

O‘rganilayotgan jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularga to‘la baho berish

Inson resurslarini boshqarish jarayonga to‘g‘ri va xolisona baho berish

Inson resurslarini boshqarishning iqtisodiy hodisa va jarayon to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish

O‘rganilayotgan jarayonlarni analitik jadvallar orqali tahlil etish va tegishli xulosalar berish


0-54

“Qoniqarsiz”

O`tilgan fanning nazariy va uslubiy asoslarini bilmaslik

Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil etish bo‘yicha tasavvurga ega emaslik

Inson resurslarini boshqarishning iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan usullarni qo‘llay olmaslik


Saralash bali 55 ballni tashkil etadi.

Inson resurslarini boshqarish” fanidan joriy nazoratda talabaning bilimini reyting tizimi asosida baholash






Ko‘rsatkichlar

Joriy nazorat-dagi maksimal ball

1

2

3



Darsga qatnashganlik darajasi

2,0



Amaliy mashg‘ulot darslariga tayyorgarligi, adabiyotlardan konspekti, so‘zga chiqishi, tahliliy jadvallarni bajara bilishi hamda ularga xulosalar berish saviyasi, mustaqil ish mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar qilishi

8,0



Mustaqil ta’lim soatlarida bajargan ishlari, qilgan taqdimoti hamda iqtisodiy tahlil bo‘yicha berilgan qo‘shimcha topshiriqlarni bajarishi

6,0



Ilmiy to‘garakda ma’ruza bilan chiqishi, viktorina va talabalar konferensiyalarida “Inson resurslarini boshqarish” bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashishi

3,0



Gazeta va jurnallarda firma va kompaniyalarning buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditiga oid maqolalar bilan chiqishi

2,0



Mavzular bo‘yicha multimedialar tayyorlashi, slaydlar, ko‘rgazmali qurollar va chizmalar tayyorlashdagi faoliyati, “Inson resurslarini boshqarish” fani bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratishda qatnashganligi

6,0



Amaliy mashg‘ulot (ma’ruza) darslarida faolligi, fan bo‘yicha ish o‘yinlarini tashkil qilishdagi faolligi

8,0




Jami

35

Inson resurslarini boshqarish” fanidan oraliq nazoratda talabaning bilimini reyting tizimi asosida baholash






Ko‘rsatkichlar

Oraliq nazoratdagi maksimal ball

1-ON

2-ON

Jami

1

2

4

5

6



Darsga qatnashganlik darajasi

1,0

1,0

2,0



O‘tilgan mavzular bo‘yicha konspekti va ma’ruzada o‘tilgan mavzularni o‘zlashtirganlik darajasi

4,0

4,0

8,0



Mustaqil ta’lim soatlarida bajargan ishlari, qilgan taqdimoti hamda iqtisodiy tahlil bo‘yicha berilgan qo‘shimcha topshiriqlarni bajarishi

3,0

3,0

6,0



Ilmiy to‘garakda ma’ruza (referat) bilan chiqishi, viktorina va talabalar konferensiyalarida “Inson resurslarini boshqarish” bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashishi

2,0

2,0

4,0



Gazeta va jurnallarda firma va kompaniyalarning buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditiga oid maqolalar bilan chiqishi

1,0

2,0

3,0



Mavzular bo‘yicha multimedialar tayyorlashi, slaydlar, ko‘rgazmali qurollar va chizmalar tayyorlashdagi faoliyati, “Inson resurslarini boshqarish” fani bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratishda qatnashganligi

3,0

3,0

6,0



Ma’ruza darslarida faolligi, fan bo‘yicha ish o‘yinlarini tashkil qilishdagi faolligi

3,0

3,0

6,0




Jami

17

18

35


Yakuniy nazoratni “Yozma ish”asosida o’tkazish

M E Z O N I

Talabalar “Inson resurslarini boshqarish” fanidan yakuniy nazoratni test topshiriqlari yoki “Yozma ish” usulida topshiradilar va ularni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0 dan 30 ballgacha baholanadi. Yakuniy nazoratni “Yozma ish” usulida topshirilganda talabalar bilimi 0-6 ball (YaN balining 20 foizi) oralig’ida baholanadi. Yakuniy nazoratni 0-24 ball (YaN balining 80 foizi) oralig’ida baholanadigan qismi kompyuter sinflarida test topshiriqlari asosida o’tkaziladi. Talabalar berilgan 30 ta test topshiriqlari bo’yicha har bir to’g’ri javob uchun 0,8 ballga ega bo’ladilar.

Agar yakuniy nazorat “Yozma ish” usulida amalga oshirilsa, sinov ko‘p variantli usulda o‘tkaziladi. Har bir variantda mavzular yuzasidan uchtadan savol bo‘lib, har bir savolga tegishli javoblar yoziladi. Har bir savolga yozilgan javoblar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0-2 ball oralig‘ida baholanadi.

Berilgan har bir savolga talaba tomonidan fanning nazariy va uslubiy asoslari to‘g‘ri va to‘liq yoritilsa, moliyaviy-iqtisodiy boshqaruvga oid o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lsa va uni yozma shaklda bayon eta olsa, javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilsa, o‘zlashtirish umumiy ko‘rsatkichi 0-6 ball bilan baholanadi.

Berilgan har bir savolga javob yozilmasa, noto‘g‘ri javob yozilsa yoki o‘quv adabiyotidan so‘zma-so‘z ko‘chirib yozilsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0-1 ball bilan baholanadi.

Amaliy topshiriq shartida belgilangan amallar bajarilmasa, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ta’sir etuvchi omillar aniqlanmasa, xulosa yozilmasa 0-1 ball bilan baholanadi.

Yozma sinov bo‘yicha umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo‘yilgan o‘zlashtirish ballari qo‘shiladi va yig‘indi talabaning yakuniy nazorat bo‘yicha o‘zlashtirish bali hisoblanadi.

Yakuniy nazoratni “Test topshiriqlari” asosida o’tkazish

M E Z O N I

Talabalar “Inson resurslarini boshqarish”fanidan yakuniy nazoratni test topshiriqlari yoki “Yozma ish” usulida topshiradilar va ularni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0 dan 30 ballgacha baholanadi.

Agar yakuniy nazorat “Test topshiriqlari” asosida amalga oshirilsa, sinov ko‘p variantli usulda kompyuter sinflarida o‘tkaziladi. Har bir variantda 30 tadan test topshirig‘i bo‘lib, talabaga savollarning javobini belgilash uchun 30 daqiqa vaqt beriladi. Har bir test topshirig‘iga talaba tomonidan berilgan javoblar 1 ball bilan baholanadi.

Berilgan test topshiriqlarining 26-30 tasiga to‘g‘ri javob belgilagan talaba 26-30 ball oralig‘ida baholanadi.

Berilgan test topshiriqlarining 22-25 tasiga to‘g‘ri javob belgilagan talaba 22-25 ball oralig‘ida baholanadi.

Berilgan test topshiriqlarining 17-21 tasiga to‘g‘ri javob belgilagan talaba 17-21 ball oralig‘ida baholanadi.



Berilgan test topshiriqlarining 16 va undan kamiga to‘g‘ri javob belgilagan talaba 0-16 ball oralig‘ida baholanadi.



1 Ўзбекистон Республикаси «Таълим тўғрисида»ги қонуни. – Т.: Ўзбекистон, 1998.

2 Ўзбекистон Республикаси «Аҳолини иш билан таъминлаш тўғрисида»ги қонун (янги тахрир). –Т.: Адолат, 1998.

3 Buyuk va muqaddassan mustaqil vatan. Ilmiy ommabop risola. “O’QITUVCHI”. T. 2011 y. 132 bet.



1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət