Ana səhifə

Inson resurslarini boshqarish


Yüklə 3.33 Mb.
səhifə14/29
tarix26.06.2016
ölçüsü3.33 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29

Umumiy o'rta ta'lim

To’qqiz yillik (I-IX sinflar) o’qishdan iborat umumiy o’rta ta'lim majburiydir. Ta'limning bu turi boshlang'ich ta'limni (I-IV sinflar) qamrab oladi hamda o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o’zlashtirish ehtiyojini, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-ahloqiy fazilatlarni, mehnat ko’nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lishni va kasb tanlashni shakllantiradi. Umumiy o’rta ta'lim tugallanganidan keyin ta'lim fanlari va ular bo’yicha olingan baholar ko’rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi.

Umumiy o’rta ta'limning yangicha tizimi va mazmunini shakllantirish uchun quyidagilar zarur:

maktabning I-IX sinflari doirasida sifatli umumiy o’rta ta'lim olishni ta'minlovchi davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan keyin olinadigan ta'lim dasturlari bilan mantiqiy bog'liqlik hisobga olinishi lozim;

yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash;

hududlarning jo’g'rofiy va demografik xususiyatlariga, shaxs, jamiyat va davlatning ehtiyojlariga muvofiq ravishda ta'lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish;

o’quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiqravishda ta'limga tabaqalashtirilgan yondashuvini joriy etish;

ta'lim berishning ilg'or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o’quv-uslubiy majmualarni yaratish va o’quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta'minlash;

o’quvchilar kasb-hunar tanlaydigan va psixologik-pedagogik jihatdan maslahatlar oladigan markazlar tarmoqlarini tashkil etish.

 

O’rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi

     Umumiy o’rta ta'lim negizida o’qish muddati uch yil bo’lgan majburiy o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi uzluksiz ta'lim tizimidagi mustaqil turdir. o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo’nalishi akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o’quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.

Akademik litsey davlat ta'lim standartlariga muvofiqo’rta maxsus ta'lim beradi. o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan ta'lim olishini ta'minlaydi.

Akademik litseylarda o’quvchilar o’zlari tanlab olgan ta'lim yo’nalishi bo’yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko’nikmalarini o’zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu ko’nikmalarni o’qishni muayyan oliy ta'lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro’yobga chiqarishlari mumkin.

Kasb-xunar kolleji tegishli davlat ta'lim standartlari doirasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi; o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi.

Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, o’quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta'lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o’quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
     Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta'lim olish o’quvchilarga o’z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo’lishni ta'minlaydi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta'limning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beradi.

O’rta maxsus, kasb-hunar ta'limini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyat ko’rsatishining normativ bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;

soha uchun oliy ta'lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohasining mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni, shu jumladan chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;

o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o’quv muassasalari uchun ta'lim va kasb-hunar dasturlari, o’quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;

akademik litseylarning o’quvchilari mehnat faoliyati ko’nikmalarini egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish;


     kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan ixtisos va kasb-hunar, malaka talablarining ro’yxatini ishlab chiqish;

hududlarning jo’g'rofiy va demografik shart-sharoitlarini va tegishli sohadagi mutaxassislarga bo’lgan mahalliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi ta'lim muassasalarining tashkil etilishini va ular oqilona joylashtirilishini ta'minlash, ularga o’quvchilarni imkon qadar oilasidan ajratmagan holda qamrab olish;

akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika va axborot bazalarini mustahkamlash.
 Oliy ta'lim    

Oliy ta'lim o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanadi hamda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichga ega.

Oliy ta'lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.

Bakalavriat mutaxassisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta'lim muddati kamida to’rt yil davom etadigan tayanch oliy ta'limdir.

Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so’ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb bo’yicha "bakalavr" darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.

Magistratura aniqmutaxassislik bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta'lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir.

"Magistr" darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining intihosidir. 

Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. 

Ikki bosqichli oliy ta'lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

bakalavriat va magistratura uchun davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;

oliy ta'lim muassasalari uchun professor-o’qituvchi kadrlar tayyorlash, shu jumladan chet ellardagi etakchi o’quv va ilmiy markazlarda tayyorlash;

oliy ta'lim muassasalarida tarkibiy o’zgartishlar o’tkazish;

oliy ta'lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, bu muassasalarning mustaqilligini kuchaytirish, muassislar, vasiylar kengashlari, jamoat nazorat kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini joriy etish;

ta'limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi ta'sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

o’qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distansion ta'lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o’zlashtirish;

yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda talabalarni o’qitishni jadallashtirish;

xalqning boy ma'naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ta'limning insonparvarlik yo’nalishini ta'minlash.


Oliy oquv yurtidan keyingi ta'lim

Oliy o’quv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga, shaxsning ijodiy ta'lim-kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan.Oliy o’quv yurtidan keyingi ta'limni oliy o’quv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, ad'yunktura, doktoran­tura, mustaqil tadqiqotchilik) olish mumkin. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta'lim bosqichlari (aspirantura, doktorantura) dissertasiya himoyasi bilan yakunla­na­di.Yakuniy davlat attestatsiya natijalariga ko’ra tegishli ravishda fan nomzodi va fan dok­tori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi.

Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish tadbirlari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

"Ta'lim to'g'risida"gi qonunga hamda mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiqoliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog  kadrlarni tayyorlash va attestasiyadan o'tkazish tizimini takomillashtirish;

kasb ta'limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni hamda ilg'or pedagogik  texnologiyalar sohasida ilmiy kadrlarni  ustuvor ravishda tayyorlash;

rivojlangan mamlakatlarning ilg'or ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarida ustuvor yo'nalishlar bo'yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog  kadrlar tayyorlanishi uchun sharoitlar yaratib berish;

fan, texnologiya va ta'lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish
    Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb bilimlari va ko'nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta'lim muassasalaridagi o'qish natijalariga  ko'ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha tarkib, mazmun hamda bu tizimni boshqarishni shakllantirish;

yuqori malakali o'qituvchi-mutaxassis kadrlar tayyorlash va sohani ular bilan to'ldirib borishni ta'minlash;

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bu sohada raqobatga asoslangan muhitni shakllantirishni va   samarali faoliyat olib borishni  ta'minlovchi normativ bazasini yaratish; 

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta'lim muassasalarini  davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan o'tkazish tizimini  ishlab chiqish va amaliyotga  joriy etish;

iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari, mulkchilikning turli shaklidagi tashkilot va muassasalarning talab-ehtiyojlariga muvofiq kadrlar va mutaxassislarni  ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini  oshirishni ta'minlovchi  davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish va rivojlantirishga  ko'maklashish;

professional treningning ilg'or texnologiya va uskunalarini, shuningdek murakkab, fan yutuqlarini talab qiluvchi texnologiya jarayonlari imitatorlarini ishlab chiqish, yaratish va amaliy o'zlashtirib olish. 
Maktabdan tashqari ta'lim

 

Bolalar va o'smirlarning  ta'limga bo'lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo'sh vaqtini  va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy  shaxslar  madaniy estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo'nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etadilar.



Maktabdan tashqari ta'limni rivojlantirish, uning tuzilmasi va mazmun-mundarijasini takomillashtirish vazifalarini  hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

ta'lim berish va kamol toptirishga yo'naltirilgan xizmatlar ko'rsatuvchi muassasalar tarmog'ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini ko'paytirish;

milliy pedagogik qadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilg'or tajribani inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish;

o'quvchilarning bo'sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish  tadbirlarining, bolalar turizmining,

xalqhunarmandchiligining mavjud  turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish.
3.4.Kadrlar tayyorlash tizimida fan 

 

Kadrlar tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida  fanni o'z ichiga oladi, bu sohada: 



tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to'g'risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyorlash tizimida ommalashtirish, o'rganish va foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi:

oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash  amalga oshiriladi;

kadrlar tayyorlash jarayonini  ilmiy-tadqiqot jihatidan  ta'minlash infrastruk­turasi vujudga keltiriladi, ta'limning axborot tarmoqlarida  foydalanish  maqsadida bilimning turli sohalari bo'yicha axborot bazasi shakllantiriladi;

mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga  integrasiyasi sodir bo'ladi, zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning  eng muhim muammolarini hal etish uchun ilmiy yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda  almashinuv amalga oshiriladi.

Kadrlar tayyorlash tizimiga ilm-fanning uzviy ravishda kirib borishi uchun quyidagilar zarur:    

ilg'or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o'zlashtirish yuzasidan maqsadli innovasiya loyihalarini  shakllantirish va amalga oshirish yo'li bilan ilm-fanning ta'lim amaliyoti  bilan aloqasini ta'minlash chora-tadbilarini ishlab chiqish;


     ilg'or axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish uchun eksperimental  maydonchalar barpo etish orqali ilmiy tadqiqotlar natijalarini o'quv-tarbiya jarayoniga o'z vaqtida joriy etish mexanizmini ro'yobga chiqarish;

kadrlar tayyorlash milliy dasturini samarali tarzda bajarishni ta'minlash yuzasidan ilmiy-tadqiqiot ishlarini olib borish;

yuqori malakali  kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, yoshlarning ilmiy ijodiyotini har tomonlama qo'llab-quvvatlash;

ta'lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar darajasini baholashga zamonaviy yondashuvni ro'yobga chiqarish, ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar  natijalari tijoratlashuvi asosida olimlarning obro' e'tibori va ijtimoiy maqomini oshirish;

mamlakat ilm-fanining xalqaro ilmiy hamjamiyatga  integrasiyasini faollashtirish, ta'lim sohasi va kadrlar tayyorlashni  takomillashtirish maqsadida ilmiy yutuqlar va olimlar bilan o'zaro almashinuv jarayonini kuchaytirish;

fan va texnologiyalar sohasidagi faoliyatni ma'naviy va moddiy rag'batlantirish tizimini ishlab chiqish, talabalar va yosh olimlarning ilmiy yutuqlari uchun maxsus mukofotlar va sovrinlar ta'sis etish, maxsus stipendiyalar sonini  ko'paytirish, yoshlar ilmiy-texnika ijodiyotining doimiy ishlaydigan ko'rgazma va ekspozisiyalarini tashkil etish.



3.5.Kadrlar tayyorlash tizimida ishlab chiqarish 

Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo'nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini  ilgari suradi, ta'limning  muvoziy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga  baho beradi.

Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi vazifalari  quyidagilar bilan belgilanadi, chunonchi u:

turli saviya va malakadagi mutaxassislarga bo'lgan talab-ehtiyojni shakllantiradi;


      o'z ixtiyoridagi moddiy-texnika, moliya, kadr resurslari hamda kadrlarni o'qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boshqa resurslarni berish bilan uzluksiz ta'lim tizimiga ko'maklashadi;

muassis, vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim mutaxassislarni va guruhlarni maqsadli tayyorlashni, shuningdek turli tip va darajadagi o'quv yurtlarini moliyalashda qatnashadi;

ta'lim va ilm-fanning  turli shakllardagi integrasiyasini (muvaqqat ijodiy jamoalar, o'quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualari, markazlari, texnoparklar, texnopolislar) rivojlantiradi.

Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi mavqeini kuchaytirish quyidagi yo'llar bilan ta'minlanadi:

ta'limni karxonadagi unumli mehnat bilan, shu jumladan ishlab chiqarish amaliyoti jarayonidagi mehnat bilan qo'shib olib borish asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash;

kadrlar tayyorlash hamda birgalikda ilmiy-texnologiya ishlanmalarini olib borishda  korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish;

ta'lim oluvchilarni mehnat jamoalarida tarbiyalash (mehnat, ma'naviy va jismoniy tarbiyalash);

ishlab-chiqarishning talab-ehtiyojlarini inobatga olib, texnika va texnologiyalarni rivojlantirishning yangi yo'nalishlari bo'yicha kadrlarni tayyor­lash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

ishlab chiqarishning iqtisodiy va texnologiya muammolarini hal etish uchun oliy ta'lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning ilmiy salohiyatini jalb etish;

pedagog kadrlarning ilg'or texnologiyalar sohasidagi malakasini bevosita ishlab chiqarishda muntazam oshirib borish;

ishlab chiqarishning yuqori malakali kadrlarini ta'lim jarayoniga va pedagogik faoliyatga jalb etish;

ishlab chiqarish amaliyotini o'tish uchun ta'lim oluvchilarni ish joylari bilan ta'minlash;

o'zaro integrasiyalangan ta'lim muassasalarini zamonaviy uskunalar, apparatlar va asboblar bilan jihozlash.

4. KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YO'NALISHLARI

 

4.1.Ta'limning uzluksizligini ta'minlash



4.2.Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

4.3.Ta'lim jarayonini mazmunan islox qilish

4.4.Ma'naviy-axloqiy tarbiya va ma'rifiy ishlar

4.5.Iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlar

4.6.Ta'lim tizimini boshqarish

4.7.Kasb-hunar ta'limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish

4.8.Ta'lim tizimini moliyalash

4.9. Moddiy-texnika ta'minoti

4.10.Ta'lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish

4.11.Ta'lim xizmati ko'rsatish bozorini rivojlantirish

4.12.Ta'lim soxasida ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash

4.13.Fan bilan ta'lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish

4.14.Ishlab chiqarish va ta'lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirish

4.15.Ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik
Kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish  quyidagi ustuvor yo'nalishlarni qamrab oladi:


4.1.Ta'limning uzluksizligini ta'minlash

Ta'limning o'z ichiga maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini  qamrab oluvchi  yangi uzluksiz va izchil  tizimi barpo etiladi. Oliy kasb-hunar ta'limining bakalavrlar va magistrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi ikki bosqichli  tizimi joriy etiladi. Aspirantura va doktorantura faoliyati rivojlanib boradi.  Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo'yicha raqobatbardosh ta'lim muassasalari vujudga keltiriladi.

Ta'lim muassasalarini hududiy yo'nalishga o'tkazish va tarkibiy tuzilmasini  o'zgartirish ishi amalga oshiriladi. Uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini  baholash  monitoringi amalga oshiriladi. Uzluksiz ta'lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash ustuvorligi ta'minlanadi.


4.2. Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 

Pedagog kadrlarning  malakasini oshirish va ularni qayta  tayyorlashning zamon talablariga moslashuvchan, ta'limning yuqori sifatli va barqaror rivojla­nishini ko'zlovchi  tizimi vujudga keltiriladi. Pedagog kadrlarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini  oshirish, raqobatbardosh  darajada ularning kasb sifatini qo'llab-quvvatlash ta'minlanadi.

Oliy ta'lim muassasalarida davlat ta'lim standartlariga  mos yuqori  malakali o'qituvchilar tayyorlash bo'yicha maxsus fakultetlar, shuningdek respublika viloyatlarida  umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi uchun o'qituvchilar  va mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash yuzasidan  maxsus markazlar tashkil etiladi.


4.3. Ta'lim jarayonini mazmunan islox qilish

Kadrlarni o'qitish va tarbiyalash milliy tiklanish prinsiplari va mustaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy, ma'naviy va intellektual salohiyati hamda umum­bashariy  qadriyatlarga tayangan, insonparvarlikka yo'naltirilgan ta'limning mazmuni davlat ta'lim standartlari asosida isloh qilinadi. Ta'lim oluvchining shaxsiga, unda ta'lim va bilimlarga bo'lgan ishtiyoqni kuchaytirishga, mustaqil ish tutishni, iftixor va insoniy qadr-qimmat tuyg'usini shakllantirishga alohida e'tibor beriladi.

Pedagog kadrlarning obro'-e'tibori, mas'uliyati va kasb ko'nikmasini oshirish yuzasidan sobit qadam davlat siyosati olib boriladi. Ilg'or pedagogik texno­logiyalar, ta'limning  yangi shakl va uslublari, o'quv, shu jumladan differensiya­lashgan dasturlar amaliyotga joriy etiladi.


4.4. Ma'naviy-axloqiy tarbiya va ma'rifiy ishlar 

Yosh avlodni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalashda xalqning  boy milliy madaniy-tarixiy an'analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan  samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi  ta'minlanadi. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamla­kat aholisi orasidagi ma'rifiy ishlar takomillashtirib boriladi.

O'zbekiston mustaqilligi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga  munosib hissa  qo'shishga  qodir shaxsni shakllantirish maqsadida  ta'lim muas­sasalari ota-onalar, oila, mahalla qo'mitalari, "Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazi, jamoat tashkilotlari, fondlar bilan o'zaro puxta hamkorlik qiladilar.
4.5. Iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlar

Iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlarni aniqlash va o'qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlari yaratiladi, bunday bolalar va yoshlarga oid  ma'lumotlarning respublika banki va monitoringi shakllanadi. Maxsus o'quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlar jalb qilinadi, o'quv-tarbiya jarayonida ularning  faol ishtiroki ta'minlanadi. Fan va texnikani, siyosat va iqtisodiyotni, madaniyat va san'atni o'rgatish markazlari qabilidagi hamda milliy (elita) ta'lim muassasalari tashkil etiladi.

Iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o'tkazishga  qaratilgan sobit-qadam faoliyat amalga oshiriladi. Akademik litseylarning o'quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste'dod  sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo'nalishlari bo'yicha  o'z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o'zlaridagi noyob iste'dodni ro'yobga  chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
4.6. Ta'lim tizimini boshqarish

Uzluksiz ta'lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o'zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo'li bilan  boshqarib boriladi. Barcha darajadagi ta'lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari  "Ta'lim to'g'risida"gi qonunga muvofiq belgilanadi. Ta'limning normativ-huquq bazasi rivojlantiriladi. Moliya-xo'jalik faoliyati olib borish hamda ta'lim jarayonini tashkil etishda o'quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta'minlanadi. Ta'lim muassasalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o'tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko'ra ta'lim sohasida faoliyat ko'rsatish huquqi beriladi.

Muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiylarning vakillarini o'z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatuv kengashlari tuzish orqali ta'lim muassasalarining samarali jamoat oshqaruvi tizimi joriy etiladi.

1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət