Ana səhifə

Inson resurslarini boshqarish


Yüklə 3.33 Mb.
səhifə10/29
tarix26.06.2016
ölçüsü3.33 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29

Vaziyatli topshiriqlar


1- vaziyat

Nizolar jamoaning ishlab chiqarish hayotiga qanday ta’sir ko’rsatadi?

1. Jamoa faoliyatining samaradorligini kamaytiradi.

2. Nizolar jamoadagi dolzarb muammolarni hal qilishga yordam beradi.

3. Nizolar jamoadagi muhitni yaxshilash uchun imkon tug’diradi.

Ishlab chiqarish jamoasidagi nizolar me’yorlar holat bo’lib boshqarilishi mumkin.



2- vaziyat

Nizolar paydo bo’layotganda uning tashkilotchisi bir odam bo’ladi. Boshqasi esa bu vaqtda qanday mavqeni egallash haqida o’ylaydi.

Siz qanday mavqeni tanlaysiz?

1. Faqat sirtdangina tajovvuzkorona muomala qilgan kishining mavqei va talabiga qo’shilaman.

2. Nizoga olib keluvchi g’alamis gap va xarakterlarni e’tiborsiz qoldiraman.

O’z obro’imga putur etkazmasdan nizoni hal qilishga harakat qilib munosabatlarimni bildiraman.



3 - vaziyat

Qanday qilib ishchilarning kayfiyatini ko’tarish mumkin? Bu haqida ikki usta o’z fikrlarini bildirishdi. Biri: "Yaxshi hazilni tez-tez ishlatib, inqilobiy, ma’qullovchi so’z va maqtovlarni ishlataman", - dedi. Boshqasi esa: "Bular hammasi mayda-chuyda narsalar.

Hech narsa yaxshi maosh va mukofotday kayfiyatni ko’tarolmaydi".

Bunga Siz nima deysiz?

1. Ikkinchi ustaning gapiga to’la qo’shilaman. Yaxshi maosh bo’lsa, kayfiyat ham yaxshi bo’ladi.

2. Zamonaviy bu o’z ijtimoiy holatini yaxshi tushungan va madaniyat doirasi keng bo’lgan odam. Shuning uchun unga axloq, odob va ma’naviy sifatlar birinchi navbatda turadi, demak, birinchi usta haq.

Har qaysi usta o’zicha haq, chunki ular keltirilgan omillar jamoada kayfiyat shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. Moddiy rag’batlantirish va yaxshi so’zli bo’lishni birga qo’shib olib bormoq - bu har qanday rahbar uchun juda muhim narsa.

4 - vaziyat

Tavsiflar asosida odamning mijozini aniqlang. "V" qobiliyatli muhandis-iqtisodchi. Ko’pchilik uni juda qiziqqon va besaramjon deb hisoblaydi. "V" o’ziga qaratilgan har qanday tanqidga chiday olmaydi, o’zini tuta olmaydi va tajovvuzkordek qaraydi. O’zining kamchiligini ko’rsatishga jazm qilgan kishi bilan xohlagan paytda urishib ketishi mumkin. Bunday xulqni "V" har doim unga qarshi zarba bera olmaydigan kishiga qo’llashi kuzatilgan. Shu bilan bir vaqtda u bilan tortisha oladigan va uni o’z o’rniga qo’ya oladiganlar, shuningdek, u nimadan bo’lsa ham tobe’ bo’lganlar va uning shaxsiy xotirjamligi bilan bog’liq bo’lganlar "V" bosiq, g’amxo’r, vazmin munosabat bildiradi. Shu bilan birga "V" juda ishchan, yangi ishga tez ko’nikuvchan, kam charchaydi va mashhurlik axtaradi.

1. Flegmatik.

2. Xolerik.

3. Sangvinnik.

4. Melanxolik.



5- vaziyat

Majlisda ishchilardan biri rahbarning uni qanday qabul qilishi haqida ochiq norozilik bildiradi. "Xonaga kirasan, -dedi u , - salom o’rniga bosh silkitish, o’tirishni ham har doim taklif qilmaydi, insoniylik qani?"...

Bir odam so’zga chiqqan kishini qo’lladi, boshqasi esa: "rahbar har doim o’z fikrini bildirib, unga kelgan har bir ishga amaliy yordam ko’rsatadi, bu esa eng asosiysi!" - dedi.

Ularning qaysi biri haq?

1. Birinchi odam ham. Rahbar har doim o’z qo’li ostidagi kishilar kuzatuvida bo’ladi. Bu uni o’z harakatlarini qattiq nazorat qilishga majbur etadi ayniqsa, har qanday ishlab chiqarish holatida bo’lmasin insonlarga hurmatda bo’lishni talab etadi.

2. Ikkinchi odam haq. Asosiy hissiyotlar esa ikkinchi o’rinda turadi.

Ikkala ishchi ham adolatli mulohaza yuritishdi, etika, axloq, rahbarning ichki madaniyati - bu ko’p narsani bildiradi, lekin ishda shunday vaqtlar bo’ladiki, rahbar uchun salomlashishga ham qo’li tegmaydi, bundan tashqari rahbar va bo’ysunuvchining orasidagi shaxsiy o’zaro munosabatlar ham katta ahamiyatga ega. Bu erda rahbar haq.

6 - vaziyat

Berilgan tavsifga asoslanib, mijoz turini aniqlash, "M" - zavodning bosh iqtisodchisi. U juda bosiq, vazmin, sustkash ayol. Kim bilandir gaplashganda tez-tez ko’zini chetga olib qochadi. Hech qachon o’ziga e’tibor qaratishga harakat qilmaydi. Chunki bu uni uyaltiradi. Yangi ishchilar bilan zo’rg’a tanishadi. Tinchlik va yolg’izlikni hush ko’radi. Boshqalar nima bilan shug’ullanayotganini chetdan kuzatishni yaxshi ko’radi, lekin, o’zi ularning ishiga qo’shilmaydi. Juda ishchan. U yaxshi kishilar bilan dilkash muomalada.

1. Sangvinnik.

2. Xolerik.

3. Flegmatik.

4. Melanxolik.



7 - vaziyat

Bo’lim boshlig’i ish vaqtida koridorda ketayotgan edi. Bir burchakda yosh ishchilar chekib turib baland ovozda gaplashib turishibdi. Bo’lim boshlig’i 10 daqiqadan keyin qaytayotib xuddi shu holatni ko’rdi.

Uning o’rnida Siz o’zingizni qanday tutgan bo’lar edingiz?

1. Ularning oldiga kelib, nima uchun ish vaqtida uzoq gaplashib turganliklarini so’rab, ish o’rinlariga tarqalishlarini iltimos qilar edim.

2. Ma’muriy chora ko’rilishi kerak: buyruq shaklida xayfsan e’lon qilardim, mehnat intizomini buzganligi haqida.

3. Yoshlar tashkiloti kotibini chiqarib, ulardan chora ko’rishni mehnat intizomini buzganligi uchun buyruq shaklida xayfsan e’lon qilardim.

4. Biron xulosaga kelmasdan, odamlar nima haqida gaplashayotgani to’g’risida o’ylab ko’rib, yaqinroq borib, sekin muloqatga kirishardim.

Balki ishlab chiqarishning munozaraga sabab bo’lgan masalani hal qilolmayotgan bo’lishi mumkin.



8- vaziyat

Iqtisodchi yarim kechagacha ishladi: zudlik bilan tahlil kerak edi. Iqtisodchi ertalab bo’lim boshlig’i tomonidan o’tkazilgan majlisga kech keldi. Bo’lim boshlig’ining jahli chiqib, uning shaxsiga yomon gap aytdi. Bu iqtisodchining o’rnida Siz o’zingizni qanday tutar edingiz?

1. Munosabatimizni yomonlashishiga olib keladigan javob berar edim.

2. Uning aybini asossiz ekanilagini tinch yo’l bilan tushuntirishga harakat qilardim.

3. Uning gapiga e’tibor bermayman, keyinchalik o’zi tushunadi.

9- vaziyat

Yosh ishchi mehnat va ishlab chiqarish intizomini bir necha bor buzmoqda. Usta u bilan suhbatlar o’tkazdi. Jarima solishga ham to’g’ri keldi. Yosh ishchi ishlaydigan brigadada 12 kishi bor, ulardan biri uning do’sti hamma narsada uni qo’llaydi, 6 kishi jamoa ishlari bilan unchalik qiziqmaydi, ishdan so’ng uyga ketishga shoshiladi. 5 kishi jamoatchilik topshiriqlarini bajarishadi, brigadir kasaba uyushmasi qo’mitasi a’zosi.

Yosh ishchi bilan yana "favqulotda holat" yuz berdi. Uning axloqini baholashda Siz usta o’rnida nima qilar edingiz?

1. Brigada jamoasi yig’ilishida yosh xodimning harakatini muhokamaga qo’yar edim.

2. Jamoa qatnashuvisiz o’zim qaror qabul qilar edim.

3. Yosh ishchining harakati muhokamasiga faqat brigada faollarini taklif qilar edim.

Boshqa javob yo’q.

10- vaziyat

Boshqaruv xodimlari qanday asosiy toifalarga bo’linadi?

1. 2-toifaga: rahbarlar va muhandis-texnik xodimlar.

2. 3-toifaga: rahbarlar, mutaxassislar, xizmat ko’rsatuvchi-yordamchi-texnik va xizmatchi personal.

3. 4-toifaga: yuqori pog’onali rahbar (boshliq, o’rinbosari), o’rta pog’onali rahbar (bo’lim boshlig’i, sektor va byuro boshliqlari), muhandis-texnik xodimlari va kichik xizmat xodimlari.

11- vaziyat

Kasaba uyushmasi etakchisini tanlash kerak. 3 ta nomzod bor. Quyida ularning tavsifnomasi keltirilgan. Kimni tanladingiz?

1. Birinchisi-a’lochi, muloyim, o’ziga ergashtira oladigan, o’z fikrida tura oladigan.

2. Insonlar bilan quruq munosabatda bo’ladigan tabiatga mijozga ega ikkinchi nomzod, vazifalarni bajarishda tezkor savolni aniq belgilab, uning bajarilishini tashkil eta oladi.

3. Uchinchi nomzod - jamoa fikriga tayanadigan, o’ziga ergashtira oladigan, ko’ngilsizliklardan uzoq yuruvchi, ayniqsa ish jarayonida odamlarning o’zaro munosabatlari bilan bog’liq hollarda.

12- vaziyat

Ishlab chiqarishga kelgan yosh mutaxassislarga rahbarlarni (ustozlarni) tayinlovchi (belgilovchi) qoidalari ustida o’ylab ko’ring. Sizning fikringizcha quyidagi berilgan uchta savoldan qaysi biri haqiqatda haq odilona (to’g’ri)?

1. Ma’muriy ishlab chiqarishga kelgan har bir yosh mutaxassisga zarur bo’lgan maxsus tayyorgarlikni o’tagan va yoshlar tarbiyasi bilan shug’ullanishni istagan eng yaxshi ishlab chiqaruvchilardan rahbarlarni biriktirib qo’yish shart.

2. Ilg’or (etakchi) ishlab chiqaruvchilardan yoshlar tarbiyasi bilan shug’ullanishni istaydiganlarni aniqlash (ko’rsatish) zarur va ularga maxsus tayyorgarlikdan o’tish uchun imkoniyatlar yaratib berish zarur.

Ayniqsa yosh ishchilarga biriktirilish to’g’risidagi savolni esa rahbarlarning o’zlari hal etishlari lozim.

3. Ishga kirayotgan yosh ishchini ishlab chiqarishda rahbarning harakati bilan tanishtirish, unga yoshlar bilan ishlashning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida to’liq axborot berish zarur. Bundan so’ng yosh mutaxassisga o’zi rahbarni tanlashni taklif qilish kerak.



13- vaziyat

Rahbar mehnatiga bir qator xususiyatlar xosdir. Ulardan asosiysi shundan iboratki, rahbar o’ziga mehnat qilmaydi, uning faoliyati u rahbarlik qiladigan ishchilar jamoasi mavjudligi bilan ma’noga egadir.

Bu boshqaruv muhitida band bo’lgan rahbar va mutaxassislardan ishchanlik qobiliyatini muntazam o’sishini, berilgan ishga javobgarlikni, mehnatni to’g’ri tashkil qilishni va undan samarali foydalanishni talab etadi.

Zamonaviy rahbar o’zida omilkorlikni (chuqur bilimga asoslangan) ishbilarmonlikni, tashabbusli intizomlilikni va ishga ijodiy yondashuvni uzviy ravishda birlashtirishi shart.

Rahbar ega bo’lishi kerak bo’lgan xususiyatlar to’g’risidagi savol tamomila echilmagan bahslashuvlarga olib kelyapti, zero, boshqaruvchining ishi o’ziga xos xususiyatlarni talab qiladi. Bu sifatlarni o’lchash, ularning tarkibini aniqlash va boshqaruvning turli daraja va ob’ektlarining o’zaro bog’lanishiga tegishlidir. Ta’sirni kuzatish qiyin, xususan, rahbarning u yoki bu xususiyatlarining miqdoriy alokasini, uning jamoadagi munosabatlarida, ishning iqtisodiy ko’rsatkichlarida rivojlanish darajasini ko’rsatish undan ham qiyin, lekin imkoni bor. Rahbar qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerak? Bu savolga javob berish uchun shunday mezonlar tizimini tanlash kerakki, u bilan rahbarning xususiyatlarini etarli ravishda ob’ektiv baholash mumkin bulsin. Mezonlarning har biri maxsus ishlab chiqarilgan baholash shkalasi bo’yicha miqdoriy ravishda baholanadi. Ekspert so’rashga va ekspert natijalari asosida rahbarga zarur va etarli bo’lgan xususiyatlar ro’yxati tuziladi. Boshqaruv bo’yicha adabiyotda nashr qilingan izlanishlar asosida rahbar va mutaxassislar kerakli bo’lgan xususiyatlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

1. Uddaburonlik (tashabbuskorlik):



  • tavakkal qila bilish;

  • berilgan ishga shaxsiy javobgarlik hissi;

  • insonlarga g’amxo’rlik qilish;

  • bir fikrda turish;

  • tanqidga quloq sola bilish, o’z ishiga (xatti-harakatiga) tanqidiy qarash.

2. Intizom va mehnatga munosabat:

  • mehnatsevarlik;

  • intizom.

3. Kasb egasi ekanligi omilkorlilik (o’z kasbini chuqur egallaganligi, chuqur bilim egasi) va bilim darajasi:

  • ma’muriy;

  • omilkorlik (chuqur bilimga ega bo’lish);

  • eruditsiya (bir yoki bir necha sohada keng va chuqur ma’lumotga ega bo’lish).

4. Tashkiliy va ma’muriy qobiliyat:

  • ishbilarmonlik;

  • tashabbuskorlik;

  • ish haqidagi fikrlarni qisqa va aniq bayon qila olish;

  • aniq bir maqsadga qaratilganlik;

  • ish bo’yicha bo’ladigan xatlarni, buyruqlarni, farmoyish va boshqalarni yoza bilish;

  • o’z vaqtida qaror qabul qila olish;

  • qarorning bajarilishi bo’yicha nazorat o’rnatish qobiliyati;

  • murakkab sharoitlarda o’z yo’nalishini tezda aniqlashni bilish;

  • yangilikdan qo’rqmaslik;

  • turli tashkilot rahbarlari bilan ishlashni bilish.

5. Jamoa muhitiga mos kelish:

  • mustahkam birlashgan jamoani yarata olish;

  • bo’ysunuvchilar bilan ishlay olish;

  • nizoli holatlarni bartaraf qilish (yo’lga qo’yish);

  • qat’iyat;

  • jahli tezlik;

  • odamlar bilan kirishishlik;

  • vijdonlilik;

  • dilrabolik;

  • kamtarlik;

  • tashqi ko’rinish (ozodalik, pokizalik, tozalik);

6. Boshqa xususiyatlar:

  • sog’liq-salomatlik;

  • ish muddati;

  • yosh;

  • oilaviy holati.

Albatta, rahbar va mutaxassis bu hamma xususiyatlarga ega bo’la olmaydi. Ekspert so’rovlar va ekspert natijalar yordamida rahbar yoki mutaxassisga kerakli va etarli bo’lgan xususiyatlarning ro’yxatini tuzamiz.

14- vaziyat

Boshqaruvning mazmuni jarayon sifatida o’zining faoliyati turlarini ifodalaydigan vazifalarda ochiladi. Ular yordamida boshqaruv sub’ekti boshqariluvchi ob’ektga ta’sir qiladi.

Tashkiliy texnik rejada ishlab chiqarishni boshqarish belgilariga ko’ra quyidagi vazifalarga bo’linishi mumkin: boshqaruv jarayoninig mazmuni, ishlab-chiqarish xo’jalik faoliyati turlariga aloqadorlik (mansublik). Sanab o’tilgan belgilar bo’yicha hamma yirik vazifalar bir nechta qismlarga bo’linishi mumkin. Bunda birgina korxona ichidagi boshqaruv mehnatining bo’linishi ko’p miqdorli omillarga ta’sir qiladi, shu jumladan: keng ko’lamlilik va boshqalar. Buning asosida boshqaruv mehnatining vazifa egaligida bo’linishi yuzaga keladi. Shunday ekan, mehnatning vazifaga bo’­linishi so’zlari keng ma’noda o’z ichiga ishlab-chiqarish xo’jalik faoliyati muhiti bo’yi­cha boshqaruv jarayonining alohida boshqaruv ishi va operatsiyalar turlariga bo’lini­shini oladi.

Boshqaruv bo’yicha shunday mehnat bo’linmasini ta’minlash muhimki, unda hamma vazifalari o’zaro aloqadorlikda va muvofiqlashgan holda bajarilishi kerak. Bu esa alohida boshqaruv vazifalarining turli boshqaruvchi tizimlarining maydonlariga oqilona qo’shilib ketishini va bir-biriga biriktirilishini ta’minlashda yordam beradi. Bu o’z navbatida, boshqaruv apparatida ishlaydiganlarning huquq va burchlarini aniqroq aniqlab beradi, Boshqaruv tizimini mukammallashtirib beradi.



15- vaziyat

Faraz qilaylik, Sizning bevosita rahbaringiz Sizni chetlab, bo’ysunuvchingiz­ga berib bo’lgansiz. Siz va Sizning boshlig’ingiz o’z vazifalaringizni kechiktirib bo’lmaydigan, ya’ni zarur hisoblaysizlar.

Quyidagi fiklar variantidan Siz uchun ko’proq ma’qul bo’lganini tanlang.

A. Subordinatsiya (kichiklarning darajama-daraja kattalarga bo’ysunushi) qat’iy rioya qilib, Sizning vazifangizni bajarilishini keyinga surib yoki bekor qilib boshliq vazifasiga e’tiroz bildirmaslik.

B. Hammasi mening ko’zimda boshliq qanchalik obro’ga ega ekanligiga bog’liq.

V. Boshliq qaroriga rozilik bildirmasdan, kelgusida bunday hollarda Sizning roziligingizsiz bo’ysunuvchingizga beriladigan vazifani bekor qilasiz.

G. Ishga e’tibor berib, boshliq vazifasini bekor qilasiz va avval Sizning vazifangizni bajarishi haqida bo’ysunuvchingizga buyruq berasiz.

D. Sizning variantingiz ...



16- vaziyat

Faraz qilaylik, Siz bir vaqtda shoshilinch vazifa oldingiz: Sizning bevosita va yuqorida turgan boshlig’ingizdan. Ularni muvofiqlashtirish uchun Sizda vaqt ham sharoit ham yo’q. Bunday hollarda Siz ko’proq qanday ish tutasiz?

A. Birinchi navbatda, kimni ko’proq hurmat qilsam, shu kishining vazifasini bajaraman.

B. Mening fikrimcha muhimroq bo’lgan vazifani bajaraman.

V. Yuqorida turgan boshliqning vazifasini bajaraman.

D. Sizning variantingiz ...



17- vaziyat

Ikki xodim yoki Sizning bo’ysunuvchilaringiz o’rtasida o’zaro murosasizlik, hush ko’rmaslik yuzaga keldi. Bu esa ularning muvaffaqiyatli ishlashiga halaqit beradi. Ularning har biri ularning tomonlarini olishingiz uchun Sizga alohida muomala qilishar edi.

Bunday holatda Sizning odatdagi variantingiz?

A. Mening ishim ularning o’zaro munosabatlarini ishga halaqit berishga yo’l qo’ymaslik, nizoni echish esa ularning shaxsiy ishlari.

B. Eng yaxshisi munosabatni tartibga solishni faolga topshirish yoki majlisda hal etish.

V. Eng avval o’zi tartibga solishi (hal etishi) lozim va ularni yarashtirishga harakat qilishi lozim.

G. Avvalo, har bir mojaro (nizo)chi uchun jamoada kim obro’ga ega ekanligini bilib olib, ular orqali ta’sir etish kerak.

D. Sizning variantingiz ...



18- vaziyat

Jamoada nojo’ya harakat yuz berdi, intizom buzildi yoki yaroqsiz mahsulot chiq­qan. Rahbari aybdor yoki guruh noma’lum. Uning o’rnida qanday ish tutar edingiz?

A. Aybdorlarni jazolash va ishning bajarilishi, xatolarning tuzatilishiga erishish maqsadida aniq aybdorlarni topish uchun hamma choralarni qo’llash.

B. Harakatda, xatolarda shubhalanganlarni o’ziga (xonasiga) chaqirib, faollar yig’ilgan holda gaplashib olinadi.

V. Yuz bergan holat haqida jamoaga xabar berish kerak va avvalom bor aniq aybdorni aniqlamasdan uning jamoadagi holatini faollar bilan muhokama qilish kerak.

G. Jamoa mehnat unumdorligining va intizomining o’sishi uchun vaqtni quruq gapga va aybdorlarni izlashga sarflamasdan, bunday hollar qaytarilmasligi uchun bir qator tashkiliy va intizomiy chora-tadbirlar ko’rilishi kerak.

D. Sizning fikringiz ...

19 - vaziyat

Faraz qilaylik, o’zingiz uchun o’rinbosar tanlashingiz kerak. Bir qator nomzodlar mavjud. Da’vogar (nomzod)lardan har biri bo’ysunuvchilar bilan o’zaro munosabatlarda quyidagi xususiyatlar (sifatlar) bilan ajralib turadi:

A. Birinchisi odamlar bilan bo’ladigan nizolardan qochishni (chetlab o’tishni) afzal ko’radilar va avvalom bor iliq, do’stona kayfiyatli muhitni yaratishga harakat qiladi. Bu bilan bo’ysunuvchilarning hamjihatlik bilan qilingan, muvaffaqiyatli ishlarga erishadi.

B. Ikkinchisi, ishga e’tibor bergan tarzda odamlar bilan nizolarga boradi, qo’yilgan maqsadga erishish uchun shaxsiy munosabatlarni "buzib qo’yish"dan qo’rqmaydi.

V. Uchinchisi o’z huquqi va shunga bo’ysunuvchilardan talab qiladi, ishning aniq bajarilishiga erishadi.

G. To’rtinchisi, ish yuzasidan va tashkiliy masalalar bo’yicha o’z maqsadlariga erishishda doimo diqqat e’tiborli. Bo’ysunuvchilar bilan o’zaro munosabatdagi nizolar tushunmovchiliklarga unchalik katta ahamiyat bermasdan qo’yilgan maqsadga erishadi.

D. Sizning variantingiz ...

1-masala

Mark ismli rieltor(ko’chmas mulk savdosi bilan shug’ullanuvchi) quyidagi vaziyatlarni echishda yordam berishimni so’rab menga murojaat etdi. U: “Men kvartiramni 1,2 mln. sh.p.b. ga sotdim. Bir qancha vaqt o’tib shu kvartiramni 1 mln. sotib oldim. Keyin xuddi shu kvartirani yana sotdim. Endi esa 1,1 mln.ga Endi men foydadan solik to’lashimga to’g’ri keladi.”



Savol: foyda nimaga teng?

2-masala

Bir kishi kassada turib yuz rubl kupyurani tanga pullarga maydalab berishni iltimos qildi. Buning uchun unga bir nechta bir rubllik, 12 marta kam 2 rubllik, kolganini esa 5 rubllik kilib berish kerak edi.



Savol: nechtadan turli tanga pullar berildi.

3-masala

Besh yil oldin A kompaniyasi B kompaniyasiga karaganda 6 marta kup foyda olardi. Ushandan buyon xar ikkala kompaniyaning foydasi bir xil 100 ming sh.p.b. da usib bordi. Bu yil esa shu ma’lum buldiki A kompaniyaning daromadi B kompaniyaning daromadiga nisbatan atigi 2 barobar kup ekan.



Savol: A va B kompaniyalarning 5 yil oldingi va bu yilgi daromadlarini aniklang.

4-masala

Karzni indin utgan kuni bulganda, shuningdek yakin dushanbagacha ancha bor, usha kuni bugun bulganda, indin ertaga bulgan kunda kaytarishga va’da beraman.



Savol: Va’da kaysi kuni berilgan? Karz kaysi kui kaytariladi.

5-masala

Opa-singil Anna, Bella va Veralar birgalikda anik bir aktsionerlik kapitaliga egalik kilar edilar. Annaning turmush urtogi vafot etdi va ishga Annaning jiyani kushildi, Bellaning xam eri vafot etgach, ishni ugli bilan birgalikda olib bordi. Vera esa turmushga chikib, erini xam ishga jalb etdi. Aktsionerlar daromadni barcha ishtirokchilar urtasida teng taksimlashga kelishdilir. Birinchi yilning oxiriga kelib foyda mikdori 44 mln. sh.p.b. ni tashkil etdi. Solik inspektsiyasiga ma’lum buldiki, xar bir aktsionerning ulushi bir butun milionni tashkil etar ekan.



Savol: xar bir aktsioner kanchadan foydaga ega bulgan?

6-masala

Korxonaning mulki 860 ming sh.p.b. ga ega. Likvidatsiya tufayli mulk taksimlanishi kerak edi. Kompanonlar shunga kelishdilarki, xar birlari urtasida mulk barobar taksimlanadi, kim kachon korxonaga kirgandan boshlab. Korxonaga esa kompanonlardan biri 6 yil avval asos solgan. Ma’lum buldiki, ulushning 3 tasi A kompanonga tegishli, B kompanonga 2 tasi, V kompanonga 6 tasi tegishli ekan.



Savol: Xar bir kompanon kanchadan ulush tegdi. Xar bir kompanon necha yildan beri korxonaga ega bulgan.

7-masala

Sut sotuvchi maxsulotni ikkita etkazib beruvchidan kabul kiladi. Xar ikkisi xam mikdoran bir xil, lekin sifati 2 xil sut olib kelishdi. Shuning uchun xam sutning narxlari xar xil, kimmat sut 1 litri 1 sh.p.b., arzoni esa 2 litri uchun shuncha. Shunda sotuvchi ikki sutni xam aralashtirib 3 litrini 2 sh.p.b. dan sotishga karor kildi. Barcha sut sotib bulinganidan sung sotuvchi pulni sanasa 50 sh.p.b. etmadi.Agar sutni aralashtirmasdan sotganida bu pul chikardi.



Savol: sotuvchi aralashmani sotayotganda xar bir sutdan kancha yokotdi va kancha yutdi?

8-masala

Korxona raxbari xodimlaridan biriga inflyatsiya munosabati bilan oylik maosh oshirilishi uchun ikki variantni tavsiya etdi.

1-variant: xozirga damdan boshlab yiliga 1200 sh.p.b. bulgan maosh yil buyi uzgarmaydi. Keyingi yildan boshlab maosh 200 sh.p.b. oshib boradi.

2-variant: shu damdan boshlab 1200 sh.p.b.dagi yillik maosh uzgarmaydi. Xar yarim yillikning oxirida esa yillik maoshga 50 sh.p.b. teng mikdorda kushimcha pul kushiladi.



Savol: variantlardan kaysi biri xodim uchun kulayrok.

__________________________________________________________________

INSON RESURSLARINI BOSHQARISHFANIDAN TESTLARTO’PLAMI
__________________________________________________________________

. Inson resurslarini boshqarish bu…

A) Korxona va tashkilotlar maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan munosabatlar tizimi.

B) Iqtisodiyotni boshqarishga yo’naltirilgan tizim.

C) Ishlab chiqarish jarayonidagi odamlar o’rtasidagi munosabatlar.

D) Inson resurslarini boshqarish tizimi.

E) Inson resurslarini jalb qilish va tanlashni ta’minlovchi tizim.
2. Inson resurslarini boshqariish tizimi-bu…

A) Kadrlarni to’g’ri joylashtirish .

B) Ijodiy sheriklikni ta’minlash.

C) Raxbariyat buyruqlarini tushuntirish.

D) Ish xaqi xarakatlarini nazorat qilish.

E) Xamma javoblar to’g’ri.


3. Inson resurslarini boshqarish tizimi bu…

A) Personal shakllanishni boshqarish

B) Personal joylashtirishni boshqarish

C) Personal faoliyatni boshqarish

D) Personal rivojlanish va martabaga kutarilishni boshqarish

E) Xamma javoblar to’g’ri


4. Inson resurslarini boshqarishni vazifalari-bu…

A) raxbarlarga boshqaruv dasturini tayorlashga yordam.

B) kadrlarni o’rgatish.

C) boshqarishni samarali tuzilishini ishlab chiqish.

D) kompetentli Inson resurslarini boshqarish.

E) xamma javoblar to’g’ri.


5.Personal boshqarish maqsadlari -bu…

A) inson resurslaridan samarali foydalanish.

B) xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni ti\ri yilga qiyish.

C) jamoada ijtimoiy-psixologik muxitni qo’llab-quvvatlash.

D) shaxsni rivojlanishini ta’minlash.

E) Xamma javoblar to’g’ri.


6.Inson resurslarini yollash manbalari.

A) avvalgi xodimlar.

B) tasodifiy nomzodlar.

C) o’kuv yurtlari, reklama.

D) mexnat birjalari, agentliklar.

E) Xamma javoblar to’g’ri.

7. Kadrlar attestatsiyasi bu…

A) kadrlar faoliyatini baxolash.

B) ishlovchi shaxsni baxolash.

C) shaxsiy mexnat natijalarini baxolash.

D) Xamma javoblar to’g’ri.

E) Xamma javoblar noto’g’ri.


8. Kompetentsiya-bu…

A) xodimning xuquq va majburiyatlarini yi\indisi.

B) bilimlar yig’indisi.

C) umumta’lim tayorgarlik darajasi.

D) kasbiy tayorgarlik darajasi.

E) ish staji davomiyligi.


9. Chiziqli boshqaruv-bu…

A) yakkaboshchilikka asoslangan uslub.

B) quyi bo’g’inlarni boshqarish.

C) jamoa faoliyatini boshqarish.

D) operativ o’zaro aloqa.

E) boshqarishning axborotli uslubi.


10. Funktsional boshqaruv-bu…

A) aloxida turdagi faoliyatlar asosidagi boshqaruv.

B) jamoa shaklidagi boshqaruv.

C) axborotli uslub.

D) yakkaboshchilikka asoslangan uslub.

E) operativ boshqaruv.


11. Chiziqli-funktsional boshqaruv-bu…

A) vazifalar asosidagi boshqaruv

B) chiziqli-funktsional uslublarning qishilishi.

C) jamoa shaklidagi boshqaruv.

D) yakkaboshchilikka asoslangan uslub.

E) operativ boshqaruv.


12. Moddiy javobgarlik turlari qaysilar?

A) nojo’ya xatti-xarakatlar uchun javobgarlik.

B) tanbex ko’rinishidagi javobgarlik.

C) firmaga keltirilgan ziyon uchun pullik javobgarlik.

D) ishdan bo’shatish ko’rinishidagi javobgarlik.

E) Xamma javoblar to’g’ri


13. Matritsali boshqaruv tuzilmasi qaysi?

A) vertikal va gorizantal tuzilmaning qishilib ketishi.

B) vertikal boshqaruv.

C) gorizontal boshqaruv.

D) yakka boshchilik asosidagi boshqaruv.

E) brigada usulidagi boshqaruv.


14. Boshqaruv obekti bu…

A) personal.

B) xodimlar irtasidagi munosabatlar tizimi.

C) meXnat taqsimoti.

D) meXnat koperatsiyasi.

E) Xamma javoblar ti\ri.


15. Boshqaruv subekti-bu…

A) boshkaruv organlari.

B) mexnat jamoasi.

C) yollanma personal.

D) ishlovchi.

E) shaxs.


16. Boshqaruvchi tizim-bu;

A) boshqaruv subekti.

B) boshqaruv obekti.

C) chiziqli menedjerlari.

D) shtab menedjerlari.

E) xamma javoblar ti\ri.


17. Boshqariluvchi tizim-bu;

A) jamoa.

B) yollanma xodimlar.

C) boshqaruv subekti.

D) boshqaruv ob’ekti.

E) tadbirkorlar.


18. Boshqarish fanining predmeti-bu

A) personal tuzilmasi yi\indisi.

B) tashkilotning rivojlanish qonuni.

C) boshqaruvchilik munosabatlari

D) boshqarish tizimi

E) Xamma javoblar ti\ri


19. Inson resurslarini boshqarish tamoyillari

A) yakkaboshchilik, ilmiylik

B) raqobat, boshqarish shakl va uslubiyatlarini takomillashtirish

C) kadrlarni tanlash va joylashtirish

D) mustaqillik , erkinlaik, javobgarlik, tashabbuskorlik

E) Xamma javoblar ti\ri


20. Personal boshqarishning maqsadi nima ?

A) personaldan samarali foydalanish

B) ishga oid munosabatlarni tigri yilga qiyish

C) shaxsni optimal rivojlanishini taminlash

D) Xamma javoblar to’g’ri

E) Xamma javoblar noto’g’ri

21. Inson resurslarini boshqarishning printsipial sxemasi;

A) kadrlar siyosati

B) motivatsiya va taqdirlash

C) mexnat munosabatlari

D) kasaba uyushmalari va boshqa tashkilotlar bilan izaro munosabatlar

E) Xamma javoblar to’g’ri


22. Personal ishchanligini baxolash qanday imkoniyatlar beradi?

A) tashkilot tuzilmasida o’z joyini tanlash

B) takomillashtirish yo’llarini ishlab chiqish

C) ish xaqini mos kelishini aniqlash

D) martabaga ko’tarilishini aniqlash

E) Xamma javoblar to’g’ri


23.Kadrlarni rivojlantirishning maqsadi nimalardan iborat?

A) korxona kadrlari bilan ishlash

B) yuqori malakali kadrlarni ko’paytirish

C) ishlovchilarga zarur vaqtlarda va kerakli miqdorda ularning qobiliyatlariga muvofiq ish joylarini ta’minlash

D) mexnat faoliyatidagi tanglikni kamaytirish

E) Xamma javoblar to’g’ri


24. Ishchanlikni baxolash bosqichlari qanday?

A) anketa malumotlarini taxlil qilish

B) malumotlar yig’ish

C) sinovlar itkazish

D) suxbat o’tkazish

E) Xamma javoblar to’g’ri


25.Kasbga yo’naltirish shakllari qaysilar?

A) kasbga o’qitish

B) mexnatga extiyojini tarbiyalash

C) kasbiy informatsiya

D) kasbiy maslaxat va tanlov

E) Xamma javoblar to’g’ri


26. Personalga bo’lgan talabni rivojlantirish bosqichlari qanday?

A) informatsion

B) reja dasturini ishlab chiqish

C) karor qabul qilish

D) amalga oshirish

E) Xamma javoblar to’g’ri


27. Mexnatga bo’lgan asosiy xarakatlar qaysilar?

A) turar joyga xaq to’lash

B) mexnatga xaq to’lash

C) nafaqalar

D) tibbiy xizmat

E) ta’lim xarajatlari


28. Nomzodlarni tanlash bosqichi qaysilar?

A) birlamchi tanlov

B) suxbatlashish

C) nomzod xaqida ma’lumotlar tiplash

D) Xamma javoblar to’g’ri

E) Xamma javoblar noto’g’ri

29. Adaptatsiya aspektlari bu…

A) ruxiy fiziologik

B) ijtimoiy ruxiy

C) kasbiy

D) tashkiliy

E) Xamma javoblar to’g’ri


30. Adaptatsiyani boshqarish mexanizmi-bu…

A) seminarlar

B) yakka tartibdagi suxbatlar

C) qisqa muddatli kurslar

D) maxsus kurslar

E) Xamma javob to’g’ri


31.Personaldan foydalanishning assosiy tamoyillari…

A) bir maromda ish bilan ta’minlash

B) mexnat tanaffuslari

C) kadrlarni joylashtirish

D) ish joyini tanlash

E) Xamma javoblar to’g’ri


32. Mexnat safarbarligining sabablari nima?

A) mos keladigan ishni qidirish

B) mos keladigan ish joyini qidirish

C) qo’shimcha mutaxasisslikni tanlash

D) martabaning o’sishi

E) Xamma javoblar to’g’ri


33. Ixtiloflarning ko’rinishlari qaysilar?

A) salbiy

B) ijobiy

C) ochiq va yopiq

D) antogonistik

E) noantogonistik


34. Ixtiloflarning belgilari qaysilar?

A) kamsitish

B) farmoyishlarni bajarishdan bosh tortish

C) kamgaplik

D) majburiyatlarni rasmiy bajarish

E) Xamma javoblar to’g’ri


35. Ixtiloflar qanday sharoitlarda yuzaga keladi?

A) mexnatni tashkil etishda kamchiliklar

B) axloqsizlik munosabatlarining mavjudligi

C) boshliqqa ishonchsizlik

D) boshliqning xodimlarga ishonchsizligi

E) Xamma javoblar to’g’ri


36. Ixtiloflarning turlari qanday?

A) shaxsni o’zidan

B) shaxslararo

C) shaxs bilan gurux o’rtasidagi

D) guruxlararo

E) Xamma javoblar to’g’ri


37.Ixtiloflarning sabablari nimada?

A) ish yuzasidan kelishmovchiliklar

B) tushunmaslik

C) raqobat

D) raqiblik, baxslashuv

E) Xamma javoblar to’g’ri


38. Ixtilofli shaxslarning kanday turlari mavjud?

A) boshqarib bo’lmaydigan

B) rigid shaxslar

C) irta anik shaxslar

D) demonstrativ

E) Xamma javoblar to’g’ri


39. Ixtilofni oldini olish yo’llari qaysilar?

A) ma’muriy choralar

B) pedagogik choralar

C) psixologik choralar

D) talablarni tushuntirish

E) Xamma javoblar to’g’ri


40. Ixtiloflarni xal kilish usullari kanday?

A) o’zini chetga olish

B) kompromiss

C) moslashish

D) Xamkorlik

E) Xamma javoblar to’g’ri


41. Ixtiloflarni echish bo’yicha qanday chora tadbirlar mavjud?

A) izolyatsiya

B) ixtilof qilish imkoniyatini cheklash

C) chetlashtirish

D) qayta yo’naltirish

E) Xamma javoblar to’g’ri


42.Kadrlarni o’kitish-bu…

A) nazariyani urganish

B) ilgor tajribalarni o’rganish

C) tashkiliy o’qitish

D) yakka tartibdagi o’qish

E) Xamma javoblar to’g’ri


43. Kadrlar xaqidagi anketa ma’lumotlariga qanday talablar qo’yiladi?

A) ma’lumotlarning doimiy, shartli, doimiy bulishi

B) soddalik, ko’rimlili, kiyosiylik, vorisiylik, dolzarblik

C) doimiylik, soddalik, qiyosiylik

D) o’zgaruvchanlik, dolzarblik

E) Xamma javoblar to’g’ri


44. Muzokara nima?

A) muloqotning o’ziga xos shakli

B) to’lqinlanuv shakli

C) muloqot

D) axborot

E) Xamma javoblar to’g’ri


45.Muzokaraga tayyorlanishda nimalar qilinadi?

A) tayyorgarlik

B) muammoni aniqlash

C) maqsad vazifalarni belgilash

D) taktikani aniqlash

E) xamma javoblar to’g’ri


46. Personalga tashkiliy jixatdan ta’sir kilish turlari.

A) shtat jadvali

B) lavozim yuriqnomasi

C) mexnat tartib qoidalari

D) tashkilot ustavi

E) Xamma javoiblar to’g’ri


47. Boshqaruvchilikka oid ta’sir qilish.

A) buyruqlar

B) farmoyishlar

C) maqsadli rejalashtirish

D) Xamma javoblar to’g’ri

E) Xamma javoblar noto’g’ri


48. Moddiy javobgarlik choralari.

A) ziyonni ixtiyoriy qoplash

B) ish xaqini ushlab qolish

C) mukofot bermaslik

D) Xamma javoblar to’g’ri

E) Xamma javoblar noto’g’ri


49. Ma’muriy choralar.

A) tanbex, xayfsan

B) qat’iy xayfsan

C) lavozimidan chetlash, ishdan bo’shatish

D) Xamma javoblar to’g’ri

E) Xamma javoblar noto’g’ri


50. Personal to’g’risidagi ma’lumotlarning tuzilishi qanday?

A) bazaviy va o’zgaruvchan ma’lumotlar

B) jinsi va tug’ilgan yili xaqidagi ma’lumotlar

C) malakasi va oylik ish xaqi xaqidagi ma’lumotlar

D) tarif setkasi va shtat jadvali

E) Xamma javoblar to’g’ri


51.Shaxs turlari-bu...

A) tashkilotchi

B) taxlil qiluvchi

C) muxandis

D) nazariyotchi

E) xamma javoblar to’g’ri


52. Martaba turlari-bu...

A) vertikal

B) gorizontal

C) yashirin, pogonaviy

D) Xamma javoblar to’g’ri

E) Xamma javoblar noto’g’ri


53.Xizmat kasb jixatdan kutarilish-bu tashkilot tomonidan taklif etilayotgan quyidagi ketma-ketlik:

A) lavozimlar

B) ishchi o’rinlari

C) jamoadagi mavqe

D) Xamma javoblar to’g’ri

E) Xamma javoblar noto’g’ri


54.Rotatsiya- bu…

A) tashkilot ichidagi ko’chish

B) firmalararo ko’chish

C) mamlakatlararo ko’chish

D) xududlararo ko’chish

E) Xamma javoblar to’g’ri


55. Ijtimoiy sherikchilik elementlari nima?

A) sub’ektlar

B) obektlar

C) shakllar

D) darajalar,

E) realiztsiya mexanizmi xamma javoblar to’g’ri


56.Ijtimoiy sherikchilik subektlari- bu…

A) ishlovchilar

B) ish beruvchilar

C) davlat

D) Xamma javoblar to’g’ri

E) Xamma javoblar noto’g’ri


57.Ijtimoiy sherikchilik nimalarga ommalashtiriladi?

A) ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatga

B) ish kuni va normalashtirish rejimiga

C) mexnat muxofazasi va ish xaqiga

D) madaniy-ma’rifiy ishlar va mexnat intizomiga

E) Xamma javoblar to’g’ri


58.Ishchi kuchini oldi-sotdi mexanizmi- bu...

A) mexnat shartnomasi

B) jamoa shartnomasi

C) kelishuv

D) Xamma javoblar to’g’ri

E) Xamma javoblar noto’g’ri


59. Personal imtiyozlari- bu…

A) ish xaqi

B) foydada qatnashishi

C) davolanish

D) maqtov

E) taqdirlash


60.Kadrlar strategiyasi.

A) strategik rejalashtirish

B) imkoniyatlarni boshqarish

C) masalalarini boshqarish



    1. xamma javoblar to’g’ri

    2. xamma javoblar noto’g’ri


1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət