Ana səhifə

Inson resurslarini boshqarish


Yüklə 3.33 Mb.
səhifə15/29
tarix26.06.2016
ölçüsü3.33 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29

4.7. Kasb-hunar ta'limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish

Ta'lim boshqaruvi organlariga bog'liq bo'lmagan, kasb-hunar ta'limi sifatini attestatsiyadan o'tkazuvchi davlat xizmati tashkil etiladi. Mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqbol talablariga monand davlat ta'lim standartlari ishlab chiqiladi.

O'quv yurtlari faoliyatini, professor-pedagog kadrlar  sifatini hamda ta'lim  oluvchilarning bilimini reyting  asosida baholash tizimi  tadbiq etiladi.

Kadrlarni tayyorlash sifatini  nazorat qilishning davlat va jamoat shakllari  rivojlantiriladi. Ta'lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyalash tizimi takomillashtiriladi.


4.8. Ta'lim tizimini moliyalash 

Ta'limni va kadrlar tayyorlashni moliyalash tizimi  takomillashtiriladi, uning ko'p variantli (byudjetdan ajratiladigan va byudjetdan tashqari manbalardan) tizimi joriy etiladi, ta'lim muassasalarining o'zini o'zi pul bilan ta'minlashi rivojlantiriladi, xususiy hamda chet el investitsiyalarini ta'lim sohasiga jalb etish rag'batlantiriladi.


       Respublika fuqarolari uchun keyinchalik ularni to'lashning moslashuvchan tizimiga asoslangan ta'lim kreditlari berish mexanizmi  shakllantiriladi. Uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlashda donorlar va homiylarning mavqei kuchayib boradi.

Pullik ta'lim xizmatlari ko'rsatish, tadbirkorlik, maslahat, ekspert, noshirlik, ishlab chiqarish, ilmiy hamda ustavda belgilab qo'yilgan vazifalarga muvofiq boshqa tarzdagi faoliyat hisobidan ta'lim muassasalarining daromadlari  ko'payishi ta'minlanadi.




4.9. Moddiy-texnika ta'minoti 

Har bir mintaqaning demografik va jo'g'rofiy xususiyatlaridan kelib chiqib, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari tarmog'i barpo etiladi. Ta'lim oluvchilarni oiladan  ajralmagan holda  o'qishga imkon qadar ko'proq qamrab olinadi.

Mavjud ta'lim muassasalarini kapital ta'mirlash va yangi ta'lim muassasalari qurish, ularni normativ  talablarga muvofiq, zamonaviy texnika va texnologiyalarning darajasini hisobga olgan  holda  jihozlanishini ta'minlash choralari ko'riladi.

O'quv-tarbiya muassasalarini zarur uskunalar, inventarlar, ashyolar, ta'limning  texnikaviy, dasturiy va didaktik  vositalari bilan jihozlash yuzasidan ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish qo'llab-quvvatlanadi. Barcha bosqichdagi ta'lim jarayonlarini  kompyuterlashtirish  va axborotlashtirish amalga oshiriladi.

 

4.10. Ta'lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish

Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va  kompyuterlar tarmoqlari negizida ta'lim jarayonini  axborot bilan ta'minlash  rivojlanib boradi. Ta'lim jarayonida  ommaviy axborot vositalarining mavqei oshib boradi, televidenie va radioning ta'lim dasturlari  intellektuallashuvi ta'minlanadi. Fan va ta'limning nashriyot bazasi rivojlantiriladi, o'quv, o'quv-uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar va ma'lumotnomalar bilan ta'minlashning barqaror tizimi shakllantiriladi.




4.11. Ta'lim xizmati ko'rsatish bozorini rivojlantirish

Ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni rivojlantirish yo'li bilan ta'lim xizmati ko'rsatishning raqobatga asoslangan bozori shakllantiriladi. Davlat va nodavlat  ta'lim muassasalari rivojlantiriladi, ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobatga asoslangan muhit vujudga  keltiriladi, ta'lim xizmati ko'rsatish bozori davlat yo'li bilan boshqarib boriladi. 

Asosiy ta'lim dasturlarida nazarda  tutilmagan konsultativ va qo'shimcha ta'lim  xizmatlaridan iborat pullik ta'lim xizmati  ko'rsatish tizimi rivojlantiriladi.
4.12. Ta'lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash

Pedagogik faoliyatning obro'-e'tiborini va ijtimoiy maqomini oshirish yuzasidan davlat siyosati ro'yobga  chiqariladi. Ta'lim oluvchilarning va pedagog­larning  o'qishi, sog'ligi va dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

Ta'lim muassasalari va sog'liqni saqlash organlari bolalar hamda o'quvchi yoshlarning sog'ligini saqlash va mustahkamlash uchun zarur choralarni ko'radilar. o'quv-tarbiya jarayonining sog'lomlashtirishga qaratilgan yo'nalishini ro'yobga chiqarish, sog'lom turmush tarzi normalarini joriy etish uchun sharoitlar ta'minlanadi.  Ta'lim oluvchilarning tibbiy-gigiena madaniyatini oshirish, ularning jismoniy tarbiya va sport  bobidagi  faolligini kuchaytirish hamda jismoniy kamo­lot  darajasini oshirish uchun tashkiliy-uslubiy yondashuvlar  takomillashtiriladi. Sogliq va rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun munosib muhit yaratiladi.


4.13.Fan bilan ta'lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish 

Ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida ilg'or amaliy ilmiy tadqiqotlar o'tkaziladi, ta'lim sifati davlat ta'lim standartlariga  muvofiq kelishini  tashkil etish va ta'minlash  maqsadida pedagogika  va ta'lim sohasida ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqish faollashtiriladi. Fundamental va amaliy fan sohasidagi ilmiy kadrlarning  ta'lim jarayonidagi  ishtiroki rag'batlantiriladi, pe­dagogik va ilmiy-tadqiqot  jarayonlarining aloqasi ta'minlanadi.

Yoshlarning fan-texnika sohasidagi ijodkorligi har tomonlama qo'llab-quvvatlanadi.


4.14. Ishlab chiqarish va ta'lim tizimi integrasiyalashuvini rivojlantirish 

O'quv-ishlab chiqarish  majmualarini (markazlarini) tashkil etish va ularni rivojlantirish, zamonaviy uskunalar, apparatlar va asboblar bilan jihozlash rag'­batlantiriladi. Kadrlar tayyorlash va birgalikdagi ilmiy-texnologik yechimlar yara­tishda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan samarali  foydalaniladi. Ishlab chiqarishda kadrlar tayyorlash  qo'llab-quvvatlanadi. Ilg'or texnologiya sohasida pedagog kadrlarning malakasi  bevosita ishlab chiqarishda muntazam ravishda oshirib boriladi.




4.15. Ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik 

Kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning  xalqaro-huquqiy bazasi yarati­ladi, xalqaro hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari ro'yobga chiqariladi, xalqaro ta'lim tizimlari rivojlantiriladi,  ilmiy-pedagog kadrlar, talabalar  va o'quvchilar almashish kengayadi. Ta'lim to'g'risidagi milliy hujjatlar xalqaro miqyosda  e'tirof  etilishi uchun asos yaratiladi. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning, O'zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalarining kadrlar tayyorlash sohasiga chet el investitsiyalarini bevosita va bilvosita keng jalb qilish borasidagi faoliyat kuchaytiriladi.


5. MILLIY DASTURNI RO'YOBGA ChIQARISHGA DOIR TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR

 

Milliy dasturni amalga oshirish maqsadida:



Milliy dasturning yo'nalish va bosqichlarini amalga oshirishning aniq mexanizmlari, muddatlari, ijrochilari, moliyaviy va resurslar ta'minoti ifodalangan yechim va chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqiladi;

Milliy dasturni bajarish yuzasidan davlat va jamoat institutlarining faoliyati hamda vazifalari belgilanadi;

Milliy dasturning aniq yo'nalishlarini ishlab chiqish jarayoniga malakali chet el ekspertlari jalb etiladi;

Milliy dasturni bajarishda davlat va nodavlat  tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilib, xalqaro tashkilotlar qatnashuvi tashkil  etiladi;

Milliy dasturning monitoringi va bajarilishini ekspertiza qilish asosida uning ayrim qoidalari va tadbirlariga tuzatishlar kiritiladi;

ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda, kadrlar tayyorlash milliy modeli ro'yobga  chiqarilishini ta'minlash masalalari yuzasidan seminarlar va konferensiyalar o'tkazish orqali Milliy dasturning prinsipial yondashuvlari hamda asosiy qoidalarini keng ko'lamda tushuntirish ishlari olib boriladi;

Milliy dasturning maqsad va vazifalarini amalga oshirish jarayoniga jamoat birlashmalari va markazlari, respublika aholisi keng tabaqalarining faol ishtiroki  ta'minlanadi;
       ommaviy axborot vositalarida Milliy dasturning bajarilishi muntazam yoritib boriladi.
      Kadrlar  tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish yuzasidan Respublika komissiyasi tashkil etiladi, bu Komissiyaning zimmasiga dasturni bajarishga doir barcha ishlar va tadbirlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirish, shu jumladan  quyidagi vazifalar yuklanadi:

uzluksiz ta'limning tegishli turlari uchun davlat  ta'lim standartlariga qo'yiladigan umumiy talablarni ishlab chiqish;

umumiy o'rta ta'lim uchun davlat ta'lim  standartlarini va boshqa zarur normativ  hujjatlarni ishlab chiqish;

o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi uchun davlat ta'lim standartlarini, akademik  litsey va kasb-hunar  kollejlaridan iborat ta'lim tizimini  joriy etish dasturlarini ishlab chiqish;

o'rta umumiy ta'limga ega bo'lgan o'quvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlari tizimi bilan to'la qamrab olish tadbirlarini, bu tizimni  hududlarning demografik, jo'g'rofik xususiyatlari va kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda joylashtirish, uning moddiy-texnika asosini yaratish;

akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ishlaydigan o'qituvchilar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun ta'lim muassasalarini tashkil etish hamda ularning samarali ishlashini  ta'minlash;


     oliy ta'lim muassasalari tizimini Milliy dastur talablariga binoan isloh qilish, bu borada tegishli davlat  ta'lim standartlarini yaratish va joriy etish;

maktabgacha  ta'lim va tarbiya muassasalari faoliyatini takomillashtirish, bolalar tarbiyasida va ularni maktabga tayyorlashda oila, mahalla  hamda jamoat tashkilotlarining  mas'uliyatini oshirish;

ta'lim muassasalarini zarur darsliklar va adabiyotlar bilan ta'minlash, bu ishga yirik olimlar, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ta'lim va ilm-fan sohasining nashriyot bazasini rivojlantirish;

professor va pedagog kadrlarni rivojlangan mamlakatlardagi  yetakchi ta'lim muassasalarida tayyorlash va malakasini  oshirish maqsadida  maxsus Respublika jamg'armasi tashkil etish va uning faoliyatini ta'minlash;

uzluksiz ta'lim tizimida chet tillarni faol o'rgatish uchun zarur sharoit yaratish, ularni o'rgatishning  jadallashtirilgan  uslublarini  joriy etish, o'zbekcha-chet tillar lug'atlarini, davlat tilidagi maxsus adabiyotlarni nashr etish;

uzluksiz ta'lim sohasi  o'qituvchilari va pedagog  kadrlarini ijtimoiy himoya qilish va qo'llab-quvvatlash, ularning  mehnatiga haq to'lash va rag'batlantirish  tizimini qayta ko'rib chiqish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

ta'lim muassasalarini attestasiyadan o'tkazish va akkreditasiyalash, kadrlar tayyorlashning malaka talablarini aniqlash hamda sifatini baholash ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish bo'yicha ta'lim tizimi  boshqaruviga  bog'liqbo'lmagan yagona davlat xizmatini tashkil etish;

ta'limni axborot bilan ta'minlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish,juni jahon axborot tizimi bilan bog'lash,  ommaviy axborot  vositalarining  ta'lim  sohasidagi  vazifalarini belgilash;

kasb-hunar ta'limi sohasida kadrlarga  bo'lgan talab va  taklifni  o'rganishni tashkil etish,  ta'lim xizmati ko'rsatish va kasbiy mehnatning  raqobatga asoslangan  bozorini hamda kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish.

  

__________________________________________________________________



INSON RESURSLARINI BOSHQARISH FANIDAN YOZMA ISH VARIANTLARI.
__________________________________________________________________

1-variant

1.Personal bo‘yicha menejer, tashkiliy madaniyat, inson resurslari va personal tushunchalari o‘zaro qanday bog‘liq?

2.Nizo – nima? Nizolar odatda qanday oqibatlarga olib keladi?

3.Yirik Yapon kompaniyalari («Sony», «Mitsubishi», «Toyota», «Nissan»va boshqalar) muvafaqiyatidan so‘ng keng tarqalgan personalni boshqarish usulining «Yaponlashtirish» modelini tushuntirib bering, uning kamchilik va afzalliklari jadvalini tuzing (T-sxema grafik organayzerdan foydalangan holda).


Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

2-variant

1.Personalni baholash metodlarini sanab bering va ularni tavsiflang.

2.Gertsbergning ikki omil nazariyasi va D.MakGregorning «X,Y,Z» nazariyalarini taqqoslama tahlilini o‘tkazing.

3.Madaniyat personalni boshqarishga qanday ta’sir etishi va unga ta’sir etuvchi omillarni tushuntirib bering.
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

3-variant

1.Ochiq va yopiq kadrlar siyosati samaradorligi shartlarini yoritib bering.

2. Korxonaga kadrlarni to‘plash va tanlash usullarini sanab bering va izohlang.

3.“Korxona strategiyasi va personalni boshqarish strategiyasi orasidagi chambarchas bog‘liqlik” modelini tushuntirib bering, uning afzalliklari va kamchiliklari jadvalini tuzing (T-sxema grafik organayzerdan foydalangan holda).
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

4-variant

1.O‘zbekistonda mehnat bozorining zamonaviy hususiyatlari qanday?

2.Boshqaruvning psixologik usullari nimaga yo‘naltirilgan? Stress va nizo tushunchalarini mohiyati nimadan iborat?

3.Yapon menejment modelida kadrlar siyosatini tashkil qilishning xususiyatlari nimada ko‘rinadi?
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

5-variant

1.Makkleland nazariyasi Maslou va Alderfer nazariyalaridan nimasi bilan farq qiladi?

2.Intervyu o‘tkazishning tartibi, intervyudan intervyuerning maqsadlari-nomzodning maqsadlari nimadan iborat?

3. Yaponiya menejmenti modelining xususiyatlari nimadan iborat? Yapon kompaniyalari printsipini AQShda saqlab qolsa bo‘ladimi?
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

6-variant

1.Ma’muriy boshqaruv usullaridan foydalanish samaradorligi nimadan iborat?

2.Mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarni rejalashtirishning mohiyatini ochib bering.

3.Personalni boshqarish usullarining “Yaponlashtirish” modelini yoritib bering va ushbu model afzalliklari va kamchiliklari jadvalini tuzing (grafik tashkil etuvchi – T-sxemadan foydalangan holda).

Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

7-variant

1.Davlat kadrlar siyosati kim tomonidan shakllantiriladi va u nima bilan belgilanadi?

2.Rag‘bat nima? Ehtiyoj nima? Motivatsiya va rag‘bat mohiyati bo‘yicha bir xil ma’noga egami?

3.Umumiy menejment tizimida kadrlarni yig‘ish va yollashning ahamiyatini yoritib bering.


Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

8-variant

1.Immigrantlarni qabul qiluvchi mamlakatlar qanday afzalliklarga ega buladilar?

2. «X», «Y», «Z» nazariyalarida ko‘rib chiqilgan xizmatchilar o‘rtasida qanday farq bor?

3. Amerikacha menejment modelida kadrlar siyosati tashkil qilishning xususiyatlari nimada ko‘rinadi?
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

9-variant

1.Makkelandning o‘zlashtirilgan ehtiyojlar nazariyasi va odillik nazariyalarini taqqoslama tahlilini o‘tkazing.

2.Talablarga javob bermaydigan xizmatchini ishga olinishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini gapirib bering.

3. Kadrlar siyosatini shakllantirishda qanday hujjatlardan foydalaniladi?
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

10-variant

1.Maslouning ehtiyojlar nazariyasi va Aldefererning mavjudlik, aloqa va o‘sish nazariyalarini taqqoslama tahlilini o‘tkazing.

2.Personalga ehtiyojni rejalashtirishning moxiyati nimada?

3.Kadrlarni yig‘ish va yollash jarayonida menejerlar faoliyati to‘g‘risida nimalarni bilib oldingiz?
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

11-variant

1. Personalni o‘qitishning maqsadi nima?

2. «Xizmatchi bu maksimallashtirish lozim bo‘lgan resurs», modelini yoritib bering va ushbu model afzalliklari va kamchiliklari jadvalini tuzing (grafik tashkil etuvchi – T-sxemadan foydalangan holda).

3. Rahbarlar va mutaxasislar o‘rtasidagi printsipial farq nimada?
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

12-variant

1.«X», «Y», «Z» nazariyalarida ko‘rib chiqilgan xizmatchilar o‘rtasida qanday farq bor?

2.Yapon kompaniyalarida ijtimoiy kafolatlar tizimi nimadan iborat?

«Umrbod ishga yollash» tushunchasi nimani anglatadi?

3.Hozirgi davrda xodimlar motivatsiyasi muammolari nimalardan iborat?

Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

13-variant

1.Personal bilan ishlash tizimi nima? Uning klasterini tuzing.

2.IRMda xalkaro tajribalardan foydalanish.

3.Bozor iqtisodiyoti sharoitida IRM siyosati va strategiyasi qanday xususiyatlarga ega bo‘ladi?
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

14-variant

1.IRM fanining mohiyati nimada? Inson resurslarini boshqarishga yondashuv­larning qanday evolyutsion bosqichlarini bilasiz?

2.«X», «Y», «Z» nazariyalarida ko‘rib chiqilgan xizmatchilar o‘rtasida qanday farq bor?

3.Yapon kompaniyalarida ijtimoiy kafolatlar tizimi nimadan iborat?

«Umrbod ishga yollash» tushunchasi nimani anglatadi?


Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

15-variant

1. «Tashkilot madaniyati rivojlanishi: umumiy maqsadlar, jamoaviy qimmatliklar, xarizmatik sardorlar, bozordagi qaltis holatlar, ijtimoiy vositalar orqali ishchilarni nazorat qilish» modelini tushuntirib bering, uning kamchilik va afzalliklari jadvalini tuzing (T-sxema grafik organayzerdan foydalangan holda).

2.Boshqaruvning psixologik usullari nimaga yo‘naltirilgan? Stress va nizo tushunchalarini mohiyati nimadan iborat?

3.Korxonada kadrlarni to‘plash va tanlashga ta’sir qiluvchi omillarni sanab bering va izohlang.
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

16-variant

1.Lider kim? Menejer kim? Ular o‘rtasidagi farq.

2.Personal bilan ishlash tizimini shakllantirish uchun boshlang‘ich ma’­lumotlarni ayting.

3.Boshqaruvning psixologik usullari nimaga yo‘naltirilgan? Stress va nizo tushunchalarini mohiyati nimadan iborat?

Kafedra mudiri prof. Nazarova F.


17-variant

1. Kadrlar bilan ishlash tizimini klasterini tuzing.

2. “Korxona va personal bilan ishlash strategiyasini uzluksiz aloqasi” modelini yoritib bering va ushbu model afzalliklari va kamchiliklari jadvalini tuzing (grafik tashkil etuvchi – T-sxemadan foydalangan holda).

3. Ishlab chiqarish personali qanday asosiy qismlardan iborat?
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

18-variant

1. Mehnat natijalariga ko‘ra boshqaruv personali qanday guruhlarni tashkil etadi?

2. Personalni boshqarish usullarining “Yaponlashtirish” modelini yoritib bering va ushbu model afzalliklari va kamchiliklari jadvalini tuzing (grafik tashkil etuvchi – T-sxemadan foydalangan holda).

3. Personalni yollash nimalardan iborat?
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

19-variant

1. Gertsbergning ikki omil nazariyasi va D.MakGregorning «X,Y,Z» nazariyalarini taqqoslama tahlilini o‘tkazing.

2. «Tashkiliy madaniyatni rivojlantirish: umumiy maqsadlar, jamoaviy qadriyatlar, xarizmatik liderlar, bozordagi o‘rin, xizmatchilarni ijtimoiy vositalar yordamida nazorat», modelini yoritib bering va ushbu model afzalliklari va kamchiliklari jadvalini tuzing (grafik tashkil etuvchi – T-sxemadan foydalangan holda).

3. Kadrlar siyosati nima?
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

20-variant

1.Motivatsiya dasturini ishlab chiqishda qaysi ehtiyojlarga e’tiborni qaratish lozim?

2.Siz yangi xodimlarning tashkilot ish sharoitiga moslashishlari uchun qan­day yordam bera olasiz?

3.Bozor iqtisodiyoti sharoitida IRM siyosati va strategiyasi qanday aha­miyatga ega?
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

21-variant

1.Yaponiya modelida «Umrbod ishga yollash» tushunchasi nimani anglatadi?

2. Personalni baholash metodlarini sanab bering va ularni tavsiflang.

3. Nima deb o‘ylaysiz turli mamlakatlarda IRM farq qiladimi?
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

22-variant

1.Jahon mamlakatlari va mintaqalari bo‘yicha mehnat resurslari taqsimotidagi disproportsiyalar nimalardan iborat?

2.Inson resurslarini boshqarishga yondashuvlarning qanday evolyutsion bosqichlarini bilasiz?

3.Intervyuni to‘g‘ri tashkillashtirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
Kafedrasi mudiri prof. Nazarova F.

23-variant

1.Rivojlangan mamlakatlar mehnat migratsiyasini cheklash uchun qanday choralardan foydalanadilar?

2.Personalni past motivlashtiriladigan korxonalardani odatiy muammolarni ayting.

3. AQSh menejmentida kadrlar strategiyasi nimadan iborat?
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

24-variant

1.Korxona direktorning personal boshqaruvidagi samaradorligini qaysi mezonlardan kelib chiqib baholagan bo‘lardingiz?

2.Bozor iqtisodiyotida yollanma ishchilarning huquqlari va ular qay tartibda personalni boshqaruvida hisobga olinadi.

3.Kar’era bo‘yicha ko‘tarilishning qanday usullarini bilasiz?
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

25-variant

1.Shaxslarni boshqarishda ularning xulq atvori va temperamenti qanday ahamiyatga ega va bunda qanday hususiyatlarni inobatga olish kerak?

2.“Mahsulot tannarxi va ishchilar mehnatiga haq to‘lashda ish haqi miqdorini kamaytirish” modelini tushuntirib bering, uning kamchiligi va afzalliklari nimadan iboratligini tablitsa tuzish orqali tushuntirib bering ( T-sxema grafik organayzerdan foydalangan holda).

3.Rahbar boshqaruv usullarini aytib bering. Ulardan korxonani boshqarishda qanday foydalansa bo‘ladi.
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

26-variant

1.Ma’muriy boshqaruv usullaridan foydalanish samaradorligi nima bilan aniqlaniladiya?

2.Korxonada kadrlarni to‘plash va tanlashga ta’sir qiluvchi omillarni sanab bering va izohlang.

3.Korxona direktorining shaxsiy hissasini baholashda qanday ko‘rsat­kichlardan foydalangan bo‘lardingiz?
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

27-variant

1.Boshqaruvning iqtisodiy usullarini salbiy jihatlari nimadan iborat?

2.Personalni baholash metodlarini sanab bering va ularni tavsiflang.

3.«Tashkiliy madaniyatni rivojlantirish: umumiy maqsadlar, jamoaviy qad­riyatlar, xarizmatik liderlar, bozordagi o‘rin, xizmatchilarni ijtimoiy vositalar yor­damida nazorat», modelini yoritib bering va ushbu model afzalliklari va kam­chiliklari jadvalini tuzing (grafik tashkil etuvchi – T-sxemadan foydalangan holda).
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.
28-variant

1.«Madaniyatga yo‘naltirilgan boshqaruv» tushunchasiga izox bering.

2. Ijtimoiy usullar orqali qanday boshqaruv munosabatlari boshqariladi?

3. Kadrlar siyosatini shakllantirishda qanday hujjatlardan foydalaniladi?


Kafedra mudiri prof. Nazarova F.
29-variant

1.Makkelandning o‘zlashtirilgan ehtiyojlar nazariyasi va odillik nazariyalarini taqqoslama tahlilini o‘tkazing.

2.Kadrlarni ishga qabul qilishda nomzodlarga baho berish bosqichlarini yoritib bering.

3.Mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarni rejalashtirishning mohiyatini ochib bering.


Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

30-variant

1.Boshqarishning ma’muriy usullari nima? Uning klasterini tuzing.

2.Inson resurslari menejmenti nimani o‘rganadi? Turli mamlakatlarda IRM farq qiladimi?

3.Motivatsyaining qanday nazariyalarini bilasiz? Motivatsiya dasturini ishlab chiqishda qaysi ehtiyojlarga e’tiborni qaratish lozim?
Kafedra mudiri prof. Nazarova F.

__________________________________________________________________



INSON RESURSLARINI BOSHQARISH”

FANIDAN REFERAT MAVZULARI

RO‘YXATI

__________________________________________________________________




  1. Korxonada kadrlarni boshqarishning zamonaviy usullari.

  2. Xalkaro biznesda inson resurslarini boshkarish masalalari.

  3. Xalkaro jamoani boshkarish xususiyatlari.

  4. Zamonaviy rahbar qanday bo‘lishi kerak.

  5. Xalqaro kompaniyalarda kadrlar siyosati.

  6. Zamonaviy rekrutmen bozori.

  7. AKShda inson resurslarini boshkarish strategiyasi.

  8. Yaponiyada inson resurslarini boshkarishning asosiy xususiyatlari.

  9. O‘zbekiston korxonalarida inson resurslarini boshqarishda xorijiy tajribalardan foydalanish.

  10. Kadrlar tizimi innovatikasi.

  11. Kadrlarni baholash metodlari va uning korxona samaradorligiga ta’siri.

  12. Kadrlarni yollashda xangti usuli.

  13. Personalni malaka oshirishi ish unumdorligiga ta’siri.

  14. O‘zbekiston Respublikasida bandlikning hozirgi holati va bandlik darajasini oshirish imkoniyatlari.

  15. Zamonaviy sharoitlarda inson resurslari menejmenti va uning iqtisodiyotdagi ahamiyati.

  16. Korxona va tashkilotlarda samarali attestatsiya o‘tkazish usullari.

  17. Xodim faoliyatini rag‘batlantirish.

  18. Xodimlar motivatsiyasi borasidagi hozirgi zamon muammolari.

  19. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida IRBning tutgan o’rni va strategiyasi.

  20. Kadrlar to‘plash va tanlash

  21. Mehnat resurslari bozori nazariyasi va tendentsiyalari

  22. Modernizatsiyalash sharoitida inson resurslarini boshqarish ahamiyatining o‘sishi

  23. Inson resurslarini boshqarish xususiyatlari

  24. Motivatsiyaning boshlang‘ich va klassik nazariyalari

  25. Boshqaruv taktika, strategiyasi va uning vositalari

  26. Qaror qabul qilish jarayoni va muammolarni hal qilish usullari

  27. Kadrlar yangilashlarining mohiyati va tasniflanishi

  28. Motivatsiya borasidagi zamonaviy muammolar

  29. Boshqaruv va uning uslublari

  30. Sifatni nazorat qilish tizimi

  31. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi

  32. Xorij tajribalarida xodimlarni boshqarishning asosiy tamoyillari

  33. Korporatsiya misolida kadrlar xizmati faoliyatini tashkil etish

  34. Motivatorlar va gigienik faktorlar nazariyasi

  35. AQSh va Yaponiyada xodimlarni boshqarish markazlarining rivojlanish tendentsiyalari

__________________________________________________________________


INSON RESURSLARINI BOSHQARISH”
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət