Ana səhifə

Xalqaro menejment


Yüklə 3.39 Mb.
səhifə6/16
tarix25.06.2016
ölçüsü3.39 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

Tayanch iboralar:


Xalqaro kompaniya, ko’pmillatli kompaniya, konsorsium, transmilliy korporatsiya, transmilliylashtirish indeksi, integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarish, gorizontal integratsiya, vertikal integratsiya, litsenziyalash, xalqaro ishlab chiqarish diversifikatsiyasi, transmilliy moliyaviy-sanoat guruhlari (TMSG).
Nazorat uchun savollar:

1. Xalqaro kompaniyani, ko’pmillatli kompaniyani, transmilliy kompaniyani ta’riflang.

2. Konsorsiumlar nima uchun tuziladi?

3. Transmilliylashtirish indeksi formulasini ayting.

4. TMK millatini qanday ko’rsatkichlar aniqlaydi?

5. Milliy kompaniyaning xalqaro kompaniyaga aylanishidagi asosiy bosqichlarni aytib bering.

6. Litsenzion bitimlar deganda nimani tushunasiz?

7. Xalqaro kompaniyalarda ishlab chiqarishni tashkil etishning nechta asosiy turi mavjud?

8. TMK aloqalarining ko’pdarajaliligi qanday tushuntiriladi?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:


  1. Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. Т.: Ўзбекистон, 2009.

  2. Nazarova G.G., Nazarova R.R., Salixova N.M., Muxamedjanova G.A., Ismailova N.S. Xalqaro menejment. O’quv qo’llanma. T.: TDIU, 2009.

  3. Конина Н.Ю. Менеджмент в международных компаний: как побеждать в конкурентной борьбе.- М.: ТК Велби, 2008.- 560 с.

  4. Сорокина М.В. Менеджмент в торговле: Учебник.- СПб.: Бизнес – пресса, 2008.- 480 с.

  5. Пивоваров С.Э., Тарасевич Л.С. Международный менеджмент: Учебник. 4-е изд.- СПб.: Питер, 2008.- 720 с.

  6. Гаврилова Т. А., Муромцев Д. И. Интеллектуальный менеджмент: инструменты и системы: Учеб. пособие. 2- е изд.- С. - Петерб. гос. Ун-та, 2008.- 488 с.

  7. Кузьмина Т.И. Международный менеджмент. Управление в международных компаниях. М., 2004.


4-MAVZU. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT SOHASIGA CHIQISH SHAROITLARINI TANLASH USLUBIYATI
4.1. Tashqi bozorda faoliyat sohasini tanlash
Tashqi bozorda faoliyat yuritish nuqtai-nazaridan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini 2 guruhga ajratish mumkin: 1) alohida milliy bozorlarga xizmat ko’rsatuvchi kop millatli tarmoqlar, bunda har bir tarmoq (oziq-ovqat sanoati, chakana savdo, sug’urta) qabul qiluvchi mamlakatga qarab o’z xususiyatiga ega bo’ladi. 2) butun jahon bozorini hisobga olgan iste’molchi-davlatlarda talab xususiyatlarini minimal aks ettiruvchi global tarmoqlar (fuqaro aviatsiyasi, televidenie, yarim o’tkazuvchilar ishlab chiqarish)ning mavjudligi.

Iqtisodiyotning global tarmoqlariga ixtisoslashgan xorijiy filiallarni boshqarish uchun xalqaro kompaniyalar dunyo ko’lamida raqobatbardoshlik darajasini tutib turish maqsadida global strategiyani qo’llaydi. Bunday kompaniyalar xorijiy filiallarning butunjahon tarmog’iga ega, sayyoramizning turli qit’alarida resurslarga ega, eng past ishlab chiqarish harajatlariga ega davlatlarda korxonalar tashkil qiladilar va masshtab samarasini keng qo’llaydilar. Ular o’z tadqiqot markazlarini bosh kompaniya joylashgan davlatlarda emas, balki ko’pincha yaxshi sotish bozorlari mavjud bo’lgan mamlakatlarda joylashtiradilar.

Mahalliy va xorijiy raqobatchilar amal qilayotgan qabul qiluvchi mamlakatda shakllangan bozorda raqobatbardoshlik afzalliklariga ega bo’lish ancha qiyin, jiddiy tayyorgarliksiz esa – deyarli mumkin emas. Xalqaro kompaniyaning qabul qiluvchi mamlakatlarda eng samarali faoliyat sohasini aniqlash uchun TMK izlanuvchi-iqtisodchilari va marketologlari yangi xorijiy bozorga chiqish haqidagi qaror loyihasini tayyorlash jarayonida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va jahon bozoriga yetkazib berishda xalqaro kompaniya imkoniyatlarini tanqidiy baholaydilar va chet elda tadbirkorlik faoliyati sharoitlarini quyidagi bir necha aspektlarda ko’rib chiqadilar:

1. Raqobatchi korxonalar firma tuzilishi va strategiyasi aspekti. Bu aspektda birinchi navbatda tanlab olingan faoliyat sohasida milliy korxonalar va faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy firmalarga nisbatan xalqaro kompaniyaning raqobatbardoshlik darajasini baholash zarur. Bundan tashqari qabul qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil qilish uslubi TMK xorijiy filiali ega bo’lgan sharoitlarga javob berishini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.

Bunda mahalliy raqobatchi-firmalar qanday strategiya tanlashini, raqobatli kurashda ulardan o’zish imkoniyati darajasini, xalqaro kompaniyaning mo’ljallanayotgan faoliyat sohasi qabul qiluvchi mamlakat millati psixologiyasiga javob berishini aniqlab olish zarur.

2. Xizmatlarni ishlab chiqarish va ko’rsatish sharoitlari aspekti. Bu yo’nalishdagi tahlil predmeti bo’lib quyidagi omillar xizmat qiladi: iqtisodiyotning qaysi tarmoqlarida qabul qiluvchi mamlakatning nisbiy afzalliklari yaqqolroq namoyon bo’ladi, xalqaro kompaniyani qiziqtiruvchi iqtisodiyot sohalarida ITTKI uchun asos mavjudligi va nihoyat, qabul qiluvchi mamlakat xalq xo’jaligidagi zaif tomonlarning (kapital yetishmasligi, ilmiy-texnik sohada orqada qolish va b.) xorijiy sarmoyadorlar faoliyati bilan to’ldirilishi mumkinligi.

3. Sotish sharoitlari. Ular milliy iste’molchilar tomonidan talablarning murakkablik darajasi va xususiyatlari, shuningdek qabul qiluvchi mamlakatda sotish kanallarining jahon bozorida qabul qilingan kanallardan farqlanishi bilan aniqlanadi. Ichki talabning rivojlanish tendensiyalari TMK xorijiy filiali mahsulot assortimentini shakllantirish yo’nalishlarini belgilaydi.

4. Qardosh tarmoqlar va yetkazib beruvchilar. Bu holatda xalqaro kompaniyani qabul qiluvchi mamlakatda mahsulotini yirik iste’molchilarining mavjudligi haqidagi axborot qiziqtiradi. Ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirish uchun u yerda loyihalashtirilayotgan korxonani xomashyo va materiallar bilan ta’minlovchi tarmoqlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. TMK xorijiy filiali faoliyat sohasini tanlashda keyingi muhim omil bo’lib mahalliy firmalar – potensial yetkazib beruvchilarning texnik darajasi (sifatli butlovchi detallarni yetkazib berish imkoniyatiga egaligi) hisoblanadi.

90-yillarda jahon bozorlarida amal qilgan kompaniyalar qo’llagan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllari va turlari o’z ustunliklari va kamchiliklariga ega. Amerikalik iqtisodchilar tomonidan taklif qilingan ularning turkumlanishi 4.1-jadvalda berilgan.

4.1-jadval

Kompaniyalar tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy shakllari va turlarining afzalliklari va kamchiliklari


Korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyati turi


Afzalliklar


Kamchiliklar

Tashqi savdo

Sotish bozorini kengaytirish, milliy ishlab chiqarishni

rag’batlantirish



Bojxona to’siqlari sababli sotish harajatlarini oshirish, valuta paritetlariga bog’liqlik

Litsenziyalar ayirboshlash,

franchayzing, yetkazib berishlar



Kam sarmoyalar sababli qaltisliklarning qisqarishi, muayyan turdagi faoliyatga tor ixtisoslashuv

Litsenziyalar va subetkazib beruvchilar faoliyati ustidan nazorat uchun kam imkoniyatlar

Chet el korxonalarining qurilishi, firmalarning qo’shilishi

Sarmoyador tomonidan to’la nazorat, korxona joylashuv o’rnida aniqlik

Katta kapital qo’yilmalar evaziga qaltislik va qabul qiluvchi mamlakatda notijorat qaltisliklari

Strategik alyanslar

ITTKIda kooperatsiya texnologiyalar ayirboshlashni kengaytirishda va qo’shma korxonalar tashkil qilishda keng imkoniyatlar

Qo’shma dasturlarni o’tkazishni nazorat qilish qiyinchiliklari, qarorlar qabul qilish muddatlarini uzaytirish, unikal mahsulotga monopoliyani yo’qotish havfi

Bevosita xorijiy investitsiyalar

Sotish bozorlarini kengaytirish va axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish

Xorijiy aktivlarni yo’qotish havfi


4.2. Qabul qiluvchi mamlakatni tanlash
Bosh kompaniya xorijiy tadbirkorlik uchun mamlakat tanlashga eng katta e’tibor beradi. Biror mamlakatda xorijiy filialni tashkil qilish haqida qaror qabul qilishdan avval potensial qabul qiluvchi mamlakatlarning sharoitlarini to’rtta asosiy aspektda: bozor, iqtisodiy, mahalliy sharoitlarning xususiyatlari va raqobatbardoshlik aspektlarida o’rganib chiqiladi.

Bozor aspektida qulay omillarga bozor hajmi, ishlab chiqarishga mo’ljallanayotgan mahsulotlarga yoki mahalliy bozorda taqdim qilinishga mo’ljallanayotgan xizmatlarga talab o’sishining yuqori sur’atlari, yirik iste’molchilarning mavjudligi, xorijiy sarmoyadorni qiziqtirayotgan tovarlar va xizmatlar hayotiylik stiklining uzunligi, uning reklamasini mahalliy iste’molchilar tomonidan yaxshi qabul qilinishi, sotish tarmog’ini baynalmilallashtirish imkoniyati kabi omillar kiradi.

Bozor aspektida xalqaro menejerning qabul qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarish va sotishga mo’ljallanayotgan tovarlar va xizmatlar iste’molchilarini turmush tarzi, intilishlari, istaklari xususiyatlariga qarab guruhlarga taqsimlanishini bilishi foydali. Xaridorlik talabining mavsumiy tebranishlari va sarmoyalar yo’nalishlaridagi tendensiyalar haqidagi ma’lumotlar ham katta ahamiyatga ega. Xalqaro menejer izlanishlarining predmeti bo’lib qabul qiluvchi mamlakatda sotish kanallarining tuzilishi, ulgurji va chakana savdo xususiyatlari hisoblanadi.

Iqtisodiy jihatdan u yoki bu mamlakatni qabul qiluvchi sifatida tanlash haqidagi qaror qabul qilishga xalqaro ko’lamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish natijasida ishlab chiqarish va sotish harajatlarini qisqartirish, manbalarning keng doirasidan ilmiy-texnik va tijorat axborotlarini olish imkoniyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga ITTKI sarflarini qisqartirish kabi omillar ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Tadbirkorlik faoliyatining mahalliy sharoitlariga qabul qiluvchi mamlakatning an’analari: bojxona tarifini, import va eksport kvotalarini, tovarlar va xizmatlarning importi bilan bog’liq mahalliy me’yorlar va standartlar, tadbirlar, tovar belgisi va xizmat ko’rsatish belgisini patentlash sharoitlarini o’z ichiga olgan qonunchilik kiradi.

Xalqaro menejer uchun qabul qiluvchi mamlakatda, ayniqsa, uning hududida ishlab chiqarishga va sotishga mo’ljallangan tovarlar va xizmatlarga nisbatan tadbirkorlik faoliyatining o’rnatilgan tartibi haqidagi axborot muhim.

Qabul qiluvchi mamlakat savdo palatasi va tijorat assostiastiyalarining xalqaro menejerni qiziqtiruvchi tovarlar va xizmatlar bozorini erkinlashtirishga qaratilgan tadbirlari haqidagi axborotni olish foydali. Bosh kompaniya mamlakatining qabul qiluvchi mamlakatdagi elchixonasi yoki savdo vakolatxonasining mahsulot realizastiyasiga ko’maklashish maqsadida amalga oshirayotgan xatti-harakatlari to’g’risida xabardor bo’lishi muhim o’rin tutuadi. Xalqaro kompaniya uchun quyidagilar alohida ahamiyatga ega:

- valutani muvofiqlashtirish tizimi;

- mulkchilik huquqlari kafolatlari (xorijiy kompaniyalar mulki ekspropriastiya qilinganda kompensastiya to’lovining miqdori va uni to’lash shakli haqidagi masalani o’z ichiga olgan holda);

- qabul qiluvchi mamlakat firmalari bilan kelishmovchiliklarni xalqaro arbitrajda hal qilish imkoniyati;

- bevosita xorijiy investitsiyalar uchun ochiq tadbirkorlik faoliyati kategoriyalari va ularning qaysilari uchun alohida imtiyozlar berilishi haqidagi aniq qonunchilik. Qabul qiluvchi mamlakatning investitsion iqlimi ko’p darajada moliyaviy tizim ahvolini aniqlaydi. Xalqaro kompaniya xorijiy aktivlarining qismati qabul qiluvchi mamlakatda hukumat barqarorsizligi, soliq tizimining yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi, inflyastiyani ushlab turuvchi yoki yo’qotuvchi qat’iy iqtisodiy siyosat yuritilmasligi bilan bog’liq inflyastiya jarayonlari evaziga yo’qotilishi mumkin. Xalqaro kompaniya xorijiy filiali inflyastiya sharoitlarida ish xaqining baholar o’sishiga nisbatan yuqoriroq o’sishi va soliq tizimining yomon tashkil qilinishi sababidan ham zarar ko’radi. Shuning uchun odatda xorijiy firmani tashkil qilish haqida qaror qabul qilishdan oldin bosh kompaniya kelajakda qabul qiluvchi mamlakatda inflyastiya darajasini hisobga oladi.

Ishlab chiqarish va sotish harajatlari nuqtai-nazaridan xorijiy investor uchun transport va aloqa vositalarining mavjudligi va foydalanish qiymati qabul qiluvchi mamlakat sharoitlariga qo’llanuvchi texnologiyalarni moslashtirish imkoniyati birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda bosh kompaniya rahbariyati potensial raqiblar – qabul qiluvchi mamlakatda milliy firmalarning mahalliy xaridorlar ehtiyojlarini va mahalliy bozorning o’ziga xos xususiyatlarini yaxshiroq bilishi kabi ustunliklariga egaligini e’tiborga oladi. Bundan tashqari milliy firmalarni mahalliy hukumat qo’llab-quvvatlaydi, va nihoyat, iste’molchilarning vatanparvarlik sifatlari ular tomonida bo’ladi.

U yoki bu mamlakatda tadbirkorlik faoliyati haqidagi qaror qabul qilishdan oldin bosh kompaniyaning mahalliy sharoitlar aspektidagi harakatlari ketma-ketligi odatda quyidagi tadbirlar zanjiridan iborat bo’ladi:

-qabul qiluvchi mamlakat bozorining kattaligi va chegaralarini baholash;

-ishlab chiqarishga mo’ljallangan tovarlar va xizmatlarning sifatini raqobatchilar taqdim qilayotgan shunday tovarlar va xizmatlarning sifat ko’rsatkichlari bilan taqqoslash;

-o’rganilayotgan bozorda va qabul qiluvchi mamlakat mintaqasida sotishni tashkil qilish imkoniyatlarini o’rganish;

-qabul qiluvchi davlat xaridorlari ehtiyojlari, qonunlari va an’analarining xususiyatlarini o’rganish;

-shu bozorda xorijiy raqobatchilarning faoliyat tajribasi bilan tanishish;

-qabul qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarishni tashkil qilishning bu mamlakatga eksportga nisbatan ustunliklarini baholash.

Bosh kompaniya ishlash sharoitlari ma’lum bo’lgan mamlakatlarga, masalan ushbu mamlakatda bosh kompaniyaning sotish bo’yicha filiali amal qilayotgan bo’lsa ko’proq e’tibor beradi.

Qabul qiluvchi mamlakatda tadbirkorlik faoliyati sharoitlari haqidagi axborotning asosiy manbalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. Qabul qiluvchi mamlakatning savdoga ko’maklashish bo’yicha davlat tashkilotlari (ko’pincha bu korxonalarning faoliyati eksportni rivojlantirishga ko’maklashishga qaratilgan)ning roli;

2. Bosh kompaniya joylashgan mamlakatda qabul qiluvchi mamlakatning import qiluvchi firmalarining vakolatxonalari bo’lib, ular talabga ega tovarlar va xizmatlar haqida ma’lumotlar berishi mumkin (qabul qiluvchi mamlakatda bozorni o’zlashtirgunga qadar ular bilan hech qanday shartnomalar imzolamaslik afzal);

3. Bosh kompaniya davlatida qabul qiluvchi mamlakat elchixonasi yoki savdo vakolatxonasi, banklar bo’limlarining axborotlari;

4. Qabul qiluvchi mamlakatda bosh kompaniya davlati elchixonasining tijorat bo’limi yoki savdo vakolatxonasining mavjudligi. Ular odatda eksportni rivojlantirishdan manfaatdor, ishlab chiqilgan ma’lumotlar bazasiga ega va shuning uchun qabul qiluvchi mamlakat bozori haqidagi axborotni tez berishi va hatto potensial xaridorlar va import qiluvchilar bilan ham tanishtirishi mumkin;

5. Bosh kompaniya joylashgan davlat va qabul qiluvchi mamlakat savdo palatalarining axborotlari.

Qabul qiluvchi mamlakatda raqobatbardoshlik omilini o’rganishda xalqaro kompaniya rahbariyati kerakli raqobatbardoshlik darajasiga qabul qiluvchi mamlakat bozorida o’xshashi bo’lmagan antiqa tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko’rsatish) hisobiga erishish mumkinligini tushunadi. Raqobatli kurashda, shuningdek, raqobatchilar sifatidan ustun bo’lgan an’anaviy mahsulotlar ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish bilan ham omadga erishish mumkin. Nihoyat, raqobat darajasi antiqa yangi texnologiyalar qo’llanishiga asoslangan kam ishlab chiqarish harajatlari evaziga past baholar bilan ushlab turilishi mumkin.

Qabul qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarish va sotishga mo’ljallanayotgan tovarlar va xizmatlarning raqobatbardoshligini baholashga o’xshash tovarlar va xizmatlar bozoridagi asosiy raqobatchilar, bu bozor sektorlarining asosiy raqobatchilar o’rtasida taqsimlanishi, raqobatchilarning kuchli va zaif tomonlari, ularning strategiyasi xususiyatlari, shuningdek qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniya xorijiy filiali ixtisoslashgan tovarlar va xizmatlarga talab o’sishining kutilayotgan sur’atlari haqidagi ma’lumotlar yordam beradi.

Yangi tovar yoki xizmatlar qabul qiluvchi mamlakatning bozorida o’z o’rnini topishi yoki ular yangi xususiyatlari bilan ajralib turishi kerakki, iste’molchilar ularni ko’rmaguncha ularning zaruriyati haqida bilmasligi mumkin. Bu xalqaro menejerning qabul qiluvchi mamlakatda yangi yoki takomillashtirilgan tamoyilga asoslangan talabni yaratishiga to’g’ri kelishini bildiradi. Xususan u o’z tovarlarining ajoyib iste’mol xususiyatlarini reklama qilishi mumkin.

Tovarlar yoki xizmatlarning sotilishini kengaytirish uchun xalqaro menejer qabul qiluvchi mamlakatning ommaviy axborot vositalarida bu tovarlar yoki xizmatlarni uning kompaniyasida ixtiro qilinishi va yaratilishining ko’p yillik tarixini bayon qilishi, ularning ishlab chiqarishida qo’llanilayotgan yetakchi texnologiyalarni ta’kidlashi, o’z tovarlari yoki xizmatlarining ko’pgina boshqa tovarlardan foydali farqlarini asoslashi mumkin.

Bunda xalqaro menejer boshqarayotgan xorijiy filialning imkoniyatlari va egiluvchanligini baholashi lozim. U asosiy iste’molchilarni buyurtmasini uning firmasi qanday muddatlarda bajara olishini va qabul qiluvchi mamlakat sharoitlarida mahsulot ishlab chiqarishning qanday hajmi real bo’lishini yaxshi bilishi kerak. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga va uning shartnomada ko’rsatilgan texnik-iqtisodiy xarakteristikalarga muvofiqligiga birinchi darajali e’tibor berilishi lozim. Qabul qiluvchi mamlakatlarda iste’molchilar odatda bozordagi xorijdan keltirilgan yangi tovarlar yoki xizmatlarga shubha bilan qaraydilar va bu tovarlarda ularning iste’mol xususiyatlari uchun juda kichik va ahamiyatsiz bo’lgan kamchilik va nomuvofiqliklarni ham kechirmaydilar. Iste’molchilarni, shuningdek tovarlarni shartnomalarda ko’rsatilgan muddatlarda va kelishilgan miqdorlarda olishlari qiziqtiradi.

Xalqaro kompaniyalar uchun qabul qiluvchi mamlakat jozibadorligining asosiy omillariga bu davlat hukumatining chet el investitsiyalariga nisbatan aniq shakllantirilgan munosabatini kiritish kerak.

Bunda shuni nazarda tutish kerakki, qabul qiluvchi mamlakat hukumatining xorijiy investitsiyalarga nisbatan siyosati chet ellik investorlar uchun kerakli makroiqtisodiy iqlim yaratilib, ular uchun muayyan foyda olish imkoniyati va foydaning bir qismini repatriastiya qilish huquqi berilgan taqdirdagina jozibali bo’ladi.

Qabul qiluvchi mamlakatga xorijiy investorlarni jalb qilishda milliy rejim prinsipi – ochiq huquqiy tizim ayniqsa kuchli stimul hisoblanadi. Uning doirasida xorijiy investorlar qabul qiluvchi mamlakat fuqarolarining muayyan tadbirkorlik faoliyatiga taaluqli qoida va nizomlarga rioya qilsa, qonunchilik tomonidan ta’qiqlanmagan shunday tadbirkorlik faoliyati ruxsat etiladi.

Qabul qiluvchi mamlakatning xorijiy investorlar uchun jozibadorligining asosiy omillaridan biri bo’lib, qarzni to’lash, foydani chet elga o’tkazish va kapitalni repatriastiya qilish uchun ularning erkin almashinadigan valutaga ega bo’lish hisoblanadi. Bunda soliq imtiyozlari shubhasiz xorijiy investorlarni jalb qiladi, biroq xorijiy investitsiyalar ortidan quvishda soliq imtiyozlariga beriluvchanlik ayrim rivojlanayotgan davlatlarning achchiq tajribasi ko’rsatishicha, qabul qiluvchi davlat iqtisodiyotida nomutanosibliklarga olib kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarning oldini olish uchun qabul qiluvchi mamlakatlarning hukumatlariga BMT ekspertlari “Milliy xo’jalikda nomutanosibliklarga olib keluvchi ortiqcha imtiyozlardan ko’ra, yuqori bo’lmagan soliqlar afzal” prinsipi bo’yicha kelishilgan soliq mexanizmlarini kiritishni tavsiya qiladilar.

Oxirgi vaqtda rivojlangan davlatlarda investorlarni TMK bilan qo’shma ITTKI o’tkazishga ilmiy potensialga ega davlatlar jalb qiladi. Bunday hollarda qabul qiluvchi davlat hukumatlari zaruriy resurslar va texnologiyalarga ega milliy tadqiqot markazlarining TMK xorijiy filiallari bilan qo’shma ilmiy-texnik hamkorligi uchun qulay sharoitlar yaratib beruvchi siyosat o’tkazadilar. Bunday hamkorlik chizma ko’rinishida uchburchak shaklda tasvirlangan (4.1-rasm).

Qator potensial qabul qiluvchi mamlakatlar imkoniyatlarini batafsil tahlil qilish natijasida xalqaro kompaniyalarning iqtisodchilari bu mamlakatlar bo’yicha ma’lumotlarni har bir mamlakatning afzalliklarini ballarda baholab jadvallarga kiritadilar. Eng ko’p ballga ega bo’lgan davlat tanlanadi (4.2-jadval).



4.2-jadval

Qabul qiluvchi davlat roliga da’vogar mamlakat afzalliklarini baholash (namuna)

Mezonlar


Mezon bahosi (1 dan 10 ballgacha)

Mezonning muhimlik darajasi

(1 dan 10 ballgacha)



Ballarning miqdori

1.Siyosiy barqarorlik










2.YaMM










3.Jon boshiga YaMM










4.Iqtisodiy o’sish istiqbollari










5.Bozor hajmi










6.Hukumatning xorijiy investitsiyalarga munosabati










7.Foydalar repatriatsiyasi










8.Bojxona tariflari










9.Xususiy mulkni cheklash










10.Soliq tizimi










11.Valuta barqarorligi










12.Inflyatsiya sur’atlari










13.Ishchi kuchi qiymati










14.Xomashyo va materiallarning mavjudligi va qiymati









Jami












4.3. Xorijiy sherikni tanlash
Chet elda tadbirkorlik faoliyati tajribasining ko’rsatishicha, qabul qiluvchi mamlakatda bir-ikki yil ichida ishga oid aloqalarni olib bormagan sherikni tanlash kerak emas. Xalqaro kompaniyalar odatda bu masalada shoshilmaydilar, chunki bunda yo’l qo’yilgan xatolar qimmatga tushadi va qiyin bartaraf qilinadi. Bunda chet elda ishga oid sherikni tanlashda ob’ektiv standartlarni qo’llash tavsiya qilinadi.

Potensial sherik haqidagi ma’lumotlarni quyidagi tartibda guruhlashtirish tavsiya qilinadi:

- oldingi ixtisoslashuvi;

- sotish dinamikasi, strategiyani o’z ichiga olgan holda kompaniya to’g’risidagi ma’lumotlar;

- raqobatbardoshlikning darajasi (bozordagi ulushi, talab, baholar, talabning istiqbollari);

- kompaniyaning resurslari – moliyaviy ahvoli, ishlatilayotgan texnologiyasi, inson kapitali, aktivlar, obro’ (imidji).

Potensial sheriklarni baholab, xalqaro kompaniya biznes strategiyasini eng yaxshi tarzda tushuna oluvchi, ishlab chiqarish va sotish rejalariga rozi bo’luvchi, qabul qiluvchi mamlakat bozorida aloqalarni ta’minlovchi va sotish hamda taqsimlashning mos kanallarini taqdim qiluvchi sheriklar tanlanadi.

So’ngra hamkorlik haqidagi muzokaralar boshlanadi, uning sheriklari sifatida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilari, yirik savdo firmalari, kichik ixtisoslashgan savdo kompaniyalari va agentlik firmalari qatnashishi mumkin. Potensial sherik oldiga uning imkoniyatlariga mos keluvchi aniq va konkret hamkorlik maqsadlari qo’yilishi kerak. Uni qo’yilgan masalalarning real ekanligiga ishontirish, qabul qiluvchi mamlakatning bozorida ularni hal qilish yo’llarini bilishni va uzoq muddatli asosda kerakli mehnat va moliyaviy resurslarni jalb qilish istagini ko’rsatish muhim.

Mahalliy ishlab chiqarish kompaniyasi xalqaro korporatsiya mahsuloti bilan mahalliy kompaniya assortimentini to’ldirganda yoki mahalliy ishlab chiqarish kompaniyasi o’z faoliyat doirasini boyitmokchi bo’lganida TMK bilan hamkorlik qilishga qiziqadi. Bu holda TMK xorijiy filial menejeri mahalliy kompaniyaning sotish tizimiga, uning TMK xorijiy filiali mahsulotini sotishdan manfaatdorligiga e’tiborini qaratishi kerak. Shu bilan birga TMK xorijiy filiali menejeri e’tiboridan mahalliy firma mahsuloti va TMK filiali mahsuloti o’rtasida ularning birgalikdagi faoliyatining ma’lum bosqichida raqobat vujudga kelish imkoniyati chetda qolmasligi kerak.

Mahalliy kompaniyaning TMK xorijiy filiali bilan hamkorlikka qiziqishini saqlab qolish uchun filialning texnologik jihatdan doim ustunlikka ega bo’lishi maqsadga muvofiq. Shu bilan birga shunday h-odisalar ham ma’lumki, bunda mahalliy sherik TMK xorijiy filialiga qabul qiluvchi mamlakat sharoitlariga moslashtirilgan o’z texnologiyasi va uskunalarini berib, shu bilan mahalliy bozorda TMK xorijiy filial obro’sining oshishiga va uning texnik darajasini ko’tarilishiga yordam beradi. Bundan tashqari, mahalliy ishlab chiqarish kompaniyasi TMK xorijiy filiali mahsuloti iste’molchilariga sotuvdan keyingi malakali xizmat ko’rsatish, shuningdek qabul qiluvchi mamlakatda xaridorlarning ehtiyojlari xususiyatlaridan xabardor tajribali sotuvchilar bilan yordam berishi mumkin.

Yirik savdo firmalari qabul qiluvchi mamlakatda TMK xorijiy filial sherigi sifatida ma’lum afzalliklarga ega. Ular ko’proq keng turlanuvchi tovarlar va xizmatlar assortimenti – xomashyo va materiallar, neft mahsulotlari, qishloq xo’jalik mahsulotlari, shuningdek mashina va uskunalarni sotish Bilan shug’ullanadilar. Qabul qiluvchi mamlakatda mahalliy yirik savdo firmalari bilan hamkorlik qaltisligiga eng avvalo ularning TMK xorijiy filial mahsulotiga qiziqish darajasi va xorijiy korporatsiya mahsulotiga talab susaygan holda, ularning hamkorlik qilishdan kutilmagan voz kechish imkoniyati kiradi. Bunday kutilmagan havfning oldini olish uchun sherik sifatida tor ixtisoslashgan, iste’molchilar bilan vositachilarsiz to’g’ridan-to’g’ri bog’langan savdo firmasini tanlash kerak.

Eng ko’p ixtisoslashgan savdo kompaniyalari, shuningdek tashqi bozorda ham ancha faol harakat qiladi. Ular turli tovarlarning mayda partiyalari yoki cheklangan nomenklaturadagi mahsulotlarning yirik partiyalarini sotish bilan shug’ullanishni afzal ko’radilar. Bu firmalar odatda bozorning konkret sektoriga ixtisoslashadi va shu sababli maxsus tovarlar sotish uchun kerakli bilimlar va keng aloqalarga ega bo’ladi. Bunday kompaniyalar bilan qo’shma faoliyat qaltisliklariga hamkorlikning ma’lum bosqichida ularning TMK xorijiy filiali mahsuloti bilan raqobatlashayotgan tovarni afzal ko’rish imkoniyati, TMK xorijiy filiali mahsulotini sotish uchun ularda malakali xodimlarning yetishmasligi va hamkorlikka intilishlari ularning real imkoniyatlariga mos kelmasligi kiradi.

Bir necha kompaniyalarni tanishtiruvchi mahalliy agentlar bilan birgalikda ishlash TMK xorijiy filiali mahsulotining shu agent xizmatidan foydalanuvchi boshqa firmalar tovarlari va xizmatlari bilan shu kompaniyalar doirasida yashirin raqobat qilishi havfini o’z ichiga oladi. Biron-bir agentni xorijiy sherik sifatida tanlashdan oldin uning sof vijdonligi, umumiy bilimi, harakatchanligi va muayyan tovarlar va xizmatlar assortimenti bilan ishlash tajribasining mavjudligiga ishonch hosil qilish lozim.

Potensial sheriklarni to’g’ri baholash uchun, ularning qaysilari ko’proq mahalliy ma’muriyat va hukumat doiralarining ko’magi va hurmatiga egaligi, shuningdek: Ular xalqaro kompaniyaning qabul qiluvchi mamlakatdagi strategiyasini tushuna oladimi? Qabul qiluvchi mamlakat bozoriga xalqaro kompaniya chiqarayotgan tovarlar va xizmatlar assortimentiga rozi bo’la oladimi? Xalqaro kompaniya xorijiy filialiga mahalliy bozorda ishonchli ishga doir aloqalarni ta’minlay oladimi? O’z sotish tizimini taklif qila oladimi? degan masalalarni aniqlab olish zarur.

Muloqotga yaxshi kirishuvchan sherik bilan hamkorlik qilish maqsadga muvofiq, bu yangi bozorni o’zlashtirish bilan bog’liq asabiyliklarni yumshatadi. Biroq muloqotga kirishuvchanlik – asosiy narsa emas. Ba’zan ko’proq rasmiy muloqot qiluvchi mahalliy kompaniya mahalliy bozor bilan mustahkam aloqalarga ega bo’lishi, samaraliroq va malakali ish yuritishi hamda xalqaro kompaniya talablariga ko’proq mos kelishi mumkin.

Qabul qiluvchi mamlakatlik sheriklar odatda xalqaro kompaniya bilan qo’shma faoliyatini ehtiyotkorlik bilan, ya’ni mahalliy bozorga birinchi ikki yil davomida pastroq baholarda kam turdagi mahsulotni chiqarish bilan boshlashni ma’qul topadi. Bu davr mobaynida shunday muammolar vujudga kelishi mumkinki, ularning ta’siri natijasida xalqaro kompaniya bilan hamkorlik amalga oshmasligi mumkin.

Shu bilan birga xalqaro kompaniya mahalliy bozorni yaxshi biladigan sheriklarning takliflariga e’tibor bilan qarashi kerak. Xususan, mahalliy sherik qabul qiluvchi mamlakat bozoriga chiqarilayotgan tovarlar assortimentini o’zgartirishni yoki qadoqlashni bezash va o’ramda tovarlar birligi miqdorini mahalliy iste’molchilar didiga mos holda o’zgartirishni asossiz bo’lmagan tarzda taklif qilishi mumkin.

Xalqaro kompaniya rahbariyati o’tish davridagi mamlakatlarda bozor xo’jaligi tizimi sharoitlarida faoliyat yuritishda katta tajribaga ega bo’lmagan sheriklarni tanlash xususiyatlarini o’rganishga alohida e’tibor beradi. Sheriklarni (xususan, MDH mamlakatlarida) tanlash bo’yicha chop etilgan tavsiyanomalarning obzori sobiq SSSR respublikalarida sherik tanlayotgan xalqaro kompaniyalarning “9 qoida”sini ajratishga imkon beradi:

1. Sherik haqidagi tasavvurga asoslanmasdan uni tekshirish va biznes-rejasini o’rganish;

2. Sobiq SSSR korxonalari xodimlarining psixologiyasi va mahalliy an’analarini hurmat qilish;

3. Hamkorlikni minimal hajmli bitimlardan boshlash;

4. Kelishuvni imzolashdan avval, sherik bilan ishonchli telekommunikatsiya aloqasi o’rnatilganligini aniqlash;

5. Sherik firmalar javobgar xodimlarining familiyalari va real vakolatlarini aniq bilish;

6. MDH mamlakatlarida tashqi savdo va xorijiy investitsiyalar haqidagi qonunchilikni chuqur o’rganish;

7. Ichki baholar qanday shakllanishini va ularni boshqa mamlakatlardan raqobatchi firmalar bergan takliflar bilan solishtirishni bilish;

8. Mahsulot sifatini aniqlovchi standartlarning me’yorlarini bilish, chunki MDH mamlakatlari firmalarining xodimlari shu me’yorlarni ma’qul ko’radi;

9. Soat farqlanishlarini hisobga olish.

Eksport va import tarkibi tubdan o'zgardi. O'zbekiston

mustaqillikkacha bo'lgan davrdagi chetga homashyo chiqaradigan

va tayyor mahsulotlar, asosan iste'mol tovarlarini olib ki-

radigan mamlakatdan bugungi kunda tobora qo'shilgan qiymati

yuqori bo'lgan tayyor mahsulotlarni eksport qiladigan va

ko'proq ishlab chiqarishni tehnik hamda tehnologik moderniza-

ciya qilish uchun mo'ljallangan yuqori tehnologiyalar asosidagi

uskunalarni import qiladigan mamlakatga aylanib bormoqda.

Eksportning tovar tarkibini diversifikatsiya qilish na-

tijasida mamlakatimiz pahta yakkahokimligi oqibati bo'lgan

pahta tolasi eksportiga qaramlikdan halos bo'ldi.

1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət