Ana səhifə

Xalqaro menejment


Yüklə 3.39 Mb.
səhifə8/16
tarix25.06.2016
ölçüsü3.39 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16

5.1-jadval

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar shakliga bog’liq qabul qiluvchi mamlakat siyosatidagi yo’nalishlar


Tashqi savdo

Texnologiyalar ayirboshlash

Bevosita xorijiy investitsiyalar (BXI)

1. Mamlakatdan olib chiqish

a) tayyor mahsulotlar eksporti

Tovar va xizmatlar eksportini kengaytirishga yordam beruvchi texnologiyalar eksporti

Milliy tovarlar va xizmatlar sotish bozorlarini kengaytiruvchi BXI

b) butlovchi qismlar va yarimfabrikatlar eksporti

Texnologiyalar eksporti

Milliy korxonalarni xomashyo bilan ta’minlovchi

v) mashina va uskunalar eksporti

___


Ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi

2. Mamlakatga olib kirish

a) tayyor mahsulotlar importi

Xorijiy investor bozorini kengaytiruvchi texnologiyalar importi

Xorijiy investor bozorini kengaytiruvchi

b) komponentlar va yarimfabrikatlar

Milliy ishlab chiqaruvchilar uchun texnologiyalar importi

Tabiiy resurslarni qayta ishlash va foydalanish bilan bog’liq

v) mashina va uskunalar importi

____

Ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi


1. Mamlakatdan olib chiqish holatida:

a) tovarlar va xizmatlar olib chiqish hajmini kengaytirishga yordam beruvchi va davlat uchun muhim bo’lgan texnologik sirlar ochilish havfini tug’dirmaydigan tayyor mahsulotlar, texnologiyalar eksporti, shuningdek milliy kompaniyalar sotish bozorlarini kengaytiruvchi kapital olib chiqilishi odatda davlat tomonidan rag’batlantiriladi.

b) mashina va uskunalar, komplektlovchi mahsulotlar va yarimfabrikatlar eksporti mamlakat iqtisodiyotiga foyda yoki zarar keltirishiga qarab davlat tomonidan rag’batlantiriladi yoki cheklanadi. Bu yerda barcha narsa bu mahsulotlar va yarimfabrikatlar milliy korxonalarga yetarliligiga va ularning xorijga chiqarilishi milliy korxonalar raqobatchilarini jahon bozorida mustahkamlanishiga olib kelmasligiga bog’liq.

Jahon bozorida milliy korxonalar ahvolini yomonlashtiruvchi texnologiyalar eksporti davlat tomonidan cheklanadi. Shu bilan birga milliy korxonalarni yoqilg’i-xomashyo resurslari bilan ta’minlovchi kapital chiqarilishini davlat rag’batlantiradi.

v) qabul qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirishga ko’maklashuvchi kapital chiqarilishi investor davlati iqtisodiyotiga ma’lum foyda keltirsa ushbu davlat tomonidan rag’batlantiriladi. Agar kapital chiqarilishi milliy korxonalar raqobatchilarini jahon bozoridagi ahvolini yaxshilasa, investor mamlakatida ishchi joylari sonini qisqartirsa davlat kapital chiqarilishini cheklaydi.

2. Mamlakatga olib kirish holatida:

a) murakkab bo’lmagan standart tayyor mahsulotlar, ularni tayyorlash uchun texnologiyalar hamda ularni xorijiy kompaniyalar firma belgisi bilan ishlab chiqarish va sotish huquqi importi investor sotish bozorini kengaytirishga mo’ljallangan kapital olib kirish kabi davlat tomonidan rag’batlantirilmaydi;

b) mahalliy xomashyo resurslarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish bilan bog’liq mashina va uskunalar, butlovchi mahsulotlar, yarimfabrikatlar, ularni ishlab chiqarish texnologiyalari, kapital importi davlat tomonidan rag’batlantiriladi;

v) xorijiy firma filiallarida ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi va uning harajatlarini kamaytiruvchi bevosita xorijiy investitsiyalar bu firmalar mahsuloti milliy korxonalar raqobatbardoshligi darajasini pasaytirmagan holda davlat tomonidan rag’batlantiriladi. Aks holda davlat bunday yo’nalishdagi BXIlarni cheklaydi.



5.4. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga TMKlarni jalb qilish siyosati
Jahon tajribasining ko’rsatishicha, transmilliy korporatsiyalar (TMK) mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishda yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun TMKlarning, shuningdek, chet el investorlarining rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotiga kirib kelishi ob’yektiv zarurat hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda TMKlar investorlarini jalb qilish iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishda muhim omildir. Muhtaram Prezidentimiz ham o’z ma’ruzalarida chet el investitsiyalarini keng jalb qilish, xorijiy investorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan muhim ustuvor yo’nalish ekanligini qayd etib o’tdilar.23

Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el investitsiyalari ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin emas. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyat va rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiyani, eksportbop tovarlarni o’zlashtirish, ularni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati nihoyatda katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:

- birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;

- ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi;

- uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini kengaytirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi;

- to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi.

Mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar tufayli iqtisodiyotimizga chet el investitsiyalarini jalb qilish hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. 5.2-jadvalda mamlakatimizga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar, shuningdek, to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan investitsiyalarning yillar bo’yicha o’zgarish sur’ati keltirilgan.
5.2-jadval

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga jalb qilingan va to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmining yillar bo’yicha o’zgarish sur’ati


Yillar

Xorijiy investitsiyalar

(million AQSh dollari)

To’g’ridan-to’g’ri kiritilgan xorijiy investitsiyalar

(million AQSh dollari)

2001

823.9

96.5

2002

516.5

80.1

2003

602.1

166.7

2004

754.6

333.8

2005

746.6

545.5

2006

895.7

683.8

2007

1009,3

768,4

2008

1700

1258

2009

2856

2264

2010

3635,2

3107,9

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, 2010 yilda xorijiy investitsiyalar hajmi 3,6 milliard AQSh dollaridan ko’proqni tashkil etgan va 2009 yilga nisbatan qariyb 800 million AQSh dollariga ko’paygan.

Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun o’z kapitalini qo’shishga tayyor bo’lgan TMKlar investorlarini kirib kelishi shu davlatlarning investitsion muhitiga bog’liqdir. Investitsion muhit deb kapital qo’yilmani va uni samarali foydalanish imkoniyatini vujudga keltiruvchi umumiy siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va boshqa omillarni ta’minlab berilishiga aytiladi.

Hozirgi kunda O’zbekiston hududiga TMK investorlarini kirib kelishi uchun qulay investitsion muhit yaratilgan. Buni biz respublikani siyosiy tinchligida, barqaror iqtisodiy rivojlanishida, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qator imtiyozlarda va boshqa holatlarida ko’rishimiz mumkin.

5.3- jadval



5.3-jadval. Investitsiyalar ulushi va ularning yil sayin turlari ko’payib borishi.24


2005-2007 yillarda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi 31 ta me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, ulardan 4 tasi O’zbekiston Respublikasi qonunlari, 5 ta Prezident farmonlari, 7 ta Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari. 2007 yil fevralda Respublika Prezidentining tashabbusi bilan «Uzinfoinvest» - Xorijiy investitsiyalarga axborot ta’minoti va ko’magi bo’yicha agentlik tashkil etildi.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalar (savdo, vositachilik, xomashyo yetkazib beruvchilardan tashqari) ro’yxatdan o’tgan kundan boshlab:

- daromad (foyda) solig’idan birinchi yili 25 foizlik qismidan, ikkinchi yil 50 foizlik qismidan, uchinchi yil 100 foiz ozod qilinadi, qishloq hududida esa birinchi yildan boshlab bunday soliqdan 100 foiz ozod qilinadi;

- mulk solig’idan 2 yilga ozod qilinadi;

- ishlab chiqargan mahsulotining 30 foizdan ortig’i eksportga chiqarilsa, 50 foiz daromad solig’idan (foyda solig’i), 15-30 foizi eksportga chiqarilsa, 30 foiz daromad (foyda) solig’idan ozod qilinadi;

- ishlab chiqarish bilan band bo’lsa, yer solig’idan 2 yilga ozod qilinadi.

O’zbekiston Respublikasida alohida sohalarga imtiyozlar berish ham ko’zda tutilgan. Unga ko’ra, neft va gaz konlarini ochish va qidirish ishlariga xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan korxonalar ushbu ishlarni amalga oshirish davrida barcha soliqlardan, shuningdek, zarur uskunalarni import qilishda bojxona to’lovlaridan ozod qilinadi.

Mazkur sohadagi korxona chet ellik hamkorlar bilan birgalikda ochilsa:



  • neft va gaz qazib chiqarilgan kundan boshlab 7 yilga daromad (foyda) solig’idan;

  • xorijiy hamkorlar ulushiga mansub kapitaldan olinadigan daromad va mulk solig’idan ozod qilinadi.

Yengil sanoat sohasida:

  • tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar qo’shimcha qiymat solig’idan tashqari barcha soliqlardan ozod qilinadi;

  • o’z ehtiyoji uchun ishlab chiqarish uskunalari, ehtiyot qismlarni import qilishda korxonalar bojxona to’lovlaridan ozod qilinadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi “To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni mamlakatimizda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruktsiya qilish, ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo’lgan mintaqalarda yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek, xorijiy investorlar uchun ishonchli huquqiy himoya va kafolatlarni ta’minlashga qaratilgan. Unga ko’ra, to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo’yicha daromad solig’i, mulk solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig’i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to’lashdan, shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashdan xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo’lganda ozod qilinadi:25

- 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha - 3 yil muddatga;

- 3 milliondan ortiq AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha - 5 yil muddatga;

- 10 million AQSh dollaridan ortiq bo’lganda - 7 yil muddatga.

O’zbekiston Respublikasiga TMKlar investorlarini jalb qilishda quyidagi omillar ham muhim rol o’ynaydi:


  • O’zbekiston hududining tabiiy resurslarga – neft, tabiiy gaz, qurilish materiallari, oltin, mis va boshqa qimmatbaho metallarga boyligi;

  • Respublikada ishlab chiqarish va boshqaruv sohasidagi yangi texnologiyani tezda o’zlashtirib oluvchi malakali mutaxassis kadrlarning mavjudligi;

  • O’zbekiston Respublikasi nisbatan arzon ishchi kuchiga ega ekanligi;

  • O’zbekiston hududida ichki bozorlarning kengligi va ko’pligi.

  • Respublikada ishlab chiqarish korxonalarini xususiylashtirish jarayonlari jadal sur’atlar bilan olib borilayotganligi va ularda TMKlar investorlarining to’liq qatnashish imkoniyatining borligi va boshqalar.

Respublikada rivojlangan davlatlarning TMKlari tomonidan kiritilayotgan kapital mablag’lar tizimining o’sishi sanoat uchun zarur bo’lgan zamonaviy texnik uskunalarni, texnologiyalarni sotib olish imkoniyatini bermoqda.

Hozirgi vaqtda O’zbekistonda jahondagi yetakchi rivojlangan mamlakatlarning yuqori mavqega ega kompaniyalari bilan teng huquqli va o’zaro manfaatli munosabatlar o’rnatishga, jahon standartlari darajasida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni maqsad qilib, sifat jihatidan mukammal yangi korxonalarning yaratilishiga asoslangan ilgari borish strategiyasi o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Xususan, 1996 yilda Janubiy Koreyaning “DEU» korporatsiyasi bilan hamkorlikda “O’zDEUavto” qo’shma korxonasining tashkil etilishi natijasida O’zbekiston ishlab chiqarishning murakkab, eng ilg’or texnologiyalar talab qiladigan, yuksak darajadagi qo’shimcha qiymatga ega tayyor mahsulot turini o’zlashtirib, dunyodagi sanoqli avtomobilsoz davlatlar qatoridan o’rin oldi.

Bugungi kunda Asaka zavodi «Djeneral Motors» korporatsiyasining Koreya bo’limi bilan hamkorlikda boshqarilayotgan qo’shma korxonadir. Inqiroz davom etayotganiga qaramay, O’zbekiston avtomobilsozlik sanoatining yetakchisi bo’lgan GM Uzbekistan qo’shma korxonasi 2010 yilda avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 2009 yilga nisbatan 6,2 % foizga oshirdi va 217733 ta avtomobil ishlab chiqardi (5.3-jadval).

5.4-jadval

2010 yilda GM Uzbekistan kompaniyasida avtomobillar ishlab chiqarish hajmi

Avtomobillar rusumi

Ishlab chiqarish hajmi, dona

2009 yilga nisbatan o’zgarish, %da

Nexia

87100

96,1

Matiz

72999

105,6

Damas

20900

88,4

Lacetti

23917

123,3

Epica

3185

290

Captiva

1835

167

Spark

7797

-

Jami

217 733

106,2

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari

Mazkur korxona O’zbekiston eksportini rivojlantirishga ham muhim hissa qo’shmoqda. Korxonada ishlab chiqarilgan avtomobillarning ko’p qismi Rossiya va boshqa MDH mamlakatlariga eksport qilinadi. Hozirgi vaqtda Rossiya va MDH mamlakatlarida qo’shma korxonaning o’rtacha bozor ulushi 3,9 % ni tashkil qiladi. Korxonaning MDH mamlakatlaridagi dilerlik tarmog’i 253 ta dilerlik va 320 ta savdo-servis markazlaridan iborat. 2010 yilda Uz-Daewoo avtomobillar sotuvi Rossiyada 45 %, Ukrainada – 20 %, Belorusiya va Qozog’iston bozorlarida – bir necha barobar oshdi.26

5.5-jadval.

5.5-jadval. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar ulushi.

Yevropa biznes Assotsiatsiyasining avtoishlab chiqaruvchilar qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra, GM Uzbekistan o’zbek-amerika qo’shma korxonasi 2010 yilda Rossiyada yengil va tijorat avtomobillarini sotish bo’yicha yetakchi o’nlikka kiradi. 2010 yilda Rossiyada 74419 ta avtomobil sotilgan, bu 2009 yilga nisbatan 45 foiz ko’p demakdir (5.4-jadval).
5.6-jadval

2010 yilda Rossiyaga avtomobillar eksporti ko’rsatkichlari





2010 y

2009 yilga nisbatan foizda

Sotuvlar bo’yicha egallagan o’rni

Nexia

43943

156

8

Matiz

30476

131

11

Jami, dona

74419

145

10

Manba: Yevropa biznes Assotsiatsiyasining avtoishlab chiqaruvchilar qo’mitasining ma’lumotlari

O’zbekiston mashinalari ommaviyligi bo’yicha dunyodagi mashxur Opel, Peugeot, Renault, Toyota, Nissan, Kia, Suzuki, Hyundai, Skoda kabi ishlab chiqaruvchilarning qator yetakchi modellaridan o’zib ketdi. Bu "GM Uzbekistan" avtomobillarining yuqori obro’ga egaligi va ishonchliligidan dalolat beradi.

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, 2011 yilning birinchi choragida Rossiyaga avtomobillarning eng yirik eksportchilari orasida O’zbekiston uchinchi o’rinni egallaydi. 2010 yilda Rossiyaga asosiy avtomobil eksport qiluvchi mamlakatlarga Yaponiya (59,96 ming), Germaniya (19,56 ming), O’zbekiston (18,62 ming), Janubiy Koreya (18,47 ming) va Buyuk Britaniya (17,08 ming) kiradi.27

Avtomobilsozlik sohasida boshqa chet el korporatsiyalari bilan ham hamkorlik kengayib bormoqda. 2011 yilda Samarqand viloyatida Germaniyaning «MAN Truck & Bus AG» kompaniyasi bilan hamkorlikda og’ir yukli tijorat texnikasini ishlab chiqarish bo’yicha yangi “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo’shma korxonasining qurilishi boshlandi. Loyiha doirasida uzoq muddatli istiqbolda yiliga 20 ming birlikkacha ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi.28

O’zbekiston avtomobilsozligida shuningdek, Yaponiyaning «Isuzu Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlikda «Samavto» korxonasi tashkil etilgan bo’lib, u yiliga 3000 dan ortiq «Isuzu» rusumli avtobuslar va 500 dan ortiq og’ir yuk mashinalari ishlab chiqaradi.

O’zbekiston iqtisodiyotida Yaponiya TMKlarining faoliyati alohida diqqatga sazovordir. 1993-1994 yillarda “Marubeni Korporeyshn”, “Mitsubisi Korporeyshn”, “Sumitomo Korporeyshn” kabi etakchi kompaniyalarning vakolatxonalari ochildi. Ushbu kompaniyalar ishtirokida neft-gaz, kimyo sanoati, qishloq xo’jaligi, qurilish texnikasini ishlab chiqarish, energetika va to’qimachilik sohalarini rivojlantirish va qator qo’shma korxonalarni yaratish, mamlakat ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, transport tizimini modernizatsiyalash loyihalari amalga oshirildi.

So’nggi yillarda xorijiy TMKlarning O’zbekiston neft-gaz sanoatiga qiziqishi kuchayib bormoqda. Eng yuqori faollikni Rossiya va Osiyo kompaniyalari ko’rsatmoqda. Hozirgi kunda "Gazprom" va “Lukoyl” kabi Rossiya kompaniyalarining O’zbekiston yoqilg’i-energetika majmuasiga kiritgan sarmoyalari 3 mlrd. AQSh dollaridan ortadi. «Lukoyl» kompaniyasi 2004 yildan boshlab O’zbekistonning neft-gaz tarmog’iga 1,5 mlrd AQSh dollaridan ortiq investitsiya kiritdi. Yaqin 5-6 yil davomida kompaniyaning O’zbekistonga kiritgan investitsiyalari 5 mlrd. dollarni tashkil etadi.

O’z navbatida "Gazprom" kompaniyasi 2006 yil yanvarda "O’zbekneftegaz" MXK bilan Ustyurt mintaqasida 7 ta investitsion bloklarda va mamlakatning g’arbiy qismida geologik o’rganish ishlarini o’tkazish bo’yicha shartnomalar imzolagan. 2007-2011 yillarda kompaniya 610 mln. dollar mablag’ sarflashni mo’ljallagan bo’lib, O’zbekiston gazini xarid qilishda yetakchi sherik hisoblanadi.

Hozigi vaqtda “O’zbekneftegaz” MXK, Lukoyl (Rossiya), CNPC (Xitoy), KNOC (Janubiy Koreya) va Petronas (Malayziya) kompaniyalari ishtirokida Orol dengizining O’zbekiston qismida neft va gaz konlarini geologiya-qidiruv va o’zlashtirish uchun Mahsulotni bo’lish shartnomasini tayyorlash bo’yicha tuzilgan xalqaro konsern ishi alohida diqqatga sazovor.

2009 yil 7 aprelda “O’zbekneftgaz” MXK bilan Malayziyaning “Petronas” va Janubiy Afrika Respublikasining “Sasol” kompaniyasi o’rtasida O’zbekiston Respublikasida sintetik suyuq yoqilg’i ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishning asosiy tamoyillari to’g’risidagi bitim hamda o’zaro hamkorlikka oid anglashuv memorandumi imzolandi.29 “Petronas” korporatsiyasi tomonidan O’zbekiston iqtisodiyotiga jami 2 mlrd. AQSh dollar miqdorida sarmoya kiritilishi rejalashtirilgan.

2009 yil 11 mayda “O’zbekneftgaz” MXK va Koreya milliy neft korporatsiyasi (KNOC) o’rtasida “O’zbekiston Respublikasi Farg’ona mintaqasining Namangan-Targoch va Chust-Pop investitsion bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini o’tkazish to’g’risida”gi kelishuv imzolandi. Kelishuvda koreys tomonidan besh yil mobaynida ikki bosqichda mazkur bloklarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish ko’zda tutilib, 61 mln. AQSh dollariga yaqin sarmoyalarni o’zlashtirish mo’ljallangan.

Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun TMKlarni va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag’lardan, vaqt va imkoniyatdan samarali foydalanishga, amaldagi shart-sharoitlardan kelib chiqib, boyliklarni samarali joylashtirish va shu yo’l bilan respublika iqtisodiyotini yuksaltirish, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishiga rag’batlantirish yo’li bilan investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.

1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət