Ana səhifə

Xalqaro menejment


Yüklə 3.39 Mb.
səhifə9/16
tarix25.06.2016
ölçüsü3.39 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16

Xulosalar

1. Davlat xorijiy xalqaro kompaniyalar bilan o’z munosabatlari vakolatga ega davlat muassasalari va jamoat tashkilotlarining xalqaro kompaniyalar faoliyatini barqarorlashtirishga qaratilgan qonunchilik, ijroiya va nazorat xarakteridagi tadbirlar tizimi yordamida tashkil qiladi.

2. Xalqaro kompaniyalar investitsion faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning eng keng tarqalgan vositalariga milliy firmalar hissadorlik kapitalida xorijiy investor ulushini cheklash; ishlab chiqarishni boshqarishdagi cheklashlar foydani taqsimlashda maksimal ulushni aniqlash; litsenziyalar patentlar berish shartlari; buxgalterlik hisobotini tekshirish kiradi.

3. Xalqaro kompaniyalarning qabul qiluvchi mamlakatda o’z xorijiy filiallarini tashkil etish maqsadlari:

- sotish bozorlarini kengaytirish;

- eksport hajmini ko’paytirish;

- xomashyo materiallari bilan ta’minlash;

- antiqa texnologiyalarni xarid qilish;

- faoliyat samaradorligini oshirish.

4. Qabul qiluvchi mamlakat xalqaro kompaniyalarni quyidagi tadbirlar yordamida o’z iqtisodiyotiga jalb qiladi: tartibli tadbirlar, soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda subsidiyalar va qarzlar berish, savdo imtiyozlari, xorijiy firmalar tadbirkorlik faoliyatiga ko’maklashish.

5. Qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniyalar faoliyati ikki usulda – milliy-huquqiy va xalqaro-huquqiy yo’llar bilan tartibga solinadi.

6. O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun TMKlarni va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag’lardan, vaqt va imkoniyatdan samarali foydalanishga, amaldagi shart-sharoitlardan kelib chiqib, boyliklarni samarali joylashtirish va shu yo’l bilan respublika iqtisodiyotini yuksaltirish, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishiga rag’batlantirish yo’li bilan investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.


Tayanch iboralar:

Amortizatsiya fondi, erkin tadbirkorlik hududi, kontsessiya, milliy-huquqiy tartibga solish, Xalqaro huquqiy tartibga solish, TRIMS, GATS.


Nazorat savollari:

1. Xalqaro kompaniyalar investitsion faoliyati davlat tomonidan qanday asosiy vositalar yordamida tartibga solinadi?

2. Davlat TMK bilan munosabatlarida nimaga intiladi?

3. Davlat xalqaro kompaniyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish bo’yicha qanday asosiy tadbirlar amalga oshiriladi?

4. Xalqaro kompaniyalar faoliyatini milliy-huquqiy tartibga solish nimadan iborat?

5. Xalqaro kompaniyalar o’z davlatlaridan yordam olish uchun qanday shartlar bajarilgan bo’lishi kerak?

6. Xalqaro kompaniyalarni xorijiy filiallarni tashkil etish maqsadlarini necha turga ajratish mumkin?

7. Xalqaro kompaniyalar faoliyatini xuquqiy tartibga solishning nechta asosiy usuli mavjud?

8. Davlat tashqi siyosatining TIF bo’yicha asosiy yo’nalishlari qanday tushuntiriladi?

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:


  1. Выступление Президента Республики Узбекистан Ислама Каримова на пленарном заседании Саммита ООН «Цели развития тысячелетия» 20.09.2010 www.UzA.Uz–Ўзбекистон миллий ахборот агентлиги расмий сайти.

  2. Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. Т.: Ўзбекистон, 2009.

  3. Nazarova G.G., Nazarova R.R., Salixova N.M., Muxamedjanova G.A., Ismailova N.S. Xalqaro menejment. O’quv qo’llanma. T.: TDIU, 2009.

  4. Пивоваров С.Э., Тарасевич Л.С. Международный менеджмент: Учебник. 4-е изд.- СПб.: Питер, 2008.- 720 с.

  5. Конина Н.Ю. Менеджмент в международных компаний: как побеждать в конкурентной борьбе.- М.: ТК Велби, 2009.- 560 с.

  6. Иваненко А.Г. Инновационный менеджмент: учебное пособие. - М.: КНОРУС, 2009

  7. Внешнеэкономическая деятельность. Под ред. Б.М.Смитиенко, В.К.Поспелова. М. 2008.


6-MAVZU. XORIJIY TADBIRKORLIK RIVOJLANISHIGA XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYANING TA’SIRI
6.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya yordamida TMK imkoniyatlarini kengaytirish
Xalqaro iqtisodiy integratsiya – davlatlararo iqtisodiy kelishuvlar shaklini oluvchi davlatlarning xo’jalik-siyosiy birlashish jarayonidir. Xalqaro iqtisodiy integratsiyani amalga oshirishda davlatlararo kelishuvlar bilan rasmiylashtiriluvchi turli davlatlarning kompaniyalari darajasidagi aloqalarni mustahkamlashga intilish muhim turtki bo’ldi. XXI asr boshida jahonda 100 dan ortiq davlatlarni qamrab oluvchi 30 ga yaqin integratsion guruhlar faoliyat ko’rsatmoqda.

Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning harakatlantiruvchi kuchi bo’lib pirovardida milliy va xalqaro tadbirkorlik strukturalari xizmat qiladi, ularning manfaatlari quyidagi omillarga qaratilgan:

- xorijiy kompaniyalar bilan qo’shma tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil qilish yo’li bilan korxonalarning geografik faoliyat doirasini kengaytirish;

- sotish va transport sarflarini qisqartirish bilan tovarlar, xizmatlar, kapitallar, ishchi kuchi xalqaro ayirboshlash yo’lida to’siqlarni bartaraf qilish asosida mintaqaviy bozorlarni kamrash, tarif va notarif to’siqlarni yo’qotish, tovarlar va xizmatlar yetkazib berish hajmini, shuningdek assortimentini kengaytirish hisobiga mintaqaviy bozordagi o’rnini mustahkamlash;

- mintaqa miqyosida va masshtab samarasi ustunliklarini amalga oshirishda xalqaro mehnat taqsimotidan foydalanish yordamida ishlab chiqarishni tarkibiy qayta qurish va ratsionallashtirishga qiziqish;

- mintaqaviy guruhning barcha a’zo-mamlakatlari uchun davlat buyurtmalari milliy bozorining ochilishi;

- davlatlar o’rtasida texnologiyalar almashish bo’yicha bitimlar va yangiliklar kiritish oqimining o’sishi;

- integratsion guruhga a’zo davlatlar kompaniyalari raqobatbardoshligini ITTKI harajatlarini ko’paytirish hisobiga mustahkamlash;

- integratsion guruhga a’zo davlatlarning muvofiqlashtirilgan tashqi iqtisodiy siyosati evaziga noaniqlik tavakkalchiligini qisqartirish;

- milliy kompaniyalarni xorijiy tadbirkorlikni rivojlantirishga va xalqaro korporatsiyalarni tashkil qilishga qiziqishi;

- bevosita xo’jalik aloqalari, kooperatsiyalash va hamkorlikning boshqa shakllarini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratish;

- standartlarni unifikatsiyalash, soliqqa tortish tartibini soddalashtirish, xalqaro savdo-iqtisodiy muzokaralar sonini kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish va sotish harajatlarini qisqartirish;

- xalqaro ishlab chiqarish, savdo va investitsion oqimlarni kengaytirish yo’li bilan bandlik darajasini oshirish;

- korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatining samaradorligini oshirish.

Yevropa Ittifoqi (YеI)30; Shimoliy Amerika erkin savdo kelishuvi (NAFTA – AQSh, Kanada, Meksika); Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN – Bruney, Indoneziya, Laos, Malayziya, Myanma, Birma, Filippin, Singapur, Tailand, Vetnam); MERKOSUR (Braziliya, Argentina, Paragvay, Urugvay) kabi yirik integratsion birlashmalarning faoliyat yuritish natijalari milliy va xalqaro kompaniyalar manfaatiga ko’ra integratsion jarayonlarning muayyan ketma-ketligi shakllanganligidan dalolat beradi. Birinchi navbatda investitsiyalar (milliy rejimni kiritish muammolari, xalqaro shartnomalarga kafolatlangan muvofiqlikni ta’minlash, investitsiyalarni milliylashtirishdan ishonchli kafolatni ta’minlash) xizmatlar sohasi, savdo masalalari hal qilinardi.

Xalqaro savdoning jonlanishi, sotish bozorlarining kengayishi, investitsiya oqimlarini ko’paytirish ishlab chiqarishni qayta tashkil qilishni rag’batlantirdi. Bunda integratsion jarayonlar xorijiy investitsiyalarning uchta afzalliklari – mulkni xarid qilish, ishlab chiqarishni baynalminallashtirish va integratsion birlashmalar hududida korxonalarni ratsional joylashishini amalga oshirishga yordam beradi.

Integratsion guruhda iqtisodiy aloqalarni rivojlanish intensivligini xalqaro menejer o’z qo’l ostidagi statistik ma’lumotlarga qarab bir necha usullar bilan kuzatishi mumkin.

Integratsiya jarayoni dinamikasining asosiy ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi:

- mamlakatlararo tovar ayirboshlashning jami YaMMdagi ulushi;

- integratsion guruhga a’zo-mamlakatlarning umumiy tovar aylanmasi hajmida ularning mamlakatlararo ayirboshlashining ulushi. Masalan, 1980 yilda YеI a’zo-mamlakatlari o’rtasida tashqi savdo aylanishining yillik o’sish sur’ati 9 % ni, 90-yillar oxirida 20 % ni tashkil etdi.

- integratsion guruhga a’zo-mamlakatlarning o’zaro BXI hajmini ularning boshqa dunyo mamlakatlariga BXI hajmi bilan solishtirish. Xususan, 1980 yilda YеI a’zo-mamlakatlar o’zaro BXI YеI hududida umumiy sarmoyalar oqimining 25 % ini, 90-yillar ohirlarida 50 % ga yaqinni tashkil etdi.

- integratsion guruh ichida kompaniyalar birlashmalari sonini boshqa davlatlar firmalari bilan qo’shma korxonalar tashkil qilish va qo’shilishlar soni bilan taqqoslash.

Iqtisodiy integratsiya doirasida firmalarning birlashishiga ko’maklashuvchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

- ishlab chiqarish ko’lamining samarasi;

- texnologiyalarni o’zaro ayirboshlash;

- korxonalar joylashgan o’rni ustunliklaridan foydalanish (Shimoliy va MarkaziyYevropada murakkab qismlarni ishlab chiqarish, Janubda esa arzon ishchi kuchi tomonidan yig’ish yo’lga qo’yilgan);

- mahalliy iste’molchilarning talabini yanada to’laroq qondirish uchun mahsulot assortimentini kengaytirish;

- ITTKI harajatlarini ko’paytirish imkoniyatlari;

- transfert baholarni qo’llash (birinchi navbatda, turli davlatlarda moliya sharoitlari va soliqlar farqlanuvchi tarmoqlarda);

- davlat buyurtmalarini olish;

- ITT imkoniyatlari o’sishi;

- yuk tashishlarni firma ichida taqsimlash hisobiga transport harajatlarini qisqartirish.



6.2. Yevropa Ittifoqi sharoitlarida xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari
Yevropa Ittifoqida integratsion jarayonlarning rivojlanishi bilan xalqaro kompaniyalarga Yevropa firmalari bilan hamkorlik qilish uchun tobora keng imkoniyatlar ochilmoqda. Bunda hamkorlik sharoitlari o’z xususiyatiga ega. Masalan, 90-yillar oxirida Yevropa Ittifoqi quyidagi savdo-siyosiy qurollar majmuasiga ega bo’ldi: yagona boj tarifi, qishloq xo’jalik tovarlari eksporti va importining yagona rejimi, dempingga qarshi tadbirlar, import ustidan nazorat va olib kirishni bir tomonlama tartibga solish; YeI da eksportni (asosan to’qimachilik va qora metallarni) “ixtiyoriy” cheklash haqidagi kelishuvlar. YeI da amal qilayotgan qoidalarga ko’ra hech bir a’zo-mamlakat mustaqil ravishda (boshqa a’zo-mamlakatlar bilan maslahatlashmasdan) uchinchi mamlakatlar bilan savdo muzokaralari olib bora olmaydi va savdo kelishuvlarini imzolay olmaydi. Oxirgi yillarda YeI nomidan tuziluvchi kelishuvlarga tobora ko’proq savdo siyosati doirasidan tashqariga chiquvchi sanoat va ilmiy-texnik hamkorlik masalalari kiritilmoqda.

YeI mamlakatlari jamoaviy savdo siyosati vositalari bilan bir qatorda milliy xarakterdagi turli choralarni qo’llamoqdalar. Masalan, eksport kreditlarini berish milliy hukumatlar ixtiyorida qolgan. Texnik me’yorlar va standartlarni, sanitar nazoratini, ma’muriy qoidalarni unifikatsiyalash davomida proteksionistik maqsadlarda qo’llash mumkin bo’lgan qo’shimcha jamoaviy vositalar ishlab chiqildi.



Importni tartibga solish – yagona boj tarifi YeI ning uchinchi mamlakatlar bilan savdo munosabatlarida ishlatiladi. Konkret tovarlarga boj tariflarining stavka miqdori xomashyoni qayta ishlash darajasiga qarab belgilangan. Agar YeIda ishlab chiqarilmaydigan yoki yetishmaydigan xomashyoning o’zi bojsiz yoki kam bojlar bilan olib kirilsa, yarimfabrikatlarga (ayniqsa, tayyor mahsulotlarga) boj to’lovlari ancha yuqori bo’ladi. 90-yillarda yagona boj tarifining boshlang’ich to’lovlari paxta xomashyosiga – 0 %, kalava ipga – 10%, ip gazlamaga – 17%; ishlov berilmagan teriga – 0%, ishlov berilgan teriga – 7%, poyafzal terisiga – 16 % va h.k. qilib belgilangan.

Preferensiyalarning umumiy tizimi (PUT) ko’proq rivojlanayotgan mamlakatlar bilan munosabatlarda qo’llaniladi. U YuNKTAD qaroriga binoan bir tomonlama tartibda qabul qilingan. 1993 yilda Yevroittifoq preferensiyalar umumiy tizimini Rossiya va boshqa MDH mamlakatlariga ham joriy etdi. Endi ko’pgina sanoat tovarlari Rossiyadan YeIga bojsiz kiritilishi mumkin. Tarif preferensiyalari faqat to’qimachilik, baliq mahsulotlariga, shuningdek YeKPB (1951 yilda FRG, Fransiya, Italiya, Belgiya, Niderland, Lyuksemburg tomonidan qora metallurgiya korxonalari mahsuloti hajmi va assortimenti ustidan nazorat qilish, markazlashtirish va rejalashtirish maqsadida tashkil qilingan Yevropa ko’mir va po’lat birlashmasi) nomenklaturasi tovarlariga tarif preferensiyalari qo’llanilmaydi.

PUT YeI Kengashi tasdiqlaydigan va har yili qayta ko’rib chiqiladigan sxemalar asosida amal qiladi. PUT harakat qilishining asosiy maqsadi faqat preferensial rejim taqdim qilingan mamlakatlardan faqat shu rejim qo’llaniluvchi tovarlarni imtiyozli sharoitlarda olib kirilishini ta’minlashdan iborat. Tovarning kelib chiqish mamlakatini o’rnatish qoidalari bo’yicha ma’lum mamlakatlarda butunlay yoki import materiallariga jiddiy ishlov berish yordamida ishlab chiqarilgan tovar shu mamlakatdan kelib chiqqan hisoblanadi. Eksport qiluvchi mamlakat faqat bojxona idoralari tomonidan beriladigan maxsus hujjat-sertifikatni taqdim etish bilan o’z tovarining kelib chiqish faktini tasdiqlaydi.



Kontingentirlash va import ustidan nazorat YeIga a’zo-mamlakatlarning mahsuloti bilan raqobatlashayotgan tovarlarning olib kirilishini cheklash va to’xtatish maqsadida qo’llaniladi. Ayrim savdo sohalarida (masalan, qora va rangli metallar) kontingentirlash roli namoyon bo’ladi. Yevroittifoq hududida bunday tovarlarning muomalaga kiritilishi uchun importga ruxsatnoma yoki tegishli a’zo-mamlakatlarning maxsus organlari tomonidan o’rnatilgan kvotalar chegarasida berilgan shunga o’xshash hujjat talab qilinadi.

Xususan, Yevroittifoq sobiq SSSR mamlakatlaridan alyuminiy olib kirishga cheklovlar kiritdi. Yevroittifoq Komissiyasi buni bizning korxonalarimizning sun’iy pasaytirilgan energiya haqi va nisbatan yengilroq ekologik me’yorlar ko’rinishida katta ustunliklarga egaligi bilan asoslaydi.



Eksportni “ixtiyoriy” cheklash haqidagi kelishuvlar importer va eksporter o’rtasidagi kelishuv natijasi bo’lib, haqiqatda ular eksporterga qat’iyroq cheklovchi choralarni qo’llash havfi ostida o’tkaziladi. YeIning to’qimachilik mahsulotlari va qora metallarning asosiy yetkazib beruvchilari bilan qator kelishuvlar eksportni “ixtiyoriy” cheklashga yaqqol misol bo’la oladi.

Dempingga qarshi tadbirlar Yevroittifoq tomonidan uchinchi mamlakatlardan importni cheklab turish uchun faol qo’llaniladigan notarif to’siqlar qatoriga kiradi. YeIning dempingga qarshi siyosatini amalga oshiruvchi YeI Komissiyasi eksporter-mamlakatda haqiqiy eksport va ichki baholarni taqqoslaydi, demping miqdori esa ushbu tovar ichki bahosining eksport bahosidan ortiq miqdori bilan aniqlanadi.

YeIning antidemping qonunchiligi YeI barcha a’zo-mamlakatlarining hududida bir vaqtda himoya choralari kiritilishini belgilaydi.



Texnik to’siqlar notarif xarakterga ega choralarga kiradi. Bu guruh ichida muomalada bo’lgan va tashqaridan olib kirilayotgan sanoat mahsulotlariga me’yorlar va standartlar – sifat xarakteristikalari, komponentlar dozirovkasi va boshqalar kiradi. Milliy me’yorlarni uyg’unlashtirish va barcha YeI a’zo-mamlakatlari uchun sanoat mahsulotlariga yagona standartlarni ishlab chiqish jarayoni bilan birga 1985 yildan beri Yevroittifoqda soddalashtirilgan tartib: ayrim tovarlar uchun emas, balki yirik tovar guruhlariga (avtomobillar, elektrotexnik uskunalar) va atrof-muhit muhofazasi, iste’molchilar manfaatlari himoyasi va boshqa jihatdan ahamiyatga ega bo’lgan faqat asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha yagona me’yorlar o’rnatiladi.

Eksportni tartibga solish – eksport nazorati va olib chiqishni cheklash – a’zo-mamlakatlarning milliy havfsizligi, milliy boyliklarni saqlash, intellektual mulkni himoya qilish, aholi hayoti va salomatligi, atrof-muhit muhofazasi maqsadlarida kamroq tovar guruhlariga qo’llaniladi.

Yevroittifoqda a’zo-mamlakatlar tashqi iqtisodiy ekspansiyaning ko’pgina muhim instrumentlari – eksportga davlat subsidiyalari, eksport kreditlari, eksportyorlarga turli soliq, ma’muriy va boshqa turdagi yordam ko’rsatish usullarini qo’llashda mustaqilliklari saqlangan.

Hozirgi vaqtda YeI da sanoat mahsuloti eksportini tartibga solish asosan a’zo-mamlakatlar siyosatini muvofiqlashtirish mexanizmi yordamida amalga oshiriladi. Eksport kreditlarini taqdim qilish sharoitlarini kelishishga alohida e’tibor beriladi. Shu maqsadda maxsus organ – sug’urtalash, kafolatlar va moliyaviy kreditlar sohasida siyosatni muvofiqlashtirish bo’yicha guruh tuzilgan, unga YeI barcha a’zo-mamlakatlari va YeI Kengashi vakillari kiradi.

Eksportni tartibga solishning boshqa instrumentlari ko’proq: miqdoriy cheklashlar (neft va undan olinadigan mahsulotlar), eksportni bevosita ta’qiqlash va litsenziyalash (kimyo mahsulotlari, radioaktiv moddalar) kabi ma’muriy choralar hisoblanadi.

Qishloq xo’jalik mahsulotlarini olib chiqishni tartibga solish xususiyatlariga eksportni subsidiyalash kiradi: YeI qishloq xo’jalik fondi (YeI yagona byudjetining tarkibiy qismi) harajatlarining umumiy miqdori yagona agrar siyosatni o’tkazish uchun barcha sarflarning 20-40 % ini tashkil qiladi. Ko’p hollarda subsidiyalar ma’lum tovarlar (galla, sut mahsulotlari) bo’yicha jahon baholaridan ancha yuqori. Subsidiya darajasi har bir konkret holda YeI Komissiyasi tomonidan aniqlanadi. Biz tomondan olingan xulosani tеxnologik majmualarni intеgratsiyalashda soliqlardagi

nisbiy iqtisodni tadqiqotiga moslab tafsiyasiz tеkshirish mumkin. Haqiqatda, narxli ifodadagi foyda

va soliqlar hajmi umumiy holda qiziqarli emas. Shunisini bilish muhimki, tеxnologik zanjirni

dastlabki foydasi uni yagona xo’jalik tarkibiga intеgratsiyalashda katta foizga ko’payadi. Buning

uchun birlashmagan (dеzintеgrallashgan) tizimdan intеgrallashganiga o’sishda quyidagi foydadagi

nisbiy yutuq miqdorini Vk=K|Kdеz ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdiir Vk=Kint|Kdеz –1.

Shu tarzda korxonalarni yagona xo’jalik organizmga intеgratsiyalashda VT=T|Tdеz,

ekvivalentli ifoda VT=1- Tint|Tdеz dagi davlat solig’idagi tafovutni nisbiy ko’rsatkichini ko’rib

chiqish mumkin.

Kiritilgan ko’rsatkichni parallel ko’rib chiqishni ishlab chiqarish fiskal antogonizmini

kuchliligini o’rganish zaruriyati bilan bog’liqdir. Agar intеgratsiyalashda tеxnologik tizim foydasi

yyetarli darajada kuchli ravishda ko’paysa (masalan 40 foizga), fiskal yig’imlari miqdori jiddiy

bo’lmagan holda tushib kеtadi, (masalan 8 foizga), bunda shuni aytish mumkinki, kapitalni o’xshash

qo’shilishi to’liq oqlangan. U davlat byudjеti to’tgan yo’lga, bilinmagan holda, zarar yyetkazib,

xo’jalik tarkiblarini invеstitsiyaviy va iqtisodiy faoliyatini o’sishga yordam bеradi. Aks holda, shu

ko’rsatkichlarni sonli baholanishi vaqti-vaqti bilan o’zgarganida dadil gapirish mumkinki, ishlab

chiqarish ob`yektlarni mo’ljallangan inkorporatsiya qilinishi, makroiqtisodiy nuqtai nazaridan

foydaga qaraganda ko’proq zarar kеltiradi.

Foydadagi yutuq va soliqlardagi talofatlarni nisbiy samarasini qiyoslash uchun taalluqli

elastikli ko’rsatkichidan foydalanish mumkin; Е=VP|VT. Agarda Е-1 bo’lsa, unda alohida

tеxnologik katakchalarni (yachеykalarni) xo’jalik intеgratsiyasida xalq xo’jaligini maqsadga

muvofiqligi haqida gapirish mumkin. Agarda Е-1 bo’lsa, unda bunday intеgratsiyani zaruriyati juda

gumonlidir.

Oddiy amallar Е=Tdеz|Pdеz nisbatni yozishga imkon bеradi. Bundan ko’rinib turibdiki,

ishlab chiqarish –fiskal antogonizmni darajasi korxonani toza foydasi va undan olinadigan soliqlar

miqdorini datslabki nisbati bilan butunligicha aniqlanadi.

Yuqorida yozilgan formulalar turli paramеtrlarni intеgratsiyadan oldingi va kеyingi tеxnologik

tizim ishiga ta’sirini batafsil tadqiqot qilishga imkon bеradi. Ammo umumiy ko’rinishdagi bunday

tahlil ancha qo’pol rasmiy chizmalarga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun biz uni

o’tkazmaymiz va hech qanday matеmatik kuchlanishni nazarda tutmaydigan ikkita muhim sifati

funktsional momentlarida to’xtaymiz.

Birinchidan, ko’pincha firmadan olingan soliqlar miqdori uni ixtiyorida qoladigan toza

foydadan ko’p. Bu bildiradiki, Е-1 iqtisotda ham, qoida bo’yicha, shunday vaziyat paydo bo’ladiki,

u ishlab chiqarish kompaniyalarini davlat uchun hech qanday ziyon kеltirmaydigan qo’shimchaga

undaydi.


Ikkinchidan, tahlil ko’rsatadiki, birlashgan va birlashmagan chiziqlarini foydadagi nisbiy uzilishi foydaga va bo’lgan soliqdan bog’liq bo’lmaydi. Shunday qilib bu fiskal asbob tеxnologik intеgratsiyani amalga oshirishda soliqlardagi nisbiy iqtisod jarayoniga nisbatan neytraldir.

Korxonalarni ishlashidagi yana bir aspеkt-xarajat rеntabеlligidir. Yuqorida biz birlashmagan korxonalarni rеntabеlligi uchun (1.5) nisbatni yozdik. Ammo bu miqdorni birlashgan (intеgrallashgan) majmua xarajatini rеntabеlligi bilan taqqoslash alohida qiziqish uyg’otadi, uni quyidagi ko’rinishda tasavvur qilish mumkin;



V int=Pint|CN (1.15)

Bunda oldingidеk, xo’jalik tarkibini rеntabеlligi ostida ishlab chiqaruvchida toza foyda sifatida qoluvchi tushimni umumiy ulushi tushiniladi. (1.15) nisbat tеxnologik zvеnolar sonlari va narxli ustamadan rеntabеllikni ko’rish mumkinki oddiy bo’lmagan bog’lanish bеrishni.


6.3. NAFTAda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari
NAFTA miqyosida Shimoliy Amerika integratsiyasi rivojlanishida hal qiluvchi rol AQSh TMKlariga taalluqli. AQSh ishbilarmonlik doiralari NAFTAga katta umid bog’laydilar. Yaqin yillarda amerika eksportining jiddiy kengayishi va shu bilan bog’liq ish joylarning ko’payishi kutilmoqda. Mehnatsig’imli, materialsig’imli va ekologik qimmat ishlab chiqarishlarni AQShdan Meksikaga ko’chirish davomida ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish va amerikaning ayrim sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshlik darajasini oshirish imkoniyati tug’ilsa ajab emas. Masalan, Xermosilloda (Meksika) Ford zavodi 3/4 qismi Amerikada ishlab chiqarilgan detallardan avtomobillar tayyorlaydi. Sifat jihatidan ular AQSh, Kanada yoki Yaponiyada yig’ilgan mashinalardan kam emas. Amerikaning uchta avtogiganti - “Ford”, “Kraysler”, “Djeneral motorz” yaqin yillarda shunday yo’l bilan ishlab chiqarish va sotishni kengaytirishi va 4-10 % ga o’z foydalarini oshirishi taxmin qilinmoqda.

Kanada TMKlari NAFTA yordamida rivojlanishni boshlayotgan texnologik tarmoqlarni (o’lchov asMAVZUlari, kompyuterlar, aloqa vositalari va boshqa ishlab chiqarish) nou-xau sotish, ishlab chiqarish samadorligini oshirish va bozorni kengaytirish orqali o’z foydasini oshirishni nazarda tutmoqdalar. Bunda kanada kapitalining janubga kuchishini kuchayishi natijasida ish joylari qisqaradi. Biroq, boshqa tomondan qit’a ko’lamidagi ulkan liberallashgan bozor makonining shakllanishi uchinchi mamlakatlardan, asosan YeI va Yaponiyadan bevosita va portfel investitsiyalarining Kanadaga oqib kelishini rag’batlantiradi.

EIda kamroq rivojlangan mintaqa va mamlakatlarga (Gretsiya, Irlandiya, Portugaliya) qo’shma byudjet fondlaridan moliyaviy yordam berilsa, NAFTA Meksikaga bunday yordam ko’rsatmaydi. Uning yangi vaziyatlarga yolg’iz moslashishiga to’g’ri keladi. Shunga qaramay NAFTA yordamida Meksika o’z iqtisodiyotini islohotlashtirish va sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shilish muddatini yarim asrdan 10-15 yilgacha qisqartirishi taxmin qilinmoqda. Buning uchun ikki shimoliy davlat va Meksika o’rtasidagi tovar ayirboshlashni faol erkinlashtirish jarayoni boshlanishi zarur, chunki kanada-amerika savdosida savdo to’siqlari bartaraf etib bo’lingan. Ayniqsa, tayyor mahsulotlar ayirboshlash cheklovlardan qat’iy ozod qilingan: sanoat va oziq-ovqat tovarlari bilan o’zaro savdoda boj to’lovlari 65%ga kamaytirilgan, qolgan to’lovlarning ko’pchiligi esa 2003 yilda tugatiladi. Energoresurslar, qishloq xo’jalik mahsulotlari, avtomobillar va to’qimachilik tovarlari bozorini asta-sekin liberallashtirish mo’ljallangan.

Meksika qishloq xo’jalik mahsulotlari bo’yicha har bir shimoliy sherik bilan alohida ikki tomonlama shartnomalar tuzmoqda. Meksika o’z bozoriga Kanada va AQShning yuqori texnologik tovarlari kirib kelishini ta’minlash uchun Amerika va Kanadada ishlab chiqarilgan kompyuterlarga avvalgi 20%lik boj to’lovini butunlay olib tashladi, uchinchi mamlakatlardan shunday tovarlarga boj to’lovi asta-sekin 3,9%gacha pasaytiriladi. Shunday qilib, shimoliy sheriklarga Meksika bozoridan arzon yapon va Janubiy Koreya texnikasini siqib chiqarish imkoniyati beriladi. 10 yil mobaynida Meksika avtomobillar importiga ko’pgina cheklashlarni olib tashlashi kerak, bu esa amerika eksportyorlariga bozorni kengaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, 90-yillar o’rtalarida Meksikada xorijiy investorlar imkoniyatlarini kengaytiruvchi qonun kiritilgan edi. Sanoat va qishloq xo’jaligining ko’p tarmoqlarida kapitalni “har qanday nisbatlarda” kiritish ruxsat etildi. Xorijiy tadbirkorlarga energiya tashuvchilar va radioaktiv rudalarni izlab topish va qazib chiqarishga transport va kommunikatsiya infrastrukturasiga mablag’lar investitsiyalash hozircha ta’qiqlanadi. Keyinchalik qatnashish ulushi cheklangan sohalarda uni 2001 yildan boshlab - 51 % gacha, 2004 yildan boshlab – 100 % gacha kengaytirish ko’zda tutilmoqda.

Meksika banklar va sug’urta kompaniyalarida xorijiy firmalarning ishtirok etish cheklovlarini olib tashlash majburiyatini olgan, bu esa Amerika va Kanada moliyaviy kapitalining Meksika sug’urta bozorining 3 dan 1 qismini egallash imkoniyatini yaratadi.

NAFTA dan eng kam foydani Kanada oladi. Uning iqtisodiyoti AQSHniki bilan chambarchas bog’liq bo’lsada, Meksika iqtisodiyoti bilan aloqalari unchalik rivojlanmagan. Ammo, NAFTA rivojlanib borishi bilan Kanada ham integratsion jarayonga yanada ko’proq tortiladi va kengayotgan bozordan devidentlar oladi.

1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət