Ana səhifə

Xalqaro menejment


Yüklə 3.39 Mb.
səhifə4/16
tarix25.06.2016
ölçüsü3.39 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

3.1. Milliy kompaniyaning xalqaro kompaniya darajasiga o’tish evolyutsiyasi
Milliy kompaniyalarning xalqaro kompaniyalar darajasiga o’tishini rag’batlantiruvchi uchta asosiy omilni ajratib ko’rsatish mumkin:

1. Tovar ayirboshlashning va shu bilan birga daromadning o’sishi. Bunda kompaniya ishlab chiqarish quvvatlarini kuchaytirish va ko’lam samarasini ishlatish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari u qaltislikni kamaytirish uchun xorijiy hamkorlar bilan o’rnatilgan aloqalardan foydalanishi mumkin.

2. Qabul qilayotgan davlatda xomashyo va ishchi kuchining nisbatan arzonligi hisobiga ishlab chiqarish va sotish harajatlarini kamayishi. Bundan tashqari, mahalliy firmalar bilan qo’shma korxonalar tuzish yo’li bilan savdo-sotiq bozorini va yangi samarali texnologiyalarga erishish imkoniyatlarini kengaytirish.

3. Qabul qilayotgan mamlakatning sanoati, moliya-kredit tizimi, savdo kanallari va infratuzimasidan foydalanish.

Ko’pchilik xalqaro kompaniyalar uchun milliy firmalardan transmilliy korporatsiyalarga o’tish jarayonida ularning tashqi iqtisodiy faoliyatining muayyan ketma-ketligi (bosqichlari) odatiy hol bo’lib qoldi (3.1-rasm).

Birinchi bosqich o’z ichiga bir martalik eksport-import bitimlarida aks etuvchi, turli davlatlardan bo’lgan hamkorlar orasidagi shartnoma munosabatlarini oladi. Bu bosqichda hamkorlar hali yetarli darajada bir-birlarining moliyaviy imkoniyatlari, ilmiy-sanoat potensiali va ishbilarmonlik uslubini bilmaydilar.

Ikkinchi bosqichda har xil davlatlardan bo’lgan hamkorlar orasidagi munosabatlarning navbatdagi kengayishi va takomillashuvi ko’rsatkichi bo’lib ikki yil va undan ortiq muddatga mo’ljallangan uzoq muddatli shartnomalar xizmat qilishi mumkin. Bir qator hollarda bunday shartnomalar kapitalning kredit shaklida olib chiqilishi, asMAVZU-uskunalarni yetkazib berilishi, texnologiyalarni o’tkazilishi, shuningdek ilmiy-texnikaviy hamkorlikni ko’zda tutadi.

Uzoq muddatli shartnomalar eksporter uchun sifati sotib oluvchiga ayon bo’lgan tovarlar va xizmatlarning savdo bozorlari barqarorligini ta’minlash nuqtai nazaridan jozibali hisoblanadi. Bundan tashqari eksporterlar transport kompaniyalari bilan uzoq muddatli doimiy kelishuvlar tuzish yo’li bilan transport harajatlarini qisqartirish hisobiga o’z mablag’larini tejaydilar. Bularning hammasi reklama, xaridorlarni qidirish, ko’p sonli bir martalik shartnomalarni tayyorlash harajatlarisiz tijorat harajatlarini pasaytirish imkonini beradi.

Import qiluvchilar uchun uzoq muddatli shartnomalar yaxshi ma’lum bo’lgan va o’zini yaxshi tomondan tavsiya qilgan tovarlar va xizmatlar yetkazib berilishi barqarorligini ta’minlaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan xomashyo tovarlari import qilingan holatda importerlar eksporterlarga kapitalni ssudaga berish, so’ngra esa ma’lum darajadagi foizlar bilan uzoq muddat mobaynida o’zining yoqilg’i, xomashyo materiallariga bo’lgan talablarini barqaror ta’minlash uchun, uni mahsulot shaklida qaytarish imkoniyatiga egadir.

Hamkorlikning keyingi bosqichida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar, litsenziyaviy kelishuvlar, konsorsiumlar (ma’lum bir maqsadlarni amalga oshirish, ko’pincha tashqi bozorga birgalikda kirish uchun o’zaro konfidensial kelishuvlar bilan bog’langan hamkor-ishtirokchilarning vaqtinchalik birlashuvidir) tuzish amalgam oshiriladi. Bu bosqichda har xil mamlakatlardan bo’lgan hamkorlar bir-birlariga baho berishgan, bir-birlarining ishonchliligiga va ish yuzasidan shartnomalarni tuzishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligiga ishonch xosil qilishgan.

O’zbekistonda Vazirlar Mahkamasining 12.12.2000 yildagi 473-sonli «Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo’yicha majburiyatlarini bajarish tartibi to’g’risida»gi Qaroriga muvofiq xalqaro shartnomalar loyihalarini ekspertlar darajasida ishlab chiqish va xalqaro shartnomalar bo’yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash quyidagi O’zbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralarining zimmasiga yuklangan:

- tashqi iqtisodiy faoliyat, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalarni rag’batlantirish va o’zaro himoya qilish hamda texnik yordam ko’rsatish masalalari bo’yicha – Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligiga;

- investitsiya va valuta-moliya hamkorligi masalalari bo’yicha - Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Markaziy Bank, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo’mitasiga;

- soliqqa tortish va soliq qonunchiligiga rioya qilishdagi hamkorlik masalalari bo’yicha - Davlat soliq qo’mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga;

- davlat mulkini begonalashtirish va ulardan foydalanish, huquqlarni e’tirof etish va mulkiy munosabatlarni tartibga solish masalalari bo’yicha - Davlat mulk qo’mitasi, Adliya vazirligiga;

- ilmiy-texnikaviy hamkorlik, shuningdek xuquqiy muhofaza va intellektual mulk ob’yektlaridan foydalanish shartlari masalalari bo’yicha - Fan va texnika davlat qo’mitasi, Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Adliya vazirligiga.

Jahon amaliyotida litsenzion bitimlarning imzolanishi, texnologiyalar bilan almashinuv, xalqaro ilmiy-texnik kooperatsiya bir birlarining sanoat, tijorat, tadqiqot potensiallaridan to’liqroq foydalanish imkonini beradi. Bunda litsenzion bitimlar texnologiyalar bilan almashinish, barter va kompensatsiya bitimlari uchun qurol sifatida keng ishlatiladi.

Uchinchi davlatlar bozorlarida konsorsium tarkibida birgalikda o’z tovar va xizmatlari bilan ishtirok etish hamkorlarga turli buyumlar va komplekt uskunalarning birmuncha keng assortimentini taklif etish, qaltisliklarni o’zaro taqsimlash, yangi bozorlarni o’zlashtirish bo’yicha, texnologiyalar va nou-xaular bilan o’zaro almashuv bo’yicha imkoniyatlarni kengaytirish, shuningdek moliyaviy resurslarni birlashtirish hisobiga o’z faoliyati uchun zaruriy moliyalashtirishni ta’minlash imkonini beradi.

Ko’pincha konsorsiumlarga yakka o’zi tashqi bozorga chiqish imkoniyatiga ega bo’lmagan yoki eksport sanoati uchun zarur uskunalar bilan jihozlanmagan katta bo’lmagan kompaniyalar birlashadi. Bu muammolarni ular birgalikda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun mamlakat ichki bozorida o’ziga o’xshash kompaniyalarning kuchi va resurslarini birlashtirish yo’li bilan hal etadilar. Ba’zan o’z tovarlarining sotilishi uchun birlashgan marketing guruhini ham tuzadilar. Hozirgi vaqtda meva, go’sht, sut mahsulotlari savdosi bo’yicha agrar sektor korxonalari uyushmalari eng keng tarqalgan.

Uchinchi bosqich – bu qo’shma korxonalarni tuzish bosqichidir. Ular har xil davlatlardan bo’lgan hamkorlarni faoliyat ko’rsatayotgan sanoat yoki tijorat firmalariga ega bo’lgan hamkorning mamlakatida zarur bo’lgan binolarni qurmasdan va ularda uskunalarni o’rnatmasdan tezda birgalikdagi faoliyatni boshlash mumkinligi bilan jalb etadi. Lekin, qo’shma xalqaro tabbirkorlikning ko’pchilik ustunliklari va ochilayotgan imkoniyatlariga qaramasdan hamkorlar o’z mustaqilligining bir qismini yo’qotadi va barcha xatti-harakatlarini bir-birlari bilan kelishib amalga oshirishlariga to’g’ri keladi. Bu esa qaror qabul qilish jarayonini qiyinlashtiradi va cho’zib yuboradi. Bundan tashqari qo’shma korxona xalqaro hamkorlikning vaqtinchalik shakli hisoblahadi. Qo’shma tadbirkorlik sohasida ish yurituvchi maslahatchi firmalarning izlanishlari qo’shma korxona faoliyatining o’rtacha muddati to’rt yil ekanligini ko’rsatadi.

Qo’shma korxonalar faoliyati jarayonida odatda bir hamkor nisbatan kuchliroq bo’lib boradi va kuchsizini o’ziga qo’shib oladi. Rasmiy xujjatlarda bu “firmalar qo’shilishi” deb ta’riflanadi. Bir qator maslahatchi firmalarning fikriga ko’ra, kompaniyalarning birlashuvini sanoatdan emas, balki injiniring, marketing va tijorat munosabatlaridan boshlash maqsadga muvofiq hisoblahadi. Chunki bu sohalar qo’shilishining samaradorligi sanoat quvvatlari qo’shilishi samaradorligiga nisbatan ikki barobar oshishi mumkin.

Firmalar qo’shilishi haqidagi qaror oylab davom etadigan puxta hisob-kitoblar va muzokaralardan so’ng qabul qilinadi. Birlashishni o’zaro kelishib olish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

1. Harakatlarning strategik rejasini aniqlash.

2. Rahbariyatdagi o’rinlarning muvozanatli taqsimotini, shtab-kvartira va ITTKI markazlarining qayerda joylashishini aniqlash bilan boshqaruv tizimini o’zaro kelishib olish.

3. Yagona kompaniyaga birlashayotgan hamkorlarning aktivlarini baholash.

4. Birlashayotgan kompaniyalar shtati bilan qo’shilishni kelishib olish.

Firmalar qo’shilishining muvaffaqiyatli ko’rsatkichi bo’lib ishlab chiqarish va tijorat operatsiyalari hajmining 10-20 foizga o’sishi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish harajatlarining 10-20 foizga kamayishi hisoblanadi.

Har xil davlatlardan bo’lgan hamkorlarning yagona kompaniyaga birlashish natijasi – bu transmilliy kompaniyaning (TMK) shakllanishidir. Kompaniyaning transmilliylashtirish darajasi quyidagi transmilliylashtirish indeksi bilan xarakterlanadi.

I = (XA/UA + XC/US + XSh/USh) : 3


bu yerda, I- transmilliylashtirish indeksi;

XA – xorijiy aktivlar;

UA – umumiy aktivlar;

XS – xorijiy filiallarining tovar va xizmatlar savdosi hajmi;

US – umumiy tovar va xizmatlar savdosi hajmi;

XSh – xorijiy shtat;

USh – umumiy shtat;
3.2. TMK – xalqaro tadbirkorlikning eng samarali shakli
TMKlar zamonaviy jahon iqtisodiyotining eng dinamik sub’yektlaridan biri bo’lib, paydo bo’lish davridan beri jiddiy taraqqiy etdi. Ular “kolonial-xomashyo” TMKlardan boshlab global kompaniyalargacha rivojlanib bordi. TMKlarning evolyutsiyasi ularning son va sifat jihatidan o’sishi bilan birga rivojlanib bordi. 30-yillarda ularning soni 300 ta bo’lgan bo’lsa, XXI asr boshida 82 mingtaga yetdi12.

80-yillarda yetakchi TMKlar global kompaniyalarga (to’rtinchi avlod TMKlarga) aylandi. Global korporatsiyalar innovatsion dinamizm, ichki korporativ tuzilmaning muntazam takomillashtirib borilishi, yangi faoliyat sohalari va yo’nalishlarini faol izlash bilan xarakterlanadi. XXI asr boshlarida global korporatsiyalar orasida xalqaro ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va ayrim mutaxassislar juda katta korporatsiyalarni (JKK) alohida ajrata boshladilar. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra ularning soni 800 tani tashkil etadi. Ushbu kompaniyalar o’z qo’lida zamonaviy moliyaviy-sanoat, texnologik, intellektual kapital qudratini jamlab olgan. JKK “jahon iqtisodiyotining pirovard tuzilmaviy kuchlarini va globallashuvning real omillarini» ifodalaydi.

Iqtisodiyot globallashuvining muhim tashkiliy elementi bo’lib TMKlarning turli shakllardagi qo’shilishlari va qo’shib olishlari (inglizcha Mergers and acquisitions - M&As), ularning xalqaro kelishuvlari (ya’ni strategik alyanslari) namoyon bo’lmoqda. Bu jarayon kompaniyalar o’rtasidagi kuchlarning taqsimlanishini o’zgartirib yubormoqda. Natijada ta’sir ko’rsatish hududlarini birgalikda bo’lib olish boshlanmoqda, birgalikda iqtisodiy nazorat sohasi kengaymoqda, kompaniyalar salohiyati birlashtirilmoqda.

TMKlar ishtirokida qo’shilishlar va qo’shib olinishlar shaklida kapitalning xalqaro birlashish (konsolidatsiyasi) jarayoni XX – XXI asrlar bo’sag’asida jahon iqtisodiyotining transmilliylashuvi va globallashuviga ta’sir ko’rsatuvchi muhim omilga aylandi. XX asr boshidan beri ro’y bergan qo’shilishlar va qo’shib olishlarning besh “to’lqini”ga globallashib borayotgan iqtisodiyotning mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi ularning oltinchi “to’lqini” qo’shildi. Oltinchi «to’lqin» XXI asrning ilk yillaridagi jahon iqtisodiyotining pasayishidan va AQShda fond birjalari faoliyati inqirozidan so’ng 2003 yilda boshlangan deyish mumkin. 2007 yilda jahonda qo’shilishlar va qo’shib olishlarning hajmi rekord ko’rsatkichga - 4,74 trln. doll.ga yetib, 2000 yil darajasiga nisbatan 3,4 trln. doll.ga ko’paydi.13 2008 yilda boshlangan jahon moliviy-iqtisodiy inqirozi tufayli ularning soni jidddiy kamaydi (3.1-jadval).



3.1-jadval

1987-2009 yillarda 1 mlrd AQSh dollaridan ortiq baholangan xalqaro M&As

Yil

Bitimlar soni

Foizlardagi ulushi

Qiymati (mln doll)

Foizlardagi ulushi

1987

19

1,6

39

40,1

1990

48

1,4

84

41,7

1995

44

0,8

97

41,9

2000

207

2,1

999

74,0

2005

182

2,1

569

61,3

2006

215

2,4

711

63,6

2007

319

3,0

1197

70,4

2008

251

2,6

823

68,3

2009

40

1,2

171

67,2

Manba: World Investment Report 2008: Transnational Corporations.and the Infrastructure Challenge.TNCs in infrastructure industries //New York and Geneva: United Nations, 2008.

Amalda korxonalarni sotish-sotib olishga ixtisoslashgan global bozor shakllandi va faol rivojlanmoqda (bunda korxonalarni sotib olish istagini bildirganlar uni sotuvchilarga qaraganda ko’proq). Hozirgi faollik asosan global bozor tendentsiyalariga, arzon zaem vositalariga, xomashyo tovarlariga yuqori talabga va BRIK (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy) mamlakatlarida yirik korporatsiyalarning paydo bo’lishiga asoslanadi. Uning yana bir xususiyati bo’lib, to’g’ri inestitsiyalar fondlarining jadal faoliyati hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda TMKlarning jahon iqtisodiyotiga ta’siri juda yuqori hisoblahadi. XXI asrning boshiga kelib 700 mingdan ortiq o’z xorijiy filiallarini boshqarayotgan 80 mingdan ko’p kompaniyalar ro’yxatdan o’tgan. TMKning qo’l ostida xususiy ishlab chiqarish fondlarining taxminan 30 %, xalqaro savdoning 50 % ga yaqini mujassamlangan. Transmilliy korporatsiyalar tomonidan jahon bozorlaridagi deyarli butun xomashyo savdosi, shu jumladan bug’doy, kofe, jo’xori, o’rmon materiallari, tamaki, temir rudasi jahon savdosining 90 %, mis va boksitning 85 %, choy va qalayning 80 %, banan, tabiiy kauchuk va xom neftning 75 % nazorat qilinadi. Ular hissasiga ilm-fan va texnika sohalarida patentlangan va tadbiq etilgan barcha yangiliklarning 80 foizi to’g’ri keladi.

TMKning umumiy valuta zahirasi jahonning barcha markaziy banklarining birgalikdagi zahirasidan bir necha barobar ko’p. Xususiy sektorda bo’lgan pul miqdorining 1-2 %ga siljishi istalgan ikkita milliy valutalarining o’zaro paritetini o’zgartirishga qodir.

Xalqaro kompaniyalar butun dunyoni yagona bozor deb qarashadi, ko’pchilik mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi, xorijiy sarmoyalar lokomotivi bo’lib qatnashadi va milliy chegaralardan qat’iy nazar strategik qarorlar qabul qiladi.

Yirik TMKlar ko’pincha o’z faoliyatini ilmiy-texnik taraqqiyotini belgilovchi tez rivojlanayotgan sanoat tarmoqlariga qaratadi. Ular 90-yillarning oxirida kompaniyaning 100 ta yirik TMKlar ro’yxatiga kirgan kompaniyalar xorijiy aktivlarining 15 %dan yuqorirog’i to’g’ri keladigan elektronika sanoatiga juda faol qiziqmoqdalar. Bu ro’yxatlarda kimyo, qazib olish va avtomobil sanoati korporatsiyalari yuqori o’rinlarni egallaydi. Mislsiz hajmdagi xalqaro iqtisodiy bitimlarni amalga oshira turib, TMKlar, ularda savdogarlar (tijoratchilar), to’g’ri va portfel sarmoyadorlar, samarali texnologiyalarni tarqatuvchilar, xalqaro mehnat migratsiyasining rag’batlantiruvchilari sifatida ishtirok etadi.

90-yillarning oxirida TMKlar orasida xorijiy aktivlarning qiymati bo’yicha birinchi o’rinda “Royyal Datch Shell” ingliz-golland konserni turar edi. Ushbu kompaniyadan tashqari yirik TMKlarning birinchi o’nligiga 5 ta AQSH, 2 ta Yaponiya, 1 ta Germaniya, 1 ta Shveysariya kompaniyalari kirar edi. 1995 yilda dunyoning nisbatan qudratli 100 ta TMKlari ro’yxatida ilk marotaba rivojlanayotgan mamlakatlardan chiquvchi “Deu Korporeyshn” (Janubiy Koreya) va “Petroleus de Venesuela” (Venesuela) kompaniyalari paydo bo’lishdi.

Yangi industrial davlatlarning (YaID) birinchi “to’lqini” orasida yirik Osiyo kompaniyalari, birinchi navbatda Gonkong (2008 yilda dunyoning 500 ta eng yirik TMKlari reytingida 10 ta), Janubiy Koreya (FT-500 reytingida 5 ta), Tayvan va Singapur (4 tadan) eng katta yutuqlarga erishdi. Lotin Amerikasi YaID orasida Braziliya – 11 TMK ajralib turadi. Biroq, YaIDlarga tegishli kompaniyalarning transmilliylashuvi jahon bozorlarida harbiy TMKlarning maqelarini jiddiy pasaytira olmadi. 2004 yilgacha xalqaro xorijiy aktivlarni xarid qilish bozorlarida rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qildi. Faqatgina 2004 yildan boshlab, rivojlanayotgan mamlakatlarning kompaniyalari tomonidan rivojlangan mamlakatlar kompaniyalarining bozorlarini egallash jarayoni boshlandi. Ushbu jarayonda Xitoy, Hindiston va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarning kompaniyalari muhim rol o’ynamoqda. 2007 yilda ilk bor rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan rivojlangan mamlakatlardagi aktivlarni xarid qilish hajmi rivojlangan mamlakatlar kompaniyalarining rivojlanayotgan mamlakatlardagi aktivlarni xarid qilish hajmidan ortiqroq bo’ldi.

2008 yilda dunyoning 500 ta eng yirik TMKlari reytingida Xitoy va Gonkong kompaniyalarining soni FT-500 reytingida ikkinchi o’rinda turgan Buyuk Britaniya bilan tenglashdi. Faqat Xitoyga tegishli bo’lgan korporatsiyalar soni 25 tani tashkil qiladi.14 2008 yilda Xitoy FT-500 reytingining birinchi o’nligidagi o’z mavqeini yanada oshirib, 3 ta kompaniyaga yetkazdi (2006 yilda ushbu reytingga bitta ham xitoy kompaniyasi kiritilmagan edi). Xitoy va Gonkong kompaniyalarining umumiy kapitallashuv darajasi Buyuk Britaniyanikidan yuqori va birinchi o’rinda mahkam o’rnashib olgan AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. AQSh bu ro’yhatda kompaniyalar soni (169 ta), ularning umumiy kapitallashuv darajasi (9,6 trln. doll.) bo’yicha ham so’zsiz yetakchilik qiladi.

XX asr oxiridan boshlab hind korporatsiyalarining transmilliylashuv jarayoni kuchaydi. Ular Osiyo va Afrika bozorlaridan so’ng 80-yillarda Yevropa bozorlariga ham o’z yig’uv ishlab chiqarishlarini joylashtira boshladi. XX asr boshida hind kapitali 93 ta mamlakatdagi 1000 dan ortiq qo’shma korxonalarda ishtirok etar edi. Ularning asosiy qismi eng yirik savdo sheriklari bo’lgan AQSh, Buyuk Britaniya, BAA, Malayziya, Singapur, Nepal, Tailand, Bangladeshga to’g’ri keladi. Hind kapitali yuqori kontsentratsiyalashuv bilan ajralib turadi. XXI asr boshida 7 ta eng yirik (Birla, Tata, Singxaniya, Shoxibog’ va boshqalar) savdo-sanoat uylarining hissasiga Hindiston korporativ sektorini to’g’ri xorijiy investitsiyalarini 75 % to’g’ri keladi.

Janubiy Koreya, Xitoy va Hindiston kompaniyalarining transmilliylashuv modellari tashqi jihatdan o’xshashligiga qaramay ayrim farqlanishlarga ega. Masalan, hind kompaniyalarining transmilliylashuv jarayoni ko’p yillardan beri rivojlanib keladi. Ular transmilliylashuvning savdo modelini amalga oshirib, global bozorlarga o’tishdan oldin boshqa kamroq rivojlangan mamlakatlar bozorlarida uzoq muddatli faoliyat ko’rsata boshlagan. Janubiy Koreya va ayniqsa Xitoy kompaniyalarining transmilliylashuv jarayoni esa xalqaro bozorlarga jadal kirib borish xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Shunga qaramay, ushbu kompaniyalar transmilliylashuv jarayonining boshlang’ich bosqichlarida turibdi.

90-yillarda Rossiya kompaniyalarining transmilliylashuv jarayoni boshlanib, uning bosqichlari va xususiyatlari jihatidan biznesning baynalmillashuvi va transmilliylashuvining klassik modeliga to’liq mos kelmaydi. Ushbu jarayon Janubiy Koreya va Xitoy mamlakatlaridan farqli ravishda davlat ko’magisiz amalga oshirildi. Rossiya kompaniyalarining transmilliylashuv jarayonining dastlabki bosqichlari yoqilg’i-energetika majmuasining (YoEM) eksport tarmoqlarining faoliyati ustunlik qilishi bilan tavsiflanadi. Xorijiy ekspansiya natijasida Rossiya kompaniyalarining katta hajmdagi moliyaviy mablag’larining chet elga yo’naltirilishi mamlakat xususiy tashqi qarzdorligini oshirmoqda (2008 yilda 400-450 mlrd. doll.).

2006–2007 yillarda 25 ta yetakchi Rossiya kompaniyalari xorijdagi o’z aktivlarini ikki barobar ko’paytirdi. Global yetakchilikka intilayotgan kompaniyalarga UC Rusal, Severstal, Yevraz, Gazprom, LUKoyl va YoEMning boshqa kompaniyalarini kiritish mumkin. So’nggi yillarda Rossiya kompaniyalarining xalqaro reytinglardagi ishtiroki kuchayib bormoqda (Forbes va Finantial Times reytinglarida mos ravishda 29 va 13 ta kompaniya kiritilgan). Ularning soni bo’yicha BRIK mamlakatlari orasida Xitoydan keyin turadi.

Rossiya kompaniyalarining transmilliylashuv jarayoni boshqa BRIK mamlakatlaridagi mazkur jarayonlardan ilmiy va texnik-texnologik bazaning, boshqaruvchi mutaxassislar tayyorgarligining nisbatan yuqori darajasi; 90-yillardagi keskin o’zgaruvchan sharoitlarga yuqori moslashuvchanlik darajasi; davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimining past darajasi kabi xususiyatlar bilan ajralib turadi.

2007–2008 yillarda Rossiya kompaniyalarining transmilliylashuv jarayoniga nisbatan davlatning siyosatida ayrim siljishlar boshlandi.15 milliy korporatsiyalarning xalqaro faoliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash shakllariga siyosiy-diplomatik, moliyaviy-iqtisodiy va marketing jihatdan yordam ko’rsatish usullarini, xorijda chet el investitsiyalari bo’yicha milliy agentliklarni tashkil qilish, xorijdagi investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash tamoyillari to’g’risidagi maxsus qonunning mavjudligini kiritish mumkin. Rossiya hukumati milliy biznesga asosan “yumshoq” yordam ko’rsatadi. Masalan, 1991 – 2005 yillarda Rossiya tomonidan 57 ta ikkitomonlama kapital qo’yilmalarni rag’batlantirish va o’zaro himoyalash to’g’risidagi hukumatlararo kelishuvlar imzolanib, ulardan 36 tasi kuchga kirgan (taqqoslash uchun Xitoy 2006 yilda 116 ta shunday kelishuvga ega edi).

Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda yuqori samaradorlikka erishishda tobora ko’proq «yangi iqtisodiyot» omillari (brendlar, gudvillar, tarmoqli texnologiyalar, noan’anaviy marketing va hokazo) qo’llanilayotganligini hisobga olgan holda milliy biznesning xorijdagi faoliyatini qo’llab-quvvatlashning yangi zaruriy infratuzilmasini shakllantirish dolzarb hisoblanadi.

TMKlar milliy bozorlar orasidagi aloqalarni mustahkamlagan holda umumiy boshqaruv ostida butun dunyo bo’yicha korxonalarni joylashtirib, sanoatni internatsionallashtirish jarayonlarini vujudga keltiradi. Ular har xil davlatlarda joylashgan korxonalarning texnologik siklini birlashtiradilar, firma ichidagi mehnat taqsimotini amalga oshiradilar.

TMKga kirgan har bir korxona kelishilgan siyosat va yagona umumiy strategiya chegarasida faoliyat yuritadi. Har xil TMKlarda bitta yoki undan ko’p qaror qabul qiluvchi markazlar mavjud. TMK aktivlari umumiy xususiy mulk bilan bog’liq. Har bir TMKda bir-biriga bog’liq korxonalar orasida ITTKI natijalari, resurslar va javobgarliklarning taqsimlanishi kelishib olingan.

TMK faoliyati unumdorligi quyidagi 3 ta asosiy manbaga asoslangan:

1. Har xil mamlakatlarda tabiiy resurslarga, yirik kapitalga va fan-texnikada yangilik kiritish bo’yicha mutloq ko’pchilik patentlarga egalik qilish;

2. Butun dunyo bo’yicha tabiiy resurslar, unumdor yerlar, qulay iqlim va arzon ishchi kuchining optimal kombinatsiyasi bilan firmalarning joylashish ustunliklaridan foydalanish;

3. Internatsional ishlab chiqarishni tashkil etishda, xalqaro marketing tamoyilidan foydalanish bilan butun dunyoda katta talabga ega yangi tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda xalqaro menejment tajribasidan foydalanish;

Moliyaviy jihatdan TMK turli mamlakatlardagi filiallarining tarmog’i bilan milliy kompaniyalarga nisbatan qulay holatda bo’ladi, chunki:

- ular o’zining xalqaro kapital tizimiga ega va ularni eng ko’p foyda keltiruvchi mamlakatlarga ko’chiradilar;

- sharqdan g’arbga yo’nalishi bo’yicha sutkasiga 24 soat jahon moliya bozorlarining holati haqida ma’lumotga egadirlar. Masalan, kunning so’nggida Nyu-Yorkdagi bosh kompaniya elektron aloqa orqali jahon moliya bozoridagi holatni Gonkongdagi korxonasiga yuboradi. Keyingi kun ertalab bosh kompaniya Gonkongdan o’tgan 12 soat uchun bozordagi voqealar va vaziyatning tahlili haqida ma’lumot oladi. Shunday qilib bitta TMK miqyosida to’xtovsiz tartibda ITTKIning bajarilishi, dasturlashtirish va boshqalar tashkil etiladi;

- qabul qiluvchi mamlakatlarda valuta paritetining tebranishi va investitsion iqlimni liberallashtirish darajasidan kelib chiqqan holda investitsion qaltisliklarni o’z filiallari orasida taqsimlaydilar. Shunday qilib, qabul qiluvchi mamlakatda valuta paritetining pasayishi TMKning bu mamlakatda ko’chmas mulk sotib olishi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Xususiylashtirish sharoitlarida liberallashtirish ham qabul qilayotgan mamlakatga TMK kapitallarini jalb etadi;

- xorijiy filiallari joylashgan mamlakatlardagi milliy va xalqaro moliyaviy institutlardan qarzga olingan mablag’lardan nisbatan manfaatli shartlarda foydalanadi.

TMK xorijiy filiallarining milliy firmalar oldidagi asosiy raqobat ustunliklaridan biri bo’lib bosh kompaniyaning izlanish markazi tomonidan o’tkaziladigan ITTKI natijalaridan foydalanish hisoblanadi. Dunyodagi patent va litsenziyalardan foydalanganlik uchun to’lovlarning 70 %ga yaqini TMK doirasida bosh kompaniyalar va ularning xorijiy filiallari orasida amalga oshiriladi. Bunda oxirgi yillarda TMKlar ITTKI o’tkazish harajatlarini kamaytirish maqsadida o’z izlanish markazlarini ko’proq qabul qilayotgan mamlakatlarga ko’chirishmoqda. Agar oldin izlanish ishlari va konstruktorlik tadqiqotlari odatda, bosh kompaniya joylashgan mamlakatda amalga oshirilgan bo’lsa, XX asrning oxirida xalqaro texnologiyalar ayirboshlash hajmining kengayishi bilan TMK izlanish markazlari ilmiy-tadqiqot ishlari va konstruktorlik tadqiqotlarni minimal harajatlar bilan o’tkazish uchun kerakli resurslar va ilmiy potensialga ega bo’lgan mamlakatlarda o’rnashmoqdalar.

TMKlar ITTKI o’tkazish uchun ishlab chiqarish infrastrukturasiga ega bo’lgan, universitetlar va milliy tadqiqot markazlari faoliyat ko’rsatayotgan, olimlarning maoshi unchalik katta bo’lmagan va kommunikatsiya vositalari yetarli darajada rivojlangan qabul qiluvchi mamalakatlarni tanlaydi. Bundan tashqari, TMK tadqiqot markazlarining joylashishi uchun jalb etuvchi omillar bo’lib ilmiy muassasalar va sanoat korxonalari orasidagi aloqalarning yaxshi o’rnatilganligi, qabul qilayotgan mamlakatning hukumati tomonidan milliy ITTKIlarni qo’llab-quvvatlanishi va intellektual mulkni qo’riqlashning mustahkam huquqiy asosi hisoblanadi.

90-yillarda nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan mamlakatlarda ham TMKlar bajonidil o’z tadqiqot markazlarini joylashtirayotgan ilmiy va texnologik parklar keng tarqaldi. Bunday parklarning muvafaqqiyatli faoliyat ko’rsatishi uchun u yerda olimlarning ishlashi va yashashi uchun qulay sharoitlarga ega asosiy ilmiy va o’quv markazlari joylashgan bo’lishi, shuningdek, ilmiy izlanishlarni kengaytirish va takomillashtirish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud bo’lishi zarur.

TMK korxonalarini samarali faoliyat yuritishining asosiy manbalaridan biriga bosh kompaniya resurs va bozorlar joylashishining optimal kombinatsiyasini qo’llagan holda uyushtiradigan internatsional ishlab chiqarishni kiritish lozim. Bu holatda xalqaro kompaniyaning ishlab chiqarish quvvati TMKning umumiy strategiyasiga muvofiq har xil mamlakatlarda joylashadi. Jahon bozori ehtiyojlarini qondirish uchun xalqaro kompaniyalar firmalar ichidagi va ular orasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytiradilar. Bunda xalqaro iqtisodiy munosabatlarning har xil shakllari birgalikda qo’llaniladi. Ko’pincha, tashqi savdo to’g’ri xorijiy investitsiyalar bilan birgalikda ishlatiladi va TMK xorijiy filiallarining mahsulotlarini eksport qilish amalga oshiriladi.

Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarish o’zida kapital, texnologik jarayonlar, malakali xodimlarning migratsiyasi va savdo tarmog’ini davlat chegaralari orqali yagona tizimga birlashtiruvchi bosh kompaniya nazorati ostida xorijda mahsulot ishlab chiqarishni ifoda etadi. Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarishning boshqaruv quroli (instrumenti) – bu milliy kompaniyalarnikiga nisbatan past ishlab chiqarish harajatlariga, nisbatan yuqori bo’lgan sifat va xilma-xil assortimentga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlovchi global menejment hisoblanadi. Bunda savdo bozorlarini kengaytirishda TMK korxonalarining raqobatbardoshlik ustunligi namoyon bo’ladi.

Xalqaro kompaniyalarning ishlash tajribasi ishlab chiqarishni tashkil etishning quyidagi 3 xil strukturasi mavjudligini ko’rsatadi (3.2.rasm):


  1. Gorizontal

  2. Vertikal

  3. Diversifikatsion

Gorizontal integratsiya sotish bozori hajmini ko’paytirish, sanoat ko’lamini kengaytirish va quvvatlardan ratsional foydalanish singari ustunlikka ega. Bir qabul qilayotgan mamlakatda mahsulotga bo’lgan talab qisqarganda, xalqaro kompaniya bu mahsulotga bo’lgan talab saqlangan yoki kengaygan boshqa mamlakatdagi o’z korxonasiga resurslarni o’tkazadi. Xalqaro gorizontal integratsiya darajasi taxminan TMK filiallarining boshqa undan mustaqil firmalarga eksport hajmi sifatida aniqlanishi mumkin.

TMK miqyosida sanoatning vertikal integratsiyasi har xil mamlakatlarda ishlab chiqarish jarayoni bosqichlarini: bir mamlakatda xomashyo qazib olish, boshqa mamlakatda unga ishlov berish va yarimtayyor mahsulot yoki butlovchi detallar ishlab chiqarish, uchinchi mamlakatda tayyor mahsulot yig’ish kabi bosqichlarini yagona texnologik zanjirga birlashishini ifoda etadi. Xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etishning bunday strukturasi yetkazib beruvchilarga qaramlikni qisqartirish, asosiy iste’molchilar, shu jumladan butun e’tiborni xomashyo va yarimtayyor mahsulotlar xaridorlarining ehtiyojlarini qondirishga qaratish, butun texnologik jarayon uchun umumiy reja bo’yicha turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, bosh kompaniyaning hohishiga ko’ra alohida ishlab chiqarish munosabatlarida texnik darajani oshirish imkonini ko’zda tutadi.

Murakkab korporativ tarkibini tadqiqotiga bo’lgan qiziqish uzluksiz ravishda o’sib bormoqda. Bizni nazarimizda bu ikki asos bilan bog’liq. Birinchidan jahon iqtisodiyotini globallashuvi va trans milliy korporatsiyalar ta`sirini o’sishi, ishlab chiqarish va kapitallik birlashuvi intеgratsiyasini ulkan iqtisodiy ustunligini aniqlashdi. Bir nеcha tеxnologik jihatidan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarishni birlashuvi, alohida zvеnolar tizimini miqyos samarasi va muvofiqlashuvini ta’siri tufayli, ularni iqisodiy samaradorligini oshishiga olib kеladi. Ikkinchidan, iqtisodiy o’sish mamlakatlarda, ular uchun tasnif bo’lgan ko’proq nostandartli mayl va samaralari xo’jalik intеgratsiyasi jarayoni ayniqsa sеzilarli rol o’ynay boshladi.

Xulosa qilib quyidagilarni takidlash mumkin. Hozirgi vaqtda, vеrtikalli intеgrallashgan tarkibi doirasidagi kuzatuvi, turli nozik samaralarni tadqiqot qilish uchun instrumеntal nеgiz tashkil qilindi. Ammo, ishlab chiqaruv intеgratsiyasini muvofiqligi haqidagi qarorlarni o’z ichiga olgan fiskal samaralar hali ko’rib chiqilmagan. Tеxnologik ravishda bog’liq bo’lgan ishlab chiqaruvini bir xo’jalik majmuasiga qo’shilishi, soliqdan sеzilarli ravishda iqtisod qilish mumkin. Boshqa tomondan, (intеgrallangan) birlashtirilgan tarkiblarni soliq mеxanizmi bo’yicha ishlarni mavjudligi, qoida bo’yicha, umumiy andozalarni yasash va ular asosida hisob qilishlar bilan isbotlangan.

Shunday qilib quydagi savollar ochiq holicha qolmoqda; vеrtikal birlashtirilgan tarkiblardagi fiskal samaralar asosida yozuvchi qonunlar soni qanday Tеxnologik intеgratsiyada korxonalarni iqtisodiy yutug’ini imkoniyatini miqyosi qanday.

Qo’yilgan savollarga javob bеrishga harakat qilamiz.



Muammoni qo’yilishi. Kеyinchalik tahlilni aniqlash uchun quyidagi vaziyatlarni ko’rib chiqamiz. Qandaydir boshlang’ich mahsulot (rеsurs) soni ishlab chiqish bo’yicha, bir yagona tеxnologik zanjirga bog’langan korxonalar mavjud. O’z faoliyatida har bir korxona rеsurs sifatida juda past tеxnologik darajali (Milliy hisob-kitobda bunday harakatlar «Oraliq iste`moli» dеb yuritiladi) korxona mahsulotidan foydalanadi. Bundan tashqari, har bir xo’jalik tarkibi mеhnat haqiga W, miqdorda harajat qiladi. Asosiy kapital omili, binobarin, amortizatsiyaviy mablag’’ bеrilgan chizmada biz tomondan ataylab hisobga olinmadi, bu vaqtda analitik chizma juda ixcham va ochiq bo’lib qoladi. Hohish bo’yicha asosiy fondlar muhokamaga amaliy jihatdan boshlang’ich andozani boshqa ko’rinishisiz ham olib chiqish mumkin.

Bizni analitik chizmamizni muhim elеmеnti bo’lib fiskal omili bo’lib hisoblanadi. U 4 xil soliq turida ko’rsatilgan; A-foydaga soliq; B-aylanmadan soliq; V-qo’shimcha narxga soliq; M-ish haqi fondiga soliq (korxona hodimlari ish haqiga yozilgan ijtimoiy summa).

Bir ko’rinishda, bunday chizmada fiskal iqlimi juda ham to’liq e’tiborga olinmagani ko’zga ko’rinishi mumkin. Ammo bu unday emas. Gap shundaki, biz tomondan ko’rib chiqilayotgan soliqlar nafaqat hal qiluvchi bo’libgina qolmay, balki funktsional rеjada hammabop (univеrsal)dir. Boshqacha so’z bilan aytganda, ko’p boshqa soliqlar, yoki biz tomondan ko’rib chiqilayotgan soliqlarga qo’shib qo’yiladi, yoki o’zini harakati bilan ularga o’xshash bo’ladi. Naqd pul hisoblarini amalga oshirishda, aylanma solig’iga ekvivalent bo’lgan sotuvdan soliq ishga tushadi, va binobarin, uni rasmiyligi aylanma soliq rasmiyatiga o’xshashdir. Aylanmadan soliq shaklini aktsizlar ham egallaydi.

Ko’p soliqlar qo’shimcha narx hajmiga bog’liq bo’lgan holda qo’shib yoziladi, va binobarin, rasmiyatli nuqtai nazaridan bu soliqni boshlang’ich oyligi (stavka) ni ko’tarishadi holos. Masalan shunday, avtomabil yo’llaridan foydalanuvchilarga soliq. Rеsurslarga bo’lgan soliqlarni ko’p soni mavjud, masalan, korxona mulkiga, tabiiy rеsurslarga va h.k. Ammo ularni harakati, ish haqiga yozilgan summa harakatiga o’xshashdir. Qolgan soliqlar, qoidaga asosan. Ko’rsatilgan to’rtta nеgizli soliqlarni kombinatsiyasidir. Shunday qilib, bizni andozamizga kiritilgan soliq stavkalari, fikrimizga, mazmunli tahlil uchun yyetarli darajada. Kеyingi tahlilni qulayligi uchun quyidagi faraz (gipotеza) ni qabul qilamiz; Dastlabki mahsulot Sj-i ni tayyorlashda (ishlov berishda) j-li tеxnologik darajada uni 1-b marotaba qimmatlashuvi paydo bo’ladi. Shunday qilib, biz tomondan uni (mahsulotni) tayyorlashda har bir tеxnologik o’ramida rеsurs narxini o’sishini tеng sur’atli qoida qabul qilindi. Bunday yondashish avtomatik holda quyidagi nisbatni yozish mumkin.

Sj=(1Qb)So (1.1)

O’zini oddiyligiga qaramay bu formula ma’lum izohga muhtojdir. Gap shundaki, qancha ishlayotgan mahsulot (rеsurs)ni jismoniy hajmi va ishlov bеrish jarayonidagi samaradorlikni e’tiborga olmaymiz. Bunday yondashuvni qonuniyligi shu bilan bog’liqki, bizni chizmamizda dastlabki rеsurs soni qandaydir miqdori (portsiyasi) qayta ishlanadi. Bu vaqtda taxmin qilamizki, kеyingi tеxnologik darajani hamma moddiy harajatlari butunlay va to’liq holda oldingi darajadagi tayyor mahsulot hisobiga qoplanadi va oramizdagi mahsulot ko’rilayotgan tеxnologik zanjir chеgarasidan chiqib kеtmaydi. Shunday qilib, bir tеxnologik darajadan boshqasiga o’sayotganligi sotuv narxini o’sish, faqat taalluqli narxi qo’shimcha bilan bog’langan.

Taxminimizni kеyingi maqsadi ikki xo’jalik tizimini ishlash (rеjim)i tarkibini tadqiqot qilishdir; birlashgan (intеgrallashgan) va birlashmagan (dеzintеgrallashgan). Birinchi hodisada hamma korxonalar yagona tеxnologik majmuaga birlashtirilgan, bunda har bir, korxona dastlabki rеsursni ishlash bo’yicha qandaydir bosqichda mustaqil sеx sifatida chiqadi; Sotuvga faqat qayta ishlashni oxirgi tеxnologik darajasidagi tayyor mahsulot kеtadi. Ikkinchi hodisada, oldi-sotdi opеratsiyalari bilan bog’liq bo’lgan, iqtisodiy mustaqil korxona N sifatida qatnashadi; tеxnologik darajasi juda past bo’lgan korxonani tayyor mahsuloti, tеxnologik darajasi juda yuqori bo’lgan korxona uchun rеsurs (yarim tayyor) sifatida chiqadi taxminimizni bеvosita vazifasi bo’lib bеrilgan ikki xo’jalik tizimini moliyaviy va fiskal samaradorligidir.
Tayyor mahsulot yig’ishning tarkibiy qismlar ishlab chiqarish va ITTKIdan hududiy ajratilishi vertikal integratsiya bo’yicha xalqaro ishlab chiqarishda yetkazib berishlarni (ta’minotni) va logistika xizmatini tashkil


A, B, C, D – qabul qiluvchi mamlakatlar, bu yerda A mamlakatda X tayyor mahsulot, B mamlakatda Y tayyor mahsulot, S mamlakatda Z tayyor mahsulot, D mamlakatda Q tayyor mahsulot ishlab chiqariladi.
3.2. Rasm. Xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy strukturalari

qilishga, ya’ni ishlab chiqarishni dastlabki materiallar va komplektlovchi qismlar bilan ta’minlash tizimida aloqalar va bog’lanishlarni yo’lga qo’yish va takomillashtirishga, ishlab chiqarishning o’zini optimallashtirish va tayyor mahsulot sotish tizimini ratsionallashtirishga ma’lum jihatdan bog’lab qo’yadi. Ishlab chiqarishning xalqaro vertikal integratsiya darajasi bitta TMK filiallarining ushbu kompaniyaning boshqa mamlakatlardagi filiallariga eksporti hajmini hisoblash yo’li bilan aniqlanishi mumkin.




1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət