Ana səhifə

Xalqaro menejment


Yüklə 3.39 Mb.
səhifə2/16
tarix25.06.2016
ölçüsü3.39 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

Keyingi yillarda O’zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmining izchil va barqaror o’sib borayotgani e’tiborga sazovor bo’lib, bunda, mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda. O’zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 foizga yaqini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo’naltirilgandir. Eng muhimi, xorijiy investitsiyalarning 74 foizini to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar tashkil etdi4.

Mamlakatimizda 2010 yilda 2009 yilga nisbatan 13,6 foizga ko’p, ya’ni 9 milliard 700 million AQSH dollariga teng miqdordagi investistiyalar o’zlashtirildi, bu yalpi ichki mahsulotning qariyb 25 foizini tashkil etadi. Ushbu investistiyalarning salkam 72 foizi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga, jumladan, 38 foizga yaqini asMAVZU-uskuna va ilg’or texnologiyalar sotib olishga yo’naltirildi. Umumiy qo’yilmalar hajmida xorijiy investistiyalar va kreditlar ulushi 28,8 foizni, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investistiyalar miqdori esa 2 milliard 400 million dollardan ziyodni tashkil etdi.5

Mamlakatimizda, bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo’yicha Dastur ishlab chiqilgan bo’lib, «bu dastur iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo’yicha maqsadli loyihalarni o’zida mujassam etishi darkor».6
1.2. “Xalqaro menejment” kategoriyasi
Xalqaro (global) menejment kompaniyalarni ikki va undan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritishini boshqarishni nazarda tutadi, global menejer malakasiga ega mutaxassis esa keng doiradagi masalalar - eksport-import bitimlaridan tortib chet elda mahsulot ishlab chiqarishgacha bog’liq bo’lgan faoliyatni amalga oshirishi lozim. Bunda u turli madaniyatlarga moyil va global menejment nazariyasi, falsafasi va psixologiyasini o’zlashtirib olishi kerak, va har qanday sharoitda eng avvalo mamlakatimiz manfaatlarini ko’zlashi zarur. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: «… davlatimiz tashqi siyosatining ma’no-mazmuni va maqsadi bitta – u ham bo’lsa, O’zbekiston manfaati va yana bir bor O’zbekiston manfaatidir»7.

Xalqaro menejment – bu chet elda tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha shakllaridagi (eksport, import, texnologiyalarni ayirboshlash, qo’shma korxonalar, xorijda xizmatlarni ishlab chiqarish va ko’rsatish, xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish, transmilliy korporatsiyalar) jamoaviy faoliyat sharoitlarida firmalarni to’g’ri boshqarish nazariyasi va amaliyotidir.

Xalqaro menejment asosiy xususiyatlari u yoki bu jihatdan milliy va ko’pmilliy jamoalarning bu madaniyat ushbu toifaga keng ma’noda beradigan narsalarni boshqarishda hisobga olishi va foydalanishi hisoblanadi.

Chet elda jamoaviy faoliyat sharoitlarida ishlash o’zbek tadbirkorlari va davlat xizmatchilari orasida tobora keng tarqalishi bir qator sabablarga ega. Birinchidan, sobiq SSSR hududida mustaqil davlatlarning tashkil topishi ko’p hollarda tadbirkorlar uchun xorijiy faoliyatga o’xshash sharoitlarda harakat qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ikkinchidan, davlatimiz tashqi iqtisodiy aloqalarining kengayishi milliy firmalarning nafaqat transmilliy korporatsiyalar (TMK), balki turli xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishiga olib kelmoqdaki, bunday sharoitda ularning tashkiliy tuzilishi va strategiyasini o’rganish zarur hisoblanadi. Bunday zaruratning tahlilini, Islom Karimovning 2011 yil London uchrashuvlari davrida aytgan so’zlaridan ham topish mumkin, ya’ni: «Bizning mamlakatimizda britaniyalik investorlar tomonidan tashkil etilgan ikki yuzga yaqin qo’shma korxonalar, ellikdan ortiq Buyukbritaniya firmalarninng vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda», bu esa o’z navbatida ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bilan bir vaqtda «…siyosiy munosabatlarning keng ko’lamdagi huquqiy-normativ asoslarini, savdo-sotiq va iqtisodiy, hamda investistion hamkorlikni mustahkamlaydi».8

Xalqaro menejmentni o’rganish ta’lim oluvchilarning xalqaro toifadagi rahbarlar uchun zaruriy bo’lgan sifatlarga: tashabbus, oqlangan qaltislikka tayyorlik, o’ziga ishonch, global ko’lamda fikrlash, xorijiy sheriklar bilan konstruktiv aloqalarni o’rnatish qobiliyatini shakllantirishga erishishga yordam beradi.

Ushbu kurs materiallarini o’rganish ta’lim oluvchilarga dunyoda xalqaro menejment rivojlanishining quyidagi asosiy yo’nalishlarini ko’rsatib beradi:

- bo’ysunuvchilarga yuklanadigan javobgarlik ulushining ortishi;

- iste’molchilarning hohish-istaklariga e’tiborni kuchaytirish;

- firmalar faoliyatida marketing rolini oshishi;

- ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz takomillashtirish hamda mahsulot va xizmatlar assortimentini yangilash;

- qisqa muddatli natijaga va uzoq muddatli maqsadlarga ega tadbirlarni aniq ajratilishi;

- milliy manfaatlarga rioya qilish.



1.3. Xorijiy tadbirkorlik sharoitlarida yuqori tavakkalchilik
“Tadbirkorlik” atamasi keng ma’noda firmani tashkil qiluvchi yoki uni boshqaruvchi shaxslarning tavakkalchilikka tayyorligining alohida jihatlari majmui sifatida aniqlanadi. “Tadbirkorlik” so’zi inglizcha “entepeneurship” yoki fransuzcha “entrependre” so’zidan kelib chiqadi va “imkoniyatlarni amalga oshirish, qo’llash yoki novatorlik faoliyati, yoxud korxona tuzish yo’li bilan ehtiyojlar va istaklarni qondirish” ma’nolarini anglatadi.

Innovatsion tadbirkorlik. Tadbirkorlikka iqtisodiyotdagi yangicha yo'nalish, yangi korxonalar ochish asos bo'lib, tub maqsadlarni belgilaydi. Chunki tadbirkorlik deganda, avvalo yangicha ishlash, yangi maрsulot, yangicha xizmat xillarini yaratish, yangi texnologiya va usullarni йo'llash tushuniladi. Tadbirkorlik darajasi yangi mahsulot, yangicha ishlab chiqarishni joriy qilish, fan yangiliklari, yangi texnologiyani joriy йilish darajasi bilan belgilanadi. Demak, tadbirkorlik avvalo iqtisodiy yangilik bilan bog’liйdir, ya'ni u innovatsion tadbirkorlikdir.

Firma tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish (yoki sotish) funksiyalariga ega xo’jalik birligi sifatida o’z faoliyatini rivojlantiradi va demak ikki yo’nalishda tavakkal qiladi. Ulardan biri firmani joylashtirish o’rnini tanlashni, ishlatiladigan texnologiya, xomashyo, yarimtayyor va tayyor mahsulotning harakatlanish logistikasini nazarda tutuvchi vertikal yonalish hisoblanadi. Firma faoliyatining ikkinchi yo’nalishi – bu o’z menejment uslubi, marketing konsepsiyasi, ilmiy izlanish va tajriba konstruktorlik ishlari (IITKI) hamda moliyaviy faoliyat asosida ishlab chiqarish va sotishni tashkil qilinishiga ega gorizontal yonalishdir.

Firma o’z faoliyatini davlat chegarasidan tashqarida olib borsa, xorijda faoliyat yuritish tavakkalchiliklari tadbirkorlik bilan bog’liq madaniy tafovutlar (huquq, an’analar, ahloq), tovarlar va xizmatlarga talabning xususiyatlari, kishilar o’rtasidagi ishlab chiqarish va maishiy munosabatlarning farqlanishi, valuta paritetlarining tebranishi, xalqaro terrorizmning yoyilishi kabi sabablarga ko’ra bir necha barobar oshib ketadi.

Firmaning xalqaro biznesi faoliyat ko’rsatadigan va rivojlanadigan tashqi muhitni kompleksli tahlil qilish va baholash-xalqaro menejerning barcha strategik va ko’plab taktik qarorlarini tayyorlashda muhim davr hisoblanadi. Bu yerda amaliyotchi-biznesmenlarning ham, xalqaro biznes, menejment va marketing nazariyachilarining ham yakdilligi, hamjihatligi o’ringa ega. Bunday tahlilning bazaviy tarkibiy qismlari quyidagi elementlar bo’lishi lozimligi haqida ham shunday yakdil fikrlar bildirilgan:


  • Iqtisodiy tashqi muhit tahlili;

  • Siyosiy tashqi muhit tahlili;

  • Huquqiy tashqi muhit tahlili;

  • Madaniy tashqi muhit tahlili.

Xorijiy tadbirkorlik bilan bog’liq qaltisliklarni kompleks baholash uchun xorijiy biznes bilan shug’ullanuvchi firmalar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni turkumlash maqsadga muvofiqdir. Ushbu omillarga quyidagilar kiradi:

- siyosiy-huquqiy omillar. Ushbu omillarga davlatni boshqarish shakli, siyosiy mafkura, soliq qonunchiligi, hukumatning barqarorligi, hukumatning xorijiy kompaniyalarga munosabati, xorijiy mulk haqidagi qonunchilik, oppozitsiyaning ta’siri, savdo qonunchiligi, proteksionizm darajasi, tashqi siyosat, terroristlarning faolligi, huquqiy tizim kiradi. Siyosiy-huquqiy omillar xorijiy firma uchun qabul qiluvchi mamlakat hukumatining harakatlari natijasida o’z aktivlarini, o’z firmalari nazoratini, bozordagi ulushini yo’qotish bilan bog’liq.

- iqtisodiy omillar. Ushbu omillarga mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, aholi jon boshiga daromad, YaMM dinamikasi va yo’nalishi, hukumatning moliya siyosati, ishsizlik darajasi (aholining xarid quvvatini va qabul qiluvchi mamlakatdagi firmada mahalliy mutaxassislarni ishlashga jalb qilish imkoniyatini aniqlashda zarur), valuta almashinuvi, mehnat haqining darajasi, raqobat muhiti, iqtisodiy birlashmalar va mintaqaviy integratsion tashkilotlarda ishtirok etish kiradi. Oxirgi omil mahalliy sheriklarning mustaqil qaror qabul qilishini qiyinlashtiradi, chunki mintaqaviy integratsion guruhlarda ishtirok etish prinsipial qarorlarni integratsion birlashmadagi sheriklar bilan kelishishni taqozo etadi;

- ijtimoiy-madaniy omillar. Ushbu omillarga milliy urf-odatlar, til, demografiya, hayot tarzi, din, ajnabiylarga munosabat, turmush darajasi, ijtimoiy muassasalar va me’yorlar, savodlilik darajasi kiradi. Ushbu omillar o’z firmasida mehnat qilishga mahalliy aholini jalb qilishni ko’zlagan menejerlar uchun ayniqsa muhim hisoblanadi;

- texnologik omillar. Ushbu omillarga texnologiyalarni ayirboshlashning huquqiy me’yorlari, energiya tashuvchilarning mavjudligi va qiymati, tabiiy resurslar, transport tarmog’i, ishchi kuchining malakasi, patent himoyasi, infratuzilma, axborot oqimlari kiradi. Zamonaviy sharoitlarda axborotning birinchi darajali ahamiyatini hisobga olib, ayrim korporatsiyalar (yapon kompaniyalari) xorijda yangi texnologiyalar, asosiy raqobatchilar faoliyatining ahvoli, qonunchilikdagi o’zgarishlar va hokazolar haqidagi axborotni olish maqsadida o’z bo’limlarini tashkil qiladi;

Xorijiy adabiyotlarda ushbu omillarni o’rganish STEP-tahlil yoki PEST-tahlil deb ataladi. PEST-tahlil (PEST analysis) – tashqi makroiqtisodiy muhit tahlilining asosiy qismi bo’lib, u o’z ichiga yuqorida ko’rib o’tilgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-demografik va texnologik omillarni tahlil qilishni oladi. Tashqi muhitni tahlil qilish xalqaro menejerlarning asosiy funksional vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu firmaning xorijiy tadbirkorlik bilan shug’ullanishi uchun qabul qiluvchi mamlakatni tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


1.4. Jahon bozorida raqobatbardoshlikka erishishda xalqaro menejmentning o’rni
Global menejerning asosiy vazifalaridan biri jahon bozorida xalqaro kompaniya xorijiy filialining mahsulotini raqobatbardoshligini ilmiy yondashuvlar va usullardan, marketing tamoyilidan foydalanish hamda inson omilini hisobga olish yordamida ta’minlash hisoblanadi. Jahon bozorida mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligiga erishishga bo’lgan yondashuvlarda quyidagi beshta asosiy yo’nalishni ajratish mumkin:

1. Global menejment tizimining samaradorligi. Bu xalqaro kompaniyada tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish strukturasining optimal tuzilishi, TMK tizimining ichki va tashqi aloqalarining mazmuni va tashkil qilinishi bilan aniqlanadi.

2. Xalqaro kompaniyaning tashqi bozorga yangi tovarlar yoki xizmatlar turi bilan chiqishga tayyorlanganlik darajasi. Bu IITKI natijalarining muayyan ob’yekt bo’yicha yangiligi, texnik xarakteristikalari va ishonchlilik ko’rsatkichlarining optimalligi, ekologik, texnologik, patent qobiliyati, dizayn, standartlashtirish va unifikatsiyalash me’yorlariga muvofiqligi nuqtai nazardan sifati bilan aniqlanadi.

3. Qo’llanilayotgan uskunalar, texnologiya, xomashyo va materiallar, sifatni boshqarish tizimi, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil qilish bilan ta’minlanuvchi mahsulotlar yoki xizmatlarning sifati.

4. Asosiy iste’molchilarning tovarlarni xarid qilish yoki xizmatlardan foydalanish, tashish, ekspluatatsiya qilish, tovar xizmatining kafolat muddati davomida ta’mirlash va ishlatish harajatlari.

5. Qabul qiluvchi mamlakatning xususiyatlarini hisobga olgan holda xaridorlarning asosiy va qo’shimcha ehtiyojlarini qondirish darajasi. Bu iste’molchilar manfaatlarini huquqiy himoya qilish me’yorlariga rioya etish darajasi, reklamaning mahsulot haqiqiy iste’mol xususiyatlariga mos kelishi, qadoqlashning sifati, saqlash, sotish, yetkazib berish, sotuvdan keyingi kafolatli xizmat ko’rsatish shartlari bilan aniqlanadi.

TMKlarning xorijiy filiallari ko’pincha qabul qiluvchi mamlakatlarning bozorlarida milliy firmalarga nisbatan yuqori moliyaviy imkoniyatlar va ko’plab reklama tadbirlari hisobiga yuqoriroq raqobatbardoshlik darajasiga erishadilar. Biroq, jahon bozorida raqobatbardoshlikka erishishning asosiy omili - bozor kon’yunkturasini malakali tahlil qilish asosida to’g’ri tanlangan tovarlar va xizmatlarning assortimenti (turlari) hisoblanadi.

Bunday tahlilni o’tkazish uchun xalqaro kompaniyalarning iqtisodchilari ko’pincha “Boston konsalting grup” Boston konsultativ guruxi ishlab chiqqan va “Boston matritsasi” deb nom olgan usulni (1.1. rasm) qo’llaydilar9. Bu usul xalqaro kompaniyaning jahon bozorida milliy bozordan farq qiluvchi omillarga, ya’ni kompaniya bevosita ta’sir eta olmaydigan omillarga bog’liq bo’lisini nazarda tutadi. Bunday ob’ektiv tashqi omillarga misol sifatida mazkur tarmoqda texnologiyaning rivojlanishi, xalqaro tashkilotlarning atrof-muhit muhofazasi bo’yicha konvensiyalari, iste’mol talabining o’zgarishlari (masalan, 90-yillarda biomahsulotlarga bo’lgan yuqori talab) kabi omillarni keltirish mumkin.

Jahon bozoridagi raqobat milliy bozorga nisbatan kuchliroq, chunki xalqaro kompaniya u yerda ko’proq va qudratliroq raqiblarga duch keladi. Jahon bozoridagi ulush – bu u yoki bu tovar yoki xizmat muvaffaqiyatining asosiy potensialidir. Boston matritsasida xalqaro kompaniya jahon bozoriga olib chiqayotgan tovarlar yoki xizmatlar bozorida egallagan ulushiga ko’ra to’rtta kvadratda xaridlarning eng yuqori o’sish sur’atlari bilan xarakterlanuvchi tovarlar yoki xizmatlar (yulduzlar) turadi. Ularning sotuvdagi ulushi asosiy raqibnikidan yuqori va demak, ular kompaniya uchun daromadliroq hisoblanadi. Ular katta hajmda ishlab chiqariladi, ularni ishlab chiqarish va sotish harajatlari ushbu bozordagi eng kam miqdorlardan biri (shu jumladan ko’lam samarasi hisobiga ham). O’sib borayotgan bozorda raqobatchilar ekspansiyasiga yo’l qo’ymaslik uchun ishlab chiqarish va bozorni rivojlantirishga investitsiyalarni amalga oshirish va olingan daromadlarni qayta investitsiyalash zarur bo’ladi.

Past chap kvadratda bozorda past o’sish sur’atlari bilan sotilayotgan tovarlar yoki xizmatlar joylashadi. Ularning raqobatbardoshligi va sotuvlardagi ulushi ushbu bozorda asosiy raqobatchilarnikiga nisbatan yuqori, ular kompaniyaga daromad keltiradi va “sog’in sigirlar” deb ataladi. Shu bilan birga sotuvlarning o’sish sur’ati unchalik yuqori emas va ishlab chiqaruvchilarga katta investitsiyalar zarur emas. Demak, bu tovarlar yoki xizmatlar xalqaro kompaniyaga jahon bozorida yuqori foyda keltiradi.

Yuqori o’ng kvadratda joylashgan tovarlar yoki xizmatlar sotuv hajmi o’sishining bozor o’rtacha ko’rsatkichidan yuqoriligi bilan xarakterlanadi, biroq ularning sotuvdagi hajmi asosiy raqobatchinikidan pastroq. Ularni “savol belgilari” yoki o’zicha sayr qiluvchi “yovvoyi mushuklar” deb nomlashadi. Bu tovarlar yoki xizmatlar sotilishining o’sish sur’atlari ancha yuqori, lekin raqobatchining juda kuchliligi sababli kompaniya o’z raqobatbardoshlik darajasini saqlab qolishni istasa, bu tovarlar yoki xizmatlarning iste’mol xususiyatlarini takomillashtirishga va sifatini oshirishga yirik kapital qo’yilmalarni yo’naltirishga majbur bo’ladi. Ayni vaqtning o’zida bu tovarlar yoki xizmatlarning umumiy sotuvlar hajmidagi ulushining nisbatan kamligi sababli, ular katta foyda keltirmaydi, lekin pullarni hazm qilib yuboradi, natijada ularni sotishdan qoladigan sof foyda yuqori emas. Bunda eng ma’qul yo’l – ularning “yulduzlar” toifasiga o’tishiga erishish hisoblanadi.

Pastki o’ng kvadratda shunday tovarlar yoki xizmatlar joylashganki, ularni sotish hajmi bozordagi o’rtacha ko’rsatkichdan kamroq o’sadi, ularning sotuvdagi ulushi esa asosiy raqobatchinikidan ko’ra pastroq. Shuning uchun ularni “itlar” deb ataydilar. Ularga 20:80 qoidasi taalluqli bo’lib, uning mohiyati foydaning 20 foizini beruvchi ushbu tovarlar yoki xizmatlar xalqaro menejerlarning 80 foiz vaqtini oladi. Bu tovarlar yoki xizmatlarning ishlab chiqarilishini saqlab turish katta investitsiyalar bilan bog’liq bo’lib, kompaniya ulardan faqat zarar ko’radi.

Jahon bozoriga yangi tovar yoki xizmat bilan chiqish “boston matritsasi” sxemasi bo’yicha “savol belgisidan” boshlanadi, chunki tez rivojlanayotgan bozorlar uchun tovarlar yoki xizmatlarning assortimentini to’g’ri tanlash taqozo etiladi.

Qulay bozor kon’yunkturasida tovarlar yoki xizmatlar asosiy iste’molchilarning talablariga javob bergan vaqtdagina raqobatbardosh bo’ladi, ularning sotuvlar hajmi o’sadi, bozordagi ulushi asosiy raqibga qaraganda yuqori va ular “yulduzlar” kvadratiga o’tadi.

Ushbu turdagi tovarlar yoki xizmatlarga talab yetuklik bosqichiga yetganda, sotish hajmining o’sish sur’atlari qisqaradi, bu tovarlar yoki xizmatlar “sog’in sigirlar” kvadratiga o’tadi, kompaniyaga katta foyda keltiradi. Xaridorlar jahon bozorida yangi, yanada jozibaliroq tovarlarni uchratganda, avvalgi tovarlar yoki xizmatlar “sog’in sigirlar” kvadratidan “itlar” kvadratiga o’tadi va xalqaro kompaniyaning sotish tizimidan olib tashlanadi.

Boston matritsasining tuzilishi global menejerga joriy vaziyatni va qabul qiluvchi mamlakatdagi xorijiy filial ishlab chiqarayotgan tovarlar yoki xizmatlarni jahon bozorida sotish istiqbollarini aniq ko’rish va baholash imkoniyatini beradi.

Matritsa menejerga jahon bozorida sotish jarayonida raqobatbardoshligini ko’tarish uchun zarur bo’lgan birinchi navbatdagi tovarlar yoki xizmatlarni tanlashga ko’maklashadi. Bundan tashqari xalqaro menejer Boston matritsasi asosida TMK tizimi firmalarining kuch-quvvatlarini jahon bozorida tovarlar yoki xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirishga va xalqaro kompaniyaning moliyaviy resurslarini uning xorijiy filiallari o’rtasida to’g’ri taqsimlashga yo’naltirish vazifasini hal qilishi mumkin.

Qator hollarda xalqaro menejerlar jahon bozorida raqobatchilarning firmalari bilan bellashmaslikka, buning o’rniga birdamlikni namoyon qilish va raqobatchilar bilan bozorni bo’lib olish haqida kelishishni yoki boshqa raqiblar bilan raqobat kurashida kuch-quvvatlarini birlashtirishni lozim topadi. Ular bu bilan innovatsion faoliyatni rag’batlantiruvchi va iqtisodiyotni hamda pirovard natijada aholi farovonligining o’sishini ta’minlovchi raqobat mexanizmining harakatini chegaralaydi. Davlatning ma’muriy organlari raqobatning bunday cheklanishiga qarshi tegishli iqtisodiy siyosat bilan kurashadiki, bu siyosatning xususiyatlarini xalqaro menejer hisobga olishi lozim bo’ladi. Masalan, Germaniyada raqobatning cheklanishiga qarshi qonun davlatning ichki va tashqi tadbirkorlikni tartibga solishning to’rtta asosiy sohasini ko’zda tutadi:

- kelishuvlarni, kelishilgan xulq-atvorni, raqobatni cheklashga qaratilgan bir tomonlama tadbirlarni ta’qiqlash;

- bozorda hukmronlik qiluvchi korxonalarning ehtimoliy suiste’mollarini nazorat qilish;

- korxonalar birlashishini nazorat qilish;

- alohida qoidalarning harakat sohalari.

Xalqaro menejerning xorijiy faoliyati muvaffaqiyatining asosiy omillaridan biri bo’lib, qabul qiluvchi mamlakat qonunlarini bilish va ularga rioya etish hisoblanadi. XX asrning oxirgi o’n yilliklarida ko’pchilik davlatlarning milliy qonunchiligida va xalqaro tashkilotlarning konvensiyalarida raqobatga munosabat nuqtai nazardan cheklovchi ishga doir amaliyot shakllari yetkazib beruvchilar va xaridorlar o’rtasida bozorlarni taqsimlash, baholarni o’rnatish, eksporterlarning diskriminatsion (kamsituvchi) baholar va tijorat shartlaridan foydalanishi, savdo sherigining ishlab chiqarishga va raqobatlashayotgan tovarlarni sotishga nisbatan cheklovlarning qabul qilinishiga asoslangan tovar yetkazib berish, “yuklama” bilan yetkazib berish va boshqalar qoralanadi.

Xulosalar


  1. Global menejment nazariyasining asosiy prinsiplari bo’lib mutlaq ustunliklar, nisbiy afzalliklar, mahsulotning hayotiylik sikli va bevosita xorijiy investitsiyalar tamoyillari hisoblanadi.

  2. Xalqaro (global) menejment kompaniyaning ikki va undan ortiq mamlakatda faoliyat yuritishini boshqarishni nazarda tutadi.

  3. Sobiq SSSR hududida mustaqil davlatlarning tashkil topishi tadbirkorlarning xorijiy sharoitlarga o’xshash sharoitlarda harakat qilish zaruriyatini tug’diradi.

  4. Global menejer uchun zaruriy sifatlarga tashabbuskorlik, me’yordagi tavakkalchilikka tayyorlik, o’ziga ishonch, global ko’lamda fikrlash, xorijiy sheriklar bilan konstruktiv aloqalarni o’rnatish, chet tillarni o’rganish qobiliyatlari kiradi.

  5. Jahonda xalqaro menejment rivojlanishining asosiy yo’nalishlari: bo’ysunuvchilarga (shu jumladan chet elliklarga) yuklanadigan mas’uliyat ulushining ko’payishi; iste’molchilarning talablariga e’tiborni kuchaytirish; firmalarning faoliyatida xalqaro marketing rolining oshishi; ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz takomillashtirish va zamonaviylashtirish; mahsulot assortimentini yangilash; qisqa muddatli natijali va uzoq muddatli maqsadli tadbirlarning aniq ajratilishi; milliy manfaatlarga rioya qilish.

  6. Xorijiy tadbirkorlik bilan bog’liq qaltislikni kompleks baholash uchun chet elda faoliyat yurituvchi firmalarning biznesiga ta’sir etuvchi omillarni ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy, texnologik va siyosiy-huquqiy omillarga turkumlash mumkin.

  7. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatning ma’muriy organlari firmaning raqobat mexanizmini cheklovchi xatti-harakatlariga qarshi kurashadi.


Tayanch iboralar:

Xalqaro biznes, xalqaro menejment, tadbirkorlik, Boston matritsasi, raqobat mexanizmini cheklovchi ishga doir amaliyot.


Nazorat savollari:

1. Xalqaro menejmentga ta’rif bering.

2. Global menejment nazariyasining asosiy prinsiplarini yoriting.

3. Mamlakatda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlik nima?

4. Mahsulotning xalqaro hayotiylik sikli tamoyilining mohiyati nimada?

5. Bevosita xorijiy investitsiyalar nima?

6. Korxonaning chet eldagi faoliyatiga qanday omillar ta’sir etadi?

7. O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov xorijiy investorlarni mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o’rniga qanday va qaerda baho bergan edi?

8. Boston matritsasi bo’yicha jahon bozoriga yangi tovar yoki xizmatlar bilan chiqish jarayonini tasvirlang.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar


  1. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, halqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. //www.gov.uz. 22.01.2011.

  2. Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир. //Халқ сўзи, 30.01.2010.

  3. Мaмлaкaтимизни мoдeрнизaция қилиш вa кучли фуқaрoлик жaмияти бaрпo этиш – устувoр мaқсaдимиздир. – Прeзидeнт Ислoм Кaримoвнинг Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлиси Қoнунчилик пaлaтaси вa Сeнaтининг қўшмa мaжлисидaги мaърузaси. //Халқ сўзи, 28.01.2010.

  4. И.А.Каримовнинг Лондонлик учрашувлари. УзА. 21.09.2010 www.jahon.mfa.uz.

  5. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 17.03.2009 йилдаги ПҚ-1073-сонли “Кризисга қарши дастурга киритилган қўшимча инфратузилма объектлари бўйича лойихаларни амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори.

  6. Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. Т.: Ўзбекистон, 2009.

  7. Nazarova G.G., Nazarova R.R., Salixova N.M., Muxamedjanova G.A., Ismailova N.S. Xalqaro menejment. O’quv qo’llanma. T.: TDIU, 2009.

  8. Иваненко А.Г. Инновационный менеджмент: учебное пособие. - М.: КНОРУС, 2009.

  9. Пивоваров С.Э., Тарасевич Л.С. Международный менеджмент: Учебник. 4-е изд.- СПб: Питер, 2008.

2-MAVZU. QABUL QILUVCHI MAMLAKATDA XORIJIY FIRMALARNING FAOLIYAT YURITISH SHAROITIGA MOSLASHUVI
2.1. Xo’jalik faoliyatini baynalmilallashtirishni motivatsiyalash
Xorijiy faoliyatning yuqori tavakkalchiligi firma oldida ochilayotgan chet elda harakatlanishning keng imkoniyatlari bilan qoplanadi. XX asr boshidayoq “ishlab chiqarish harajatlari pastroq bo’lgan joyda ishlab chiqarish” qoidasiga asoslangan ishlab chiqarishning mutlaq va nisbiy harajatlari asosiy tamoyillariga amerika avtomobilsozligi asoschisi Genri Ford sotish bozori haqidagi “qayerda sotsam, shu yerda ishlab chiqaraman” degan o’z fikrini qo’shdi. Bu bilan u qabul qiluvchi mamlakatlarda chet elda ishlab chiqarilgan qismlar va detallardan yig’ma ishlab chiqarishga ega xalqaro ishlab chiqarish majmualarini tashkil qilinishiga asos soldi. Zamonaviy sharoitlarda xorijiy tadbirkorlikni rag’batlantiruvchi omillarga quyidagilar kiradi:

- ichki milliy bozordagi faoliyatga nisbatan yuqori foyda olish;

- nisbatan yirik va qudratli firmaning ta’siri (masalan, uning subyetkazib beruvchisi sifatida faoliyat yuritish). Bunga misol sifatida AQShda yapon kompaniyalarining avtomobil korxonalari qurilishini keltirish mumkin. Bunda asosiy yapon avtomobil kompaniyalari ketidan ularning kichikroq firmalari – subyetkazib beruvchilari, avtomobillarga, butlovchi detallarni ishlab chiqaruvchi korxonalar AQShda o’rnasha boshladi;

- hukumat va xalqaro tashkilotlarning tashabbusi. Rivojlangan davlatlar hukumati yoki xalqaro moliyaviy tashkilotlar – Xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki (XRTB), Xalqaro valuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) va boshqalarning rivojlanayotgan davlatlarga kreditlari ko’pincha rivojlangan mamlakatlarning xususiy sarmoyadorlariga qabul qiluvchi davlatlarda bevosita xorijiy investitsiyalar asosida korxonalarni qurish imkoniyatini beradi;

- kompaniyalarning faoliyatini chet elga ko’chirishga majbur qiluvchi milliy bozordagi noqulay sharoitlar. Bunga davlatning tartibga solishi bilan bog’liq harajatlar (masalan, federal va mintaqaviy soliqlar, atrof-muhit muhofazasi bo’yicha milliy me’yorlarga muvofiqlikka erishish uchun tabiatni himoya qilishga sarflar) misol bo’lishi mumkin. Tabiiy resurslarning kamayishi yoki ularni qazib olish sharoitlarining yomonlashuvi oqibatida ishlab chiqarish harajatlarining o’sishi, shuningdek milliy bozorda keskinlashayotgan raqobat, ichki bozorning bir turdagi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish sharoitlarini qiyinlashtiradi. Sig’imli o’sib borayotgan bozor mavjud bo’lgan mamlakatda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil qilishga intilish harakatchan kompaniyalar strategiyasining “mahalliy bozor uchun mahalliy ishlab chiqarishni tashkil qilish” prinsipiga asoslanadi;

- qabul qiluvchi mamlakatda bozor sig’imi, tabiiy resurslar va malakali arzon ishchi kuchi hamda “inson kapitali” (yuqori malakali mutaxassislar, muxandislar va olimlar)ning mavjudligi;

- eksport uchun proteksionistik to’siqlar. Ular qabul qiluvchi mamlakatga tayyor mahsulotlar olib kelishdan ko’ra u yerda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish afzalroq bo’luvchi sharoitlarni yaratadi;

- qabul qiluvchi mamlakatda qimmatli axborotlarning mavjudligi;

- qaltisliklarning diversifikatsiyasi (masalan, bozorga yangi mahsulot bilan chiqishda). Bunday holda qaltisliklarni xorijiy sherik bilan bo’lib olish maqsadga muvofiq;

- xorijda yangi texnologiya, xorijiy kapital va ishlab chiqarish hamda sotishni tashkil qilish tajribasini egallash;

- tez o’zgaruvchan bozor kon’yunkturasi keltirib chiqargan uzoq muddatli talab va ko’psonli qaltisliklarning noaniqligi sababli tovarlarni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni diversifikastiya qilish;

- tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga chiqish yo’li bilan raqobatbardoshlik darajasini saqlab qolish;

- qabul qiluvchi mamlakatda moliyaviy imkoniyatlardan (bankning past foizi, mahalliy, chet el va xalqaro tashkilotlarning fondlari va kreditlaridan) foydalanish;

- jahon bozorida kuchayib borayotgan raqobat sharoitlarida eksport tovarlarining raqobatbardoshligini oshirishga imkon beruvchi chet elda imtiyozli soliqqa tortish.

Xorijiy tadbirkorlikni rivojlantirishga undovchi sabablarning yoritilishi shuni ko’rsatadaki, dinamik kompaniyalarning ishlab chiqarishni chet elga o’tkazishi faqat yakuniy foydani maksimallashtirish maqsadida amalga oshirilmay, balki ishlab chiqarish kuchlarini takomillashtirish va zamonaviylashtirish zaruriyati bilan ham tushuntiriladi.

Chet ellik hamkorlar oldida u yoki bu qimmatga ega bo’lgan va mos ravishda, firmaning xalqaro bozorga chiqishi uchun foydalanish mumkin bo’lgan milliy afzalliklar quyidagilar:



  • Yuqori malakali va nisbatan arzon ishchi kuchi;

  • Qator tarmoqlarda tadqiqot va loyihalarning yeterli darajada yuqori ekanligi;

  • Xodimlarning hali Sovetlar davrida ham Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida ishlash tajribasi;

  • Qayta qurish davrining oxirida korxonalar tomonidan sotib olingan va eksport uchun yaroqli sifatda tovar ishlab chiqarish imkonini beradigan asosiy fondlar.

Bugungi kunda, qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy firmalarning faoliyat yuritish sharoitiga moslashuviga jahon moliyaviy inqirozining ta’siri va oqibatlarini tahlil etadigan bo’lsak, albatta xalqaro firmalar faoliyatini bir oz susayganligini ko’rish mumkin. Lekin, “shu o’rinda O’zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz”10.

2.2. Xorijda atrof-muhitga moslashish omillari
Xorijiy firma faoliyat yuritish jarayonida odatda milliy xususiyatlarga ega bo’lgan sharoitlarga moslashishi kerak bo’ladi. Bunda moslashish omillari ikki guruxga: sub’yektiv (xorijiy firmaning tashkiliy tuzilmasi va strategiyasiga bog’liq omillar) va ob’yektiv (firma ta’sir ko’rsata olmaydigan va faqat moslashishga majbur bo’luvchi omillar) omillarga bo’linadi (2.1.rasm).

Ushbu omillar quyidagilardan tashkil topgan.



Huquqiy me’yorlar. Xorijiy kompaniyaning chet elda samarali faoliyat yuritishining so’zsiz sharti bo’lib, qabul qiluvchi mamlakat qonunlariga rioya qilish hisoblanadi. Ularga federal, mahalliy va mintaqaviy qonuniy hujjatlar kiradi. Bunda huquqiy me’yorlarning milliy xususiyatlari ko’zga tashlanadi. Masalan, Yaponiyada biznesmenlar shartnomalarda qonuniy hujjatlarga asoslanmaslik va muzokaralarga huquqshunoslarni jalb qilmaslikni ma’qul ko’radi. Bu esa ularning sherikka nisbatan yuqori ishonchini namoyon qiladi.

Kompaniya xodimlarining milliy mansubligi. Sayyoramizdagi etnik guruhlar o’rtasidagi madaniy, iqtisodiy va siyosiy tafovutlar qabul qiluvchi mamlakatda menejment uslubiga, ishlab chiqarish va sotish usullariga moslashishga, mahalliy xodimlar bilan munosabatlarga va pirovardida mehnat unumdorligiga bevosita ta’sir etadi. Chet elda o’z millatidagi malakali ishchilar va xizmatchilarni, ya’ni bosh kompaniyaning shtab-kvartirasi joylashgan mamlakat fuqarolarini ishlatish firmani xorijdagi samarali faoliyati uchun ishonchliroq. Shu bilan birga qabul qiluvchi mamlakat mutaxassislarini yollash bir qator afzalliklarga ega. Ularning mahalliy mintaqaviy va federal hukumat muassasalari bilan munosabatlarni o’rnatishlari yengilroq, o’z milliy bozorining xususiyatlarini, iste’molchilarning didlari va talablarini yaxshi biladilar va pirovardida xorijiy kompaniyaning qabul qiluvchi mamlakat sharoitlariga tezroq va osonroq moslashishiga yordam beradilar. 90-yillarda qabul qiluvchi mamlakat mutaxassislari sonining TMK boshqaruvining hatto yuqori darajalarida ko’payish holati ham ana shu sabablar bilan tushuntiriladi.


Mahalliy urf-odatlar. Qabul qiluvchi mamlakatlarning urf-odatlari ba’zan sanoati taraqqiy etgan davlatlarda qabul qilingan biznes yuritishning umumiy me’yorlari va ishga doir etikadan jiddiy farq qiladi. Ayrim rivojlanayotgan davlatlarda rasmiy shaxslarni rag’batlantirmasdan tadbirkorlik bilan shug’ullanish qiyin.

Ishlab chiqarish munosabatlari. Chet elda xorijiy tadbirkorlik bilan shug’ullanishni boshlashdan oldin qabul qiluvchi mamlakatda o’rnatilgan ishlab chiqarish munosabatlarining prinsiplarini, kasaba uyushmalarning faoliyatini va mehnat qonunchiligini o’rganish maqsadga muvofiq.

Aksiyadorlar uchun jozibali tomonlar. Qabul qiluvchi mamlakatda aksiyadorlarni birinchi navbatda albatta aksiyalarga belgilangan yuqori dividendlar qiziqtiradi. Bundan tashqari kompaniya yillik hisobotlarida potensial aksiyadorlar uchun kompaniyaning texnologik yutuqlari va faoliyat qaltisligini qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar chop etiladi. Tarmoqning birinchi beshligiga kiruvchi kompaniyalarning aksiyalari eng katta qiziqishga ega bo’ladi.

Raqobat. Xalqaro toifali menejer jahon bozoriga chiqish milliy bozordagi faoliyatdan ko’ra raqobatchilar sonining o’sishi bilan bog’liq qo’shimcha muammolarning paydo bo’lishini hisobga olishi zarur.

Iste’molchilar. Turli mamlakatlarda iste’molchilarning talabi va didlari jiddiy farqlanadi. Xalqaro toifali menejerning asosiy muammolariga ana shu turli-tuman ehtiyojlarni qondirish yo’llarini topish kiradi. Bu muammoning hal qilinishini turli davlatlarda mahsulot va xizmatlarni sotish uchun tajribali xodimlarni tanlash, shu jumladan qabul qiluvchi mamlakatdagi mahalliy mutaxassislarni yollash ancha osonlashtiradi. Masalan, AQShda avtomobillar bozorining 20 foizdan ortig’ini egallagan yapon avtomobillarini sotish bilan odatda yaponlar emas, balki ular yollagan yuqori malakali amerikalik menejerlar shug’ullanadi.

Texnologiya. Texnologiya - tashkilot tomonidan yaratiladigan pirovard (faoliyat, hizmat) tehnik vositalari va uslublarini ifoda etadi. Har bir samarali ishlab chikarish jarayonni tashkil etish zaminida tehnologiya yotkanligi sababli menejment ushbu yunalishga alohida e'tibor karatilishi kerak. ayniksa zamonaviy, ilgor tehnologiyalar tashkilotning muhitiga, insonlar urtasidagi munosabatga kanday ta'sir kursatishi hozirgi kun dolzarb muammolaridan bulib hisoblaniladi.

Xalqaro bozorda harakatlanuvchi kompaniyalarning ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi eng yuqori hisoblanadi. Ular turli davlatlardagi eng yetakchi firmalar bilan texnologiyalar ayirboshlash hisobiga uskunalarni, texnologiya va mahsulot assortimentini yangilashni tezroq amalga oshiradilar. Tabiiyki, xalqaro kompaniya menejeriga turli davlatlarda mualliflik huquqlari va patentlarini himoya qilish haqidagi qonunlarni muntazam o’rganish zarur. Bunda texnologiyalar almashuvi qo’shma korxonalar yoki strategik alyanslar tashkil qilish shaklida sodir bo’lishini nazarda tutish lozim. Masalan, yo’lovchi samolyotsozligining yetakchisi - “Boing” korporatsiyasi (AQSh) 260 yo’lovchilik bortga ega 7000 milgacha uzluksiz parvoz qilishga mo’ljallangan Boing 767 laynerini yaratish uchun ITTKI ishlarini o’tkazishda Yaponiyaning “Kavasaki” va “Fudji” kompaniyalari bilan hamkorlik qildi.



Iqtisodiyot. Chet elda atrof-muhitga iqtisodiy jihatdan moslashishning asosiy qiyinchiligi turli davlatlarda xalq xo’jaligi rivojlanishining notekis darajasi va sur’atlari bilah bog’liq, ya’ni bir vaqtning o’zida bir mamlakatda tushkunlik, boshqasida – barqarorlik, uchinchisida esa – yuksalish bo’lishi mumkin.

Jahon bozorida muvaffaqiyatga erishish uchun xalqaro menejer yuqoridagi moslashish omillarini hisobga olgan holda yangi bozorga chiqishga tayyorgarlik bo’yicha jiddiy chora-tadbirlarni amalga oshirishi zarur. Bunda birinchi navbatda reklama kampaniyasini o’tkazish kerak. Xalqaro kompaniyaning qabul qiluvchi mamlakatdagi xorijiy filiali mahsulotining asosiy iste’molchilari va sheriklari shu maqsadda nashriy materiallar va mahsulot namunalarini oldindan olishlari kerak bo’ladi, chunki ular mahsulotning texnik-iqtisodiy xususiyatlarini oldindan bilishni hohlaydilar. Ularga xalqaro kompaniyaning jahon bozoridagi ixtisoslashuvi, tarixi va holati haqidagi ma’lumotlarni berish foydali hisoblanadi. Bu materiallar bo’yicha qabul qiluvchi mamlakatdagi sheriklar va asosiy potensial xaridorlar xalqaro kompaniyaning tovarlari va xizmatlarining sotilish darajasi, shuningdek kompaniyaning barqarorligi va ishonchliligini dastlabki baholash imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Reklama materiallari yuqori sifatli bo’lishi kerak, chunki ma’lum darajada aynan ularga qarab potensial iste’molchilar ishlab chiqarish va sotishga mo’ljallangan tovarlar va xizmatlarga baho beradilar. Axborot materiallari oson tushunarli bo’lishi va buning uchun matnning to’g’ri tuzilishi va oddiyligi taqozo etiladi (ularning qabul qiluvchi mamlakat tilida bayon etilishi maqsadga muvofiq).

Qabul qiluvchi mamlakatda potensial sheriklar uchun reklama materiallarini mahalliy tilga tarjima qilish qiyinchiligi mavjud bo’lganda hech bo’lmaganda ingliz tilida tayyorlash kerak. Ular o’z ichiga xalqaro kompaniyaning jahon bozoridagi faoliyati haqida umumiy ma’lumotlar va ishlab chiqarish va sotishga mo’ljallangan tovarlar va xizmatlar haqidagi to’liq axborotni olishi kerak. Mahalliy tilda materiallarning mavjudligi qabul qiluvchi mamlakatda potensial sheriklar bilan muzokaralar olib borilayotgan davrda katta afzallik hisoblanadi. Materiallarni mahalliy tilga tarjima qilishda bosh kompaniya mamlakatining qabul qiluvchi mamlakatdagi elchixonasining tijorat bo’limi yoki qabul qiluvchi mamlakatning savdo palatasi yaxshi kompyuter texnologiyalariga ega malakali tarjimonlarni tavsiya qilishi mumkin.

Muzokaralar bosqichida xalqaro kompaniyaning tarixi, uning mahsuloti va ishlab chiqarish jarayoni haqida ingliz tilida qisqa ko’rgazmali videofilmni namoyish qilish maqsadga muvofiq. Nashriy axborot materiallarining tarkibiga odatda quyidagilar kiritiladi:

- xalqaro kompaniyaning aktivlari, boshqaruv tarkibi, xizmat ko’rsatuvchi banklar, moliyaviy holati, kompaniyani yaratish tarixi va faoliyati haqida aniq va qisqa axborot beruvchi risola;

- ishlab chiqarish va sotishga mo’ljallangan tovarlar va xizmatlar, shuningdek ularni ishlab chiqarishning yetakchi texnologiyalari haqida aniq va ixcham axborot;

- xalqaro kompaniyaning qabul qiluvchi mamlakatdagi xorijiy filialida ishlashga yuborilayotgan direktorlar, menejerlar va boshqa shaxslarning qisqa rezyumesi.

Bunday materiallar xalqaro kompaniyaning samimiyligi va barqarorligini tasdiqlaydi, shuningdek qabul qiluvchi mamlakatda sheriklar va xaridorlarga bo’lgan hurmatni ko’rsatadi.

Xalqaro menejer va uning yaqin hamkasblarining tashrif qog’ozlari bir tomonda ingliz tilida va ikkinchi tomonida mahalliy tilda yozilishi hamda ikki tomonida ham xalqaro kompaniyaning emblemasi bo’lishi kerak. Tashrif qog’ozida shaxsning ismi-sharifi, lavozimi, manzili va telefon raqamining ko’rsatilishi mahalliy kompaniya vakillariga kelajakda TMKning xorijiy filiali bilan aloqalarni rivojlantirishiga yordam beradi. Tashrif qog’ozlarining eng ko’p tarqalgan bichimi 55 x 90 mm bo’ladi.

Xalqaro menejer shuni nazarda tutishi kerakki, qabul qiluvchi mamlakatdagi ilk faoliyat davrida tovaraylanmaning boshlang’ich kichik hajmi, past baho darajasi, shuningdek, yangi bozorda mahsulot ishlab chiqarish va sotish barqarorlashguncha uzluksiz kapital qo’yilmalarning zaruriyati sababli ancha kam darajada moliyaviy natijalar olinadi.

Amaliyot ko’rsatishicha, yangi bozorga yangi mahsulot bilan chiqqandan so’ng taxminan bir-ikki yil mobaynida sotuv hajmi va baholarning darajasi kutilayotganidan ko’ra birmuncha pastroq bo’ladi. Bundan keyin yangi mahsulot yoki xizmatlarning iste’mol xususiyatlarini baholagan xaridorlar tomonidan o’sib boruvchi talab ostida baholarning o’sishi kuzatiladi. Bozorda o’rnashib olishga odatda 2-4 yil kerak bo’ladi. Bu davrga yangi bozorda o’z ulushini egallash uchun investitsion mablag’larga ega bo’lish kerak. Bunda firmaning yangi bozorga moslashish strategiyasi va taktikasida yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolarni yengib o’tish uchun pul va ishchi kuchi resurslarining qo’shimcha harajatlari talab qilinadi.

Yangi bozorni o’zlashtirish vaqtida odatda xalqaro kompaniyaning xorijiy filiali doimiy shtatini bosh kompaniya mamlakatidan yuborilgan rahbarlar va mahalliy aholi orasidan malakali va tirishqoq mutaxassislardan shakllantirish amalga oshiriladi. Bu davr mobaynida mahalliy bozor talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish va sotish tizimini egiluvchan moslashtirish zarur. Shu vaqtda firmaning sotuvdan oldingi reklama va maslahatlarni, shuningdek sotilgan mahsulotga kafolatli xizmat ko’rsatishni tashkil qilish qobiliyatiga qarab u haqidagi axborot shakllantiriladi.

Mahalliy sheriklar va iste’molchilar bilan yaxshi munosabatlarni o’rnatish va mustahkamlash bozorni o’zlashtirishni tezlashtiradi. Bunda muloqot muammolari, madaniy yoki til to’siqlarining vujudga kelish imkoniyatini hisobga olish zarur. Bu holda xalqaro menejerga shakllanayotgan notanish muammolarni yengib o’tishda optimizm, tirishqoqlik va sabr-toqat yordam beradi. Bozor xatolarni kechirmaydi, ular haqidagi mish-mishlar juda tez tarqaladi va firmaning bozordagi mavqeini tiklash hamda mustahkamlash uchun keyingi barcha urinishlarni qiyinlashtirib yuborishi mumkin

Xalqaro menejer tashqi bozorda firmaning imkoniyatlarini strategik izlanishlari tashkilotchisi sifatida:

Ko’p hollarda potensial imkoniyatlarning dastlabki tahlili uni maksimal darajada foydali qilish uchun, tashqi muhit batafsil tahlili doirasida o’tkaziladi. Bu bosqichda xalqaro menejerning tashkilotchilik roli quyidagi asosiy muammolarning hal etilishini nazarda tutadi:



  • Jamoa bilan birga izlanishlar metodini ajratib ko’rsatish;

  • Dastlabki tahlil o’tkazish uchun tashqi maslahatchilar va xizmatlar harakatini tashkil etish;

  • Istiqbolli imkoniyatlarni tanlash.

Texnologik chegara va sinish. Texnologiya parametrlarining yaxshilanishi

muayyan chegaraga ega. Mazkur chegaralar texnologiya rivojlanishi jarayonida,

shuningdek, uning mukammallashuviga sarflangan xarajatlarga

bog‘liq bo‘lgan texnik xarakteristikada namoyon bo‘ladi. Bular texnologik

chegara deyiladi

Bu kabi kamayish S – shakldagi egri chiziq orqali ta’rifdanadi.

(S – shakldagi egri chiziqlar Gemperjtsa egri chiziq, Perla egri chizig‘i va

boshqa egri chiziqlarni o‘z ichiga olgan matematik funksiyalar oilasining

umumiy nomidir.

S shakldagi egri chiziqning mohiyati shundaki, yangilik yaratishning

birinchi bosqichida sarflangan xarajatlar past natija beradi. Bu degani natija

o‘sishi yuqori emas va natija degan mazkur yangiliknig turli xil xaraktiristikalari

tushuniladi. So‘ng natija o‘sishining ildamliligi sodir bo‘ladi, so‘ngra

esa tushumning arogressiv susayishi o‘rin oladi. Jadal o‘sish bosqichi, xarajatlar

(a) va (s) nuqtalar oralig‘ida joylashganligi bilan mos tushadi, boshqacha

qilib aytganda invistitsion xarajatlar ko‘p, lekin tushumi ham seziladi.

Yuqori bosqichda investitsiyalar nisbatan past natija bo‘ladi. Ular avvalambor

texnologik jarayonlarning shakllanishiga, modifikatsiyalanayotgan

innovatsiyalar reklamasi va ularni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Jarayon pasayish bosqichidami yoki yo‘qmi, buni aniqlash uchun yana

bir bor S shaklidagi egri chiziqlarga e’tibor berish kerak, bunda mazkur

texnologiyaning egri chiziqlari bilan uni almashtiruvchi, unga raqibdosh

bo‘lgan texnologiya egri chizig‘ini taqqoslab ko‘rish kerak. Ikki S shakldagi

egri chiziqlar o‘rtasidagi tafovut texnologik to‘xtash bo‘ladi. Texnologik

to‘xtash (tanaffus) – bu o‘rindosh va o‘rin egallovchi texnologiyalar parametrlari

o‘rtasidagi masofa, buni oqsoqlanayotgan texnologiyaning rivojlanishiga

sarflanayotgan xarajatlar ko‘payishi natijasida qisqartirib bo‘lmaydi.

Shuni ta’kidlash kerakki, qoidaga ko‘ra, har biri o‘z egri chizig‘i bilan

xususiyatlanayotgan, bir qator raqib texnologiyalar mavjud. Bular 3–4 yoki

undan ortiqroq bo‘lishi mumkin, bunda biri o‘zini himoya qiladi, ikkinchisi

esa hujum qiladi.

Buni amalga oshirish oson emas. Ko‘pchilik kompaniyalar o‘z kuchini

egri chiziq shaklini nazorat qilishga sarflaydi va bunga boshqa firmalar

bilan hamkorlik qilish orqali erishadilar. Ba’zan bu kabi egri chiziqlar

shaklini “yaxshilash” xarajatlar ko‘payishi hisobiga erishiladi, bu katta

alternativ xarajatlarga olib keladi.

Texnologik to‘xtash (sinish)ni bartaraf etishga ko‘nikib qolgan kompaniyalar

o‘zgacha yo‘l tutadi va sezilarli raqobatbardoshlikka erishadilar

Texnologik to‘xtash (yangi texnologiyalarni

o‘rnatishga ketadigan vaqt bo‘yicha).

Texnologik to‘xtashning yana bir boshqa tushunchasi mavjud – bu bir

texnologiyadan ikkinchisiga o‘tish vaqti. Bizning fikrimizcha, mazkur ikkala

ta’rif ham mavjud bo‘lish huquqiga ega.

Yangilik diffuziyasi. Yangilik kolilersializatsiyasi jarayoni ularning iqtisodiyot

sistemasida tarqalishi bilan kuzatiadi. Avval bu kabi tarqalish bir

texnologik

to‘xtash

necha tashkilot doirasida bo‘lib o‘tadi, lekin keyinroq keng quloch oladi.

Bu jarayon diffuziya deyiladi.

Yangilik diffuziyasi – iqtisodiyotda ularning tarqalish jarayoni. Yanada

aniqroq aytganda bu jarayon eski texnologiyalarni siqib chiqarishi orqali,

shuningdek, mijozlar tomonidan anologi bo‘lmagan yangi texnologiyalarni

qabul qilish orqali ifodalanadi. Diffuziya jarayonlari, ko‘rib chiqilgan texnologiya

rivojlanish jarayonlari kabi 8-shakl egri chiziq orqali ifodalanishi mumkin.

Bu holatda ular almashtiruvchi egri chiziqlar deb atalishi mumkin.

Almashtiruvchi egri chiziq parametrlari yangilik xususiyati, shuningdek,

bir qator iqtsodiy parametrlarga bog‘liq. Bu kabi egri chiziq parametrlarni

aniqlashning turli xil usullari mavjud. Tadqiqotlar jarayonida 8-shakl egri

chiziq xususiy holati o‘rganiladi – bu Perla egri chizig‘i deyiladi. Bu egri

chiziq quyidagi ko‘rinishga ega:

Yt=L/(1+ae-(kQbt))

qayerdaki, Y

t– t vaqt nuqtasida o‘zgaruvchanlik hajmi. t – vaqt faktori.

a, k, b – son parametrlari (konstantalar). L – u o‘zgaruvchanlikning yuqori

chegarasi. e-son, natural logarifm.

Mashhur amerikalik innovatsiyalar targ‘ibotchisi E. Mensfild yangilik

diffuziyasi jarayoni modulini AQSH iqtisodyotining bir necha tarmoqlarida

ishlab chiqish uchun mazkur egri chiziqni qo‘llagan.

O‘rganilayotgan diffuziya ko‘rsatkichi sifatida t-vaqtida bo‘lgandagi

yangilikni qabul qilgan firmalar o‘rganib chiqilgan. Yuqori chegara sifatida

yangilik qabul qila olgan tarmoq firmalar soni nazarda tutilgan. Misol

uchun “Shishalarni tezkor to‘ldirgich” yangiligi uchun pivo sanoatida

Perla egri chizig‘i Mensfildga ko‘ra quyidagi ko‘rinishga ega:

Yt=16/(1+e-(-20. 58Q0. 36t))

Parametr o‘lchovi b(0,36), iqtisodiy faktorlar bog‘liqligiga tayanadi,

sotib olish muddati yangilik sotib olish muddati bilan munosabat,

shuningdek, o‘rta birlamchi sarmoyaning tarmoq firmalar fondlari o‘rtacha

hajmiga bo‘lgan munosabatidir.


1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət