Ana səhifə

Soliqlar va soliqqa tortish


Yüklə 1.88 Mb.
səhifə12/31
tarix26.06.2016
ölçüsü1.88 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31

Soliq nazariyasi

MA’RUZA MATNLARI

TO‘PLAMI




Toshkent: “IQTISOD-MOLIYA”, 2012

prof. A.Jo‘rayev

dots.v.b. G‘.Safarov

k.o‘q. N.Yakubova

k.o‘q. M.Usmanova
Soliq nazariyasi

ma’ruza matnlari to‘plami

Toshkent: “IQTISOD-MOLIYA”, 2012. – 148 b.


Mazkur ma’ruza matnlarida fanning predmeti va vazifalari, soliqlarning rivojlanish tarixi, soliqqa oid ilmiy g‘oyalar, qarashlar, nazariyalar, soliqlarning iqtisodiy mohiyati, vazifalari, funktsiyalari, soliqqa tortish tamoyillari, soliq siyosati, soliq elementlari, soliq tizimi, soliqlarning makroiqtisodiy samarasi, soliq ishini yuritish, xalqaro soliqqa tortish kabi masalalar keng yoritilgan.

Ma’ruza matnlari 5340800 - “Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan.

“Soliq nazariyasi” fanidan tayyorlangan ma’ruza matnlari to‘plami kafedra professor-o‘qituvchilarining yig‘ilishida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan etilgan (2012 yil 1iyundagi 19-sonli bayonnoma).



Kafedra mudiri A.S.Jo‘rayev
Fanning o’quv dasturi fakultet Ilmiy kengashida muhokama etilgan va nashrga tavsiya qilingan (2012 yil 2iyundagi 10-sonli bayonnoma)

Kengash raisi: dots.U.Radjabov

Mazkur ma’ruza matnlari to‘plami institut ilmiy-uslubiy Kengashi majlisida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan (2012 yil 20 iyundagi 5-sonli bayonnoma)

.
Kengash raisi prof. A.A.Karimov

Toshkent: “IQTISOD-MOLIYA”, 2012


Kirish
Respublikamizda ijtimoiy yo‘naltirilgan jaxon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida turli sohalarda tub islohotlar amalga oshirilishini taqozo etmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ko‘p jihatdan kadrlarning bilim va ko‘nikmalariga bog‘liqligi bois ta’lim tizimini isloh qilishning keyingi bosqichida kadrlar tayyorlashning sifatiga alohida e’tibor qaratilib, bu borada qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqdaki, buning samarasi o‘laroq ta’lim tizimining joriy davr talablari darajasida ko‘plab darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa adabiyotlar yaratilmoqda.

Mazkur ma’ruzalar to‘plami ham ta’lim tizimini isloh qilishning hozirgi bosqichi talablaridan kelib chiqqan holda yaratilgan bo‘lib, soliqlarning nazariy jihatlarini o‘zida mujassam etgan davlat tilidagi adabiyotlarning etarli darajada emasligi uning dolzarbligini yanada oshiradi.

Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakat soliq tizimini ham isloh qilishni talab etmoqda. Ma’lumki, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi ko‘p jihatdan ularning naqadar nazariy jihatdan aoslanganligi bilan belgilanadi. Shu bois soliqlarning nazariy jihatlarini o‘rganish davr talabidir.

Mazkur ma’ruzalar to‘plamida soliqlar nazariy jihatdan atroflicha o‘rganildi va tahlil etildi. Unda soliqlarning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari, mamlakatimiz hududida soliqqa tortish rivojlanishining xususiyatlari, soliqlar va soliqa tortishga oid g‘oyalar va nazariyalarning iqtisodiy ta’limotlarda tutgan o‘rni, soliqlarning iqtisodiy mohiyati va funktsiyalari, soliq elementlarining mohiyati va tarkibi, soliq stavkalari va imtiyozlarining mohiyati, turlari, ularni belgilash mezonlari va iqtisodiyotni tartibga solish va rag‘batlantirishdagi ahamiyati, soliqqa tortish tamoyillari, soliq siyosatining mohiyati, soliq siyosatining huquqiy asoslari, ularning amal qilish xususiyatlari va asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, soliq xizmati organlarining o‘rni va ularning o‘z funktsiyalarini amalga oshirishida moliya-kredit muassasalari bilan o‘zaro hamkorligi, soliq tizimining iqtisodiy mohiyati va uning klassifikatsiyasi, to‘g‘ri va egri soliqlar, yuridik hamda jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va yig‘imlar, umumdavlat hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlar, soliqlar va makroiqtisodiy holatning uzviy bog‘liqligi kabi masalalarning nazariy jihatlari atroflicha yoritilgan.



1-mavzu: Fanning mazmuni, predmeti va vazifalari (2 soat)
Reja:

1. “Soliq nazariyasi” fani ijtimoiy-iqtisodiy fan sifatida.

2. Fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog‘liqligi.

3. Fanni o‘rganish usullari.

1. “Soliq nazariyasi” fani ijtimoiy-iqtisodiy fan sifatida

Soliq munosabatlari davlatning bajaradigan vazifa va faoliyati amaliy jarayonining ibtidosini tashkil etadi. Chunki, har qanday ustqurtma muayyan iqtisodiy bazisdan oziqlanadi. O‘z navbatida, bazisning fundamental asosini yaratuvchi omillar, ayni paytda uning qismatini ham belgilaydi. Mazkur ta’kiddan kelib chiqib, ana shu bazisning oqilona asosini shakllantiruvchi soliq hamda uning tizimini jamiyat tarixi taraqqiyotida tutgan rolini ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, o‘ziga xos dastak ekanligini ilg‘ash qiyin emas.

Chunki, har qanday jamiyat o‘zining xususiyati va tabiatiga ko‘ra, bu jarayonga hamohangdir. G‘oyat ma’suliyatli, o‘z navbatida o‘ta yuqori darajadagi ehtiyojni o‘zida ifodalagan soliqlarning o‘ziga xos rivojlanishi natijasida ularning jamiyat taraqqiyotida yangi qirralari, imkoniyatlari ortib bordi.

“Soliq nazariyasi” fani soliqlarning nazariy jihatlarini, xususiyatlarini o‘rganishdagi asosiy fan hisoblanadi. Fanning predmetiga to‘xtalishdan oldin “Soliq” kategoriyasiga qisqacha to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, “Soliq” kategoriyasi - bu muhim iqtisodiy jarayon bo‘lib, uning paydo bo‘lishi va amal qilishi kishilik jamiyatining mavjudligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Soliqlar har bir davlat faoliyatini moddiy jihatlarini ta’minlaydi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi.

Amaliyotda va umuman iqtisodiy fanda soliqlarning mohiyatiga nisbatan turlicha qarashlar mavjud. Shu sababli, ushbu kategoriya har bir davlat tomonidan o‘ziga xos tarzda foydalaniladi.

Davlat asta sekin rivojlanib borishi bilan, uning funktsiyalari ham muvofiq ravishda kengayib boradi. Bu esa, soliqlarga nisbatan qo‘yiladigan talabning kuchayishiga olib keladi. Shu sababli, soliq tizimi tobora murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib boradi. Kishilik jamiyati rivojlanishi tarixi shuni ko‘rsatadiki, davlat ma’muriy boshqaruv bilan shug‘ullangan hollarda, uning ehtiyojlari ma’lum darajada saqlanib qoladi, davlatning iqtisodiyotni boshqarish majburiyati paydo bo‘lsa, uning xarajatlari va aholidan olinadigan tushumlari ko‘payadi. Bunday holatda, soliqlarning shakllari pang baranglashib boradi.

Har qanday fan o‘zining predmetiga ega, ya’ni izlanish ob’ektiga ega bo‘ladi. Masalan, texnologiya fanining predmeti bo‘lib kimyoviy moddalarning tarkibini o‘rganish hisoblansa, mashinasozlik fani uchun mashinalar mexanizmi xarakteristikasi bo‘lsa, Soliq nazariyasi fanining predmeti soliq munosabatlarini (harakatini) o‘rganishdir. Demak, Soliq nazariyasi fanining predmeti - bu soliq to‘lovchilarning majburiy to‘lovlar bo‘yicha davlat byudjeti bilan iqtisodiy munosabatlarga kirishish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarining nazariy jihatlarini o‘rganishdan iborat. Ushbu keltirilgan ta’rifdan ko‘rishimiz mumkinki, fan o‘z predmetini o‘rganishda turli usullarning o‘zaro aloqasining nazariy jihatlarini o‘rganar ekan. Jumladan, soliq to‘lovchilar va uni o‘zlashtiruvchi, davlat byudjeti, majburiy to‘lovlar, moliyaviy munosabatlar kabi elementlarning o‘zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishish jarayonlarining nazariy jihatlari, qirralari keng ko‘lamda o‘rganiladi.

Fanning mohiyati shu o‘rtadagi moliyaviy munosabatni ya’ni soliq to‘lovchi bilan davlat o‘rtasidagi munosabatni chuqur o‘rganish, soliq munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatini e’tiborga olish, muvozanatni saqlash kabi munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu muvozanatni saqlashda, tomonlar adolatlik tamoyiliga amal qilish zarur. Tushunarliroq qilib aytilsa, byudjetga soliqlarni olishda soliq to‘lovchilar bo‘yniga ortiqcha og‘irlik osmaslik, ularni o‘z ishlab chiqarishdan manfaatdorligini so‘ndirib qo‘ymaslik, ularning dasturlari va rejalarini tez-tez o‘zgartirishga olib bormaslik va hokazolarga e’tibor berish ko‘zda tutiladi. Bu erda tomonlarning do‘stona munosabatda bo‘lishi, bozor iqtisodiyoti talablariga mos iqtisodiy munosabatlar bo‘lishini o‘rgatadi.

Fanning predmetini chuqur o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, munosabatlarda bir tomonlama zo‘ravonlik munosabati bo‘lguday bo‘lsa, ikkinchi tomon unga javoban o‘z daromadlari, boshqa soliq ob’ektlarini har xil yo‘llar bilan yashiradi. Bunday hollarda, har qanday huquqiy hujjatlarning ham kuchi etmay qolishi mumkin. Daromadlarni soliq sub’ektlarini yashirish holati ham munosabatlarni buzadi.

Demak, Soliq nazariyasi fanini chuqur o‘rganish orqali amaliyotda soliq tushumlari rejalarini muvaffaqiyatli bajarish vazifasiga ham erishish mumkin.



2. Fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog‘liqligi

Har bir fanning shakllanishi fanning predmetini shakllanishi bilan birgalikda, uning ilmiy bilish usullarining qaror topishi bilan ham bog‘liq. Har qanday fanni o‘rganishdagi usullar umumiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘z predmetidan kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega. Shuning uchun, fanni o‘rganishdagi usullar umumiy va alohida usullarga bo‘linadi.

Tabiat, jamiyat va tafakkurning rivojlanish qonunlarini o‘rganishning birdan-bir to‘g‘ri ilmiy usuli dialektik usuldir. Shuning uchun, ham ushbu ilmiy bilish usuli barcha fanlarning, shu jumladan Soliq tarixi va nazariyasi fanining ham nazariy va metodologik asosini tashkil etadi. Dialektik usul shuni ko‘rsatadiki, rivojlanish quyidan yuqoriga qarab sodir bo‘ladi. Bilish esa oddiydan murakkabga tomon rivoj topib boradi. Shuning uchun, ushbu usul tadqiqotning induktsiya va deduktsiya usullarini o‘z ichiga oladi.

Xususiy, yakka fakt olinib, uning asosida umumiy qoida hosil qilinadigan bo‘lsa - bu induktsiyadir. Avval, boshdanoq barcha xususiy hollarni o‘z ichiga olgan umumiy qoida hosil qilinsa bu - deduktsiyadir.

Shu bilan, birga barcha iqtisodiy fanlar kabi «Soliq nazariyasi» fanining ham o‘ziga xos ilmiy bilish usullari mavjud. Ulardan biri ilmiy abstraktsiya usulidir. Ilmiy abstraktsiya usulining mohiyati shundan iboratki, bunda tahlil paytida ob’ektning faqat bir tomoniga, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tibor qaratiladi va halal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali unsurlarning ta’siri e’tiborga olinmaydi.

Soliq nazariyasi fani shuningdek, o‘z predmetini o‘rganishda nazariy tahlil va sintez usulidan ham foydalanadi. Tahlil - bu o‘rganilayotgan butun ob’ektni qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish, bo‘lsa, sintez esa, o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab, umumiy xulosa chiqarishdir. Soliqlarga doir murakkab nazariy masalalar mana shu yo‘l bilan o‘rganiladi.

Fan o‘z predmetini o‘rganishda makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy holda tahlilni qo‘shib olib borish muhim o‘rin tutadi. Soliqlarning nazariy masalalarini mikroiqtisodiy jihatdan o‘rganishda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar nuqtai-nazaridan, ular bilan davlat byudjeti o‘rtasidagi munosabatlar tadqiq etilsa, makroiqtisodiy jihatdan tahlil etishda esa, davlat miqyosida, ya’ni soliqlarning nazariy masalalari makroiqtisodiy darajada o‘rganiladi.

Shuningdek, fan o‘z predmetini o‘rganishda taqqoslash, statistik, grafik usullaridan ham foydalanadi. Jumladan soliqlarni davrlar bo‘yicha taqqoslash, ulardan tushumlarni jadvallar orqali ifodalash, o‘zgarishlarni aniqlash, ularga nazariy jihatdan baho berish, soliqlarning boshqa iqtisodiy kategoriyalarga ta’sirini grafik usulida tasvirlash va shu kabilardir. Masalan, soliqlar o‘zgarishini yalpi talab va yalpi taklifga ta’sirini mana shu usul bilan ifodalash mumkin.

Soliqlar masalalariga doir bilimlarni o‘rganish boshqa fanlardan ham xabardor bo‘lishni talab etadi. Jumladan, “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi», “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Moliya”, “Soliq menejmenti”, “Soliqlar va soliqqa tortish” kabi fanlar shular jumlasidandir.

Fanning iqtisodiy ta’limotlar tarixi bilan bog‘liqlik jihati shundan iboratki, agarda iqtisodiy ta’limotlar tarixi fani o‘z predmetida asosan jamiyat taraqqiyoti davrlarida ulardagi muammolarni echib berishga qaratilgan turli shaxslarning iqtisodiy fikrlarini, g‘oyalarini, turli nazariyalarni o‘rgansa, Soliq nazariyasi fani ham o‘z predmetini o‘rganishda soliqlarga tegishli bo‘lgan turli xil g‘oyalar va nazariyalarni o‘rganadi.

Soliq nazariyasi fani iqtisodiy nazariya fani bilan chambarchas bog‘liqdir va uning maxsus bo‘limi, ya’ni chuqurlashtirilgan, kengaytirilgan bo‘limidir. Chunki soliq nozariyasining qonuniyatlari umumiqtisodiy nazariya qonuniyatlaridan chetga chiqmasdan, ularga asoslanadi.

Shuningdek, mazkur fan moliya nazariyasi fani bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun moliya ham, soliq ham pul munosabatlarini ifodalaydi. Ularning ikkalasi uchun yagona asos pul munosabatlarining mavjudligidir. Lekin Soliq nazariyasi o‘ziga xos bo‘lgan pul munosabatlarini, ya’ni soliq to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasidagi majburiy pul munosabatlarini o‘rganadi.

Fanning soliqlar tarixi fani bilan bog‘liqlik jihati shundan iboratki, Soliq nazariyasi fanida ham soliqlarning rivojlanish bosqichlari, davrlari, har bir davrda va davlatda amal qilgan soliqlar, ularning tarkibi va tuzilishi, dinamikasi kabilar o‘rganiladi.

Soliq menejmenti fani bilan Soliq nazariyasining bog‘liqligi shundan iboratki, soliq menejmentida soliq ishini tashkil etish davlat nuqtai-nazaridan yoki davlat miqyosida va korxona miqyosida olinadigan bo‘lsa, soliq menejmenti ishlarini tashkil etish nazariyalari Soliq nazariyasining ajralmas qismini tashkil etadi.

Fan shuningdek, soliqlar va soliqqa tortish fani bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Soliq nazariyasi fani o‘z predmetini o‘rganar ekan, birinchi navbatda bugungi kundagi mamlakatimiz soliq tizimi bilan hamnafas bo‘lishi lozim. Bunda amaldagi soliq mexanizmining nazariy masalalari ochib beriladi.

Soliq nazariyasi fani davlat byudjeti fani bilan ham o‘zaro bog‘liqdir. Chunki soliqlar oxir oqibatida byudjet daromadlarini shakllantiradi. Soliqlar (daromadlar) bo‘lmasa, byudjet munosabatlarining o‘zi bo‘lmaydi. Bu fan chet mamlakatlar soliq, buxgalteriya hisobi, soliq huquqi fanlari bilan ham chambarchas bog‘liqdir.



Tayanch so‘z va iboralar

  1. Soliq

  2. Davlat

  3. Byudjet

  4. Soliq to‘lovchilar

  5. Moliyaviy munosabatlar

  6. Dialektik usul

  7. Tahlil va sintez usuli

  8. Ilmiy abstraktsiya usuli

  9. Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlil

  10. Statistik usul;

  11. Taqqoslash usuli;

  12. Interfaol usul.



O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar

  1. Soliq nazariyasi fani nima uchun iqtisodiy fanlar tarkibidan o‘rin olgan?

  2. Fanni o‘rganishdagi umumiy usullar haqida tushuncha bering?

  3. Fanni o‘rganishdagi alohida usullar haqida tushuncha bering?

  4. Soliq nazariyasi fani o‘z predmetini o‘rganishda qaysi fanlar bilan aloqada bo‘ladi?

  5. Soliq nazariyasi fanini o‘qitish nima uchun kerak?

  6. Soliq nazariyasi fani nimani o‘rgatadi uning qanday vazifalari bor?

  7. Soliq nazariyasi fanining mazmunida nimalarni o‘rgatish maqsadi yotadi va uning mutaxassislar tayyorlashdagi roli qanday?


2-mavzu: Soliq munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari (4 soat)
Reja:

  1. Soliqlarning paydo bo‘lishi, ilk ko‘rinishlari va rivojlanish bosqichlari (I-davr, II-davr, III-davr).

  2. Mamlakatimiz hududida soliqlarning paydo bo‘lishi, o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi.

  3. Amir Temur va temuriylar davrida soliqlar, soliqqa tortishning xususiyatlari.

  4. Oktyabr inqilobigacha bo‘lgan davrda soliqlar, soliqqa tortishning rivojlanishiga umumiy tavsif.

  5. Sobiq ittifoq davrida soliqlarga bo‘lgan yondashuv.



1. Soliqlarning paydo bo‘lishi, ilk ko‘rinishlari va rivojlanish bosqichlari (I-davr, II-davr, III-davr)

Soliqlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi davlat moliyasining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida soliq to‘lovchilar mol-mulkining bir qismini majburiy ko‘rinishda davlat xazinasiga o‘zlashtirilishi sifatida undirish uzoq davrga borib taqaladi. Soliqlarning qachon paydo bo‘lganligi haqida hech qanday aniq ma’lumot tarixiy kitoblarda uchramasada, lekin soliqlarning ilk ko‘rinishi sifatida qurbonlik qilingan noz-ne’matlar e’tirof etiladi. Buning xususiyati shundan iboratki, u majburiy bo‘lmay ixtiyoriy tarzda amalga oshirilgandir. Qilingan qurbonliklar esa, kambag‘allarga, nochorlarga, etimlarga, muhtojlarga ulashib berilgan.

Keyinchalik joriy etilgan soliqlar esa, bevosita qabila hamda urug‘lar o‘rtasida davom etib turgan urush-janjallarga bog‘liqdir. Bunday soliqlar natura shaklida bo‘lib, bir qabilani bosib olish yoki o‘zini muhofaza qilish uchun safarbar etilgan.

Soliqlar tarixda inson tsivilizatsiyasi bilan birga rivojlanib, uning ajralmas qismi hisoblanadi. Soliqlarning iqtisodiy munosabatlarda asosiy o‘ringa chiqishiga avvalambor davlatning shakllanishi, jamoalarning sinflarga bo‘linishi, qadimgi ijtimoiy tuzumning vujudga kelishi, hamda ularning ma’lum moliyaviy manbaga ehtiyoj sezishlari sabab bo‘lgan.

Ingliz iqtisodchisi S. Parkinson so‘zi bilan aytganda: “Soliqlar ko‘hnadir – xuddi dunyodek, uning yuzaga kelishida qachondir bir mahalliy qo‘mondan o‘z hududida joylashgan daryo yoki tog‘dan savdogar hamda sayohatchi o‘tsa, ulardan haq olishi sabab bo‘lgan”2.

Soliqlar paydo bo‘lishi va rivojlanishi jarayonida ularning shakllari ham o‘zgarib kelmoqda. Agarda bugungi kunga kelib soliqlar asosan pul shaklida undirilayotgan bo‘lsa, ular qadimda bir qancha ko‘rinishlarda, jumladan, mehnat shaklida, natura shaklida undirilgan. Shu bilan birgalikda jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti yuksalishiga mos ravishda soliqlarning pulli shaklda undirilishi ham tobora rivojlanib bordi.

V.Pushkaryova soliqlar rivojlanish tarixini 3 bosqichga ajratib ko‘rsatadi3. Ularning har biri u yoki bu xususiyatlari hamda afzalliklari bilan ajralib turadi.

Birinchi bosqichda soliqlarning rivojlanishi qadimgi va o‘rta asrlar qishloq xo‘jaligi tizimiga xos bo‘lib, tartibsiz hamda asossizligi bilan ajralib turadi. Xuddi, shu davrda soliq mexanizmi undirilishi joriy etildi.

Soliqlarning joriy etilishi davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, ularning amal qilishiga davlat apparatining shakllanishi, armiya, sud va ularning moliyaviy manbalar bilan ta’minlash zaruriyati, tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilishi kabi omillar sabab bo‘lgan.

Ilk soliqlar tizimsiz to‘lovlar ko‘rinishida bo‘lib, ular natura shakliga ega bo‘lgan. Aholi soliqlarni ekinlar hosilidan, savdo-sotiqdan hamda ovlagan hayvonlaridan to‘laganlar. Urush vaqtida esa, qo‘shimcha oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurol-aslahalar etkazish, nochor bo‘lsa askar sifatida qo‘shimcha jalb etilgan. Rim imperiyasi hamda Afinada tinch-totuv paytlarda soliq olinmagan. Soliqlarni joriy etish va undirish faqat urush davrlariga to‘g‘ri kelgan.

Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi va mustahkamlanishi soliqlarning hozirgidek pul ko‘rinishiga kelishiga olib keldi. Oldin soliqlar, asosan, chegara va qo‘shin ehtiyojlariga, shahar atrofini mustahkamlashga, yo‘l va ibodatxona qurilishlariga yig‘ilgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan soliqlar davlat xazinasi daromadining birinchi galdagi manbai bo‘lib qoldi.

Hozirgi davr soliq tizimiga mohiyatan o‘xshash ilk soliq tizimi qadimgi Rimda shakllangan. Bu soliqlar faqat urush xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan. Rim aholisi o‘zining mol-mulki, turmush darajasi hamda oilaviy ahvolidan kelib chiqqan holda, soliq to‘lashgan. Soliq summalari maxsus shaxslar tomonidan hisob kitob qilingan.

Rimda davlat tashkilotlarining rivojlanishi bevosita imperator Oktavian Avgustin (er.av. 63-14 yillar) tomonidan soliq islohotini amalga oshirishga, oqibatda esa, ilk pul soliqlari joriy bo‘lishiga olib keldi. Soliqlarni joriy etish va uni nazorati bilan shug‘ullanuvchi moliyaviy muassasa shakllandi. Er solig‘i davlat soliqlarining asosiy ulushini tashkil etgan. Shu qatori ko‘chmas mulkdan, baliqlardan, chorva va boshqa mollardan soliqlar undirilgan. To‘g‘ri soliqlardan tashqari egri soliqlar ham bo‘lgan. Masalan, oborot solig‘i 1 %, qullar savdosidan oborot solig‘i 4 % va boshqalar. Bu davrga kelib soliqlar nafaqat fiskal, balki u yoki bu iqtisodiy tarmoqlar bo‘yicha tartibga soluvchilik vazifasini ham bajara boshlagan.

Ammo XVII asrgacha Evropada soliqlar tartibsiz undirilganligi uchun yagona tizimga ega bo‘lmagan. Ularning taqdiri urush natijalariga bog‘liq bo‘lib, goh kamayib, goh ko‘payib ketar, natijada aholining tinka-porasini quritgan edi. Faqatgina XVII asr oxiri XVIII asr boshlariga kelib soliqlar rivojlanishining ikkinchi bosqichi boshlanadi.

Ikkinchi bosqichning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda soliqlar davlat byudjetini shakllantirishning asosiy manbasi sifatida ko‘rilgan. Soliq ob’ektlarini aniqlash va soliqqa tortish qonun qoidalarini tartibga soluvchi ilk soliq tizimi yuzaga kelgan. To‘g‘ri va egri soliqlar ilk bor ajratilib, bu soliqlarning muhim va ahamiyatli jihatlari ochib berilgan. Soliqlar ichida asosiy o‘rinni aktsizlar egallagan. Bular qonuniy ravishda shahar darvozalarida mamlakatga kiritiluvchi yoki undan chiqariluvchi tovarlardan undirilib, hamma daromadlar va tushumlar soliqqa tortilgan.

Evropa mamlakatlarida demokratiyaning rivojlanishi natijasida soliqlarni hisoblash va undirish borasida aholining haq-huquqlarini himoya qilish masalalari o‘rtaga tashlandi. Natijada 1689 yil Angliyada «Bill huquqlari» kitobida qat’iyan xalq vakillari organlariga davlat daromadlari hamda xarajatlari to‘g‘risida ma’lumot berishi belgilandi.

Frantsiyada faqatgina 1791 yil «Ulug‘ Frantsuz revolyutsiyasi» dan keyin davlat byudjeti va soliqlari haqida ma’lumot berila boshlandi.

Soliqqa tortish tizimi rivojlanishi bilan bir qatorda soliqqa tortish nazariyasi ham asta-sekin takomillashib bordi. Soliqqa tortish nazariyasining ilk asoschisi shotlandiyalik iqtisodchi Adam Smitdir (1723-1790). U o‘zining “Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari” nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab berdi, soliqlarning davlat moliyasi tizimidagi ahamiyatini soliq to‘lovchilarga tushuntirib, ularni davlatga to‘lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.

Uchinchi bosqichning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda soliqlarning kamayishi hamda soliqlarni o‘rnatish va undirishga oid qonun-hujjatlarning kuchayishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jamiyatda moliya ilmining rivojlanishi bilan soliqqa tortish muammolari va uslubiyatlariga bag‘ishlangan yangi-yangi ilmiy-nazariy qarashlar vujudga keldi. Ammo hech qanday iqtisodiy maktab soliqlarning fiskal funktsiyasidan muhimroq qarashni ilgari sura olmadi. XIX asrning ikkinchi yarmida ko‘p mamlakatlar yangi ilmiy nazariyalarni hayotga tatbiq etishga uringanlar, lekin faqatgina birinchi jahon urushidan so‘ng yangi ilmiy qarashlarning samarasi o‘laroq soliq tamoyillari hozirgi mukammal ko‘rinishga ega bo‘lgan. Ayni shu vaqtda zamonaviy soliq tizimining poydevori qurila boshlandi, to‘g‘ri soliqlarning ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berildi hamda byudjet daromadlari ulushining katta qismini to‘ldiruvchi jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqlarni progressiv stavkalari joriy etildi. Shu bilan birga tan olish lozimki, shu vaqtgacha biror bir davlatda mukammal soliq tizimi amal qilmaydi. Hozirgacha iqtisodiyot ilmi soliqqa oid ko‘pdan-ko‘p savollarga javob topa olmayapti. Ammo rivojlangan mamlakatlarda doimo amalga oshiriladigan islohotlar shundan dalolat beradiki, barcha hatti-harakatlar soliqlarning adolatli, teng taqsimlangan hamda aholini ijtimoiy muhofaza qilish kabi unsurlarning rivojlanishiga katta ahamiyat berilgan.

1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət