Ana səhifə

Soliqlar va soliqqa tortish


Yüklə 1.88 Mb.
səhifə9/31
tarix26.06.2016
ölçüsü1.88 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31

Toshkent-2012



“Soliq nazariyasi” fanidan tarqatma materiallar
































9. GLOSSARIY 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


“Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi


Soliq nazariyasi” fanidan


GLOSSARIY

Kafedraning 2012 yil 1 iyundagi 19-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan.

Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri_________



prof. A.Jo’rayev

Tuzuvchilar:dots.v.b.G’.Safarov

k.o’q.N.Yakubova

k.o’q.M.Usmanova




Toshkent – 2012


asosiy ish joyi – ish beruvchi mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq xodimning mehnat daftarchasini yuritishi shart bo’lgan ish joyi;

asosiy faoliyat turi – yuridik shaxsning umumiy realizatsiya qilish hajmidagi tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyati;

byudjetdan ajratiladigan subsidiya – davlat tomonidan muayyan maqsadlar uchun byudjet hisobidan beriladigan pul mablag’lari;

grant – davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumatga qarashli tashkilotlar tomonidan, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan ro’yxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan O’zbekiston Respublikasiga, O’zbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga beg’araz asosda beriladigan mol-mulk, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasiga hamda O’zbekiston Respublikasi Hukumatiga beg’araz asosda beriladigan mol-mulk;

dividendlar – aktsiyalar bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan daromad; yuridik shaxs tomonidan uning muassislari o’rtasida (ishtirokchilari, a’zolari o’rtasida ularning ulushlari, paylari, hissalari bo’yicha) taqsimlanadigan sof foydaning bir qismi; yuridik shaxs tugatilganda mol-mulkni taqsimlashdan olingan, shuningdek muassis (ishtirokchi, a’zo) tomonidan yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini (payini, hissasini) olgandagi daromadlar, bundan muassis (ishtirokchi, a’zo) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida kiritgan mol-mulkning qiymati chegiriladi;

ijara (lizing) to’lovi – ijarachi (lizing oluvchi) tuzilgan ijara (lizing) shartnomasi asosida ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) to’laydigan summa;

ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizli daromadi – buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan ijara (lizing) to’lovi summasi bilan ijara (lizing) ob’ektining qiymatini qoplash summasi o’rtasidagi farq ko’rinishidagi ijara (lizing) to’lovining bir qismi;

insonparvarlik yordami – aholining ijtimoiy jihatdan nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam ko’rsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qo’llab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, falokatlar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun aniq maqsadli beg’araz ko’maklashish. Insonparvarlik yordami dori vositalari va tibbiy ahamiyatga molik buyumlar, xalq iste’moli tovarlari, boshqa tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar, transport va texnika, shuningdek ixtiyoriy ravishdagi xayr-ehsonlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar, shu jumladan insonparvarlik yordami yuklarini tashish, kuzatib borish va saqlash tariqasida beriladi hamda O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan vakolatli tashkilotlar orqali taqsimlanadi;

ishlarni (xizmatlarni) eksport qilish – ishlarni bajarish (xizmatlar ko’rsatish) joyidan qat’i nazar O’zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan chet davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish;

kredit tashkilotlari – tegishli litsenziyaga ega bo’lgan banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari;

kurs bo’yicha farq – milliy valyutaga nisbatan chet el valyutasi kursining o’zgarishi munosabati bilan chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiyalarda vujudga keladigan (ijobiy, salbiy) farq;

mol-mulk – egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish predmetlari bo’la oladigan moddiy ob’ektlar, shu jumladan pul mablag’lari va qimmatli qog’ozlar hamda nomoddiy ob’ektlar. Ob’ektlarni mol-mulk jumlasiga kiritish fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;

oila a’zolari – er (xotin), ota-onalar yoki farzandlikka oluvchilar va bolalar, shu jumladan farzandlikka olinganlar;

operativ ijara – moliyaviy ijara shartnomasi bo’lmagan mulkiy ijara (ijaraga berish) shartnomasi asosida mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanishga berish;

realizatsiya qilish – sotish, ayirboshlash, beg’araz berish maqsadida tovarlarni jo’natish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish, shuningdek garovga qo’yilgan tovarlarga bo’lgan mulk huquqini garovga qo’yuvchi tomonidan garovga oluvchiga topshirish. Hisobvaraq-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko’rsatilganligi to’g’risidagi dalolatnomalar, tovarlar jo’natilganligini (topshirilganligini), ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko’rsatilganligini tasdiqlovchi kvitantsiyalar, cheklar va boshqa hujjatlar realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlardir;

royalti – quyidagilar uchun har qanday turdagi to’lovlar:

fan, adabiyot va san’at asarlaridan, shu jumladan elektron-hisoblash mashinalari uchun dasturlar, audiovizual asarlardan hamda turdosh huquqlar ob’ektlaridan, jumladan ijrolar va fonogrammalardan foydalanganlik yoxud ulardan foydalanish huquqini berganlik uchun;



sanoat mulki ob’ektiga, savdo markasiga, dizayn yoki modelga, rejaga, maxfiy formula yoki jarayonga bo’lgan huquqni tasdiqlovchi patentdan (guvohnomadan) yoxud sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli axborotdan (nou-xaudan) foydalanganlik uchun;

savdo faoliyati – qayta sotish maqsadida olingan tovarlarni sotishga doir faoliyat;

soliq solishning soddalashtirilgan tartibi – soliq solishning ayrim toifadagi soliq to’lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va to’lashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari qo’llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi;

soliq qarzi – soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha qarz summasi, shu jumladan ushbu Kodeksda belgilangan muddatida to’lanmagan moliyaviy sanktsiyalar;

sof tushum – tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxida hisobga olinadigan qo’shilgan qiymat solig’ini hamda aktsiz solig’i summalarini kiritmagan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum;

sof foyda – soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langanidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foyda;

tannarx – mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatishda foydalaniladigan moddiy resurslarning, asosiy fondlarning, mehnat resurslarining, shuningdek tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan boshqa turdagi xarajatlarning qiymat bahosi. Tannarx buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi;

tovar oboroti – muayyan davr ichida savdo faoliyatini amalga oshirish chog’ida tovarlarni sotishdan olingan (olinishi lozim bo’lgan), pulda ifodalangan mablag’lar;

tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum – realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun olingan (olinishi lozim bo’lgan) mablag’lar summasi, shu jumladan realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to’lash yoki qarzni uzish hisobiga tushadigan mol-mulk qiymati;

tovarlarni eksport qilish – O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tovarlarni, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, qayta olib kirish majburiyatisiz olib chiqish;

to’lov manbai – soliq to’lovchiga to’lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;

umidsiz qarz – sud qaroriga binoan majburiyatlarning tugatilishi, qarzdorning bankrotligi, tugatilishi yoki vafot etishi oqibatida yoxud da’vo qilish muddati o’tishi oqibatida uzish mumkin bo’lmagan qarz;

favqulodda holatlar – taraflarning xohish-irodasi va harakatlariga bog’liq bo’lmagan, tabiat hodisalari (zilzila, ko’chkilar, bo’ron, qurg’oqchilik va boshqalar), boshqa tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holati, qamal holati, davlat manfaatlarini ko’zlab importni hamda eksportni taqiqlash va boshqalar) keltirib chiqargan muayyan sharoitlardagi favqulodda, oldini olib bo’lmaydigan va kutilmagan holatlar bo’lib, qabul qilingan majburiyatlar shular tufayli bajarila olmaydi;

foizlar – har qanday turdagi qarz talablaridan olingan daromad, shu jumladan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar, shuningdek depozit qo’yilmalar va boshqa qarz majburiyatlaridan olingan daromad;

yutuq – lotereyalar, o’yinlar, tanlovlar, musobaqalar (olimpiadalar), festivallar va shu kabi boshqa tadbirlarda olingan, natura holida yoki pulda ifodalangan to’lovlar, sovrinlar va boshqa daromadlar;

yaqin qarindoshlar – er, xotin, ota-ona, bolalar, tug’ishgan hamda o’gay aka-uka va opa-singillar, bobolar, buvilar, nevaralar;

O’zbekiston Respublikasi soliq to’lovchilarining yagona reestri – soliq to’lovchilarga oid davlat ma’lumotlar bazasi tizimi;

qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallar – buyurtmachiga tegishli xom ashyo va materiallar bo’lib, buyurtmachi ularni mahsulot ishlab chiqarish uchun boshqa shaxsga sanoat asosida qayta ishlashga beradi hamda tuzilgan shartnomaga muvofiq mahsulot keyinchalik buyurtmachiga qaytariladi;

hujjat bilan tasdiqlangan xarajatlar – operatsiya sanasini, summasini, xususiyatini aniqlash va uning ishtirokchilarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar.

regressiv solikka tortish – solik asosi (bazasi)ning usib borishi bilan solik stavkasining pasayishini takoza etadi. Solik undirish ogirligi daromadga teskari proportsionaldir: daromad kancha kam bulsa, solik tulovchi uchun solikning ogirligi shuncha ogirdir. Xozirgi paytda kushilgan kiymat soligining joriy etilishi bilan egri

(bilvosita) soliklarning regressivligi kuchayib bormokda.



real solik – solik tulovchilarining ayrim mulklarini solikka tortiladigan tugri soliklardan iboratdir.

proportsional solik – solik shaklida olinishi mumkin bulgan summa solikka tortish bazasining ulchamiga (mikdoriga, xajmiaga) proportsionaldir. Bu solik yagona stavkali soliklar jumlasiga kiradi.

proportsional solikka tortish – solikning stavkasi solik tulovchi daromadlarning xajmiga boglik bulmagan xolda uning daromaliga nisbatanfoizda urnatiladi.

progressiv solikka tortish – solikka tortilgan summaning usishiga mos ravishda solik stavkasi xam ortadigan solikka tortish tizimi. Ular kuyidagi shakllarda mavjud buladi: 1) oddiy progressiya –daromadlariningbarcha summasi uchun solikning stavkasi daromadning usishiga muvofik usadi (ortadi); 2) murakkab progressiya – daromad kismlarga bulinadi va ularning xar biri uz stavkasi buyicha solikka tortiladi. Daromadning xar bir keyingi kismi uchun solikning stavkasi oldingisiga nisbatan yukorirok buladi.

solik ogirligi (yuki, «zulmi») – davlat va jamiyat xayotida soliklarning rolini xarakterlab (kursatib) beradigan eng umumlashgan kursatgich. Ishlab chikarishning umumiy xajmi va daromadlarda solik ajratmalarining salmogini (xissasini) kursatuvchi, bozor iktisodiyotining amalga oshirilayotgan modelidan kelib chikadigan ulcham. Solik yigimlarining jami milliy maxsulotga nisbati bilan aniklanadi.

10. REFERAT MAVZULARI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət