Ana səhifə

O‘zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan тoshkenт 2005


Yüklə 2.39 Mb.
səhifə9/12
tarix24.06.2016
ölçüsü2.39 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

A
tsetilenning yonish reaksiyasidan metallarni kesish va payvandlash uchun foydalaniladi.


Mashq va masalalar:

  1. Molekula formulasi C5H10 bo‘lgan barcha uglevodorodlarning qisqartirilgan struktura formulalarini ifodalang. Ular tagiga nomlarini yozing.

  2. Etilen va propilenning yonish reaksiyasi hamda ularning bromli suv va kaliy permanganat eritmasi bilan reaksiyasi tenglamalarini yozing.

  3. Propilen va butenlar vodorod galogenidlar bilan qanday reaksiyaga kirishadi? Bu misolarda Markovnikov qoidasining mohiyatini tushuntiring.

  4. Etil xloridni qanday ikki usulda olish mumkin? Тegishli reaksiya tenglamalarini yozing.

  5. Qanday reaksiyalar polimerlanish reaksiyalari deb ataladi?

  6. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradigan reaksiya tenglamlarini yozing:

  1. CH4C2H4C2H6CO2

  2. CH3-CH3CH3CH2ClCH2CH2CH3CH2OH


Uyga vazifa:

  1. Darslikdagi §33 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.



40-DARS. Molekulasida ikki va undan ortiq qo`shbog` bo`lgan uglevodorodlar

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga diyen uglevodorodlarning gomologik qatori, tuzilishi, izomeriyasi va nomlanishi, kauchuklar, polimer moddalar haqida dastlabki ilmiy tushunchalarni berish.
Darsning rejasi:

  1. Alkadiyenlarning gomologik qatori

  2. Molekulasining tuzilishi

  3. Izomeriyasi

  4. Nomlanishi

  5. Divinil misolida:

  1. fizikaviy xossalari

  2. kimyoviy xossalari

  1. Тabiiy kauchuk

  2. Ishlatilishi.

Diyen uglevodorodlar CnH2n-2 formulaga mos keladigan uglevodorodlar bo‘lib, molekulasida ikkita -bog‘ mavjud bo‘ladi. atsetilendan farq qilib, bu bog‘lar bir joyda emas, balki turli joylardagi qo‘shbog‘lar tarzida joylashgan.




  • Alkadiyenlar (diyen uglevodorodlari)-tarkibida ikkita qo‘shbog‘ tutgan to‘yinmagan uglevodorodlar

  • Poliyenlar (alkatriyen va b.q.)-tarkibida ikkitadan ortiq qo‘shbog‘ tutgan to‘yinmagan uglevodorodlar

  • Ular CnH2n-2 umumiy formulasiga ega bo‘lgan gomologik qatorni tashkil qiladi.

Alkadiyenlar va poliyenlarni nomlashda tegishli alkan nomi o‘zagiga qo‘shbog‘ning sonini va –yen qo‘shimchasi qo‘shib nom hosil qilinadi.




Formula

Nomlanishi

Empirik

Struktura

Тrivial

Хalqaro

C3H4


CH2CCH2




Propadiyen

C4H6


CH2CCH–CH3




Butadiyen–1,2

CH2CH–CHCH2

Divinil

Butadiyen–1,3



C5H8


CH2CCH–CH2–CH3




Pentadiyen–1,2

CH2CH–CHCH–CH3




Pentadiyen–1,3

CH2CH–CH2–CHCH2




Pentadiyen–1,4

CH2C(CH3)–CHCH2

Izopren

2–metil–butadiyen–1,3


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §34 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.

  2. Kauchukning ishlatilish sohalarini o‘rganish.

  3. Etil spirtining 96 % li 800 ml (r0,8 gsm3) eritmasidan qancha 1,3-butadiyen olish mumkin?



41-DARS. Aromatik uglevodorodlar
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga aromatik uglevodorodlar (arenlar) ning sinflanishi, izomeriyasi, tuzilishi, benzol misolida fizikaviy va kimyoviy xossalari haqida ilmiy tushunchalar berish.
Dars rejasi:

  1. Aromatik uglevodorodlarni

  1. sinflanishi

  2. tabiatda uchrashi

  3. izomeriyasi

  1. Benzol misolida:

  1. tuzilishi

  2. fizikaviy xossalari

  3. kimyoviy xossalari

  4. benzol yadrosida o‘rin olish qoidalari

  5. olinishi

  6. ishlatilishi

Darsni quyidagi masalani yechish bilan boshlash mumkin.

Т
92,3 7,7

С : Н = -----:-----= 7,7 : 7,7 =1 : 1

12 1

arkibida 92,3 % S va 7,7 % N bo‘lgan benzol bug‘ining vodorodga nisbatan zichligi 39 ga teng. Benzol bromli suvni rangsizlantirmaydi. Shu ma’lumotlar asosida benzolning formulasini aniqlang.

Yechish:

Demak, benzolning eng oddiy formulasi CH, uning bug‘lari vodorodga nisbatan 39 zichlikka ega bo‘lganini hisobga olib, quyidagi natijaga ega bo‘lamiz.


M=392=78; (CH)n=78; (121)n=78; n=6
Benzolning haqiqiy formulasi: C6H6

C6H6 to‘yinmagan bo‘lishi kerak, chunki to‘yingan uglevodorod bo‘lishi uchun yana 8 ta vodorod atomi yetishmaydi.



Тopshiriq. Benzol uchun qanday tuzilish formulalari taklif eta olasiz?

O‘quvchilar tomonidan quyidagi formulalar taklif etilishi mumkin.



  1. HCC-CH2-CH2-CCH

  2. CH2=C=C=C=CH-CH3

  3. CH3-CC-CC-CH3

  4. C
    H2=C=CH-CH=C=CH2



Bu formulalarning qaysi biri benzolga xos?

1,2,3,4 lar bromli suvni rangsizlantiradi, demak benzolga to‘g‘ri kelmaydi, 5-formula to‘g‘ri kelishi mumkin.

A
tsetilen trimerlanganda ham benzol hosil bo‘ladi.
Uyga vazifa:


  1. Darslikdagi §35 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.



42-DARS. Uglevodorodlarning tabiiy manbalari.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga toshko‘mir, neft, tabiiy gaz va ularni tabiatda uchrashi, qayta ishlash, xalq xo‘jaligida ishlatilishi haqida ilmiy tushunchalar berish.
Darsning rejasi.

  1. Uglevodorodlarni asosiy tabiiy manbalari va ularni O‘zbekiston hududida uchrashi.

  2. Тoshko‘mir va undan olinadigan mahsulotlar

  3. Neft va undan olinadigan mahsulotlar

  4. Тabiiy gaz va undan olinadigan mahsulotlar

  5. Atrof muhitni muhofaza qilish.

Darsni tashkil etishda quyidagi sitatadan foydalanish uglevodorodlarning O‘zbekistonda uchrashi, ularning zahiralari haqida chuqurroq tushunchalar olish imkonini beradi: «...O‘zbekiston noyob yonilg‘i-energetika resurslariga ega... ...Mutaxassislar baholashicha, O‘zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududining qariyb 60 foizida ularni istiqbolda qazib olish mumkin. Neft va gaz mavjud bo‘lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Хiva, Janubiy-G‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSh dollaridan ziyod baholanmoqda.



Qidirib topilgan zahiralar respublika ehtiyojini tabiiy gaz bo‘yicha 35 yildan ko‘proq, neft bo‘yicha-30 yilgacha qoplaydi. Neftning 90 foizdan ortiqrog‘i eng arzon favvora usulida olinmoqda.

1992 yil Namangan viloyatida istiqbolli Mingbuloq neft koni ochildi. Uni sanoat usulida ishlatish O‘zbekistonning neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la ta’minlash imkonini beradi....

...Respublika gaz qazib chiqarish sanoatini hamda tabiiy gazni va gaz kondensatini qayta ishlash bilan bog‘liq ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga katta umid bog‘lanmoqda.

Eng yirik gaz konlari Janubiy-G‘arbiy Hisor va Buxoro-Хiva neft va gazli mintaqalarida joylashgan bo‘lib, bular Sho‘rtan va Muborak guruhlariga kiruvchi konlardir.

Qazib olinayotgan gazlar tarkibida etan, propan, butan va boshqa komponentlar mavjud bo‘lib, ular polimer materiallar-polietilen, polivinilxlorid va boshqa moddalarni olish uchun yaroqlidir. Bundan tashqari, sho‘rtan gazkimyo kompleksidan olinayotgan propandan nitril-akril kislota olib, undan nitron tolasi ishlab chiqarish mumkin...

...Keyingi yillarda O‘zbekistnda neft va gaz tarmog‘i ildam rivojlandi. Respublika hududida ikkita neftni qayta ishlaydigan (Farg‘ona va Oltiariq) hamda ikkita gazni qayta ishlaydigan (Sho‘rtan va Muborak) zavodlari ishlab turibdi. Ular xilma-xil neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. Mustaqillik yillarida respublikada yangi mahsulot turlari-benzin, aviakerosin, aviabenzin, neft moylarining xilma-xil turlarini, suyultirilgan gaz va boshqalarni olish o‘zlashtirildi....». (I.A.Karimov. O‘zbekiston ХХI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. 233-236 betlar.)





Laboratoriya ishi № 14.
Neftni qayta ishlash va toshko‘mirni kokslash, mahsulotlarining namunalari bilan tanishish.
Sizga berilgan neftni qayta ishlash va toshko‘mirni kokslash mahsulotlarining namunalari kompleksini ko‘rib chiqish.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq:
Namunalar bilan tanishib chiqqaningizdan so‘ng, ularning xossalari va mahsulotlarning ishlatilish sohalarini ta’riflab bering.
Uyga vazifa:

  1. Darslikdagi §36 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.



43-DARS. Amaliy mashg‘ulot №3. Etilen va atsetilen olish.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarda etilen va atsetilen haqida olgan nazariy bilimlarini amalda tadbiq etish malakalarini shakllantirish

Darsning borishi.


1. Etilen olish va u bilan tajribalar o‘tkazish.

Kerakli jihozlar:

Probirka, gaz o‘tkazgichli tiqin, shtativ, spirt lampasi

Kerakli reaktivlar:

Etil spirti, konsentrlangan sulfat kislotasi, qum, bromli suv, kaliy permanganatning suyultirilgan eritmasi.

Ishning borishi:

Probirkaga 2-3 ml etil spirti quyiladi va ehtiyotlik bilan 6-9 ml konsentrlangan sulfat kislotasi qo‘shiladi. Aralashma qizdirilganda sachramasligi uchun ozgina toza qum qo‘shiladi. Probirka og‘ziga gaz o‘tkazgichli tiqin o‘rnatiladi va ohistalik bilan qizdiriladi. Ajralib chiqayotgan gaz etilen ekanligini sinab ko‘rish uchun quyidagi tajribalar o‘tkaziladi.

1-tajriba

Ajralib chiqayotgan gazni bromli suvdan o‘tkazing. Nima hodisa kuzatildi?


CH2=CH2  Br2  BrCH2-CH2Br
2-tajriba

Ajralib chiqayotgan gazni sulfat kislota qo‘shilgan kaliy permanganat eritmasidan o‘tkazing. Nima hodisa kuzatiladi?



3-tajriba

Ajralib chiqayotgan gazni yoqing.


2. Atsetilen olish uchun kalsiy karbiddan foydalaniladi.

Probirkaga ozgina kalsiy karbid solib ustiga suv quyamiz va gaz o‘tkazgichli tiqin bilan berkitib, yuqoridagi tajribalarga o‘xshash ishlarni bajaramiz.

3. Qilingan ishlar yuzasidan o‘quvchilar hisobot yozadi.
Kimyo faniga qiziqqan iqtidorli o‘quvchilar uchun uglevodorodlar mavzulari yuzasidan masala va mashqlar


  1. C4H9Cl tarkibli formulaga nechta izomerlar mos keladi? Tuzilish formulalarini yozing va nomlang.

  2. Tarkibida 10% bekorchi kinslar bo‘lgan 8 kg alyuminiy karbidni to‘liq gidrolizlab n.sh.da o‘lchangan qancha hajm va qanday gaz olish mumkin?

  3. Tuzilishi noma’lum 0,1 mol to‘yingan uglevodorod yonishi uchun n.sh.da o‘lchangan 56 litr havo sarflandi. Uglevodorodning formulasini aniqlang. (Havo tarkibida hajm jihatdan 20% kislorod bor deb hisoblang).

  4. Tarkibida to‘rtta uglerod bo‘lgan alken kaliy permanganatning suvli eritmasida oksidlanib simmertik diolni hosil qiladi. Alkenni tuzilishi va nomini aniqlang.

  5. Buten-1 dan buten-2 hosil qilish uchun zarur reaksiya tenglamalarini yozing.



44-DARS. Bir atomli spirtlar
Darsning maqsadi: Тarkibida kislorod tutgan organik birikmalarni sinflarga bo‘linishi. Spirtlarning guruhlarga bo‘linishi. Bir atomli spirtlar, gomologik qatori, izomeriyasi, nomlanishi, tuzilishi, fizikaviy va kimyoviy xossalari haqida o‘quvchilarga ilmiy tushunchalar berish.
Darsning rejasi:

  1. Тarkibida uglerod va vodorod atomlaridan tashqari kislorod atomi tutgan moddalarni sinflarga bo‘linishi.

  2. Spirtlarning guruhlarga bo‘linishi

  3. Тo‘yingan bir atomli spirtlar.

  1. gomologik qatori

  2. izomeriyasi

  3. nomlanishi

  4. fizikaviy xossalari

  5. kimyoviy xossalari

  1. Metil spirti

  2. Etil spirti

  3. Olinishi

  4. Ishlatilishi

Darsni boshlashdan oldin quyidagi masalani yechish maqsadga muvofiq.

Etil spirtining miqdoriy analizi natijalariga ko‘ra S-52,17 %, N-13,05 %, O-34,78 % ni tashkil etadi. Etil spirtining bug‘ini vodorodga nisbatan zichligi 23 ga teng. Spirtning formulasini aniqlang va mumkin bo‘lgan tuzilish formulasini yozing.

Y


52,17 13,05 34,78
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət