Ana səhifə

O‘zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan тoshkenт 2005


Yüklə 2.39 Mb.
səhifə7/12
tarix24.06.2016
ölçüsü2.39 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Ikki va uch valentli temir tuzlarini bilib olish.





  1. Probirkaga yangi tayyorlangan FeSO4 eritmasidan 3-5 tomchi quying va uning ustiga qizil kon tuzi K3[Fe(CN)6] eritmasidan bir necha tomchi qo‘shing. Тurnbul zangori cho‘kmasi Fe3[Fe(CN)6]2 hosil bo‘lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiya eritmada Fe2 ioni borligini bilib olish uchun sifat reaksiya xisoblanadi.

  2. a) Probirkaga temir (III)-xlorid eritmasidan 2-3 tomchi quying va ustiga sariq qon tuzi K4[Fe(CN)6] eritmasidan bir tomchi tomizing. Berlin lazuri cho‘kmasi Fe4[Fe(CN)6]3 hosil bo‘lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli ko‘rinishda yozing. b) Probirkaga FeCl3 eritmasidan 5-6 tomchi 0,01 m kaliy yoki ammoniy rodanid eritmasidan tomizing. Eritma temir (III)-rodanid Fe(SCN)3 hosil bo‘lganligi tufayli to‘q qizil tusga bo‘yaladi. Reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli ko‘rinishda yozing.

  3. a) va b) reaksiyalar Fe3 ioni uchun sifat reaksiyasi hisoblanadi.


Topshiriq:


  1. Sodir bo‘lgan hodisalarni izohlang.

  2. Тegishli reaksiya tenglamalarini yozing.


Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar


  1. Temirdan foydalanib qanday qilib temir (II)-gidroksid va temir (III)-gidroksid olish mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing.

  2. 14 g temirni suyultirilgan sul’fat kislotada eritish yo‘li bilan qancha temir kuporosi olish mumkin?

  3. 48 t temir (III)-oksidni to‘liq qaytarish uchun n.sh.da o‘lchangan qancha hajm uglerod (II)-oksid kerak?

  4. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur reaksiya tenglamalarini yozing:

    1. FeSO4  Fe(OH)2  FeO  Fe  FeCl3  Fe(OH)3  Fe2(SO4)3

    2. Fe2O3  Fe  FeSO4  Fe(OH)2  ?  Fe  Fe(OH)3

    3. FeSO4  Fe2(SO4)3  Fe(OH)3  Fe2O3  Fe  FeSO4



Uyga vazifa:

  1. Darslik va qo‘shimcha adabiyotlardan foydalangan holda temir va temir birikmalarining ishlatilishini aks ettiruvchi sxema tayyorlang.

  2. §26 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.


33-DARS. O`zbekistonda metallurgiya. Cho`yan va po`lat ishlab chiqarish
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga O‘zbekistonda joylashgan metallurgiya korxonalari, ularning xom ashyolari va mahsulotlari haqida, shuningdek cho‘yan va po‘latning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, sanoatda olinish yo‘llarini tushuntirish.
Darsning rejasi:

  1. O‘zbekistonda metallurgiya

  2. Cho‘yan. Тarkibi va olinishi.

  3. Po‘lat. Тarkibi va olinishi.




  1. O‘zbekistonda metallurgiya.

  1. Metallarni sanoatda ishlab chiqarish metallurgiya deyiladi.






  1. Markaziy Qizilqumda oltin qazib olinadi.

Muruntov konidan olinadigan tuproqdan dunyoda eng sifatli oltin ajratib olinadi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston-Amerika «Zarafshon-Nyumont» qo‘shma korxonasida «Nyumont Mayning Korporeyshn» kompaniyasi bilan hamkorlikda eng yangi texnologiyalar bilan oltin olishni yo‘lga qo‘yilgan.


  1. Kalmokir konidan olinadigan rangli metallar rudasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qayta ishlanib, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram kabi metallar ajratib olinadi.




  1. Bekobod metallurgiya kombinati asosan po‘lat ishlab chiqarishga ixtisoslashgan O‘zbekistonda eng katta sanoat ob’ektlaridandir.



  • Cho‘yan-tarkibida 2,14 % dan ko‘p uglerod tutgan temir va uglerod qotishmasi

  • Po‘lat-tarkibida 2,14 % dan kam uglerod tutgan temir va uglerod qotishmasi




  • Quyma cho‘yan kulrang bo‘lib, undagi uglerod grafit shaklida mavjud bo‘ladi. Undan trubalar, o‘zaklar, ko‘priklar uchun panjaralar, mashina qismlari, kimyoviy uskunalar tayyorlanadi.

  • Тo‘yingan cho‘yan oq rangli bo‘lib, undagi uglerod temir karbidi shaklida bo‘ladi. Undan po‘lat olishda foydalaniladi.


Cho‘yanning olinishi. Cho‘yan tarkibi asosan temir oksidlaridan iborat bo‘lgan temir rudalaridan domna pechlarida–domnalarda suyuqlantirib olinadi. Domna pechlari o‘tga chidamli g‘ishtlardan qurilgan, balandligi 27–31 ml gacha bo‘ladigan minoralardir. Domnaning yuqori qismidan temir rudasi, koks–C, flyus–ohaktosh va qum aralashmasi beriladi. Domnaning pastki qismidan furmalar–maxsus teshiklar orqali 600–800°C gacha qizdirilgan havo purkaladi. Ko‘pincha havo bilan toza kislorod ham purkaladi (kislorodli purkama). Koksning yonishidan domnada yuqori harorat hosil qilinadi. Kislorodli purkama haroratning ko‘tarilishiga va cho‘yan suyuqlantirishni tezlashishini ta’minlaydi. Domnada koks harorat va qaytaruvchi vazifasini bajaruvchi SO manbasi bo‘lib xizmat qiladi.

Domnada quyidagi jarayonlar yuz beradi:



  1. koksning bir qismi yonib, CO2 hosil qiladi

C  O2  CO2




  1. yuqori haroratda CO2 koks bilan ta’sirlashib, CO ga aylanadi

CO2  C  2CO




  1. CO temir rudasini erkin temirgacha qaytaradi

3Fe2O3  CO  2Fe3O4  CO2

Fe3O4  CO  3FeO  CO2

FeO  CO  Fe  CO2




  1. rudadagi qo‘shimchalar flyus bilan oson suyuqlanuvchan, yengil moddalar–shlak hosil qiladi

CaCO3  CaO  CO2

CaO  SiO2  CaSiO3
Rudadan qaytarish natijasida olingan g‘ovak temir CO, koks uglerodi, kremniy, marganes, fosfor, oltingugurt bilan ta’sirlashib, suyuq cho‘yan hosil bo‘ladi. Cho‘yan va shlak domnaning quyi qismi–gornga oqadi. Gornda ikki suyuq qatlam–yuqorida shlak, pastda cho‘yan qatlami hosil qiladi. Shlak qatlami cho‘yanni oksidlanishdan himoya qiladi. Cho‘yan va shlak davriy ravishda mahsus tirqishlar orqali domna pechidan chiqarib turiladi.

Domna pechi 10 yilgacha uzluksiz ishlatiladi. So‘ngra pech ta’mirlanadi. Domna pechida sutkasiga 10000 t atrofida cho‘yan olish mumkin. Keyingi yillarda domnaga kislorod bilan tabiiy gaz ham purkash yo‘lga qo‘yildi. Тabiiy gaz tarkibidagi metan yonib, karbonat angidrid va suv bug‘larini hosil qiladi, ular esa cho‘g‘langan ko‘mir bilan ta’sirlashadi, natijada domna gazi is gazi va vodorod–kuchli qaytaruvchilar bilan boyiydi:


CH4  2O2  CO2  2H2O
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət