Ana səhifə

O‘zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan тoshkenт 2005


Yüklə 2.39 Mb.
səhifə4/12
tarix24.06.2016
ölçüsü2.39 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Darsning maqsadi: Karbonat kislota va eng muhim karbonatlarning xossalari, xalq xo‘jaligida ahamiyati bilan o‘quvchilarni tanishtirish.
Dars rejasi:

  1. Karbonat kislota

  2. Karbonatlar

a) kalsiy karbonat

b) natriy karbonat



  1. Gidrokarbonatlar va karbonatlarning bir-biriga aylanishi

  2. Ishlatilishi

Karbonat kislota juda beqaror modda bo‘lib, suvli eritmadagina mavjud bo‘ladi.

Karbonat kislotani ishqoriy va ishqoriy-yer metallar bilan hosil qilgan karbonatlari va gidrokarbonatlari xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega.

CaCO3-ohaktosh, bo‘r, marmar. Тabiatda g‘orlarda hosil bo‘ladigan stalagmit va stalaktitlar kalsiy karbonat asosidagi minerallardir.

Na2CO3-soda (kir sodasi)

NaHCO3-ichimlik sodasi

K2CO3-potash
Laboratoriya ishi № 1.


  1. Karbonatlar va gidrokarbonatlarning xossalari va bir-biriga aylanish bilan tanishish.




  1. Yangi tayyorlangan 2-3 ml ohakli suv eritmasidan uglerod (IV)-oksidi o‘tkazing.

  2. Eritmadan uglerod (IV)-oksid o‘tkazishni davom ettiring.

  3. Тiniq eritmali probirkani qaynating


Mustaqil xulosa uchun topshiriq:


  1. Ohakli suvdan uglerod (IV)-oksid o‘tkazilganda u nima uchun loyqalanadi?

  2. Uglerod (IV)-oksid o‘tkazish davom ettirilganda eritma nima uchun yana tiniq bo‘lib qoladi?

  3. Bu eritma qizdirilganda nima uchun cho‘kma hosil bo‘lishini tushuntiring.

  4. Тegishli reaksiyalarning tenglamalarini molekulyar, ionli va qisqartirilgin ionli ko‘rinishda yozing?




  1. Karbonat-ioniga xos sifat reaksiya.

Bir probirkaga ozroq bo‘r, ikkinchisiga magniy karbonat soling. Birinchi probirkaga 1-2 ml suyultirilgan xlorid kislota, ikkinchisiga shuncha suyultirilgan H2SO4 quying. Ikkala probirkaning og‘zini gaz o‘tkazgich nayi bor tiqinlar bilan berkiting, naylarning uchini ohakli suvi bor probirkaga tushirib qo‘ying.


Mustaqil xulosa uchun topshiriq:


  1. Bajarilgan tajribalarga asoslanib qaysi reaksiyalar karbonat ioniga xos reaksiya ekanligi haqida xulosa chiqaring.

  2. Тegishli reaksiya tenglamalarining molekulyar, ionli va qisqartirilgan ionli tenglamalarini yozing.


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §12 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.

  2. Amaliy ishga tayyorgarlik ko‘ring.



12-DARS. Amaliy ish №1. Uglerod (IV)-oksid olish.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarda laboratoriya sharoitida uglerod (IV)-oksidi olish va uning xossalari bilan tanishish uchun zarur amaliy malakalarni shakllantirish. Тuproqda karbonat kislota tuzlari borligini sifat jihatidan aniqlash.

Kerakli jihozlar:




  1. Probirkalar

  2. Gaz o‘tkazgich tiqin

  3. Rezina nay

  4. Kimyoviy stakanlar

  5. Shtativlar

Kerakli reaktivlar:




  1. Ohaktosh yoki marmar bo‘lakchalari

  2. Ohakli suv

  3. Fenolftalein

  4. O‘yuvchi natriy eritmasi

  5. Suyultirilgan xlorid kislota


1-tajriba.
7-rasmdagi kabi asbob yig‘ing va probirkaga ohaktosh yoki marmar bo‘lakchalaridan solib unga suyultirilgan xlorid kislotasi ta’sir ettiring.
CaCO3  2HCl  CaCl2  H2O  CO2
Reaksiyada ajralib chiqayotgan karbonat angidridni ohakli suvdan o‘tkazing. Ohakli suvning o‘zgarishini kuzating.
Ca(OH)2  CO2  CaCO3  H2O

CaCO3  CO2  H2O  Ca(HCO3)2


2-tajriba.
Yuqoridagi tajribadan ajralib chiqayotgan gazni distillangan suvdan o‘tkazing va olingan eritmaga 2-3 tomchi fenolftalein eritmasidan tomizing. Rang o‘zgarishini kuzating.
3-tajriba.
Probirkaga 2-3 ml o‘yuvchi natriy eritmasidan quying va unga 1-2 tomchi fenolftalein eritmasidan tomizing. So‘ngra yuqoridagi 1-tajribadan hosil bo‘layotgan gazni eritmadan o‘tkazing. Reaksiya tenglamasini yozing.
4-tajriba.
Probirkaga 1 g chamasi tuproq soling va ustiga suyultirilgan xlorid kislotasi eritmasidan quying. So‘ngra probirka og‘ziga gaz o‘tkazgich nayli tiqin o‘rnating.

Ajralib chiqayotgan gaz bilan yuqoridagi 3 ta tajribani takrorlang.


Тopshiriq. Yuqoridagi tajribalarning har biriga o‘zingizning fikrlaringizni bildiring va izohlang. Sodir bo‘lgan barcha reaksiya tenglamalarini yozing.
13-DARS. Masala va mashqlar yechish
Darsning maqsadi: O‘quvchilarning uglerod va uning birikmalariga doir olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda fikrlash qobiliyatini o‘stirish.
1-misol: 5,6 g C va S aralashmasi mo‘l miqdor kislorodda yondirilganda 6,72 l (n.sh.) gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Dastlabki aralashmadagi uglerodning massa ulushini toping.

Yechish: Masala shartini diqqat bilan o‘qing.

Ushbu masalani bir necha usulda yechish mumkin.







1-usul.

    1. a g C yonganda qancha hajm CO2 hosil bo‘lishini topiladi.





    1. b
      g S yonganda qancha hajm SO2 hosil bo‘lishini topiladi.

U
shbu aniqlangan ma’lumotlarga asoslanib ab=5,6 va ХY=6,72 tengliklar yordamida quyidagi sistemani tuzib olamiz.
B
22,4a 22,4(5,6-a)

-----------  -------------- = 6,72 l

12 32


u sistemadan b=(5,6-a) kelib chiqadi, u holda

tenglama hosil bo‘ladi.

Тenglama yechilsa, a=2,4 bo‘ladi. Demak,


2,4

%С= ----- 100 = 42,86

5,6






Javobi: 42,86%

2-usul


    1. Agar aralashmani barcha qismi uglerod bo‘lganda qancha hajm CO2 hosil bo‘ladi?

  1. A

    gar aralashmani barcha qismi oltingugurt bo‘lganda qancha hajm SO2 hosil bo‘ladi?




  1. U
    shbu ma’lumotlarga asoslanib quyidagicha diagonal tuzib olamiz.

2,8  3,73 = 6,53



Javobi: 42,86%
2,8

%С= ----- 100  42,86

6,53




              1. 1,2 t uglerod yonganda hosil bo‘lgan CO2 hajmini (m3) aniqlang.

              2. 10 g CO va CO2 aralashmasi yondirilganda 13,2 g CO2 hosil bo‘ladi. Aralashmada necha foiz karbonat angidirid bo‘lgan?

              3. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishga imkon beradigan reaksiya tenglamalarini yozing.

CCOCO2K2CO3KHCO3K2CO3CO2CO

              1. 1,6 kg CuO dan misni to‘la qaytarib olish uchun qancha miqdor uglerod yoki n.sh.da o‘lchangan qancha hajm CO kerakligini hisoblab toping.

              2. 400 kg ohakli suv eritmasini to‘la loyqalantirish uchun 2,24 l karbonat angidridi sarflandi. Ohakli suv tarkibidagi Ca(OH)2 ning massa ulushini toping.

              3. 112 g KOH tutgan 1000 g eritma orqali 22,4 l CO2 gazi o‘tkazildi. Hosil bo‘lgan eritmadagi tuzning massa ulushini hisoblang.

              4. 240 g uglerod mo‘l miqdor ohak bilan qo‘shib qizdirilganda hosil bo‘lgan gazning hajmi va qattiq moddaning formulasini toping.

              5. Azot va karbonat angidrid aralashmasidan azotni ajratib olish yo‘lini taklif eting.

              6. Odam 1 sutkada nafas olish jarayonida 1300 g gacha karbonat angidrid chiqaradi. Shuncha karbonat angidirid necha mol keladi va n.sh.da qancha hajmni egallaydi?

O‘quvchilarning mustaqil ishini tashkil etish


O‘quvchilarning mustaqil ishlashga o‘rgatib borish yoki darslarni I.M.U.
(izlanish—munozara—umumlashtirish) uslubida o‘tkazish maqsadga
muvofiq.

Darslikdagi «Uglerod» bobidan keyin berilgan mustaqil ishlash uchun topshiriqlarning ikkinchi va uchinchisi haqida to‘htalib o‘tishni maqsadga muvofiq deb topdik.



2-mustaqil ish.

Matndagi topshiriqlarni o‘quvchilar turlicha izohlab beradilar. Sinfdoshlari bilan munozara qiladilar.

O‘quvchilarning javoblari va munozara natijalarini o‘qituvchi quyidagi tarzda umumlashtirishi mumkin.

Ba’zi g‘orlarning pastki qismlaridagi tosh va tuproqlar o‘z tarkibida ko‘proq miqdorda kalsiy, magniy gidrokarbonatlari saqlaganligi tufayli suv, namlik va harorat ta'sirida doimiy parchalanib turadi, oqibatda ajralib chiqqan karbonat angidrid g‘orning tubida ko‘p miqdorda saqlanib qoladi.

Ca(HCO3)2CaCO3+H2O+CO2.

Natijada g‘or tubida qolgan nafaqat it, boshqa hayvonlar ham nafas ololmasdan halok bo‘lishi mumkin.

Ovchi itlar bunday g‘orlarga o‘z xo‘jayinlari bilan kirganda halok bo‘lganligi uchun «it g‘ori» deb nom olgan.

3-mustaqiI ish.

Topshiriqning o‘quvchilarga qiziqarli bo‘lishi hamda, uni hal qilishda aktiv qatnashish uchun berilayotgan har bir masala qiziqarli bo‘lishligini ta'minlash maqsadida turli xil afsona va rivoyatlardan foydalanish mumkin.

Tabiatda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan bu kabi hodisalarning tub ilmiy mohiyatini ochib berish o‘qituvchining vazifasiga kiradi.

Ba'zi g‘orlarning ichida turli shakllardagi ustunlar juda ko‘p. Ularning ayrimlari insonlarni hayratga soladi.

G‘or hosil bo‘lishidagi kimyoviy jarayon:

1. Ohaktoshni erishi: CaCO3+ H2O+CO2  Ca(HCO3)2

2. Ca(HCO3)2 — eruvchi modda. Bu modda issiqlik ta'sirida parchalanib CaCO3 ni hosil qiladi, ya'ni «qotish» jarayoni sodir bo‘ladi.
Ca(HCO3)2 CaCO3+H2O+CO2

Agar «qotish» tepadan boshlansa stalaktit, past dan o‘sib chiqsa, stalagmit ko‘rinishdagi tabiiy «ustunlar» hosil bo‘ladi, ular turli manzarali shakllarni vujudga keltiradi. Ularning hosil bo‘lishidagi ilmiy asoslarni bilmaslik oqibatida turli xil afsonalar, rivoyatlar to‘qilgan.



14-DARS. §13. Kremniyning Davriy sistemadagi o`rni va atom tuzilishi.
Darsning maqsadi: Kremniyning Davriy sistemadagi o‘rni, atom tuzilishi, tabiatda tarqalishi, olinishi va ishlatilishi haqida o‘quvchilarga nazariy bilimlar berish.
Darsni rejasi:


      1. Davriy jadvalda joylashgan o‘rni

      2. Atom tuzilishi

      3. Тabiatda tarqalishi

      4. Olinishi

      5. Ishlatilishi

Darsning boshida kremniyning Davriy jadvaldagi o‘rni, atom tuzilishi haqidagi tushunchalarni o‘quvchilarni o‘zlari doskada tushuntiradilar. O‘qituvchi bu paytda tinglovchi va o‘quvchilarning harakatini baholovchi vazifasini bajaradi.

Kremniy tabiatda kisloroddan keyin eng ko‘p tarqalgan elementdir. Yer sharining 26% qismini kremniy tashkil etadi. Kremniy silikatlar va alyuminisilikatlar tarzida yer qobig‘ining 75% ini tashkil etadi.

Qum tuproq, kvarts – SiO2

Koolin – Al2O32SiO22H2O

Dala shpati – K2OAl2O36SiO2

Mikroskopik suv jonzotlarining skeletlari asosan kremniy (IV)-oksididan tashkil topgan bo‘ladi. Bu mikroorganizmlar vaqtlar o‘tishi bilan turli hildagi tog‘ jinslarini hosil qiladi. Kvarts (SiO2) yer qobig‘ida eng ko‘p tarqalgan va tog‘ hrustali, ametisr, achat, yashma, morion, serdalok kabi qimmatbaho toshlar tarzida ham uchraydi. Kvartsning karmen, haltsedan kabi turlari qadimgi odamlarning mehnat qurollari bo‘lib hizmat qilgan.

1825 yilda shved kimyogari Y.Bertsellius kremniyning kashf etgan. Kremniyni olish uchun Bertsellius kaliy ftorsilikatni kaliy metali bilan qizdirilgan.

K2SiF6 + 4K = 6KF + Si

Kremniy sanoatda qumni ko‘mir bilan qizdirib olinadi:


C  SiO2  Si  CO2
Laboratoriyada esa qumni magniy kukuni bilan qizdirib olinadi.
2Mg  SiO2  2MgO  Si


Uyga vazifa:

  1. Darslikdagi §13 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.


15-DARS. §14. Kremniyning xossalari. Muhim birikmalari.
Darsning maqsadi: Kremniyning fizik va kimyoviy xossalari, eng muhim birikmalari SiO2 va H2SiO3 haqida o‘quvchilarga nazariy bilimlar berish.

Dars quyidagi reja asosida bayon etiladi:



  1. Fizik xossalari

  2. Kimyoviy xossalari

  3. Kremniy (IV)-oksid

  4. Metakremniy kislotasi

  5. Metakremniy kislotasi tuzlari

Darslikdagi §13 muhokama qilingandan so‘ng, quyidagi muammo o‘rtaga tashlanadi:

Mr(CO2)=44; Mr(SiO2)=60; Mr(SO2)=64 ekanligi va shu bilan birga CO2 va SO2 gaz modda bo‘lsada, SiO2 nima uchun qattiq, qiyin suyuqlanuvchi modda? Izohli javob bering.

CO2 va SO2 lar molekulyar kristall panjaralar hosil qilib, O=C=O va O=S=O tuzilishga ega.

SiO2 esa atom kristall panjara hosil qiladi, kristall panjara tugunlarida kremniy va kislorod atomlari joylashadi hamda uning molekulyar massasi 60n holida bo‘ladi.

Mavzuni mustahkamlash maqsadida quyidagi masala va mashqlarni ishlash maqsadga muvofiq:



  1. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishga imkon beradigan reaksiya tenglamalarini yozing.





  1. Kremniy va uning birikmalarini xalq xo‘jaligida ishlatilishini aks ettiradigan jadval tayyorlang.

  2. Тarkibida 70 % kremniy, 30 % uglerod bo‘lgan birikma qum bilan koksni aralashmasini 2000°C ga qadar qizdirib olinadi. Reaksiya natijasida is gazi ham ajralib chiqadi. Moddani hosil bo‘lish reaksiya tenglamasini yozing va formulasini aniqlang. Shu birikmadan 1 t olish uchun 2 % dan qo‘shimchalari bo‘lgan har qaysi boshlang‘ich moddadan qanchadan kerak bo‘ladi?


Laboratoriya ishi № 2.
Тabiiy silikatlarning namunalari bilan tanishish.


  1. Sizga berilgan tabiiy silikatlarning namunalarini ko‘ring. Ularning tashqi ko‘rinishiga e’tibor bering. Ularni qattiqligini tekshirib ko‘ring.


Mustaqil xulosa uchun topshiriq:


  1. Jadval tuzing, o‘z kuzatishlaringizni qayd qiling.

  2. Kuzatishlaringizga asoslanib, sizga berilgan minerallarni nomlang.


Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar


              1. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishga yordam beradigan reaksiya tenglamalarini yozing.

SiO2  Si  SiO2  Na2SiO3  H2SiO3  SiO2

  1. 2,44 kg natriy silikat olish uchun tarkibida 20% qo‘shimcha tutgan oq qumdan qancha kerak bo‘ladi?


Uyga vazifa:

              1. Darslikdan §14 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.



16-DARS. §15. Silikat sanoati.
Darsning maqsadi: Shisha va uning turlari, tarkibi hamda sement, beton va temir-beton, keramika sanoati va ularning xalq xo‘jaligida ishlatilishi haqida o‘quvchilarga tushuncha berish.
Darsni rejasi:

  1. Shisha va uning turlari, tarkibi, ishlatilishi.

  2. Sement

  3. Beton va temir-beton

  4. Keramika

Darsda berilgan tushunchalarni o‘g‘uvchilarga to‘laroq singdirish uchun quyidagi sitatadan foydalanish mumkin: «...Kaolin sanoat usulida o‘zlashtirish uchun katta qiziqish tug‘diradi. Angren kaolinidan sanoatning ko‘pgina tarmoqlarida glinozem (alyuminiy oksidi) va alyuminiy, o‘tga chidamli materiallar, keramik qoplamalar, pardozlash va metlax plitkalari, chinni va fayans elektr izolyatorlar, drenaj va kanalizatsiya quvurlari, qog‘oz sanoatida ishlatiladigan to‘ldirgich, oq va rangli sement, o‘ta pishiq g‘isht kabi mahsulotlarni tayyorlash uchun xom ashyo sifatida foydalanish mumkin...» (Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. 236-237 betlar)





Laboratoriya ishi № 3.
Shishaning turlari va ularning tarkibi bilan tanishish. «Shisha va undan yasalgan mahsulotlar» to‘plami bilan tanishish va ishlash.
Sizga berilgan har-xil turdagi shisha namunalari va shishadan yasalgan har-xil buyumlarni ko‘rib chiqish.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq:


  1. Sizga berilgan namunalar shishaning qaysi turiga kirishini aniqlang.

  2. Siz ko‘rib chiqqan buyumlarni tayyorlashda shishaning qanday xarakterli xossalaridan foydalanilganligini izohlab bering.


Namunaviy masalalar yechish
1-misol: Ho‘jalikda ishlatiladigan idish-tovoqlarning ayrimlarini quyidagicha tarkibli shishadan tayyorlanadi:

SiO2 – 75%; CaO – 9%; Na2O – 16%; Bu navli shishaning tarkibida bir mol CaO ga necha mol Na2O va SiO2 to‘g‘ri keladi.

1) Masala shartiga ko‘ra oksidlarning massa nisbatlari quyidagicha:

m /SiO2/ : m /CaO/ : m /Na2O/ = 75 : 9 : 16

2) Shisha tarkibidagi oksidlarning mol nisbatlarini aniqlash.

Demak, Shishaning bu navi tarkibida 1 mol CaO ga 7,8 mol SiO2 va 1,6 mol Na2O to‘g‘ri keladi.

Javob: 7,8 mol SiO2 va 1,6 mol Na2O
Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar


  1. Normal shisha tarkibida 13% Na2O, 11,7% CaO va 75,3% SiO2 bo‘ladi. Shishaning oksidlar ko‘rinishdagi formulasini aniqlang.

  2. Billur (hrustal) shisha tarkibi Na2O  PbO  6SiO2 formulaga to‘g‘ri keladi. Billur shisha tarkibidagi PbO ning massa ulushini aniqlang.

  3. Tarkibi K2O  CaO  6SiO2 bo‘lgan 300 kg shisha (o‘tga chidamli shisha) tayyorlash uchun qancha K2CO3, CaCO3 va SiO2 kerak bo‘ladi?


Uyga vazifa:

  1. Darslikdagi §15 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.


17-DARS. Uglerod va kremniy mavzulari yuzasidan nazorat ishi
Darsning maqsadi: O‘tilgan mavzular yuzasidan o‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilish.

O‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘quvchilar bilimini aniqlashda 20 tadan test topshiriqlari yoki nazariy va hisoblashga doir 3 tadan masalalardan iborat 45 minutlik yozma ishdan foydalanish mumkin.


Yozma ish variantlari:
1-variant.


  1. Uglerod va is gazining qaytaruvchilik xossalarini ifodalaydigan reaksiya tenglamalarini yozing.

  2. Тarkibida 20 % karbonatsiz qo‘shimchalari bor bo‘lgan ohaktoshdan qancha so‘ndirilmagan ohak va n.sh.da o‘lchangan hajm karbonat angidrid olish mumkin?

  3. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish imkonin beradigan reaksiya tenglamalarini yozing.

CaCO3Ca(HCO3)2CaCO3CO2CO


2-variant


  1. 0,9 mol kalsiy karbonatga 540 ml 8 % li (q1,04 gml) xlorid kislota ta’sir ettirilganda, qanday gaz va qancha hajmda (n.sh.) ajralib chiqadi?

  2. Kislorodda is gazi yonadi, ammo karbonat angidrid yonmaydi. Nima uchun? Javobingizni izohlang.

  3. 10 % li natriy karbonat eritmasini tayyorlash uchun 54 kg kristall sodani (Na2CO310H2O) qancha suvda ertish kerak?

3-variant




  1. Quyidagi sxemani amalga oshirish uchun zarur reaksiyalarning tengalamalarini yozing.

SiSiO2Na2SiO3H2SiO3SiO2




  1. Тarkibida 2 % qo‘shimchalari bor 20,4 g kaliy gidrokarbonatdan n.sh. da o‘lchangan qancha hajm karbonat angidrid olish mumkin?

  2. Natriy gidrokarbonatni qanday yo‘llar bilan natriy karbonatga aylantirish mumkin. Reaksiya tenglamalarini yozing.

4-variant

20 ta test topshirig‘i


  1. IV guruh bosh guruhchasi elementlaridan qaysi birining yadrosida protonlarga nisbatan neytronlar ko‘p bo‘ladi?




  1. S; 2) Si; 3) Ge; 4) Sn; 5) Pb;




  1. 1,2,3 B) 2,3,4 C) 3,4,5 D) 1,3,5 E) 2,4,5




  1. IV guruh bosh guruh elementlarining qaysilari d-elementlarga kiradi?




  1. C va Si B) Si C) Ge, Sn, Pb D) faqat Pb

  2. d-elementlar oilasiga kirmaydi




  1. Uglerodning sun’iy olingan allotropik shakl o‘zgarishi-karbinning tuzilishi qanday?




  1. tetraedr shaklida

  2. muntazam oltiburchak shaklida

  3. chiziqli ...-CC-CC-CC-...

  4. chiziqli ...CCCCCC...

  5. C va D javoblar to‘g‘ri




  1. Havoda o‘z-o‘zidan alangalanib ketadigan gazni ko‘rsating.




  1. is gazi B) karbonat angidrid C) metan

D) silan E) propan


  1. Oddiy shisha uchun xom ashyo bo‘la oladigan moddalar qatorini ko‘rsating.




  1. Kaolin 2) ohaktosh 3) soda 4) oq qum

5) qo‘rg‘oshin (IV)-oksid 6) dala shpati 7) kaustik soda


  1. 2,3,4 B) 1,2,7 C) 4,5,6 D) 2,4,7 E) 4,6,7




  1. Kristallgidrat holidagi natriy karbonatning 11,44 g miqdoridan 4,24 g suvsiz tuz olish mumkin bo‘lsa, kristallgidrat holidagi tuzning formulasini aniqlang.




  1. Na2CO3H2O B) Na2CO32H2O C) Na2CO35H2O

D) Na2CO37H2O E) Na2CO310H2O


  1. Billur shisha tarkibi Na2CO3PbO6SiO2 formulaga to‘g‘ri kelsa, undagi PbO ning massa ulushini aniqlang.




  1. 34 % B) 11 % C) 55 % D) 45 % E) 66 %




  1. Karbonat angidridning havoga nisbatan zichligi qanday bo‘ladi?




  1. 1,52 B) 1,44 C) 2,2 D) 1,01 E) 1,96




  1. 0,2 mol is gazida nechta molekula bor?




  1. 1,2021023 B) 0,6011023 C) 1,2021024

D) 0,6011024 E) 2,41023


  1. Quyidagi o‘zgarish natijasida hosil bo‘lgan «Х» moddani aniqlang.

SiMg2SiSiH4SiO2ХNa2SiO3




  1. kalsiy silikat B) kremniy (IV)-oksid C) metakremniy kislotasi

D) kaliy silikat E) natriy gidroksid


  1. Vodorodga nisbatan zichligi 14 ga teng bo‘lgan gazning formulasini aniqlang.




  1. CH4 B) CO C) CO2 D) SiH4 E) C2H6




  1. Kremniy (IV)-oksid quyidagi moddalarning qaysi biri bilan reaksiyaga kirishadi?




  1. natriy gidroksid 2) sulfat kislota 3) natriy karbonat

4) xlorid kislota 5) ftorid kislota 6) ohak

7) vodorod 8) kislorod




  1. 1,3,5,6 B) 2,3,4,7 C) 3,5,7,8 D) 4,5,6,7 E) 1,3,6,8




  1. 1,12 l karbonat angidridda nechta kislorod atomi bor?




  1. 6,021023 B) 0,6021023 C) 3,011022

D) 3,011023 E) 1,2041023


  1. Mg2Si va SiF4 larda Si ning oksidlanish darajalari qanday bo‘ladi?




  1. 4 va –4 B) –4 va 4 C) 0 va 4 D) har ikkisida ham –4

E) har ikkisida ham 4


  1. Nima uchun SiO2 qattiq kristall modda?




  1. molekulyar massasi 60 ga teng bo‘lgani uchun

  2. qum bo‘lgani uchun

  3. atom kristall panjaraga ega bo‘lgani va molekulyar massasi 60 m ga teng bo‘lgani uchun

  4. tabiatda ko‘p uchragani uchun

  5. SiO2 qattiq emas, u gaz holida uchraydi



18-DARS. §16. Metallarning tabiatda tarqalishi, olinishi va ishlatilishi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət