Ana səhifə

O‘zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan тoshkenт 2005


Yüklə 2.39 Mb.
səhifə3/12
tarix24.06.2016
ölçüsü2.39 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Mavzu yuzasidan test topshiriqlarini bajarish:


  1. Galogenlar quyidagi umumiy xossalarga ega:




  1. gaz holatda ikki atomli molekula holida bo‘ladi

  2. ishqoriy metallar bilan ion bog‘lanishli, qattiq moddalar hosil qiladi

  3. vodorod va uglerod kovalent bog‘lanishli birikmalar hosil qiladi

  4. faqat oksidlovchi xossalarga ega

  5. A, B, C javoblar to‘g‘ri




  1. 1 mol «Х» modda 1 mol suv bilan reaksiyaga kirishib, 1 mol kislorod va 2 mol vodorod ftorid hosil qiladi. Shu moddani ko‘rsating.




  1. F2 B) OF2 C) F2O3 D) HOF

E) Bu tipdagi reaksiya sodir bo‘lmaydi


  1. Quyidagi birikmalarning qaysilarida kislorodning oksidlanish darajasi noldan kichik?

  1. Na2O 2) H2O2 3) KNO3 4) F2O 5) Na2O2 6) KClO3




  1. 1,2,3,4,5 B) 2,3,4,5,6 C) 3,4,5,6,1 D) 4,5,6,1,2 E) 5,6,1,2,3




  1. 1,5 mol gaz holidagi kislorod n.sh.da qancha hajmni egallaydi?




  1. 5,6 l B) 11,2 l C) 22,4 l D) 33,6 l E) 44,8 l




  1. 11 g temir (III)-sulfidni to‘liq eritish uchun 20 % li xlorid kislota eritmasidan qancha kerak bo‘ladi?




  1. 2,28 g B) 9,12 g C) 4,56 g D) 45,6 g E) 55,5 g




  1. 10 g rux va 10 g oltingugurtni qizdirib, qancha rux sulfidi olish mumkin?




  1. 10 g B) 20 g C) 14,9 g D) 5,8 g E) 58 g




  1. Elementning tartib nomeri ortishi bilan quyidagi qatorda kislotalilik xossasi qanday o‘zgaradi: N2O3P2O3As2O3Sb2O3Bi2O3




  1. Kuchayadi B) kamayadi C) o‘zgarmaydi

D) Kuchayadi, so‘ng kamayadi E) ular kislotalik xossasiga ega emas


  1. Natriy nitrit -NaNO2;




  1. faqat qaytaruvchi

  2. faqat oksidlovchi

  3. ham qaytaruvchi ham oksidlovchi

  4. oksidlovchi ham qaytaruvchi ham emas

  5. formulasi noto‘g‘ri berilgan




  1. Quyidagi o‘zgarishlar bilan boradigan reaksiyalar zanjirida Х va Y moddalarni aniqlang.

N2NH3XNO2YNH4NO3




  1. NO va HNO3 B) N2 va HNO2 C) NO va NH3

D) NH4OH va HNO3 E) HNO2 va NH4OH


  1. 16 kg suyuq kislorod gaz holatida qancha hajmni egallaydi (n.sh.)?




  1. 11200 l B) 22400 l C) 5600 l D) 33600 l E) 22,4 m3



6-DARS. Nazorat ishi.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarning o‘tilgan mavzular bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish.
Nazorat ishi uchun masalalar


  1. Davriy sistemadagi II davr VI guruh va III davr VII guruh elementlarining atom tuzilishini yozing va yadro tarkibini aniqlang.

  2. Тabiiy xlorning nisbiy atom massasi 35,45 ga teng bo‘lib, 17Cl35 va 17Cl37 izotoplarining aralashmasidan iborat. Тabiiy xlor tarkibidagi har bir izotop massa ulushini aniqlang.

  3. VI guruhga tegishli element oksidlaridan biri tarkibida 50 % kislorod bor. Shu elementni aniqlang.

  4. Vodorod bilan RH3 tarkibli birikma hosil qiladigan elementning yuqori oksidi tarkibida 74 % kislorod bor. Shu elementning nomini ayting.

  5. Тabiiy bor 5B10 (18 %) va 5B11 (82 %) izotoplari aralashmasidan iborat bo‘lsa, uning o‘rtacha nisbiy atom massasini aniqlang.

  6. S-2 ionining elektron tuzilishi qaysi element atomi yoki ionining elektron tuzilishiga o‘xshash bo‘ladi?

  7. Alyuminiy atomining yadrosiga -zarrachalar ta’sir ettirilsa proton hosil bo‘ladi. Bu jarayonda qaysi element izotopi hosil bo‘ladi? Sodir bo‘lgan yadro reaksiyasi sxemasini tuzib javob bering.

  8. Quyidagi birikmalarning tuzilish formulalarini yozing: K2MnO4, Na2CO3, Na3PO4, KClO3, P2O5

  9. Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini elektron-balans usuli bo‘yicha tenglang:

    1. FeS2  O2  Fe2O3 SO2

    2. Fe(OH)2 H2O  O2  Fe(OH)3

    3. NH3  O2  N2  H2O

    4. H2S  O2  S  H2O

  1. Bir moldan olingan quyidagi tuzlar dissotsialanganda nechtadan ionlarga ajraladi?

    1. Na3PO4 B) AgCl C) K2CO3 D) FeCl3


Nazorat ishi uchun test topshiriqlari


              1. Natriydan argonga qadar bo‘lgan elementlarda:




              1. metallik xossalari kuchsizlanib boradi

              2. metallmaslik xossalari ortib boradi

              3. metallmaslik xossasi susayib boradi

              4. elektromanfiyligi kamayib boradi

              5. oksidlovchilik xossasi ortib boradi

              6. atom radiusi ortib boradi

              7. yadrodagi protonlar soni ortib boradi




  1. 1, 2, 3, 4; B) 1, 2, 5, 7; C) 1, 5, 6, 7;

D) 2, 5, 6, 7; E) 1, 2, 5, 6;


  1. Atom radiuslari ortib borishi tartibida joylashgan elementlar qatorini ko‘rsating.

A) F, O, N, C B) C, N, O, F C) P, Si, Al, F

D) O, Fe, H, Cl E) Al, Mg, P, S


  1. Nisbiy elektromanfiyligi eng yuqori bo‘lgan element joylashgan guruh va davrni ko‘rsating.

A) I, 6; B) VI, 2; C) I, 3; D) VII, 5; E) VII, 4;




  1. Eng kuchli oksidlovchi elementning davriy sistemadagi o‘rnini aniqlang (guruh va davr bo‘yicha).

A) I, 1; B) III, 2; C) V, 7; D) VII, 7; E) VII, 2;




  1. Qaysi elementlar davriy sistemaning II va VI guruhida joylashgan?

1) ...2s2; 2) ...3p3; 3) ...4p6; 4) ...2p4; 5) ...3p4;


A) 1, 4, 5; B) 1 , 2, 3; C) 3, 4, 5; D) 4, 5, 6; E) 1, 3, 6;


  1. Vodorod bilan RH4 tarkibli birikma hosil qiladigan elementning yuqori oksidi tarkibida 72,72 % kislorod bo‘lsa, shu elementni aniqlang.

A) C; B) S; C) Ti; D) Ge; E) Pb;




  1. Izotoplardan birining atom yadrosida neytronlar bo‘lmaydi. Shu elementni ko‘rsating.

A) Cl; B) Au; C) Ag; D) H; E) He;




  1. Quyidagi yadro reaksiyasida qaysi zarracha hosil bo‘ladi?

4Be91H15B9  Х


  1. elektron; B) proton; C) pozitron;

D) -zarracha; E) neytron;


  1. Quyidagi yadro reksiyasida qaysi element izotopi hosil bo‘ladi?


12Mg242He40n1  Х
A) Mg; B) Al; C) S; D) P; E) Si;


  1. Faqat ion bog‘lanishli moddalar hosil qila oladigan elementlar juftligi qatorini aniqlang.

1) K; 2) C; 3) Cl; 4) F; 5) N; 6) S;




  1. 1 va 3; 1 va 4; B) 3 va 4; 4 va 5; C) 5 va 6; 4 va 6;

D) 6 va 3; 4 va 5; E) 1 va 5; 3 va 4;


  1. Qutbsiz kovalent bog‘lanishga ega bo‘lgan moddalar qatorini ko‘rsating.

1) H2; 2) Cl2; 3) NCl3; 4) PH3; 5) KCl; 6) H2S;
A) 1, 2, 6; B) 2, 3, 5; C) 3, 4, 5; D) 4, 5, 6; E) 2, 3, 4;


  1. Nitrat kislotasidagi azotning oksidlanish darajasini va valentligini ko‘rsating.

A) 5 va IV; B) 5 va V; C) 3 va IV; D) 4 va V; E) 5 va VI;




  1. Donor-akseptor bog‘lanishga ega bo‘lgan moddalar qatorini aniqlang.

1) CO; 2) CO2; 3) NH4Cl; 4) Fe2O3; 5) H2O2; 6) P2O5;


A) 1, 2; B) 2, 3; C) 3, 4; D) 1, 3; E) 5, 6;


  1. Dissotsialanish darajasi 0,9 ga teng bo‘lgan 1 m li natriy sulfat eritmasining 1 litrida nechta ionlarga ajralmagan molekulalar bo‘ladi?

A) 6,021023; B) 3,011023; C) 6,021022; D) 3,011022; E) Barcha molekulalar ionlarga ajralgan bo‘ladi;




  1. Kuchli elektrolitlar qatorini aniqlang.




  1. HCl va HF; B) H2CO3 va H2SO4; C) H2SO4 va HClO4;

D) H2S va O3; E) HSlO va H2S;


  1. Kuchsiz elektrolitlar qatorini aniqlang.




  1. H2S; H2CO3; B) HCl va HJ; C) H2S va H2SO4;

D) HSl va HClO4; E) H2SO4 va HSlO;


  1. Quyidagi moddalarning qaysi biri gidrolizga uchraydi?

A) KCl; B) Na2SO4; C) BaCl2; D) Ca(OH)2; E) K2S;




  1. Kalsiy karbidda uglerod atomining valentligi va oksidlanish darajasi nechaga teng?

A) 4 va -2; B) 1 va -1; C) 4 va -1; D) 2 va -1; E) 2 va -2;




  1. Suv molekulasi va proton orasida hosil bo‘lgan gidroksoniy kationida kislorodning valentligi va oksidlanish darajasi nechaga teng?

A) 2 va -2; B) 3 va -2; C) 2 va -1; D) 3 va -1; E) 4 va -2;




  1. Qaysi modda suvda eritilganda ishqoriy muhit hosil qiladi?

A) Na2HPO4; B) KCl; C) Al2(SO4)3; D) Na2SO4; E) BaSO4;


Uyga vazifa:

1. Darslikda berilgan test topshiriqlarini mustaqil bajarish.


7-DARS. §8. Uglerod guruhidagi elementlarning umumiy tavsifi.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarda elementlar Davriy sistemasidagi IV guruh bosh guruhchasi elementlari haqida umumiy tushunchalar berish. Ularning xossalarini yadro zaryadi va atom tuzilishiga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ilmiy asosda tushuntirib berish.

IV guruh bosh guruhchasi elementlari haqida umumiy tushunchalar berishda elementlar Davriy qonun va Davriy jadvali, atom tuzilishi nuqtai-nazaridan yondoshish kerak.

Dars Davriy jadval va quyidagi 1-jadval asosida tashkil etiladi:

1-jadval


Element

Kimyoviy belgisi va Ar

Тartib nomeri va yadro zaryadi

Nisbiy elektromanfiy ligi

Atom radiusi, nm

Elektron konfiguratsiyasi

Uglerod

C

12,01

6 (6)

2,5

0,077

(He)2s22p2

Kremniy

Si

28,05

14 (14)

1,8

0,134

(Ne)3s23p2

Germaniy

Ge

72,59

32 (32)

1,8

0,139

(Ar)3d104s24p2

Qalay

Sn

118,6

50 (50)

1,8

0,158

(Kr)4d105s25p2

Qo‘rg‘oshin

Pb

207,2

82 (82)

1,9

0,175

(Xe)4f145d106s26p2

Quyidagi savollar asosida o‘quvchilarga nazariy bilimlar beriladi:




  1. Uglerod guruhiga qaysi elementlar kiradi?

  2. Uglerod guruhi elementlarining

  1. tashqi elektron pog‘onasidagi elektronlar

  2. valentligi

  3. oksidlanish darajasi

  4. yuqori oksidlari

  5. vodorodli birikmalari

  6. yadro zaryadiga bog‘liq ravishda elektromanfiyligi o‘zgarishi

  1. Yuqori oksidlari xossalaridagi o‘zgarishlari




  • Uglerod guruhiga C, Si, Ge, Sn, Pb elementlari kiradi

  • Uglerod guruhi elementlari p-elementlar oilasiga kiradi

  • Valentligi II va IV ga teng

  • Oksidlanish darajasi -4, 0, +2, +4

  • Yuqori oksidlari RO2 umumiy formulaga ega

  • Vodorodli birikmalari RH4 umumiy formulaga ega


Uyga vazifa:

  1. Darslikdagi §8 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.



8-DARS. §9. Uglerodning davriy sistemadagi o`rni, atom tuzilishi.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga uglerodning Davriy sistemadagi o‘rni, atom tuzilishi, tabiatda tarqalishi, biologik ahamiyati haqida nazariy bilimlar berish.
Darsni rejasi:

  1. Uglerodning:

  1. Davriy sistemadagi o‘rni

  2. Atom tuzilishi

  3. Тabiatda uchrashi

  4. Allotropiyasi

  1. Uglerod va uning birikmalarining xalq xo‘jaligida ishlatilishi

Darsni tashkil qilishda o‘quvchilarni mustaqil ishlatish yahshi natija beradi. Chunki o‘quvchilar 8-sinfda, davriy qonun, Davriy jadval, atom tuzilishi haqida bilimlarga ega.

O‘qituvchi darsning har bir bosqichida, o‘quvchilarni mustaqil ishlashlari uchun savol yoki topshiriqlar beradi. O‘quvchilar esa berilgan savol va topshiriqlarga 8-sinf kimyo darsligidan yoki qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib topshiriqlarni bajaradilar.

O‘quvchilar tomonidan bajarilgan ishlar tekshirib olinishi va yakuniy hulosani o‘qituvchi berishi kerak.

Dars reja asosida shu tarzda davom etadi.


  • Uglerod-tirik tabiatning asosi

  • Uglerod tabiatda ko‘mir va karbonat minerallari shaklida uchraydi

  • Olmos va grafit-uglerodning allotropik shakl o‘zgarishlaridir.

  • Karbin va fulleren-uglerodning sun’iy allotropik shakl o‘zgarishidir.

Uglerodning O‘zbekistondagi zahiralari va amaliy ahamiyatini tushuntirishda quyidagi sitatadan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi: «...O‘zbekiston katta ko‘mir zahiralariga ega. Uning geologik zahiralari bo‘yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi o‘rinda turadi. O‘zbekistonda ko‘mir Angren, Sharg‘un va Boysun konlarida qazib chiqariladi. Ularning umumiy zahirasi-2 milliard tonna.



Ular orasida Angren ko‘mir koni eng noyob kon hisoblanadi. Bu yerda ko‘mir zahiralari ilg‘or hamda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq usullar bilan: 150-250 metr chuqurlikdagi ko‘mir qatlamlarini ochiq usulda, yer osti usulida va yer ostida gazga aylantirish usulida qazib olinmoqda. Bunda chiqitsiz texnologiyadan foydalanilmoqda...» (Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. 236-bet)
Uyga vazifa:

  1. Darslikdagi §9 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.


9-DARS. §10. Uglerodning fizik va kimyoviy xossalari.
Darsning maqsadi: Uglerodning fizik va kimyoviy xossalari, adsorbsiya haqida o‘quvchilarga nazariy bilimlar berish.

Dars jihozlari: ko‘mirning turli xil namunalari, grafit, protivogaz, CuO, probirka, spirt lampasi, shtativ, chinni tigel.

Darsni quyidagi reja asosida bayon etiladi:



  1. Uglerodning fizik xossalari

  2. Adsorbsiya

  3. Uglerodning kimyoviy xossalari

Ko‘mirning turli xillari namunalari va grafit o‘quvchilarga ko‘rsatilib, ular asosida uglerodning fizik xossalari tushuntiriladi.

Quyidagi jadval asosida uglerodning allotropik shakl o‘zgarishlari bo‘lgan olmos va grafitning xossalari ko‘rsatib o‘tiladi:


Olmos

Grafit

Juda qattiq

Yumshoq. Qog‘ozga ishqalanganda ham mayda bo‘laklarga ajralib ketadi

Rangsiz, tiniq shaffof

Kul rang-qora, metall yaltiroqligiga ega

Elektr tokini o‘tkazmaydi

Elektr tokini o‘tkazadi



  • Adsorbsiya-bir modda yuzasiga ikkinchi moddaning yutilishi

  • Adsorbent-yuzasida yutilish jarayoni yuz beradigan modda

Protivogaz misolida ko‘mirning yutuvchanlik-adsorbent xossasi va adsorbsiya xodisasi tushuntiriladi.




  • Birinchi jahon urushi yillarida Germaniya halqaro shartnomani buzib, zaharli moddalardan kimyoviy qurol sifatida qo‘llangan. N.D.Zeninskiy aktivlangan ko‘mirdan foydalanib protivogaz ishlab chiqqan va bu kashfiyot bilan yur minglab jangchilarni hayotini saqlab qolgan.

Chinni tigelda qora rangli mis (II)-oksidi va grafit aralashmasi qizdirilganda qizil rangli mis metali hosil bo‘lishini namoyish etib, uglerodning qaytaruvchilik kimyoviy xossasi asosida dastlabki tushunchalar beriladi.


Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar


  1. Berilliy karbid, alyuminiy karbid, uglerod ftoridning formulasini yozing. Bu birikmalardagi uglerodning oksidlanish darajalarini aniqlang.

  2. Biz qorakuya deb ataydigan modda, tehnikada qurum, kimyo fanida esa amorf uglerod deyiladi. Bu modda tuzilishi jihatdan juda mayda grafit kristallaridan iborat bo‘ladi. Qorakuya hosil bo‘ladigan jarayonlarni va uni ishlatish sohalarini bilasizmi?

  3. Uglerod vodorod kabi qaytaruvchidir. 4,8 kg iglerod bilan qancha kremniy (IV)-oksidini qaytarish mumkin?

  4. Ruh oksid bilan ko‘mir aralashmasi qattiq qizdirilganda yonuvchi gaz hosil bo‘ladi. Shu reaksiyani tenglamasini yozing va 13 g ruh olish uchun qancha 96% i uglerod bo‘lgan ko‘mir kerak. Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan gazni n.sh.dagi hajmini toping.

  5. Tarkibida kumush katalizator ishtirokida va bosim ostida uglerod (II)-oksididan olinadi. Bunda kumush bilan birga uglerod (IV)-oksidi ham ajralib chiqadi. 6 t kumush olish uchun n.sh.da o‘lchangan qancha hajm uglerod (II)-oksid kerakligini va hosil bo‘lgan uglerod (IV)-oksidini n.sh.dagi hajmini aniqlang.


Uyga vazifa:

  1. Darslikdagi §10 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.



10-DARS. §11. Uglerodning eng muhim birikmalari.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga uglerodning vodorodli birikmalari, kislorodli birikmalari va ularning xossalari, xalq xo‘jaligida ishlatilishi haqida tushuncha berish. Uglerodning eng muhim birikmasi CO2 ning olinish yo‘llari, ishlatilish sohalarini alohida misollar bilan tushuntirish.
Dars rejasi:

  1. Uglerodning vodorodli birikmalari

  2. Uglerod (II)-oksidi

  1. fizik xossalari

  2. olinishi

  3. kimyoviy xossalari

  4. ishlatilishi

  5. biologik roli (zaharliligi)

  1. Uglerod (IV)-oksidi

  1. fizik xossalari

  2. olinishi

  3. kimyoviy xossalari

  4. ishlatilishi

  5. biologik roli (fotosintez jarayoni)

O‘quvchilarga dars boshlanishida ushbu muammoli masala beriladi:

Vodorodga nisbatan zichligi 14 va 22 bo‘lgan gazlar bir element oksidlaridir. Gazlarning biri zaharli bo‘lib, ikkinchisi zaharsiz. Ikkinchisi muzqaymoqlarni saqlashda qo‘llanadigan quruq muz olishda ishlatiladi. Qanday gazlar haqida gap ketmoqda?

Uglerod (IV)-oksidning ishlatilishi quyidagi jadval asosida tushuntiriladi:




CO2

Shakar olishda

Yong‘inga qarshi kurashishda

Gazli ichimliklar tayyorlash

«Quruq muz» ishlab chiqarish

Soda ishlab chiqarish

Yuvish vositalari ishlab chiqarish

Dori-darmonlar tayyorlash


Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar


  1. Azot bilan uglerod (II)-oksidining aralashmasida hajm jihatdan 50% uglerod (II)-oksid bor. Aralashma ekvivalent miqdordagi kislorod bilan yondirildi. Natijada hosil bo‘lgan gazlar aralashmasidagi uglerod (IV)-oksidining foiz miqdori qancha bo‘ladi?

  2. 5 g ohaktosh kuydirilganda 2 g karbonat angidrid hosil bo‘ldi. Kalsiy karbonatning hammasi parchalanganligini inobatga olib, shu ohaktosh tarkibida necha foiz CO2 hosil qilmaydigan qo‘shimchalar borligini hisoblab toping.

  3. 0,9 mol kalsiy karbonatga 8% li (p=1,04 g/ml) 540 ml hlorid kislota eritmasi ta’sir ettirildi. Reaksiya natijasida n.sh.da o‘lchangan qancha hajm karbonat angidrid ajralib chiqadi?


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §11 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.



11-DARS. §12. Karbonat kislota va karbonatlarning xossalari.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət