Ana səhifə

O‘zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan тoshkenт 2005


Yüklə 2.39 Mb.
səhifə6/12
tarix24.06.2016
ölçüsü2.39 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Laboratoriya ishi № 7.
Mis (II) xlorid va kaliy yodid eritmalarining elektrolizi.


  1. U- simon nayning 34 hajmigacha mis (II)-xlorid eritmasidan quying. Elektrolizyorning bir tomoniga mis, ikkinchi tomoniga grafit elektrod tushiring. Grafit elektrod (katod) ni manfiy ishorali, mis elektrod (anod) ni esa o‘zgarmas tokning musbat ishorali manbaiga ulang. Katodda sof mis ajralayotganligini kuzating. Shu sharoitda anodda nima hosil bo‘lishi mumkin. Qanday gaz ajraladi? Elektrodlarning qutblarini o‘zgartirib yana tok manbaiga ulang. Anoddagi mis qanday o‘zgarishga uchraydi. Katodda qanday modda ajraladi?

  2. Elektrolizyorga 2 m li kaliy yodid eritmasidan quying. Nay ichiga grafit elektrodlarni tushiring va ularni o‘zgarmas tok manbaiga ulang. Katodda vodorod pufakchalari hosil bo‘lishini, anodda esa yod ajralishini kuzating. Тok oqimini to‘htatib elektrodlarni chiqarib oling. So‘ngra U-simon nayning yod ajralgan tomoniga esa 1-2 tomchi yangi tayyorlangan kraxmal eritmasidan tomizing. Nima kuzatiladi?


Mustaqil xulosa uchun topshiriq:
1. Katod va anoddagi jarayonlarning tenglamasini yozing.

2. Elektrodlar atrofida elektrod rangining o‘zgarishiga izoh bering.


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §19 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.



22-DARS. §20. Ishqoriy metallar.
Darsning maqsadi: Ishqoriy metallarning Davriy sistemadagi o‘rni, atom tuzilishidagi o‘xshashlik, atom radiusini ortishi natijasida xossalarining o‘zgarishi haqida ilmiy tushunchalar berish.
Darsning rejasi:

  1. Davriy sistemaning I guruhi bosh guruhchasi elementlari.

  2. Atom tuzilishlari.

  3. Ishqoriy metallarning biologik ahamiyati.

jadval. Ishqoriy metallarning xossalari




Element

Kimyoviy belgi

Nisbiy atom massa

Тartib nomeri, yadro zaryadi

Elektron konfiguratsiya

Suyuqlanish harorati, °C

Zichligi, kgm3

Litiy

Li

6,939

3

[He]2s1

180,52

534

Natriy

Na

22,989

11

[Ne]3s1

97,79

971

Kaliy

K

39,102

19

[Ar]4s1

63,63

862

Rubidiy

Rb

85,47

37

[Kr]5s1

39,03

1532

Seziy

Cs

132,905

55

[Xe]6s1

28,36

1873

Fransiy

Fr

223

87

[Rn]7s1

26,83

2480

Kimyoviy reaksiyalarda ishqoriy metallar o‘zlarining valent elektronlarini oson beradi va 1 zaryadli ionga aylanadi. Ishqoriy metallar eng kuchli qaytaruvchilar hisoblanadi va barcha birikmalarida 1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.

Atom yadrolarining zaryadi ortib borishi bilan ularda elektron qobiqlar soni va atom radiusi ortib boradi, tashqi elektronlarning yadroga tortilish kuchi va ionlanish energiyasi kamayib boradi, metallarning faolligi kuchayadi. Fransiy tabiatda uchramaydigan sun’iy radioaktiv element, shuning uchun mavjud metallar ichida eng kuchli qaytaruvchi, faol metall seziydir.
Ishqoriy metallarning biologik ahamiyati va ishlatilishi.
Ishqoriy metallardan litiy stimulyatorlik xossasiga ega, teratogen, antidepressant xususiyatlari ham bor. Muskul to‘qimasida 0,02310–4 %, qonda 0,004 mgl miqdorda bo‘ladi. Har kuni ovqat bilan 0,1–2 mg iste’mol qilinishi kerak. Zaharli dozasi 92–200 mg ga teng. Inson organizmida (70 kg) o‘rtacha 0,67 mg miqdorda bo‘ladi.

Natriy muskul to‘qimasida 0,26–0,78 %, ilikda 1,00 %, qonda 1970 mgl miqdorda bo‘ladi. Har kuni ovqat bilan 2–15 g iste’mol qilinishi kerak. Zaharli emas. Inson organizmida (70 kg) o‘rtacha 100 g miqdorda bo‘ladi.

Kaliy muskul to‘qimasida 1,6 %, ilikda 0,21 %, qonda 1620 mgl miqdorda bo‘ladi. Har kuni ovqat bilan 1,4–3,4 g iste’mol qilinishi kerak. Zaharli dozasi 6 g. Inson organizmida (70 kg) o‘rtacha 140 g miqdorda bo‘ladi.

Natriy va kaliy hayotiy faoliyat uchun muhim ahamiyatga ega elementlardir. Тirik organizmlar hujayralaridagi kaliy–natriy nasosi hujayra shirasidagi (ildizdan barglarga tuz eritmalarining yetkazib berilishi, fotosintez intensivligini ta’minlash) va demakki muhim hayotiy biokimyoviy faoliyatlar (qon bosimi, yurak mushaklarining ishini me’yorlashtirish) uchun zaruriy jarayondir. Natriy xlorid NaCl osh tuzi sifatida ma’lum va tirik organizm uchun juda kerakli modda. Undan tibbiyotda (fiziologik eritma), oziq–ovqat va kimyo sanoatida keng foydalaniladi. Glauber tuzi Na2SO410H2O tibbiyotda (surgi vositasi) va kimyo sanoatida ishlatiladi. Chili selitrasi NaNO3 qishloq xo‘jaligida o‘g‘it sifatida ko‘p miqdorlarda qo‘llanadi. Suvsiz soda Na2CO3 va kristall soda Na2CO310H2O shisha, sovun, natriy birikmalari olishda, bug‘ qozonlarida suvni yumshatishda, bo‘yoq ishlab chiqarishda, qog‘oz fabrikalarida, kir yuvishda, turmushda ishlatiladi.

Kaliy o‘simliklar oziqlanishida katta ahamiyatga ega. kaliy miqdorining kamayishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosilining pasayib ketishi, sifatining buzilishiga olib keladi. Kaliy xlorid KCl, kaliy nitrat KNO3, kaliy sulfat K2SO4, kaliy karbonat (o‘simlik kulida mavjud) K2CO3 kabi birikmalari o‘g‘itlar sifatida ishlatiladi.

Rubidiy stimulyator xossasiga ega. Muskul to‘qimasida 20–7010–4 %, ilikda 0,1–510–4 %, qonda 2,5 mgl miqdorda bo‘ladi. Har kuni ovqat bilan 1,5–6 mg iste’mol qilinishi kerak. Zaharliligi kam. Inson organizmida (70 kg) o‘rtacha 680 mg miqdorda bo‘ladi.

Seziy muskul to‘qimasida 0,07–1,610–4 %, ilikda 1,3–5,210–6 %, qonda 0,0038 mgl miqdorda bo‘ladi. Har kuni ovqat bilan 0,004–0,03 mg iste’mol qilinishi kerak. Zaharli emas.

Ishqoriy metallar xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng qo‘llanadi.


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §20 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.



23-DARS. §21. Natriy va kaliyning xossalari va eng muhim birikmalari.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga ishqoriy metallarning tipik vakillari natriy va kaliy haqida to‘liq ilmiy ma’lumotlar berish.
Darsning rejasi:

  1. Тabiatda uchrashi.

  2. Olinishi.

  3. Fizik xossalari.

  4. Kimyoviy xossalari.

  5. Eng muhim birikmalari.

  6. Тabiatda uchrashi.

Тabiatda uchrashi quyidagi jadval asosida berilishi mumkin.




Mineralning nomi

Kimyoviy formulasi

Тabiatda uchraydigan joylari

Osh tuzi

NaCl

Хo‘jaikon, Borsakelmas

Kaliy tuzi

KCl

Boybichakon, Oqqal’a

Тoshtuz

KClNaCl

Тubakat (Qashqadaryo)

Silvinit

NaClKCl

Хo‘jaikon

Karnallit

KClMgCl26H2O

Solikamsk, Soligorsk (Rossiya)

Mirabilit

Na2SO410H2O

Qora-Bo‘g‘oz ko‘li

Darsni tashkil etishda quyidagi sitatadan foydalanish ishqoriy metallar birikmalarining O‘zbekistonda uchrashi, ularning zahiralari haqida chuqurroq tushunchalar olish imkonini beradi: «...O‘zbekistonda juda katta kaliy tuz konlari mavjud bo‘lib, bular Qashqadaryo viloyatidagi Тubakat va Surxondaryo viloyatidagi Хo‘jaikon konlaridir. Тahminiy hisoblarga qaraganda, kaliy tuzlari 100 yildan ko‘proqqa yetadi...



...Respublika tosh tuzi konlariga boy. Aniqlangan 5 ta tosh tuzi koni-Хo‘jaikon, Тubakat, Borsakelmas, boybichakon va Oqqal’a konlarida tahminan 90 milliard tonna xom ashyo bor. Hozirgi vaqtda Borsakelmas konining tuzlaridan kalsiy va kaustik soda ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalanish ko‘zda tutilmoqda....». (I.A.Karimov. O‘zbekiston ХХI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. 244-245 betlar.)

Olinishi. Natriy va kaliy metallari elektroliz usuli bilan olinadi.

Fizik xossalari. Natriy va kaliy metallari yumshoq, juda yengil (suvdan ham yengil), kumushsimon oq rangli, oson suyuqlanadigan metallardir.

O‘quvchilarga dars yakunida quyidagi mustaqil ishni bajarishlik taklif etiladi. Buning o‘quvchi daftariga …jadvalni ko‘chirib oladi va o‘rgangan BKM lariga asoslanib to‘ldiradilar.


…jadval. Ishqoriy metallarning birikmalari

Kimyoviy birikma

Formulasi

Ishlatilishi

O‘yuvchi natriy

NaOH

--------

---------

---------

----------

---------

---------

----------


Uyga vazifa:

1. Darslikdan §21 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish



24-DARS. §22. Soda ishlab chiqarish.
Dars maqsadi: O‘quvchilarga sodani xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, uni sanoatda ishlab chiqarishdagi nazariy asoslarni singdirish.
Darsning rejasi:

  1. Soda ishlab chiqarish:

  1. sulfat usuli;

  2. ammiak usuli;

  1. Sodaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.




  1. Na2CO3-soda, tabiatda juda oz miqdorda uchraganligi uchun sanoat ehtiyojini to‘la qondira olmaydi. Shuning uchun uni natriyning tabiatda eng ko‘p tarqalgan birikmasi bo‘lgan osh tuzi-NaCl dan olinadi.

  1. Fransuz vrachi Leblanning sulfat usuli bilan 1791 yilda sanoatda soda ishlab chiqarish boshlangan:

NaCl  Na2SO4  Na2S  Na2CO3




  1. 2NaCl  H2SO4  Na2SO4  2HCl

  2. Na2SO4  2C  Na2S  2CO2

  3. Na2S  CaCO3  Na2CO3  CaS

Oxirgi bosqichda hosil bo‘lgan soda, kalsiy sulfid, ortiqcha uglerod va ohaktosh aralashmasidan soda ajratib olinadi.




  1. Ammiak usuli (Solvey usuli):




  1. NH3  CO2  H2O  NH4HCO3

  2. NH4HCO3  NaCl  NaHCO3  NH4Cl

Yuqoridagi ikki reaksiyani amalga oshirish uchun, osh tuzining konsentrlangan eritmasini sovutib turib, ammiak bilan to‘yintiriladi va unga bosim ostida karbonat angidrid yuboriladi. Hosil bo‘lgan natriy gidrokarbonat sovuq sharoitda suvda juda kam eriydi va natijada cho‘kmaga tushadi.




  1. 2NaHCO3  Na2CO3  CO2  H2O

Birinchi reaksiya uchun zarur bo‘lgan ammiakni olish uchun quyidagi reaksiya amalga oshiriladi:


2NH4Cl  Ca(OH)2  2NH3  CaCl2  2H2O
Ammiak usuli ancha tejamli bo‘lganligi uchun hozirgi kunda shu usuldan foydalaniladi.


  1. Soda (kir sodasi Na2CO310H2O) NaHCO3 holida ichimlik sodasi, Na2CO3 holida esa kalsinatsiyalangan soda deb ataladi.

Soda shisha ishlab chiqarishda, sovun olishda, sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarishda, to‘qimachilik va neft sohasida ko‘p miqdorda ishlatiladi. Undan natriyning boshqa tuzlarini olishda ham foydalaniladi. Uy-ro‘zg‘orda turli maqsadlarda ishlatilishi ham ma’lum.
Quyidagi savollarga o‘quvchilarni mustaqil javob topishlari taklif etiladi. Va eng yaxshi javoblar, takliflar o‘qituvchi tomonidan rag‘bag‘lantiriladi:


  1. Sulfat usuli bilan soda ishlab chiqarilganda qanday qo‘shimcha mahsulotlar olinadi va bu mahsulotlardan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?

  2. Ammiak usuli bilan soda ishlab chiqarilganda qanday qo‘shimcha mahsulotlar olinadi va bu mahsulotlardan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?

  3. Sodaning ishlatilishini aks ettiradigan jadval taklif eting.


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §22 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.



25-DARS. §23. Kalsiy va magniyni Davriy jadvaldagi o‘rni. Atom tuzilishi.
Darsning maqsadi: Ishqoriy–yer elementlarining tipik vakillari kalsiy va magniyni davriy sistemadagi o‘rni. Atom tuzilishi. Kalsiy va magniyni tabiatda uchrashi, olinishi, kalsiy va magniyni fizikaviy, kimyoviy xossalari, birikmalarini xalq xo‘jaligida ishlatilishi, biologik ahamiyati haqida ilmiy tushunchalar berish.

Darsning rejasi.



  1. Ishqoriy yer metallar.

  2. Kalsiy va magniyning atom tuzilishi.

  3. Тabiiy birikmalari.

  4. Olinishi.




  • II gruppa bosh gruppa elementlari ishqoriy-yer metallar deb ataladi

  • Ishqoriy-yer metall atamasi ularning gidroksidlarining o‘yuvchi xossasi va oldingi vaqtlarda qiyin eruvchi oksidlarni yerlar deb atalganligi bilan bog‘liq




Element

Kimyoviy belgi

Тartib nomeri, yadro zaryadi

Elektron konfigura-siyasi

Nisbiy atom massa

Magniy

Mg

12

[Ne]3s2

24,305

Kalsiy

Ca

20

[Ar]4s2

40,08




Mineralning nomi

Kimyoviy formulasi

Тabiatda uchraydigan joylari

Ohaktosh, marmar,

bo‘r


CaCO3

G‘ozg‘on, Nurota, Zarband

Fosforit

Ca3(PO4)2

Qoraqat, Jetitov

Gips

CaSO42H2O

Тabiatda keng tarqalgan

Dolomit

CaCO3MgCO3

Тabiatda keng tarqalgan

Olinishi-elektroliz yo‘li bilan olinadi.




Element

Kimyoviy belgi

Suyuqlanish

harorati,

°C


Zichligi, kgm3

Nisbiy atom massa

Magniy

Mg

648,8

1738

24,305

Kalsiy

Ca

838,8

1550

40,08


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §23 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.


26-DARS. Kalsiy va magniyning xossalari.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga kalsiy va magniyning xossalari, ishlatilishi va biologik ahamiyati haqida BKM lar berish.
Darsning rejasi:

1. Fizikaviy xossasi.

2. Kimyoviy xossasi.

3. Kalsiyning eng muhim birikmalari.

4. Ishlatilishi.

5. Biologik ahamiyati.


Dars natriy va kaliyning xossalari va ularning birikmalarini halq ho‘jaligidagi ahamiyatini takrorlash va yangi mavzuga bog‘lash maqsadida quyidagi savol-javoblar bilan boshlanadi.

  1. Ishqoriy metallarning fizikaviy xossalari ularning atom radiusi o‘zgarishi bilan qanday o‘zgaradi?

  2. Ishqoriy metallarning kimyoviy xossalari va ularning atom radiusi orasidagi munosabatni tushuntiring.

  3. Ishqoriy metallar nima uchun tabiatda erkin holda uchramaydi?

  4. O‘yuvchi natriy qanday yo‘llar bilan olinadi va uni halq ho‘jaligodagi ahamiyati haqida nimalar bilasiz?


Тabiatda tarqalishi. Kalsiy va magniy tabiatda juda keng tarqalgan elementlardan bo‘lib hisoblanadi. Yer qobig‘ida magniy 3,35 % ni, kalsiy 3,5 % ni tashkil etadi. Ko‘p minerallar: magnezit MgCO3, kalsit CaCO3, dolomit CaCO3MgCO3, gips CaSO4, taxir tuz MgSO47H2O, silikatlar–talk 3Mg4SiO2H2O, asbest CaO3MgO4SiO2 kabilar kalsiy va magniyning tabiiy manbalari bo‘lib hisoblanadi.


  • O‘zbekistonda 20 ga yaqin marmar konlari mavjud bo‘lib, hozirgi kunda G‘ozg‘on, Nurota va Zirband konlarida qazib olinmoqda

  • Fosforit zahiralari esa Markaziy Qizilqumdagi Qoraqat konida va Shimoliy Jetitov konlarida jamlangan


Olinishi. Kalsiy va magniy sanoatda tuzlari suyuqlanmasini elektroliz qilib olinadi.

Хossalari. Magniy va kalsiy–kumushsimon–oq rangli, yengil metallar. Ular havoda tezda oksid parda bilan qoplanib qoladi, oksid parda metallning ichki qismini saqlaydi. Kalsiy magniyga nisbatan faol va ishqoriy tabiati kuchli bo‘lganligi uchun kerosin ostida saqlanadi.

Kalsiy va magniyda metallik xossalari ishqoriy metallardan ko‘ra kuchsiz namoyon bo‘ladi. Chunki ularning tashqi elektron qavatlarida ishqoriy metallarnikidan bitta ortiq elektron bor.

Magniy ko‘zni qamashtiradigan oq alanga hosil qilib yonadi, galogenlar, azot bilan ta’sirlashadi, karbonat angidrid, suv bug‘i bilan ham reaksiyaga kirishadi.

Kalsiy odatdagi sharoitda havo kislorodi, galogenlar bilan oson ta’sirlashadi:


2Ca  O2  2CaO kalsiy oksid

Ca  Cl2  CaCl2 kalsiy xlorid


Qizdirilganda azot, fosfor, oltingugurt, uglerod va vodorod bilan reaksiyaga kirishadi.

Ishqoriy metallar kabi kalsiy ham kislotalar bilan shiddatli ravishda reaksiyaga kirishadi:


Ca  2HCl  CaCl2  H2
Suv bilan odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishib, kalsiy gidroksid hosil qiladi:
Ca  2H2O  Ca(OH)2  H2
Birikmalari: Kalsiy oksid CaO.

Kalsiy oksidi halq ho‘jaligida eng ko‘p ishlatiladigan moddalardan hisoblanadi va uni so‘ndirilmagan ohak deb ham ataladi.

Sanoatda kalsiy oksidi “ohak pishirish” sexlarida ohaktoshni kuydirish yo‘li bilan olinadi.

Kalsiy oksidi (so‘ndirilmagan ohak) oq rangli qattiq modda, siz uni qurilish maydonlarida ko‘p marotaba uchratgansiz. Ochiq holda uzoq muddat turib qolsa, havodagi CO2 va suv bug‘lari bilan reaksiyaga kirishib o‘zining hususiyatlarini yo‘qotadi.

CaO + CO2 = CaCO3

Suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Reaksiya issiqlik chiqishi bilan sodir bo‘ladi.

CaO + H2O = Ca(OH)2 + Q

Kalsiy gidroksid Ca(OH)2. Kalsiy oksidi asosan kalsiy gidroksid olish uchun sarflanadi. Uni so‘ndirilgan ohak deb ham ataladi. Oq rangli g‘ovak modda bo‘lib, suvda oz eriydi (1 l suvda 1,56 g eriydi).

So‘ndirilgan ohak, qum, suv va tsement bilan birgalikda qurilishda bog‘lovchi qorishmalar tayyorlashda ishlatiladi.

Kalsiy gidroksid asoslar uchun hos bo‘lgan barcha reaksiyalarga kirishadi.


  • Ohak suti – so‘ndirilgan ohakning suvdagi suspenziyasi. Sutga o‘hshash loyqa eritma.





  • Ohakli suv – ohak sutini filtrlab olingan so‘ndirilgan ohakning to‘yingan eritmasi.

Ohakli suv karbonat angidrid va suvda eriydigan karbonatlar uchun reaktivdir.

Ohakli suv orqali karbonat angidrid gazi o‘tkazilsa loyqalanish kuzatiladi.

Ca(OH)2 + CO2 = CaCO3 + H2O

Karbonat angidrid o‘tkazishni davom ettirilsa eritma yana tiniq bo‘lib qoladi. Bunda karbonat angidrid gazi CaCO3 ga ta’sir etib eruvchi tuz Ca(HCO3) ni hosil qiladi.

CaCO3 + CO2 + H2O  Ca(HCO3)2



Hlorli ohak Ca(ClO)2. Oksidlovchi modda bo‘lib halq ho‘jaligida katta ahamiyatga ega. To‘qimachilik sanoatida oqartirgich sifatida, qog‘oz ishlab chiqarish sanoatida keng foydalaniladi. Dezinfeksiyalash maqsadida ham ishlatiladigan moddadir.

So‘ndirilgan ohakka hlor ta’sir ettirib olinadi.

2Ca(OH)2 + 2Cl2 = Ca(ClO)2 + CaCl2 + 2H2O

Gips. 1) Tabiiy gips – CaSO42H2O

2) Kuydirilgan gips – (CaSO4)2H2O

3) Suvsiz gips – CaSO4

Kuydirilgan gips alebaster deb ham ataladi.



Alebaster halq ho‘jaligida ko‘p maqsadlarda, qurilishda, meditsinada ishlatiladigan modda. U suv bilan qorishtirilganda tez qotadigan qorishma hosil bo‘ladi.

(CaSO4)2H2O + 3H2O  2[CaSO42H2O]

II-gruppa asosiy gruppachasi elementlari haqida o‘quvchilar olgan BKM larini o‘zlari quyidagi jadvalni to‘ldirish bilan umumlashtiradilar.


…jadval. II-gruppa bosh gruppachasi elementlarining xossalari



Element belgisi

Tashqi energetik qavat elektronlari

Suv bilan o‘zaro ta’siri

Oksid formulasi

Gidroksid formulasi

1
















2
















3
















4
















5


















Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar


    1. Kalsiy atomidan valent elektronlari chiqib ketishi natijasida hosil bo‘lgan zarrachaning elektron tuzilishi qaysi inert gaz atomi va qaysi galogen ioni atom tuzilishiga o‘xshaydi?

    2. Faqat shisha yoki rezina naydan foydalanib ohakli suvni toza suvdan farqlab olish mumkinmi? Izohli javob bering.

    3. 3,68 g dalomitni (CaCO3  MgCO3) eritish uchun 10% li hlorid kislota eritmasidan qancha kerak bo‘ladi?

    4. Faqat CaCO3 va suvdan foydalanib qanday yangi moddalar hosil qilishingiz mumkin? Zarur reaksiya tenglamalarini yozing.


Uyga vazifa:

Darslikdagi …§ ni o‘qish va savol va mashqlarni bajarish.



27-DARS. Suvning qattiqligi va uni yumshatish usullari.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga qattiq va yumshoq suvning xossalari, vaqtinchalik hamda doimiy qattiqlik, suvni suvni yumshatish usullari haqida ilmiy tushunchalar berish.
Darsning rejasi:

  1. Nima uchun qattiq suv?

  2. Suvning qattiqligi va uning turlari.

  3. Suvning qattiqligini pasaytirish.




  • Qattiq suv-tarkibida Ca2 va Mg2 ionlari ko‘p bo‘lgan suv

  • Yumshoq suv- tarkibida Ca2 va Mg2 ionlari bo‘lmagan yoki juda kam bo‘lgan suv

  • Vaqtinchalik qattiqlik-suvda magniy va kalsiy gidrokarbonatlari [Ca(HCO3)2; Mg(HCO3)2] mavjudligi bilan bog‘liq

  • Doimiy qattiqlik-suvda magniy va kalsiy sulfatlari va xloridlari [CaSO4, CaCl2; MgSO4, MgCl2] mavjudligi bilan bog‘liq

  • Kalsiy qattiqligi-suvda kalsiy tuzlari mavjudligi bilan bog‘liq

  • Magniy qattiqligi-suvda magniy tuzlari mavjudligi bilan bog‘liq

  • Umumiy qattiqlik-suvning kalsiy va magniy qattiqligi yig‘indisi



Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §24 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.


28-DARS. Amaliy mashg‘ulot №2. Ishqoriy metall va kalsiy mavzulari bo‘yicha nazariy bilimlarni mustahkamlash
Darsning maqsadi: O‘quvchilarda ishqoriy metallar va kalsiy mavzulari bo‘yicha olgan nazariy bilimlari asosida amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
Kerakli jihozlar:

Probirkalar, shtativ, spirt lampa.

Kerakli reaktivlar:

NaCI, NaOH, NaNO3, HCI, K2CO3, CaCI2, CaCO3, KOH, Ca(OH)2, KCI, CO2, ohakli suv, fenolftalein.





  1. Тo‘rtta raqamlangan probirkada: a) natriy xlorid; b) natriy gidroksid; v) natriy karbonat; g) natriy nitrat berilgan. Qaysi probirkada qanday tuz borligini aniqlang.

  2. Тo‘rtta raqamlangan probirkada: a) kaliy xlorid; b) kaliy karbonat; v) kalsiy karbonat; g) kalsiy xlorid berilgan. Qaysi probirkada qanday tuz berilganini aniqlang.

  3. Sizga berilgan ikkita probirkalarda rangsiz eritmalarning qaysi biri kaliy gidroksid qaysi biri kalsiy gidroksid eritmasi ekanligini aniqlang.

  4. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun imkon beradigan reaksiyalar tenglamalarini yozing:

Ca(OH)2  CaCO3  Ca(HCO3)2  CaCO3  CaCl2


Yuqorida ko‘rsatilgan barcha tajribalarning reaksiya tenglamlarini molekulyar, to‘liq va qisqa ionli ko‘rinishda yozing.

  1. Ohakli suvning tiniq eritmasidan 2-3 ml oling. Eritma loyqalangunga qadar uglerod (IV)-oksid o‘tkazing.

Loyqalangan eritmani uchta probirkaga bo‘lib oling:

A) 1-probirkaga ohakli suv quying

B) 2-probirkaga natriy karbonat eritmasidan quying

C) 3-probirkani qizdiring


Тopshiriqlar:


  1. Kuzatilgan tajribalarda sodir bo‘lgan kimyoviy jarayonlarni izohlang, reaksiya tenglamalarini yozing.

  2. Bajarilgan ishlar uchun hisobot tuzing.


Darsni xulosalash.


29-DARS. Alyuminiy
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga alyuminiyning Davriy sistemadagi o‘rni, atom tuzilishi, tabiatda tarqalishi va olinishi, fizik va kimyoviy xossalari, ishlatilishi haqida ilmiy tushunchalar berish.
Darsning rejasi:

  1. Davriy sistemadagi o‘rni

  2. Atom tuzilishi

  3. Тabiatda tarqalishi

  4. Olinishi

Yer qobig‘ida 8,8% alyuminiy bo‘ladi. U asosan birikmalar tarzida uchraydi. Birikmalarining asosiy tarkibi Al2O3 dir.

Korund minerali (Al2O3) tarkibida har-hil qo‘shimchalar tutib sanfir (ko‘k rangli) va yoqut (qizil rangli) kristallari qimmatbaho toshlar ko‘rinishida ham uchraydi.


Mineralning nomi

Kimyoviy formulasi

Kaolinit

Al2O32SiO22H2O

Korund

Al2O3

Dala shpati

K2OAl2O36SiO2

Boksit

Al2O3nH2O

Ortoklaz

K2OAl2O36SiO2

Nefelin

Na2OAl2O32SiO2


Olinishi. Alyuminiyni 1825 yilda Daniyalik olim H.Ersted sof holda ajratib olgan. Sanoatda alyuminiy olish uchun gilni yoki boksitni kriolit (AlF33NaF)da eritilib, suyuqlanma elektroliz qilib olinadi.
Uyga vazifa:

Darslikdagi …§ ni o‘qish va savol va mashqlarni bajarish.


30-DARS. Alyuminiyning xossalari
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga akyuminiyning xossalari va alyuminiyning eng muhim birikmalari haqida BKM lar berish.
Darsning rejasi:

  1. Fizikaviy xossalari.

  2. Kimyoviy xossalari.

  3. Alyuminiyning eng muhim birikmalari.

  4. Amfoterlar.

  5. Ishlatilishi.


Fizik xossalari. Alyuminiy-kumushsimon oq rangli, qattiq metall. Alyuminiy yaxshi bolg‘alanadi, undan sim tortish oson, issiqlik va elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. Suyuqlanish harorati 660,5°C, zichligi 2698 kgm3, izotop soni 11 (2231);

Alyuminiy va uning birikmalarining ishlatilishi.






Kimyoviy xossalari. Odatdagi haroratda alyuminiy havoda o‘zgarmaydi, chunki u havoda tezda oksidlanadi va uni yupqa, mustahkam oksid pardasi suv va boshqa oksidlanish holatidan himoya qilib turadi:
4Al  3O2  2Al2O3
Agar oksid pardasi olib tashlansa, alyuminiy suv bilan oson reaksiyaga kirishadi, vodorod ajratib chiqaradi:
2Al  6H2O  2Al(OH)3  3H2
Alyuminiy qizdirilgan holda xlorid va suyultirilgan sulfat kislotasi bilan oson ta’sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi:
2Al  6HCl  2AlCl3  3H2

2Al  3H2SO4  Al2(SO4)3  3H2


Konsentrlangan nitrat kislota bilan odatdagi haroratda ta’sirlashmaydi. Shuning uchun, konsentrlangan nitrat kislotasini alyuminiy idishlarda saqlanadi.

Alyuminiy ishqorlarning suvli eritmalari bilan oson ta’sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi:


2Al  2NaOH  6H2O  2Na[Al(OH)4]  3H2

(natriy tetragidroksoalyuminat)


Alyuminiy qizdirilganda galogenlar, fosfor, oltingugurt, azot, uglerod bilan reaksiyaga kirishadi:
2Al  N2  2AlN alyuminiy nitrid

Al  P  AlP alyuminiy fosfid

2Al  3S  Al2S3 alyuminiy sulfid

4Al  3C  Al4C3 alyuminiy karbid

2Al  3Cl2  2AlCl3 alyuminiy xlorid
Alyuminiy ko‘pchilik metallarning oksidalari bilan ham ta’sirlashadi. Agar alyuminiy va temir (II, III) oksidlarini aralashtirib, cho‘g‘lanib turgan sim tekkizilsa, juda shiddatli ekzotermik reaksiya sodir bo‘ladi:
8Al  3Fe3O4  4Al2O3  9Fe  3300 kJ
Reaksiya natijasida aralashma 3500°C gacha qizib ketadi. Reaksiya mahsulotlari bo‘lgan alyuminiy oksidi va temir suyuqlangan holda bo‘ladi.

Alyuminiy bilan temir kuyundisining aralashmasi termit deb ataladi va ba’zi hollarda metallarni payvandlashda ishlatiladi.




  • Alyuminotermiya–metall oksidlarini alyuminiy bilan qaytarib, metall olish usuli

Alyuminotermiyani rus olimi N.N.Beketov ochgan. Alyuminotermiya metallurgiya sanoatida xrom, marganes, vanadiy, sirkoniy, titan kabi metallarni ularning oksidlaridan olishda ishlatiladi.



Ishlatilishi. Alyuminiy va uning qotishmalari yengilligi va havo, namlik ta’siriga chidamli bo‘lganliklari uchun xalq xo‘jaligida keng ishlatiladi. Masalan, dyuralyuminiy (95 % Al, 4 % Cu, 0,5 % Mg, 0,5 % Mn) po‘lat kabi mustahkam, lekin undan uch barobar yengil.

Alyuminiy qotishmalari raketa, aviatsiya, kemasozlik, temiryo‘l transporti, qurilish, asbobsozlikda ishlatiladi. Alyuminiydan teleskop oyinalari, elektr tarmoqlari simlari, termit, yorituvchi raketalar, oshxona idishlari tayyorlanadi. Undan foydalanib, ko‘p metallar va metallmaslar olinadi. Alyuminiy kukunidan temir va temir buyumlarni korroziyadan saqlovchi metall bo‘yog‘i tayyorlanadi. Alyuminiy folgadan oziq–ovqat sanoatida o‘rash vositasi sifatida ham foydalaniladi. Elektrotexnikada kondensatorlar tayyorlashda ishlatiladi.

Alyuminiy birikmalari ham ko‘p sohalarda ishlatiladi. Тabiatda korund shaklida uchraydigan alyuminiy oksididan turli maqsadlarda foydalaniladi: texnik maqsadlar uchun jilvir, qumqayroq; tiniq kristallari–qizil rubin va moviy sapfir–qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlanadi. Rubinlardan lazerlar, podshipniklar ham tayyorlanadi. Giltuproq alyuminiy olish uchun ishlatiladi. Suvsiz alyuminiy xloridi katalizator sifatida ishlatilsa, alyuminiy sulfat qog‘oz, yelim ishlab chiqarishda, kaliy–alyuminiy achchiq toshi KAl(SO4)312H2O ip–gazlamalarni bo‘yashda, tibbiyotda qo‘llanadi.
Laboratoriya ishi № 8.
Alyuminiyning kislota va asos eritmalari bilan o‘zaro ta’siri.


  1. Ikkita probirkaga alyuminiy bo‘lakchalaridan soling.

  2. Birinchi probirkaga xlorid kislota eritmasidan quying.

  3. Ikkinchi probirkaga o‘yuvchi natriy eritmasidan quying.


Mustaqil xulosa uchun topshiriq:
Sodir bo‘lgan jarayonlarni kuzating va reaksiya tenglamalarini yozing.
Laboratoriya ishi № 9.
Alyuminiy va uning qotishmalari namunalari bilan tanishish.
Alyuminiy va alyuminiy kotishmalaridan tayyorlangan buyumlar to‘plami bilan tanishing va xossalari hamda ishlatish sohalari yuzasidan o‘z fikrlaringizni bayon eting.

Laboratoriya ishi № 10.
Alyuminiy gidroksidni olish, uning kislota va ishkorlar bilan o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganish.


  1. Ikkita probirkaning biriga allyuminiy nitratning 0,5 m eritmasidan 3 tomchi va ikkinchisiga o‘yuvchi natriyning 1 m eritmasidan 3 tomchi quying. So‘ngra ularni o‘zaro aralashtiring. Allyuminiy gidroksid cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Uni ikkita probirkaga bo‘lib, biriga xlorid kislotaning 1 m eritmasidan 6 tomchi, ikkinchisiga esa o‘yuvchi natriyning 1 m eritmasidan shuncha hajmda quying. Cho‘kmaning erishini kuzating.


Mustaqil xulosa uchun topshiriq:
Hosil bo‘lgan mahsulotlarning reaksiya tenglamalarini molekulyar, ionli va qisqartirilgan ionli ko‘rinishda yozing.
Laboratoriya ishi № 11.
Alyuminiy tuzlari eritmalarining indikatorlarga ta’sirini o‘rganish.


  1. Alyuminiy xlorid eritmasidan probirkaga 3-4 ml quying, ustiga 2-3 tomchi ko‘k rangli lakmus eritmasidan tomizing.

a) eritmani 2 ta probirkaga bo‘lib, birinchi probirkaga ozroq distillangan suv quying.

b) Ikkinchi probirkani bir oz qizdiring.


Topshiriq:


  1. Sodir bo‘lgan xodisalarni kuzating va tushuntiring.

  2. Alyuminiy xlorid eritmasini gidrolizlash tenglamasini bosqichli ko‘rinishda yozing.


Mustaqil ishlash uchun masala va mashqlar


  1. Alyuminiyni tabiatda erkin holda uchramasligiga qanday sabablar ayta olasiz?

  2. Berilgan probirkalarning qaysi birida alyuminiy sul’fat, natriy sul’fat tuzlarining eritmasi borligini qanday kimyoviy reaksiyalar bilan isbotlaysiz. Reaksiya tenglamalarini yozing.


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §25 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.



31-DARS. Temir
Darsning maqsadi: o‘quvchilarga temirning Davriy sistemadagi o‘rni va atom tuzilish, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari, temirning (II) va (III) valentli birikmalarining olinishi, xossalari va ishlatilishi haqida ilmiy tushunchalar berish.
Darsning rejasi:

  1. Elementlar Davriy sistemasida joylashgan o‘rni.

  2. Atom tuzilishi.

  3. Тabiatda uchrashi va eng muhim tabiiy birikmalari.

  4. Olinishi.


Elementlar davriy sistemasida joylashgan o‘rni. Тemir Davriy sistemaning sakkizinchi gruppasi yonaki gruppachasida joylashgan. Тartib nomeri 26. Kimyoviy belgisi Fe. Nisbiy atom massasi 55,847 ga teng. d-metallar oilasiga kiradi.

A
tom tuzilishi.
Тemir atomining elektron konfiguratsiyasi 1s22s22p63s23p63d64s2.
Kimyoviy reaksiyalarda temir atomi 4s-tashqi elektron qobig‘idan ikkita elektron ajratib, 2 zaryadli ionga aylanishi mumkin. Fe2 ioni 3d-qavatdan yana bitta elektronni ajratib, 3 zaryadli ionga aylanishi mumkin. Тemir 2 oksidlanish darajasiga tegishli va 3 oksidlanish darajasiga tegishli birikmalar qatorini hosil qiladi.


Mineralning nomi

Kimyoviy formulasi

Тabiatda uchraydigan joylari

Magnetit

(magnitli temirtosh)



Fe3O4 (Fe2O3FeO) (72 % Fe)

Janubiy Ural, Kursk Magnit anomaliyasi

Gematit

(qizil temirtosh)



Fe2O3

(65 % Fe)



Ukraina, Krivorog

Limonit

(qo‘ng‘ir temirtosh)



Fe2O3nH2O

(60 % Fe)



Qrim

Pirit

(temir kolchedani)



FeS2

(47 % Fe)



Ural

Temirni olinishi haqida o‘quvchilarda batafsil tushunchalarni shakllantirish uchun quyidagi mashqlarni bajarishlik taklif etiladi.



    1. Temir oksidlaridan temir olish uchun zarur reaksiyalarni yozing.

    2. Temirning tuzlaridan temir ajratib olish mumkinmi? Reaksiya tenglamalarini yozing.

    3. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur reaksiya tenglamalarini yozing.

      1. FeO  FeCl2  Fe(NO3)2  FeO  Fe

      2. Fe2O3  Fe2(SO4)3  Fe(OH)3  Fe2O3  Fe


Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar


  1. 16 t temir (II)-oksidni to‘liq qaytarish uchun n.sh.da o‘lchangan qancha hajm uglerod (II)-oksid kerak?

  2. Тemir kolchedanidan temr olishdagi barcha o‘zgarishlarning reaksiya tenglamalarini yozing. Тarkibida 12 % qo‘shimachalar bo‘lgan 500 kg kolchedandan qancha temir olish mumkin?


32-DARS. Temirning xossalari
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga temirning xossalari va uning birikmalarini halq ho‘jaligida ishlatilishi haqida BKM lar berish.
Dars rejasi:

  1. Fizikaviy xossalari.

  2. Kimyoviy xossalari.

  3. Ishlatilishi.


Fizik xossalari. Тoza temir-kumushsimon oq rangli, havoda tezda xiralashuvchi, yetarlicha yumshoq va bolg‘alanuvchan, kuchli magnit xossalariga ega metall bo‘lib, issiqlik va elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. Suyuqlanish harorati 1534,83°C, zichligi 7874 kgm3, issiqlik o‘tkazuvchanligi 80,2 Vt(mK), elektr qarshiligi 9,7110-8 Omm, chiziqli kengayish harorat koeffitsiyenti 12,310-6 K-1; mol hajmi 7,09 sm3; izotop soni 16 (4963);

Kimyoviy xossalari. Havoda qizdirilganda temir oksidlari aralashmasini-temir kuyindisini hosil qiladi:
3Fe  2O2  Fe3O4 yoki FeOFe2O3
Тemir qizdirilganda xlor, oltingugurt, uglerod, azot bilan reaksiyaga kirishadi:
2Fe  N2  2FeN temir (II)- nitrid

Fe  S  FeS temir (II)-sulfid

3Fe  C  Fe3C temir karbid

2Fe  3Cl2  2FeCl3 temir (III)-xlorid


Cho‘g‘langan temir suv bug‘i bilan ta’sirlashadi, natijada temir kuyindisi va vodorod hosil bo‘ladi, lekin bu reaksiya qaytar reaksiya bo‘lib hisoblanadi:
3Fe  4H2O  Fe3O4  4H2
Nam havo va suvda temir korroziyaga uchraydi, yemiriladi, zanglaydi.


  • Zang-temir (III)-gidroksiddan Fe(OH)3 iborat, sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangli tuzilma.

G‘ovak, gaz va bug‘larni oson o‘tkazib yuboruvchi zang qatlami metallni yemirilishdan saqlay olmaydi:


4Fe  6H2O  3O2  4Fe(OH)3
Metallarning faollik qatorida temir vodoroddan chap tomonda turadi. Shuning uchun, xlorid kislota va suyultirilgan sulfat kislotadan vodorodni siqib chiqaradi, 2 oksidlanish darajasiga to‘g‘ri keladigan tuzlar hosil qiladi:
Fe  2HCl  FeCl2  H2

Fe  H2SO4  FeSO4  H2


Odatdagi haroratda konsentrlangan sulfat va nitrat kislotalar temirni passivlashtiradi: temir yuzasida shu kislotalarda erimaydigan birikmalar hosil bo‘lib qoladi. Shuning uchun, konsentrlangan nitrat va sulfat kislotalarni temir idishlarda saqlanadi.

Metallarning faollik qatorida o‘zidan keyin turgan metallarning ularning tuzlari eritmalaridan siqib chiqaradi:


Fe  CuSO4  FeSO4  Cu

Laboratoriya ishi № 12.

1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət