Ana səhifə

O‘zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan тoshkenт 2005


Yüklə 2.39 Mb.
səhifə8/12
tarix24.06.2016
ölçüsü2.39 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

CO2  C  2CO


H2O  C  H2  CO
Тabiiy gazni bu jarayonga qo‘shish bilan koks sarfi 10–20 % ga kamaytiriladi.

Po‘lat olish. Тo‘yingan cho‘yandan po‘lat olish konvertor, marten pechlari yoki elektr pechlarida amalga oshiriladi.

Bekobod metallurgiya zavodida marten usulidan foydalaniladi. Po‘lat olish jarayonining mohiyati cho‘yan tarkibidagi uglerod, oltingugurt, fosfor, kremniy va boshqa qo‘shimchalarni kuydirib chiqarib yuborishdan iborat. Uglerodning miqdori qancha kamaytirilsa, po‘latning qattiqligi shunchalik kamayib boradi. Kislorod manbai havo va ruda yoki metallolom shaklida maxsus qo‘shiladigan temir oksidlaridan foydalaniladi. Dastlab, temir qisman oksidlanadi, so‘ngra FeO kremniy, marganes, fosfor va uglerodni oksidlaydi:


2Fe  O2  2FeO  Q

5FeO  2P  5Fe  P2O5  Q

2FeO  Si  2Fe  SiO2  Q

FeO  Mn  Fe  MnO  Q

FeO  C  Fe  CO  Q
Po‘latning xossalari. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra po‘lat uglerodli va legirlangan po‘latlarga bo‘linadi. Legirlangan po‘latlar tayyorlashda po‘latning xossalarini kuchli tarzda o‘zgartirish xususiyatiga ega bo‘lgan turli legirlovchi qo‘shimchalar: xrom, nikel, titan, molibden, vanadiy, volfram va boshqalar qo‘shiladi.

Hamma po‘latlar umumiy bo‘lgan mustahkamlik va plastiklik xususiyatlariga ega. ularni bolg‘alash, yoyish, shtamplash, sim qilib cho‘zish mumkin. Po‘latlar texnikada ishlatilish sohalariga qarab, konstruksion, asbob-uskunabop va alohida xossali turlarga bo‘linadi.




  • Konstruksion po‘latlar yuqori darajada mustahkamlikka va plastiklikka ega bo‘lib, ularga bosim ostida ishlov berish, ularni kesish, payvandlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ulardan mashina qismlari, konstruksiyalar va binolar qurishda foydalaniladi.

  • Asbob-uskunabop po‘latlar yuqori darajada mustahkamlikka va qattiqlikka ega, yeyilishga chidamli bo‘ladi. Ularni kesuvchi va o‘lchov asboblari, shtamplar tayyorlashda ishlatiladi. Ularning alohida guruhini tez kesuvchi po‘latlar tashkil etib, ular katta tezlikda kesish jarayonida ham (600-700°C) kesish xususiyatlarini saqlab qoladi.

  • Alohida xossali po‘latlar (zanglamaydigan, yuqori haroratga chidamli, magnit xossali va b.q.) yuqori haroratlarda ham atmosferada, kislotalar eritmalarida va boshqa korrozion muhitlarda korroziyaga chidamli bo‘lib, ulardan gaz turbinalari, reaktiv dvigatellar, raketa qurilmalari, magnit qurilmalari tayyorlanadi.


Laboratoriya ishi № 13.
Cho‘yan va po‘lat namunalari bilan tanishish.


  1. Sizga berilgan cho‘yan va po‘lat namunalarini ko‘zdan kechiring.

  2. Quyidagi tajriba yordamida cho‘yan va po‘latning o‘zaro farqlarini bilib oling.

  3. Bitta probirkaga cho‘yan donachasidan, ikkinchisiga esa po‘lat donachasidan soling, donachalarning og‘irligi bir xil bo‘lishi kerak. Probirkalarga 2-4 ml dan suyultirilgan xlorid kislota qo‘shing va sekin qizdiring. Agar gazlarning shiddat bilan ajralishi to‘xtasa, probirkalarga yana ozgina kislota quying va buni gaz ajralib chiqmay qolguncha davom ettiring.


Mustaqil xulosa uchun topshiriq:


  1. Sodir bo‘lgan hodisalarni izohlang.

  2. Тegishli reaksiya tenglamalarini yozing.

  3. Probirkalardan qaysi birida shiddatli (kuchliroq) gaz ajralib chiqdi?

  4. Kuzatganlaringizni izohlang.



Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §27 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.


Noorganik kimyo mavzulari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar uchun umumlashtiruvchi masala va mashqlar


  1. 10 gr vodorod necha mol? Normal sharoitda qancha hajmni egallaydi. Nechta molekula bor?

  2. Mis kuporosidagi kristalizasiya suvini massa ulushini aniqlang.

  3. Vodorod gologenidni havoga nisbatan zichligi 4,41ga teng.Shu gazni vodorodga nisbatan zichligini va nomini aniqlang.

  4. 24 gr miss(II)-oksid bilan normal sharoitda o’lchangan 5,l litr is gazi reaksiyaga kirishdi.Reaksiya tamom bo’lgandan so’ng qolgan qattiq qoldiqni massasini aniqlang.

  5. Massasi 2 kg bo’lgan qum mo’l miqdor kaliy gidrooksid bilan suyuqlantirildi.Reaksiya natijasida 3.82 kg kaliy silikat olindi.Agar qumdagi kremniy (IV)-oksidni massa ulushi 90 % bo’lsa reaksiya maxsulotining unumini aniqlang.

  6. Mis va magniydan iborat 1,5 gr aralashmagan mo’l miqdor xlorid kislota ta’sir ettirildi. Reaksiya natijasida normal sharoitda 50 ml.normal sharoitda o’lchangan vodorod ajralib chiqdi. Dastlabki aralashmaning prosent tarkibini aniqlang.

  7. Temir bilan temir (II)-sulfidning 6,4 g aralashmasi xlorid kislotada eritilganda 1,792 litr (n.sh.da) gazlar aralashmasi ajralib chiqdi. Aralashmadagi temir va temir (II)-silfidlarning massa ulushlarini aniqlang.

  8. 0,0547 gramm metall kislotada eritilganda n.sh.da 50,4 ml vodorod ajralib chiqdi. Metalning ekvivalentini va nomini ayting.

  9. 15 % li eritma hosil qilish uchun 200 gr tuzni qancha suvda eritish kerak.

  10. 458 ml (=1,092g/ml) 8% li o’yuvchi natriy eritmasi tarkibida qancha sof natriy gidroksid bo’ladi?

  11. 40 % li 200 gr eritma 600 gr suv bilan aralashtirildi. Natijada hosil bo’lgan eritmadagi eruvchini massa ulushi aniqlansin.

  12. 80 gr oltingugurt (VI)-oksid 920 gr suvda eritildi .Hosil bolgan eritmani protsent konsentratsiyasi aniqlansin.

  13. 361 gr suvda 139 gr temir kuporosi eritildi. Hosil bo’lgan eritmani prosent konsentratsiyasini aniqlang.

  14. Agar reaksiyaning temperatura koeffisenti 4 ga teng bo’lsa, temperatura 10o dan 500 gacha ko’tarilganda reaksiya tezligi necha marta ortadi.

  15. Reaksion kameraning hajmi 3 marta kamaytirilsa quyidagi reaksiyaning tezligi necha marta ortadi.

2 SO2 + O2 = 2SO3

  1. 2NO + O22NO2 reaksiyasida muvozanat qaror topganda moddalarning konsentratsiyalari: [NO]= 0,02 mo’l/l, [O2]= 0,3 mo’l/l va [NO2]= 0,06 mo’l/l ga teng bo’ldi. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarni dastlabki konsentratsiyalari topilsin.

  2. 2 ta  va 1 ta  zarra chiqarib yemirilganda qanday zarracha hosil bo’ladi.

  3. Ushbu oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamasini tugallang va koeffitsentlar tanlang.

Na2SO3 + Ag NO3 + NaOH  …………

FeSO4 + KMnO4 + H2SO4 ……….



  1. Mis sulfat eritmasi orqali 1 soat davomida 0,5 A tok o’tkazildi. Katotda va anodda ajralib chiqqan moddalar massasini aniqlang .

  2. Massasi 10 gr bo’lgan rux lastinka mis sulfat eritmasiga tushirilib qo’yildi. Reaksiya tugagandan so’ng yuvilgan va quritilgan lastinkani massasi 9,9 gr keldi. Eritmadagi mis sulfat massasini aniqlang. Mr(Cu)=63,54; Mr(Zn)=65,38.

  3. 6,66 gr malaxit termik archalanganda ajralib chiqqan mis (II)-oksidni qaytarish uchun qancha hajm vodorod kerak ( normal sharoitda).

  4. Oq kiristal modda qizdirilgandap gaz ajiralib chiqdi va suvda yaxshi riydigan qoldiq qoldi. Qoldiq suvda eritildi,eritmaga kumush nitrat quyilganda oq ho’kma tushdi. Qizil fosforni dastlabki modda bilan aralashmasi ortlash bilan yonadi. Tajriba uchun qanday modda olingan. 4,48 l (n.sh.da) vodorod sulfid to’la yonishi ushun yetarli bo’lgan gaz qahcha yuqoridagi moddani qizdirilishidan ajralib chiqadi. (KClO3, 24,5 g)

  5. Oq rangli, qattiq, suvda juda yahshi eriydigan , gazlarni quritishda ishlatiladigan «A» modda bor .Bu modda sovuq suvda erib «B» kislotani hosil qiladi. «B» kislota zaharli . «B» kislota vaqt o’tishi bilan «S» kislotaga aylanadi. «S» kislota zaxarli emas . «S» kislota suvsizlantirilganda «B» kislota hosil qiladi. «B» va «S»kislota anionlari uchun kumush nitrat reaktiv hisoblanadi. «A» moddani aniqlang va yuqorida tilga olingan barcha reaksiyalarni tenglamalarini yozing.

  6. 10 litr azot ,uglerod (II) –oksid, uglerod (IV) –oksidlar aralashmalari ketma-ket avval ohakli suvdan, so’ngra mis (II)-oksid (qizdirilgan) ustidan o’tkazildi. Natijada 10g cho’kma tushdi va 6,35g mis hosil bo’ldi. Daslabki aralashmadagi gazlarni % tarkibini aniqlang.

  7. Bir valentli 15,6 g metal suv bilan reaktsiyaga kirishib 4,48 l (n.sh.da) gaz hosil qiladi.Reaktsiya uchun qaysi metall olingan?



ORGANIK KIMYO
34-DARS. Organik kimyo uglerod birikmalari kimyosidir. Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga organik moddalarning tabiatda uchrashi, noorganik moddalardan farqlari, tarkibi va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, organik birikmalarning tuzilish nazariyasining asosiy holatlarini, modda xossalarini molekulalardagi atomlarning o‘zaro ta’siri hamda molekula tarkibidagi atomlarning bog‘lanish tartibiga bog‘liq ekanligini tushuntirish. Kimyoviy tuzilish nazariyasining ilmiy va amaliy ahamiyati haqida bilimlar berish.


  • “Organik kimyo” terminini XIX-asr boshlarida shved kimyogari Y.Bertsellius taklif etgan.

  • XVIII asr ohirlarida fransuz kimyogari A.Lavuaz’e hayvonlar va o‘simliklardan olingan moddalar tarkibida uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor, oltingugurt elementlari bo‘lishligini aniqladi.

  • Organik birikmalar tarkibida albatta uglerod elementi bo‘ladi.

  • XIX asr o‘rtalaridan boshlab organik kimyo uglerod birikmalari kimyosi deb ham atala boshlandi.




  • Insonga dastlab ma’lum bo‘lgan organik moddalar: sirka, vino, shakar, efir moylari, bo‘yoqlar;

  • Organik birikmalar tarkibidan aniqlangan dastlabki elementlar: uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor, oltingugurt;

  • Dastlabki organik moddalar-oksalat kislota va mochevina sintezlari (nemis olimi F.Veler, 1824-1828)

  • Anilin sintezi (rus olimi N.N.Zinin, 1832)

  • Sirka kislotasi sintezi (nemis olimi G.Kolbe va ingliz olimi Frankland, 1848)

  • Sun’iy yog‘simon modda sintezi (fransuz olimi M.Bertlo, 1854)

  • Shakarsimon modda sintezi (rus olimi A.M.Butlerov, 1861)

Hozirgi paytda organik moddalarga tirik organizmlardan hosil bo‘ladigan va sintez qilib olingan, tarkibida uglerod bor bo‘lgan birikmalar kiradi (sof uglerod va uning allotropik shakl o‘zgartirishlari, is gazi, karbonat angidridi, karbonatlar bundan mustasno). Sintetik moddalarga polimerlar, rezinalar, bo‘yoqlar, tolalar, tibbiy preparatlar va boshqalar kiradi.

Organik moddalar soni 6 milliondan ortiq va tobora ortib bormoqda. Buning sababi shundaki, uglerod atomlari o‘zaro birikib, istalgan o‘lchamdagi turli xil zanjirlar hosil qila olish qobiliyatiga ega.

Yuqorida ko‘rsatilgandek, dunyoning ko‘plab olimlari o‘zlarining ilmiy izlanishlari bilan organik kimyo fanining fan sifatida shakllanishiga, rivojlanishiga, ko‘plab yangi organik moddalar sintezlarini amalga oshirishga katta xissa qo‘shganlar.



O‘zbek olimlaridan O.S.Sodiqov, S.Yu.Yunusov, A.G‘.Maxsumov kabi olimlar organik kimyo fani rivojiga munosib xissalarini qo‘shganlar. I.R.Asqarov va Т.Т.Risqiyevlar tomonidan kimyo fanlari tizimiga kiritilgan «Тovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash» ihtisosligi jahon miqyosida yangi yo‘nalish bo‘lib, yuqorida ta’kidlangan 6 milliondan ortiq organik moddalarni ham xalqaro iqtisodiy munosabatlar uchun sinflash va sertifikatlashni takomillashtirishga yo‘l ochib bermoqda va shu bilan organik kimyo fani rivojiga salmoqli xissa qo‘shish imkoniyatlarini yaratmoqda.



  1. Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasidagi asosiy qoidalar.

  2. Molekulalarda atomlarning birikishi va o‘zaro ta’siri.

  3. Izomeriya

  4. Modda xossalarini molekulaninig kimyoviy tuzilishiga bog‘liqligi.

  5. Kimyoviy tuzilish nazariyasining ahamiyati




  • Elementlarning valentligining ochilishi (E.Frankland, 1858)

  • Uglerodning to‘rt valentliligining aniqlanishi (A.Kekule, 1857)

  • Uglerod atomlarining bir-biri bilan bog‘lana olish qobiliyatini aniqlanishi (A.Kuper, A.Kekule, 1857)

  • Atomlarning ulanish kimyoviy kuchini belgilash uchun valent shtrixini kiritilishi (A.Kuper, 1858)

  • «Atom» va «molekula» tushunchalarini aniqlashtirilishi va ajratilishi (Karlsruedagi xalqaro s’ezd, 1860)




  1. Atom va molekulalar real mavjud. Atomlar molekulada tartibsiz holda emas, balki valentliklariga mos ravishda ma’lum izchillikda bir-birlari bilan kimyoviy bog‘lar orqali birikadilar.

  2. Moddaning xossalari nafaqat sifat va miqdoriy tarkibga, balki molekulalarning kimyoviy tuzilishiga ham bog‘liq.

  3. Molekuladagi atom yoki atomlar gruppasi bir-birlariga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadilar.




  • Bir xil molekulyar massa, sifat va miqdoriy tarkibga ega, lekin kimyoviy tuzilishi, fizik va kimyoviy xossalari turlicha bo‘lgan moddalar-izomerlar deb ataladi.


Uyga vazifa:


  1. Darslikdan §29, 30 larni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.

  2. Kundalik hayotingizda uchraydigan moddalar ichidan organik birikmalarni ajrating. Bu moddalarni nima uchun organik modda deb hisoblashingizni izohlab bering.

  3. Organik birikmalar kimyoviy tuzilish nazariyasi ustida ish olib borgan olimlar haqida ma’lumotlar to‘plang.


35-DARS. Izomeriya.
Darsning maqsadi: Oquvchilarga moddalarning xossalari ularning tuzilishiga bogliq ekanligi haqida ilmiy tushunchalar berish.
Darsning rejasi:

  1. Izomeriya.

  2. Izomerlar bir hil tarkibli moddalarning turli ko‘rinishidir.




    • Izomeriya tushunchasini 1830 yilda shved kimyogari Y.Bersellius taklif etgan.

    • 1823 yilda nemis olimi Yu.Libih qaldiroq kislota va izosian kislotalarni tarkibi bir hil ekanligini isbotlagan va bu kislotalarning kumushli tuzlarini bir hil molekulyar massa va tarkibga ega ekanligini aniqlagan: AgONC va AgNCO;


Izomeriya




Struktura izomeriya

Fazoviy izomeriya

(Kimyoviy tarkibi va tuzilishi bir hil atomlarni fazoda joylashuvi har hil)




Uglerod zanjiri hisobiga (zanjir tarmoqlanishi)

Holat izomeriya (qo‘sh bog‘lar va funksional gruppalarning holatiga ko‘ra izomerlar)

Organik birikmalar tarkibidagi uglerod atomlarining sonini ortishi bilan izomerlar soni keskin ortadi.

Masalan, C20H42 (eykozon) ni 366319 ta izomeri bor.

O‘quvchilarning organik moddalar izomeriyasi va nomlanishi haqida olgan BKM larini mustahkamlash maqsadida quyidagi mashqlar beriladi.



      1. C6H12 tarkibli birikmaning mavjud barcha izomerlarini yozing va nomlang.

      2. Tuzilishi quyidagicha bo‘lgan moddalarni nomlang.



      1. 2,3,4-trimetil, 3,4-dietilgeptan, 3,3,4-trimetil, 4-etilgeksanlarning tuzilish formulalarini yozing.



Uyga vazifa

Darslikdagi …§ ni oqish va savol va mashqlarni bajarish.
36-DARS. Uglevodorodlar.
Darsning maqsadi: Тarkibida uglerod va vodorod tutgan organik birikmalar, ularni guruhlarga bo‘linishi haqida tushunchalar berish. Metan, molekulasining tuzilishi, tabiatda uchratish va xossalari, metanning gomologlari, ularning fizik-kimyoviy xossalari, nomlanishi, izomeriyasi va sikloparafinlar haqida o‘quvchilarga nazariy bilimlar berish. Metanni yonishini o‘quvchilarga ko‘rsatish
Darsni rejasi:

  1. Uglevodorodlar.

  2. Uglevodorodlarning guruhlarga bo‘linishi.

  3. Alkanlarning elektron tuzilishi.





  1. Тo‘yingan uglevodorodlar-uglerod atomlari o‘zaro oddiy bog‘ bilan, qolgan valentliklari vodorod bilan to‘yingan uglevodorodlardir

  2. Тo‘yingan uglevodorodlar-atsiklik va alitsiklik uglevodorodlarga bo‘linadi

  3. Atsiklik uglevodorodlar-halqali tuzilishga ega bo‘lmagan alifatik uglevodorodlar

  4. Alitsiklik uglevodorodlar-halqali tuzilishga ega bo‘lgan uglevodorodlar



Metan organik birikmalarning birinchi vakili bo‘lgani uchun, o‘quvchilarga batafsilroq ma’lumot berish lozim.

N

atijada uglerod atomining tashqi energetik pog‘onasida 4 ta toq elektron hosil bo‘lib, IV valentli bo‘lib qoladi.

Bu yerda hosil bo‘lgan 4 ta toq elektron gibridlanadi:

O‘quvchilarda eglevodorodlar haqida mustaqil BKM lar shakllanishi uchun bir qator mustaqil topshiriqlar beriladi.


  1. Uglevodorodlar tabiatda eng ko‘p tarqalgan moddalar bo‘lib, ular halq ho‘jaligida katta ahamiyatga ega. Siz qanday uglevodorodlarni kundalik turmushingizda uchratgansiz? (tabiiy gaz, neft mahsulotlari). Ulardan qanday maqsadlardad foydalaniladi?

  2. Uglevodorodlardan sintetik yo‘l bilan olingan polimerlarni ko‘rganmisiz. Qayerlarda, qanday maqsadlarda foydalangansiz? (polietilen plyonkalari, polietilendan tayyorlangan uy-ro‘zg‘or buyumlari va …)

Mustaqil topshiriqni bajarishda sinfdagi barcha o‘quvchilarni ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega.

Quyidagi savollar bilan o‘quvchilarning egallagan bilimlari aniqlanadi.



  1. Organik moddalar tarkibiga qanday elementlar kiradi?

  2. Uglevodorodlar tarkibiga qanday elementlar kiradi?

  3. Vatanimizning qaysi hududlarida neft, tabiiy gaz, ko‘mir konlari bor?

  4. Uglevodorodlar qanday guruhlarga bo‘linadi?

37-DARS. Metan.
Darsning maqsadi: Oquvchilarga metan, toyingan uglevodorodlarning gomologik qatori, xossalari haqida ilmiy tushunchalar berish.
Darsning rejasi:

  1. Metanning gomologik qatori.

  2. Izomeriyasi va nomenklaturasi.

  3. Fizikaviy xossalari.

  4. Kimyoviy xossalari.

  5. Olinishi.

  6. Ishlatilishi.

  7. Sikloparafinlar

Тabiatda metanga o‘xshash juda ko‘p uglevodorodlar mavjud. Bular metanning gomologlaridir (grekcha «gomolog»-o‘xshash).



2-jadval

Formulasi

Nomi

Tqayn. °C, n.sh. da holati

Radikal

Radikal nomi

CH4

Metan

-161,6

Gaz

-CH3

Metil

C2H6

Etan

-88,6

Gaz

-C2H5

Etil

C3H8

Propan

-42,1

Gaz

-C3H7

Propil

C4H10

Butan

-0,5

Gaz

-C4H9

Butil

C5H12

Pentan

36,07

Suyuq

-C5H11

Pentil

C6H14

Geksan

68,7

Suyuq

-C6H13

Geksil

C7H16

Geptan

98,5

Suyuq

-C7H15

Geptil

C8H18

Oktan

125,6

Suyuq

-C8H17

Oktil

C9H20

Nonan

150,7

Suyuq

-C9H19

Nonil

C10H22

Dekan

174,0

Suyuq

-C10H21

Detsil

Har qaysi uglevodorod o‘zidan oldingi uglevodoroddan CH2 atomlar guruhiga farq qiladi. CH2-gomologik farq deb ataladi.

Metanning gomologik qatori CnH2n2 umumiy formulaga ega.

Metanning gomologik qatori a’zolarining fizikaviy xossalari 2-jadvaldan ko‘rinib turibdi. CH4 dan C5H12 gacha gaz, C5H12 dan C15H32 gacha suyuqlik, C16H34 dan boshlab qattiq moddalardir. Ularning nisbiy molekulyar massalari ortib borishi bilan qaynash va suyuqlanish haroratlari ortib boradi.



Izomeriyasi. Тo‘yingan uglevodorodlarda molekulyar massani ortib borishi bilan izomerlari ham ortib boradi. Masalan, butanda-2 ta, pentanda-3 ta, geksanda-5 ta, dekanda-75 ta izomer mavjud.

C
6H12-geksanning 5 ta izomeri quyidagicha tuzilishga ega:



Nomlanishi.

  1. Formuladagi uglerodning eng uzun zanjiri topiladi va tarmoq yaqin tomondan boshlab raqamlanadi.

  2. R
    adikalning nomi qaysi raqamli uglerod atomida turganligini ko‘rsatib aytiladi:

Kimyoviy xossalari. Metanning gomologik qatori a’zolarining kimyoviy xossalari metanning kimyoviy xossalariga o‘xshash bo‘ladi.


  • Sikloalkanlar-yopiq zanjirli to‘yingan uglevodorodlar

Sikloalkanlarning gomologik qatori umumiy formulasi alkenlarniki kabi CnH2n. Ularni tegishli alkan nomi oldiga siklo- qo‘shimchasi qo‘yib nomlanadi. Masalan, C3H6-siklopropan, C4H8-siklobutan, C6H12-siklogeksan.


Uyga vazifa:

  1. Darslikdagi §31, 32 larni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.



38-DARS. To`yinmagan uglevodorodlar. Etilen.
Darsning maqsadi: Тo‘yinmagan uglevodorodlar haqida va ularning guruhlarga bo‘linishi, etilen qatori uglevodorodlarning tuzilishi, izomeriyasi, nomlanishi, fizik-kimyoviy xossalari, atsetilen misolida alkinlar molekulasining tuzilishi, gomologik qatori, izomeriyasi, fizikaviy va kimyoviy xossalari haqida o‘quvchilarga nazariy bilimlar berish.

O‘quvchilarga Markovnikov qoidasini to‘yinmagan uglevodorodlarga tadbiq etish malakalarini singdirish.


Darsni rejasi:

  1. Тo‘yinmagan uglevodorodlarni to‘yingan uglevodorodlardan farqi.

  2. Ularning guruhlarga bo‘linishi

  3. Etilen qatori uglevodorodlar:

  1. gomologik qatori

  2. tuzilishi

  3. izomeriyasi (tuzilish va geometrik stereoizomeriya)

  4. nomlanishi

  1. Etilen misolida to‘yinmagan uglevodorodlarning:

  1. olinishi

  2. fizikaviy xossalari

  3. kimyoviy xossalari

  4. etilenning o‘ziga xos kimyoviy xossalari

  5. ishlatilishi


Etilenning kimyoviy formulasi va molekula tuzilishi.

Etilenning element tarkibi 85,7 % C va 14,3 % H dan iborat. Molekulyar formulasi C2H4. Etilenda uglerod atomlari qo‘shbog‘ orqali bog‘langan bo‘lib, uglerod atomlarining 1 ta s- va 2 ta p-elektronlari gibridlanib, sp2-gibridlanish holatini hosil qilgan. Har qaysi uglerod atomi uchtadan (ja’mi oltita) gibridlangan elektron buluti va bittadan gibridlanmagan p-bulutga ega bo‘ladi. Uglerod atomlaridagi gibridlangan elektron bulutlaridan ikkitasi o‘zaro bir-birin qoplaydi va uglerod atomlari o‘rtasida -bog‘ hosil qiladi. Uglerod atomlaridagi qolgan to‘rtta gibridlangan elektron bulutlar huddi shu tekislikda vodorod atomlarining to‘rtta s-elektron bulutlari bilan bir-birini qoplab, ular ham to‘rtta -bog‘ hosil qiladi. Uglerod atomlarining gibridlanmagan ikkita p-bulutlari -bog‘lar tekisligiga tik bo‘lgan tekislikda bir-birini qoplaydi, ya’ni bitta -bog‘ hosil bo‘ladi.





Demak, etilen molekulasida uglerod atomlari o‘rtasida bitta -bog‘ va bitta -bog‘ bo‘ladi. Reagentlar ta’sirida -bog‘ oson uziladi.

Etilen qatori uglevodorodlardagi izomeriya to‘yingan uglevodorodlardagi kabi uglerodning skelet tuzilishigagina bog‘liq bo‘lmasdan, molekuladagi qo‘shbog‘ning tutgan o‘rniga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, normal-butan formulasidan to‘yinmagan izomerlarning formulasini chiqarish mumkin. Ularni nomlash uchun uglevodorod zanjiridagi uglerod atomi qo‘shbog‘ yaqin turgan tomondan raqamlanadi. Qo‘sh bog‘ning o‘rni nomlanishning boshida qo‘sh bog‘ turgan uglerod atomining nomeri bilan ko‘rsatiladi:



2
-metilpropan (izobutan) formulasidan bitta to‘yinmagan izomerining formulasini chiqarish mumkin:


E
tilen uglevodorodlarida fazoviy izomeriya ham bo‘lishi mumkin. Masalan, 2-buten molekulalarida qo‘sh bog‘ borligi sababli gruppa o‘z o‘qi atrofida bemalol aylana olmaydi.

Shuning uchun, metil gruppalar fazoda ikkita har-xil holatlarda joylashishi mumkin. Agar izomer molekulasidagi almashuvchi gruppalar qo‘shbog‘ning bir tomonida bo‘lsa sis-izomer, agar har-xil tomonida bo‘lsa trans izomer deb ataladi (lotincha sis-bu tomonda, trans-orqali, boshqa tomonda)

Alkenlar alkanlarga qaraganda ancha faol moddalar. Ularda p-elektronlar molekula tekisligidan tashqarida o‘zaro qoplama hosil qilgani uchun -bog‘ barqarorligi kichikroq bo‘lishi ularning kimyoviy faolligiga sabab bo‘ladi. Kimyoviy reaksiyalarga dastlab qo‘shbog‘ tutgan uglerod atomi kirishadi. Shuning uchun ularga birikish reaksiyasi xos. Birikish reaksiyalari ko‘pchilik holatlarda Markovnikov qoidasi bo‘yicha amalga oshadi.

Galogenvodorodlarning birikishi (Markovnikov qoidasi bo‘yicha):
CH3-CHCH2  HBr  CH3-CH2Br –CH3


  • Markovnikov qoidasiga ko‘ra, to‘yinmagan bog‘li birikmalarga harakatchan vodorod atomiga ega bo‘lgan moddalar birikkanda, vodorod atomi ko‘proq gidrogenlangan uglerod atomiga birikadi (molekulaning qolgan qismi ozroq gidrogenlangan uglerod atomiga birikadi)

M

odda tuzilishining zamonaviy nazariyasi bu hodisani quyidagicha izohlaydi. Metil radikali CH3- o‘zidan elektron juftini itaradi (musbat induksion effekt), vinil radikali CH2CH- esa o‘ziga elektronlarni tortadi (manfiy induksion effekt). Buning natijasida nosimmetrik qo‘shbog‘ qisman qutblanadi. Shuning uchun H kationi elektron zichligi katta bo‘lgan uglerod atomiga, anion (Br-) esa kichik elektron zichligiga ega bo‘lgan uglerod atomiga birikadi.


39-DARS. Asetilen.
Darsning maqsadi: Oquvchilarga asetilen qatori uglevodorodlari vakili asetilen haqida ilmiy tushunchalar berish.
Darsning rejasi:

  1. Alkinlarni gomologik qatori.

  2. Molekulasini tuzilishi.

  3. Izomeriyasi va nomlanishi.

  4. Olinishi.

  5. Fizikaviy xossalari.

  6. Kimyoviy xossalari.

  7. Ishlatilishi.

Alkinlar haqida tushunchalar berishdan oldin quyidagi muammoli masala o‘rtaga tashlanadi.

Тarkibida faqat uglerod va vodorod tutgan gazning vodorodga nisbatan zichligi 13 ga teng. Bu gazning tuzilish formulasi qanday bo‘lishi mumkin? Modda haqida nimalar deya olasiz?

Agar moddani tuzilish formulasi H-CC-H ko‘rinishda deb olsak, uglerodning valent elektronlarining gibridlanish holati qanday bo‘ladi?


Bu darsni o‘quvchilardagi mavjud bilimlar asosida IMU (izlanish-munozara-umumlashtirish) uslubi bilan o‘tkazish mumkin.

O‘ziga xos reaksiyalari:

Atsetilenga suvning birikish reaksiyasi sanoatda alohida ahamiyat kasb etadi:


HCCH  HOH  CH3CHO –sirka aldegidi
Bu reaksiya simob tuzlari-HgSO4, Hg(NO3)2 lar ishtirokida amalga oshadi. Sirka aldegi sanoat uchun muhim xom ashyo, undan plastmassalar, etanol, sirka kislotasi olinadi. Bu reaksiyani 1881 yilda rus olimi M.G.Kucherov ochgan va uning nomi bilan ataladi.

Atsetilen oson oksidlanadi. KMnO4 kaliy permanganatning suvli eritmasi atsetilenni oksalat kislotasigacha oksidlaydi:


8KMnO4  3CHCH  4HOH  3HOOC-COOH  8KOH  8MnO2
Bu reaksiya ham bromli suv kabi to‘yinmagan uglevodorodlarga sifat reaksiyasi sifatida qo‘llanadi.

Kislorod va havoda atsetilen esa yorqin, ko‘zni qamashtiruvchi alanga hosil qilib yonadi:


2CHCH  5O2  4CO2  2H2O  3200 kJ

1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət